Sharq uyg‘onish davri va XVI-XVII asrlarda Movarounnaxrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti. XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda tarbiya va maktab
Mavzu: Sharq uyg‘onish davri va XVI-XVII asrlarda Movarounnaxrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti . XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda tarbiya va maktab . Reja: 1. Sharq uyg`onish davri va unda ta’lim - tarbiyaning taraqqiy etishi. 2. Farg`oniy, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sinolarning umumpedagogik g`oyalari. 3. Mahmud Qoshg`ariy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Ahmad Yugnakiy, az-Zamaxshariy asarlarida ta’limiy - axloqiy g`oyalar. 4. Soxibqiron Amir Temurning ta’lim tarbiyaga oid fikrlari. 5. Muhammad Tarag’ay Ulug’bekning pedagogik qarashlari. 6. Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarining ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati. 7. Abdurahmon Jomiyning ma’rifiy-tarbiyaviy qarashlari. “Tuhfat-ul-ahror” asari 8. Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror”, “Mahbub ul-qulub” asarlari va ularda ilgari surilgan ma’naviy-axloqiy g’oyalar. Allomaning maktab va madrasalar rivojiga qo’shgan hissasi. 9. Jaloliddin Davoniyning axloqiy qarashlari. “Axloqi Jaloliy” asari. 10. Soxibqiron Amir Temurning ta’lim tarbiyaga oid fikrlari. 11. Muhammad Tarag’ay Ulug’bekning pedagogik qarashlari. 12. Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarining ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati.
Arab xalifaligida yuz bergan ijtimoiy-siyo siy o’zgarishlar yagona islom dining tarkib topishi madaniy, ma’naviy hayotga ham ta’sir etdi. Unda katta ko’tarinkilik ruhini paydo qildi. Arab xalifaligida IX asrda vujudga kelgan uyg’onish davri xalifalikning Bog’dod, Damashq va boshqa shaharlarida boshlanib barcha boshqa halqlar madaniy hayotiga tarqalgan bu esa u davlatning ham madaniy rivojlanishiga zamin tayyorlagan. Xalifalik yemirilishi natijasida tashkil topgan mustaqil davlatlardagi madaniy rivojlanish xalifalik davrdagi madaniy rivojlanishning davomi bo’ldi. Uyg`onish davri IX asrdan boshlab XV - XVI asrlargacha ayrim uzilishlar bilan davom etdi. Xalifa Xorun ar-Rashid (786-833) va uning o`g`li Ma’mun davrida Bog`dodda "Baytul xikma" (Donishmandlik uyi) tashkil etildi. Bu ilm sohiblarini to`plagan markazga aylandi. X asrdan boshlab Movaraunnahr va Xurosondagi mustaqil feodal davlatlar - Tohiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, Faznaviylar, saljuqiylar, Xorazmshohlar davlatlarining paydo bo`lishi ham madaniy hayotning rivojiga olib keldi. Somoniylar davrida Rudakiy, Firdavsiy, al-Xorazmiy, al-Forobiy, Beruniy, Ibn Sinolar yashab ijod etdi. X asrning 2-yarmida tashkil topgan Qoraxoniylar davlatida ilm - fan rivojlanib, turkiy til shakllanib bordi. Xos Xojib, Mahmud Qoshg`ariylar dunyoga mashhur asarlar yaratdilar. XI asrda Xorazmshohlar davlati tashkil topib, ilm - fan yuksldi. Xorazm shohi Ma’mun o`z saroyiga yirik olimlarni yig`di. U tashkil etgan Baytul hikmada qomusiy olimlar Beruniy, Ibn Sino, tarixchi Miskavayx, riyozatchi Irok kabilar ilm bilan shug`ullangan. Saljuqiylarda Alp Arslon Muhammad hokimiyati boshqargan davrda uning vaziri Nizom ul Mulk mashhur ma’rifatparvar sifatida dovrug` qozondi. U davlat boshqaruviga oid "Siyosatnoma" asarini yozadi (1091-1092). 1067 yilda Bog`dodda "Nizomiya" madrasasini qurdiradi. 1074 yil O`rta Sharq mamlakatlari uchun kalendar taqvim yaratdi.
Sharq uyg`onish davrida ilm - fan rivojlanishi 3 yo`nalishda bo`ldi:Matematika tibbiyot yo`nalishi (Xorazmiy, Farg`oniy , Ibn Sino, Jurjoniylar asarlar yaratganlar ). Ijtimoiy -falsafiy yo`nalish , bunga falsafa , tarix , mantiq , ruhshunoslik , notiqlik fanlari kirgan (Forobiy , Ibn Sino, Narshaxiy ). Ta ’limiy -axloqiy yo`nalish . Bunda adib va tarbiyashunos olimlar ta ’limiy -didaktik asarlari misol bo`ladi . Sharq uyg`onish davrida ilm -fan rivojlanishi 3 yo`nalishda bo`ldi : 3-7.chizma Farg`oniy, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sinolarning umumpedagogik g`oyalari. Sharq uyg`onish davrining mashhur allomalaridan biri Ahmad al- Farg`oniy bo`lib (IX asr), u Bog`doddagi Baytul Xikmada mudarrislik qildi, riyozat, falakkiyot, geografiyaga oid asarlar yaratdi. Uning mashhur "Samoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob"i arab tilida yozilgan dastlabki falakkiyotga oid asar bo`lgan, yana "Astrolyabiy haqida mukammal kitob", "Oy yer ustida yoki uning ostida bo`lgan paytlardagi vaqtlarni o`rganish haqida", "Yetti iqlim hisoboti" kabi asarlar yaratgan. Buyuk olim, aljabr fanining otasi Abu Abdulloh Muhammad al-Xorazmiy (783-650) Xorazmning Zamaxshar shahrida tug`ilgan. U "Al-jabr la al mukobala" (Tenglamalar va qarshilantirish), "Xisob al kind" (Hind hisobi), "Kitob surat al- arz" (Yer surati haqida kitob), "Kitob at-tarix", "Ustrurolob yulduzlarining harakatini kuzatish" nomli asarlar yaratgan. Xorazmiy "Al-jabr va al muqobala" asari bilan matematika faniga asos soldi. Yana "falakkiyot jadvallari", "Quyosh soatlari to`g`risida" risolalar ham yozgan. U hind hisoblari, ularning ishlatilishi, sonlarni ko`paytirish, bo`lish, qo`shish va ayirishni oson yo`llarini ko`rsatdi.
Olimning arifmetikasi matematika va sanoq tartibi tarixida yangi bir davr ochdi. Abu Nosr Forobiy (879-950) mashhur faylasuf va allomadir. Uning falsafa, mantiq, psixologiya, musiqa, matematika va boshqalarga oid 160 dan ortiq asarlari ma’lum. U "Al-muallim as-saniy" (ikkinchi muallim", "Sharq Arastusi" nomlariga sazovor bo`lgan. Uning axloq, tarbiya, sha’riyatga oid asarlari ham bor. "Kattalarning aqli haqida", "Ilmning kelib chiqishi va tasnifi", "She’r va qofiyalar haqida", "Baxt saodatga erishuv yo`llari haqida", "Fazilatli xulqlar" kabi asarlari mavjud. Forobiy o`z falsafiy qarashlarida insonga bilim va tarbiya berishni asoslagan. U kishilarni guruhlarga bo`lgan va bunda ularning diniy mazxabga emas, balki avvalo, akliy iqtidoriga, ilm o`rganish va hayotiy tajriba to`plash jarayonida orttirgan bilim va ko`nikmalariga ahamiyat beradi. Olimning falsafada insonparvarlik g`oyalari alohida o`rin olgan, har qanday zulm va urushlarni qoralagan. Forobiy muallimlik qilgan. U o`qitishning mazmuni va qonun - qoidalarini amaliy faoliyatida sinab ko`rgan. U fanlarni tasnifini beradi. Forobiyning axloqiy qarashlari ham g`oyat qimmatlidir. U "Fozil shahar aholisining axloqiy qarashlari", "Ruh madaniyati haqida risola" asarlarida inson barkamol bo`lishi uchun avvalo axloqli bo`lishi zarurligini ta’kidlaydi. Forobiy axloqni 2 guruhga: ezgulik va yomon sifatlarga ajratadi. Insonning eng olijanob fazilati baxtga intilishdir. Haqiqiy baxtga erishish kishilardan yuksak axloqiy munosabatni, hamkorlik, o`zaro yordam va ahil yashashni talab qiladi. Farobiy inson kamolotga yolg’iz o’zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo’lish, ularning ko’maklashuvi yoki munosabatlariga muhtoj bo’ladi, deb hisoblaydi. Farobiy ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi " jamiyat talablariga javob berishra oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi. Farobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif berishrgan olim sanaladi. Ta’lim-degan so’z insonga o’qitish, tushuntirish asosida nazariy. Bilim berish;
Tarbiya-nazariy fazilatni, ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo’lgan xulq normalarini va amaliy malakalarini o’rgatishdir, deydi olim. Abu Nasr Farobiy yana aytadi: «Ta’lim-degan so’z halqlar va shaharliklar o’rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu halqlar o’rtasidagi tug’ma fazilat va amaliy kasb xunar fazilatlarini birlashtirish degan so’zdir». Ta’lim faqat so’z va o’rgatish bilangina bo’ladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan, ya’ni shu halq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo’lgan ish- harakat, kasb-xunarga berilgan bo’lishi, o’rganishdir", -deydi. Farobiy ta’lim-tarbiyada rag’batlantirish, odatlantirish, majbur etish metodlarini ilgari so’rgan. Har ikkala usul ham pirovardida insonni har tomonlama kamolga yetkazish maqsadini ko’zlaydi. Xulosa qilib aytganda Forobiy pedagogik ta’limotining asosida komil topgan insonni, shakllantirish insonning o’z mohiyati bilan ijtimoiyligi, ya’ni faqat jamiyatda, o’zaro munosabatlar jarayonida komillika erishadi, degan falsafiy qarashi yotadi. Qomusiy olim Abu Rayxon Muhammad ibn Axmad al-Beruniy X asrning ikkinchi yarmi va XI asrning boshlarida, g’oyat murakkab tarixiy davrda yashadi va ijod etdi. Abu Rayxon Beruniy 362 yil 3 zulxijjada (milodiy 973 yil 4 sentyabr) Xorazmning Qiyot shahrida dunyoga keldi. Berun - birun so’zi "tashqari", shahardan tashqarida degan ma’noni anglatadi. Beruniy xali juda yosh olim bo’lishiga qaramay, Qiyot shaxrida 994-995 yillarda astronomik kuzatishlar o’tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o’zi astronomik asboblar ixtiro etgan. O’sha davrda Xorazmda va Kaspiy oldi viloyatlarida Qobus ibn -- Vushmagir yosh olimga xayrihohlik ko’rsatadi. SHams al Maoli" ("Oli martabalar quyoshi") laqabi bilan mashhur bo’lgan bu podshohga bag’ishlab Beruniy "qadimgi halqlardan qolgan yodgorliklar" asarini yozadi va unga taqdim etadi. Bu asar Beruniy nomini YAqin va O’rta SHarqqa mashhur qildi.1004 yilda Beruniy Ma’mun II ibn Ma’mun tomonidan Xorazmga chaqirib olinadi va uning yaqin maslahatchisi bo’lib qoladi . Ma’mun davrida Urganchda "Ma’mun akademiyasi"