logo

PRAGMATIK PRESSUPOZITSIYA HODISASI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

36.025390625 KB
PRAGMATIK PRESSUPOZITSIYA HODISASI
Reja:
1. Diskurs haqida tushuncha.
2. Diskurs tuzilishi.
3. Diskursning asosiy qismlari.
4. Pressupozsitsiya haqida tushuncha. Diskurs   muloqotchilarning   o‘zaro   munosabatlari   doirasida   aloqa,   xabar
va ta’sir etishga qaratilgan maqsadli harakatlaridir. Unda tilning eng muhim
ijtimoiy vazifalari o‘z aksini topadi. Bu vazifalar diskursda turli nutqiy aktlar
sifatida   namoyon   bo‘ladi.   Pragmatikaga   doir   tadqiqotlarda   diskurs
tuzilishining   asosiy   komponentlari   sifatida   so‘zlovchi   va   uning   nutqi
qaratilgan   shaxs,   kommunikativ   maqsad,   nutq   voqelanishining   strategiya   va
taktikalari,   muloqot   matni   va   nutqiy   vaziyat   kabilar   qayd   etiladi 1
.   Ularga
asoslangan holda diskurs tuzilishini quyidagicha sxemalashtirish mumkin:
DISKURS TUZILISHI
Quyida   diskursning   asosiy   qismlari   hisoblangan   bu   tushunchalarga
qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 
 Adresant.
Adresant  –  diskurs tuzilishida ishtirok etuvchi markaziy figura. Chunki
har qanday muloqot bo‘lishi uchun dastlab adresatning bo‘lishi talab etiladi.
Uning kim bilan munosabatga kirishish istagiga ko‘ra nutq qaratilgan subyekt
tanlanadi.   Bu   adresat   hisoblanadi.   Adresant   va   adresat   o‘rtasidagi
munosabatlar   doirasida   kommunikativ   maqsad   yotadi.   Bu   maqsadning
amalga oshish yo‘llari va usullari mavjud adabiyotlarda strategiya va taktika
1
  Якобсон   Р.   Избранные   работы.-   М.:   Прогресс,   1985.   С.34;   Гак  В.Г. Прагматика, узус и грамматика речи  //
ИЯШ. –М.: 1982.-№5.-С.11-17.So’zlovchi 
Adresant Hamsuhbat 
Adresat     vaziyat, sharoit
strategiya va taktika MAQSAD
MATN atamalari   bilan   yuritiladi.   Tildagi   temporal   munosabatlar,   obyektiv   va
subyektiv   modallik,   baho,   emotivlik   kabi   tushunchalar   so‘zlovchiga   bog‘liq
kategoriyalar hisoblanadi. Nutqiy aktlar tahlilida   so‘zlovchining muloqotdagi
faol   yoki   nofaolligi,   tajovuzkorligi,   xushomadgo‘yligi,   romantikligi,
oliyjanobligi   kabi   bir   qator   nutqiy   xulqni   ifodalovchi   xususiyatlari
aniqlanadi. Ijtimoiy tabaqalar nutqidagi o‘ziga xosliklar, guruhlardagi o‘zaro
muloqot   xususiyatlari,   ular   orasidagi   aloqa   jarayonida   qanday   lisoniy
birliklarning   tanlanishi   turli   ifoda   usullarining   paydo   bo‘lishiga   olib   keladi.
Shu   bilan   birga   bunday   o‘zgarishlar   so‘zlovchilarning   yoshiga,   jinsiga,
ma’lumotiga,   nutq   sodir   bo‘layotgan   muhitga   ham   bevosita   aloqadordir 2
.
Shuning uchun baho diskursida so‘zlovchining ijtimoiy mavqeyi, yoshi, jinsi
kabilar   uning   lisoniy   birliklardan   tanlab   olishiga   ta’sir   qiluvchi   muhim
omillar hisoblanadi. 
   Adresat.
Adresat   –   nutqiy     aktni   tashkil   etuvchi   muhim   komponentlardan   biri
hisoblanadi.   Har   bir   xabar   diskursda   qo‘llanish   maqsadiga   ko‘ra     adresatga
bog‘lanadi.Unda   adresatga   ma’lumot   yetkazish,   his-tuyg‘ulariga   ta’sir   etish,
munosabat   bildirish,   fikr   ifodalashga   yoki   biror   xatti-harakatni   bajarishga
undash   kabi   maqsadlardan   biri   ko‘zda   tutiladi.   Xabarda   adresatni   harakatga
undash   yoki   uning   psixologik   holatini   o‘zgartirish   maqsadi   amalga
oshiriladi 3
,   chunki   so‘z   nafaqat   tushunchalarning   ifodasi,   shu   bilan   birga
fikrlash,   his-tuyg‘ular   va   obrazlarni   keltirib   chiqarish   vositasi   ham
hisoblanadi.   Adresat   va   diskurs   informativlik,   ekspressivlik,   nutqning
aniqligi 4
  kabi   kategoriyalar   orqali   bog‘lanadi.   Tadqiqotlarda     yakka   adresat,
kollektiv   adresat,   ommaviy   adresat,   kvaziadresat,   nomuayyan   adresat,
2
 Ирисқулов М.Тилшуносликка кириш.-Тошкент, “Ўқитувчи”, 1992.-Б.159-160.
3
  Стивенсон Ч. Некоторые прагматические аспекты значения    //   НЗЛ. Вып. 16.-М.: Прогресс, 1985.-С. 129-154 .
4
 Гак В.Г. Прагматика, узус и грамматика речи  // ИЯШ. -1982.-№5.-С.11-17. noma’lum   adresat   kabi   turlar   mavjudligi   qayd   etiladi 5
.   Nutqiy   akt   adresatga
turli   tomondan   ta’sir   qilishi   mumkin.   Maslahat,   tahdid,   ma’qullash,   ayblov
kabi   harakatlar   adresatning   aql-zakovatiga   mo‘ljallanadi.   Ishonch,   shikoyat
kabi nutqiy aktlarda adresat his-tuyg‘ulariga,   undash, ko‘ndirish esa adresat
irodasiga ta’sir etadi. 
Demak, nutqiy aktlarni adresatga qanday ta’sir qilishiga ko‘ra ma’lum bir
guruhlarga ajratish va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash mumkin.
 Presuppozi t siya.  
  Adresant   va   adresat   presuppozitsiyasi     masalasi   nutqiy   aktlarda
baholashning   amalga   oshishida     muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Baholash
diskursida   adresatning   funksional   imkoniyatlari   bir   muncha   cheklangan.   U
faqat axborotni qabul qilib oladi va uni o‘z o‘lchovlari asosida qayta ishlaydi.
Konkret vaziyat, madaniy muhitda aloqa bog‘lash qoidalari hamda me’yorlari
kabilar   haqida   yetarli   axborotning   mavjudligi   harakat   amalga   oshishining
sharti   hisoblanadi.   Bu   ma’lumotlar   presuppozitsiyani   tashkil   etadi.   «Nutqiy
kommunikatsiyaning   to‘g‘ri   va   real   amalga   oshishi   uchun   kommunikantlar
nutq momentiga qadar muayyan faktlar bilan tanish bo‘lishi, umumiy vaziyat
bilan bog‘liq muayyan bilim – xabardorlikka ega bo‘lishlari lozim. Ana shu
faktlar,   bilim   tilshunoslikda   presuppozitsiya   nomi   bilan   umumlashtiriladi» 6
.
Kishining   presuppozitsiyalarni   tanlashi   o‘z   fikrlari   va   savollari   asosida
belgilanadi.   Presuppozitsiyalar   –   nutqiy   axborot   berilmasdan   oldin
tushunilishi   noma’lum   bo‘lgan   narsalardir.   So‘zlashuv   jarayonida   til
birliklarining   qay   darajada   qo‘llanishi   nutq   ishtirokchilarini   bir-birlarini
tanish darajasiga ham bog‘liq. Agar bu daraja ko‘p vaqtni tashkil etsa, suhbat
mavzusi,   nutq   obyekti   adresantga   ham,   adresatga   ham   birday   tushunarli
5
  Арутюнова Н.Д. Фактор адресата // Известия АН. Серия "Литература и язык".,- Т. №4. 1981. - С. 356-367;
Степанов Ю.С. В поисках прагматики (Проблема субъекта)   // «Литература и язык». - 1981. - №  4.-С. 325-332;  Стернин
И.А. Фактор адресата в речевом воздействии  // Вестник ВГУ. Серия: Филология. Журналистика. - 2004. - № 1. - С.  171-
177;   Дьячкова И.Г. Похвала и порицание как речевые жанры   // Вестник Омского университета. - 1998. - №3. - С.
55-58.
6
 Махмудов Н.   Пресуппозиция ва гап. Ўзбек тили ва адабиёти. Тошкент,1986. №6, 29 -бет . bo‘lganligi   uchun   baholashda   umumiylik   hosil   qilinadi.   Kam   miqdordagi
lisoniy   birliklar   vositasida   umumiy   yaxlit   fikrlar   ifodalanadi.   Bu   esa
baholashda o‘ziga xos nutqiy tejamkorlikni yuzaga keltiradi. 
Har   qanday   matn/diskursning   funksional   tahlili   ifodaning   ma’noviy
asoslari   diskurs   kategoriyalari   bilan   bog‘liq   ekanligini   ko‘rsatadi.   Diskurs
nazariyasining   muhim   tushunchalari   sifatida   propozitsiya,   presuppozitsiya,
eksplikatura,   implikatura,   inferensiya   va   referensiya   kabilarni   ko‘rsatish
mumkin.
A.V.Zelenshikov     propozitsiyaning   1)   haqiqiy   ma’noni,   2)   gapning
mazmuni   bo‘la   oladigan   mavhum   mohiyatni,   3)   so‘zlovchining   intensional
(mental)   holatini   ifodalovchi   sifatida   qarab,   shunday   xulosaga   keladiki,
propozitsiya har qanday holatda ham tilning funksional tabiatini aks ettiradi
va gapda deskriptiv yoki  propozitsional  konsept modusi sifatida ifodalanadi.
Fikrning   haqiqiy   ma’nosi   bilan   chambarchas   bog‘liq   bo‘lgan
propozitsiyaning   namoyon   bo‘lish   usulini   belgilashda   so‘zning   voqelikka
mos   kelish   yoki   kelmasligiga   bog‘liq   holda   rost   yoki   yolg‘on   sifatida
qaralishi, amalga oshish yoki oshmasligiga e’tibor beriladi 7
.   
Presuppozitsiyaning   o‘rganilishida   har   bir   muallifning   o‘ziga   xos
yondashuvini   ko‘rish   mumkin.   Bunday   yondashuvni   presuppozitsiya
hodisasiga   bergan   ta’riflarda,   tasniflarda   va   uning   tabiatini   belgilashda
ko‘rishimiz   mumkin.   Ularning   barchasida   gapning   to‘g‘ri   qo‘llanilishi   va
to‘g‘ri anglanishi uchun zarur bo‘lgan va oldindan ma’lum bo‘lgan umumiy
bilimlar, kontekst va vaziyatni o‘z ichiga olish xususiyatidan kelib chiqilgan
holda tadqiq etiladi. Bunday har xillikni, bizningcha, shu hodisaning o‘zidan
qidirish   kerak   bo‘ladi.   Chunki,   presuppozitsiya   hodisasi   nihoyatda   keng
qamrovli   bo‘lib,   har   qanday   gapda   u   yoki   bu   tarzda   mavjud   bo‘ladigan
murakkab   hodisa   bo‘ladi.   Presuppozitsiya   gapning   to‘g‘ri   qo‘llanilishi   va
7
 Зеленщиков А. В.   Пропозиция и модаль ность. СПб.: Изд-во С.-Петербург, ун-та, 1997. –С. 208-209. to‘g‘ri   anglanishi   uchun   zarur   bo‘lgan   va   so‘zlovchi   haqida   tinglovchiga
oldindan   ma’lum   bo‘lgan   umumiy   bilimlar,   kontekst   va   vaziyat   kabi
murakkab   elementlarni   o‘z   ichiga   olganligi   bilan   ham   keng   ko‘lamda
o‘rganilishi kerak bo‘lgan hodisa hisoblanadi 8
.
Presuppozitsiyani   asosiy   mantiqiy   xulosa,   mazkur   fikrning   rostligi   a)
semantik jihatdan anomal bo‘lmasligi (semantik presuppozitsiya); b) mazkur
kontekstda  o‘rinli  bo‘lishi  (pragmatik   presuppozitsiya   )  uchun  shart  bo‘lgan
ma’noviy qism sifatida talqin qilish mumkin.
M.L.Makarovning fikricha, «presuppozitsiya –   fikrning kognitiv sodir
bo‘lishi, uning tabiati, presuppozitsiyaning tahlil qilinishiga imkon beradigan
atribut» 9
.Diskurs   tahlili   uchun   fikrning   o‘rinli   va   muvaffaqiyatli   bo‘lishini
ta’minlovchi pragmatik presuppozitsiya muhim hisoblanadi. Uning asosida –
aloqachilarning   umumiy   kognitiv   zahirasi   (kontekst   propozitsiyalarining
umumiy to‘plami – muloqot vaziyat qatnashchilarining birgalikdagi faoliyati
qiyin kechadigan yoki imkonsiz bo‘lgan umumiy presuppozitsiyalar zahirasi)
yotadi.
A.K.Mixalskaya fikricha: «Pragmatik presuppozitsiya – so‘zlovchining
ma’lum   adresat   uchun   ma’qul   keladigan   fikrlarni   ifodalash     vaziyatida
qo‘llaydigan gaplaridir» 10
. 
Bunday   yondashuvda   propozitsiya   va   presupppozitsiya   orasida
dialektik   bog‘liklik   borligini   P.   S.   Stolneyker   propozitsiya   agar   so‘zlovchi
kontekstning boshqa ishtirokchilari ham shunday deb hisoblashiga asoslanib,
uning   rostligini   tabiiy   deb   hisoblasa,   pragmatik   ma’noda   presuppozitsiya
hisoblanishini,   unga   nutqiy   muomalada     namoyon   bo‘luvchi   murakkab
qiziqish,   moyillik   sifatida   qarash   to‘g‘ri   bo‘lishini   qayd   etadi 11
.     Demak,
8
Раҳимов   У.   Пресуппозицияни   ўрганишнинг   назарий   асослари//Ўзбек   тилшунослигининг   долзарб
муаммолари. Илмий мақолалар тўплами. – Андижон, 2012. 259-бет.
9
 Макаров М.  Л. Основы теории дискурса. – М., 2003.-С.135.
10
 Михальская А. К. Педагогическая риторика: история и теория. – М., 1998. –С.32.
11
Столнейкер Р. С. Прагматика // Новое в зарубежной лингвистике. -Вып. 16. Лингвисти ческая прагматика. -
М., 1985. -С. 419-438. presuppozitsiya   so‘zlovchi     tasdiqlari,   savollari,   buyruqlari   kabi   nutqiy
harakatlari asosida belgilanadi. 
 Kommunikativ   maqsad.  
  Kommunikativ   maqsadning   diskurs   komponenti   sifatida   ifodalanish
darajasi   lingvostilistik   vositalarning   qo‘llanilishiga   qarab   belgilanadi.
So‘zlovchining   har   bir   nutqiy   harakati   zamirida   ma’lum   bir   maqsad   yotadi.
O‘zbek   tilida   muloqot   jarayonida   axborot,   maslahat,   nasihat,   ishontirish,
ogohlantirish,   rag‘batlantirish,   tanbeh,   tahdid,   haqorat,   qo‘rqitish   kabi   turli
kommunikativ   maqsadlar   nutqiy   ifodalar   sifatida   namoyon   bo‘ladi.   Bu
ifodalarga nisbatan tilimizda «nutqiy akt» atamasi qo‘llaniladi. Biz bu haqda
ishning keyingi mavzularida alohida to‘xtalib o‘tamiz.
Kommunikativ   maqsad   tushunchasi   kommunikativ   akt   bilan
chambarchas   bog‘liq.   Chunki   so‘zlovchining   maqsadi   bevosita   nutqiy
ifodalarda   –   nutqiy   aktlarda   o‘z   ifodasini   topadi.   Bu   kommunikativ
maqsadning   illokutsiya   (fikr-mulohazalarning   maqsadli   yo‘naltirilganligi)
bilan   bog‘liqligini   ko‘rsatadi.   Shunga   ko‘ra,   Dj.Syorl   «illokutiv   kuch»
tushunchasini     nutqiy   aktlar   nazariyasining   bosh   yutug‘i   deb   hisoblaydi.
Muallif   bu   atama   doirasida   tanbeh,   tahdid,   haqorat,   qo‘rqitish,   tasdiqlash,
va’da   berish   kabi   munosabat   ma’nolarini   –   baholash     maqomini   tushungan.
Illokutiv kuch o‘zida illokutiv maqsad, samimiylik sharti, intensivlik shartini
mujassamlashtiradi   va   shu   asosda   nutqiy   vaziyatda   so‘zlovchining
maqsadlari     ko‘p   jihatdan   uning   intensional   holati,   istaklari,   ijobiy
munosabati, adovati, jirkanishi, umid uzishi va shu kabilar bilan belgilanadi 12
.
Nutqiy aktlarda bu komponentlar turlicha namoyon bo‘ladi. 
 Kommunikativ strategiya.
Kommunikativ   strategiya   har   qanday   diskursda   asosiy
komponentlardan   biri   hisoblanadi.   Diskursda   obyektning   u   yoki   bu
12
  Сёрль   Дж.,   Вандервекен   Д.   Основные   понятия   исчисления   речевых   актов     //   H 3 JL   Вып 18. - М: Прогресс,
1986. - С.  172. xususiyatigina   emas,   subyektning   kommunikativ   maqsadi   ham   ifodalanadi.
Lingvostilistik   vositalarning   tanlanishi,   illokutiv   aktning   yuzaga   chiqishi,
ya’ni so‘zlovchi nutqiga xos kommunikativ niyatning implitsit yoki eksplitsit
ifodalanishi   subyektning   maqsadli   harakatiga   bog‘liq.   Shu   asosda   subyekt
diskurs   strategiyasini   (suhbat   maqsadini     qanday   amalga   oshirish   usulini)
ham belgilab oladi. 
Adresatning   muayyan   psixologik   kayfiyatini   vujudga   keltirish   va
saqlash,   lingvomentallik   asosida   chegaralash     (birinchi   navbatda   muloqot
jarayonida suhbatdoshga nisbatan muayyan pozitsiyani egallash); diskursning
har   qaysi   ko‘rinishida     o‘zaro   tushunishni   ta’minlash;   adresatning   nutq
jarayonida   o‘z   javoblarini   navbat   bilan   ifodalashi   uchun   sharoit   yaratish
baholash diskursiga xos maqsadli harakatlar hisoblanadi  13
. 
Diskursda   so‘zlovchi     o‘z   maqsadiga   erishish   uchun   turli   disoniy
vositalar,   nutqiy   kombinatsiyalarni   qo‘llaydi.   Muloqotda   qo‘llaniluvchi
verbal   va   noverbal   vositalar,     turli   strategiya   va   taktikalar,   kombinatsiyalar
bir   umumiy   maqsadga   –   so‘zlovchi   kommunikativ   maqsadining   amalga
oshishiga xizmat qiladi.
 Muloqot vaziyati.
Har   qanday   nutqiy   faoliyat   muayyan   kommunikativ   vaziyatda   bo‘lib
o‘tadi.   Aynan   shu   so‘zlovchini   u   yoki   bu   nutqiy   aktga   undaydi.
Kommunikativ jarayonni murakkab ko‘rinishdagi «aloqaning tashqi shartlari
va   muloqotchilarninng   nutqi   ko‘rinishi   -   fikr   ifodalashi,   diskursning   ichki
tuzilishi»   sifatida   belgilash   mumkin 14
.   Kommunikantlarning   aloqa
vaziyatidagi  o‘zaro ta’siri bir necha bosqichda sodir bo‘ladi: aloqa o‘rnatish,
mavzu rivojlanishi va dialogni qo‘llash va uni tugatish. Xabar joyi va vaqti,
adresant,   adresat   hamda   ularning   maqsadlari   kommunikativ   vaziyat
13
 Дейк Т.А. ван, Кинч В. Стратегии понимания связного текста  // НЗЛ. Вып. 23.-М.: 1988. -С. 178.
14
Формановская Н. И.  Речевое общение: коммуникативно-прагматический подход. – М., 2002. – С.42. komponentlari   hisoblanadi.   Adresantning   adresatga   ma’lumot   beruvchi
sifatida pragmatik yo‘naltirilishi adresat (qabul qiluvchi)ni til vositalarining u
yoki bu ko‘rinishini tanlash bilan qurollantiradi.
Ko‘rinadiki,   kommunikatsiya   doirasida   so‘zlovchining   ma’lum   bir
nutqiy   vaziyatda   o‘z   kommunikativ   maqsadiga   turli   usul   va   vositalar   orqali
erishishi   murakkab   jarayon   bo‘lib,   unda   ishtirok   etuvchi   komponentlar
yaxlitligi diskurs strukturasini tashkil etadi.

PRAGMATIK PRESSUPOZITSIYA HODISASI Reja: 1. Diskurs haqida tushuncha. 2. Diskurs tuzilishi. 3. Diskursning asosiy qismlari. 4. Pressupozsitsiya haqida tushuncha.

Diskurs muloqotchilarning o‘zaro munosabatlari doirasida aloqa, xabar va ta’sir etishga qaratilgan maqsadli harakatlaridir. Unda tilning eng muhim ijtimoiy vazifalari o‘z aksini topadi. Bu vazifalar diskursda turli nutqiy aktlar sifatida namoyon bo‘ladi. Pragmatikaga doir tadqiqotlarda diskurs tuzilishining asosiy komponentlari sifatida so‘zlovchi va uning nutqi qaratilgan shaxs, kommunikativ maqsad, nutq voqelanishining strategiya va taktikalari, muloqot matni va nutqiy vaziyat kabilar qayd etiladi 1 . Ularga asoslangan holda diskurs tuzilishini quyidagicha sxemalashtirish mumkin: DISKURS TUZILISHI Quyida diskursning asosiy qismlari hisoblangan bu tushunchalarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.  Adresant. Adresant – diskurs tuzilishida ishtirok etuvchi markaziy figura. Chunki har qanday muloqot bo‘lishi uchun dastlab adresatning bo‘lishi talab etiladi. Uning kim bilan munosabatga kirishish istagiga ko‘ra nutq qaratilgan subyekt tanlanadi. Bu adresat hisoblanadi. Adresant va adresat o‘rtasidagi munosabatlar doirasida kommunikativ maqsad yotadi. Bu maqsadning amalga oshish yo‘llari va usullari mavjud adabiyotlarda strategiya va taktika 1 Якобсон Р. Избранные работы.- М.: Прогресс, 1985. С.34; Гак В.Г. Прагматика, узус и грамматика речи // ИЯШ. –М.: 1982.-№5.-С.11-17.So’zlovchi Adresant Hamsuhbat Adresat vaziyat, sharoit strategiya va taktika MAQSAD MATN

atamalari bilan yuritiladi. Tildagi temporal munosabatlar, obyektiv va subyektiv modallik, baho, emotivlik kabi tushunchalar so‘zlovchiga bog‘liq kategoriyalar hisoblanadi. Nutqiy aktlar tahlilida so‘zlovchining muloqotdagi faol yoki nofaolligi, tajovuzkorligi, xushomadgo‘yligi, romantikligi, oliyjanobligi kabi bir qator nutqiy xulqni ifodalovchi xususiyatlari aniqlanadi. Ijtimoiy tabaqalar nutqidagi o‘ziga xosliklar, guruhlardagi o‘zaro muloqot xususiyatlari, ular orasidagi aloqa jarayonida qanday lisoniy birliklarning tanlanishi turli ifoda usullarining paydo bo‘lishiga olib keladi. Shu bilan birga bunday o‘zgarishlar so‘zlovchilarning yoshiga, jinsiga, ma’lumotiga, nutq sodir bo‘layotgan muhitga ham bevosita aloqadordir 2 . Shuning uchun baho diskursida so‘zlovchining ijtimoiy mavqeyi, yoshi, jinsi kabilar uning lisoniy birliklardan tanlab olishiga ta’sir qiluvchi muhim omillar hisoblanadi.  Adresat. Adresat – nutqiy aktni tashkil etuvchi muhim komponentlardan biri hisoblanadi. Har bir xabar diskursda qo‘llanish maqsadiga ko‘ra adresatga bog‘lanadi.Unda adresatga ma’lumot yetkazish, his-tuyg‘ulariga ta’sir etish, munosabat bildirish, fikr ifodalashga yoki biror xatti-harakatni bajarishga undash kabi maqsadlardan biri ko‘zda tutiladi. Xabarda adresatni harakatga undash yoki uning psixologik holatini o‘zgartirish maqsadi amalga oshiriladi 3 , chunki so‘z nafaqat tushunchalarning ifodasi, shu bilan birga fikrlash, his-tuyg‘ular va obrazlarni keltirib chiqarish vositasi ham hisoblanadi. Adresat va diskurs informativlik, ekspressivlik, nutqning aniqligi 4 kabi kategoriyalar orqali bog‘lanadi. Tadqiqotlarda yakka adresat, kollektiv adresat, ommaviy adresat, kvaziadresat, nomuayyan adresat, 2 Ирисқулов М.Тилшуносликка кириш.-Тошкент, “Ўқитувчи”, 1992.-Б.159-160. 3 Стивенсон Ч. Некоторые прагматические аспекты значения // НЗЛ. Вып. 16.-М.: Прогресс, 1985.-С. 129-154 . 4 Гак В.Г. Прагматика, узус и грамматика речи // ИЯШ. -1982.-№5.-С.11-17.

noma’lum adresat kabi turlar mavjudligi qayd etiladi 5 . Nutqiy akt adresatga turli tomondan ta’sir qilishi mumkin. Maslahat, tahdid, ma’qullash, ayblov kabi harakatlar adresatning aql-zakovatiga mo‘ljallanadi. Ishonch, shikoyat kabi nutqiy aktlarda adresat his-tuyg‘ulariga, undash, ko‘ndirish esa adresat irodasiga ta’sir etadi. Demak, nutqiy aktlarni adresatga qanday ta’sir qilishiga ko‘ra ma’lum bir guruhlarga ajratish va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash mumkin.  Presuppozi t siya. Adresant va adresat presuppozitsiyasi masalasi nutqiy aktlarda baholashning amalga oshishida muhim ahamiyat kasb etadi. Baholash diskursida adresatning funksional imkoniyatlari bir muncha cheklangan. U faqat axborotni qabul qilib oladi va uni o‘z o‘lchovlari asosida qayta ishlaydi. Konkret vaziyat, madaniy muhitda aloqa bog‘lash qoidalari hamda me’yorlari kabilar haqida yetarli axborotning mavjudligi harakat amalga oshishining sharti hisoblanadi. Bu ma’lumotlar presuppozitsiyani tashkil etadi. «Nutqiy kommunikatsiyaning to‘g‘ri va real amalga oshishi uchun kommunikantlar nutq momentiga qadar muayyan faktlar bilan tanish bo‘lishi, umumiy vaziyat bilan bog‘liq muayyan bilim – xabardorlikka ega bo‘lishlari lozim. Ana shu faktlar, bilim tilshunoslikda presuppozitsiya nomi bilan umumlashtiriladi» 6 . Kishining presuppozitsiyalarni tanlashi o‘z fikrlari va savollari asosida belgilanadi. Presuppozitsiyalar – nutqiy axborot berilmasdan oldin tushunilishi noma’lum bo‘lgan narsalardir. So‘zlashuv jarayonida til birliklarining qay darajada qo‘llanishi nutq ishtirokchilarini bir-birlarini tanish darajasiga ham bog‘liq. Agar bu daraja ko‘p vaqtni tashkil etsa, suhbat mavzusi, nutq obyekti adresantga ham, adresatga ham birday tushunarli 5 Арутюнова Н.Д. Фактор адресата // Известия АН. Серия "Литература и язык".,- Т. №4. 1981. - С. 356-367; Степанов Ю.С. В поисках прагматики (Проблема субъекта) // «Литература и язык». - 1981. - № 4.-С. 325-332; Стернин И.А. Фактор адресата в речевом воздействии // Вестник ВГУ. Серия: Филология. Журналистика. - 2004. - № 1. - С. 171- 177; Дьячкова И.Г. Похвала и порицание как речевые жанры // Вестник Омского университета. - 1998. - №3. - С. 55-58. 6 Махмудов Н. Пресуппозиция ва гап. Ўзбек тили ва адабиёти. Тошкент,1986. №6, 29 -бет .

bo‘lganligi uchun baholashda umumiylik hosil qilinadi. Kam miqdordagi lisoniy birliklar vositasida umumiy yaxlit fikrlar ifodalanadi. Bu esa baholashda o‘ziga xos nutqiy tejamkorlikni yuzaga keltiradi. Har qanday matn/diskursning funksional tahlili ifodaning ma’noviy asoslari diskurs kategoriyalari bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Diskurs nazariyasining muhim tushunchalari sifatida propozitsiya, presuppozitsiya, eksplikatura, implikatura, inferensiya va referensiya kabilarni ko‘rsatish mumkin. A.V.Zelenshikov propozitsiyaning 1) haqiqiy ma’noni, 2) gapning mazmuni bo‘la oladigan mavhum mohiyatni, 3) so‘zlovchining intensional (mental) holatini ifodalovchi sifatida qarab, shunday xulosaga keladiki, propozitsiya har qanday holatda ham tilning funksional tabiatini aks ettiradi va gapda deskriptiv yoki propozitsional konsept modusi sifatida ifodalanadi. Fikrning haqiqiy ma’nosi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan propozitsiyaning namoyon bo‘lish usulini belgilashda so‘zning voqelikka mos kelish yoki kelmasligiga bog‘liq holda rost yoki yolg‘on sifatida qaralishi, amalga oshish yoki oshmasligiga e’tibor beriladi 7 . Presuppozitsiyaning o‘rganilishida har bir muallifning o‘ziga xos yondashuvini ko‘rish mumkin. Bunday yondashuvni presuppozitsiya hodisasiga bergan ta’riflarda, tasniflarda va uning tabiatini belgilashda ko‘rishimiz mumkin. Ularning barchasida gapning to‘g‘ri qo‘llanilishi va to‘g‘ri anglanishi uchun zarur bo‘lgan va oldindan ma’lum bo‘lgan umumiy bilimlar, kontekst va vaziyatni o‘z ichiga olish xususiyatidan kelib chiqilgan holda tadqiq etiladi. Bunday har xillikni, bizningcha, shu hodisaning o‘zidan qidirish kerak bo‘ladi. Chunki, presuppozitsiya hodisasi nihoyatda keng qamrovli bo‘lib, har qanday gapda u yoki bu tarzda mavjud bo‘ladigan murakkab hodisa bo‘ladi. Presuppozitsiya gapning to‘g‘ri qo‘llanilishi va 7 Зеленщиков А. В. Пропозиция и модаль ность. СПб.: Изд-во С.-Петербург, ун-та, 1997. –С. 208-209.