MATN KOMPONENTLARINING SEMANTIK VA PRAGMATIK MUNOSABATLARI
MATN KOMPONENTLARINING SEMANTIK VA PRAGMATIK MUNOSABATLARI Reja: 1. Matnda ifodalanadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va radikal semantik munosabatlar haqida tushuncha. 3. Mantiq va til kategoriyalarining o‘zaro aloqasi hamda farqli tomonlari va o‘zbekCha matnlarning sintaktik va pragmatik tahlili haqida.
Ma’lumki, matnning har qanday turi ham tugallangan fikr ifodasini beradi. Bu matnning xarakterli belgilaridan biri sanaladi. Uning ikkinchi belgisi komponentlarining mazmunan bog‘lanishli ekanligi hisoblanadi. Zotan, matn gorizontal chiziqda (sintagmatik qator doirasida) Shakllanadi va bu jihatdan kommunikativ yaxlitlikni tashkil etadi. Shunday bo‘lgaCh, o‘zbekCha matnlarda bog‘lanishlilik quyidagi ikki ko‘rinishda voqelanadi: a) matnda berilayotgan ikki va undan ortiq hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlik; b) hodisalarning o‘zaro qorishuvi natijasida shakllangan ma’no butunligida aks etuvchi bog‘liqlik. 1. Matn, albatta, nutqimiz mahsuloti sanaladi. Shuning uchun “bog‘lanishli nutq” (“svyaznaya re c h”) tushunchasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri matn bilan aloqadordir. Matnda bog‘lanishlilik uning komponentlari munosabatida, birinchi galda ularning semantik munosabatida o‘z aksini topadi. Tilshunos olimlar matnda ifodalanayotgan s emantik munosabat ni o‘z navbatida, quyidagicha ikki tur ga ajratib o‘rganmoqdalar: 1. Radikal munosabat. Bunda matn komponentlari o‘zaro to‘g‘ridan- to‘g‘ri bog‘lanmay matnda ifodalanayotgan umumiy ma’no sathida munosabatga kirishadi. 2. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita munosabat. Bunda matnning tarkibiy qismlari bir -biriga bog‘liq bo‘ladi va birining ma’nosi ikkinchisining ta’sirida oydinlaShadi 1 . Aytish lozimki, matn komponentlarining o‘zaro bog‘lanishiga xos bo‘lgan semantik munosabatning har ikki turi ham muhim ahamiyat kasb etadi, zotan, har bir matnning asosiy vazifasi ma’lum xabar ifodasini berishdan iboratdir. Bu esa semantik yaxlitlikni talab qiladi. Matnning bunday sifati muqarrar ravishda yozma nutqda kuzatiladi. Og‘zaki nutqda esa uning semantik butunligi har doim ham voqe bo‘lavermaydi. Chunki, 1 Кожевникова К. Об аспектах связности в тексте как целом// Синтаксис текста. –М.: Наука,1979. – С. 56-58.
og‘zaki nutqda uzuq-yuluq jumlalar ham ko‘p ishlatiladi. Bundan tashqari, ma’no yaxlitligiga tinglovchiining replikasi ham sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Matn komponentlarining ma’no jihatdan bog‘lanishli bo‘lishi nafaqat matnning ma’no butunligini, balki uning tarkibiy qismlari sanaluvchi mustaqil gaplarning ham mazmuniy salmog‘i bekami-ko‘stligini ta’minlaydi. To‘g‘ri, matndan tashqarida gap grammatik jihatdan mutlaqo cbo‘lishi mumkin. Lekin uning ma’no butunligi faqat matn sathida boshqa gaplar bilan o‘zaro munosabatda kelganda to‘liq ifodasini topa oladi. Bu matn tarkibida qo‘llanilgan barcha gaplarga xosdir, faqat matnning boshlanishida kelgan gap o‘zining nisbiy mustaqilligi bilan Shu matn tarkibiga kirgan boshqa gaplardan farq qiladi 2 . Matn tarkibida gaplarning o‘zaro semantik munosabatlari xususida so‘z yuritilganda, tafakkurimizda hukmlar majmuasi qanday bog‘lanishini tasavvur etib ko‘rmog‘imiz lozim . Matn komponentlarining bog‘lanishli ekanligini o‘rganish til va tafakkur birligi dialektik qonuniyatidan kelib c hiqadi. Shuning uchun mustaqil gaplarning o‘zaro munosabati zamirida s hakllanuv c hi gapdan katta har qanday nutq birligi o‘zining umumiy mazmuni salmog‘i jihatidan tafakkur mahsulining til unsurlari vositasida ifodalanishini taqozo etadi. Gapning so‘zlar munosabatidan tashkil etilishini nazarda tutsak, bunda so‘zning fikr ifodasini voqelantiruv c hi belgi ekanligini dalilay olamiz. Biroq nutqimiz qolipida ro‘y beruvchi psixologik muloqatda so‘z emas, balki gap asosiy belgi sanaladi. Bu nutqimiz sathida gapning o‘ziga xos maqomini, uning boshqa birliklardan (masalan, so‘z, so‘z birikmasi va h.k.) farqini aniq va ravShan namoyon etadi 3 . 2 2 Солганик Г.Я. Синтаксическая стилистика. –М.: Высшая школа,1973. – С. 49-59. 3 3 Потебня А.А. Из записок по русской грамматике, т.1-2.-М.,1958. – С. 42-47.
2. Yuqorida keltirilgan fikr va mulohazalar til bilan mantiqning o‘zaro uzviy bog‘liqligini ko‘rsatadi. Ammo bu bilan mantiq va til kategoriyalari qorishib ketadi, demoqchi emasmiz, albatta. chunki mantiqning ham, tilning ham faqat o‘ziga xos bo‘lgan qonuniyatlari mavjud. Shuning uchun sintaktik kategoriyalarni mantiq kategoriyalari nusxasi sifatida talqin etib bo‘lmaydi. Ana shu bois hukm tushunchasini bu o‘rinda shartli deb bilmog‘imiz lozim. A.A.Potebnya to‘g‘ri ta’kidlaganidek, grammatik gap mantiqiy hukm bilan bir xil ma’no kasb eta olmaydi 4 . Darhaqiqat, hukmning aniq va mukammalligi faqat nutqda aniqlanadi. Buning uchun esa bir necha hukm o‘zaro munosabatda olib tahlil etiladi. Shuning uchun an’anaviy mantiqda muayyan bir hukmni nutqdan tashqari holatda olib tahlil qilinishi bugungi kun talablariga javob berolmay qoldi. Bugungi kunda an’anaviy grammatikalarda berilgan sintaktik qurilmalar tahlilidan o‘zgacha tahlil materiallariga ehtiyoj tug‘ilganligi sababli odatdagi semantik va sintaktik tahlillar doirasi ancha kengaydi. Boshqacha aytganda, matn lingvistikasi masalasi kun tartibiga asosli ravishda kirib keldi. Buning asosiy dalili sifatida hozirgi lingvistik tadqiqotlarda o‘zaro bog‘lanishli bo‘lgan bir necha sintaktik qurilmalar nutqning yaxlit bir bo‘lagi sifatida talqin etilayotganini ko‘rsatish mumkin. Nutqda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan gaplarning semantik va sintaktik muammolarini o‘rganishda mazkur gaplarni alohida olmay, har birini boshqalari bilan bog‘liq holda talqin etilgandagina ularning ma’no tugalligi haqida so‘z yuritish mumkin. Bunday vaziyatda mazkur gaplarning nafaqat ma’no tugalligi, balki sintaktik xususiyatlarining ham ancha mukammal izohlanishi uchun imkoniyat yaratiladi. Masalan, ma’lum bir nutq parchasida namoyish xususida fikr bildirilayotgan bo‘lsa, nampyishcilar (demonstrant ы ) so‘zi bunday matn uchun sub’ekt vazifasini o‘taydi, zotan, mazkur so‘z bir 4 4 Потебня А.А. Из записок по русской грамматике, т.1-2.-М.,1958. – С. 68-69.
o‘rinda gapda o‘zining asliy Shaklida, boshqa gaplarda esa olmosh bilan (masalan, ular, o‘zlari olmoshlari), o‘zga bir sinonimik so‘z bilan (masalan, kishilar, odamlar, xalq ) ifodalanadi va har safar gapda bu tushunchaning mavjudligini his etamiz. Matn komponentlari tarkibida biror so‘z yoki birikmaning bu taxlit qo‘llanishi nafaqat semantik, balki sintaktik vazifa ham bajaradi. Chunki mazkur so‘z oldingi gapda grammatik ega vazifasida kelsa, keyingi gaplarda to‘ldiruvChi, aniqlovchi bo‘lib qo‘llanilishi ham mumkin 5 . Ana Shulardan kelib Chiqib, o‘zbekCha matn larni sintaktik va pragmatik tahlili bobida hali o‘z eChimini kutayotgan juda ko‘p jumboqlar mavjudligini ta`kidlash lozim. 5 5 Турниёзов Н., Й ў лдо ш ев Б. Матн тилшунослиги (услубий қўлланма). – Самарқанд, СамДУ нашри, 2006. – Б. 58-62.