logo

Proektiv texnika

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

40.830078125 KB
Mavzu:  Proektiv texnika
Reja:
1. Proeksiya tushunchasi
2.  Proektiv metodika 
1.  SHaxs diagnostikasida proektiv metodikalardan foydalanish Proektiv   psixologiya     yarim   asrlik   tarixga   ega   bo’lsa - da,   undan   oldin   ham
ba ь zi   olimlar   inson   proeksiyalari   masalasiga   to‘xtalib   o‘tganlar.   Ularning
qarashlari   proektiv   psixologiya   haqidagi   klassik   nazariyalar   hisoblanadi.   Proektiv
testlar   masalasiga   tuxtalishdan   oldin,   proeksiya   tushunchasi   mazmuniga   eьtibor
berish lozim. Proeksiya tushunchasi dastlab, Z.Freyd tomonidan shaxslarning ongli
va ongsizlik tarzda ko‘chirilgan shaxsiy xususiyatlari, tashki  obьektlarga nisbatan
munosabatini ifodalash uchun qo‘llanilgan. Proeksiya lotincha «proektio» so‘zidan
olingan   bo‘lib,   oldinga   irg‘itish,   tashlash   maьnosini   bildiradi.   Proeksiya     baьzida
insonning men   mexanizmi bilan, ichki himoya kuch sifatida   namoyon bo‘lishini
Freyd   taьkidlaydi.   Proeksiya   sublimatsiya,   ratsionalizatsiya,   forig‘lanish   kabi
tushunchalarni   ham   qamrab   oladi.   G.S.   Frimen   insondagi   proeksiyalarni   shunday
izohlaydi.
1.   Ongsizlik   holati,   yaьni   insonning   bu   holatda   boshqa   kishilarning   g‘oya,
qarash, istak, emotsiya yoki xarakter xislatlarini o‘ziga olishi sifatida.
2. O‘z shaxsiy ehtiyojlarini  boshqalarga ko‘chirish sifatida .
3. Qandaydir tajribaga asoslangan noto‘g‘ri xulosa chiqarish  sifatida qaraydi.
Bundan   tashqari   baьzi   olimlar   aynan   proeksiya   suzini   kuyidagicha
ifodalaydilar. Proeksiya - voqelikni, insonlarni, namoyon qilingan stimullarni idrok
etish   muayyan   darajada   shaxsning   psixik   holati,   ehtiyojlari,   xususiyatlariga   mos
ravishda   tafsiflash   tendensiyasi   mavjuD.   Proeksiya–anglanmagan   psixologik
mexanizm   sanaladi,   yaьni   proeksiya   elementlari   ongsiz   tarzda   idrok   qilinadi.   Bu
holat   klinik   tadqiqotlar,   psixoterapivtik   izlanishlarda   ham   yaqqol   ko‘zga
tashlangan.   CHunki     proektiv   testlarga   berilgan   dastlabki   taьriflar   klinik   nuqtai
nazardan berilgan.   Proeksiya so‘zli  assotsiyasiyalar,  tugallanmagan so‘zlar, rasm
va   dog‘lar,   tekshiriluvchilar   chizgan   rasmlar,   turli   qo‘zg‘atuvchi   stimullardan
iborat.   Lekin   proektiv   metodikalar   ildizi   1904-1905   yilda   K.   Gustav   YUng
tomonidan yaratilgan  so’zli  assotsiyasiyalar   testiga  borib  taqaladi. Bu  metodikani
yaratish   bilan   YUng   shaxsning   ongsizlik   holatlaridagi   kechinmalarini   assotsiativ
diagnostika   qilish   mumkinligini   ko’rsatib   berdi.   Keyinchalik     assotsiativ   testning
turli variantlari aybdorlik hissini aniqlashda (yolg’on detektori) M.Veyrtgaymer va A.R.Luriya tomonidan normani patologiyadan ajratish va boshqa vaziyatlar uchun
qo’llanilgan.  Proektiv  testlar   qatoridagi   tugallanmagan  hikoya  yoki   gap  testi   ham
YUngning    assotsiativ   testidan  kelib    chiqqan,   deb  hisoblanadi.  Bundan  tashqari
Evropaning   klassik   psixologiya   maktabi   vakillari   Frenk,   G.Rorshax,   G.   Myurrey
kabi olimlarning hissasi    proektiv testlarning kelib chiqishiga keng ahamiyat kasb
etadi.   YUqorida   aytilgandek,   dastlabki   proektiv   testlar   klinik   xarakterda   tadbiq
etilgan. Proektiv psixodiagnostikaning   yuzaga kelishi G. Rorshaxning 1921 yilda
Germaniyaning     Bern   shaxrida   chop   etilgan   «Psixodiagnostika»   asari   bilan
bog‘lanadi.     O‘zi   rassom   bo‘lishiga   qaramay   Rorshax   sanьat   va   rassomchilik
tarixiga   juda   qiziqqan.   Unga   maьlum   bo‘lishicha,   buyuk   rassom   Leonardo   Da
Vinchi     o‘z   xayolini   osmondagi   bulutlar,   ulardagi   turli   shakllarni   uzoq   vaqt
davomida   kuzatish   va   ularni   tahlil   qilish   orqali   mashq   qildirgan.   Bu   xususiyat
yaьni atrofimizdagi «predmetli dunyoni jonlantirish» barchaga, ayniqsa, rassomlar
va   yosh   bolalarga   xos   bo‘lgan   xususiyatdir,   deb   qaraldi.                       G.   Rorshax
talqiniga   ko‘ra,   siyoh   dog‘lari,   yaьni   ko‘rishga   yunaltirilgan   siyoh   doglari   motor
(harakat) fantaziyalarini jonlantiradi. Rorshaxdan avval siyoh dog‘lari bilan boshqa
olimlar   asosan   Rossiyada   F.E.   Ribakov,   Fransiyada   A.Bine   va   Vallon   Anrilar
tadqiqot   olib   borganlar.   Birok   Rorshax   birinchi   bo’lib   fantaziya   obrazlarini
shaxsning sifat va xislatlari bilan aloqasini isbotlab berdi. Rorshaxning tadqiqotlar
g’oyasi   bugungi kunda ikki yirik yunalishlarda   AQSH (Beek Klopfer, Davidson
Rapoport) va Evropada (Bohm, Doosli-Listeri) o’rganilmokda.Rossiyada  Rorshax
testini   o’rganishga   urinishlar   XX-asrning   20-30   yillariga   to’g’ri   kelib,u   asosan
shaxsning   anomal   xususiyatlarini   aniqlash,   nevroz   va   psixopatiyalar
diagnostikasida,   shuningdek,   epilepsiya   (tutqanoqlik)   kasalligini   tadqiq   qilishda
foydalanilgan. SHuningdek, 1935-1939 yillarda ko‘pgina proektiv testlar yaratilib
psixoterapiyada   keng   qo‘llanilgan.   Bunda   turli   xil   kasalliklar   va   tramvalarning
shaxs psixikasiga taьsiri, kasallik va sog‘lomlik o‘rtasidagi  alomatlar o‘rganilgan.
SHular   q atorida   1935-yillarda   jurnallarda   chop   etilgan   tematik   appersepsiya   testi
(TAT)ni kiritish mumkin. Bu test kelib chi q ishiga k o’ ra fantaziyani eksperimental
o’rganish metodikasi sifatida yuzaga keldi.   Uning muallifi G.Myurrey hisoblanib, Rorshax   testi   singari   kelib   chiqish   tarixi   mavjuD.   Bunda   shunday   masala   yuzaga
keldiki,   pedagog   va   psixiatrlarga   tekshiruvchilar   uchun   maxsus   tanlab   olingan
syujetli   rasmlar   asosida   tuzilgan   hikoyaga   qarab,   insonning   qiziqishlari,   mayllari
haqida   xulosa   chiqarish     mumkinligi     oldindan     maьlum     bo‘lib,   baьzida     esa
psixikaning kasallik holatini ham aniqlash imkoni  mavjud edi. Bir  qarashda TAT
fikri     Rorshax     g‘oyasiga     qaraganda   ancha   sodda   va   aniq   ko‘rinar,   biroq,   bunda
muallif   qahramonlari   taqdiri   va   rasmlari   to‘g‘rida-to‘g‘ri     aks   etadi-yu,   baьzilari
karama   –karshi   maьno   aks   etishi,   muammo   tug‘diradi.   O‘tgan   asrning   buyuk
ertakshunoslari yozgan ertaklari mazmuni ham proektiv xarakterli hisoblangan. Bu
esa   bolalarning   turli   xil   psixologik   xususiyat   va   holatlarini   o’rganishda     qo’l
kelgan.   Fransiyada   SH.Perro,   Germaniyada   aka-uka   Grimlar   juda   ko’p   proektiv
xarakterli  ertaklar yaratgan. Bunga misol  qilib «Kizil  shapkacha»,  «Uxlab yotgan
parizod»,   «Dono   kiz»,   «Bo’ri   bilan   echki»,   «Qor   malikasi»,   kabi   ertaklarni
keltirish mumkin. Aynan, ushbu ertaklar ham proektiv testlarning kelib chikishiga
sabab bo’lgan, degan maьlumotlar mavjuD. Bundan farqli ravishda proektiv testlar
masalasi va proeksiya tushunchasi  psixologiyaning bir qancha sohalarida bahsbob
bo‘lgan. SHu jumladan, eksperimental psixologiya , analitik psixologiya, xolistetik
psixologiyada keng tadqiq qilingan . Analitik psixologiyada aynan ertakli proektiv
testlar orqali   bolalarning ongsizlik holatlarini tadkik etish keng yo’lga qo’yilgan.
Bugungi kunda bu ertakli terapiya nomi bilan  g’ arbda mash h ur sanaladi.  Umuman
olganda   proektiv     testlar   masalasi   ba h sbob   masalaga   aylanib,   u   olimlar   o’ rtasida
turlicha   fikrlar   va   qarashlarni   keltirib   chi q ardi.   Z.Freyd   fikriga   k o’ ra ,   proektiv
testlar   mazmunan   ongsizlikni   ifodalaydi   shu   bilan   birga   instinktiv   xarakter   kasb
etadi. Xolistetik psixologiya vakillari proeksiya masalasiga boshqacha nazar bilan
q arab,   u insonning sub ь ektiv yoki ichki dunyosi bilan bo g‘ li q ligini ta ь kidlaydi .    B u
esa   insondagi       strukturali   yashirin   ma q sadlar   borligini   ifodalaydi.   Aynan     shu
holat   barcha   kishilarda   «shaxsiy   dunyo»   deb   ataladi.   Bularga   karshi   ravishda
eksperimental   psixologiya   vakillari   proeksiya   va   proektiv   testlar   masasalasiga
o’ zgacha   q aragan.   Bunga   ko’ra   proeksiya   tushunchasi         nazorat   va   bilish   usuli,
idrokli jarayon bilan xarakterlanadi: atributiv proeksiya, klassik proeksiya, artistik proeksiya,   ratsional   «akliy»   proeksiya,   munosabatli   proeksiya     va   similyativ
proeksiya .
Atributiv   va   klassik   proeksiyalar   inson   xarakterida   o’ zini   anglash   bilan
vujudga   kelib,   undan   boshlab   q arama- q arshi   orttirilishi   ta ь kidlanadi   .   Artistik
proeksiyalar   idrokning   determenantligi   va   aktual   ehtiyojlar   paydo   b o‘ lishi   va
q ondirilishi   bilan   bo g‘ li q ligi   k o‘ rsatiladi.   Bu   falsafiy   oqim   bo‘lgan     Autizm
qarashlarini ham o‘z ichiga oladi.  Ratsional proeksiyalar esa inson xarakteri, xul q  -
atvori   va   a q l-zakovatini   mazmunini   belgilaydi.   Va   bu   D.Xolmsning   proeksiya
tushunchasi klassifikatsiya si ga bergan tahlilida keng  o‘ rin olgan  .
Proektiv   psixologiyaning   kelib   chikishiga   V.Vund,   F.Galьtonlarning
tadqiqotlari   ham   katta   ahamiyat   kasb   etadi.   Ular   Vyursburg   psixologiyasida
dastlabki   eksperimental   tadqiqotni   o’tkazganlar.   Tadqiqot   «Assotsiativ   so’zlar»
metodikasi deb olib borilgan. Bunda shaxslardagi xarakter xususiyatlari o’rganildi.
Lekin, ko’plab olimlar  fikricha,  dastlab proektiv testlarni  K.G.YUng ishlatganligi
taьkidlanadi.   YUng   erkin   assotsiatsiyalar   testi   orqali   barcha   proektiv   testlar
xarakterini ochib berdi.YAьni bu shaxsni diagnostika qilishni kompleks usuli, deb
ham   tan   olindi.   1910-yillarda   tadqiqotchilar   G.Kent,   K.G.YUng,   A.Rozanovalar
AQSHda shaxslarni favkulodda holatlarda o’rganadigan stimulli  testlar yaratishga
kirishdi.   Bunda   yuz   kishidan   natijalar   olinib,   ulardagi   individuallik   xususiyati
o’rganildi.   Bu   metodika   garchi   klinik   xarakterli   bo’lsada   ,keyinchalik   boshqa
olimlarning   ham   nazarini   torta   boshladi.   1946-yilda   Rapoport   K.G.YUng
tadqiqotlaridan   kelib   chikib   60   ta   stimulli   so’zlardan   iborat   metodikani   yaratdi.
Metodika   asosida   psixoanalitik   nazariya   yotib,   shaxslardagi   ichk   nizolarni,
faoliyatdagi   mental buzilishlarni o’rganadi. Ba’zi olimlar esa Z.Freyd ning 1909-
yilda   bosilib   chiqqan   monografiyasi   «psixoanaliz   asoslari»da   proektiv   testlarning
dastlabki nazariy asoslari yotishini taьkidlaydilar  .19 asr oxirida va 20 asrning 30-
40-yillarida proektiv testlar va ularning turli yo‘nalishdagi maktablari paydo bo’ldi
1921-yilda G.Rorshax amalga oshirgan ish proektiv metodikalarni  empirik tadqiq
qilishning   yangi   talqini,   deb   nom   oldi.   Bundan   tashqari   proektiv     testlar   rivoji
1920-yillardan   so’ng   jadal   o’sib   bordi.   1939-yilga   kelib   Frenk   fanga   haqiqiy proektiv metodika tushunchasini kiritdi. SHundan keyin proektiv metodikalar turli
xil   vaziyatlarda   va   sohalarda   keng   qo’llanila   boshladi.   Masalan,   tadqiqotchi
G.Myurrey,   YUng   va   Rorshax   ishlaridan   kelib   chiqib   voyaga     etmagan
jinoyatchilarning   sirlarini   ochishda   qo‘l   keladigan     proektiv   test,   yaьni
TAT(tematik appersepsiya) ni sud- psixologik  ekspertezasida keng qo‘llagan.  Bu
metod   Garvard   psixologik   klinikasida   ham   keng   yo‘lga   qo‘yilgan.   Bunda
sinaluvchilarning   oshkor   etishni   xohlamaydigan   yoki   yashirib   kelayotgan
xotiralari, g’oyalari, kechinmalari ochib berilgan .
Xorijiy   psixologiyada     keng   qo’llanilgan   proektiv   metodika
bu   Lyusherning   «Rang   testi»   bo’lib,   u   shaxslardagi   konflikt,   agressivlik,
shaxslararo   munosabatdagi   kelishmovchiliklar,   shu   bilan   birga   insonlarning
ranglarga munosabatini aniqlashga keng imkon bergan. Bundan tashqari ushbu test
sog’lomlik   va   kasallik   o’rtasidagi   tafovutlarni     aniqlashda   ham   qulay   metodika
hisoblangan.   Lyusher   fikricha,   inson   proeksiyalarini   ranglar   bilan   ham   yorkin
bilish mumkin. CHunki har bir kishi o‘zi  yoqtirgan va yoqtirmagan  ranglari bilan
o‘z   xususiyatini   belgilaydi,   deb   taьkidladi.   Keyinchalik   proektiv   testlarning
noverbal   variantlari   keng   tarqala   boshladi.   SHular   jumlasida   geomitrik   figuralar
testi   ,uz   ramini   chizish   ,manzaralar   kursatmasi   ,orqali   insonlarning   xissiy
olami ,ijodiy qobiliyatlari haqida maьlumot olingan. Test  talabiga ko‘ra, obьektiv
mazmun   kasb   etgan.   CHunki   berilgan   yo‘riqnomalar   bu   holatni   taьminlashga
xizmat   kilgan.   Bugungi   kunga     kelib     proektiv     testlarlarning   yangi
modifikatsiyalari psixolog olimlar tomonidan ko’plab yaratilmoqda . 
Biz mavzumizda proektiv metodikalarning klassifikatsiyasi xususida to’xtalib
o’tamiz.   Proektiv   metodikalarni   tatbiq   etish   jarayonida   ularning   klassifikatsiyasi
bir   qator   jihatlarni   inobatga   olishni   talab   etadi.   Quyida   klassifikatsiyaga   doir
keltirilgan ayrim yondashuvlar ustida to’xtalamiz.
Mashhur   psixolog   L.Frenk   barcha   proektiv   testlar   to’g’risidagi   nazariy   va
amaliy   maьlumotlarni   o‘zlashtirib,   ularning   yangicha   klassifikatsiyasini
yaratdi(10.32-38   betlar).   Uningcha   har   bir   turdagi   proektiv   test   alohida   mazmun
kasb etib, o‘ziga xos tahlilni talab etadi. Metodikalarni guruhlarga bo‘lish, tadqiqot natijalari tahlilini osonlashtiradi va tadqiqotchiga kulaylik olib keladi Bugungi kun
amaliyotida proektiv testlarning bir qator turlari qo’llanilib kelinmoqda:
1. Konstitutsiyaviy metodlar.
2. Konstruktiv metodlar .
3. Interpritatsion metodlar .
4. Katartistik metodlar .
5. Eksprissiv metodlar.
6. Imprissiv metodlar .
7. Additiv metodlar .
YUkoridagi   xar   bir   testlar   turiga   alo h ida   proektiv     metodikalar   kirib,   ular
turlicha mazmun mo h iyatga ega.
1.Konstitutsi ya viy     xarakterli   proektiv     testlar   q atoriga   «Tugallanmagan
s o’ zlar», «Tugallanmagan rasmlar» testlari kirib,  o’ tkazilish texnikasiga k o’ ra turli
situatsiyali   (vaziyatli)   strukturalardan   iborat.   Metodika   materiallari   amorf
xarakterga ega bo’lib, tekshiriluvchilardan asosan   mantikiy mulo h azalashni talab
etadi. Ushbu metodikaning muallif lar i Saksa   va   Levi hisoblanib, ommabop testlar
q atoriga   kiradi.   Muallifdan   oldin   ham   ushbu   metodika,   eksperimental
psixologiyada   qo’ llanilgan .     YUqoridagi   variantini   esa   Saks   va   Levilar   yangi
variantda tuzganlar. Metodikada 60 ta tugallanmagan so’zlar keltirilgan bo’lib, ular
15   ta   guruhga   ajratilgan.   Metodika   savollari   orqali   shaxsning   oylaviy
munosabatlardagi     hulq-atvori,   o’z-o’zidagi   qarama   -qarshilik   chegarasi,   seksuaal
xarakter   xususiyatlari,   qo’rquv   va   hissiy   buzilishlar,   kelajakdagi   va   bugungi
kundagi orzu istaklari, ota-onasi bilan munosabati    shu bilan birga do’st yaqinlari
bilan   munosabat   mazmuni   aniqlanadi.   Test   o’tkazishda   alohida   anketa   mavjud
bo’lib,   u   tekshiriluvchilarni   testga   tez   yo’naltirish   xususiyatiga   ega.SHu   qatorda
tadqiqotchi   Varttegning   «Tugallanmagan   rasmlar»   testi   ham   xudi   shu   xarakterda
foydalaniladi.
2.Konstitutsiyaviy   xarakterdagi   proektiv   metodikalar   insonlar   va   hayvonlar
figuralari,   modellari   orqali   shaxs   xususiyatlarini   tahlil   etadi.   Bunda   rasmlar   va
figuralar minatyura xarakterida ham ifodalanishi mumkin. Tadqiqot har bir yoshda alohida   xarakter   kasb   etadi.   Bu   esa   tekshiriluvchilarni   muhitdagi   ijtimoiy
ximoyasini    ochib beradi. Masalan,  inson  rasmi  va xayvon rasmi  testning  kuprok
masalasini   tashkil   etadi.   Metodika   tahlilida   har   bir   figura,   qurilish   materiali,
mozaika modellari va saranjomlik hisobga olinadi.
2.Interpritatsion   xarakterdagi   proektiv   testlar   turkumiga   TAT   (tematik
appersepsiya)testi   misol   bo’lib   ,bunda   masala   va   topshiriklar   illyustratsion
xarakterda   ifodalanadi.   Metodika   insondagi   kiziqishlar,   hissiy     kechinmalar   shu
bilan   birga,   ichki   imkoniyat   va   yashirin   maqsadlarni   aniqlaydi.   Metodika
mualliflari   G.Myurrey   va   Morganlar   sanaladi.   Metodika   Myurrey   yaratgan   shaxs
nazariyasiga   asoslanadi.   YAьni   ehtiyojlar   shaxsning   xulq-atvorini,   tasavvurlarini,
bilish   jarayonlarini   yo‘naltiradi   va   tashkillashtiradi,   degan   tamoyilga
asoslanadi.Myurrey bunda barcha ehtiyojlarni psixodinamik kutilmalar, deb atadi.
Myurrey   barcha   ehtiyojlarni   vital   va   psixogen   turga   ajratadi.Vital   ehtiyojlarga   –
suv-xavo ,psixogen ehtiyojlarni bilish, sanьat, sevgi kabilarga ajratdi. Metodikada
20 ta ehtiyoj qo‘llanilsada lekin, 24 tasi farvqlanadi(6.26-31-betlar).
Myurrey   fikricha,   metodikadagi   rasmlarni   tekshiriluvchilar   ikki   xil
izohlaydilar.   Mavhumlik   aks   etgan   rasmlarni   o’z   hayotiy     tajribalari   orqali
bajaradilar.   Erkak   va   ayollarga   berilayotgan   topshiriqlar   alohida   -alohida   bo’lishi
ham   test   koidalaridan   biri   sanaladi.CHunki   jinsiy   xarakterdagi   tafovut   rasm
guruhlarida aloxida mazmun kasb etadi.
4.Katartistik mazmunli proektiv   testlarga o’yin faoliyati bilan belgilanadigan
testlar   kiradi.   Masalan,     «psixodrama»,   «ixtiyoriy   teatr   sahnasi»,   «terapivtik
chiqishlar»,   misol   bo’la   oladi.   Buning   uchun   shart-tanlanishi,     uyin   texnikasi
tanlanadi.   Bunda   shaxslardagi   nizolar,   boshqa   insonlar   bilan   bo’ladigan
munosabatlar   ko’rinishi   o’yin   paytida   ochiq   oydin   amalga   oshiriladi.   Bu   texnika
insonlarni har  kanday vaziyatlarda muoammo va holatga uz imkoniyatidan   kelib
chikib   ish   tutishiga   yordam   beradi.   Bu   psixoterapiyada   ko’p   kullanadigan   va
shaxsni   tarbiyalaydigan   vosita   hisoblanadi.   Xoh   rollar   kulgili   yoki   salbiy   obrazli
bo’lsin, shaxs tipiga mos ravishda ijro etiladi. Bunda shaxsning fantaziya holatlari ham   hisobga  olinadi.  Misol  uchun  «issiq  stul»   nomli  trening  uyini   aynan  insonni
stressli vaziyatda oqilona hukm chiqarishida qo‘l kelishligi taьkidlanadi.
5.Eksprissiv   xarakterli   proektiv   testlar   tezkor   maьlumot   olishni   ifodalab,   bu
grafalogiyada     ham   keng   qo‘llaniladigan   usul   sanaladi.   Bizga   maьlumki,
grafologiya   insonning   yozuvi   va   imlolariga   qarab   uning   xususiyatlarini   tahlil
etadi.E ksprissiv tahlil jinoyat turini aniqlashda yoki bo‘lmasa, davlat ahamiyatiga
molik rasmiy xujjatlardagi o‘zboshimchalik va qonunbuzarlik holatlarini ochishda,
mansabdor   shaxslar   yoki   davlat   xizmatchilari   qo‘ygan   imzolarni       aniqlashda
eksprissiv usul qo‘l kelishi tadqiqotlarda taьkidlangan. Bundan tashqari eksprissiv
proektiv   metodikalarga   «Uy,   daraxt,   inson.»   metodikasini   kiritish   mumikin.
Metodika   Dj.Morgan   tomonidan   1948-yilda   kqo’llangan.   Test   kattalar   bilan
bolalalarni   o’rganish   uchun   ham   qulay   sanaladi.   Mohiyatiga   ko’ra,   test   quyidagi
mazmunni   ifodalaydi.   Testni   qo’llashda   yo’riqnoma   berilib,   har   bir   vazifadan
so’ng   suhbat   o’tkaziladi.   Suhbat   ham   ularning   nima   uchun   bu   vazifalarni
tanlaganlari to’g’risida maьlumotni oydinlashtiradi.
5.Imprissiv   turdagida   esa   tekshiruvchilarning   xohish   va   intilishlari   hisobga
olinib,   ularni   taьminlash   talab   etiladi.Bunday   testlarga   Lyusherning   «Rang   testi»
yaqqol   misoldir.   Testda   barcha   ranglar   hisobga   olingan   bo‘lib,   ulardan   8   ta   rang
metodikada   foydalanilgan.   Ushbu   ranglar   orqali   insonda   qo’rquv,   affekt,   ichki
dunyo sirliligini yashirin ochish, nizoli vaziyatga moyillik, emotsional qiyofa kabi
psixologik   masalalar   o’rganiladi.   Lyusherning   rang   testlari   XX-asr   boshlari   va
oxirgi     o’n   yilligida     meditsina   psixologiyasi   va   psixoterapiyada   klinik   jihatdan
keng   tadbiq   etilgan.   Tadqiqotchilar   fikricha   ushbu   metodika   insondagi   quyidagi
xususiyatlarni, sifatlarni tahlil etadi .
1.Turli xil kasalliklarning insonga ta ь siri, somatik va psixosomatik belgilarini
aniqlashda .
2.Epilipsiya   (tut q ano q lik)   va   shizofreniya   kasalliklaridagi   sog‘lomlik   va
kasallik tafovutlarini aniqlaydi.
3.SHaxslardagi   emotsional   buzilishlar,   qo‘rquv,   x addan   tashqari   zo‘ri q ish
kabi holatlarni oydinlashtiradi. 4.Jamoalardagi psixologik  muhitni   o’ rganadi.
5. SH axsning  h issiy kechinmalari yunalishi va mazmunini ochib beradi.
Lyusher testining keyingi modifikatsiyalarida 70 xil turdagi rasmlar xarakteri
h isobga   olinib,   u   ham   insonni   kompleks   tad q i q   kila   olgan.   Lyusher   metodikani
yaratish   paytida   ranglarni   tanlashda   ,   birinchi   o’rinda     ularning   funksiyalarini
hisobga   oladi.   Lyusher   fikricha,   insondagi   subьektivlik   ko‘proq   ranglar   bilan
yuzaga   chikadi.   Muallif   testga   qo‘shimcha   ravishda   natijaga   oydinlik   kiritish
maqsadida, tekshirish oxirida savollar bilan murojat qilgan. Masalan, siz o‘smirlik
yoshingizda   qaysi   ranglarni   yoqtirgansiz?   yoki   umuman   qaysi   rangni   yoqtirasiz
deb   so‘ralgan.   Ko‘pchilik   tekshiriluvchilar   yashil   va   qizil   rangni   aytganlar.
Tahlilga ko‘ra, yashil rang o‘smirlikdagi   noaniq hissiyot, mardlikka daьvogarlik,
shu bilan birga ko‘chuvchan samimiylikni ifodalagan. Qizil rang esa kuch-quvvat
ramzi,   shiddatli   xulq   -atvor   ko’rinishi,   yoki   agressivlik   va   qaysarlik   xususiyatlari
bo’lganligini     ko’rsatgan.   Lyusher   ushbu   usulni   maqbul   baholab,   ko’proq
tadqiqotlar   olib   borishga   harakat   qildi.   Oxir   -oqibat   u   metodikada   aks   etgan   8   ta
rang har biriga alohida taьrif ishlab chiqdi .
1.   Ko‘k   rang-emotsional   komfortlik,   hissiy   munosiblik,   ichki   himoya
mexanizmga ega, muvaffaqqiyat kutuvchi tip bo‘lib, ehtiyojlari rang- barang tusga
ega.
2.YAshil   rang-ehtiyojlar   sferasi   o‘z   pozitsiyasi   bilan   uyg‘unlashgan   kishilar,
mudofaa qudrati kuchli, haraktlarida agressiv xulq kuchli bo’lgan kishilar.
3.Qizil   rang-ehtiyojlari   muvaffaqqiyatga   qaratilgan,   lidirlik   va
tashklotchilikka   moyil.   Agressiyalari   yig’ilgan,   boshqaruvchilik,   shu   bilan   birga
faoliyattida   yuqori   qidiruvchanlik   mavjud   .Bunday   toifali   kishilar   hayotda   juda
harakatchan,   yuqori   energiyali   kuchga   ega   bo’lib,   doimo   muvaffaqqiyat   sari
intiladilar . 
4.Sariq   rang   -   ijtimoiy   rejalarda   ehtiyojlar   emotsional   ko’rinishliligini
ifodalaydi. Ushbu tipdagi shaxslarda himoya mexanizmi yuqori, tajovuzkor xulqli,
muloqot va muomala jarayonida qoniqmaslik, siqiluvchanlik hissi kechiriladi. 5.Binafsha   rang–shaxsdagi   emotsional   etukmaslikni,   hayotiy   maqsadlarning
aniqmasligini,   subьektivizmning   yuqoriligini,   individual   o‘ziga   xoslik   kabilarni
ifodalaydi .
6.Jigar  rang-ehtiyojlar  sferasi  qor  kabi  hujumli, jismoniy  va psixologik tipga
ko’ra,   komform   xarakterli   kishilar,   shaxslararo   munosabatda   tez   til   topa   olishga
moildir.  
7.Qora   rang–tahliliga   ko’ra,   kishining   ehtiyojlari   mustaqil   shu   bilan   birga
ko’chuvchan   xarakterni   ham     oladi.   Qora   rangni   xush   ko’ruvchi   kishilar   negativ
xulqqa   ega,   doimo   insonlar   bilan   bo’lgan   munosabatlarda   o’z   avtoritetini
o’rnatuvchi   tip     sanaladi   .Ular   doimo   hukmronlikka   intiladilar   va   buning   uchun,
hatto,   hech   narsadan   qaytmaydilar.   Barcha   berilgan   yoki   ko’rsatilgan     yo’l-
yo’riqlarga   qarshi   turadilar.   Lyusher   ushbu   ranglarning   barchasini   tadqiqodlarida
ko’p   bora   sinab   ko’rgan.   Va   eng   keraklisi   ranglarning   insonlarga   beradigan
proeksiyasini ham keng ochib bergan.
 7.Additiv xarakterli proektiv metodikalar alohida mazmunga ega bo’lib, unga
tugallanmagan   so’zlar   metodikasi   misol.   Bu   ko’proq   bolalarda   tatqiq   etilgan.
Metodika   psixologik     korreksiyaga   ko’ra     tarbiyali   xarakterni   kasb   etadi.   Bu
insondagi   motivlar   va   uning     shaxs   kamolotiga     ta’sirini   ochib   beruvchi
metodikadir. 
Tatqiqotchi     G.M.Proshanskiy     ushbu   metodika   yuzasidan     ish   olib   borib,
testni  qo’llashning  yo’llari va  ishlash  klassifikatsiyasini  keltirib o’tadi.  Proektiv
texnikaning  qisqacha ko’rinishini tuzdi(22.106-109-betlar). 
1. S timullar -  1) verbalь. 2) vizual . 3) konkret. 4) modal
Javob lar  – 1)  yozma.  2) diagnostik. 3) Terapevtik.
Bundan   farqli   ravishda     bugungi     kunda   proektiv     testlarning   turli
ko‘rinishlari     ishlab   chiqilgan.     Ulardan     turli     sohalarda     ta’limda,   mehnat
jamoalarida, psixologik  markazlarda  foydalanilmoqda. 
YUqoridagi  proektiv metodikadan  farqli ravishda  insonning ma’lum  a’zosi
orqali     tadqiq   qilinadigan   testlar   mavjuD.     «Qo’l   testi»     proektiv   metodikasi
insonlardagi   agressiv     munosabatni   o’rganishga     mo’ljallangan.   Metodika B.Brayklin, Z.Piotrovskiy,  E. Vagnerlar  tomonidan  ishlab chiqilgan. Metodikani
o’tkazish     uchun   9   ta   qo’l   panjaralari   tasvirlangan   rasmlardan   hamda   bo’sh
varaqdan   iborat   qo’zg’otuvchi   material   zarur.   Rasmlar   birma-bir   ko’rsatilib
sinaluvchilarga   qo’l   panjaralarini   tasavvur   qilish   va   uning   harakatini   tasvirlash
vazifasi   beriladi.   YA’ni   rasmda   aks   ettirilgan   qo’l   qanday   harakatni
bajarayotganligi     yoki   bajarishga   qodirligi   to’g’risida   sinaluvchi   fikri   aniqlanadi.
Har   bir   tasvirlangan   qo’l   qanday   harakatni   amalga   oshirayotganligi   haqida,   bir
necha variantda javob berishga ham ruxsat beriladi. Test tahliliga e’tibor berishda
quyidagi shaxs xususiyatlari keltirib o’tilgan. 
1. Agressiya   holati   -   qo’l   ustuvorlik   sifatida,   talofat   etkazuvchi   mazmunda
idrok etiladi.  
2. Hukumronlikka   intilish-qo’llarning   to’g’riga   yo’nalganligi,   gorizantal
joylashganligi   bilan, belgilandi.
3. Qo’rqinch-sinaluvchi   javoblarida       qo’l   ,boshqa     kishilarning         agressiv
harakatlari       qurboni       sifatida     namoyon     bo’ladi.   Insonning     o’ziga     zarar
etkazuvchi  sifatida  tasvirlanadi.
4. Bog’lanib   qolishlik-qo’l   boshqa   kishilarga   nisbatan   ijobiy   yo’nalgan.Bu
ko’proq sevgi- muhabbat va mehr tuyg’ularini ifodalaydi.
5. Kommunikatsiya-aloqa   o’rnatishga   intilayotgan   qo’l   sifatida   tasvirlansa,
bu shaxsdagi muloqotchanlik belgisi.
6. Tobelik   -   qo’l   boshqa   kishilarga   bo’ysinishni   ifodalasa,   bu   bog’liqlik
belgisi . 
7. Qo’l   turli   usullar   yordamida   o’zini   ko’rsatishga   intilayotgan   holda
tasvirlansa, bu namoyishkoronalikdan darakdir.
8. Qo’l   kasal,   shakli   bo’zilgan,   hech   qanday   harakatga   noqobildek   aks
ettirilsa -kasallik belgisi yoki jarohat sifatida tushunish mumkin.
9. Qo’lning noaniq faollik tasviri–harakatga moyillik, kuchli energiyali tip.
10. SHaxsi   noaniq,   sustlik   sifatidagi     qo’l   tasviri-motivlarning   kuchsizligi,
bezovtalik ko’rinishi, shaxsdagi bo’shashganlik. 11. Qo’llarning mushtlangan holda yo’nalishi -xulqdagi yashirin va to’plangan
dushmanlik belgisi .
  Bundan   tashqari   yosh   bolalarning   turli   ijtimoiy-psixologik   xususiyatlarini
ochish   tabiatiga   ega   proektiv   testlar   mavjuD.Unga   misol   tariqasida   «Oila   rasmi»
metodikasini   keltirish   mumkin.   Bu   metodika-   bilan       V.Xyulьse         A.I.Zaxarova
L.Karmanovalar  ko‘proq tadqiq   olib  borganlar.    Tadqiqot   uchun   6  xil rangli
qalamlar     va     oq     qog‘oz     va     o‘chirg‘ich     talab   etiladi(1.56-81betlar).     Bolaga
ko‘rsatma  quyidagicha  beriladi,  ”O‘z  oilang  rasmini  chiz”.  Oila  so’zi  ma’nosi
tushintiriladi.   Agar     bola     tushunmasa   yo’riqnoma   yana   qaytariladi.   Vazifani
vaqti   35  minut,  deb  olingan.  Psixolog  vazifani   bayonnomaga  qayd  etishi.  
1.Detallar  chizish  ketma-ketligi.
2.15  sekunddan  ortiq  pauzalar.
3.Detallarni  o’chirish.
4.Bolani ng     spontan berilgan  izohlari.
5.Emotsional  reaksiyalar.
Tadqiqot   tugagach,   psxolog,     verbal   yo’l   bilan   boladan   ma’lumot   olish
uchun  murojaat  qiladi,  qo’shimcha  savollar  beradi.
1.Aytchi, bu  erda  kim  tasvirlangan ?
2.Ular  qa e rda  tasvirlangan ?
3.Ular    nima   q ilishyapti  ?
4. Buni  kim  o’ylab  topdi ?
5.Rasmda  chizilganlarning  eng  baxtlisi  kim? Nima  uchun?
6. Ulardan    eng   baxtlisi    kim  ?  Nima  uchun?
Suhbatdan     so’ng     bolaga     6     ta     vaziyatni     tahlil     qilish     berilib,     u   tahlil
etiladi. Intepritatsiya  qilishda quyidagilarni bilish zarur.
1.Tadqiq qilinayotgan bolaning yoshi.
2.Oila aьzolari soni, aka –singillari yoshi.
3.  I loji bo‘lsa bolani, uy, maktab va bog‘cha dagi  h ulqi .
  Interpritatsiyani  shartli uch qismga bo‘lish belgilangan.
   1.Oila rasmi strukturasi tahlili .    2.Oila aьzolari grafik tasviri xususiyatlari tahlili.
   3.Rasm chizish jarayoni  tahlili .
   4.Bolaning oilasiga bergan rasm tafsilotining umumiy xulolasi .
Bular   boladagi   barcha   ijtimoiy   to’siqlarni,   negativ   xulq   -atvorni,   qo’rquvni,
hissiyot   olamining   rang-barangligini   ochib   beradi.   Eng   asosiysi   yashirin,   spontan
xususiyatlar tekshirish paytida o’z-o’zidan sodir bo’lgan .
SHu   o’rinda   yana   bir   masalaga   to’xtalish   kerak   bo’ladi.   Aynan   bolalar
shaxsini   o’rganuvchi,   keng   imkoniyatli   proektiv   test   mavjuD.   Bugungi   kunda
Evropaning   rivojlangan   davlatlari,   xususan,   Germaniya,   Gretsiya,   Rossiya,
Ukraina, AQSHda keng tadqiq qilingan proektiv test “Ertakli proektiv test” yaьni
ertak terapiyasidir. Ertaklarda bizga maьlumki, haqiqat boricha aks etadi. Masalan,
yaxshilik   va   yomonlik,   davlat   boshqaruvidagi   zulmkorlik,   o‘g‘rilik   va   to’g’riliik,
sevgi-muhabbat,       omad,  sehrgarlik   kabi   inson   xususiyatlarini   tasvirlaydi.   Bu   esa
bolaning   dunyo   qarashiga   ijobiy   ta’sir   etib,   tarbiyasini   kamol   toptiradi.
Tekshirilganda   sinaluvchilarda   ongsizlik   holatlari   chiqib   keladi.   Ertaklardagi
takrorlanuvchanlik   bolalardagi   idrok   ko’lamini   kengayishiga   olib   keladi.
Ertakshunos olim Roxeym fikricha, ertaklar tush ko’rish bilan yaqin, deb qaraladi,
va ertaklar inson proeksiyalari jarayonida qo’yidagi vazifalarni bajaradi.
 1.Bog’lovchi .
 2.Transformatsiyalash.
 3.Vositachilik .
 4.Himoyalovchi.
  Analitiklarning fikriga ko’ra, bu vazifalar bolalardagi nizoli, ruhiy bezovtalik
va   negativ   xulq   ko’rinishini   ochib   beradi.   Tadqiqotimizning   nazariy   masalasiga
oydinlik   kiritish   maqsadida,   Rossiyaning   amaliy   psixologlar   uchun   maxsus
chikadigan”Amaliy   psixologiya   va   psixoanaliz   «   jurnalida   chop   etilgan   murojoat
qilamiz   (2003-yil,4-dekabr,   12-son).   Maqola   «ertaklar   va   ongsizlik»   deb
nomlanadi. Mavzuga esa «Qizil shapkacha» ertagi tanlanadi. Ushbu   proektiv   test   21   ta   rasmli   karta   va   qahramonlarning   3ta   xulosa
kartasidan   iborat.   Psixolog   tadqiqod   o’tkazishdan   oldin   qo’yidagi   talablarni
bajarishi kerak buladi.   Savolarni berish tartibi quyidagicha. 
1.Bolalarda ertakning mazmuni, yoki avval o’qilganligi hisobga olinadi. 
2.Qizil   shapkacha   uydan   chiqib   ketganda,   onasidan   xafa   bo’ldimi   yoki
qo’rqdimi?
3.Qizil shapkacha o’rmonga kirganida xursand bo’ldimi, yo qo’rqib ketdimi ?
4.Buvisining o’yida bo’rini ko’rganda qo’rqdimi?
  Tadqiqod   oxirida   3ta   xulosa   kartasi   bolalar   qo’liga   berilib   ana   shu   orqali
xulosa qilinadi. Xulosa kartalari mazmuni turlicha .
1-karta.   Bolalar   shaxsining   kuchsizligini,   hissiyotlari   salbiyligini,   shu   bilan
birga bolaning qo’rqoqligi va tortinchoqligini anglatadi .
2-karta.   Bolaning   beg’uborligi,   quvnoqligi   va   psixologik   sog’lomligi
ko’rsatadi.
3- karta.   Boladagi xafalik,   bezovtalik,   xavfsirash,   agressiv holatini anglatadi.
Ushbu   test   ham   stimulli   qo’zg’atuvchi   material   xarakteriga   ega.   Testni
ko’proq maktbgacha tarbiya maskani va kichik maktab bolalarida o’tkazish tavsiya
etiladi.   Bu   esa   bola   shaxsining   ijtimoiy–psixologik   jihatini   o’rganishga   va
tarbiyaning ijobiy kamol topishiga keng imkon beradi.
“ Agressivlik »   testi ( Rozinsveyg testining modifikatsiyasi )
Metodika   proeksiya     xarakteriga     ko’ra,frustratsiya   va   stressli   holatlarni
o’rganishga   qaratilgan   hisoblanadi.     24   ta     rasmli   vaziyat   testda     ko’rsatilib,
vaziyatni  izohlash talab etiladi. 
Insondagi   agressiya     kuchli     yoki   yo’qligi     vaziyatlar   orqali     baholanadi.
Tekshiriluvchining     har   bir   rasmdagi     fikri,     bahosi,     kechinmasi     qayd   etilib
boriladi.   B olalar     psixikasini   tadqiq   etishda   yana bir   proektiv   metodika   « Uch
daraxt » testi  qulay hisoblanadi. Tadqiqotchi  testni  boshlashdan oldin  bola bilan
suhbat   qilib   oladi.   Ota-onasi,   ish   joyi,     necha   yoshdaligi,   oilaning     boshqa
a’zolarini  ham qanday  uyda  yashayotganligi haqida  so’raladi.  Suhbatdan   so’ng   psixolog   bolaga     “Xohlagan   uch   daraxt”ni   chizishni
buyuriladi.     Rangli   qalamlardan   foydalanish   aytiladi.   Tadqiqot   natijalari
ranglardan   foydalanganligi,   daraxt   proeksiyalari   va   strukturasiga   qarab   tahlil
etiladi.   Ushbu   metodika   ham   diagnostik   xarakterga   ko’ra,   qulay   va   imkoniyatli
sanaladi. 
Rene   Jil   metodikasi.   -   Muallifning   ushbu   testi   bolalarning   shaxslararo
munosabatlari     hamda   uning   oilaviy   munosabatlarning   idrok   qilingan   sohasini
tadqiq   qilish   uchun     mo’ljallangan.     Metodikaning     maqsadi     bolaning   ijtimoiy
moslashuvchanligi,   uning   atrofdagilar   bilan   aloqasi   va   munosabatini   ochishdir.
Metodika   vizuval ь   –   verbal ь   xarakterda   bo‘lib,   bolalar   bilan   kattalar   rasmi
tasvirlangan. Vazifalar 42 ta rasm va matn shaklidan berilgan  savollardan tuzilgan.
Test   bilan   ishlashdan   avval   –   bolaga   rasm   asosida     berilgan   savollarga     javob
berishligi  tushuntiriladi. U rasmlar bilan tanishib chiqqach, savollarni o’qib javob
beradi.   Lekin   bu   metodika   sof   proektiv   emas,   balki   anketa   va   proektiv   testlar
oralig’ida turuvchi  test turkumi hisoblanadi. 
“ Geometrik figuralar testi »  proektiv xarakterdagi metodikalar sirasiga kiradi
.   Metodika     muallifi   E.   Mox   hisoblanadi.   E.Mox     o’z   testida     inson     qiyofasini
ifodalashda   uchta   geometrik   figuradan     foydalandi.   YAni   aylana,   uchburchak,
kvadratni tanladi. Ular kaysidir  ma’noda  inson  proeksiyasini  bashorat  qiladi.
Aylana   shakl   -   Insonning   mayl   sohasi,   hissiyot   olami,   emotsional
kechinmalarining   kanday   tusga   egaligini   anglatadi.   Agar   tekshiriluvchilar
chizishda aylanadan ko’p foydalansalar.
Uchburchak     shakl-insonning   fantaziyalarini   anglatib   qay   darajada   undan
foydalanganligini     anglatadi.   Bu   uchburchak   shakldan     bir   rasmda   qancha     ko’p
foydalanganligi bilan belgilanadi.
Kvadrat   shakl-insondagi   a q l   sohasi   bo’lib,   ratsional   imkoniyatga   qaratilgan.
Test   talabiga   ko’ra   tekshiriluvchi   vazifada   foydalangan   figuralar   soni   10   tadan
oshmasligi   kerak.     YUqoridagi   misollardan   ko’rinib   to’ribdiki,   bugungi   kunda
proektiv testlarsiz amaliy psixologiyani yutuqlarini sezish qiyin. Garchi ular milliy muhitimizga   to’la   javob   bermasada,   ularni   modifikatsiya   qilish,   qayta   ishlab
chiqish fanimiz salohiyatini yanada oshirishi mumkin.
SHaxs   diagnostikasida   proektiv   metodikalardan   foydalanish   Proektiv
texnika     psixodiagnostikada     keng     qo’llanilsada,   har   bir   proektiv   testlardan
foydalanish   uchun   testlarga   qo’yiladigan     psixodiagnostik   talablarga   rioya   qilish
zarur.   Lekin,   ushbu   testlarni   standartga     solish     murakkabdir.   Prognozlik
xarakteriga ko’ra , bir qarashda oddiy   ko’rinsada  , chet  elda bu metodikalr keng
imkoniyatli   testlar,   deb   qaraldi.   Proektiv   metodikalarning   diagnostik   qimmatiga
e’tibor berishdan oldin,uning qo’llanilish sohalariga e’tibor berish lozim.
 1.Kadrlarni saralashda,kasbga yo’naltirishda.
 2.O’quv faoliyatini o’rganishda va tarbiya jarayonini samarali olib borishda.
 3.Ijtimoiy  xulq - atvorni aniqlashda .( “ Oila rasmi ”  testi misol).
  4.Harbiy     chaqiruvga     kelayotgan   yoshlarni   psixologik   ekspertiza   qilishda.
(Masalan,Psixik holatlarning asosiy parametrini aniqlash testi).
  5.Sud-psixologik   ekspertizasida   jinoyatchi   motivlari   va   maqsadlarini
ochishda (Masalan,TAT testi orqali o’smir jinoyatchilarni).
  6.Pisxoterapivtik   yordam   va   psixologik   konsulьtatsiyalar   jarayonida
mijozlarni o‘rganishda (masalan “Agressivlik testi” va “Frustratsiyali vaziyat testi”
orkali).
  7.   Amaliy   psixologlarning   turli   foliyatida   (oliy   ta’lim   va   maktab   ta’limida
ta’lim va tarbiya muammosida).
YUqoridagi   talablar   qo‘llanilish   sohasi   talabi   bo’lsa,   tadqiqodchilar   uchun
avvalo,   testning   nazariy   asosini   bilishi     va   testni   aprobatsiya   qila   olishi,   asosiy
talabdir.   Bundan   tashqari   klinik   psixologiyada   bolalarning   normal   rivojlanishi   va
anomaliyalarini   aniqlashda   ham   qo’llanilgan.Bu   hol   yana   test   imkoniyatlari
yuqoriligini va ishonchliligini ko’rsatadi.Lekin natijalar ba’zida standartlikni talab
etadi.
 Ularda tadqiqot oxirida forig’lanish, qutulish holati sodir bo’lganligi, proektiv
texnikaning yana bir o’ziga xos jihati ekanligi isbotlandi. Proektiv texnika asosan
qo’yidagi   materiallar   bilan   amalga   oshirilgan.   Suv,   loy,   metal     parchasi , kubikchalar     kabi   materiallarni   o’ z   ichiga   oladi .     Terapevtik   o’yinlarning   birida,
bolalarga   qismlarga   ajratilgan   qo’g’irchoq   berilgan.   Ularni   yig’ish   holati
bolalardagi agressiv holat va ota-onalariga bo’lgan munosabatni belgilagan. Teatr
ko’rinishidagi   o’yinlar   bolalarda   emotsional   ko’tarilish     va   katarsis   (forig’lanish)
holatini   olib   kelgan.   Test   texnikasini   bola   bajara   olmasa,   ularga   qo’shimcha
ravishda   kichik   suhbat   va   interv’yu   o’tkazilgan.   Asosiy   muoammo   esa   test
o’tkazish   emas,   tadqiqodchilarning     test     talablaridan   qo’rqishi,   ya’ni   validlik   va
ishonchlik   natijalarni   olishdan   qo’rqish.   Klinik   psixologiyada   test   natijalaridan
norma olishda   tekshiruvchilardagi  qobiliyatlar alohida bosqichga etapga solinadi.
Ba’zi olimlar Rorshax testi va TAT testini tahlil etishda ularni falsifikatsiya qilish
kerakligini   ta’kidlaydilar.Tekshiruvchilar   javoblaridan   qoniqmasalar   tadqiqodchi
yordam berishi va hohishlarini hisobga olishi kerak.
    T ekshiruvchilar va situativ omillar
Ko’pgina   tadqiqodlarda   natijalar   normal   ko’rsatgich   bermasligi   mumkin .
Bunda   barcha   tekshiruvchilar   javoblarining   formulirovka   nizomi   tuziladi   .   Klinik
usullar   bilan   ham   ob’ektiv   tekshiriladi.Birinchi   galda   tekshiruvchi   metodikani
qachon   qo’llagani,   aniq   sana,   vaqt,   kun   ham   hisobga   olinadi.   Testning   qaysi
xususiyatlarni   ochishdagi   muvaffaqqiyati,   yoki   chegarasi,so’zlardagi   qo’llangan
obrazlar,xarakter uyg’unligi,steriotipik xususiyatlar ham chetlab o’tilmaydi.
  Situativ   omillar -bu   testlarda   qo’llangan   vaziyat,   o’zidagi   kechinma,   qabul
qilinmagan stimul, shu bilan birga testga oydinlik kirituvchi har bir chetda qolgan
holatlar.   Oxirgi   qilinadigan   ish   bu,aniq   javoblarni   tekshirib,nazariy   orientatsiya
olish va gipoteza qilish,qolaversa, o’z kechinmalari bilan solishtirish, o’z navbatida
shaxsni dinamik strukturasini  aniqlashdir.
  Ishonchlilik   -   bu   proektiv   testlar   uchun   ham   qo’llaniladigan   psixometrik
talab   bo’lib,   agar   bunga   e’tibor   berilmasa,   natijalar   interpritatsiyasini   to’xtatib
qo’yish mumkin. A gar test natijalari talabga javob bermasa,   retest   o’tkazish talab
etiladi.   T AT   metodikasida     ayniqsa   o’tkazilgan   sana   va   javoblar   protokoli   aniq
solishtirilishi ham   samara berishi mumkin.  Ranglar indeksi xam hisobga olinadi.  Validlik - bu testlarning ikkinchi psixometrik talabi bo’lib psixodiagnostikada
turlicha   izohlanadi.   Validlik   metodikaning   sifatini   hamda   o’rganilgan   xususiyat
ma’sulligi   va   baholash,   nimani   o’rganishga   qodirligini     izohlovchi   tushunchadir.
Eksperimentli   nazorat     holati ham validlik belgilashda muhim sanaladi. Ko’plab
Rorshax  testi    haqidagi  ma’lumotlarda  metodologik yondoshuvlar   yolg’on,  degan
ma’lumotlar validlik to’g’risida uchraydi. Masalan klinik tadqiqodchilar, ishlarida
adashishlar   uchragan.   Misol   uchun   1966-yildagi   (H.J.Kinslenger)   tadqiqotda   bir
stimulda   uchramagan   belgilar   ikkinchi   stimulьda   uchragan.   Bu   esa   kriterial
gruppalarga   ajratishni   talab   etgan   (8,   93-103).   Validlik   va   ishonchlilik   agar
qiyinchilik  olib  kelsa,   retest     qoidalari   qo‘llaniladi.   Retest     o‘tkazilgandan     keyin
oldingi   test natijalari   bilan solishtiriladi. Agar tekshiriluvchi oldingi tekshiruvda
vazifani   tushunmasdan   bajargan   bo’lsa,   unga   metodika   mohiyati   yana
tushuntiriladi.   Test   o’tkazilgan     sana   va   oy     aniq     qayd   kilib   olinadi.   Testlarning
psixometrik   talablariga   ko’ra,   proektiv   testlarning   aniq   standartini     olish   qiyin,
chunki ular   noverbal   xarakterdagi vazifalardan tashkil topgan. Ularni guruhlarga
ajratish   yoki   strukturaga   solish   kerak   bo’ladi.   Ana   shunda   berilgan   stimullar   va
chizilgan rasmlardagi   tafovutlar kelib chiqadi. Buning uchun   tadqiqodchi avvalo
testlarning bir-biridan farqini ajrata olish kerak. Umuman olganda standartga solish
masalasi   sovet   olimlari   bilan   g’arb   olimlarini     ko’p   qiynab   kelgan   muammo
hisoblanadi. G’arb mutaxasislari  ko’pincha ko’plab tadqiqotlarida rasmlar xarakter
mazmuniga   ko’ra   guruhlarga   ajratilib,     umumiy   belgilar   olingan.     Rossiyada
proektiv testlarga   qo’yiladigan   talablar bir muncha orqada   qolgan. Ular ko’proq
tekshiriluvchilarning   yosh   xususiyatlaridan   kelib   chiqqan   holda   umumiy   me’yor
belgilashga   harakat   qilganlar.   Bir   tarafdan   esa   jins   xususiyatlari   ham   hisobga
olingan. Lekin, proektiv testlarga norma berishda boshqa original variantlarni ham
hisobga   olish   kerak.   Bu   testlarni   guruhlashni,   umumiy   o’xshashlik   chiqarish,
stimullar   mazmunini   aniqlashni   ham   o’z   ichiga   oladi.   Ba’zida     sinaluvchilarda
ya’na   qayta   tekshirish   o’tkazish   talab   etiladi.   YA’na   bir   tomoni,   barcha
tekshiriluvchilar   vazifalaridagi   mazmunan   o’xshash   yoki   ko’p   takrorlangan
holatlar   hisobga   olinadi.   Proektiv   metodikalar   faqat   tadqiqotchidan   engil   va original   variant   orqali   hal   etilishini   kutadi.   CH unki   aniq   standart   olish   juda
murakkab.   
Proektiv metodikalarning o’ziga xosligi:
Proektiv metodikalarning o’ziga xosligi: 
1. Topshiriqlar strukturalashmagan
2.Topshiriq  javoblari cheklanmagan
3.Test stimullarining sabablari bir xilda emas
12. Q o’llanilishi: 
13. Klinik psixologiya
14. Sud-psixologik ekspertiza
15. Pedagogik psixologiya
16. Oilaviy munosabatlar psixologiyasi
Mahalliy sharoitda   proektiv metodikalarning  q o’llanilish xolati:
1. Ayrim tadqiqotlar doirasida va psixologik maslahatlarda foydalaniladi ;
2.Proektiv   metodikalarning   modifikatsiyalashtirilgan   shakllari   kam   va
etarlicha emas ;
3. YAngi tadqiqot metodi sifatida foydalaniladi ;
4. Hali qo’llash uchun zarurat etarlicha;
Proektiv   metodikalarning   murakkablik   tomoni-ularning   chala
standartlashtirilganligi, natijalarni sharhlash mutaxassisdan yuqori psixologik bilim
va   malakani   talab   etadi   hamda   psixoanaliz   qonuniyatlarini   yaxshi   tushungan
bo’lishi lozim.
Proektiv metodikalar quyidagi guru h larga ajratiladi:  
Metodikalarning   strukturalashganligi ;   siyoh   dog’lari   G.   Rorshax,   ;   bulutlar
testi ;  uch o’lchamli proeksiya.
Konstruksiyalashgan   metodikalar:     MAPS ;   dunyo   testi   va   uning
modifikatsiyalari .
  Metodiklarning   interpretatsiyasiga   ko’ra:   TAT,   Rozensveygning   frustratsiya
testi ;   Sondi   testi.   Q o’shimcha   metodikalar:     tugallanmagan   gap ;   tugallanmagan
hikoya ;   YUngning   assotsiativ   test i .   Katarzis   metodikalar:   psixodramma ;   proektiv o’yinlar.   O’rganish   metodikalari:   ekspressiyani   o’rganish ;   yozuvni   tahlil   etish ;
og’zaki muloqot xususiyatlari ;  Ijod mahsullarini o’rganish ;  figuralarni chizish testi
(Guden va Maxover varianti) ;  K.Koxning daraxt, uy odam rasmi testi).

Mavzu: Proektiv texnika Reja: 1. Proeksiya tushunchasi 2. Proektiv metodika 1. SHaxs diagnostikasida proektiv metodikalardan foydalanish

Proektiv psixologiya yarim asrlik tarixga ega bo’lsa - da, undan oldin ham ba ь zi olimlar inson proeksiyalari masalasiga to‘xtalib o‘tganlar. Ularning qarashlari proektiv psixologiya haqidagi klassik nazariyalar hisoblanadi. Proektiv testlar masalasiga tuxtalishdan oldin, proeksiya tushunchasi mazmuniga eьtibor berish lozim. Proeksiya tushunchasi dastlab, Z.Freyd tomonidan shaxslarning ongli va ongsizlik tarzda ko‘chirilgan shaxsiy xususiyatlari, tashki obьektlarga nisbatan munosabatini ifodalash uchun qo‘llanilgan. Proeksiya lotincha «proektio» so‘zidan olingan bo‘lib, oldinga irg‘itish, tashlash maьnosini bildiradi. Proeksiya baьzida insonning men mexanizmi bilan, ichki himoya kuch sifatida namoyon bo‘lishini Freyd taьkidlaydi. Proeksiya sublimatsiya, ratsionalizatsiya, forig‘lanish kabi tushunchalarni ham qamrab oladi. G.S. Frimen insondagi proeksiyalarni shunday izohlaydi. 1. Ongsizlik holati, yaьni insonning bu holatda boshqa kishilarning g‘oya, qarash, istak, emotsiya yoki xarakter xislatlarini o‘ziga olishi sifatida. 2. O‘z shaxsiy ehtiyojlarini boshqalarga ko‘chirish sifatida . 3. Qandaydir tajribaga asoslangan noto‘g‘ri xulosa chiqarish sifatida qaraydi. Bundan tashqari baьzi olimlar aynan proeksiya suzini kuyidagicha ifodalaydilar. Proeksiya - voqelikni, insonlarni, namoyon qilingan stimullarni idrok etish muayyan darajada shaxsning psixik holati, ehtiyojlari, xususiyatlariga mos ravishda tafsiflash tendensiyasi mavjuD. Proeksiya–anglanmagan psixologik mexanizm sanaladi, yaьni proeksiya elementlari ongsiz tarzda idrok qilinadi. Bu holat klinik tadqiqotlar, psixoterapivtik izlanishlarda ham yaqqol ko‘zga tashlangan. CHunki proektiv testlarga berilgan dastlabki taьriflar klinik nuqtai nazardan berilgan. Proeksiya so‘zli assotsiyasiyalar, tugallanmagan so‘zlar, rasm va dog‘lar, tekshiriluvchilar chizgan rasmlar, turli qo‘zg‘atuvchi stimullardan iborat. Lekin proektiv metodikalar ildizi 1904-1905 yilda K. Gustav YUng tomonidan yaratilgan so’zli assotsiyasiyalar testiga borib taqaladi. Bu metodikani yaratish bilan YUng shaxsning ongsizlik holatlaridagi kechinmalarini assotsiativ diagnostika qilish mumkinligini ko’rsatib berdi. Keyinchalik assotsiativ testning turli variantlari aybdorlik hissini aniqlashda (yolg’on detektori) M.Veyrtgaymer va

A.R.Luriya tomonidan normani patologiyadan ajratish va boshqa vaziyatlar uchun qo’llanilgan. Proektiv testlar qatoridagi tugallanmagan hikoya yoki gap testi ham YUngning assotsiativ testidan kelib chiqqan, deb hisoblanadi. Bundan tashqari Evropaning klassik psixologiya maktabi vakillari Frenk, G.Rorshax, G. Myurrey kabi olimlarning hissasi proektiv testlarning kelib chiqishiga keng ahamiyat kasb etadi. YUqorida aytilgandek, dastlabki proektiv testlar klinik xarakterda tadbiq etilgan. Proektiv psixodiagnostikaning yuzaga kelishi G. Rorshaxning 1921 yilda Germaniyaning Bern shaxrida chop etilgan «Psixodiagnostika» asari bilan bog‘lanadi. O‘zi rassom bo‘lishiga qaramay Rorshax sanьat va rassomchilik tarixiga juda qiziqqan. Unga maьlum bo‘lishicha, buyuk rassom Leonardo Da Vinchi o‘z xayolini osmondagi bulutlar, ulardagi turli shakllarni uzoq vaqt davomida kuzatish va ularni tahlil qilish orqali mashq qildirgan. Bu xususiyat yaьni atrofimizdagi «predmetli dunyoni jonlantirish» barchaga, ayniqsa, rassomlar va yosh bolalarga xos bo‘lgan xususiyatdir, deb qaraldi. G. Rorshax talqiniga ko‘ra, siyoh dog‘lari, yaьni ko‘rishga yunaltirilgan siyoh doglari motor (harakat) fantaziyalarini jonlantiradi. Rorshaxdan avval siyoh dog‘lari bilan boshqa olimlar asosan Rossiyada F.E. Ribakov, Fransiyada A.Bine va Vallon Anrilar tadqiqot olib borganlar. Birok Rorshax birinchi bo’lib fantaziya obrazlarini shaxsning sifat va xislatlari bilan aloqasini isbotlab berdi. Rorshaxning tadqiqotlar g’oyasi bugungi kunda ikki yirik yunalishlarda AQSH (Beek Klopfer, Davidson Rapoport) va Evropada (Bohm, Doosli-Listeri) o’rganilmokda.Rossiyada Rorshax testini o’rganishga urinishlar XX-asrning 20-30 yillariga to’g’ri kelib,u asosan shaxsning anomal xususiyatlarini aniqlash, nevroz va psixopatiyalar diagnostikasida, shuningdek, epilepsiya (tutqanoqlik) kasalligini tadqiq qilishda foydalanilgan. SHuningdek, 1935-1939 yillarda ko‘pgina proektiv testlar yaratilib psixoterapiyada keng qo‘llanilgan. Bunda turli xil kasalliklar va tramvalarning shaxs psixikasiga taьsiri, kasallik va sog‘lomlik o‘rtasidagi alomatlar o‘rganilgan. SHular q atorida 1935-yillarda jurnallarda chop etilgan tematik appersepsiya testi (TAT)ni kiritish mumkin. Bu test kelib chi q ishiga k o’ ra fantaziyani eksperimental o’rganish metodikasi sifatida yuzaga keldi. Uning muallifi G.Myurrey hisoblanib,

Rorshax testi singari kelib chiqish tarixi mavjuD. Bunda shunday masala yuzaga keldiki, pedagog va psixiatrlarga tekshiruvchilar uchun maxsus tanlab olingan syujetli rasmlar asosida tuzilgan hikoyaga qarab, insonning qiziqishlari, mayllari haqida xulosa chiqarish mumkinligi oldindan maьlum bo‘lib, baьzida esa psixikaning kasallik holatini ham aniqlash imkoni mavjud edi. Bir qarashda TAT fikri Rorshax g‘oyasiga qaraganda ancha sodda va aniq ko‘rinar, biroq, bunda muallif qahramonlari taqdiri va rasmlari to‘g‘rida-to‘g‘ri aks etadi-yu, baьzilari karama –karshi maьno aks etishi, muammo tug‘diradi. O‘tgan asrning buyuk ertakshunoslari yozgan ertaklari mazmuni ham proektiv xarakterli hisoblangan. Bu esa bolalarning turli xil psixologik xususiyat va holatlarini o’rganishda qo’l kelgan. Fransiyada SH.Perro, Germaniyada aka-uka Grimlar juda ko’p proektiv xarakterli ertaklar yaratgan. Bunga misol qilib «Kizil shapkacha», «Uxlab yotgan parizod», «Dono kiz», «Bo’ri bilan echki», «Qor malikasi», kabi ertaklarni keltirish mumkin. Aynan, ushbu ertaklar ham proektiv testlarning kelib chikishiga sabab bo’lgan, degan maьlumotlar mavjuD. Bundan farqli ravishda proektiv testlar masalasi va proeksiya tushunchasi psixologiyaning bir qancha sohalarida bahsbob bo‘lgan. SHu jumladan, eksperimental psixologiya , analitik psixologiya, xolistetik psixologiyada keng tadqiq qilingan . Analitik psixologiyada aynan ertakli proektiv testlar orqali bolalarning ongsizlik holatlarini tadkik etish keng yo’lga qo’yilgan. Bugungi kunda bu ertakli terapiya nomi bilan g’ arbda mash h ur sanaladi. Umuman olganda proektiv testlar masalasi ba h sbob masalaga aylanib, u olimlar o’ rtasida turlicha fikrlar va qarashlarni keltirib chi q ardi. Z.Freyd fikriga k o’ ra , proektiv testlar mazmunan ongsizlikni ifodalaydi shu bilan birga instinktiv xarakter kasb etadi. Xolistetik psixologiya vakillari proeksiya masalasiga boshqacha nazar bilan q arab, u insonning sub ь ektiv yoki ichki dunyosi bilan bo g‘ li q ligini ta ь kidlaydi . B u esa insondagi strukturali yashirin ma q sadlar borligini ifodalaydi. Aynan shu holat barcha kishilarda «shaxsiy dunyo» deb ataladi. Bularga karshi ravishda eksperimental psixologiya vakillari proeksiya va proektiv testlar masasalasiga o’ zgacha q aragan. Bunga ko’ra proeksiya tushunchasi nazorat va bilish usuli, idrokli jarayon bilan xarakterlanadi: atributiv proeksiya, klassik proeksiya, artistik

proeksiya, ratsional «akliy» proeksiya, munosabatli proeksiya va similyativ proeksiya . Atributiv va klassik proeksiyalar inson xarakterida o’ zini anglash bilan vujudga kelib, undan boshlab q arama- q arshi orttirilishi ta ь kidlanadi . Artistik proeksiyalar idrokning determenantligi va aktual ehtiyojlar paydo b o‘ lishi va q ondirilishi bilan bo g‘ li q ligi k o‘ rsatiladi. Bu falsafiy oqim bo‘lgan Autizm qarashlarini ham o‘z ichiga oladi. Ratsional proeksiyalar esa inson xarakteri, xul q - atvori va a q l-zakovatini mazmunini belgilaydi. Va bu D.Xolmsning proeksiya tushunchasi klassifikatsiya si ga bergan tahlilida keng o‘ rin olgan . Proektiv psixologiyaning kelib chikishiga V.Vund, F.Galьtonlarning tadqiqotlari ham katta ahamiyat kasb etadi. Ular Vyursburg psixologiyasida dastlabki eksperimental tadqiqotni o’tkazganlar. Tadqiqot «Assotsiativ so’zlar» metodikasi deb olib borilgan. Bunda shaxslardagi xarakter xususiyatlari o’rganildi. Lekin, ko’plab olimlar fikricha, dastlab proektiv testlarni K.G.YUng ishlatganligi taьkidlanadi. YUng erkin assotsiatsiyalar testi orqali barcha proektiv testlar xarakterini ochib berdi.YAьni bu shaxsni diagnostika qilishni kompleks usuli, deb ham tan olindi. 1910-yillarda tadqiqotchilar G.Kent, K.G.YUng, A.Rozanovalar AQSHda shaxslarni favkulodda holatlarda o’rganadigan stimulli testlar yaratishga kirishdi. Bunda yuz kishidan natijalar olinib, ulardagi individuallik xususiyati o’rganildi. Bu metodika garchi klinik xarakterli bo’lsada ,keyinchalik boshqa olimlarning ham nazarini torta boshladi. 1946-yilda Rapoport K.G.YUng tadqiqotlaridan kelib chikib 60 ta stimulli so’zlardan iborat metodikani yaratdi. Metodika asosida psixoanalitik nazariya yotib, shaxslardagi ichk nizolarni, faoliyatdagi mental buzilishlarni o’rganadi. Ba’zi olimlar esa Z.Freyd ning 1909- yilda bosilib chiqqan monografiyasi «psixoanaliz asoslari»da proektiv testlarning dastlabki nazariy asoslari yotishini taьkidlaydilar .19 asr oxirida va 20 asrning 30- 40-yillarida proektiv testlar va ularning turli yo‘nalishdagi maktablari paydo bo’ldi 1921-yilda G.Rorshax amalga oshirgan ish proektiv metodikalarni empirik tadqiq qilishning yangi talqini, deb nom oldi. Bundan tashqari proektiv testlar rivoji 1920-yillardan so’ng jadal o’sib bordi. 1939-yilga kelib Frenk fanga haqiqiy