Qadimgi Rimda ilmiy bilimlar va texnikaning taraqqiy etishi
Qadimgi Rimda ilmiy bilimlar va texnikaning taraqqiy etishi. Reja: 1. Qadimgi Rim fanining tug’ilishi va uning bosqichlari 2. Qadimgi Rim materializimining rivojlanishi 3. Qadimgi Rim fanlari klassifikasiyasi
Qadimgi Rim deganda, albatta ilk qal’a-qurg’on yoki qadimiy shahar tushuniladi. Shu bilan birga Qadimgi Rim deganda qadimgi Italiyadagi urug’ jamoasi, keyinchalik butun Apennin yarim orolidagi yerlarni o’ziga biriktirgan shaxar davlat (polis)lar, yanada keyinroq esa –Yevropaning bir qismini O’rtayerdengizi qirg’oqlari bo’ylab cho’zilgan butun shimoliy Afrikani o’z ichga olgan quldorlik davlati tushiniladi. Antik mu’lumotlarga kura Rim shaxriga er.avv. 754 yoki753 yildan asoa solingan. Uning asoschilari usha afsonaviy ona bo’ri sut berib boqqan va chupon tarbiyalagan aka-uka egizaklar Romul va Rem hisoblanadi. Biroq arxeologik ma’lumotlar Rim shahriga taxminan er.avv. X asrlarda asos solingaligini ko’rsatadi. Daslab Rim urug’ jamoasining qarorgoxi edi. Uning aholisi to’la huquqli patrisilar, pleybelar va qullardan iborat edi. Rimning tula huquqli eng qadimgi tub axolisi hisoblangan patrisiylar bizgacha yetib kelgan ma’lumotlarga ko’ra dastlab uch yuzta urug’dan iborat bo’lgan. Har o’nta urug’ bitta kuriyani, har yuzta urug’ yoki o’nta kuriya bitta tribuni, ya’ni qabilani tashkil etgan. Oliy hokimiyat organlari ikkita edi: biri kuriyalar tarkibidan yig’ilgan «xalq yig’ini» - komisiya bo’lsa, ikkinchisi «urug’ oqsoqollari kengashi» - senat edi. Jamoa tepasida komisiyada saylangan podsho turar edi. Dastlab senat va komisiya tomonidan cheklangan podshoning huquqi keyinchalik kuchayadi. O’z qullari va katta yerlariga ega bo’lgan patrisiylar hukumron tabaqani tashkil etardi. Italiyaning boshqa joylaridan Rimga ko’chib kelgan odamlar va ularning avlodlari-pleybelar deb atalgan. Ular mayda va o’rta yer egalari, hunarmandlar bo’lib «rim axolisi» tarkibiga kirmagan. Qullarning hyech vaqosi bo’lmay, barcha huquqlardan mahrum qilingan tabaqa edi. Hali erkin jamoa a’zolari mehnati bu davrlarda ustun darajada saqlangan bo’lsada, biroq endi quldorlar va qullar sinfiga bo’linish jarayoni allaqachon boshlangan edi. Antik ma’lumotlarga ko’ra er.avv. VII-VI asrlarda Rimda navbati bilan yettita podsho hukumronlik qilgan. Ulardan birinchisi Romul bo’lib, bu Qadimgi Rim tarixida «podsholik davri» deb ataladi. Oltinchi podsho Sevriy Tulliy
hukumronligi yillarida islohot o’tkazilib, uning natijasida keyinchalik pleybeylar rim xalqi tarkibiga kiritiladi. Bu islohot pleybelarning patrisiylarga qarshi fuqorolik huquqi uchun olib borgan uzoq vaqt davomidagi (200 yildan ortiqroq) kurashining natijasi bo’ldi. Serviy Tulliyni o’ldirib taxtga chiqan «podsholik davri»ning oxirgi yettinchi hukumdori Tarkviniy Gord ы y er.avv. 510 (yoki 509) yilda rimliklar tomonidan quvib yuboriladi. Shundan so’ng Qadimgi Rim tarixining yangi «Respublika davri» boshlanadi. Bu davr to’rt yuz yildan ortiqroq, taxminan er.avv.30 yillargacha davom etadi. Rimda podsho boshqaradigan hokimiyat yo’q qilingach, uning o’rniga respublika boshqaruvi ma’lu m muddatga saylab qo’yiladigan kishilar idora qiladigan davlat joriy qilindi. Bunda har yili bir yil muddatga saylanadigan ikkita konsul davlatni boshqardi. Pleybelarning patrisiylarga qarshi kurashlari natijasida ular o’zlarining manfaatlarini himoya qiluvchi xalq tribunlarini saylash huquqini qo’lga kiritadilar. Qadimgi Rim tarixining Respublika davri uzluksiz urushlar, Rim qudratining va hududining yanada oshishi bilan xarakterlanadi. Er.avv 265 yilga kelib Rim tomonidan bu yerdagi bir qator yunon polislari bilan birga butun Apennin yarimoroli bosib olinadi. Epir podshosi Pirr ustidan qilingan g’alaba (er.avv. 275- 260 yilar) natija er.avv. 275-260 yilar) natijasida Rimliklar Janubiy Italiyaning ham bosib olishadi. Shunday qilib butun Italiya Rimga itoat ettiriladi. Rimning siyosiy boshqaruvi yanada ko’proq aristokratik respublika xarakterini ola boradi. Davlat boshqaruvi birinchi nvbatda senat tomonidan amalga oshirilib, u moliyaviy, ichki xafsizlik, tashqi siyosat, harbiy va diniy masalalarni yechish huquqini olgan edi. Patrisiylar va plebeylarning boy qismi o’rtasidagi huquqiy farq asta-sekin yo’qolib va xullas ularning aralashuvi natijasida yangi nobilist, ya’ni aslzodalar tabaqasi vujudga keladi. Oqibatda Rim er.avv. V-III asrlarda patrisiylar va pleybelar xonadonidan chiqan quldorlar va aslzodalar respublikasiga aylangan. Ularning vakillari senatda hal qiluvchi kuchga ega bo’lib, yuqori mansablarni egalaganlar. Konsullar ham senat bilan maslahatli ish olib borganlar. Mahalliy hokimiyat – rim magistraturalari-odatda bir yilga saylangan.
Xalq tribunlarining ta’siri ham ancha kuchli bo’lib, ular mahalliy magistrantlar, xalq yig’ini va hatto senat hamda konsullarning plebeylarga zid qarorlarni veto huquqi bilan taqiqlab qo’yishga haqli edilar. Alohida favqulotdda holatlarda 6 oy muddatga oliy harbiy va fuqorolik hokimiyatini boshqaruvchi-diktator tayinlangan. Rim va Karfagen (finikiyaliklar tomonidan er.avv.825 yilda asos solingan shahar yoki koloniya) o’rtasida O’ rta yer dengizi havzasida hukumronlikni qo’lga kiritish uchun taxminan 120 yil davomida (er.avv.284-146yi) «Puni urushlari» deb tarixga kirgan jang olib borildi. Eramizning III asrlarga kelib imperatorlarning tez-tez almashuvi va mamlakatdagi ichki ziddiyatlar hamda Rim qo’shinlarining ketma-ket muvaffaqiyatsizliklari tufayli Rim imperiyasi zaiflasha bordi. Natijada uning tirkibidan Galliya, Ispaniya va Britaniya vaqtincha chiqib ketdi. Garmanlar, sarmatlar (shimoliy Qora dengiz bo’yi va Sharqiy Volgada yashovchi chorvador qabilalar) va boshqi qabilalar saltanatining chegara viloyatlariga katta zarar yetkazishardi. Eramizning 184-476 yillarini Rim tarixida dominat (lot.dominatus- gosudarstvo, hukmronlik,cheksiz monarxiya tashaniladi) deb atashadi. Qo’zg’olonlar xavfi ostida Diokletian (eramizning284-305 y) va Konstantin I (eramizning 306-337y) hukumronligi yillarida xristianlikni rasmiy davlat dini sifatida tan olgan absolyut monarxiya o’rnitildi. Senat hyech qanday ahamiyatga ega bo’lmay, nomigagina faoliyat ko’rsatadi. Natijada Rim imperiyasi har birining o’z imperatori bo’lgan g’arbiy va sharqiy qismlarga bo’linib ketadi. Sharqiy imperiyaning poytaxti Vizantiya (Konstantinopol) shahri edi. Bularning hammasi quldorlik tuzumi inqirozining oldini ololmadi. Yirik yer egalari bo’lgan magnatlarning xususiy quroli otryadlari bo’lib, ular bilan hukumat o’rtasidagi konflikt davom etardi va kuchayardi. Faqat qullar va dehkonlar emas, hatto yirik dehkonlar ham qo’llayotgan varvarlarning hujumi davom etardi. Tarixda ma’lumki. Hatto 410 yilning avgustida gotlar (german qabilalari) tomonidan Rim vaqtincha egallangan, bunda darvoza kumar tomonidan ochib
berilgan edi. Rim saltanatidan asta-sekin Britaniya, Ispaniya, Afrika viloyatlari va Galliya chiqib keta boshladi. Rim saltanati hukumronligi tugallashini tarixda Odoakr boshchiligida german qabilalari tomonidan G’arbiy Rim imperiyasining oxirgi Rolul Avgustul og’darib tashlagan o’sha eramizning 276 yil hisoblanadi. Vizantiya deb atalgan Sharqiy Rim imperiyasi esa yana ming yillar atrofida hukmronlik qildi. 1 (V.A. 48- 49 betlar) Qadimgi Rim davlatining vujudga kelishi, gullab yashnashi va yemirilishi tarixining qisqacha konspektiv ocherki bu davr fani va texnikasi rivojlanishi yanada yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Qadimgi Rimda ko’plab qobiliyati faylasuf va tabiyatshunos olimlar bo’lgan bo’sada, biroq shuni aytish kerakki, ya’ni bu yerda Qadimgi Yunonistonga nisbatan ancha ham yangi g’oyalar va fikrlar aytilgan. Buning turli sabablari bo’lib ulardan asosiy bu quldorlik tuzumining yemirilishi Qadimgi Yunonistonga nisbatan ham kuchliroq bo’lganligidir. 6-mavzu. IX-XI asrlarda musulmon uyg’onish davri. Sharq allomalarining dunyo ilmiy tafakkuri rivojlanishiga qo’shgan hissasi. 1. Markaziy OsiѐGda ilm-fanga asos solinishi 2. Buxoro va Xorazm madaniyat markazi 3. IX-XII asrlardagi Markaziy Osi ѐG ilm-fanining dun ѐG mamlakatlariga ta’siri. 4. Ma’mun akademiyasi 1- asosiy savol: Markaziy Osi ѐGda ilm-fanga asos solinishi Sharq Uyg‘onishi, Sharq Renessansi xaqida gap ketganda turli soxa olimlari- tarixchilar, adabiyotshunoslar, madaniyatshunoslar va san’atshunoslar bu masalaga befarq bo‘lmaganlaridek, qarashlar xam asosan ikkiga bo‘linadi. Uyg‘onish atamasi (italyancha-fransuzcha-Renaissans-Uyg‘onish) ni dastavval shu madaniyat soxiblari-italyan gumanistlari ishlatganlar jumladan italiyalik yozuvchi J. Bakachcho bu atamani Djotto ijodiga qarata, «u antik san’atni uyg‘otdi» deb