Qo‘shma gap uslubiyati.
Qo‘shma gap uslubiyati. R e j a : 1. B og‘lovchili va bog‘lovchisiz q o‘ shma gaplar sinonimimyasi . 2. Bog‘lovchilarning uslubiy vazifasi, ular orasidagisinonimiya . 3. Ergash gapning stilistik xususiyatlari. 4. Ravishdosh oborot va q o‘ shma gap stil istikasi 5. Sifatdosh oborot va ergash gapli q o‘ shma gap stil istikasi . 6. Murakkab qushma gaplar stil istikasi . 9. Murakkab sintaktik butunlik .
1. B og‘lovchili va bog‘lovchisiz q o‘ shma gaplar sinonimimyasi . Ushbu gaplarni solishtirib ko‘raylik: Vatan qo‘limizdan etakladi va biz g‘alaba qildik. Vatan qo‘limizdan etakladi-yu, biz g‘alaba qildik. Vatan qo‘limizdan etaklagani uchun, ...Vatan qo‘limizdan etaklab, ... Vatan qo‘limizdan etaklagach, ... Vatan qo‘limizdan etakladi: biz g‘alaba qildik. Bu gaplar mazmun tomondan bir xil yoki juda yaqin: hammasida ham sabab-natija munosabati ifodalangan. Ular o‘zaro sinonimik gaplar qatorini yuzaga keltiradi va istalganidan foydalanish mumkin bo‘ladi. Lekin bu gaplar grammatik tomondan, ma’no ottenkasida ma’lum darajada bir-biridan farq qiladi: bu, avvalo, bog‘lovchilarda, ohangda, gaplar tartibida ko‘rinadi. Ergashish yo‘li bilan hosil bo‘lgan qo‘shma gaplarning aksariyati ikki xil qo‘llanadi: bog‘lovchi orqali va bog‘lovchisiz — yolg‘iz ohang vositasida: Bilamizki, tinchlik urushni engadi. — Bilamiz: tinchlik urushni engadi. Bog‘lovchili va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar avvalo uslub talabi bilan qo‘llanadi. Masalan, ilmiy nutqda faktlar qiyoslanadi, fikr isbotlanadi, narsa- hodisalar orasidagi mantiqiy bog‘lanish qayd etiladi: Agar ixtiro yoki ratsionalizatorlik taklifi bir necha shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa, ular sherik avtorlar bo‘ladilar va ularning har qaysilariga taklifni yaratishda avtor bo‘lganliklarini guvohlantiradigan hujjatlar olish huquqi beriladi. Ayiruvchi bog‘lovchilar (goh, ba’zan, dam, yoki va b.) gap mazmunini yoki qo‘shimcha ma’noni tayin etishda muhim belgi sanaladi: Ba’zan ravon tug‘ilsa misra, ba’zan bir so‘z — soatlab mehnat. (J. J.) Umumlashgan va qiyosiy munosabat ifodalovchi gaplarda nisbiy olmoshlar halqa vazifasini bajaradi, demak, bunday qurilmalar ham doimo bog‘lovchilar orqali shakllanadi: Nima eksang, shuni o‘rasan. (Maqol.) Bo‘lishsizlik — inkor bildirgan gaplar ham bog‘lovchili qo‘llaiadi. Bu vaqtda na bog‘lovchisi ham o‘z vazifasida (qat’iy bo‘lishsizlnk, kuchaytirish), ham bog‘lovchi o‘rnida keladi: Na sen nazar qilding holimga bir bor, Na men ayta oldim senga biror so‘z. (A. 0.)
Hozirgi o‘zbek tili nutq uslublarining qariyb hammasida, ayniqsa badiiy va publitsistik asarlarda komponentlari hatto, faqat, yolg‘iz, -gina yuklamalari; ya’ni, masalan, ayniqsa, jumladan, shaxsan kabi kirish so‘zlar; deylik, demak, boshqacha aytganda, shunday qilib kabi fe’l-kirishlar, shu bilan birga, shunday qilib kabi birikmalar, emas to‘liqsiz fe’li va boshqalar yordamida bog‘langan qo‘shma gap tiplari ko‘p uchraydi. Bu vositalar, asosan, uslubiy vazifa bajaradi: ular orqali shakllangan qo‘shma gaplar miqdor-qurilishi jihatidan bog‘lovchili qo‘shma gapning u yoki bu tipiga (bog‘langan yo ergash gapli) o‘xshasa ham, mazmun-hukm nuqtai nazaridan o‘ziga xos ayrim tomonlari bilan ajralib turadi. Bunday gaplarda ayni bir fikr ikki sodda gap orqali berilib, ikkinchi qism birinchi gapda berilgan fikrga aniqlik kiritadi, izohlaydi; u yoki bu belgini ta’kidlash, kuchaytirish maqsadida u gap alohida zarb bilan aytiladi; fakt yo hodisalar solishtiriladi; nihoyat, badiiy va publitsistik asarlarda fikr tadrijiy rivojlantiriladi (gradatsiya): YAshagil, ketmonim, nonim, mehnatim, YA’ni ona-Vatan, senga tashakkur! (G‘.G‘.) . Ilmiy nutqda esa ana shu ikki gap orqali umumiylik va xususiylik orasidagi nisbat ochiladi. Bog‘lovchili qo‘shma gaplarda ifoda imkoniyatlari, bog‘lovchisiz qurilmalarga nisbatan, xiyla keng bo‘ladi. Jumladan, ergashtiruvchi bog‘lovchi orqali hosil bo‘lgan qo‘shma gaplarda biror stilistik ehtiyoj bilan ergash gapning o‘rnini o‘zgartish (inversiya) mumkin: Ona kulganda, olam yailarar. — Olam yasharar, ona kulganda. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar uchun quyidagi tip gaplarni kiritish mumkin: 1. Bosh gap tarkibida ko‘pincha ko‘rsatish olmoshlari (u,bu, shu) va ularning turli shakllari (uni, shuni va b.) bo‘ladi: Odatim shu: ishning chalasini yomon ko‘raman. Bunday gaplar og‘zaki nutqda ko‘p uchraydi. 2. Qo‘shma gap qismlarida antonimlar qo‘llanib, ular yorda-mida gaplar mazmuni aniqlanadi: YAxshi oshini eydi, yomon — boshini. 3. Ayrim gaplarda bo‘laklar takrorlanishi mumkin: Bunda bulbul kitob o‘qiydi, bunda qurtlar ipak to‘qiydi. (H. 0.)
4. Qo‘shma gapning birinchi qismi shunday mazmun ifodalab, shunday ohang bilan aytiladiki, undan keyin ikkinchi gap kerak-ligi aniq sezilib turadi: SHukur, befarzand emasman: ikki o‘g‘il-cham, bir qizim bor. (0.) Badiiy nutqda bir necha sodda gap vositasida biror shaxsga tavsif berilsa yoki tabiat manzarasi chizilsa, ortiqcha belgiga o‘rin qolmaydi. Agar ular orasida har safar biror bog‘lovchi qo‘llayversak, ifodaga «ortiqcha» yuk bo‘ladi; ayrim bog‘lovchi takrorlanib qolsa, fikr g‘alizlashadi. Poetik asarda ritm, vazn talabi tufayli bog‘lovchiga sira ehtiyoj qolmasligi mumkin: Daryolar quriydi, nuraydi tog‘lar, Xazon bo‘lar hatto yam-yashil bog‘lar... Ona mehri yashar qalblar-da, Dillarni-dillarga umrbod bog‘lar... (H.O.) Bog‘lovchisiz shakllangan qurilmalar mazmunan uzviy bog‘liq bo‘ladi; ular shunday tartibda joylashadiki, bir gap ikkinchisi uchun juda zarur elementga aylanadi, bir-birini talab qiladi. Ular orasidagi ohang esa ifodaga tasviriylik, obrazlilik, jonlilik kiritadi. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda ta’siriy bo‘yoq, tasviriylik, jozibalilik kuchli bo‘ladi; ifoda ravonligi tufayli engil o‘qiladi. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar bog‘lovchili qo‘shma gaplarga sinonim bo‘lib, uslub tomondan ikki xil qo‘llanadi: a) bog‘langan qo‘shma gapga teng keladigan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning qismlari payt bildirsa, ular orasiga biriktiruvchi bog‘lovchini, zidlik munosabati ifodalansa, lekin, ammo, biroq bog‘lovchilaridan birini (ba’zan -u, -yu, -da yuklamalarini) qo‘yish mumkin: Oftob so‘ndi, ufqda qip-qizil shafaq yondi. (S. Ahm.) — Oftob so‘ndi va ufqda qip-qizil shafaq yondi. Bulbul ketdi — gul qoldi; — Bulbul ketdi, lekin gul qoldi. Olam quyosh bilan yorug‘„ odam esa ilm bilan; — Olam quyosh bilan yorug‘, odam — ilm bilan. Bu gaplar mazmunan bir-biriga teng bo‘lib, ifoda va uslubda farq qiladi. b) bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar ergash gapli qo‘shma gaplarga sinonim bo‘ladi: Otangiz bor: belingiz baquvvat, o‘g‘lim (0.) - Otangiz bor, shuning uchun belingiz baquvvat, o‘g‘lim. YUrt tinch — sen tinch. — YUrt tinch bo‘lsa, sen ham tinch.
B og‘lovchisiz qo‘shma gaplarda ayrim mazmuniy munosabatlar xiyla umumlashib ketadi: Sen yana kelding, yasandi dunyo, Sahrolarga to‘shaldi gilam. (Qiyos uchun qo‘shma gapga aylantirish zarur). 2. Bog‘lovchilarning uslubiy vazifasi, ular orasidagisinonimiya . Qurilmaning bog‘lovchiga qarab o‘zgaradigan variantlari : Ko‘nglimni zavq asir etdi- yu , yosh boladay har yon yugurdim. (H.O.). Ko‘nglimni zavq asir etdi va yosh boladay har yon yugurdim.Ko‘nglimni zavq asir et gach , yosh boladay har yon yugurdim.Ko‘nglimni zavq asir et ib , yosh boladay har yon yugurdim.Ko‘nglimni zavq asir et ganiuchun, yosh boladay har yon yugurdim.Ko‘nglimni zavq asir etganda, yosh boladay har yon yugurdim. YUqoridagi har bir gapda stilistik ma’nolar (sabab, natija, holat, payt)ni ifodalash uchun turli bog‘lovchilardan foydalanilgan.Bog‘lovchilar ko‘proq kitobiy uslubga xosdir. Va bog‘lovchisi, asosan, ikki sodda gap orasida keladi. Hamda, ham bog‘lovchilari nisbatan kam qo‘llanadi. Lekin publitsistika va badiiy nutqda, ba’zan ilmiy uslubda bu bog‘lovchining takroriy shaklidan foydalaniladi: Er ham soz, o‘g‘it ham yaxshi. (U.) Ham bog‘lovchisi takror qo‘llanib, gapda inkor ma’nosi berilsa, uning o‘rnida na bog‘lovchisidan foydalanish mumkin: Na ota qoldi, na ona qoldi. Demak, na bog‘lovchisi bunday holda ham yuklama, ham bog‘lovchi vazifasini bajaradi. Lekin, biroq, ammo bog‘lovchilari yordamida ko‘proq tazod (antiteza) hosil qilinadi: Ey sen, buyuk shahar, muzaffar poytaxt, SHohi jahonlarni tuproqqa qording, Ammo menga yasab shunday taxt, Jahon shohi qilib ko‘tarding. (E. V.) Bu bog‘lovchilar o‘rnida faqat, yolg‘iz, -u (-yu), -da yuklamala-ri, emas, bo‘lsa, esa fe’llari, balki so‘zi kelib, xilma-xil ma’-no bo‘yoqlari (kutilmaganlik, to‘siqsizlik, zidlik, ta’kid, kinoya, voqea-hodisalarning almashinuvi kabi) ifodalanadi. Bu hol so‘zlashuv, badiiy va publitsistik nutqda ko‘proq uchraydi. -u (-yu), -da yuklamalari biriktiruv bog‘lovchilariga sinonim bo‘la oladi. Bu vaqtda qiyoslash, zidlik, tenglik, sabab, natija kabi ma’nolar anglashiladi: Mashina