logo

Sanitariya so’yish punktlarida veterinariya sanitariyasi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

23.8798828125 KB
Sanitariya   so’yish punkt larida  veterinariya sanitariyasi.
Reja:
1. Go’sht kombinatlari ,  qushxona va so’yish maydonchalaring 
veterinariya sanitariyasi.
2. Parranda go’shtini qayta ishlash korxonalarida dezinfeksiya 
o’tkazish.
3. Muzlatkichlarda mog’or zamburug’lariga qarshi kurash.
4 .    Junx o’ r  (ve tchin niy kojeyed)  teri zararkundasiga qarshi kurash.  Go’shtni va parranda go’shtini qayta ishlash korxonalarida veterinariya
–   sanitariya   talablariga   amal   qilinishi   yuqori   sanitariya   sifatiga   ega   bo’lgan
go’sht   va   boshqa   qayta   ishlash   mahsulotlari   olishga   qaratilgan   eng   muhim
chora   –   tadbirlardan   biridir.   Bunga   go’shtni   qayta   ishlash   korxonasini
qurilishi   uchun   tegishli   hududni   tanlanishi,   sanitariya   normalariga   jabob
beradigan   bino   va   inshoatlarni   loyihalashtirish,   ularni   uchastka   hududida
ratsional   joylashuvi,   ishlab   chiqarish   uchun   etarlicha   sifatli   suv   miqdori,
go’shtni   so’yish   va   qayta   ishlash   jarayonlarida   progressiv   texnologiya   va
mexanizmlar bilan jihozlanishi orqali ta’minlanadi.  
Go’shtni   qayta   ishlash   korxonalariga   go’sht   kombinatlari   va
kushxonalar (so’yish maydonchalari)  kiradi. 
Go’sht   kombinati   –   bu   sanoat   korxonalari   kompleksi   bo’lib,   uning
vazifalariga: molni so’yish,   undan go’sht, oziq – ovqat va texnik maqsadlar
uchun   xom   ashyo,   hayvonlar   uchun   ozuqa,     tibbyot     preparatlari,   boshqa
ishlab chiqarish mahsulotlarini qayta ishlash kiradi. 
Go’sht   kombinatining   inshoatlari   kompleksiga:   so’yishdan   oldin
hayvonlarni   saqlash   joyi,   birlamchi   qayta   ishlash   (so’yish   va   nimtalash),
sovutkich,   kolbasa   ishlab   chiqish   sexi,   sub   mahsulotlar,   yog’larni   ajratish,
ichak,   terini,   oshlash,   texnik   fabrikatlarni   saqlash   joyi   va   boshqa   ishlab
chiqarish   xonalari   kiradi   va   ularning   har   birida   alohida   veterinariya   –
sanitariya tadbirlari o’tkaziladi. 
Mollarni   so’yishdan   oldin   saqlash   sexida   alohida   hudud   ajratilib   unda
korxonaning uch  kunlik ishlashii uchun yetarlicha so’yiladigan mollarga joy
bo’lishi lozim. 
Sexning bir tomondan hayvonlarni tushurish joyiga, ikkinchi tomondan
so’yishdan oldin mollarni saqlash  xonasiga ulangan bo’ladi. 
Karantin bo’limida kasallikga gumon qilingan yoki tegishli veterinariya
hujjatlarsiz   keltirilgan   hayvonlar   saqlanadi.   Karantinda   saqlash   uchun korxonaga   bir   kunlik   keltiriladigan   hayvonlarning   10%   ini     sig’diradigan
maydon   quriladi.   Karantindagi   mollar   izolyator   yoki   so’yish   uchun   asosiy
ishlab chiqarish binosiga o’tkaziladi. 
Izolyator   kasal   va   kasallikga   gumon   qilingan   hayvonlarni   saqlash
uchun xizmat qiladi va korxonaga bir kunda qabul qilinishi  mumkin bo’lgan
hayvonlarning  1% ini joylashtirishga  mo’ljallangan bo’ladi. 
O’zbekiston   Respublikasi   Qishloq   ba   suv   xo’jaligi   vazirligi   va
O’zbekiston   Respublikasi   Sog’liqni   Saqlash   vazirligining   2006   yil   13
iyuldagi 6/1 va 5 sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus so’yish korxonalari
va   maydonlarida   chorva   mollarini   so’yish   bilan   shug’ullanuvchi   shaxslarga
ruxsat guvohnomalari berish va ro’yxatga olish tartibi tog’risida”gi Nizomga
ko’ra   kushxona,   so’yish   maydonchalariga   qo’yiladigan   sanitariya   va
veterinariya-sanitariya talablari belgilab qo’yilgan.
  So’yish   punkti   (kushxona,   so’yish   maydonchasi)   mollarni   so’yish     va
teri,   ichaklarni   ishlov   berishga   mo’ljallangan.   Uncha   katta   bo’lmagan
korxona tipovoy loyiha asosida, veterinariya va sanitariya nazorati organlari
bilan   kelishilgan   holda,   quruq,   ko’tarilgan   joyda   aholi   punktlari,   yaylov   va
molxonalardan 500 m masofada quriladi 
                        Kushxonada   quyidagi   asosiy   va   yordamchi   binolar   bo’lishi   shart:
chorva           hayvonlarini so’yishdan oldin ko’rikdan o’tkazish maydonchasi,
so’yishga   ruxsat   berilgan   chorva   hayvonlarini   saqlash   maydonchasi   (usti
yopiq   maydoncha),     chorva   hayvonlarini   so’yish   binosi,   kasallikka   gumon
qilingan   hayvonlarni   saqlash   uchun   alohida   bino,   so’yilgan   chorva
hayvonlarini   tanasini   nimtalash   binosi,     sovutish   va   vaqtincha   saqlash
kamerasi,   tuz   saqlash   binosi,   muzlatilgan     go’sht   saqlash   kamerasi,     iartli
ravishda   isne’molga   yaroqli   go’shtlarni   zararsizlantirish   bnosi,   uchak   sexi,
teri  tuzlash  sexi,  rahbar,  veterinariya  vrachi  kabineti,  ishchi-xodimlar  uchun
xonalar, dush, hojatxona, qatqorinxona,  go’ngxona, tozalash qurilmalari. Kushxona   qurilishida   barcha   zaruriy   bo’limlarga   e’tibor   qaratilishi
lozim   va   veterinariya   mutaxassisiga   molni   so’yishdan   oldingi   ko’rikdan   va
so’yishdan   keyingi   veterinariya–sanitariya   ekspertizasidan   o’tkazish   uchun
zaruriy sharoitlar  yaratilishi kerak.
Profilaktik dezinfeksiyani har bir ish kuni oxirida o’tkazilishi   sog’lom
va yaxshi sifatli go’sht va boshqa sub mahsulotlari olishning zarur  shartidir. 
Go’shtni   qayta   ishlash   korxonasining   alohida   sexlarida   dezinfeksiya
o’tkazishning   o’ziga   xos   xususiyatlari     bor.   So’yish   va   nimtalash   sexida
profilaktik   dezinfeksiya   har   bir   ish   kunidan   so’ng     sex,   yordamchi   xonalar,
yo’lak va binolarda o’tkaziladi.
Dezinfeksiyadan   oldin   obyekt   tozalanadi,   sovuq   va   qaynoq   suv
yordamida yuviladi va dezinfeksiya eritmasi bilan ishlov beriladi. 
Qonni qayta ishlash sexida yaxshilab avval sovuq, so’ngra issiq suvda
yuviladi. So’ngra 1 % li o’yuvchi natriyning qaynoq eritmasi va xlorli ohak
eritmasida dezinfeksiyalanadi. 
Kolbasa   sexi,   tibbiy   preparatlar,   gematogen   xonasi   va   davolash
preparatlari   sexlarida   avval   tayor   mahsulotlardan   bo’shatilib   soda,   dezmol,
demp va boshqa yuvish vositalarining eritmasi bilan yuviladi va so’ngra xlor
preparatlari,   vodorod   peroksidi   eritmasi   yoki   qaynoq   ichimlik   suvi   bilan
ishlov beriladi. 
Util   sexi,   yog’,   ichak,   terini   oshlash   sexlari   soda,   o’yuvchi   natriy,
o’yuvchi   kaliy   eritmalari   bilan   har   kuni   dezinfeksiya   qilinadi.   Shuningdek,
haftada   bir   marta   tarkibida   2   %   faol   xlor   saqlovchi   xlorli   preparatlar
eritmalari bilan dezinfeksiya o’tkaziladi. 
Majburiy   dezinfeksiya   har   safar   veterinariya   ko’rigi   paytida   yuqumli
kasallik bilan kasallangan hayvon yoki qo’zg’atuvchi bilan zararlangan gavda
aniqlangandan so’ng  o’tkaziladi. Dezinfeksiya   o’rtkazish   tartibi   va   dezinfeksiya   vositalarini   tanlash   har
bir kasallik qo’zg’atuvchisining xususiyatlaridan kelib chiqib hal etiladi. 
   Parranda   go’shtini   qayta   ishlash   korxonalarida   dezifeksiyalash
parrandalarni qabul qilish va go’shtga boqish, ozuqani qabul qilish va ozuqa
tayyorlash,   veterinariya–sanitariya   o’tkazichi,   dezinfeksiya–yuvish
punktlarida o’tkaziladi. 
Dezinfeksiyalash  usuli,  vositalari boshqa  veterinariya obiyektlari  kabi.
Ammo   parrandalarni   so’yish     sexi   dezinfeksiyasining   o’ziga   xos   tomonlari
mavjud.
Parrandalar   gavdasini   pat   va   parlardan   tozalashda   havoga   juda   ko’p
miqdorda   mikroorganizmlar   ajraladi   va   go’sht   hamda   bino   va   jihozlarni
zararlashi   mumkin.   Shu   sababli   havoni   kuchli   ventilyatsiyasi,   bino   va
jihozlarni   dezinfeksiyalsh   va   boshqa   veterinariya–sanitariya   tadbirlarini
o’tkazish     parrandalarni   so’yish   texnologik   jarayonlarning   majburiy
shartlaridan   sanaladi.   Dezinfeksiya     o’tkazishda   fizikaviy   va   kimyoviy
usullardan foydalaniladi. 
Fizik   vositalardan  BUV  –   15,   BUV  –   30,   BUV  –  60   –P  va   PRK  –   2,
PRK – 4, PRK – 5, PRK – 7 lampalari ishlatiladi. Lampalar so’yish sexining
havosini   dezinfeksiyalsh   uchun   obiyektdan   1-2   m   balandlikda   konveyerga
parrandalar  o sahib  qo’yiladigan balandlikda o’rnatiladi. 
Kimyoviy   vositalaridan   yuvish   va   dezinfeksiyalash   vositalari
qo’llaniladi.
Parrandalar   so’yilgach   har   soatda   par   va   patlardan   tozalanadi   va   pol
yuqori bosimli qaynoq suv bilan yuviladi. Oyiga bir marta xlor preparatlari,
o’yuvchi natriy yoki formaldegid eritmalari bilan dezinfeksiya o’tkaziladi. 
Sovutkichlarda   mog’or   zamburug’lariga   qarshi   kurashish   uchun
kimyoviy   va   fizikaviy   dezinfeksiya   vositalari   ishlatiladi.   Odatda
sovutg’kichlarda   profilaktika   maqsadida   yiliga   ikki   marta   dezinfeksiya o’tkaziladi.   Kameralarda   mog’or   zamburug’lari   o’sganligi   aniqlanganda
majburiy dezinfeksiya o’tkaziladi. 
Dezinfeksiyalash   uchun   trixlorizatsiyanurovaya   kislotasining   3%   li
eritmasi, oksidifenolyat natriy yoki gipoxlorit natriy eritmalari ishlatiladi. 
Fizik vositalardan BUV – 30, BUV – 60 lampalari bilan ultrabinafsha
nurlantirish yaxshi natija beradi.
Junxo’r   (Vetchinniy   kojeyed)   qo’ng’iziga   qarshi   kurashda   xlorofos
yoki boshqa teng kuchli vositalar bilan binoni  yaxshilab changlantirish yo’li
bilan ishlov berish orqali dezinfeksiya qilinadi. 14-15 kundan so’ng takroriy
ishlov beriladi.  Adabiyotlar:
1. Suvonqulov Y.A. «Qishloq xo‘jalik hayvonlari gigienasi» T. 1994
Qo‘shimcha adabiyotlar.
1. Kuznetsov   A.F. ,   Demchuk   M.V.   -   « Gigiena   selskoxozyaystvenn ыx
jivotnыx» Moskva, 1991
2. Medvedskiy V.I. «Soderjanie, kormlenie i uxod za jivotn ы mi».  Minsk, 2007
3. Kochish I.I., Kalujnыy N.S., Volchkova L.A., Nesterov V.V. «Zoogigiena»,
Moskva, 2008

Sanitariya so’yish punkt larida veterinariya sanitariyasi. Reja: 1. Go’sht kombinatlari , qushxona va so’yish maydonchalaring veterinariya sanitariyasi. 2. Parranda go’shtini qayta ishlash korxonalarida dezinfeksiya o’tkazish. 3. Muzlatkichlarda mog’or zamburug’lariga qarshi kurash. 4 . Junx o’ r (ve tchin niy kojeyed) teri zararkundasiga qarshi kurash.

Go’shtni va parranda go’shtini qayta ishlash korxonalarida veterinariya – sanitariya talablariga amal qilinishi yuqori sanitariya sifatiga ega bo’lgan go’sht va boshqa qayta ishlash mahsulotlari olishga qaratilgan eng muhim chora – tadbirlardan biridir. Bunga go’shtni qayta ishlash korxonasini qurilishi uchun tegishli hududni tanlanishi, sanitariya normalariga jabob beradigan bino va inshoatlarni loyihalashtirish, ularni uchastka hududida ratsional joylashuvi, ishlab chiqarish uchun etarlicha sifatli suv miqdori, go’shtni so’yish va qayta ishlash jarayonlarida progressiv texnologiya va mexanizmlar bilan jihozlanishi orqali ta’minlanadi. Go’shtni qayta ishlash korxonalariga go’sht kombinatlari va kushxonalar (so’yish maydonchalari) kiradi. Go’sht kombinati – bu sanoat korxonalari kompleksi bo’lib, uning vazifalariga: molni so’yish, undan go’sht, oziq – ovqat va texnik maqsadlar uchun xom ashyo, hayvonlar uchun ozuqa, tibbyot preparatlari, boshqa ishlab chiqarish mahsulotlarini qayta ishlash kiradi. Go’sht kombinatining inshoatlari kompleksiga: so’yishdan oldin hayvonlarni saqlash joyi, birlamchi qayta ishlash (so’yish va nimtalash), sovutkich, kolbasa ishlab chiqish sexi, sub mahsulotlar, yog’larni ajratish, ichak, terini, oshlash, texnik fabrikatlarni saqlash joyi va boshqa ishlab chiqarish xonalari kiradi va ularning har birida alohida veterinariya – sanitariya tadbirlari o’tkaziladi. Mollarni so’yishdan oldin saqlash sexida alohida hudud ajratilib unda korxonaning uch kunlik ishlashii uchun yetarlicha so’yiladigan mollarga joy bo’lishi lozim. Sexning bir tomondan hayvonlarni tushurish joyiga, ikkinchi tomondan so’yishdan oldin mollarni saqlash xonasiga ulangan bo’ladi. Karantin bo’limida kasallikga gumon qilingan yoki tegishli veterinariya hujjatlarsiz keltirilgan hayvonlar saqlanadi. Karantinda saqlash uchun

korxonaga bir kunlik keltiriladigan hayvonlarning 10% ini sig’diradigan maydon quriladi. Karantindagi mollar izolyator yoki so’yish uchun asosiy ishlab chiqarish binosiga o’tkaziladi. Izolyator kasal va kasallikga gumon qilingan hayvonlarni saqlash uchun xizmat qiladi va korxonaga bir kunda qabul qilinishi mumkin bo’lgan hayvonlarning 1% ini joylashtirishga mo’ljallangan bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Qishloq ba suv xo’jaligi vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash vazirligining 2006 yil 13 iyuldagi 6/1 va 5 sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus so’yish korxonalari va maydonlarida chorva mollarini so’yish bilan shug’ullanuvchi shaxslarga ruxsat guvohnomalari berish va ro’yxatga olish tartibi tog’risida”gi Nizomga ko’ra kushxona, so’yish maydonchalariga qo’yiladigan sanitariya va veterinariya-sanitariya talablari belgilab qo’yilgan. So’yish punkti (kushxona, so’yish maydonchasi) mollarni so’yish va teri, ichaklarni ishlov berishga mo’ljallangan. Uncha katta bo’lmagan korxona tipovoy loyiha asosida, veterinariya va sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda, quruq, ko’tarilgan joyda aholi punktlari, yaylov va molxonalardan 500 m masofada quriladi Kushxonada quyidagi asosiy va yordamchi binolar bo’lishi shart: chorva hayvonlarini so’yishdan oldin ko’rikdan o’tkazish maydonchasi, so’yishga ruxsat berilgan chorva hayvonlarini saqlash maydonchasi (usti yopiq maydoncha), chorva hayvonlarini so’yish binosi, kasallikka gumon qilingan hayvonlarni saqlash uchun alohida bino, so’yilgan chorva hayvonlarini tanasini nimtalash binosi, sovutish va vaqtincha saqlash kamerasi, tuz saqlash binosi, muzlatilgan go’sht saqlash kamerasi, iartli ravishda isne’molga yaroqli go’shtlarni zararsizlantirish bnosi, uchak sexi, teri tuzlash sexi, rahbar, veterinariya vrachi kabineti, ishchi-xodimlar uchun xonalar, dush, hojatxona, qatqorinxona, go’ngxona, tozalash qurilmalari.

Kushxona qurilishida barcha zaruriy bo’limlarga e’tibor qaratilishi lozim va veterinariya mutaxassisiga molni so’yishdan oldingi ko’rikdan va so’yishdan keyingi veterinariya–sanitariya ekspertizasidan o’tkazish uchun zaruriy sharoitlar yaratilishi kerak. Profilaktik dezinfeksiyani har bir ish kuni oxirida o’tkazilishi sog’lom va yaxshi sifatli go’sht va boshqa sub mahsulotlari olishning zarur shartidir. Go’shtni qayta ishlash korxonasining alohida sexlarida dezinfeksiya o’tkazishning o’ziga xos xususiyatlari bor. So’yish va nimtalash sexida profilaktik dezinfeksiya har bir ish kunidan so’ng sex, yordamchi xonalar, yo’lak va binolarda o’tkaziladi. Dezinfeksiyadan oldin obyekt tozalanadi, sovuq va qaynoq suv yordamida yuviladi va dezinfeksiya eritmasi bilan ishlov beriladi. Qonni qayta ishlash sexida yaxshilab avval sovuq, so’ngra issiq suvda yuviladi. So’ngra 1 % li o’yuvchi natriyning qaynoq eritmasi va xlorli ohak eritmasida dezinfeksiyalanadi. Kolbasa sexi, tibbiy preparatlar, gematogen xonasi va davolash preparatlari sexlarida avval tayor mahsulotlardan bo’shatilib soda, dezmol, demp va boshqa yuvish vositalarining eritmasi bilan yuviladi va so’ngra xlor preparatlari, vodorod peroksidi eritmasi yoki qaynoq ichimlik suvi bilan ishlov beriladi. Util sexi, yog’, ichak, terini oshlash sexlari soda, o’yuvchi natriy, o’yuvchi kaliy eritmalari bilan har kuni dezinfeksiya qilinadi. Shuningdek, haftada bir marta tarkibida 2 % faol xlor saqlovchi xlorli preparatlar eritmalari bilan dezinfeksiya o’tkaziladi. Majburiy dezinfeksiya har safar veterinariya ko’rigi paytida yuqumli kasallik bilan kasallangan hayvon yoki qo’zg’atuvchi bilan zararlangan gavda aniqlangandan so’ng o’tkaziladi.

Dezinfeksiya o’rtkazish tartibi va dezinfeksiya vositalarini tanlash har bir kasallik qo’zg’atuvchisining xususiyatlaridan kelib chiqib hal etiladi. Parranda go’shtini qayta ishlash korxonalarida dezifeksiyalash parrandalarni qabul qilish va go’shtga boqish, ozuqani qabul qilish va ozuqa tayyorlash, veterinariya–sanitariya o’tkazichi, dezinfeksiya–yuvish punktlarida o’tkaziladi. Dezinfeksiyalash usuli, vositalari boshqa veterinariya obiyektlari kabi. Ammo parrandalarni so’yish sexi dezinfeksiyasining o’ziga xos tomonlari mavjud. Parrandalar gavdasini pat va parlardan tozalashda havoga juda ko’p miqdorda mikroorganizmlar ajraladi va go’sht hamda bino va jihozlarni zararlashi mumkin. Shu sababli havoni kuchli ventilyatsiyasi, bino va jihozlarni dezinfeksiyalsh va boshqa veterinariya–sanitariya tadbirlarini o’tkazish parrandalarni so’yish texnologik jarayonlarning majburiy shartlaridan sanaladi. Dezinfeksiya o’tkazishda fizikaviy va kimyoviy usullardan foydalaniladi. Fizik vositalardan BUV – 15, BUV – 30, BUV – 60 –P va PRK – 2, PRK – 4, PRK – 5, PRK – 7 lampalari ishlatiladi. Lampalar so’yish sexining havosini dezinfeksiyalsh uchun obiyektdan 1-2 m balandlikda konveyerga parrandalar o sahib qo’yiladigan balandlikda o’rnatiladi. Kimyoviy vositalaridan yuvish va dezinfeksiyalash vositalari qo’llaniladi. Parrandalar so’yilgach har soatda par va patlardan tozalanadi va pol yuqori bosimli qaynoq suv bilan yuviladi. Oyiga bir marta xlor preparatlari, o’yuvchi natriy yoki formaldegid eritmalari bilan dezinfeksiya o’tkaziladi. Sovutkichlarda mog’or zamburug’lariga qarshi kurashish uchun kimyoviy va fizikaviy dezinfeksiya vositalari ishlatiladi. Odatda sovutg’kichlarda profilaktika maqsadida yiliga ikki marta dezinfeksiya