Transport vositalari veterinariya sanitariyasi


Transport vositalari veterinariya sanitariyasi. Reja: 1. Chorvachilikka mansub xom ashyolarni ta sh ish tartibi. 2. Go’sht va go’sht mahsulotlarini tashish tartibi. 3. Transport vositalarini veterinariya sanitariya baholashi. 4. Vagon va ke malarni dezinfeksiyalash . 5. Avtomobil transportlarini dezinfeksiyalash. 6. Sam o lyotlarni dezinfeksiyalash. 7. Yuklash – tushurish maydonlarini dezinfeksiyalash.
Temiryo’l, suv, avtomobil va havo transporti orqali qishloq xo’jalik, zoopark hayvonlari, go’sht, sut, baliq, shuningdek chorvachilikga mansub hom ashyolar, nafaqat o’zimizning mamlakatimizda ishlab chiqarilgan, balki chetdan keltirilayotgan chorva yuklari ham tashiladi. Bunda veterinariya xizmatini ko’rsatish, vaveterinariya- sanitariya nazoratini amalga oshirish, davolash ishlari veterinariya xizmztlari zimmasida bo’ladi. Shu sababli transportda davlat veterinariya xizmztining tegishli strukturaviy bo’limlari tashkil etilgan, hamda zarur tehnik va sanitariya jihozlari bilan ta’minlangan. Veterinariya xizmatining vazifasi transport vositalarining va unda tashilayotgan hayvonlar, parrandalar, go’shti va chorvachilikga mansub hom ashyolarning veterinariya – sanitariya jihatidan sog’lomligini ta’minlash hisoblanadi. Veterinariya xizmati hayvonlar ustidan butun yo’l davomida regulyar va doimiy kuzatishni yo’lga qo’yib, hayvonlar o’rtasida kasalik kelib chiqishi va o’lim yuz berishini oldini oladi, aholini odam va hayvonlar uchun umumiy bo’lgan yuqumli kasaliklardan himoya qilishni ta’minlash uchun sharoyit yaratadi. Transportda tashish uchun faqat sog’lom hayvonlar, kasalliklar bo’yicha sog’lom bo’lgan hududdan yuklanishi va ta’shilishi mumkun. Shu partiyadagi hayvonlarga veterinariya guvohnomasi mahalliy veterinariya vrachi tomonidan to’ldirilib, unda hayvonlar soni, ularning sog’lomligi, hududning yuqumli kasaliklardan holi ekanligi, shuningdek, hayvonlarda o’tkazilgan diagnostik tekshirishlar va ularning natijalari hamda berilgan ishlovlar va ularning o’tkazilgan muddatlari ko’rsatiladi. Hayvonlarni jo’natish uchun transportga yuklashdan oldin termometriyadan o’tkaziladi. Agarda hayvonlarda kasallik belgilari kuzatilmasa va tana harorati normada bo’lsa hayvonlarni transportga yuklashga ruxsat etiladi. Butun yo’l davomida hayvonlarga qarash
qoidalariga qat’iy rioya qilinadi. Begona shaxslar aralashishiga yo’l qo’yilmaydi. Hayvonlar manzilga yetib kelgach chegara va transportda davlat veterinariya nazorati punktining vakili hujjatlar bilan tanishadi, vagonlar, kema, avtotransportlar maxsus moslashtirilgan tushurish stansiyasi yoki maydoniga olib boriladi va hayvonlarni jarohatlanishlarsiz tushirib olishga e’tibor qaratiladi. Temir yo’l, samolet, kema va avtotransportlarda hayvonlarni tashilishida har bir transport turning o’ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi. Masalan: Samolyotda hayvonlar tashish uchun maxsus turdagi qafaslar bilan jihozlanadi oziqlantirishi uchun uskuna va to’shama materiallar bilan ta’minlanadi. Shikastlanishlarni oldini olish maqsadida samoletni poliga maxsus brezent to’shaladi va uning ustiga qipiq yoki boshqa nam o’tkazmaydigan materiallar qalin qilib to’shaladi. Xo’jalik va veterinariya nuqtai nazaridan yuqumli kasalliklar bilan kasallangan hayvonlarni ham tashishga ruxsat etilishi mumkin. Bunda yo’l marshrutlari hududiy davlat veterinariya xizmati bosh vrachlari tomonidan belgilanadi. Chorvachilikka mansub texnik xom ashyolar: teri va mo’yna, yuvilgan va yuvilmagan jun, soch, tivit, parranda pati va pari, qil (chetina) suyak, shox, tuyoq, mezdri, teri bo’laklari, go’sht – suyak uni va boshqalarni veterinariya qoiydalariga asosan tashishga ruxsat etiladi. Xom ashyolarni, uning sog’lomligini (sanitariya jihatidan yaroqli ekanligini) tasdiqlovchi hujjat veterinariya guvohnomasi bo’lgandagina tashishga ruxsat etiladi. Shu bilan birgalikda yo’l qog’ozi (nakladnoy) dublikati va spetsifikatsiya qog’ozlari bo’lishi shart. Bu hujjatlar barchasi
butun yo’l davomida veterinariya xizmati xodimi birinchi talab qilgandayoq ko’rsatilishi majburiy. Teri xom ashyolari aholidan yoki korxona va tashkilotlardan yig’ib olingan bo’lsa transportga yuklatilishidan oldin albatta prisipitatsiya reaksiyasida kuydirgi kasalligiga tekshirishni va faqat manfiy natija olingan tag’dirdagina tashilishga ruxsat etilishi mumkin. Shuningdek bug’u, kiyik, yovvoyi echki va enotsimon itlar terisi ham kuydirgi kasalligiga tekshiriladi. Texnik xom ashyolarni oziq – ovqat, don va uy buyumlari bilan barcha tashishga yo’l qo’yilmaydi. Jo’natishdan oldin xom ashyolar tegishli taralarga joylanadi. Teri va mo’ynalar arqon bilan bo’g’lanib pachka xolida, jun, qil sochlar maxsus matolarga joylanib tikilgan holda, tuzlangan ichaklar bochkalarga, quruqlari zich qutilarga, shox, tuyoq va suyaklar uyum holida yoki qutilarda tashiladi. Go’sht va go’sht mahsulotlari xom va qayta ishlangan holda tashilib, jo’natishdan oldin albatta veterinariya – sanitariya nazorati (ko’rigi) dan o’tadi. Katta hayvonlar go’shti -8 0 C da, parranda va quyonlar -6 0 C da muzlatilgan holda yoki 4-12 0 C ga sovutilgan holda tashiladi. Transport vositalarini veterinariya – sanitariya baholash. Hayvonlarni va chorvachilik xom ashyosi va go’shtni tushirilgandan so’ng bo’shagan transport vositalari dezinfeksiyalsh uchun jo’natiladi. Ishlov berish turi obiyektning veterinariya – sanitariya holatidan kelib chiqib tanlanadi. Shu belgilariga qarab temir yo’l vagonlari va kemalar 3 kategoriyaga (toifaga) bo’linadi. 1-toifaga sog’lom hududdan olib kelingan sog’lom hayvonlar, go’sht va texnik xom ashyolar tashilgan vagon yoki kemalar kiradi. 2-toifaga keyingsh 3-toifadagi kasalliklardan boshqa kasalliklar bilan kasallangan yoki gumon qilingan hayvonlar tashilgan vagon va kemalar kiradi. Bu toifaga tashilgan hayvonlar orasida o’lim kuzatilgan yoki go’sht va