Shaxs va faoliyat

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

6

Размер:

33.5 KB
Shaxs  va faoliyat
Reja:
1. Shaxs va uning faolligi
2. Faoliyat turlari
3. Jismoniy va aqliy harakatlar
4. Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivatsiyasi
5. Motivlarning turlari.
             Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, uz-uzini anglab, har bir 
harakatini muvofiklashtiruvchi shaxsga xos bulgan eng muxim va umumiy 
xususiyat – bu uning faolligidir. Faollik (lotincha «actus» - harakat, «activus» - 
faol so‘zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning xayotdagi barcha hatti 
harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyalardir. Bu- usha oddiy 
kulimizga kalam olib, biror chizikcha tortish bilan boglik elementar 
harakatimizdan tortib, toki ijodiy uygonish paytlarimizda amalga oshiradigan 
mavxum fikrlashimizgacha bulgan murakkab harakatlarga aloqador ishlarimizni 
tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada shaxs, uning ongi va uz-
uzini anglashi muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va 
uni uddalashiga aloqador sifatlari orkali bayon etiladi.Fanda inson faolligining 
asosan ikki turi farqlanadi:
A. Tashqi faollik - bu tashkaridan uz ichki istak-xoxishlarimiz ta’sirida 
bevosita ko’rish, qayd qilish mumkin bulgan harakatlarimiz, mushaklarimizning 
harakatlari orqali namoyon bo‘ladigan faollik.
B. Ichki faollik – bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi
fiziologik jarayonlar (moddalar almashinuvi, qon aylanish, nafas olish, bosim 
uzgarishlari) hamda, ikkinchi tomondan,   bevosita psixik jarayonlar,  ya’ni aslida 
ko’rinmaydigan, lekin faoliyat kechishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni uz ichiga 
oladi.
Misol tariqasida xayotdan shunday manzarani tasavvur kilaylik: uzok 
ayriliqdan sung ona uz farzandi visoliga yetdi. Tashki faolllikni biz onaning 
bolasiga intilishi, uni kuchoklashi, yuzlarini siylashi, kuzlaridan okkan sevinch 
yoshlarida ko’rsak, ichki faollik- usha kuz yoshlarini keltirib chikargan fiziologik 
jarayonlar, ichki soginchning asl sabablari (ayriliq muddati, nochorlik tufayli 
ayriliq kabi yashirin motivlar ta’siri), ko’rib idrok kilgandagi uzaro bir-birlariga 
intilishni ta’minlovchi ichki, bir qarashda ko'z bilan ilgab bulmaydigan emotsional 
holatlarda namoyon bo‘ladi. Lekin shu manzarani bevosita guvoxi bo‘lsak ham, 
taxminan qanday jarayonlar kechayotganligini tasavvur qilishimiz mumkin. 
Demak, ikkala turli faollik ham shaxsiy tajriba va rivojlanishning asosini tashkil  etadi. Bir qarashda har bir aniq shaxsga uning extiyojlariga boglik bo‘lib tuyulgan 
bunday faollik turlari aslida ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib,shaxsning jamiyat bilan 
bo‘ladigan murakkab va uz aro munosabatlarining okibati xisoblanadi
Inson faolligi «harakat», «faoliyat», «xulk» tushunchalari bilan chambarchas 
boglik bo‘lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib takaladi. Shaxs aynan turli 
faolliklar jarayonida shakllanadi, uzligini namoyon kiladi ham. Demak, faollik 
yoki inson faoliyati passiv jarayon bulmay, ongli ravishda boshkariladigan faol 
jarayondir. Inson faolligini mujassamlashtiruvchi harakatlar jarayoni faoliyat deb 
yuritiladi. Ya’ni, faoliyat- inson ongi va tafakko’ri bilan boshkariladigan, undagi 
turli-tuman extiyojlardan kelib chikadigan, hamda tashki olamni va uz-uzini 
uzgartirish va takomillashtirishga karatilgan uziga xos faollik shaklidir. Bu-yosh 
bolaning real predmetlar moxiyatini uz tasavvurlari doirasida bilishga karatilgan 
uyin faoliyati, bu-moddiy ne‘matlar yaratishga karatilagn mehnat faoliyati, bu-
yangi kashfiyotlar ochishga karatilgan ilmiy-tadkikotchilik faoliyati, bu-
rekordlarni kupaytirishga karatilgan sportchining maxorati va shunga uxshasha. 
Shunisi xarakterliki, inson har dakikada qandaydir faoliyat turi bilan mashgul 
bo‘lib turadi.
  Jismoniy va aqliy harakatlar. Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, 
turli usullarda va turlicha ko’rinishlarda namoyon bo‘ladi. Kilinayotgan har bir 
harakat ma’lum narsaga – predmetga karatilgani uchun ham, faoliyat predmetli 
harakatlar majmui sifatida tasavvur kilinadi. Predmetli harakatlar tashki olamdagi 
predmetlar xususiyatlari va sifatini uzgartirishga karatilgan bo‘ladi. Masalan, 
ma’ruzani konspekt kilayotgan talabaning predmetli harakati yozuvga karatilgan 
bo‘lib, u avvalo usha daftardagi yozuvlar soni va sifatida uzgarishlar qilish orkali, 
bilimlar zaxirasini boyitayotgan bo‘ladi. Faoliyatning va uni tashkil etuvchi 
predmetli harakatlarning aynan nimalarga yunaltirilganiga karab, avvalo tashki va 
ichki faoliyat farklanadi. Tashki faoliyat shaxsni urab turgan tashki muxit va 
undagi narsa va xodisalarni uzgartirishga   qaratilgan faoliayt bo’lsa, ichki faoliyat –
birinchi navbatda aqliy faoliyat bo‘lib, u sof psixologik jaraenlarning kechishidan 
kelib chikadi. Kelib chikishi nuktai nazaridan ichki-aqliy, psixik faoliyat tashki  predmetli faoliyatdan kelib chikadi. Dastlab predmetli tashki faoliyat ruy beradi, 
tajriba orttirib borilgan sari sekin-asta bu harakatlar ichki aqliy jaraenga aylanib 
boradi. Buni nutk faoliyati misolida oladigan bo‘lsak, bola dastlabki so‘zlarni 
kattik tovush bilan tashki nutkida ifoda etadi, keyinchalik ishida uzicha gapirishga 
urganib,uylaydigan, muloxaza yuritadigan, uz oldiga maksad va rejalar kuyadigan 
bo‘lib boradi.
Jismoniy va aqliy harakatlar.   Har qanday sharoitda ham barcha harakatlar 
ham ichki-psixologik, ham tashki muvofiklik nuktai nazaridan ongi tomonidan 
boshkarilib boradi. Har qanday faoliyat tarkibida ham aqliy, ham jismoniy–motor 
harakatlar mujassam bo‘ladi .Masalan, fikrlaetgan donishmandni kuzatganmisiz?. 
Agar uylanaetgan odamni ziyraklik bilan kuzatsangiz, undagi yetakchi faoliyat 
aqliy bulgani bilan uning peshonalari, kuzlari, hattoki, tana va kul harakatlari juda 
muxim va jiddiy fikr xususida bir tuxtamga kelolmaetganidan, yeki yangi fikrni 
topib, undan mamnuniyat xis kilaetganligidan darak beradi. Bir qarashda tashki 
elementar ishni amalga oshiraetgan – misol uchun ,uzum kuchatini ortikcha 
barglardan xalos etaetgan bogbon harakatlari ham aqliy komponentlardan xoli 
emas, u kaysi bargning va nima uchun ortikcha ekanligidan anglab bilib turib olib 
tashlaydi
Aqliy harakatlar-shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar 
vositasida amalga oshiradigan turli – tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda 
shu narsa isbot kilinganki, bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham uz 
ichiga oladi.Bunday harakatlar kuyidagi ko’rinishlarda bulishi mumkin:
pertseptiv -ya’ni   bular shunday harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi 
predmetlar va xodisalar tugrisida yaxlit obraz shakllanadi;
mnemik faoliyat   – narsa va xodisalarning moxiyati va mazmuniga aloqador 
materialning eslab kolinishi, esga tushirilishi hamda esda saklab turilishi bilan 
boglik murakkab faoliyat turi; fikrlash faoliyati   - akl, faxm – farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va
jumboklarni yechishga karatilgan faoliyat;
imajitiv   – («image»-obraz suzidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy 
jarayonlarda xayol va fantaziya vositasida xozir bevosita ongda berilmagan 
narsalarning xususiyatlarini anglash va xayolda tiklashni takozo etadi.
Yukorida ta’kidlaganimizdek, har qanday faoliyat ham tashki harakatlar 
asosida shakllanadi va motor komponentlardan iborat bulishi mumkin. Agar tashki 
faoliyat asosida psixik jarayonlarga utish ruy bergan bulsa, bunday jarayonni 
psixologiyada interiorizatsiya deb ataladi, aksincha, aklda shakllangan goyalarni 
bevosita tashki harakatlarda yoki tashki faoliyatga kuchirilishi eksteriorizatsiya deb
yuritiladi.
Faoliyat turlari yana ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko’ra ham 
farklanadi. Masalan, shunday bulishi mumkinki, ayrim xaarakatlar boshida har bir 
elementni jiddiy ravishda, aloxida-aloxida bajarishni va bunga butun dikkat va 
ongning yunalishini talab kiladi. Lekin vakt utgach, bara-bora unda ongning 
ishtiroki kamayib, kupgina kismlar avtomatlashib boradi. Bu oddiy tilga 
ugirilganda, malaka xosil bo‘ladi deyiladi. Masalan, har birimiz shu tarzda xat 
yozishga urganganmiz. Agar malakalarimiz kat‘iy tarzda bizdagi bilimlarga 
tayansa, faoliyatning maksadi va talablariga ko’ra harakatlarni muvaffakiyatli 
bajarishni ta’minlasa, biz buni kunikmalar deb ataymiz. Kunikmalar – doimo 
bizdagi aniq bilimlarga tayanadi. Masalan, kunikma va malakalar uzaro boglik 
bo‘ladi, shuning uchun ham ukuv faoliyati jaarayonida shakllanadigan barcha 
kunikmalar va malakalar shaxsning muvaffakiyatli ukishini ta’minlaydi. Ikkalasi 
ham mashklar va kaytarishlar vositasida mustaxkamlanadi. Agar, fakat malakani 
oladigan bo‘lsak, uning shakllanish yullari kuyidagicha bulishi mumkin:
*oddiy namoyish etish yo‘li bilan;
*tushuntirish yo‘li bilan;
*ko‘rsatish bilan tushuntirishni uyg‘unlashtirish yo‘li bilan. Xayotda ko‘nikma va malakalarning ahamiyati katta. Ular bizning jismoniy va 
aqliy urinishlarimizni yengillashtiradi va o‘qishda,   mehnatda, sport sohasida va 
ijodiyotda muvaffaqiyatlarga erishishimizni ta’minlaydi.
Faoliyatni klassifikatsiya qilish va turlarga bo‘lishning yana bir keng 
tarqalgan usuli – bu barcha insonlarga xos bo‘lgan asosiy faolllik turlari buyicha 
tabaqalashdir. Bu – muloqot, o‘yin, o‘qsh va mehnat faoliyatlaridir.
Muloqot- shaxs individual rivojlanishi jarayonida namoyon bo‘ladigan 
birlamchi faoliyat turlaridan biri. Bu faoliyat insondagi kuchli ehtiyojlardan biri- 
inson bulish, odamlarga uxshab gapirish, ularni tushunish,sevish, uzaro 
munosabatlarni muvofiklashtirishga karatilgan extiyojlaridan kelib chikadi. Shaxs 
uz tarakkiyotini aynan shu faoliyat turini egallashdan boshlaydi va nutki orkali 
(verbal) va nuktsiz vositalar (noverbal) yordamida boshka faoliyat turlarini 
mukammal egallashga zamin yaratadi.
O‘yin – shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy 
ne‘matlar yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi 
murakkab va xilma-xil faoliyat normalari, harakatlarning simvolik andozalari bola 
tomonidan uzlashtiriladi. Bolatoki uynamaguncha, kattalar hatti-harakatlarining 
ma’no va moxiyatini anglab yetlmaydi.
O‘qish faoliyati ham shaxs kamolotida katta rol uynaydi va ma’no kasb 
etadi. Bu shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turlarni 
kunikmalar uzlashtiriladi.
Mehnat qilish ham eng tabiiy extiyojlarga asoslangan faoliyat bo‘lib, uning 
maksadi, albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne‘matlarni yaratish, jamiyat 
tarakkiyotiga xissa kushishdir.
Har qanday kasbni egallash, nafakat egallash, balki uni maxorat bilan 
amalga oshirishda faoliyatning barcha konuniyatlari va mexanizmlari amal kiladi. 
Oddiygina biror kasb malakasini egallash uchun ham unga aloqador bulgan 
ma’lumotlarni eslab kolish va kerak bulganda yana esga tushurish orkali uni 
bajarish buldmay, balki ham ichki (psixik), ham tashki (predmetgayunaltirishgan) 
harakatlarni ongli tarzda bajarish bilan boglik murakkab jarayonlar yotishini  unutmaslik kerak. Lekin har bir shaxsni u yoki bu faoliyat turi bilan 
shugullanishiga majbur qilgan psixologik omillar- sabablar muhim bo‘lib, bu 
faoliyat motivlaridir
Yuqorida biz tanishib chiqqan faoliyat turlari o‘z-o‘zidan ro‘y bermaydi. 
Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o‘zini qanday tutishi,   egallagan mavqei 
ham sababsiz, o‘z-o‘zidan ro‘y bermaydi. Faoliyatning amalga oshishi va shaxs 
hulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada «motiv» va «motivatsiya» 
tushunchalari ishlatiladi.
«Motivatsiya» tushunchasi «motiv» tushnchasidan kengroq ma’no va 
mazmunga ega. Motivatsiya – inson xulq-atvori, uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va 
faolliginitushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu 
tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo‘lganda ishlatiladi, 
ya’ni: «nega?», «nima uchun?», «nima maqsadda?» degan savollarga javob 
qidirish- motivatsiyani qidirish demakdir. Demak, u xulqning motivatsion tasnifini 
yoritishga olib keladi.
Shaxsning jamiyatda odamlar orasiidagi xulqi va o‘zini tuutishi sabablarini 
o‘rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan narsa bo‘lib, masalani yoritishning 
ikki jihati farqlanadi: a) ichki sabablar, ya’ni hatti-harakat egasining sub‘ektiv 
psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, 
mo‘ljallar, istaklar, qiziqishlar va hakozolar); b) tashqi sabablar – faoliyatning 
tashqi shart-sharoitlari va holatlari. Ya’ni, bular ayni konkret holatlarni kelib 
chiqishiga sabab bo‘ladigan tashqi stimullardir.
Shaxs xulq-atvorini ichkaridan, ichki psixologik sabablar tufayli boshqarish 
odatda shaxsiy dispozitsiyalar ham deb ataaladi. Ular shaxs tomonidan anglanishi 
yoki anglanmasligi ham mumkin. Ya’ni, ba’zan shunday bo‘ladiki, shaxs o‘zi 
amalga oshirgan ishi yoki o‘zidagi o‘zgarishlarga nisbatan shakllangan 
munosabatning haqiqiy sababini o‘zi tushunib yetmaydi, «Nega?» degan savolga 
«O‘zim ham bilmay qoldim, bilmayman», deb javob beradi. Bu anglanmagan 
dispozitsiyalar yoki ustanovkalar deb ataladi. Agar shaxs biror kasbga ongli tarzda  qiziqib, uning barcha sir-asrorlarini egallash uchun astoydil harakat qilsa, bunda 
vaziyat boshqacharoq bo‘ladi, ya’ni, dispozitsiya anglangan, ongli hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan motiv – konkrketroq tushuncha bo‘lib, u shaxsdagi u yoki bu 
hulq –atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni 
nazarda tutadi. Mashhur nemis olimi Ko’rt Levin motivlar muammosi, ayniqsa, 
shaxsdagi ijtimoiy xulq motivlari borasida katta keng qamrovli tadqiqotlar olib 
borib, shu narsani aniqlaganki, har bir odam o‘ziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni 
idrok qilish va baholashga moyil bo‘ladi. Shunisi ajablanarliki, o‘sha bir konkret 
vaziyat xususidagi turli shaxslarning baholari ham turlicha bo‘ladi.   Bundan 
tashqari, bir shaxsning o‘ziga ham o‘zidagi holat, kayfiyatga bog‘liq holda bir xil 
vaziyatni alohida hollarda turlicha idrok qilishga moyil bo‘larkan. Shuning uchun 
ham odamning ayni paytdagi real haarakatlarini o‘sha ma’lum sharoitdagi ichki va 
tashqi stimullarga uning bergan bahosi yoki reaktsiyalari sifatida qaramay, balki 
unda shunga o‘xshash holatlarni idrok qilishga ichki bir hozirlik – dizpotsiyaning 
mavjudligi bilan tushuntirish to‘g‘riroq bo‘ladi. Shu ma’noda shaxs hulqining 
motivatsiya turli sharoitlardan orttirilgan tajribaga tayangan, ongli tahlillar hattoki, 
ijtimoiy tajriba normalarining ta’siri shakllanadigan sabablar kompleksini o‘z 
ichiga oladi. Masalan, texnika oliygohlarida: «Materiallarning qarshiligi» nomli 
ko’rs bor deylik. Shu ko’rsni o‘zlashtirish va unday sinovdan o‘tish ko‘pchilikka 
osonlikcha ro‘y bermaydi. Hali ko’rs boshlanmasdanoq yosh talabalarga shu ko’rs 
va uning talablariga nisbatan shunday ustanovka shakllanadiki, albatta, bu ko’rs 
qiyin, uni olib boruvchi o‘qituvchi o‘ta talabchan, qattiqqo‘l va hokazo degan. 
Bunday motivatsiya mana necha avlod talabalari boshdan kechirayotgan holat. 
Endi konkret shaxsning dars jarayoni boshlangan keyingi harakatlari konkret 
motivlar bilan izohlanadi va tirishqoq talaba uchun bu fan ham boshqa fanlar qatori
tinimsiz izlanish, o‘z vaqtida darslarni tayyorlashni talab qilsa, boshqasi uchun 
(dangasaroq talaba uchun) bu darsdan keyin dars yo‘q va u qachon shu semetr 
tugashini kutib harakat qiladi.
Har qanday motivlarning orqasida shaxsning ehtiyojlari yotadi. Ya’ni, 
maqsadli hayotda shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar paydo bo‘ladi va aynan  ularning tabiati va zaruratiga bog‘liq tarzda hulq motivlari namoyon bo‘ladi. Misol
uchun talabaning o‘quv faoliyatini olish mumkin. Bilim olish maqsadi bilim, ilm 
olish, qiziquvchanlik ehtiyojini paydo qiladi. Bu ehtiyoj taraqqiyotning ma’lum bir
davrida, masalan, bog‘cha yoshidan boshlab qoniqtirila boshlaydi. Bolaga sotib 
olib berilgan kitoblar, daftar va boshqa o‘quv qurollari, ma’lum ta’lim maskanida 
tashkil etilgan shart-sharoitlar va u yerdagi bevosita bilim olishga qaratilgan 
faoliyatning o‘zi, bola uchun motiv o‘rnini bosadi. Yana bir oddiy misol 
qo‘lingizda kitob bor. Siz holi uni o‘qishni boshlamadingiz. Lekin o‘qish istagi 
bor, bu istakning ortida esa o‘sha mazmunni bilish va uning tagiga yetish ehtiyoji 
turadi. Rus olimi R.Nemov. shaxsdagi motivatsion soxasi qo‘yidvagicha tasavvur 
qiladi.
Umuman, har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni ikki guruhga bo‘lish 
mumkin:
Biologik ehtiyojlar- bu –fiziologik (tashnalik, ochlik, iyqu), jinsiy 
moslashuv, ehtiyojlari.
Ijtimoiy ehtiyojlar- bu – mehnat qilish, bilish, estetik va ahloqiy –ma’naviy 
ehtiyojlar.
Ehtiyojlarni biologik hamda ijtimoiy turlarga bo‘lganimiz bilan shu narsani 
ununmasligimiz lozimki, shaxsdagi har qanday ehtiyojlar ham ijtimoiylashgan 
bo‘ladi, ya’ni, ular o‘sha jamiyat va mohiyatdagi qadriyatlar, madaniy normalar va 
insonlararo munosabatlar harakteriga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, eng tabiiy va 
tushunarli   hisoblangan bizning yemishga, ovqatga bo‘lgan ehtiyojimizni olsak, u 
ham konkret muhitga qarab turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi. yana misol 
uchun, to‘y marosimlari yoki juda tukin dasturxon atrofida o‘tirgan odam nima 
uchun shunchalik ko‘p ovqat iste‘mol qilib yuborganini bilmay qoladi. Agar bu 
tabiat qo‘yni yoki paxta dalasidagi xashar bo‘lsa-chi, bir turda issiq non ham butun
tanaga rohat baxsh etuvchi malham bo‘lib, ochlinni bilintirmaydi. Kamtarona 
dasturxondan ovqat yeb o‘rgangan kishi oz-oz yeyishga o‘rgansa, yoshligidan 
normadan ortiq yeb o‘rgangan odam vrach oldiga borib, o‘zi uchun ozdiruvchi 
dori-darmon so‘rasa, so‘raydiki, lekin uyda o‘zi yemishini nazorat qilishi  kerakligini bilmaydi. Demak, bu ham madaniyatga, etikaga, oila muhitiga bevosita 
bog‘liq narsa ekan-da.
Umuman shaxs ijtimoiy xulqi motivi haqida gap ketganda, uning ikki 
tomoni yoki elementi ajratiladi: harakat dasturi va maqsad. Harakat dasturi 
maqsadga erishishing vositalariga aniqlik kiritadi. Shuning uchun ham dasturda 
nazarda tutilgan vositalar maqsadga erishishni oqloshi kerak, aks holda dasstur 
hech narsa bemaydi. Masalan, ba’zi ota-onalar farzandlarini yaxshi tarbiyalash va 
undan ideallaridagi shaxs yetishib chiqishini orzu qilib, uning oldiga juda og‘ir 
tarbiyaviy shartlarni qo‘yadilar, bola erkinligi bo‘g‘iladi, u qat‘iy nazorat muhitida 
ushlanadi. Oqibatda bola keyinchalik boshqarib bo‘lmaydigan, qaysar, uncha-
muncha tashqi ta’sirga berilmadigan bo‘lib, qolib, har qanday boshqa ijtimoiy 
sharoitda qiynaladigan bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham motiv har doim 
anglangan, ehtiyojlar muvofiqlashtirilgan va maqsadlar va unga yetish vositalari 
aniq bo‘lishi kerak. Shundagina ijtimoiy xulq jamiyatga mos bo‘ladi.
Motivlarning turlari.   Turli kasb egalari faoliyati motivlarini o‘rganishda 
motivlar xarakterini bilish va ularni o‘zgartirish muammosi ahamiyatga ega. 
Shunday motivlardan biri turli xil faoliyat sohalarida muvaffaqiyatga erishish 
motivi bo‘lib, bunday nazariyaning asoschilari amerikalik olimlar D.Maklelland, 
D.Atkinson va nemis olimi X.Xekxauzenlar hisoblanadi. Ularning fikricha, 
odamda turli ishlarni baajarishini ta’minlovchi asosan ikki turdagi motiv bor: 
muvaffaqiyatga erishish motivi hamda muvaffaqiyatlardan qochish motivi. 
Odamlar ham u yoki bu turli faoliyatlarni kirishishda qaysi motivga mo‘ljal 
qilishlariga qarab farq qiladilar. Masalan, faqat muvaffaqiyat motivi bilan 
ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan shunday ish boshlaydilarki, nima qilib bo‘lsa
ham yutuqqa erishish ular uchun oliy maqsad bo‘ladi. Ular hali ishni boshlamay 
turib, yutuqni kutadilar va shunday ishni amalga oshirishsa, odamlar ularning 
barcha harakatlarini ma’qullashlarini biladilar. Bu yo‘lda ular nafaqat o‘z kuch va 
imkoniyatlarini, balki barcha tashqi imkoniyatlar –tanish-bilishlar, mablag‘ kabi 
omillardan ham foydalanadilar. Boshqacha xulq-atvorni muvaffaqiyatsizliklardan qochish motiviga tayangan
shaxslarga kuzatish mumkin. Masalan, ular birinchilardan farqli, ishni boshlashdan
avval nima bo‘lsa ham muvaffaqiyatsizlikka duchor bo‘lmaslikni o‘ylaydilar. Shu 
tufayli ularda kuproq ishonchsizlik, yutuqqa erishishga ishonmaslik pessimizmga 
o‘xshash holat kuzatiladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, oxir-oqibat ular baribir 
muvaffaqiyatsizlikka uchrab «O‘zi sira omadim yurishmaydigan odamman-da» 
degan xulosaga keladilar. Agar birinchi toifali shaxslar bir ishni muvaffaqiyatli 
tugatgach, ko‘tarinki ruh bilan ikkinchi ishga kirishishsa,   ikkinchi toifa vakillari, 
har qanday ishni yakunlangandan so‘ng, uning natijasidan qat‘iy nazar, ruhan 
tushkunlikka tushadilar va og‘rinish hissi bilan boshqa ishga kirishadilar. Bu 
o‘rinda talabchanlik degan sifatning roli katta. Agar muvaffaqiyatni yo‘nalgan 
shaxslarning o‘zlariga nisbatan qo‘ygan talablari darajasi ham yuqori bo‘lsa, 
ikkinchi toifa vakillarining talablari aksincha, past bo‘ladi. Bundan tashqari har 
birimizdagi o‘zimizdagi real qobiliyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlarimiz ham ushbu 
motivlarning faoliyatdagi o‘rniga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, o‘zidagi qobiliyatlarga
ishongan shaxs hattoki, mag‘lubiyatga uchrasa ham, unchalik qayg‘urmaydi, 
keyingi safar hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonadi. Ishonchsiz shaxs esa kichkina 
berilgan tanbeh yoki tanqidni ham juda katta ruhiy azob bilan qayg‘urib boshdan 
kechiradi. Uning uchun ham shaxsning u yoki bu vaziyatlarda qayg‘urish sifati 
ham ma’lum ma’noda motivlar xarakterini belgilaydi.
Shunday qilib, motivlar tizimi bevosita shaxsning iehnatga, odamlarga va 
o‘z-o‘ziga mtsunosabatlaridan kelib chiqadi va undagi harakter xususiyatlarini ham
belgilaydi. Ularning har birimizda real shart-sharoitlarda namoyon bo‘lishini biror 
mas‘uldiyatli ish oldidan o‘zimizni tutishimiz va muvaffaqiyatlarga erishishimiz 
bilan baholasak bo‘ladi. Masalan, ma’suliyatli imtihon topshirish jarayonini 
olaylik. Ba’zi talabalar imtihon oldidan juda qayg‘uradilar. ham. Ular uchun 
imtihon topshirish juda kata tashvishday. Boshqalar esa bu jarayonni bosiqlik bilan
boshdan kechirib, ichidan hayajonlanayotgan bo‘lsalar ham, buni boshqalarga 
bildirmaydilar. Yana uchinchi toifa kishilari umuman beg‘am bo‘lib, sira 
koyimaydilar. Tabiiy, shunga muvofiq tarzda, har bir toifa vakillari ishining  muvaffaqiyati va faoliyatining samarasi turlicha bo‘ladi. Bunga har bir shaxsdagi 
da’vogarlik darajasi ham ta’sir qiladi. Da’vogarlik darajasi yuqoriroq bo‘lganlar 
bilgan-bilmaganini isbot qilishga urinsalar, ana shunday darajasi pastlar bor 
bilganini ham yaxshi aytib berolmay, yana o‘qituvchi bilan totishmaydilar ham.
Shuning uchun ham har birimiz ijtimoiy faoliyat motivlaridan tashqari, shaxsiy 
hislatlarimizni ham bilishimiz va ongli tarzda hulqimizni boshqara olishimiz kerak.
Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o‘zgartirish 
muammosi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, motivlar, ya’ni hatti-harakatlarimizning 
sabablari biz tomonimizdan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Yuqorida
keltirilgan barcha misollarda va holatlarda motiv aniq, ya’ni shaxs nima uchun u 
yoki bu turli faoliyatni amalga oshirayotganligini, nima sababdan muvaffaqiyatga 
erishayotganligi yoki mag‘lubiyatga uchraganini biladi. Lekin har doim ham 
ijtimoiy xulqimizning sabablari bizga ayon bo‘lavermaydi. Anglanmagan ijtimoiy 
xulq motivlari avvalgi ma’ruzada ta’kidlanganidek, ijtimoiy ustanovka (inglizcha 
«attitud») hodisasi orqali tushuntiriladi.
Demak, ijtimoiy ustanovka shaxsning ijtimoiy ob’ektlar, hodisalar, guruhlar 
va shaxslarni idrok qilish, baholash va qabul qilishga nisbatan shunday 
tayyorgarlik holatiki, u bu baho yoki munosabatning aslida qachon 
shakllanganligini aniq anglamaydi. Masalan, Vatanimizning hammamiz sevamiz, 
bayrog‘imiz muqaddas,   nemis investorlarga ishonamiz , negrlarga rahmimiz keladi,
tijorat ishlari bilan shugullanadiganlarning albatta puldor, badavlat, deb 
hisoblaymiz va hokazo. Bu tasavvurlar, baho va hissiyotlar qachon va qanday qilib
ongimizda o‘rnashib qolganligiga e‘tibor bermasdan yuqorida sanab o‘tgan 
hissiyotlarni boshdan kechiraveramiz. Mana shularning barcha ijtimoiy 
ustanovkalar bo‘lib, ularning mazmun mohiyati aslida har bir inson ijtimoiy 
tajribasi davomida shakllanadi, va uzoq muddatli xotirada saqlanib, konkret 
vaziyatlar ro‘yobga chiqadi. Demak, motiv- har qanday harakatlarimiz va 
faoliyatimizning sababi (undov), sharti bo‘lsa, ustanovka – ana shu harakat yoki 
faoliyatni amalga oshirishga qaratilgan insondagi ichki psixologik holatdir. Amerikalik olim G. Ollport ijtimoiy ustanovkaning komponentli tizimini ishlab 
chiqqan:
A. Kognitiv komponent – ustanovka ob’ektiga aloqador bilimlar, g‘oyalar, 
tushuncha va tasavvurlar majmui;
B. Affektiv komponent – ustanovka ob’ektiga nisbatan su‘ekt his qiladigan 
real hissiyotlar (simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emotsional munosabatlar);
V. Harakat komponenti – sub‘ektning ob’ektga nisbatan real sharoitlarda 
amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan harakatlar majmui (xulkda namoyon bo‘lish).
Bu uchala komponentlar o‘zaro bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lib, vaziyatga 
qarab u yoki bu komponentning roli ustivorroq bo‘lishi mumkin. Shuni aytish 
lozimki, komponentlararo monandlik bo‘lmasligi ham mumkin. Masalan, ayrim 
talabalar talabalik burchi va tartib-intizom bilan juda yaxshi tanish bo‘lsalarda, har 
doim ham unga rioya qilavermaydilar. «Tasodifan dars qoldirish», «jamoatchilik 
joylarida tartibni buzish» kabi holatlar kognitiv va harakat-komponentlarida 
uyg‘unlik yo‘qligini ko‘rsatadi. Bu bir qarashda so‘z va ish birligi printsipining 
turli shaxslarda turlicha namoyon bo‘lishini eslatadi. Agar odam bir necha marta 
qaytarilsa, u bu holatga o‘rganib qoladi va ustanovkaga aylanib qolishi mumkin. 
Shuning uchun ham biz ijtimoiy normalar va sanktsiyalar vositasida bunday 
qarama-qarshilik va tafovut bo‘lmasligiga yoshlarni o‘rgatib borishimiz kerak. Bu 
shaxsning istiqboli va faoliyatining samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
KRASSVORD
S
H A
X
S
F
A
O
L
I
Y
A
T
I Savollar:
1. Uning jarayonida bilimlar, malaka va turlarning ko’nimalari 
o’zlashtiriladi. Bu qanday faoliyat?
2 .Bu faoliayatning maqsadi, albatta, biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni
yaratishdir. Bu qaysi faoliyat turi?
3. Ongli sub’ekt faoliaytda bo’ladigan, muloqot madaniyatiga ega bo’lgan, 
jamiyatda yashaydigan komil inson nima deyiladi?
4. Inson xulq-atvori uning bog’lanisshi, yo’nalishi va faolligini tushuntirib 
beruvchi psixologik sabablar majmui nima?
5. Aql, faxm-farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va 
jumboqlarni yechishga qaratilgan faoliyat nima?
6. Ijodiy jarayonlarda hayol va fantaziya vositasida hozir ongda berilmagan 
narsalarning xususiyatlarini anglash va xayolda tiklashga qaratilgan faoliyat turi.
7. Shaxs individual rivojlanishi jarayonida namoyon bo’ladigan faoliyat turi.
8. Turli xil faoliyat sohalarida muvafaqqiyatga erishish motivi nazariyasining
asoschilaridan biri kim?
9. Narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador materialning 
eslab qolinishi, esga tushirilishi hamda esda saqlab turilishi bilan biologic 
murakkab faoliyat turi.
10. U bevosita biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlar yaratishni nazarda 
tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va xilma-xil faoliyat 
normalari bola tomonidan o’zlashtiriladi. Bu qanday faoliyat turi?
11. Ustanovka obyektiga nisbatan subyekt his qiladigan real hissiyot qaysi 
komponent?
12. Atofdagi predmetlar to’g’risida yaxlit obraz shakllanishi to’g’risidagi 
faoliyat.
13. Ustanovka obyektiga aloqador bilimlar, g’oyalar tushunchalar va 
tasavvurlar majmui qanday komponent? Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Asmolov A. G. D е yat е lnost i ustanovka. M. Izd. MGU 1979
2. L е ont е v A.N. D е yat е lnost. Soznani е . Lichnost. M.1979.
3. Abulxanova - Slavskaya K. A. D е yat е lnosti. Psixologiya lichnosti. M.1980.
4. Kazakov V. G.Psixologiya. M1989, 55-68 b е tlar.
5. N е mov R.S. Psixologiya. M.1990.
6. Umumiy psixologiya, A. V. P е trovskiy taxr. T.1992, 97-134 b.

Shaxs va faoliyat Reja: 1. Shaxs va uning faolligi 2. Faoliyat turlari 3. Jismoniy va aqliy harakatlar 4. Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivatsiyasi 5. Motivlarning turlari.

Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, uz-uzini anglab, har bir harakatini muvofiklashtiruvchi shaxsga xos bulgan eng muxim va umumiy xususiyat – bu uning faolligidir. Faollik (lotincha «actus» - harakat, «activus» - faol so‘zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning xayotdagi barcha hatti harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyalardir. Bu- usha oddiy kulimizga kalam olib, biror chizikcha tortish bilan boglik elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uygonish paytlarimizda amalga oshiradigan mavxum fikrlashimizgacha bulgan murakkab harakatlarga aloqador ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada shaxs, uning ongi va uz- uzini anglashi muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashiga aloqador sifatlari orkali bayon etiladi.Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi: A. Tashqi faollik - bu tashkaridan uz ichki istak-xoxishlarimiz ta’sirida bevosita ko’rish, qayd qilish mumkin bulgan harakatlarimiz, mushaklarimizning harakatlari orqali namoyon bo‘ladigan faollik. B. Ichki faollik – bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi fiziologik jarayonlar (moddalar almashinuvi, qon aylanish, nafas olish, bosim uzgarishlari) hamda, ikkinchi tomondan, bevosita psixik jarayonlar, ya’ni aslida ko’rinmaydigan, lekin faoliyat kechishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni uz ichiga oladi. Misol tariqasida xayotdan shunday manzarani tasavvur kilaylik: uzok ayriliqdan sung ona uz farzandi visoliga yetdi. Tashki faolllikni biz onaning bolasiga intilishi, uni kuchoklashi, yuzlarini siylashi, kuzlaridan okkan sevinch yoshlarida ko’rsak, ichki faollik- usha kuz yoshlarini keltirib chikargan fiziologik jarayonlar, ichki soginchning asl sabablari (ayriliq muddati, nochorlik tufayli ayriliq kabi yashirin motivlar ta’siri), ko’rib idrok kilgandagi uzaro bir-birlariga intilishni ta’minlovchi ichki, bir qarashda ko'z bilan ilgab bulmaydigan emotsional holatlarda namoyon bo‘ladi. Lekin shu manzarani bevosita guvoxi bo‘lsak ham, taxminan qanday jarayonlar kechayotganligini tasavvur qilishimiz mumkin. Demak, ikkala turli faollik ham shaxsiy tajriba va rivojlanishning asosini tashkil

etadi. Bir qarashda har bir aniq shaxsga uning extiyojlariga boglik bo‘lib tuyulgan bunday faollik turlari aslida ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib,shaxsning jamiyat bilan bo‘ladigan murakkab va uz aro munosabatlarining okibati xisoblanadi Inson faolligi «harakat», «faoliyat», «xulk» tushunchalari bilan chambarchas boglik bo‘lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib takaladi. Shaxs aynan turli faolliklar jarayonida shakllanadi, uzligini namoyon kiladi ham. Demak, faollik yoki inson faoliyati passiv jarayon bulmay, ongli ravishda boshkariladigan faol jarayondir. Inson faolligini mujassamlashtiruvchi harakatlar jarayoni faoliyat deb yuritiladi. Ya’ni, faoliyat- inson ongi va tafakko’ri bilan boshkariladigan, undagi turli-tuman extiyojlardan kelib chikadigan, hamda tashki olamni va uz-uzini uzgartirish va takomillashtirishga karatilgan uziga xos faollik shaklidir. Bu-yosh bolaning real predmetlar moxiyatini uz tasavvurlari doirasida bilishga karatilgan uyin faoliyati, bu-moddiy ne‘matlar yaratishga karatilagn mehnat faoliyati, bu- yangi kashfiyotlar ochishga karatilgan ilmiy-tadkikotchilik faoliyati, bu- rekordlarni kupaytirishga karatilgan sportchining maxorati va shunga uxshasha. Shunisi xarakterliki, inson har dakikada qandaydir faoliyat turi bilan mashgul bo‘lib turadi. Jismoniy va aqliy harakatlar. Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turlicha ko’rinishlarda namoyon bo‘ladi. Kilinayotgan har bir harakat ma’lum narsaga – predmetga karatilgani uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui sifatida tasavvur kilinadi. Predmetli harakatlar tashki olamdagi predmetlar xususiyatlari va sifatini uzgartirishga karatilgan bo‘ladi. Masalan, ma’ruzani konspekt kilayotgan talabaning predmetli harakati yozuvga karatilgan bo‘lib, u avvalo usha daftardagi yozuvlar soni va sifatida uzgarishlar qilish orkali, bilimlar zaxirasini boyitayotgan bo‘ladi. Faoliyatning va uni tashkil etuvchi predmetli harakatlarning aynan nimalarga yunaltirilganiga karab, avvalo tashki va ichki faoliyat farklanadi. Tashki faoliyat shaxsni urab turgan tashki muxit va undagi narsa va xodisalarni uzgartirishga qaratilgan faoliayt bo’lsa, ichki faoliyat – birinchi navbatda aqliy faoliyat bo‘lib, u sof psixologik jaraenlarning kechishidan kelib chikadi. Kelib chikishi nuktai nazaridan ichki-aqliy, psixik faoliyat tashki

predmetli faoliyatdan kelib chikadi. Dastlab predmetli tashki faoliyat ruy beradi, tajriba orttirib borilgan sari sekin-asta bu harakatlar ichki aqliy jaraenga aylanib boradi. Buni nutk faoliyati misolida oladigan bo‘lsak, bola dastlabki so‘zlarni kattik tovush bilan tashki nutkida ifoda etadi, keyinchalik ishida uzicha gapirishga urganib,uylaydigan, muloxaza yuritadigan, uz oldiga maksad va rejalar kuyadigan bo‘lib boradi. Jismoniy va aqliy harakatlar. Har qanday sharoitda ham barcha harakatlar ham ichki-psixologik, ham tashki muvofiklik nuktai nazaridan ongi tomonidan boshkarilib boradi. Har qanday faoliyat tarkibida ham aqliy, ham jismoniy–motor harakatlar mujassam bo‘ladi .Masalan, fikrlaetgan donishmandni kuzatganmisiz?. Agar uylanaetgan odamni ziyraklik bilan kuzatsangiz, undagi yetakchi faoliyat aqliy bulgani bilan uning peshonalari, kuzlari, hattoki, tana va kul harakatlari juda muxim va jiddiy fikr xususida bir tuxtamga kelolmaetganidan, yeki yangi fikrni topib, undan mamnuniyat xis kilaetganligidan darak beradi. Bir qarashda tashki elementar ishni amalga oshiraetgan – misol uchun ,uzum kuchatini ortikcha barglardan xalos etaetgan bogbon harakatlari ham aqliy komponentlardan xoli emas, u kaysi bargning va nima uchun ortikcha ekanligidan anglab bilib turib olib tashlaydi Aqliy harakatlar-shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli – tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda shu narsa isbot kilinganki, bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham uz ichiga oladi.Bunday harakatlar kuyidagi ko’rinishlarda bulishi mumkin: pertseptiv -ya’ni bular shunday harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi predmetlar va xodisalar tugrisida yaxlit obraz shakllanadi; mnemik faoliyat – narsa va xodisalarning moxiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab kolinishi, esga tushirilishi hamda esda saklab turilishi bilan boglik murakkab faoliyat turi;

Загрузите документ, чтобы увидеть его полностью.