Shaxs va foaliyat


Shaxs va faoliyat Reja: 1. Shaxs va uning faolligi 2. Faoliyat turlari 3. Jismoniy va aqliy harakatlar 4. Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivatsiyasi 5. Motivlarning turlari. Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, uz-uzini anglab, har bir harakatini muvofiklashtiruvchi shaxsga xos bulgan eng muxim va umumiy xususiyat – bu uning faolligidir. Faollik (lotincha «actus» - harakat, «activus» - faol so‘zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning xayotdagi barcha hatti harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyalardir. Bu- usha oddiy kulimizga kalam olib, biror chizikcha tortish bilan boglik elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uygonish paytlarimizda amalga oshiradigan mavxum fikrlashimizgacha bulgan murakkab harakatlarga aloqador ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada shaxs, uning ongi va uz- uzini anglashi muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashiga aloqador sifatlari orkali bayon etiladi.Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi: A. Tashqi faollik - bu tashkaridan uz ichki istak-xoxishlarimiz ta’sirida bevosita ko’rish, qayd qilish mumkin bulgan harakatlarimiz, mushaklarimizning harakatlari orqali namoyon bo‘ladigan faollik. B. Ichki faollik – bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi fiziologik jarayonlar (moddalar almashinuvi, qon aylanish, nafas olish, bosim uzgarishlari) hamda, ikkinchi tomondan, bevosita psixik jarayonlar, ya’ni aslida ko’rinmaydigan, lekin faoliyat kechishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni uz ichiga oladi. Misol tariqasida xayotdan shunday manzarani tasavvur kilaylik: uzok ayriliqdan sung ona uz farzandi visoliga yetdi. Tashki faolllikni biz onaning bolasiga intilishi, uni kuchoklashi, yuzlarini siylashi, kuzlaridan okkan sevinch yoshlarida ko’rsak, ichki faollik- usha kuz yoshlarini keltirib chikargan fiziologik jarayonlar, ichki soginchning asl sabablari (ayriliq muddati, nochorlik tufayli ayriliq kabi yashirin motivlar ta’siri), ko’rib idrok kilgandagi uzaro bir-birlariga intilishni ta’minlovchi ichki, bir qarashda ko'z bilan ilgab bulmaydigan emotsional holatlarda namoyon bo‘ladi. Lekin shu manzarani bevosita guvoxi bo‘lsak ham, taxminan qanday jarayonlar kechayotganligini tasavvur qilishimiz mumkin. Demak, ikkala turli faollik ham shaxsiy tajriba va rivojlanishning asosini tashkil etadi. Bir qarashda har bir aniq shaxsga uning extiyojlariga boglik bo‘lib tuyulgan bunday faollik turlari aslida ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib,shaxsning jamiyat bilan bo‘ladigan murakkab va uz aro munosabatlarining okibati xisoblanadi Inson faolligi «harakat», «faoliyat», «xulk» tushunchalari bilan chambarchas boglik bo‘lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib takaladi. Shaxs aynan turli
faolliklar jarayonida shakllanadi, uzligini namoyon kiladi ham. Demak, faollik yoki inson faoliyati passiv jarayon bulmay, ongli ravishda boshkariladigan faol jarayondir. Inson faolligini mujassamlashtiruvchi harakatlar jarayoni faoliyat deb yuritiladi. Ya’ni, faoliyat- inson ongi va tafakko’ri bilan boshkariladigan, undagi turli-tuman extiyojlardan kelib chikadigan, hamda tashki olamni va uz-uzini uzgartirish va takomillashtirishga karatilgan uziga xos faollik shaklidir. Bu-yosh bolaning real predmetlar moxiyatini uz tasavvurlari doirasida bilishga karatilgan uyin faoliyati, bu-moddiy ne‘matlar yaratishga karatilagn mehnat faoliyati, bu- yangi kashfiyotlar ochishga karatilgan ilmiy-tadkikotchilik faoliyati, bu- rekordlarni kupaytirishga karatilgan sportchining maxorati va shunga uxshasha. Shunisi xarakterliki, inson har dakikada qandaydir faoliyat turi bilan mashgul bo‘lib turadi. Jismoniy va aqliy harakatlar. Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turlicha ko’rinishlarda namoyon bo‘ladi. Kilinayotgan har bir harakat ma’lum narsaga – predmetga karatilgani uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui sifatida tasavvur kilinadi. Predmetli harakatlar tashki olamdagi predmetlar xususiyatlari va sifatini uzgartirishga karatilgan bo‘ladi. Masalan, ma’ruzani konspekt kilayotgan talabaning predmetli harakati yozuvga karatilgan bo‘lib, u avvalo usha daftardagi yozuvlar soni va sifatida uzgarishlar qilish orkali, bilimlar zaxirasini boyitayotgan bo‘ladi. Faoliyatning va uni tashkil etuvchi predmetli harakatlarning aynan nimalarga yunaltirilganiga karab, avvalo tashki va ichki faoliyat farklanadi. Tashki faoliyat shaxsni urab turgan tashki muxit va undagi narsa va xodisalarni uzgartirishga qaratilgan faoliayt bo’lsa, ichki faoliyat – birinchi navbatda aqliy faoliyat bo‘lib, u sof psixologik jaraenlarning kechishidan kelib chikadi. Kelib chikishi nuktai nazaridan ichki-aqliy, psixik faoliyat tashki predmetli faoliyatdan kelib chikadi. Dastlab predmetli tashki faoliyat ruy beradi, tajriba orttirib borilgan sari sekin-asta bu harakatlar ichki aqliy jaraenga aylanib boradi. Buni nutk faoliyati misolida oladigan bo‘lsak, bola dastlabki so‘zlarni kattik tovush bilan tashki nutkida ifoda etadi, keyinchalik ishida uzicha gapirishga urganib,uylaydigan, muloxaza yuritadigan, uz oldiga maksad va rejalar kuyadigan bo‘lib boradi. Jismoniy va aqliy harakatlar. Har qanday sharoitda ham barcha harakatlar ham ichki-psixologik, ham tashki muvofiklik nuktai nazaridan ongi tomonidan boshkarilib boradi. Har qanday faoliyat tarkibida ham aqliy, ham jismoniy–motor harakatlar mujassam bo‘ladi .Masalan, fikrlaetgan donishmandni kuzatganmisiz?. Agar uylanaetgan odamni ziyraklik bilan kuzatsangiz, undagi yetakchi faoliyat aqliy bulgani bilan uning peshonalari, kuzlari, hattoki, tana va kul harakatlari juda muxim va jiddiy fikr xususida bir tuxtamga kelolmaetganidan, yeki yangi fikrni topib, undan mamnuniyat xis kilaetganligidan darak beradi. Bir qarashda tashki elementar ishni amalga oshiraetgan – misol uchun ,uzum kuchatini ortikcha barglardan xalos etaetgan bogbon harakatlari ham aqliy komponentlardan xoli emas, u kaysi bargning va nima uchun ortikcha ekanligidan anglab bilib turib olib tashlaydi Aqliy harakatlar-shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli – tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda
shu narsa isbot kilinganki, bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham uz ichiga oladi.Bunday harakatlar kuyidagi ko’rinishlarda bulishi mumkin: pertseptiv -ya’ni bular shunday harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi predmetlar va xodisalar tugrisida yaxlit obraz shakllanadi; mnemik faoliyat – narsa va xodisalarning moxiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab kolinishi, esga tushirilishi hamda esda saklab turilishi bilan boglik murakkab faoliyat turi; fikrlash faoliyati - akl, faxm – farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va jumboklarni yechishga karatilgan faoliyat; imajitiv – («image»-obraz suzidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy jarayonlarda xayol va fantaziya vositasida xozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va xayolda tiklashni takozo etadi. Yukorida ta’kidlaganimizdek, har qanday faoliyat ham tashki harakatlar asosida shakllanadi va motor komponentlardan iborat bulishi mumkin. Agar tashki faoliyat asosida psixik jarayonlarga utish ruy bergan bulsa, bunday jarayonni psixologiyada interiorizatsiya deb ataladi, aksincha, aklda shakllangan goyalarni bevosita tashki harakatlarda yoki tashki faoliyatga kuchirilishi eksteriorizatsiya deb yuritiladi. Faoliyat turlari yana ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko’ra ham farklanadi. Masalan, shunday bulishi mumkinki, ayrim xaarakatlar boshida har bir elementni jiddiy ravishda, aloxida-aloxida bajarishni va bunga butun dikkat va ongning yunalishini talab kiladi. Lekin vakt utgach, bara-bora unda ongning ishtiroki kamayib, kupgina kismlar avtomatlashib boradi. Bu oddiy tilga ugirilganda, malaka xosil bo‘ladi deyiladi. Masalan, har birimiz shu tarzda xat yozishga urganganmiz. Agar malakalarimiz kat‘iy tarzda bizdagi bilimlarga tayansa, faoliyatning maksadi va talablariga ko’ra harakatlarni muvaffakiyatli bajarishni ta’minlasa, biz buni kunikmalar deb ataymiz. Kunikmalar – doimo bizdagi aniq bilimlarga tayanadi. Masalan, kunikma va malakalar uzaro boglik bo‘ladi, shuning uchun ham ukuv faoliyati jaarayonida shakllanadigan barcha kunikmalar va malakalar shaxsning muvaffakiyatli ukishini ta’minlaydi. Ikkalasi ham mashklar va kaytarishlar vositasida mustaxkamlanadi. Agar, fakat malakani oladigan bo‘lsak, uning shakllanish yullari kuyidagicha bulishi mumkin: *oddiy namoyish etish yo‘li bilan; *tushuntirish yo‘li bilan; *ko‘rsatish bilan tushuntirishni uyg‘unlashtirish yo‘li bilan. Xayotda ko‘nikma va malakalarning ahamiyati katta. Ular bizning jismoniy va aqliy urinishlarimizni yengillashtiradi va o‘qishda, mehnatda, sport sohasida va ijodiyotda muvaffaqiyatlarga erishishimizni ta’minlaydi. Faoliyatni klassifikatsiya qilish va turlarga bo‘lishning yana bir keng tarqalgan usuli – bu barcha insonlarga xos bo‘lgan asosiy faolllik turlari buyicha tabaqalashdir. Bu – muloqot, o‘yin, o‘qsh va mehnat faoliyatlaridir.
Muloqot- shaxs individual rivojlanishi jarayonida namoyon bo‘ladigan birlamchi faoliyat turlaridan biri. Bu faoliyat insondagi kuchli ehtiyojlardan biri- inson bulish, odamlarga uxshab gapirish, ularni tushunish,sevish, uzaro munosabatlarni muvofiklashtirishga karatilgan extiyojlaridan kelib chikadi. Shaxs uz tarakkiyotini aynan shu faoliyat turini egallashdan boshlaydi va nutki orkali (verbal) va nuktsiz vositalar (noverbal) yordamida boshka faoliyat turlarini mukammal egallashga zamin yaratadi. O‘yin – shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy ne‘matlar yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va xilma-xil faoliyat normalari, harakatlarning simvolik andozalari bola tomonidan uzlashtiriladi. Bolatoki uynamaguncha, kattalar hatti-harakatlarining ma’no va moxiyatini anglab yetlmaydi. O‘qish faoliyati ham shaxs kamolotida katta rol uynaydi va ma’no kasb etadi. Bu shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turlarni kunikmalar uzlashtiriladi. Mehnat qilish ham eng tabiiy extiyojlarga asoslangan faoliyat bo‘lib, uning maksadi, albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne‘matlarni yaratish, jamiyat tarakkiyotiga xissa kushishdir. Har qanday kasbni egallash, nafakat egallash, balki uni maxorat bilan amalga oshirishda faoliyatning barcha konuniyatlari va mexanizmlari amal kiladi. Oddiygina biror kasb malakasini egallash uchun ham unga aloqador bulgan ma’lumotlarni eslab kolish va kerak bulganda yana esga tushurish orkali uni bajarish buldmay, balki ham ichki (psixik), ham tashki (predmetgayunaltirishgan) harakatlarni ongli tarzda bajarish bilan boglik murakkab jarayonlar yotishini unutmaslik kerak. Lekin har bir shaxsni u yoki bu faoliyat turi bilan shugullanishiga majbur qilgan psixologik omillar- sabablar muhim bo‘lib, bu faoliyat motivlaridir Yuqorida biz tanishib chiqqan faoliyat turlari o‘z-o‘zidan ro‘y bermaydi. Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o‘zini qanday tutishi, egallagan mavqei ham sababsiz, o‘z-o‘zidan ro‘y bermaydi. Faoliyatning amalga oshishi va shaxs hulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada «motiv» va «motivatsiya» tushunchalari ishlatiladi. «Motivatsiya» tushunchasi «motiv» tushnchasidan kengroq ma’no va mazmunga ega. Motivatsiya – inson xulq-atvori, uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va faolliginitushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo‘lganda ishlatiladi, ya’ni: «nega?», «nima uchun?», «nima maqsadda?» degan savollarga javob qidirish- motivatsiyani qidirish demakdir. Demak, u xulqning motivatsion tasnifini yoritishga olib keladi. Shaxsning jamiyatda odamlar orasiidagi xulqi va o‘zini tuutishi sabablarini o‘rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan narsa bo‘lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi: a) ichki sabablar, ya’ni hatti-harakat egasining sub‘ektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo‘ljallar, istaklar, qiziqishlar va hakozolar); b) tashqi sabablar – faoliyatning