logo

SHAXSNING HISSIY-EMOTSIOANL SOHASI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

57.7265625 KB
MAVZU:  S H AXSNING  H ISSIY- EMOTSIOANL  SO H ASI
Reja:
1. Hissiyot haqida tushuncha
2. Hissiyotning nerv-fiziologik asoslari
3. Inson va hayvonlardagi emotsiyalar
4. Hissiy holatlarning ifodalanishi
5. Hislarni kechirish shakllari
6. Yuksak hislar 1.  Hissiyot haqida tushuncha
Odam   tashqi   muhitdagi   turli-tuman   narsa   va   hodisalarni   idrok   qilar   ekan,
hech   vaqt   bu   narsalarga   batamom   befarq   bo’lmaydi.   Odamning   aks   ettirish
jarayoni  doimo faol xarakterga egadir. Aks ettirish jarayoni quyidagilarni qamrab
oladi:
a) shaxsning ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini;
b)   qondirishga   yordam   beradigan   yoki   qarshilik   ko’rsatadigan   ob'ektlarga   sub'ekt
sifatida qatnashishi; 
v) uni harakat qildiruvchi bilimga intiltiruvchi munosabatlar va hokazo.
Chunki   odam   atrofidagi   har   turli   narsalarni   idrok   qilib   aks   ettirar   ekan,   bu
narsalarga   nisbatan   ma'lum   munosabatda   bo’ladi.   Masalan,   bizga   ayrim   narsalar
yoqsa,   ya'ni   kayfiyatimizni   ko’tarib   yuborsa,   boshqa   bir   narsalar   yoqmaydi   va
kayfiyatimizni   buzib,   dilimizni   xira   qiladi.   Ba'zi   bir   ovqatni   odam   juda   ham
yoqtiradi,   boshqa   bir   ovqatni   esa   mutlaqo   ko’rgisi   kelmaydi   yoki   ayrim   odamlar
bizga   xush   keladi   yoki   boshqa   bir   odamlar   esa   noxush   keladi.   Umuman   odam
atrofidagi hamma narsalarga nisbatan munosabatda bo’ladi va uning munosabatlari
ham aks ettiriladi.
Kishilar   idrok   qilayotgan,   ko’rayotgan,   eshitayotgan,   bajarayotgan,
o’ylayotgan,   orzu   qiladigan   narsalarga   befarq   bo’lmaydilar.   Bir   xil   predmetlar,
shaxslar,   xarakterlar,   voqealar   bizni   quvontiradi,   boshqalari   xafa   qiladi   yana
boshqalari g’azab, nafratimizni uyg’otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo’rquvni
his   qilamiz,   dushman   ustidan   g’alaba   qozonish   yoki   qiyinchilikni   yengish   zavq
uyg’otadi. 
Hissiyot   tushunchasiga   adabiyotlarda   turlicha   ta'riflar   uchraydi   jumladan;
A.V.Petrovskiy  tahriri ostida chiqqan "Umumiy psixologiya" darsligida  hissiyot   -
kishining   o’z   hayotida   nimalar   yuz   berayotganiga,   nimalarni   bilib   olayotganiga
yoki   nima   bilan   mashg’ul   bo’layotganiga   nisbatan   o’zicha   turli   xil   shaklda
bildiradigan   kichik   munosabatdir.   M.Vohidovning   "Bolalar   psixologiyasi"   o’quv
qo’llanmasida   hissiyot   deb   -   tashqi   olamdagi   narsa   va   hodisalarga   bo’lgan   ichki
kechinmalarimizning   ongimizda   aks   ettirilishga   aytiladi.   Q.Turg’unov muallifligidagi   lug’atda   hissiyot- shaxsning   voqelikdagi   narsa   va   hodisalarga,
kishilarga   hamda   o’z-o’ziga   bo’lgan   munosabatlarida   kelib   chiqadigan   yoqimli
yoki   yoqimsiz   kechinmalardan   iborat.   Professor   E.G’oziev   muallifligidagi
"Umumiy   psixologiya"   darsligida   hissiyot-   odamda,   tirik   mavjudotlar   miyasida,
ya'ni   shaxslarning   ehtiyojlarini   qondiruvchi   va   unga  monelik   qiluvchi   ob'ektlarga
nisbatan uning munosabatlarini aks ettirish ma'nosida qo’llaniladi.
Yuqoridagi ta'riflardan ko’rinib turibdiki, hissiyot bizning tuyg’ularimizning
o’ziga   xos   aks   ettirish   jarayoni   bo’lib,   bunda   narsa   va   hodisalarni   aks   ettirish
jarayonida   bizda   tug’iladigan   ichki   kechinmalar   va   munosabatlar   aks   ettiriladi.
Demak,   hissiyotlar   o’z-   o’zidan   yuzaga   kelmasdan,   tashqi   olamdagi   narsa   va
hodisalarning ta'siri bilan bog’liq ravishda yuzaga keladi.
Adabiyotlarda   hissiyot   bilan   birga   emotsiya   tushunchasi   ham   keng   doirada
qo’llaniladi. Aynan emotsiya tushunchasining mazmuni nimadan iborat va hissiyot
tushunchasi bilan o’zaro bog’liqligi qanday degan savol tug’iladi? Shunga muvofiq
emotsiya   tushunchasining   mazmun   mohiyatini   yoritadigan   bo’lsak;   jumladan
professor   E.G. ’ G’ozievning   "Umumiy   psixologiya"   darsligida   emotsiya- odatda
tashqi alomatlari yaqqol namoyon bo’ladigan his-tuyg’ularni, ichki kechinmalarni
ifodalanishidan   iborat   psixik   jarayonni   yuzaga   kelishining   aniq   shaklidir,   deb
ta'riflanadi.
Emotsiya   -   shaxsning   voqelikka   o’z   munosabatini   his   qilishidan   kelib
chiqadigan,   uning   ehtiyoj   va   qiziqishlari   bilan   bog’liq   bo’lgan   yoqimli   yoki
yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan ta'riflardan ko’rinadiki, hissiyot tushunchasi
emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo’lib, shaxsning kundalik hayoti, turmush
tarzidagi barcha jabhalarni qamrab oladi.
Hissiyotlar   o’zining   yuzaga   kelishi   nuqtai   nazaridan   odamning   ehtiyojlari,
qiziqishlari   va   intilishlari   bilan   bog’liq   bo’ladi.   Masalan,   odamning   organik
ehtiyojlarini   qondirishi   bilan   bog’liq   bo’lgan   hissiyotlar   odamda   rohatlanish,
qanoatlanish   tuyg’usini   yuzaga   keltiradi.   Organik   hissiyotlarni   qondira   olmaslik
odamning   ruhini   tushirib,   kayfiyatini   buzib,   azoblanish,   toqatsizlanish   hissiga
sabab bo’ladi. Odamning   hissiyotlari   uning   mazmuni   hamda   shakllari,   ijtimoiy-   tarixiy
sharoit   bilan   bog’liq   bo’ladi.   Ijtimoiy   tarixiy   taraqqiyot   davrida   odamning
ehtiyojlari   o’zgarib   boradi.   Natijada   odamda   borgan   sari   yangi,   yangi   hissiyotlar,
chunonchi, ma'naviy, intellektual va estetik hissiyotlar paydo bo’ladi. 
Hissiyotlar   ham   boshqa   bilish   jarayonlari   kabi   odamning   faoliyatlari
davomida   namoyon   bo’ladi.   Masalan,   mehnatsevarlik   hissini   yuzaga   keltirish
uchun ma'lum muddat davomida ijtimoiy foydali mehnat bilan shug’ullanish kerak.
U yoki bu faoliyat davrida yuzaga kelgan hissiyot ana shu faoliyatning o’ziga ta'sir
qilib, uni o’zgartiradi. Masalan, hohlamasdan o’zini majbur qilib ishlayotgan odam
bilan o’zi hohlab sitqidildan ishlayotgan odam ishining unumdorligi o’rtasida juda
katta   farq   mavjud.   Odamning   kayfiyati   yaxshi   xursand,   ruhi   tetik   bo’lganda   ishi
ham   barakali   bo’ladi,   aksincha   odamning   dili   ham,   qandaydir   tashvishli   yoki
g’amgin   bo’lganda   qo’li   ishga   bormaydi.   Ana   shu   jihatdan   olganda   hissiyotning
inson hayotidagi roli juda kattadir. Hissiyot  boshqa bilish jarayonlariga ham ta'sir
qiladi. Masalan, odamning ruhi tetik, xursand bo’lgan paytda, idroki hali juda jonli,
esda olib qolishi, tuyg’ularga boy, tafakkuri o’tkir, nutqi burro bo’ladi. 
Hissiyot   odamda   sodir   bo’layotgan   hodisa   va   narsalardan   shaxs   sifatidagi
odam   uchun   ahamiyatli   bo’lganlari   haqida   darak   beruvchi   signallar   tizimi
hisoblanadi.   Mazkur   holda   sezgi   a'zolariga   ta'sir   qiluvchi   cheksiz   miqdordagi
qo’zg’ovchilardan aniq bo’lib ajraladi, ba'zilari bir-birlari bilan qo’shilib ketadi va
paydo   bo’lgan   hissiyot   bilan   birlashib   ketadi.   Natijada   taassurot   uyg’otib,   biror
hissiy   nom   bilan   ifodalangan   xotira   obrazlari   tariqasida   saqlanib   qoladi.   Buni
fiziologik   jihatdan   shunday   tushuntirish   mumkin:   ma'lum   qo’zg’atuvchilar   tirik
mavjudotlar   uchun   xotirjamlik   haqida   darak   beruvchiga   aylanadi.   Hissiy
kechinmalar   esa   insonning   shaxsiy   tajribasida   tarkib   topadigan   reflekslar   tizimini
mustahkamlash   sifatida   namoyon   bo’ladi.   Hissiyotning   mana   shu   darak
beruvchilik   vazifasi   psixologiyada   hissiyotning   impressiv   tomoni   deb   ataladi.
Impressiv  so’zi lotincha taassurot degan ma'noni anglatadi.  I.P.Pavlov   tirik mavjudotlarning atrofimizdagi  muhitga moslashuvida  hosil
qiladigan   buziladigan   dinamik   streotiplar   orqali   biror   hissiyot   va   emosional
kechinmalarning ijobiy va salbiy sifatlarini tushuntirib beradi. 
Dinamik stereotip deganda tashqi qaytarilish natijasida hosil qilingan shartli
reflekslar,   nerv   bog’lanishlarining   barqaror   tizimi   tushuniladi.   Har   turli
qiyinchiliklar   va   qarshiliklarga   duch   kelishi   natijasida   dinamik   stereotiplarning
"o’zgarishi"   salbiy   emosional   holatni   yuzaga   keltiradi.   Hissiyot   bu   uning
kechirilishining   turli   shakllari   faqat   darak   vazifasini   emas,   balki   boshqaruvchilik
funksiyasini   ham   bajaradi.   Emotsiya   harakatlari   juda   ko’p   tana   o’zgarishlar
ifodalanadi.   Odam   organizmidagi   o’zgarishlar   kechirilayotgan   hissiyotning
ob'ektiv   ko’rsatkichi   hisoblanadi.   Moslashish   xarakteriga   oid   bo’lgan,   ya'ni
ovozning o’zgarishi, mimika, imo-ishora, organizmda sodir bo’ladigan jarayonning
qayta   o’zgarishidan   iborat   ixtiyorsiz   va   ongli   harakatlar   psixologiyada   emosional
harakatlarning  ekspressiv tomoni  deb ataladi. 
Hissiyotlar   odatda   juft-juft   bo’lib   uchraydi.   Masalan,   yoqimli-   yoqimsiz,
xush-noxush, xursand-xafa, g’azab-muhabbat, nafrat  kabi  ana  shunday hissiyotlar
sub'ektiv   xarakterga   ega   bo’ladilar,   lekin   ularning   tashqi   ifodasi   ham   bo’ladi.
Masalan,   hushchaqchaq   odam   bilan   g’amgin   odamning   yuz   ifodasini   ko’z
oldimizga   keltirib   ko’rish   mumkin.   Aynan   mazkur   jarayon   psixologiyada
ambivalentlik   yoki   ikki   taraflamalik   deb   ataladi.   Ambivalentlik   -   lotincha   har
tomonlama kuchga ega ma'nosini anglatib kishining bir ob'ektning o’ziga nisbatan
bir vaqtning o’zida paydo bo’ladigan bir-biriga qarama - qarshi emosional irodaviy
holatdir.
Hissiyotda   ambivalentlik   bu   rohatlanish   va   azoblanishni   birga   qo’shilib   va
biri ikkinchisiga o’tib ketmaydigan emas, balki bunda birga bo’lish kechiriladigan
hissiyotning   zarur   xarakterli   sifatlaridan   birini   tashkil   qiladi.   Masalan,   rashk
hissida muhabbat va nafrat.
2. Hissiyotning nerv-fiziologik asoslari Hissiyot   boshqa   hamma   psixik   jarayonlar   kabi   bosh   miya   po’sti   qismining
faoliyati bilan bog’liqdir. Bosh miya hissiyotlarning kuchini va barqarorligini idora
qilib   turadi.   Hissiyotlar   boshqa   bilish   jarayonlaridan   farqli   bosh   miya   po’stining
faoliyatidan   tashqari   organizmning   ichki   a'zolari   faoliyati   bilan   ham   bog’liqdir,
boshqacha qilib aytganda hissiyotlar vegetativ nerv tizimining faoliyati bilan ham
bog’liqdir. Chunonchi, odam qattiq uyalgan paytida qizarib ketadi, qattiq qo’rqqan
paytida esa rangi o’chib, qaltirab ketadi, xattoki odamning ovozida ham o’zgarish
paydo  bo’ladi.   Ana  shunday   hissiy   holat   yuz   bergan  paytda   odamning   yuragi   tez
ura boshlaydi, nafas olishi ham tezlashadi. 
Demak,   odam   ma'lum   hissiy   holatni   boshdan   kechirayotgan   paytda   uning
qon   aylanish   tizimi,   nafas   olish   organlari   nutq   apparatlari   ichki   sekresiya   bezlari
ham   qatnashadi.   Masalan,   materialni   yaxshi   bilmaydigan   talaba   imtihon
topshirayotganda   terlab   ketadi,   tomog’iga   nimadir   tiqilib,   gapini   gapira   olmay
qoladi.   Odamda   qattiq   qo’rqish   paytida   "Yuragi   orqaga   tortib   ketdi",   "Sovuq   ter
bosib   ketdi"   kabi   iboralarning   ishlatilishi   hissiyot   paytida   odamning   ichki
a'zolarining ishtirok etishidan dalolat beradi.
Juda   ko’p   hissiy   holatlar   bosh   miyaning   yaqin   po’stloq   osti   qismlarining
oraliqi   bilan   ham   bog’liqdir.   Masalan,   ko’rish   tepaligi   deb   ataluvchi   qism   ayrim
hislarni ifodalaydigan ixtiyorsiz  harakatlarning markazi hisoblanadi. 
Odamda   uchraydigan   yuksak   ma'naviy   hissiyotlar   ham   o’zining   nerv-
fiziologik   asosiga   ega   bo’lishi   kerak   (chunonchi   intellektual,   ahloqiy,   estetik
hissiyotlar).   Bu   jihatdan   akademik   I.P.Pavlovning   dinamik   streotip   haqidagi
ta'limoti juda katta ahamiyatga egadir. Bu haqda akademik I.P.Pavlov shunday deb
yozgan   edi:   "Menimcha,   ko’pincha   odatdagi   turmush   tartibining   o’zgargan
paytlarida odat bo’lib, qolgan birorta mashg’ulot yaqin kishidan judo bo’lganda,
aqliy   iztirob   chog’ida   kechiriladigan   og’ir   hissiyotlarning   fiziologik   asosi   xuddi
eski   dinamik   streotipning   o’zgarishi,   uning   yo’qolishi   va   yangi   dinamik
streotipning qat'iylik bilan hosil bo’lishidan iborat bo’lsa kerak".
Ayrim murakkab hissiyotlarning asosida dinamik streotipning yotishi yaqqol
ko’rinadi.   Masalan,   estetik   hissiyotni   oladigan   bo’lsak,   biron   yoqimli   ko’ydan lazzatlanish,   yoki   biron   mashhur   rassomning   ishlagan   ajoyib   suratlarini   tomosha
qilib,   rohatlanish   estetik   hissiyot   hisoblanadi.   Agar   bu   hissiyotlarning   nerv-
fiziologik   asoslarini   tahlil   qiladigan   bo’lsak,   quyidagilarni   ko’rishimiz   mumkin.
Masalan,   bizga   juda   yoqadigan   kuy   boshqa   millat   odamiga   yoqmasligi   mumkin.
Bunda ajablanishga hech qanday o’rin yo’q. Biz yoshlikdan boshlab mazkur kuyni
bir   necha   yuz   marotalab   eshitib   borishimiz   natijasida   ana   shu   kuyga   nisbatan
deyarli   buzib   bo’lmaydigan   nihoyatda   murakkab   dinamik   streotip   yuzaga   keladi.
Ana   shuning   uchun   ayrim   kuylar   bizga   yoqadi,   ayrimlari   esa   yoqmaydi.   Suratlar
masalasiga   kelganda   shuni   aytish   kerakki,   qadimgi   klassik   asarlar   ularning
ishlanish uslubi realligi bizni hayratda qoldirib zavq tug’diradi. Aksincha, hozirgi
rassomlar   tomonidan   ishlangan   rasmlar   odamda   qandaydir   noxush   hissiyotni
tug’diradi.   Demak,   uzoq   yillar   davomida   yuzaga   keladigan   dinamik   streotiplar
ayrim murakkab qismni tashkil qiladi.
Shunday   qilib,   hissiyot   vegetativ   nerv   tizimi   orqali   boshqariladigan   ichki
a'zo   faoliyati   bilan   bog’liq   bo’lsa   ham   bari   bir   bosh   miya   po’sti   orqali   idora
qilinadi.   Chunki   akademik   I.V.Pavlovning   fikricha,   odamning   butun   a'zoyi
badanida   bo’ladigan   har   qanday   hodisalarning   hammasini   bosh   miya   po’sti
qismidagi   neyronlar   idora   qiladi.   Ana   shu   jihatdan   olganda   hissiyotning   nerv-
fiziologik asosi bosh miya po’sti bilan bog’liq. 
3. Inson va hayvonlardagi emotsiyalar
Odam   his-tuyg’ulari   bilan   hayvon   hissiyotlari   o’rtasida   juda   katta   farq
bo’ladi.   Odamda   juda   ko’p   miqdorda   his-tuyg’ular   borki,   bunday   hissiyotlar
hayvonlarda   uchramaydi.   Shuning   uchun   ham   odam   ham   xayvon   uchun   umumiy
bo’lgan   g’azablanish,   qo’rqish,   jinsiy   hissiyot,   qiziquvchanlik,   xursandchilik,
g’amginlik   emotsiyalari   hayvonlarda   sifat   jihatidan   farq   qiladi.   Shu   o’rinda
S.Shexterning   emosional   faktorlarning   paydo   bo’lishi   kognitiv-fiziologik
konsepsiyasini keltirib o’tish joiz. Insoniy emotsiyalar "insoniylashtirilgan" ijtimoiy sharoit bilan bog’liq holda
namoyon   bo’ladi.   Emotsiyalarning   "insoniylashuvi"   shunday   namoyon   bo’ladiki,
ichdan kechadigan hissiyotlar mazmuni, juda boy va murakkabdir. Odamlar bilan
mehnat,   siyosat,   madaniyati,   oilaviy   hayot   o’rtasida   paydo   bo’lgan
munosabatlarning ko’pligi, sof insoniy hissiyotlarning paydo bo’lishiga olib keladi.
Ular   bolalarga   odob   bilan   javob   berishni,   suhbatdoshiga   ochiq   ko’ngillik
bilan jilmayish, keksalar va nogironlarga hurmat bilan joy berishni o’rgatdi. Odam
o’z   hissiyotlarini   o’zi   boshqaradi.   Ba'zi   kishilar   emotsiyalarini   yashirish   niyatida
qarama-qarshi  emotsiyalarni   ifodalaydilar.  Masalan,  qayg’urish  yoki  qattiq  og’riq
paytida kulimsirash, kulgilari kelgan paytda yuzlarini jiddiy, o’ychan holga keltira
oladilar.   Lekin   o’zining   imo-   ishoralari   va   mimikalarini   boshqara   olishga
qaraganda nafas olish, qon aylanish va ovqat hazm qilish tizimidagi o’zgarishlarni
ushlab  qolish  juda qiyin  bo’ladi.  Odam  xayajonlangan  paytda  bir  maromda nafas
ola   biladi,   ko’z   yoshlarini   ushlab   qola   oladi,   lekin   rangini   o’zgartirish   yoki
qizartirishga   qodir   emas.   Ammo   emotsiyalarni   paydo   qiluvchi   narsalardan   o’zini
chalg’itishi mumkin. 
4. Hissiy holatlarning ifodalanishiFizik faktorlar (ta'sir etuvchi 
stimullar) Psixologik (kognitiv) faktorlar: 
xotira, aktual qiziqish) va extiyojlar 
nuqtainazaridan vaziyatni baholash  
Emosional kechinma (fizik, fiziologik va psixologik omillar 
asosida)
Fiziologik omillar (nerv-muskul tizimini  o'zgarishi) Hissiy holatlarning ifodalanishi   birinchidan,   ifodali harakatlar (yuz ifodasi,
qo’l,   oyoq   harakatlari),   ikkinchidan   organizmdagi   turli   hodisalarni,   ya'ni   ichki
a'zolar   faoliyatining   va   holatining   o’zgarishida,   uchinchidan   tabiatda,   ya'ni
organizm   qon   tarkibidagi   va   boshqa   suyuqliklardagi   kimyoviy   o’zgarishlarni,
shuning   bilan   birga   modda   almashinuvida   bo’ladigan   o’zgarishlarni   o’z   tarkibiga
oladi. 
His-tuyg’ularning   tashqi   ifodasiga   yuz   ifodasi,   imo-ishora,   vajohat   va
qaddu-qomatning   o’zgarishi,   ayiruv,   tashqi   chiqaruv   bezlarining   faoliyati   (so’lak,
ter ajralishi) va ayrim harakatlar xususiyatlaridagi  o’zgarishlarni kiritish mumkin.
Bunga nutqning faol o’zgarishlari, "ovoz mimikasi" va gaplar tarkibining sintaksis
o’zgarishi,   "tutilmasdan   gapirish",   yoki   alo?ida   "silliqlik"   hamda   "ifodalilik"ning
yuzaga   kelishi   nihoyat   hissiyot   o’zining   to’la   qisman   ifodasini   topadigan   xatti-
harakatlarga   taalluqlidir.   Kishining   emosional   kechinmalari   vaqtida   nutqining
tezligi   o’zgaradi.   Ko’pincha   nutqning   sintaksis   tuzilishi   buziladi,   tezligi   va
ahamiyati   o’zgaradi.   O’tkazilgan   tekshirishlar   shuni   ko’rsatadiki,   g’amginlik   va
ma'yuslik   hislarini   ifodalovchi   kishining   ovozi   beixtiyor   pasayib   ketadi,
so’zlashgan kishining tovushi ham bo’linib-bo’linib chiqadi.
5. Hislarni kechirish shakllari
Hissiyot   kechinmalari   turli   holatlarda   turlicha   tezlik   bilan   paydo   bo’ladi.
Ba'zan   hissiyot   to’satdan,   darhol   paydo   bo’ladi.   Masalan,   kishi   birdan   xursand
bo’lib  ketadi, darhol   g’azabga  keladi,  achchiqlanadi  va  hokozo. Lekin ba'zan   shu
hissiyotlar o’zi dafa'tan qo’zg’almaydi, balki asta-sekin tug’ila boshlaydi. Shunday
hissiy kechinmalarning qay darajada tez paydo bo’lmasligini  belgilash  qiyin yoki
butunlay   bilib   bo’lmaydi.   Emosional   kechinmalarning   kuchi   turlicha   bo’lishi
mumkin.   Hissiyotlarni   kuchi   avvalo   yoqimli   va   yoqimsiz   tuyg’ularning   naqadar
kuchli   bo’lishidadir.   Hissiyotning   kuchi   shu   hissiyotni   shaxsning   naqadar   ehtiros
bilan kechirilganligi bilan belgilanadi. 
Hissiyotning   qo’zg’alish   xususiyatlari   paydo   bo’lish   yo’lini   kuchi   va
barqarorligi bir qancha sabablarga bog’liqdir. Atrof-muhitning holati shu paytdagi ehtiyojlarning kuchi shu xislat  tuzilishiga sabab  bo’lgan hodisalarning shaxsiy  va
ijtimoiy ahamiyatini anglashi, odamning dunyoqarashi, bu xislat qanday vaziyatda
paydo bo’lishi va o’tmishi hamda shaxsning individual xususiyatlariga bog’liqdir.
Hislarning   ayni   vaqtda   naqadar   tez   kuchli   va   barqaror   bo’lishiga   ko’ra   his-
tuyg’ularning   quyidagi   turlari   farqlanadi:   hissiy   ton,   emotsiyalar,   affekt,   stress,
kayfiyat  va boshqalar. 
Hissiy ton.  hissiyot ko’pincha faqat hissiy tus sifatidagi ruhiy jarayonlarning
o’ziga xos tomoni tariqasida namoyon bo’ladi. Yoqimli suhbatdosh, kulguli voqea,
yoqimsiz hid, zerikarli kitob, ko’ngildagi mashg’ulot, hushchaqchaq sayohat, og’ir
ish   kabilar.   Hissiy   ton   tushunchasiga   ko’pgina   adabiyotlarda   turlicha   ta'riflar
uchraydi.   Jumladan,   A.V.Petrovskiyning   "Umumiy   psixologiya"   darsligida   hissiy
ton   sezgi   yoki   idrok   jarayonida   shaxsning   idrok   qilingan   narsa   va   hodisaga
munosabatini ifodalovchi maxsus hissiy bo’yoq yoqimli yoki yoqimsiz idrok bilan
bog’langan hissiyot, deb ta'riflanadi. Professor E.G’.G’oziev tomonidan  hissiy ton -
u   yoki   bu   hissiyotning   inson   tomonidan   bevosita   kechirilishi   (kechishi)
jarayonidan iboratdir. Q.Turg’unov lug’atida  hissiy ton  - hissiyot sezgi yoki idrok
jarayonida   shaxsning   idrok   qilingan   narsaga   hodisaga   munosabatini   ifodalovchi
maxsus   emosional     bo’yoq   yoqimli   va   yoqimsiz   kechinma   bevosita   sezgi   yoki
idrok bilan bog’g’langan hissiyot. Masalan, og’riq bir qator qo’zg’ovchilar yaqqol
ifodalangan     yoqimsiz   hissiy   ton   bilan   ajralib   turadi.   Ko’pincha   emotsiyalar
o’zining   ta'sirchanligi   bilan   bir-biridan   ajralib   turishiga   qaramay,   bunday   sifatni
hissiy   holatlar   stenik   (yunoncha   so’zdan   olingan   bo’lib,   kuch   degan   ma'noni
anglatadi)   xususiyatli   deyiladi.   Bunda   emotsiyalar   dadil   xatti-harakatlarga,
mantiqiy   mulohazalarga,   nisbiy   izlanishlarga   kuch   quvvat,   qanoat   bag’ishlaydi.
Masalan,   xursandchilikdan   shaxs   "parvoz   qiladi",   "yulduzni   narvonsiz   oladi",
kimlargadir   xolis   yordam   qilishga   shoshadi.   Faollik   qilib,   tinchimaslik   uning
sifatiga   aylanadi.   Q.Turg’unov   lug’atida   stenik   hisga   quyidagi   ta'riflar   uchraydi:
stenik   hislar   -   shaxsning   hayot   faoliyatini   kuch-g’ayratining   orttiradigan   barcha
bilish   jarayonlarini   faollashtiradigan   ijobiy   hissiyot   turi.   Aksariyat   hollarda xushxabar,   muvaffaqiyat   shaxsda   stenik   xususiyatli   emotsiyalarni   vujudga
keltiradi. 
Ba'zi   hollarda   emotsiyalar   o’zining   sustligi,   motorli,   kuchsizligi   bilan
tavsiflanadi.   Bunday   hissiy   holat   astenik   (yunoncha   so’zdan   olingan   bo’lib,
kuchsizlik,   zaiflik   ma'nosini   bildiradi)   deb   atashadi.   Bunday   hissiyot   insonni
bo’shashtiradi,   uni   xayolga   cho’mdiradi,  xayolparast   qilib   qo’yadi.   Shu  sababdan
favqulotda   shaxsdagi   befoyda   emosional   kechinmaga,   uyalish,   vijdon   azobi,
andisha esa qo’rqoqlikka aylanib qolishi xavfi kuchli. 
Psixik   jarayonlardan   ayniqsa,   emotsiya   o’zining   aniq   tashqi   ifodasiga   ega
bo’lishi   bilan   tavsiflanadi.   Emosional   o’zgarishlar   organizmning   tashqi
o’zgarishlarida   shu   qadar   yaqqol   ifodalanadiki,   biz   odamni   tashqi   ko’rinishiga
qarab, unda qanday xususiyatlar yuz berayotganini, uning xursand yoki xafaligini,
g’azablanganligini   yoxud   biror   narsadan   qo’rqib   ketganini   va   shu   kabi   his-
tuyg’ularning   ko’pini   aytib   bera   olamiz.   Hissiyotlarning   tashqi   alomatlari   ifodali
harakatlar  deb ataladi. 
Emotsiyalarning tashqi ifodasi turli ko’rinishlarda ro’y beradiki, unda asosiy
o’rinni ko’rgazmali jihatlar asosiy o’rin egallaydi. 
Birinchidan,  emotsiyalar nafas olish a'zolarining ishlarida o’zgarish yasaydi.
Masalan,   yoqimli   his-tuyg’ular   ishga   tushganda   nafas   olishning   tezligi   va
ampilitudasi ortadi, yoqimsiz his-tuyg’ular ustun kelganda kamayadi, qo’zg’algan
vaqtida   nafas   harakatlari   tezlashadi   hamda   chuqurlashadi,   zo’r   berish   vaqtida-
sekinlashadi   va   yuzakilashadi,   hayajon   vaqtida   tezlashadi,   hamda   kuchsizlashadi,
kutilmagan   holatda,   hayron   qolishda   zudlik   bilan   tezlashadi,   qo’rquvda
sekinlashadi va hokazolar. 
Turli emotsional holatlarda nafas olishning o’zgarishi 
a) xursandlikda nafas olish bir minutiga 17 marta;
b) faol xafalikda 9 marta; 
v) qo’rqishda 64 marta; 
d) jahl chiqqanda 40 marta.  Ikkinchidan,   emotsiya  imo  -  ishoralarda, mimikada,  ya'ni   kishining yuzida
bo’ladigan harakatlarda hamda butun badanning ma'nodor harakatlarida ko’rinadi.
Uchinchidan ,   gumoral   harakatlardagi,   ya'ni   organizmning   qon   tarkibidagi
va boshqa  suyuqliklardagi kimyoviy o’zgarishlarni va shuning bilan birga modda
almashishida bo’ladigan yanada chuqur o’zgarishlarni o’z tarkibiga oladi.
Demak, emotsiyalarning tashqi ifodasiga mimika, imo-ishora, aft-bashara va
qad-qomatning   o’zgarishlari,   ayrim   tashqi   sekresiya   bezlarining   faoliyati   yosh,
so’lak,   ter   ajralishi   hamda   ayrim   harakatlarning   xususiyatlaridagi   o’zgarishlar,
ya'ni ularning tezligi, kuchi, koordinasiyasi va hokazolar kiradi. 
Emotsiyalarning eng aniq va yaqqol ko’rinishlaridan biri kulgi bilan yig’idir.
L.N.Tolstoy o’z asarlarida odamning ruhiy holatini ifodalovchi nigohlarning
85 xilini va kulishning 97 xilini tasvir etgan.  "Har xil sabab bilan yig’lagan paytda
odamning   boshi   va   og’zi   har   xil   qiyofada   o’zgaradi "   -   degan   edi.   Leanardo   da-
Vinchi.
Rus   psixologi   P.M.Yakobson   tomonidan   ishlangan   rasmlardan   ko’rinib
turibdiki,   odamning   aftidagi   qiyofa   asosan   lablar,   qosh   va   ko’z   o’zgarishlarining
bir-biriga   nisbatan   turlicha   holatga,   shuningdek,   ko’zning   qanchalik   chaqnab
turishiga   bog’liqdir.   Ko’zning   qanchalik   chaqnashi   ko’z   yoshining   miqdori,   ko’z
shilliq   pardasidagi   tomirlarning   kattalashuvi   bilan   belgilanadi.   Maskaning   tagida
ko’rinib   turgan   ko’z   o’zining   ifodasini   yo’qotgan   bo’ladi.   Ko’z,   lab,   qovoq,
qoshning har xil holati, xatto odam chehrasini ham turli qiyofaga kiritadi. 
Odam hissiyotlarini bildirishning eng nozigi va eng kuchlisi san'at, xususan,
muzika bilan lirik she'rlardir, ularni tom ma'noda hissiyotning tili deyish mumkin.
Odam   o’zini   va   gavda   harakatlarini,   shuningdek   tovushni   ataylab   chiroyli
qilib   ko’rsatishi   mumkin.   U   garchi   "muayyan   hissiyotlarni   o’zi   kechirmayotgan
bo’lsa ham o’sha hissiyotlarni ifodalaydigan harakatlar qila oladi. 
Har   bir   kishi   ham   o’z   hissiyotlarining   tashqi   ifodalarini   ma'lum   darajada
o’zgartirishi   mumkin.   Odamlarni   kundalik   muomalalarida   badanning   xilma-xil
ifodali   xarakatlari,   imo-ishoralar   xususan,   ko’z   bilan   qilinadigan   imo-ishoralar,
tovushning ohangi, g’amginligi muhim ahamiyatga ega. Shunchaki bir xo’mrayish, salgina   jilmayib   kulish,   yelka   qisish   kabi   ifodali   harakatlar   kishining   maqsadini
anglatadi. 
Kayfiyat   tushunchasiga   psixologik   manbalarda   turli   nuqtai   nazardan
yondashilgan   taqdirda   ham   mazmunan   ular   bir   xillikni   anglatadi.   Jumladan
Q.Turg’unov   lug’atida   shaxsning   kuchsiz   yoki   o’rtacha   kuchga   ega   bo’lgan
nisbatan   barqaror   umumiy   emosional   holati,   A.V.Petrovskiyning   "Umumiy
psixologiya"   darsligida   kayfiyatlar   ancha   vaqt   davomida   kishining   butun   xatti-
harakatiga tus berib turadigan umumiy hissiy holatini ifoda etadi, deb ta'kidlanadi.
Professor E.G’.G’oziev fikricha,   kayfiyat   shaxsning ruhiy jarayonlariga muayyan
vaqt   davomida   tus   berib   turuvchi   emosional   holatdir.   Kayfiyat,   ya'ni   odamning
xursand   yoki   g’amgin   kayfiyati   hech   vaqt   sababsiz   maydonga   kelmaydi.   Odam
bajarayotgan   biror   ishning   mavaffaqiyatli   tugashi   yoki   imtihondan   yaxshi   o’tish-
yaxshi   tetik  kayfiyatni   yuzaga   keltiradi.   Qilayotgan   ishingizni   oldinga   yurmasligi
yoki   ishga   berilgan   yomon   baho   odamda   ma'yuslik,   kuchiga   ishonmaslik
kayfiyatini tug’diradi. 
Kayfiyatning xush yoki  noxush bo’lishi, birinchi  navbatda odamning sihat-
salomatligi   bilan   ham   bog’liqdir.   Masalan,   ichimiz   qattiq   og’rib   turgan   vaqtda
kayfiyat choq bo’lmaydi. 
Odatda   odamda   kayfiyatning   u   yoki   bu   turi,   ya'ni   xushchaqchaqlik
xursandlik   yoki   g’amginlik,   ma'yuslik,   tushkunlik   ustun   bo’lishi   mumkin.   Ana
shunga   qarab   odamlar   xushchaqchaq,   g’amgin,   sertashvish   deb   turli   guruhlarga
bo’linadilar.   Lekin   shuni   aytish   kerakki,   odam   o’z   kayfiyatining   quli   bo’lib,
qolmay,   uni   boshqara   bilishi   kerak.   O’z   kayfiyatini   idora   qila   biladigan
odamlarning   har   doim   ruhi   tetik,   kayfiyati   chog’   va   ishida   unum   bo’ladi.
Kayfiyatni   idora   qila   olmaydigan   odamlar   bilan   yashash   juda   qiyin   bo’ladi.
Bunday odamlar arzimagan narsadan kayfiyatini buzib, to’msayib yuradigan yoki
arazlab   yotadigan   odamlar   bo’ladi.   Bunday   odamlarni   odatda   "sirkasi   suv
ko’tarmaydigan"   yoki   "jahli   burnini   uchida   turadigan"   odamlar   deyishadi.   Agar
odam   har   doim   o’ylab,   aql   bilan   ish   tutsa,   kayfiyatini   bo’lgan   bo’lmagan
narsalarga buzavermaydi. Inson   kayfiyatini   paydo   bo’lishiga   va   o’zgarishiga   ta'sir   qiluvchi   quyidagi
ikkita omillarni tahlil qilish lozim: Ulardan bittasi ob'ektiv va sub'ektiv xususiyatli
vaziyatdir:   a)   tabiiy   omillarga   taalluqli   bo’lgan   vaziyat   (havoning   sovuqligi   yoki
issiqligi); b) shaxslararo munosabatning noqulayligi va boshqalar. Ikkinchisini bir
manba   sifatida   talqin   qilish   mumkin,   bu-sub'ektiv,   shart-sharoitlardir.   Masalan,
mehnat   va   o’qish   faoliyatiga   kerakli   vositalarning   mavjudligi.   Ichkikkinchi
sub'ektiv   munosabatlar,   iliq   psixologik   muhit,   muloqatmandlik   maromi,
rag’batlantirish, muloqot o’rnatish uslubi, shaxsiyatiga tegmaslik, teng huquqlilik,
shaxsning psixologik xususiyatlarini hisobga olish va hokozo. 
Affekt  tushunchasiga berilgan ta'riflarga asosiy e'tiborni qaratadigan bo’lsak
bu   ham   shaxsning   kuchli   emosional   holatlari   bilan   bog’liqdir.   Q.Turg’unovning
lug’atida   aytilishicha,   affekt   tez   va   kuchli   paydo   bo’lib,   shiddat   bilan   o’tadigan
qisqa   muddatli   emosional   holatdir.   A.V.Petrovskiyning   "Umumiy   psixologiya"
darsligida affekt haddan ziyod tez kechishi bilan miyada paydo bo’luvchi, shaxsni
tez   qamrab   oluvchi,   jiddiy   o’zgarishlarni   yuzaga   keltiruvchi   jarayonlar   ustidan
irodaviy   nazorat   buzilishiga   yetaklovchi   organizm   a'zolari   funksiyasini   izdan
chiqaruvchi emosional jarayonlarga aytiladi. M.Vohidov darsligida affekt to’satdan
tez   paydo   bo’lib,   tez   orada   o’tib   ketadigan   nihoyatda   kuchli   hissiy   holat   sifatida
e'tirof etiladi. 
Affekt   lotincha   so’z   bo’lib,   ruhiy   hayajon   ehtiros   degan   ma'noni   anglatadi.
Affektlar   ko’pincha   to’satdan   paydo   bo’ladi   va   ba'zan   bir   necha   minut   davom
etadi. Affekt holatida kishini ongini tasavvur qilish, fikr qilish qobiliyati torayadi,
susayib qoladi. Affektlar vaqtida odamning harakatlari kutilmagan tarzda portlash
singari   birdaniga   boshlanib   ketadi.   Ba'zan   affektlar   tormozlanish   holati   tarzida
namoyon   bo’ladi   va   bunday   holatda   organizm   bo’shashib,   harakatsiz   bo’lib   va
shalvirab   qoladi.   Bunday   holat   ko’pincha   odam   birdaniga   qo’rqqanida,   to’satdan
quvonganida va shu kabi holatlarda o’zini yo’qotib qo’yish ko’rinishida namoyon
bo’ladi. 
Affekt   holatini   boshlanishida   shaxs   insoniy   qadriyatlarning   barchasidan
uzoqlashib,   o’z   hissiyotining   oqibati   to’g’risida   ham   o’ylamaydi,   hatto   tana o’zgarishlari, ifodali harakatlar bilinmay boradi. Kuchli zo’riqish oqibatida mayda
kuchsiz harakatlar barham topadi. Tormozlanish miya yarim sharlari po’stini to’liq
egallay   boshlaydi,   qo’zg’alish   po’stloq   osti   nerv   tugunlaridan   oraliq   miyada   avj
oladi,   xolos.   Buning   natijasida   shaxs   hissiy   kechinmasiga   (dahshat,   g’azab,
nafratlanish, umidsizlik va hokazolar) nisbatan o’zida kuchli hohish sezadi. 
Ma'lumotlarning ko’rsatishicha ko’pincha hissiyotlar affektiv shaklda o’tishi
tajribalarda   sinab   ko’rilgan.   Jumladan:   1)   teatr   tomoshabinlarida;   2)   tantana
nashidasini   surayotgan   olomonlarda;   3)   es-xushini   yo’qotgan   telbasimon
odamlarda;   4)   ilmiy   kashfiyot   laxzasida;   5)   tasodifiy   qizg’in   uchrashuvlarda,
jo’shqin shodliklarda  mujassamlashadi.
Affektlar   vujudga   kelishining   dastlabki   bosqichida   har   bir   shaxs   o’zini
tushunish,   o’zini   qo’lga   olish,   uddalash   qurbiga   ega   bo’ladi.   Ularning   keyingi
bosqichlarida   irodaviy   nazorat   yo’qotiladi,   irodasiz   harakatlar   amalga   oshiriladi,
o’ylamasdan   xatti-harakat   qilinadi.   Affektiv   holatlar   ma'suliyatsizlik,   axloqsizlik,
mastlik   alomatida   sodir   bo’ladi,   lekin   shaxs   har   bir   harakati   uchun   javobgardir,
chunki   u   aql-zakovatli   insondir.   Affektlar   o’tib   bo’lgandan   keyin   shaxsning
ruhiyatida osoyishtalik, charchash holati hukm suradi. Ba'zi  hollarda holsizlanish,
barcha   narsalarga   loqayd   munosabat,   harakatsizlik,   faollikning   barham   topishi,
hatto   uyquga   moyillik   yuzaga   keladi.   Shuni   ham   unutmaslik   kerakki,   affektiv
qo’zg’alish muayyan davrgacha davom etishi, ba'zan o’qtin-o’qtin kuchayishi yoki
susayishi sodir bo’lib turishi mumkin. 
Stress   tushunchasining  mazmuni  mohiyati  borasida  qator  ta'riflar  uchraydi.
Jumladan, A.V.Petrovskiy tomonidan stress-ffektiv holatga yaqin turadigan, lekin
boshdan   kechirilishining   davomiyligiga   ko’ra   kayfiyatlarga   yaqin   bo’lgan   his-
tuyg’ularni boshdan kechirilishining alohida shaklidir, deb ta'rif beriladi. Profssor
E.G’ozievning umumiy psixologiya kitobida yozilishicha, stress-og’ir jismoniy va
murakkab   aqliy   yuklamalar   ishlarning   me'yoridan   oshib,   ketib   xavfli   vaziyatlar
tug’ilganida,   zaruriy   chora-tadbirlarni   zudlik   bilan   topishga   intilganda   vujudga
keladigan hissiy zo’rig’ishlar sifatida ko’rsatiladi.  Stress   -   inson   organizmini   haddan   tashqari   zo’riqish   natijasida   paydo
bo’ladigan tanglik jarayonidir. 
Stress ko’rinishiga qarab ikki turga ajratiladi: 
1. Konstruktiv  - biz turidagi (ko’pchilik orasida); 
2. Destruktiv  - men turidagi (yakka shaxs o’zi bilan) kechadigan jarayon.
Stress   holatini   oddiy   tilda   aytadigan   bo’lsak,   bu   insonlarda   kechadigan
tushkunlik     holatidir.   Insonning   aqliy   jihatlari   va   fiziologik   tizimida   stress   holati
bo’lmasligi   mumkin   emas.   Bular   ko’p   hollarda   muloqotlarda   va   boshqa   ijtimoiy
jarayonlarda   yuz   beradi.   Stressni   fiziologik   va   psixologik   turlari   mavjud.
Fiziologik   stress   -   bu   o’ta   jismoniy   zo’riqish,   biror   og’riq,   qo’rquv,   kasalliklar
natijasida vujudga keladi. 
Fiziologik stress organizm o’ta zo’riqishi, temperaturaning baland yoki past
bo’lishi, nafas olishning qiyinlashishi bilan bog’liq bo’ladi. Masalan, ba'zida odam
organizmida  qattiq  og’riq bo’lganda, og’riq nimadan  kelib chiqqanligini   tushunib
yeta   olmaslik   oqibatida   odamda   qo’rquv,   xavotirlanish   paydo   bo’ladi   va   stress
holatiga olib keladi.
Psixologik   stress -odamning   ruhiy   holatiga   voqealarni   ta'siri   tufayli   paydo
bo’ladigan stress .
Psixologik stress informasion stress va emosional stress turlariga ajraladi.
Informasion stress axborotlarni haddan tashqari ko’p qabul qilish vazifalarni
bajarishda bir qancha yechimlar bo’lsa-da, aniq ulardan qaysi birini tanlash yuqori
darajadagi shiddat bilan qaror qabul qilishdagi ikkilanishi natijasida kelib chiqishi
mumkin. Axborotlarni haddan tashqari ko’p qabul qilish oqibatida odam psixikasi
zo’riqadi   (charchaydi)   va   buyrak   usti   bezlaridan   stressli   garmonlar   ko’p   ishlab
chiqara   boshlaydi.   Haddan   tashqari   zo’riqish   natijasida   miyada   tormozlanish   yuz
beradi  va oqibatda tanglikka olib kelgan axborotgina miyada aks  etaveradi. Miya
boshqa axborotlarni tashqi ta'sirni qabul qila olmay qoladi. Bu ba'zi hollarda salbiy
yomon   oqibatlarga   olib   kelishi   mumkin.   Miyada   stressga   olib   kelgan   axborot
tormozlanib,   saqlanib   qolganda   tanglik   holatining   yuqori   nuqtasiga   chiqqanda
tanglik holatidan chiqib ketolmay o’z joniga qasd qilishgacha olib kelishi mumkin. Emotsional   stress -ta'qiq   qilish,   falokat,   hayotiy   o’zgarishlar   (oilaviy
mojarolar,   to’satdan   ishdan   bo’shatish   yaqin   kishisini   yo’qotish,   uzoq   muddatli
sevgidan   qutila   olmaslik   sababli,   xavf   ostida   qolganda,   atrofdagilar   tomonidan
noto’g’ri munosabat qilinganda va hokazolarda) ko’rinadi. 
Olimlar   o’tkazgan   tadqiqotlar   shuni   ko’rsatadiki,   falokat,   hayotiy
o’zgarishlar, kundalik tashvishlar ko’proq stresslar hisoblanadi. 
Falokat  - bu notinchlik, urush, yer qimirlash, suv toshqinlari, avtohalokatlar
va   hokazo.   Bularning   hammasi   inson   ruhiy   holatiga   juda   katta   salbiy   ta'sir
ko’rsatadi.   Olimlar   shuni   ta'kidlashadiki,   qattiq   yer   qimirlashi,   suv   toshqinlari,
yong’in   bo’lishi   kabi   falokatlarning   inson   ruhiyatiga   katta   ta'sir   ko’rsatishi
natijasida xavotirlanish darajasi yuqori bo’lishi kuzatiladi. 
Hayotiy   o’zgarishlar   -   bu   insonni   hayotida   yuz   beradigan   voqea   va
hodisalardir.   Masalan,   yaqin   kishisining   halok   bo’lishi,   kutilmaganda   ish   o’rnini
yo’qotishi,   ajralishlar   va   hokazo.   Agarda   inson   bir   qancha   inhirozli   vaziyatni
boshidan o’tkazsa, qattiq kasallanishi va hattoki o’limga ham olib kelishi mumkin.
Kundalik   tashvishlar   -   bu   ish   joylarida   sodir   bo’ladigan   qiyinchiliklar,
o’qish joylaridagi o’quvchilarning o’quvchilarga, o’qituvchilarning o’qituvchilarga
noto’g’ri   munosabatda   bo’lishlari,   imtihonlarni   muvaffaqiyatsiz   yakunlanishi   va
hokazolarda   namoyon   bo’ladi.   Kundalik   tashvishlar   mayda   stresslarni   kelib
chiqishiga sabab bo’lishi mumkin, mayda stresslar to’planib borib inson sog’liqiga
ta'sir ko’rsatadi. Jumladan, qon bosimining oshishi, yurak faoliyatining buzilishi va
boshqalarda kuzatilishi mumkin. Doimiy yuz berib turadigan kundalik tashvishlar,
aqliy, jismoniy, emosional va ruhiy zo’riqishga olib kelishi mumkin 
Stress ayrim odamlarda yengil kechadi, ayrim odamlarda jiddiyroq, qiyinroq
o’tadi. Bunga asosiy sabab quyidagilar deb belgilanadi: uning hosil bo’lishi stressli
vaziyatga   qay   darajada   munosabatda   bo’lishimizga   va   bu   holatni   baholashimizga
va   u   bilan   kurashishimizga   bog’liqdir.   Masalan,   optimist   odamlar   stress   holatini
taqdirning bir sinovi deb qabul qilsa, pessimist odamlar uning hayotiga xavf-xatar
tug’ildi,   deb   qabul   qilar   ekanlar.   Pessimistlarda   xavotirlanish   darajasi   yuqori
bo’ladi   va   ular   vaqtida   ovqatlanmasalar   ham   stress   holatiga   tushib   qolaveradilar. Psixologlar   Maykl   Shayer   va   Marlz   Karver   fikricha,   optimist   inson   eng   og’ir,
qiyin vaziyatda ham yaxshi deb oldinga intiladi, o’z organizmida stress moslashib
olishiga yo’l qo’ymaydi. 
Umuman   olganda   stress   atamasi   XX-asrning   40-yillariga   kelib
ommaviylashgan.   Bunga   sabab   stress   holatini   to’g’ri   tushunish   va   undan
himoyalanishni   o’rganish,   chunki   stress   turli   salbiy   munosabatlar   natijasida
vujudga kelishi mumkin. 
Birinchi   bo’lib   stress   bo’yicha   1932   yili   fiziolog   Uolter   Kennon   va   1936
yilda   vrach   Gans   Sele   chuqurroq   tushuncha   berishga   harakat   qilganlar.
U.Kennonning   gomeostaz   nazariyasi   asosida   1933   yilda   "Psixika   va   tana"   asari
yaratildi. Bu asarda barcha tashqi  sharoit  o’zgarishlariga optimal (to’la) moslasha
oladigan   bir   yaxlit   organizm   haqida   yozilgan.   Organizmdagi   turli   o’zgarishlar,
ya'ni ochlik, qo’rquv, jahldorlik holatlarini ko’p yillar kuzatib o’rganish natijasida
"gomeostoz"   ya'ni   organizmni   ichki   holatini   davomiyligi   nazariyasi   yaratildi.
Uning   fikricha,   gemostoz   va   tashqi   muhit   ta'sirida   asosiy   o’rinni   markaziy   va
vegetativ nerv tizimi egallaydi. Markaziy nerv tizimi tashqi-muhit, bilan vegetativ
nerv tizimi esa gemeostoz holatini saqlab turadi. Bundan organizmni "qochishi va
kurashishi"   uchun   energiya   ishlab   chiqaruvchi   simpatoadrenal   tizimi   muhim   rol
o’ynaydi. 
Quyida Jems Lange va Kenon-Bard nazariyasining mohiyati keltirilgan .
Jems Lange
nazariyasi
Emosiogen stimulni idrok qilinishi
Organizmning nerv-muskul 
reaksiyasi
Organizmlardan keladigan 
impulslarni qayta ishlash
Sub'ektda emosiyalarning  paydo 
bo'lishi Kennona-Bard
nazariyasi
Emosiogen stimulni idrok qilinishi
MNS bir vaqtda yuzaga keladigan 
impulslar qayta ishlashi
Sub'ektning 
emosional 
holatlarining 
paydo bo'lishi Organizmni 
nerv-muskul 
reaksiyalari
ning paydo 
bo'lishi U.Kennon   yana   shuni   ta'kidlab   o’tadiki,   organizmni   stressga   qarshi
kurashish   yoki   qochish   vaqtida   yurak   urishi   tezlashadi,   qon   aylanishi   buziladi,
ya'ni   maqsadga   intilish   uchun   tayyorgarlik   ko’rishda   organizmda   qochish   va
kurashish kechadi. Bu reaksiyani u organizmni moslashish tizimi deb ataydi.
Kanadalik   olim   vrach   G.Sel’e   (1936-1976   yillar)   o’zini   40   yillik   ilmiy
izlanishlari bilan U.Kennon nazariyalariga qo’shimchalar kiritib, stress psixologiya
va tibbiyotda asosiy tushunchalarda biri ekinligini aytib o’tgan. G.Sel’e stress har
doim   ham   zararli   emas,   ba'zan   inson   organizmiga   yordam,   ko’mak   foyda   berishi
mumkin. Ayrim hollarda stressga tushib qolganda odam yashash uchun kurashish
o’z   ehtiyojini   qondirish   uchun   faollashib,   o’zi   bilmagan   zahiradagi   energiyasini
ishga   solishi   mumkin   degan.   U   tirik   organizmning   noqulay   tashqi   sharoitlariga
moslashuvchanlik muammosini o’rganib chiqqan. 
G.Sel’eni   fikricha,   shu   sabablar   muhim   va   nomuhim   stressni   keltirib
chiqaradi. Bu vaziyatlar bir-biriga bog’liqdir. Bunda 3 bosqich ajratiladi. 
-  xavotirlik bosqichi;
- moslashish bosqichi;
- o’ta charchash bosqichi.
Xavotirlik   bosqichida   taloqning   kichrayishi,   yoq   qavatining   yo’qolishi,
oshqozonda   o’tkir   yallig’lanishning   sodir   bo’lishi,   buyrak   tepasida   likosidlarning
kamayishi   kuzatiladi.   Shu   bilan   birga   teri   jarohatini   pasayishi,   ko’z   yoshlanishi, so’lakning ajralishi kuzatiladi. Agarda ta'sir kuchli bo’lsa, bu bosqichda xavotirlik
holati boshlanadi. 
Moslashish   bosqichida   buyrak   usti   bezlari   kattalashadi,   organlar   va
to’qimalarning   ishlashi     sekinlashadi.   Agar   stressni   keltirib   chiqaruvchi   omil
organizmga   kuchli   ta'sir   etsa   etmasa   shu   holat   uzoq   vaqt   saqlanib   qoladi.   Agar
ta'sir kuchli bo’lsa, uchinchi bosqich boshlanadi. 
O’ta   charchash   bosqichi   -   organizmda   kuzatilayotgan   yutuqlarga   ko’ra
bosqich xavotirli bosqichga yaqin. Bunda odatda organizm kasallanadi. 
Chet el mualliflari asosan ijtimoiy, psixik va fiziologik stress shakllarini 
ajratadilar.   Ularning   fikricha,   ijtimoiy   stress   asosida   shaxsning   ijtimoiy,   iqtisodiy
yashash   sharoiti   yotadi.   Ijtimoiy   ziddiyatlar   doimiy   o’ziga   ishonmaslik   va
keskinlikni yuzaga keltiradi.
6. Yuksak hislar
Hissiy jarayonlarning har xil shakllari normal odamda alohida, yakka holda
mavjud   bo’lmaydi.   Yuzlab   va   minglab   kechirilayotgan   emotsiyalar,   affektlar,
kayfiyatlarda   aniq   yashaydigan   umumlashtirilgan   hislar   yuksak   hislar   deyiladi.
Yuksak hislar o’z tarkibiga birinchi soddaroq ko’rinishdagi turli hislarni oladi. 
Inson   faoliyatining   qaysi   bir   turi,   yoki   qaysi   bir   sohasi,   hislarni   qaysi
birining   asosiy   ekanligiga   qarab,   yuksak   hislarning   muhim   turlari:   praksik   ,
axloqiy, intellektual, estetik turlari ajratiladi. 
Praksik hislar . Inson amaliy hayotining istalgan sohasi  maqsadga muvofiq
aqliy   faoliyatiga,   shaxsning   ularga   nisbatan   muayyan   munosabatda   bo’lish
sohasiga aylanib qoladi. Bu birinchi navbatda biror maqsadni anglabgina qolmay,
uni   e'tirof   etadigan   yoki   inkor   qiladigan   maqsadlarga   erishish   yo’llarini
baholaydigan   ta'sir   qilish   usullari   va   ko’lamlarini   ma'qullaydigan   va
ma'qullamaydigan,   ularni   to’g’ri   tanlanganligiga   shubhalanadigan,   nihoyat
muvaffaqiyat   yoki   muvaffaqiyatsizlik   hissini   kechiradigan   mehnat   faoliyatida
kuzatiladi.   Mehnat   inson   hayotining   asosi   bo’lib,   insonning   mehnatga   bo’lgan
hissiy munosabati yuksak hislar orasida muhim o’rinni egallaydi,
Mehnat faoliyatida shaxs:  1 . Biror maqsadni anglaydi.
2. Uni e'tirof qiladi yoki inkor etadi.
3. Maqsadga erishish yullarini baholaydi.
4. Uni   tadbiq   etish   usullari   va   qurol   vositalarini   ma'kullaydi   yoki
ma'qullamaydi.
5. Ularning tanlanganligiga shubhalanadi.
6. Inson muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik hissini kechiradi va hokazo.
Axloqiy   hislar   odamning   boshqa   kishilarga,   jamoa   va   o’zining   ijtimoiy
burchlariga bo’lgan munosabatlarida ifodalanadi. Inson bu hislarni  kechirar  ekan,
ma'lum   axloqqa,   ya'ni   ijtimoiy   axloq-qoidalari   va   normalari   majmuiga   asoslanib,
boshqa   kishilarning  xatti-harakatlariga   yoki   ruhiy   hususiyatlariga   hamda   o’zining
xatti-harakatlariga baho beradi.
Shaxsning   yetakchi   axloqiy   hislaridan   biri   bu   burch   hissidir.   Bu   his   odam
yashab   va   ishlab   turgan   tor   doiradagi   jamoa   (oila,   maktab,   ishlab   chiqarish,
korxona) manfaatlari nuqtai nazaridan turib, harakat qilish lozimligini anglaganda
ham   kechiriladi.   Odam   o’zining   ijtimoiy   burchlari   nimalardan   iborat   ekanligini
bilib   va   tushunibgina   qolmay,   balki   ularni   bajarish   zarurligini   ichdan   his   qilib
qayg’uradi.   Kishilar   hayoti   va   faoliyatida   o’zaro   yordamlashish,   hamjihatlik,
intilish va manfaatlar birligiga asoslangan o’rtoqlik munosabatlari yuzaga keladi. 
O’rtoqlik   munosabatlarining   yuksak   cho’qqisi   do’stlik   hissida   namoyon
bo’ladi.   Do’stlik hissi   o’rtog’iga mehribonlikda uni ko’rish u bilan gaplashish o’z
fikr   hislari   bilan   o’rtoqlashishda   namoyon   bo’ladi.   Haqiqiy   do’stlik   hissi   do’stga
nisbatan   yuksak   talabchanlik   bilan   bog’liqdir.   Xato   va   kamchiliklarni   tuzatishga
ham yordam berish, do’stlikka yaqin bo’lgan muhim axloqiy his muhabbat hissidir.
Muhabbat jamiyatda nikoh va oilaning axloqiy psixologik asosi hisoblanadi.
Agar odamning jamiyatdagi xatti-harakatlari axloq normalariga mutlaqo zid
bo’lsa,   odam     vijdon   azobiga   uchraydi.   Vijdon   azobi   murakkab   hissiy   holatdir.
Mobodo odam biror axloqsiz harakat qilib, vijdon azobiga uchrasa, undan qutilishi
juda qiyin bo’ladi. Chunki vijdon azobiga uchragan odam jamiyat oldida o’zining
nohaqligini   biladi   va   o’zini-o’zi   so’roq   qila   boshlaydi.   Shuning   uchun   odam o’zidan-o’zi qochib qutila olmagandek,  vijdon azobidan ham hech qachon qochib
keta olmaydi.
Ma'lumki,   vijdon   azobi   kishining   qalbida   chuqur   ichki   kurash   hissini
tug’diradi.   O’z   xatti-harakatida   axloq   tamoyillariga   amal   qilmagan,   uyati   ham
vijdoni   bo’lmagan   kishilarni   "vijdonsiz"   odamlar   deyiladi.   Kishi   yomon   bir   ish
qilib   qo’yganligi   bu   kishining   o’ziga   munosib   emasligini,   anglashi   bir   tomondan
vijdonini   qiynaydi,   vijdon   azobiga   soladi,   ikkinchi   tomondan   axloq   talablariga
xilof   ish   qilish   bilan   boshqalardan   malomatga   qolishni,   ularni   o’rniga   nisbatan
salbiy   xislat   paydo   qilishni   ham   tushunadi.   Masalan,   mazkur   jarayonga   quyidagi
misolni   keltirib   o’tish   joiz.   AQSH   prezidenti   R.   Trumen   1945   yili   6   avgustda
Yaponiyaning   Xirosima   va   Nagasaki   shaharlariga   atom   bombasini   tashlashga
buyruq   bergan   edi.   Amerikaning   birinchi   darajali   uchuvchisi   Mayor   Klod     Izerli
Xirosimaga  atom bombasini  tashlab 300 000 kishini  yostig’ini quritishda  ishtirok
etdi.  Atom   bombasi   zarbidan  o’lgan  yosh   bolalarni   qariyalarni,  xotin-qizlarni   o’z
ko’zi bilan ko’rgan Izerli vataniga qaytganda "Xirosima qahramoni"ni sifatida uni
tantana bilan kutib olishadi.
Izerlini   vijdon   azobi   kundan   kunga   battarroq   qiynay   boshladi.   U   vijdonini
tinchitmoq   uchun   nafaqadan,   hamma   mukofatlardan   voz   kechdi,   o’ziga   berilgan
ordenlarni   qaytarib   bermoqchi   bo’ldi.   Pul   to’plab   Xirosimaga   yordam   yubordi.
Ammo  vijdon azobi hamon uni ezardi, ta'qib qilardi, kechalari uxlolmasdan o’zini
o’zi   o’ldirishga   urinib   ko’rardi.   Ammo   natija   chiqmadi,   zora   qamasalar,   deb
jinoyat qildi. Nihoyat  Klod Izerli aqldan ozibdi, deb uni  jinnixonaga yotqizdilar.  
Estetik   hislar   ham   yuksak   ahloqiy   hislardan   hisoblanadi.   Estetik   his
deganda   biz   go’zallikni   idrok   qilish,   go’zallikdan   zavqlanish   va   go’zallik
yaratishga   intilishni   tushunamiz.   Estetik   hissiyot   hamma   odamlarga   xos   bo’lgan
hissiyotdir.   Atrofdagi   tabiat   manzaralari   estetik   hissiyotlarimizning   birinchi
manbai hisoblanadi. Masalan, bahor faslidagi tog’ manzaralari yaylovlarda qo’y va
qo’zichoqlarning   o’tlab   yurishlari,   baland   qorli   qoyalarni   uzoqlardan   mag’rur
turishlari odamda estetik lazzatlanish hissini tug’diradi yoki xuddi dengizdek ko’z ilg’amaydigan   ko’m-ko’k   paxtazorlar   uzoqlarda   chiroyli   bo’lib   ko’rinib   turgan
dala tepaliklari odamda qandaydir ko’tarinki ruh tug’diradi. 
Odamlar   hayotning   turli   faktlariga   va   ularning   san'atini   aks   ettirishiga
qandaydir   go’zallik   yoki   xunuklik   fojiali   yoki   kulguli,   oliyjanoblik   va   razillik,
nozik   yoki   dag’al   hodisalar   sifatida   munosabatda   bo’ladilar.   Bu   hislar   tegishli
baholarda   estetik   didlarda   namoyon   bo’ladi   va   o’ziga   xos   badiiy   lazzatlanish
holatida kechiriladi. 
Estetik hissiyotlarning manbalari juda ko’p va xilma-xildir. Masalan,  tabiat
manzaralaridan   lazzatlanishdan   tashqari   tasviriy   san'at   asarlari,   badiiy-adabiy
asarlar,   muzika   va   xaykaltaroshlik,   arxitektura   va   me'morchilik   ishlari   ham
odamda   estetik   hisni   tug’diradi.   Bundan   tashqari   odamlarning   o’zaro   bir-birlari
bilan   bo’lgan   munosabat   va   muomalalari   ham   estetik   hissiyotlarning   manbalari
bo’la   oladi.   Odamning   kiyinishi,   uyining   tutishi,   qanday   jihozlanish,   boshqalar
bilan   muomalasi   ham   estetik   hislarimizning   manbai   bo’la   oladi.   Masalan,   dag’al
gaplashadigan   kishidan   odam   nafratlanadi,   aksincha   muomalali,   gapni   o’rinli   va
madaniyatli   qilib   gapiradigan   kishidan   odam   zavqlanadi.   Shunday   odamlarga
taqlid  qilgisi   keladi.   Umuman   odamning   estetik   hissiyotlari   ko’p   manbalarga  ega
bo’lgan murakkab hissiyotlardandir. 
Intellektual   hissiyotlar   ham   o’z   mohiyati   jihatidan   ahloqiy   hissiyotlarga
yaqin bo’lgan hissiyotlardir. Intellektual hissiyotlar odamning bilish jarayoni bilan
bog’liq   bo’lgan   hissiyotlar   bo’lib,   biror   narsadan   hayron   qolish,   hayratda   qolish,
shubhalanish   kabi   holatlarda   ifodalanadi.   Intellektual   hissiyotlarga   dastavval
ajablanishni   kiritish   mumkin.   Ajablanish   inson   bilish   faoliyatining   ajralmas
tomonidir. Ajablangan va qandaydir tushunib bo’lmaydigan, hayratda qoldiradigan
emotsiyalarga   berilib   qolgan   odam   o’zining   bilish   ehtiyojlarini   qondirishga
intiladi.   Haqiqatni   izlash   shubhalanish   hissi   bilan   bir   vaqtda   amalga   oshirish
mumkin.   Bu   his   odam   faol   bilish   faoliyati   orqali   hosil   qilgan   g’oya   hamda
e'tiqodlarni   hayotga   tadbiq   qilish   uchun   bo’lgan   kurashning   qiyin   daqiqalarida
unga madad bo’ladi. A dabiyotlar :
1. Ivanov I., Zufarova M. “ Umumiy psixologiya ” .  O‘z.FMJ., 2008.
2. Xaydarov   F.I.,   Xalilova   N.   “Umumiy   psixologiya”.   T.:   “ Fan   va
texnologiyalar ”  markazining bosmаxonasi  : 2009.
3. Рубинштейн С.Л. Основы общей психологии. – СПб :  Питер , 2007.
4. Ғозиев Э.Ғ.  “ Онтогенез психологияси ” . – T.: Ношир. 2010.
5. Ғозиев Э.Ғ.  “ Умумий психология ” . – T.: Ўқитувчи. 2012.
6. Дусмухамедова Ш.А.,  Нишонова З.Т., Жалилова  С.Х., Каримова  Ш.
К.,  Алимбаева Ш.Т. “Ёш ва педагогик психология”. – T.: TДПУ, 2013 .
7. Nishonova Z.T., Alimbaеva Sh.T., Sulaymonov M. “Psixologik xizmat”.
– T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti 2014 y.

MAVZU: S H AXSNING H ISSIY- EMOTSIOANL SO H ASI Reja: 1. Hissiyot haqida tushuncha 2. Hissiyotning nerv-fiziologik asoslari 3. Inson va hayvonlardagi emotsiyalar 4. Hissiy holatlarning ifodalanishi 5. Hislarni kechirish shakllari 6. Yuksak hislar

1. Hissiyot haqida tushuncha Odam tashqi muhitdagi turli-tuman narsa va hodisalarni idrok qilar ekan, hech vaqt bu narsalarga batamom befarq bo’lmaydi. Odamning aks ettirish jarayoni doimo faol xarakterga egadir. Aks ettirish jarayoni quyidagilarni qamrab oladi: a) shaxsning ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini; b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko’rsatadigan ob'ektlarga sub'ekt sifatida qatnashishi; v) uni harakat qildiruvchi bilimga intiltiruvchi munosabatlar va hokazo. Chunki odam atrofidagi har turli narsalarni idrok qilib aks ettirar ekan, bu narsalarga nisbatan ma'lum munosabatda bo’ladi. Masalan, bizga ayrim narsalar yoqsa, ya'ni kayfiyatimizni ko’tarib yuborsa, boshqa bir narsalar yoqmaydi va kayfiyatimizni buzib, dilimizni xira qiladi. Ba'zi bir ovqatni odam juda ham yoqtiradi, boshqa bir ovqatni esa mutlaqo ko’rgisi kelmaydi yoki ayrim odamlar bizga xush keladi yoki boshqa bir odamlar esa noxush keladi. Umuman odam atrofidagi hamma narsalarga nisbatan munosabatda bo’ladi va uning munosabatlari ham aks ettiriladi. Kishilar idrok qilayotgan, ko’rayotgan, eshitayotgan, bajarayotgan, o’ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo’lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, xarakterlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi yana boshqalari g’azab, nafratimizni uyg’otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo’rquvni his qilamiz, dushman ustidan g’alaba qozonish yoki qiyinchilikni yengish zavq uyg’otadi. Hissiyot tushunchasiga adabiyotlarda turlicha ta'riflar uchraydi jumladan; A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan "Umumiy psixologiya" darsligida hissiyot - kishining o’z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg’ul bo’layotganiga nisbatan o’zicha turli xil shaklda bildiradigan kichik munosabatdir. M.Vohidovning "Bolalar psixologiyasi" o’quv qo’llanmasida hissiyot deb - tashqi olamdagi narsa va hodisalarga bo’lgan ichki kechinmalarimizning ongimizda aks ettirilishga aytiladi. Q.Turg’unov

muallifligidagi lug’atda hissiyot- shaxsning voqelikdagi narsa va hodisalarga, kishilarga hamda o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlarida kelib chiqadigan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalardan iborat. Professor E.G’oziev muallifligidagi "Umumiy psixologiya" darsligida hissiyot- odamda, tirik mavjudotlar miyasida, ya'ni shaxslarning ehtiyojlarini qondiruvchi va unga monelik qiluvchi ob'ektlarga nisbatan uning munosabatlarini aks ettirish ma'nosida qo’llaniladi. Yuqoridagi ta'riflardan ko’rinib turibdiki, hissiyot bizning tuyg’ularimizning o’ziga xos aks ettirish jarayoni bo’lib, bunda narsa va hodisalarni aks ettirish jarayonida bizda tug’iladigan ichki kechinmalar va munosabatlar aks ettiriladi. Demak, hissiyotlar o’z- o’zidan yuzaga kelmasdan, tashqi olamdagi narsa va hodisalarning ta'siri bilan bog’liq ravishda yuzaga keladi. Adabiyotlarda hissiyot bilan birga emotsiya tushunchasi ham keng doirada qo’llaniladi. Aynan emotsiya tushunchasining mazmuni nimadan iborat va hissiyot tushunchasi bilan o’zaro bog’liqligi qanday degan savol tug’iladi? Shunga muvofiq emotsiya tushunchasining mazmun mohiyatini yoritadigan bo’lsak; jumladan professor E.G. ’ G’ozievning "Umumiy psixologiya" darsligida emotsiya- odatda tashqi alomatlari yaqqol namoyon bo’ladigan his-tuyg’ularni, ichki kechinmalarni ifodalanishidan iborat psixik jarayonni yuzaga kelishining aniq shaklidir, deb ta'riflanadi. Emotsiya - shaxsning voqelikka o’z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog’liq bo’lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan ta'riflardan ko’rinadiki, hissiyot tushunchasi emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo’lib, shaxsning kundalik hayoti, turmush tarzidagi barcha jabhalarni qamrab oladi. Hissiyotlar o’zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlari bilan bog’liq bo’ladi. Masalan, odamning organik ehtiyojlarini qondirishi bilan bog’liq bo’lgan hissiyotlar odamda rohatlanish, qanoatlanish tuyg’usini yuzaga keltiradi. Organik hissiyotlarni qondira olmaslik odamning ruhini tushirib, kayfiyatini buzib, azoblanish, toqatsizlanish hissiga sabab bo’ladi.

Odamning hissiyotlari uning mazmuni hamda shakllari, ijtimoiy- tarixiy sharoit bilan bog’liq bo’ladi. Ijtimoiy tarixiy taraqqiyot davrida odamning ehtiyojlari o’zgarib boradi. Natijada odamda borgan sari yangi, yangi hissiyotlar, chunonchi, ma'naviy, intellektual va estetik hissiyotlar paydo bo’ladi. Hissiyotlar ham boshqa bilish jarayonlari kabi odamning faoliyatlari davomida namoyon bo’ladi. Masalan, mehnatsevarlik hissini yuzaga keltirish uchun ma'lum muddat davomida ijtimoiy foydali mehnat bilan shug’ullanish kerak. U yoki bu faoliyat davrida yuzaga kelgan hissiyot ana shu faoliyatning o’ziga ta'sir qilib, uni o’zgartiradi. Masalan, hohlamasdan o’zini majbur qilib ishlayotgan odam bilan o’zi hohlab sitqidildan ishlayotgan odam ishining unumdorligi o’rtasida juda katta farq mavjud. Odamning kayfiyati yaxshi xursand, ruhi tetik bo’lganda ishi ham barakali bo’ladi, aksincha odamning dili ham, qandaydir tashvishli yoki g’amgin bo’lganda qo’li ishga bormaydi. Ana shu jihatdan olganda hissiyotning inson hayotidagi roli juda kattadir. Hissiyot boshqa bilish jarayonlariga ham ta'sir qiladi. Masalan, odamning ruhi tetik, xursand bo’lgan paytda, idroki hali juda jonli, esda olib qolishi, tuyg’ularga boy, tafakkuri o’tkir, nutqi burro bo’ladi. Hissiyot odamda sodir bo’layotgan hodisa va narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo’lganlari haqida darak beruvchi signallar tizimi hisoblanadi. Mazkur holda sezgi a'zolariga ta'sir qiluvchi cheksiz miqdordagi qo’zg’ovchilardan aniq bo’lib ajraladi, ba'zilari bir-birlari bilan qo’shilib ketadi va paydo bo’lgan hissiyot bilan birlashib ketadi. Natijada taassurot uyg’otib, biror hissiy nom bilan ifodalangan xotira obrazlari tariqasida saqlanib qoladi. Buni fiziologik jihatdan shunday tushuntirish mumkin: ma'lum qo’zg’atuvchilar tirik mavjudotlar uchun xotirjamlik haqida darak beruvchiga aylanadi. Hissiy kechinmalar esa insonning shaxsiy tajribasida tarkib topadigan reflekslar tizimini mustahkamlash sifatida namoyon bo’ladi. Hissiyotning mana shu darak beruvchilik vazifasi psixologiyada hissiyotning impressiv tomoni deb ataladi. Impressiv so’zi lotincha taassurot degan ma'noni anglatadi.

I.P.Pavlov tirik mavjudotlarning atrofimizdagi muhitga moslashuvida hosil qiladigan buziladigan dinamik streotiplar orqali biror hissiyot va emosional kechinmalarning ijobiy va salbiy sifatlarini tushuntirib beradi. Dinamik stereotip deganda tashqi qaytarilish natijasida hosil qilingan shartli reflekslar, nerv bog’lanishlarining barqaror tizimi tushuniladi. Har turli qiyinchiliklar va qarshiliklarga duch kelishi natijasida dinamik stereotiplarning "o’zgarishi" salbiy emosional holatni yuzaga keltiradi. Hissiyot bu uning kechirilishining turli shakllari faqat darak vazifasini emas, balki boshqaruvchilik funksiyasini ham bajaradi. Emotsiya harakatlari juda ko’p tana o’zgarishlar ifodalanadi. Odam organizmidagi o’zgarishlar kechirilayotgan hissiyotning ob'ektiv ko’rsatkichi hisoblanadi. Moslashish xarakteriga oid bo’lgan, ya'ni ovozning o’zgarishi, mimika, imo-ishora, organizmda sodir bo’ladigan jarayonning qayta o’zgarishidan iborat ixtiyorsiz va ongli harakatlar psixologiyada emosional harakatlarning ekspressiv tomoni deb ataladi. Hissiyotlar odatda juft-juft bo’lib uchraydi. Masalan, yoqimli- yoqimsiz, xush-noxush, xursand-xafa, g’azab-muhabbat, nafrat kabi ana shunday hissiyotlar sub'ektiv xarakterga ega bo’ladilar, lekin ularning tashqi ifodasi ham bo’ladi. Masalan, hushchaqchaq odam bilan g’amgin odamning yuz ifodasini ko’z oldimizga keltirib ko’rish mumkin. Aynan mazkur jarayon psixologiyada ambivalentlik yoki ikki taraflamalik deb ataladi. Ambivalentlik - lotincha har tomonlama kuchga ega ma'nosini anglatib kishining bir ob'ektning o’ziga nisbatan bir vaqtning o’zida paydo bo’ladigan bir-biriga qarama - qarshi emosional irodaviy holatdir. Hissiyotda ambivalentlik bu rohatlanish va azoblanishni birga qo’shilib va biri ikkinchisiga o’tib ketmaydigan emas, balki bunda birga bo’lish kechiriladigan hissiyotning zarur xarakterli sifatlaridan birini tashkil qiladi. Masalan, rashk hissida muhabbat va nafrat. 2. Hissiyotning nerv-fiziologik asoslari