logo

Sifatni o`rganish jarayonida lеksik-stilistik ishlar.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

35.37109375 KB
Sifatni o`rganish jarayonida lеksik-stilistik ishlar.
REJA:
1.   Boshlang’ich   ta’limda   sifatni   o`rganish   bo`yicha   ona   tili   dasturi
tahlili.
2. Sifatni o`rganish jarayonida lеksik-stilistik ishlar Boshlang’ich t a’limda sifat ni  o` rganish bo` y icha  ona  t ili dast uri
t ahlili   Boshlang'ich   sinflarda   sifatni   o’rganish   ona   tili   dasturi   talabiga
ko’ra   1-4-sinflarda   o’rganish   mo’ljallangan   bo’lib,   “Sifat”   mavzusini
quyidagi izchillikda o’rganish ko’zda tutilgan: 
 sifat bilan dastlabki tanishtirish     (I, II sinf); 
 sifat haqida tushuncha berish     (III sinf); 
 sifatlarning yozilishini o`zlashtirish     (IV sinf).
      Sifat   bilan   (atamasiz)   dastlabki   tanishtirish   (birinchi   bosqich)   sifatning
leksik ma’nosi va so`roqlari ustida kuzatish o`tkazishdan boshlanadi. Predmetning
belgilari   xilma-xil   bo`lib,   uni   rangi,   mazasi,   shakli,   xil-xususiyatlari   tomonidan
tavsiflaydi.   Shunday   ekan,   sifat   tushunchasini   shakllantirish   uchun   uning
ma’nolarini   aniqlash   talab   etiladi.   O`qituvchi   predmetni   yoki   uning   rasmini
ko`rsatadi, o`quvchilar uning belgilarini aytadilar va yozadilar. Masalan, (qanday?)
olma   –   qizil,   shirin,   yumaloq   olma;(qanday?)   ip   –   uzun,   ko`k   ip.   Albatta,   suhbat
asosida   o`quvchilar   olma,   ip   so`zlari   nima?   so`rog`iga   javob   bo`lib,   predmet
nomini   bildirishi,   qizil,   shirin,   yumaloq   kabi   so`zlar   qanday?   so`rog`iga   javob
bo`lib,   predmetning   belgisi   (rangi,   mazasi,   shakli)ni   bildirishini   aniqlaydilar.
O`qituvchi atrofimizni o`rab olgan predmetlarning o`z belgilari borligini, ular bir-
biridan   shu   belgilar   bilan   farqlanishini   yana   bir-ikki   misol   bilan   tushuntiradi
(Qanday   daraxt?   –   Katta,   chiroyli,   sershox,   ko`m-ko`k   daraxt.   Qanaqa   shkaf?   –
Oynali,   baland   shkaf).   Xulosa   chiqariladi:   qanday?,   qanaqa?   so`roqlariga   javob
bo`lgan so`zlar predmet belgisini bildiradi.
O`quvchilar   belgi   bildirgan   bunday   so`zlarning   nutqimizdagi   ahamiyatini
anglashlari   uchun   sifat   ko`p   uchraydigan   matn   tanlanib,   avval   sifatlarini   tushirib
qoldirib,   so`ngra   sifatlari   bilan   o`qib   beriladi   va   mazmuni   taqqoslab   ko`rsatiladi.
Predmetni   aniq   tasvirlash   uchun   uning   belgisini   bildiradigan   so`zlardan
foydalanilgani   tushuntiriladi.   Bu   darslarda   ko`rgazma   vositalar   (predmetlar,
predmet rasmlari, syujetli rasmlar)dan keng foydalaniladi. 
Sifat haqidagi bilim 4-sinfda quyidagi mavzular asosida mustahkamlanadi va
kengaytiriladi: 1) Sifat - so‘z turkumi haqida ma’lumot ;
2)   Sifat   shaxs   va   narsaning   rangini,   shaklini,   hajmini,   mazasini,
hidini,   x ususiyatini   bildirishi,   qanday?,   qanaqa?   so‘roqlariga   javob
bo‘lishi;
3) Sifatlarning otga bog‘lanishi, sifatlarning otga ohang yordamida
bog‘lanishi, gapdagi vazifasi; sifatlarning gapda ikkinchi darajali bo‘lak
vazifasida kelishi;
4) Sifatlarning ma’no turlari;
5) Shaxs va narsaning rangini, mazasini, shaklini, hajmini bildirishi,
nutqda sifatning ma’no turlaridan to‘g‘ri foydalana olish;
6) Sifat yasovchi qo‘shimchalarning imlosi;
7) Sifatlar yuzasidan leksik mashqlar va ular yordamida o‘quvchilar
nutqini sifatlar bilan boyitish;
8)   Sifatlarning   yozilishi.   Belgi   ma’nosini   kuchaytirib   ifodalash.   -
ko‘m-ko‘k,   oppoq,   sap-sariq,   och   sariq,   to‘q   qizil   kabi   sifatlarning
talaffuzi   va   imlosi.   So‘roqlar   yordamida   sifatlarni   aniqlash   va   gapdagi
vazifasini belgilash.
Bu mavzulardan kelib chiqqan holda 4-sinfda sifatni o’rganishning
vazifasi belgilab olinadi.
Sifat ni o` rganish jaray onida lеk sik -st ilist ik  ishlar
Sifatni   o`rganish   jarayonida   lеksik-stilistik   ishlarni   muntazam
o’tkazib   borish   lozim.   Bunda   quyidagi   ish   turlaridan   foydalanish
mumkin:
 Lug’at ustida ishlash;
 Leksik tahlil;
 Leksik-frazeologik tahlil;  Uslubiy tahlil.
Lug’at   ust ida   ishlash   DTS   va   ona   tili   dasturi   talablariga   muvofiq
tarzda   muntazam   o’tkazilishi  lozim.   Bunda   ma’lum  mashq   materiallari
(gap, matnlar tarkibi)dagi sifatga oid so’zlarning ma’nosi ustida ish olib
boriladi. Buni quyida mashqlar asosida ko’rib o’tamiz:
192-mashq (4-sinf, ”Ona tili”81-bet)
Mashq   sharti:   Sifatlarning   ma’nodoshlarini   topib,   namunadagidek
guruhlab yozish.
Ko’rkam,   sezgir,   katta,   chaqqon,   chiroyli,   epchil,ziyrak,   ulkan,shod,
jasur, xursand, qahramon .
Ushbu   sifatlarning   ma’nodoshlarini   topish   uchun,   ularning
ma’nolari lug’atlar asosida aniqlashtirib olinadi:
Ko’rkam   –   Husni   (qiyofasi   yoki   manzarasi)   odatdagidan   ortiq,
chiroyli:   ko’rkam   yigit,   ko’rkam   tabiat.   Ma’nodoshlari   –   chiroyli,   go’zal,
suluv, husndor;
Sezgir  – Sezish qobiliyati kuchli, tashqi ta’sirni tez sezadigan (shaxs
yoki   narsa):   sezgir   qiz,   sezgir   it .   Ma’nodoshlari   –   ziyrak,   hushyor,   fahm-
farosatli;
Katta   –   1)   Hajmi,   o’lchami   me’yoridan   yoki   nisbatan   ortiq   (narsa-
buyumga   nisbatan);   2)   Yoshi,   kuch-qudrati,   darajasi   yuqori   (bo’lgan
insonlarga nisbatan ishlatiladi):  katta hovli, katta odam . Ma’nodoshlari –
ulkan, buyuk, ulug’, gigant ;
Chaqqon   – Tez, epchillik bilan harakat qiladigan (shaxs yoki narsa-
buyumga   nisbatan   ishlatiladi):   chaqqon   quyon,   chaqqon   qiz .
Ma’nodoshlari –  chaqqon ,  epchil, chapdast ; Shod   –   Biror   narsa   (voqea) dan   mamnun,   quvonchga   to’la:   ko’ngli   shod,
shod bo’lmoq .   Ma’nodoshlari  –  xursand, shodon, quvnoq, xushchaqchaq, mamnun;
Jasur   –   Qo’rqishni   bilmaydigan   jasoratli   (shaxs   yoki   narsalarga
nisbatan   ishlatiladi):   Jasur   yigit,   jasur   quyon .   Ma’nodoshlari   –   botir,
qo’rqmas, dovyurak, g’oyat mard; 
Qahramon   –   Shijoati,   dovyurakligi,   botirligi   bilan   shuhrat
qozongan,   jonbozlik,   mardlik   qilib,   o’zini   ko’rsatgan   shaxs:   O’zbekiston
qahramoni, qahramon bola . Ma’nodoshlari –  chempion, fidoyi, jonkuyar .
Lek sik  t ahlil   o’quvchilarga so’z va uning leksik ma’nolari, sema va
sememalari   ustida   ishlash   ko’nikmasini   shakllantirish   imkonini   beradi.
Bunda   mavzu   bo’yicha   darslikda   berilgan   mashq   materiallarida
berilgan   matn   va   gaplar   tarkibidagi   sifatga   oid   so’zlar   leksik   tahlilga
tortiladi. Izohli lug’atdan foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
LEKSIK  TA HLIL N A MUN A SI
186-mashq (4-sinf  ”Ona tili”, 78-bet)
Saxiy  ona tabiat Ko’k  maysalar nish urib
Quchog’ida havo  sof . Yerning  baland-pastida .
Onda-sonda ko’rinar Go’zal  bahor silkillab,
Nursiz ,  qizg’ish  oftob. Yetilar   qor   ustida   (Qudrat
Hakim).
1) Mazkur   she’riy   matn   tarkibidagi   sifatlar   aniqlab   olinadi:   saxiy,
sof, nursiz, qizg’ish, ko’k, baland-past, go’zal;
2) Har   bir   so’z   ma’nosi   izohlanadi,   buni   konseptual   jadval   yoki
taqdimot shaklida ham tayyorlash mumkin:  3)   Saxiy –   qanday?  so’rog’iga  javob bo’lib,  shaxs yoki narsa-buyum
(predmet)ning   xil-xususiyat   belgisini   ifodalaydi,   demak,   saxiy   so’zi
asosan,   shaxslarga,   ba’zan   predmetlarga   nisbatan   ham   qo’llanilishi
mumkin:   saxiy inson, saxiy bog’bon // saxiy tabiat, saxiy yer, saxiy yoz   va
boshqa.
 4)  Saxiy so’zining lug’aviy ma’nosi matn asosida izohlanadi: 
Saxiy ona tabiat
            Quchog’ida   havo   sof .   Bu   yerda   saxiy   so’zi   ona   tabiatga
nisbatan   qo’llanilgan,   tabiatning   saxiylik   belgilari   nimalarda   ko’rinishi
o’quvchilar   bilan   birgalikda   aniqlanadi:   ona   tabiat   o’zining   mo’tadil
iqlimi, musaffo osmoni, nurli quyoshi hamda behisob yer osti boyliklari
bilan   bizni   siylaydi,   tarbiyalaydi,   kamolga   yetkiradi,   onamiz   kabi   bizga
g’amxo’rlik   qiladi.   Bir   so’z   bilan   aytganda   biz   insonlar   uchun   hech
narsasini ayamaydi.
5)   Darsda   bajarish   uchun   topshiriq   beriladi:   ”Saxiy   bog’bon”
mavzusida kichik matn tuzish. A ntonimlari 
baxil, xasis, ziqna, qurumsoq Sinonimlari
himmatli, oliyhimmat, hotamtoy, tanti;  Leksik ma'nosi
Saxiy  - hech kimdan narsasini, yordamini ayamaydigan 
shaxs yoki narsa;           6)   Uyga   vazifa   sifatida   qoshimcha   topshiriq   beriladi:   saxiy
so’zining sinonimlari -   himmatli, oliyhimmat, hotamtoy, tanti   kabi so’zlar
ishtirok   etgan   kichik   asarlar   (ertak,   she’r,   masal,   hikoya)dan   parchalar
topib yozib kelish.
She’rda   berilgan   boshqa   sifatlar   ham   shu   kabi   leksik   tahlilga
tortiladi.
Lek sik -frazeologik   t ahlil   vositasida   boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilar
nutqini   o‘stirish   quyidagi   uch   asosiy   omilga   bog`liq:   birinchidan,
matndan   so’z   va   FBlarni   ajratishga   e’tibor   bilan   munosabatda   bo`lish,
bolalarning   to`g`ri   va   ifodali   nutqi,   ya’ni   nutqiy   sharoit;   ikkinchidan,
bolalarning   nutqiy   tajribasi   qanday   tashkil   etilishi;   uchinchidan,   nutq
o`stirishda   o`qituvchining   til   nazariyasi   bilan   birga   leksikologiya   va
frazeologiya elementlariga asoslanish ko`nikmasiga bog`liq.
Leksik-frazeologik   tahlilni   leksik   tahlilning   davomi   sifatida   amalga
oshirish   mumkin.   Bunda   sifatga   oid   so’zlar   ishtirokidagi   paremiologik
birliklar - o’zbek xalq maqollari, hikmatli so’zlar (aforizmlar), frazeologik
birliklar,   iboralar   aniqlanib   sifatlarning   semantikasi   ustida   ish   olib
boriladi:
1)Yuqoridagi   she’riy   matn   tarkibidagi   sifatlar   asos   qilib   olinadi:
saxiy, sof, nursiz, qizg’ish, ko’k, baland-past, go’zal.
Saxiy sifati ishtirok etgan: 
 Saxiy sifati ishtirok etgan:     Maqollar  - Saxiy topsa bo’lib yer, baxil
topsa bosib yer , Saxiy bilan baxil bir quduqdan suv ichmas;  Hikmatli   so’zlar   –   Saxiylik   bu-insonning   saxovat   ko’rsatib,   keyin
buni unitishidir  (Majididdin Xavofiy).  Saxiy  bu zarur kishiga zarurnarsani
zarur paytda beradigan kishidir  (Aristotel).
Sof sifati ishtirok etgan:
 Maqollar – Sof yurakda sof niyatlar tug’iladi.
 Hikmatli   so’zlar   –   Juda   kam   kishilargina   sof   yurakka   ega
bo’ladilar (Balzak).
 Iboralar  – ko’ngli sof , yuragi sof  
Baland-past sifati ishtirok etgan:
 Maqollar – Hayot asfalt yo’lga o’xshagan tekis emas, past-
balandlikdan iborat.
 Hikmatli so’zlar – Bir kun nochor yiqilmog’ingni bilsang,
O’tirma ko’p baland, pastroq o’tir sal. 
( S.Sheroziy ).
 Iboralar – hayotning baland-pasti, mahallaning baland-pasti
(yaxshi-yomon aholisi).
Go’zal sifati ishtirok etga n:
 Maqollar –  Go’zallik qo’shimcha ziynatlarga muhtoj emas .
 Hikmatli so’zlar –  Kishida hamma narsa go’zal bo’lishi zarur: 
yuzi ham, kiyimi ham, qalbi ham, fikri ham  (A.P.Chexov).
 Iboralar –  go’zal hayot, go’zal tarbiya.
Lug‘at   ust ida   ishlash   boshlang’ich   sinflarda   nutq   o’stirishning
asosiy   yo‘nalishlaridan   biri   sanaladi.   Bunda   o‘qish,   badiiy   asarni   qayta
hikoyalash,   matеrialni   o‘rganish,   bayon   va   inshoga   tayyorlanish   bilan
bog‘liq   holda   o‘quvchilar   lug‘atini   faollashtirishda   1-4   sinf   ona   tili   va o’qish   darsliklari   matnlarida   qo’llanilgan   barqaror   birikmalar   ustida
ishlash,   o’quvchilar   uchun   notanish   bo’lgan   so’z   va   FBlarning   ma’nosi
ustida   ishlashda   lug’atlardan   foydalanish,   frazeologik   birikmalar
ma’nosini   o’rganish   darslarini   o’tkazish,   lug’at   ustida   ishlash
mashqlarining   turlaridan   foydalanish,   o’quvchilarda   FB   (ibora)   bilan
so’z   birikmasini   o’zaro   farqlash   ko’nikmalarining   darajasini   belgilash
ishlarini amalga oshirish mumkin.
Uslubiy   t ahlil.   S ifatlar   muhim   stilistik   vazifa   bajaradi.   Sifatning
uslubiy ma’nolari badiiy, publisistik uslubda yaratilgan badiiy asarlarda
yaqqol   namoyon   bo’ladi.   4-sinf   o’quvchilariga   sifatga   oid   so’zlarni
nutqda   uslubiy   xoslanishiga   ko’ra   farqlanishi   hamda   sifatlash,
qiyoslash kabi tasviriy vosita vazifasini bajarishi haqida tushunchalarni
shakllantirib   borish   og’irlik   qilmaydi.   Masalan,   Befoyda   so’zni   ko’p
aytma,   foydali   so’zni   ko’p   eshitishdan   qaytma   maqolida   qo’llanilgan
sifatga oid   befoyda ,   foydali   so’zlari ajratib olinadi va ularning ma’nosini
izohlash   va   ma’nodoshlarini   topish   vazifasi   topshiriladi.   Befoyda
so’zining   foydasiz,   keraksiz,   nokerak   kabi   sinonimlari   aniqlangach
maqoldagi   sifat   bilan   o’rnini   almashtirish   orqali   sifatlarning   uslubiy
xususiyatlari ochib beriladi:   Befoyda so’zni ko’p aytma, foydali so’zni ko’p
eshitishdan   qaytma   //   Nokerak   so’zni   ko’p   aytma,   foydali   so’zni   ko’p
eshitishdan qaytma.  Bunda o’quvchilarga  nokerak  so’zi  befoyda  so’zidagi
badiiylikni   kasb   etmasligi,   maqolning   asosiy   g’oyasini   ochib   berishda
noo’rin ekani izohlab beriladi.  Bunday   tahlillar   orqali   o’quvchilar   sifatlarning     ma’nodoshlari   shu
so’zning   turli  ma’no   qirralarini   ochib  berishi   va   bu   so’zlarni   doim  ham
bir-birining o’rnida almashtirib bo’lmasligini bilib oladilar. A dabiy ot la r  ro’y xat i:
1. Qosimova K., Matjonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev
Sh.  Ona tili o‘qitish metodikasi.  –T.: Noshir, 2009.  –  163 b.
3.   Matchanov   S.,   G‘ulomova   X.,   Yo’ld a sheva   Sh.,   A.   Nisanbaeva.
Ana  tilin oq ы tu  ә d і stemes і . – T .:  TDPU,  2013.  –    2 7 7   b .
4.   Raxmatullaeva   L.I.   Metodika   prepodavaniya   rodnogo   yazыka
rodnogo yazыka.   –T.: Uchebnoe  posobie. Moliya Iktisod, 2007.
5.Husanboyeva.Q,   Shodiyev.F,   Hazratqulov.M.   Boshlang’ich
sinflarda adabiyot o’qitish metodikasi. SamDU.2019.332 b.
6.Ona   tili   va   o’qish   savodxonligi.1-qism.   Darslik.   2-sinf   uchun.
K.Mavlonova   va   boshq.   -Toshkent:   Respublika   ta’lim   markazi,
2021.-120 b.

Sifatni o`rganish jarayonida lеksik-stilistik ishlar. REJA: 1. Boshlang’ich ta’limda sifatni o`rganish bo`yicha ona tili dasturi tahlili. 2. Sifatni o`rganish jarayonida lеksik-stilistik ishlar

Boshlang’ich t a’limda sifat ni o` rganish bo` y icha ona t ili dast uri t ahlili Boshlang'ich sinflarda sifatni o’rganish ona tili dasturi talabiga ko’ra 1-4-sinflarda o’rganish mo’ljallangan bo’lib, “Sifat” mavzusini quyidagi izchillikda o’rganish ko’zda tutilgan:  sifat bilan dastlabki tanishtirish (I, II sinf);  sifat haqida tushuncha berish (III sinf);  sifatlarning yozilishini o`zlashtirish (IV sinf). Sifat bilan (atamasiz) dastlabki tanishtirish (birinchi bosqich) sifatning leksik ma’nosi va so`roqlari ustida kuzatish o`tkazishdan boshlanadi. Predmetning belgilari xilma-xil bo`lib, uni rangi, mazasi, shakli, xil-xususiyatlari tomonidan tavsiflaydi. Shunday ekan, sifat tushunchasini shakllantirish uchun uning ma’nolarini aniqlash talab etiladi. O`qituvchi predmetni yoki uning rasmini ko`rsatadi, o`quvchilar uning belgilarini aytadilar va yozadilar. Masalan, (qanday?) olma – qizil, shirin, yumaloq olma;(qanday?) ip – uzun, ko`k ip. Albatta, suhbat asosida o`quvchilar olma, ip so`zlari nima? so`rog`iga javob bo`lib, predmet nomini bildirishi, qizil, shirin, yumaloq kabi so`zlar qanday? so`rog`iga javob bo`lib, predmetning belgisi (rangi, mazasi, shakli)ni bildirishini aniqlaydilar. O`qituvchi atrofimizni o`rab olgan predmetlarning o`z belgilari borligini, ular bir- biridan shu belgilar bilan farqlanishini yana bir-ikki misol bilan tushuntiradi (Qanday daraxt? – Katta, chiroyli, sershox, ko`m-ko`k daraxt. Qanaqa shkaf? – Oynali, baland shkaf). Xulosa chiqariladi: qanday?, qanaqa? so`roqlariga javob bo`lgan so`zlar predmet belgisini bildiradi. O`quvchilar belgi bildirgan bunday so`zlarning nutqimizdagi ahamiyatini anglashlari uchun sifat ko`p uchraydigan matn tanlanib, avval sifatlarini tushirib qoldirib, so`ngra sifatlari bilan o`qib beriladi va mazmuni taqqoslab ko`rsatiladi. Predmetni aniq tasvirlash uchun uning belgisini bildiradigan so`zlardan foydalanilgani tushuntiriladi. Bu darslarda ko`rgazma vositalar (predmetlar, predmet rasmlari, syujetli rasmlar)dan keng foydalaniladi. Sifat haqidagi bilim 4-sinfda quyidagi mavzular asosida mustahkamlanadi va kengaytiriladi:

1) Sifat - so‘z turkumi haqida ma’lumot ; 2) Sifat shaxs va narsaning rangini, shaklini, hajmini, mazasini, hidini, x ususiyatini bildirishi, qanday?, qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘lishi; 3) Sifatlarning otga bog‘lanishi, sifatlarning otga ohang yordamida bog‘lanishi, gapdagi vazifasi; sifatlarning gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida kelishi; 4) Sifatlarning ma’no turlari; 5) Shaxs va narsaning rangini, mazasini, shaklini, hajmini bildirishi, nutqda sifatning ma’no turlaridan to‘g‘ri foydalana olish; 6) Sifat yasovchi qo‘shimchalarning imlosi; 7) Sifatlar yuzasidan leksik mashqlar va ular yordamida o‘quvchilar nutqini sifatlar bilan boyitish; 8) Sifatlarning yozilishi. Belgi ma’nosini kuchaytirib ifodalash. - ko‘m-ko‘k, oppoq, sap-sariq, och sariq, to‘q qizil kabi sifatlarning talaffuzi va imlosi. So‘roqlar yordamida sifatlarni aniqlash va gapdagi vazifasini belgilash. Bu mavzulardan kelib chiqqan holda 4-sinfda sifatni o’rganishning vazifasi belgilab olinadi. Sifat ni o` rganish jaray onida lеk sik -st ilist ik ishlar Sifatni o`rganish jarayonida lеksik-stilistik ishlarni muntazam o’tkazib borish lozim. Bunda quyidagi ish turlaridan foydalanish mumkin:  Lug’at ustida ishlash;  Leksik tahlil;  Leksik-frazeologik tahlil;

 Uslubiy tahlil. Lug’at ust ida ishlash DTS va ona tili dasturi talablariga muvofiq tarzda muntazam o’tkazilishi lozim. Bunda ma’lum mashq materiallari (gap, matnlar tarkibi)dagi sifatga oid so’zlarning ma’nosi ustida ish olib boriladi. Buni quyida mashqlar asosida ko’rib o’tamiz: 192-mashq (4-sinf, ”Ona tili”81-bet) Mashq sharti: Sifatlarning ma’nodoshlarini topib, namunadagidek guruhlab yozish. Ko’rkam, sezgir, katta, chaqqon, chiroyli, epchil,ziyrak, ulkan,shod, jasur, xursand, qahramon . Ushbu sifatlarning ma’nodoshlarini topish uchun, ularning ma’nolari lug’atlar asosida aniqlashtirib olinadi: Ko’rkam – Husni (qiyofasi yoki manzarasi) odatdagidan ortiq, chiroyli: ko’rkam yigit, ko’rkam tabiat. Ma’nodoshlari – chiroyli, go’zal, suluv, husndor; Sezgir – Sezish qobiliyati kuchli, tashqi ta’sirni tez sezadigan (shaxs yoki narsa): sezgir qiz, sezgir it . Ma’nodoshlari – ziyrak, hushyor, fahm- farosatli; Katta – 1) Hajmi, o’lchami me’yoridan yoki nisbatan ortiq (narsa- buyumga nisbatan); 2) Yoshi, kuch-qudrati, darajasi yuqori (bo’lgan insonlarga nisbatan ishlatiladi): katta hovli, katta odam . Ma’nodoshlari – ulkan, buyuk, ulug’, gigant ; Chaqqon – Tez, epchillik bilan harakat qiladigan (shaxs yoki narsa- buyumga nisbatan ishlatiladi): chaqqon quyon, chaqqon qiz . Ma’nodoshlari – chaqqon , epchil, chapdast ;

Shod – Biror narsa (voqea) dan mamnun, quvonchga to’la: ko’ngli shod, shod bo’lmoq . Ma’nodoshlari – xursand, shodon, quvnoq, xushchaqchaq, mamnun; Jasur – Qo’rqishni bilmaydigan jasoratli (shaxs yoki narsalarga nisbatan ishlatiladi): Jasur yigit, jasur quyon . Ma’nodoshlari – botir, qo’rqmas, dovyurak, g’oyat mard; Qahramon – Shijoati, dovyurakligi, botirligi bilan shuhrat qozongan, jonbozlik, mardlik qilib, o’zini ko’rsatgan shaxs: O’zbekiston qahramoni, qahramon bola . Ma’nodoshlari – chempion, fidoyi, jonkuyar . Lek sik t ahlil o’quvchilarga so’z va uning leksik ma’nolari, sema va sememalari ustida ishlash ko’nikmasini shakllantirish imkonini beradi. Bunda mavzu bo’yicha darslikda berilgan mashq materiallarida berilgan matn va gaplar tarkibidagi sifatga oid so’zlar leksik tahlilga tortiladi. Izohli lug’atdan foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. LEKSIK TA HLIL N A MUN A SI 186-mashq (4-sinf ”Ona tili”, 78-bet) Saxiy ona tabiat Ko’k maysalar nish urib Quchog’ida havo sof . Yerning baland-pastida . Onda-sonda ko’rinar Go’zal bahor silkillab, Nursiz , qizg’ish oftob. Yetilar qor ustida (Qudrat Hakim). 1) Mazkur she’riy matn tarkibidagi sifatlar aniqlab olinadi: saxiy, sof, nursiz, qizg’ish, ko’k, baland-past, go’zal; 2) Har bir so’z ma’nosi izohlanadi, buni konseptual jadval yoki taqdimot shaklida ham tayyorlash mumkin: