SITRUS VA SUBTROPIK EKINLARNI ZARARLI HAShAROTLARI
SITRUS VA SUBTROPIK EKINLARNI ZARARLI HAShAROTLARI Reja: 1.Sitrus oq qanoti. 2.Avstraliya tarnovsimon qurti-itseriya. 3.O‘rta Dengiz meva pashshasi. 4.Katta mandarin pashshasi. Z.Yapon tayoqchasimon qalqondori. 5.Sharq sitrus qalqondorini o‘tish yo‘llari, rivojlanish xususiyatlari va karantin kurash tadbirlari.
Zarari. Bu zararkunanda sitrus o‘simliklarda so‘rib zarar yetkazadi. Asosan zarar yetkazuvchi bosqichi lichinkalar. Sitrus oq qanotining vatani Sharqiy Osiyo (Janubiy Xitogy va Hindiston). 1942 yilda zararkunanda Yevropga tarqalgan (O‘rta dengiz orqali Fransiyaga). Hozirgi kunda Yevropda (Fransiya, Italiya, Gresiya), Osiyo va Afrika davlatlarida, Shimoliy, O‘rta va Janubiy Amerika, Avstraliyada, Gruziyada (Batumi shahrida) topilgan. Bundan tashqari Ozarboyjon, Tojikiston va O‘zbekiston !urxondaryo, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand viloyatlarida) pgina zarar yetkazadi. Bu zarakunanda ko‘chatlar bilan va sitrus mevalari bilan ..arqaladi. Voyaga yetgan hasharoti uzunligi 1,6-2 mm. Tuxumi 0,24-0,32 ;mm, ellipssimon, sarG‘ish rangda. Birinchi yoshdagi lichinkalari (brodyajka) 0,21-0,34 mm och sarg‘ish, ovalsimon, tana, chetida kalta tukchalari bor. II yoshdagi 0,57-0,66 mm, III yoshdagi 0,91-1,7 mm, IV yoshdagi yumaloq och jigarrangli. Ba’zan IV yoshdagi lichinkadarni pupariyalar deb ataladi.(1) Hayot kechirishi. Qishlash fazasi lichinka dekabr oyidan 4 yoshdagi lichinkalar paydo bo‘ladi va aprel oxirida hamma lichinkalar shu yoshga yetadi. May oyida voyaga yetgan hasharotlar keyin tuxum qo‘yishi boshlanadi. Bahorgi uchish vaqti 3-4 haftaga cho‘ziladi. Urg‘ochi tuxumini bittadan yoki to‘p-to‘p qilib bargning orqa qismiga 125 tagacha (60-170) qo‘yadi. Iqpim sharoiti qulay bo‘lsa, 225 tagacha tuxum qo‘yishi mum- kin. |Embrional rivojlanish 10-15 kunga cho‘ziladi. Lichinka tuxumdan 18-20°S ga yetgach paydo bo‘ladi va bir necha soat o‘tGanda bargga joylashadi. Yozda rivojlanishi 1 oygacha cho‘ziladi. Bizning respublikamizda 5 avlod beradi.
Oq qanoti rivojlanish uchun havo namligi 80-85 % bo‘lishi lozim. Kurash choralari. Ahamiyatga ega kurash choralardan biri bu . karantin kurash chorasidir. Ma’lumki yangi joylarga sitrus oq qanoti ko‘chat va mevalar .orqali tarqalishi mumkin. Shuning uchun eng zarur tadbirlardan biri bu yangi hududlarga olib kelinadigan ko‘chatlarni va sitrus mevalarni fitosanitar nazoratidan o‘tkazish. Yangi hududlariga fitosani-' . tar ruxsatnomasiz o‘tkazish mumkin emas. Sitrus oq qanotiga qarshi hozirgi kunda yaxshi natija beraigan tadbir ashersoniya zamburug‘ni ishlatish. Ashersoniya zamburug‘i faqatgina sitrus oq qanotining qarshi kurashda yaxshi natija beradi. Kimyoviy keng qo‘llaniladigan preparatlardan peritroidlar. Sitrus oq qanotining bir necha entomofoglary ma’lum: oltin ko‘z, xon qizi, yirtqich kana va boshqalar. Lekin ishlatiladigan peritroidlar faqatgina voyaga yetgan hasharotlarga ta’siri bor. Avstraliya tarnovsimon qurti — Itseriya deyarli hamma qit’ada-Yevropa, Osiyo, Afrika, Avstraliya, Janubiy, Markaziy Amerikada kenga tarqalgan. MDH da unchalik katta bo‘lmagan zararkunanda o‘choqlari mavjud. Kuzatishlarga qaraganda tarqalishi mumkin bo‘lgan areal 25°S harorat va havo namligi 60-70 % bo‘lgan joylar, ya’ni bularga Qora dengiz bo‘yining subtropik zonalaridan Markaziy Osiyoning yopiq gruntda sitrus ekinlari yetishtiriladigan nam iqpimli yerlariga to‘g‘ri keladi. Sitrus mevalarini, Avstraliya akatsiyasini, o‘rik, olma daraxtlarini, jami 100 dan ortiq turdagi o‘simliklarni zararlaydi.
Zararkunanda qattiq zarar yetkazganda poyani qoplab oladi, novda, ingichka novdacha va barglarni, mevalarni so‘radi. Uning chiqargan chiqitlarida kapnodium-Sarpos!sht zamburug‘i rivojlanadi. Bu zamburug‘ qora rangda, bargni qalin qavat hosil qilib qoplab oladi. O‘simlik suvsizlanadi va mevalar to‘kiladi. Imagosi. Urg‘ochisi uzunligi 5-6 mm, zniga 4-4,5 mm oval shakdsa. Yelka tomoni to‘mtoq va qorni tekis. Tanasini rangi qizg‘ish-jigarrang; oyoqlari qora rangda, yaxshi rivojlangan. Erkagining tanasi qizil rangda. Qanotlari qoramtir va ikkita tomirli. Erkagi kam uchraydi. Tuxumi uzunchoq shaklda, 2 mm gacha keladi. Lnchinkasi —tanasi qizg‘ish, oyoqlari qora, uzunligi 3 mm gacha.(3) Biologiyasi. Lichinkaning oxirgi yoshida qishlaydi. Mayning boshlarida rivojlanish to‘xtaydi va urg‘ochisi oq tomirsimon incha hosil qilib, unga 30 tadan 2000 tagacha tuxum qo‘yadi.. Haroratga bog‘liq holda 10-60 kunda lichinkalar chiqadi. Ular daraxt bo‘ylab taraqaladi va so‘ra boshlaydi. 15-30 kun aniqlangandan keyin ular po‘st tashlaydi va yana oziqlanishga tushadi. Uchinchi marta po‘st tashlab ular yetuk zotga aylanadi. Itseriya 1 yilda 2-3 avlod beradi. Karaitii tadbirlar. Zararkunanda tarqalgan mamlakatlardan qishloq xo‘jalik mollarini olib kelish taqiqlanadi. Kurash choralari biologik himoyada yirtqich xonqizi-Kou]'ez sag«11paN8 Mi115 dan foydalaniladi. Abxaziyada 1931 yilda yo‘qolib ketgan novius qo‘ng‘izi Misrdan MDH ga olib kelib iqlimlashtirilgan. Bahorda bu qo‘ng‘izni itseriyaning har bir rivojlanish bosqichiga qarshi qo‘llash mumkin. Gruziyaning subtro- pik yerlarida poviusni qo‘llash natijasida sitrus mevalariga aytarli zarar yetkaza olmaydi.
Qattiq qishda bu yirtqichning soni keskin kamayib ketadi, shuning uchun biolaboratoriyalarda zahira holda saqlanadi. Kimyoviy ishlov berish natijasida ham yirtqichning soniga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. O‘rta dengiz meva pashshasi —. Ye vropa-Avstriya, Albaniya, Gresiya, Malta, Niderlandiya, Ispaniya, Italiya, Osiyo-AfG‘oniston, Isroil, Indoneziya, Iordaniya, Eron, Kipr, Livan, Misr, Turkiya, Yava orollari; Afrika-Jazoir, Misr, Zoir, Zimbabve, Kongo, Liviya, Mavrikiy, Madagaskar, Marokko, Nigeriya, Senegal, Sudan, Tanzaniya, Tunis, Uganda, Markaziy va Janubiy Amerika-Argentina, Braziliya, Peru, Avstraliya va Okeaniyada ham tarqalgan. Ko‘p malakatlarda karantin ob’ekt. ( 1,2) MDH da 1937 yilda Odessada tarqalgan. 1964, 1966, 1967 va 1968 yillarda sevastopolda va ikkinchi bor 1966 yilda Odessada topilgan. Karantin va qiruvchi tadbirlar natijasida ularning markazlari yo‘q qilindi. Oxirgi yillarda O‘rta yer dengiz meva pashshasining kirib kelish xavfi Ozarboyjon, Gruziya va Eronda kuzatildi. Bu mamlakatlarda 1976 yilda tarqalgan va tez ko‘payib ketgan edi. Uning tarqalishi natijasida meva yetishtiradigan xo‘jaliklarga tez iqlimlashadi va o‘rik, shaftoli, shuningdek sitrus mevalarini zararlaydi. Apelsin, mandarin, limon, banan, kofe, xurmo, anjir, qulupnay, anor, o‘rik, olma, gilos, uzum, pomidor, baqlajon, va shu kabi 70 dan ortiq o‘simliklarga zarar yetkazadi. Pashshaning lichinkalary bilan zararlangan mevalar tashqi ko‘rinishidan sog‘lom mevalardan farq qilmagan bo‘lar edi, agarda zararlangan mevalarning dog‘lari bo‘lmaganida (bunday mevalarning ichida .pashshaning oq lichinkalarini topish mumkin). Lichinklar o‘rik va shaftolining danagigacha bo‘lgan yumshoq qismini yeb tugutadi, mevalar to‘kiladi va