logo

Talab va taklif nazariyasi. bozor muvozanati

Загружено в:

17.09.2024

Скачано:

0

Размер:

20.568359375 KB
Talab va taklif nazariyasi. bozor muvozanati
Reja :
1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga  ta‘sir etuvchi omillar. Talab 
qonuni.
2. Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta‘sir etuvchi omillar. Taklif 
qonuni.
3. Talab miqdori va taklif miqdori o’rtasidagi nisbatning o’zgarishi. 
Bozor muvozanati.
4. Iste‘molchi hatti-harakati nazariyasi. 1-savol. Talab tushunchasi va uning miqdoriga 
ta‘sir etuvchi omillar. Talab qonuni.
Kishilarning   ehtiyoji   ilmiy   va   hayotiy   tushuncha   bo’lib,   iqtisodiy
taraqqiyotning   barcha   bosqichlarida   amal   qilib   kelmoqda,   chunki   bu
tushuncha kishilarning hayotiy vositalarga bo’lgan zaruriyatini bildiradi.
Ehtiyojning   bozor   iqtisodiyoti   sharoitidagi   ko’rinishi   va   amal   qilishi
talabdir.   Lekin   talab   ehtiyojdan   farq   qiladi   va   mustaqil   iqtisodiy
kategoriya   (ilmiy   tushuncha)   sifatida   amal   qiladi.   Uning   farqi   shundan
iboratki,   kishilarning   ehtiyoji   o’sib   boraveradi,   cheksizdir.   U   pul   bilan
ta‘minlansa va sotib olish kurbiga ega bo’lgan taqdirda talabga aylanadi.
Demak,   aytish   mumkinki,   talab   –   bu   pul   bilan   ta‘minlangan
ehtiyojdir.   Ehtiyoj   sotib   olish   uchun   zarur   bo’lgan   pul   bilan
ta‘minlanmasa, u “xoxish”, “istak” bo’lib qolaveradi.
Bozordagi   narxlarni   o’zgarib   turish   darajasida   iste‘molchilarning
tovar   va   xizmatlarning   ma‘lum   turlarini   va   ma‘lum   miqdorlarini   sotib
olishga layoqati bo’lgan ehtiyoj talab deyiladi.
Talablar   turlicha   bo’ladi.   Bir   xil   tovar   va   xizmatga   bo’lgan
talabning   ikki   turi   bor   va   ular   bir-biridan   farq   qilinadi.   Shu   boisdan,
yakka talab va bozor talabi bo’ladi.
Har   bir   iste‘molchining,   ya‘ni   alohida   shaxs,   oila,   korxona,
firmaning  moddiy va nomoddiy ne‘matlarga  bo’lgan talabi – bu   yakka
talab  deyiladi. Bir qancha  iste‘molchilarning tovarlar va xizmatlarga
bo’lgan talablari yig’indisi  bozor talabi deyiladi.
Misol keltiramiz. Bir kg kartoshkani narxi 600 so’m bo’lsa, talab 5
kg bo’ladi  (bir oy davomida). 500 so’m bo’lsa,  7 kg bo’ladi, 300 so’m bo’lsa, talab 10 kg chiqadi. Bozor talabi esa, 1 tonna, 2 tonna, 4 tonna va
xaqozo bo’lishi mumkin.
Mahsulot   narxi   va   sotib   olinadigan   tovar   miqdori   o’zgarishi
o’rtasida bo’ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog’liqlik   talab qonuni
deyiladi.
Talab miqdori va hajmi faqat narxga bog’liq bo’lib qolmasdan, bir
qator omillar ham ta‘sir qiladi:
1.   Iste‘molchilarning   didi,   ya‘ni   tovarlar   va   xizmatlarni   sotib
olishga yoki olmaslikka moyilligi yoki moyil emasligidir.
2. Bozor iste‘molchilarning soni.
3. Iste‘molchilarning daromadlari
4. Bir-biriga bog’liq tovarlarning narxi
5. Kelajakda narx va daromadlarning o’zgarishi ehtimoli.
Ana   shu   omillar   o’zgarishi   talab   hajmining   o’zgarishiga   qanday
ta‘sir ko’rsatishga harakat qilamiz:
1.   Biron-bir   tovarga   iste‘molchining   didida   ijobiy   o’zgarish   ro’y
bersa, narxning tegishli darajasida unga bo’lgan talab ortadi va aksincha
bo’ladi.
2.   Bozorda   iste‘molchilar   soni   ko’paysa,   talab   ortadi,
iste‘molchilarning soni kamaysa talab qisqaradi.
Masalan,   aloqa   vositalarining   takomillashuvi   xalqaro   moliyaviy
bozor   doirasini,   undagi   qimmatli   qog’ozlarning   oldi-sotdi   jarayonlarida
ishtirok   etuvchilar   sonini   mislsiz   kamaytiradi   hamda   aktsiya   va
obligatsiya   kabi   moliyaviy   aktivlarga   bo’lgan   talabning   o’sishiga   olib
keladi.   Tug’ilish   darajasining   pasayishi   bolalar   bog’chasi   va   maktabga
bo’lgan talabni kamaytiradi. 3.   Pul   daromadi   o’zgarishining   talab   hajmiga   ta‘siri   boshqa
omillarga   qaraganda   ancha   murakkab.   Daromad   yuqori   bo’lsa,
iste‘molchilar   yuqori   sifatli   tovarlarni   xarid   qiladilar   va   aksincha.
Masalan,   non,   kartoshka   o’rnida   go’sht,   asal   va   sut   maxsulotlari   xarid
qilinadi.
Daromadning   o’zgarishi   bilan   talab   miqdori   to’g’ri   bog’liqlikda
o’zgaradigan   tovarlar   oliy   toifali   tovarlar   deyiladi.   Daromadlar
o’zgarishi bilan talab miqdori teskari bog’liqlikda o’zgaradigan tovarlar
past toifali tovarlar deyiladi.
Iste‘molchilar   daromadi   va   ular   tomonidan   sotib   olinadigan
tovarlar miqdori o’rtasidagi bog’liqlik nemis iqtisodchisi va statisti Ernst
Engel   (1821-1896)   tomonidan   chuqur   tadqiq   etilgan.   Shunga   ko’ra,
iste‘molchi  daromadi  bilan  u  tomonidan   sotib   olinishi   mumkin   bo’lgan
tovarlar   miqdori   o’rtasidagi   o’zaro   bog’liqlik   Engel   qonuni   deyiladi.
Haqiqatan   ham,   aholi   daromadlari   o’sib   borishi   bilan   tovarlar   ko’proq
xarid qilinadi, daromadlar pasaysa (kamaysa) xarid qilish ham pasayadi.
Past   toifali   tovarlar   uchun   Engel   egri   chizig’i   pasayuvchi
ko’rinishda   bo’lib,   daromadlar   oshib   borishi   bilan   iste‘molchilar   ularni
kamroq   miqdorda   sotib   oladilar.   Agar   tovarning   iste‘moli   daromad
darajasiga   bog’liq   bo’lmasa,   u   xolda   Engel   egri   chizig’i   tik   holda
bo’ladi.
Engel egri chizig’i 4.   O’zaro   bog’liq   tovarlar   narxi   o’zgarishining   talabga   ta‘sirini
o’rganishda ularning 2 guruhga ajratish maqsadida muvofiq bo’ladi:
1) o’zaro bir-birini almashtiruvchi yoki o’rinbosar tovarlar;
2) o’zaro bir-birini to’ldiruvchi tovarlar.
Masalan, sariyog’  narxining oshishi  margaringa  bo’lgan talabning
ortishiga olib keladi. Agar avtomobilning narxi oshsa benzindan bo’lgan
talab qisqaradi va aksincha bo’ladi.
5.   Kelgusida   iste‘molchi   daromadlari,   tovar   narxi   o’zgarishining
kutilishi   va   tovarlar   miqdorining   yetarli   bo’lishi   yoki   bo’lmasligi   kabi
omillar   talab   hajmining   o’zgartirishi   mumkin.   Kelgusida   narxning
nisbatan   oshishining   kutilishi,   iste‘molchi   jooriy   talabining   oshishiga
olib keladi va aksincha bo’lishi mumkin.
2-savol. Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga
ta‘sir etuvchi omillar. Taklif qonuni.
Bozor   narxlarining   amaldagi   darajasida   ma‘lum   davr   oralig’ida
ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan tovarlar va xizmatlarning
belgilangan miqdorini bozorga chiqarilishi  taklif  deyiladi. Bozor   narxining   o’zgarishi   bilan   taklif   ham   o’zgaradi.   Taklif
narxlarning   turli   darajasida   qancha   miqdordagi   mahsulotning   sotishga
chiqarilishini bildiradi. Masalan, 1 kg kartoshka 450 so’m bo’lsa, bir oy
davomida   uning   yakka   taklifi   miqdori   60   kg   bo’ladi,   1   kg   300   so’m
bo’lsa, 50 kg taklif bo’ladi. Bir oy davomida uning bozor taklifi miqdori
quyidagi bo’ladi: (tonna) 350 – 6,0; 300 – 5,0; 200 – 2,0 va 150 – 1,0 tn
taklif qilinadi.
Narxning   o’zgarishi   bilan   taklif   etilayotgan   tovar   miqdorining
to’g’ri bog’liqlikdagi o’zgarishi  taklif qonuni  deyiladi. 
Bozorda  taklif  qilinadigan   tovar   hajmiga   narxdan  tashqari  boshqa
bir qator omillar ham ta‘sir qiladi:
1. Resurslarning narxi;
2, Ishlab chiqarish texnologiyasi;
3. Soliq va subsidiyalar;
4. Boshqa tovarlarning narxi;
5. Narx o’zgarishining kutilishi;
6. Bozordagi sotuvchilarning soni;
7, Xaridorlarning daromadlari.
Bu omillarni har birini tushuntirishga harakat qilamiz:
- resurslarga sarf qilinadigan xarajatlar bilan taklif o’rtasida o’zaro
bog’liqlik   mavjud.   Resurs   narxi   pasayishi   ishlab   chiqarish   xarajatlarini
kamaytiradi.  Natijada taklif qilinadigan tovarlar va xizmatlar  ko’payadi
va   aksincha   bo’ladi.   Masalan,   mineral   o’g’itlar   narxini   oshib   borishi
g’alla taklifini kamaytiradi.
- texnologiyalarni takomillashuvi mahsulot birligini ancha samarali
ishlab   chiqarishga   imkon   beradi.   Masalan,   paxta   zararkunandalariga qarshi   ancha   samarali   biologik   usullarning   yaratilishi   paxta   tolasining
miqdorini va sifatini oshiradi, taklifni ko’payadi.
-   ko’pchilik   soliqlar   ishlab   chiqarish   xarajatlari   tarkibiga   kiradi.
Shu  sababli   soliqlarning   oshishi   ishlab   chiqarish   xarajatlarining   oshishi
uning   taklifini   qisqartiradi.   Aksincha,   davlat   qandaydir   tovar   ishlab
chiqarish   yoki   biror   sohaga   subsidiya   bersa,   bu   amalda   xarajatlarni
kamaytiradi va uning taklifini oshiradi.
-   boshqa   tovarlar   narxlarining   o’zgarishi   ham   mazkur   tovar
taklifini   o’zgartiradi.   Masalan,   qo’y   go’shti   narxining   pasayishi   mol
go’shti taklifini oshiradi. Aksincha, mol go’shti narxining tushishi qo’y
go’shti taklifini oshiradi.
- kelgusida mahsulot narxining o’zgarishining kutilishi ham ishlab
chiqaruvchining   bugungi   kundagi   bozorga   mahsulot   yetkazib   berish
xohishiga   ta‘sir   ko’rsatishi   mumkin.   Masalan,   kelajakda   neft   narxining
keskin pasayishining kutilishi neftning taklifini pasaytiradi.
-   tovar   ishlab   chiqaruvchilar   qanchalik   ko’p   bo’lsa,   taklif
qilinadigan   mahsulot   miqdori   shunchalik   ko’p   bo’ladi,   chunki   tovar
ishlab chiqarish ko’payadi.
Taklif   hajmining   o’zgarishiga   tovarning   saqlanish   xususiyati,
saqlash   xarajatlari   va   tansport-tashish   imkoniyatlari   ham   ta‘sir
ko’rsatadi. Masalan, uzoq vaqt saqlab bo’lmaydigan qishloq xo’jalik va
oziq-ovqat mahsulotlari uchun taklif kamdan-kam o’zgaruvchan bo’ladi.
Qishloq   xo’jaligiga   yaroqli   bo’lgan   yerlar   cheklangan   bo’lsa,
uning narxi (renta) qanchalik oshmasin, yer taklifini oshirib bo’lmaydi. Ijodiy   kasb   soha   xodimlarining   (masaln,   olimlar,   shoirdar,
yozuvchilar, musavvirlar va boshqalar) mehnat mahsuli va noyob san‘at
asarlarining taklifi ham noo’zgaruvchan bo’ladi. 
3-savol. Talab miqdori va taklif miqdori o’rtasidagi 
nisbatning o’zgarishi. Bozor muvozanati .
Talab   bilan   taklif   miqdorlari   bir-birlari   bilan   doimo   ma‘lum
nisbatda bo’ladi va nisbatlar o’zgarib turadi. Ba‘zan talab miqdori taklif
miqdoridan   oshib   ketib,   narx   ko’tarilsa,   ayrim   paytda   taklif   miqdori
talab miqdoridan oshib ketib, narx pasayib qoladi.
Talab miqdori bilan taklif miqdori o’rtasidagi nisbat bir-biriga teng
bo’lgan   holat   bozor   muvozanati   deyiladi.   Bozor   muvozanati   vujudga
kelgan holda shakllangan narx bozor narxi deyiladi.
Talab   va   taklif   tushunchalari   tahlili,   sotuvchi   va   xaridorlar
manfaatlari  mos kelishini  qarab chiqish imkonini berdi, ular o’rtasidagi
mos kelishlik o’z ifodasini  muvozanatli narx da topadi.
Talab   narxga   qandaydir   darajada   egiluvchan   bo’ladi.   Masalan,
narxning   bir   foizga   o’zgarishi   talabning   necha   foizga   o’zgarishini
ifodaluvchi   ko’rsatkich   talabning   narx   bo’yicha   egiluvchanligi
ko’rsatkichi deyiladi.
Talabning   narx   bo’yicha   egiluvchanligi   (Et)   darajasi   quyidagi
formula bo’yicha hisoblanadi:                  Et =ΔQ / ΔP(1);
Bu   yerda:   Et   -   talabning   egiluvchanligi;   ΔQ   –   talab   miqdorining
foizli o’zgarishi; ΔP- narxlarning foizli o’zgarishi.
Talab   egiluvchanligini   belgilab   beruvchi   bir   kator   omillar
mavjud bo’ladi, ularga quyidagilar kiradi: 1.   Mahsulotning   o’rnini   bosuvchanligi.   Iste‘molchiga   biror
mahsulotning   o’rnini   bosuvchi   boshqa   mahsulotlar   ko’proq   tavsiya
qilinsa,  unga talab  shuncha egiluvchan  bo’ladi. Masalan,  sariyog’ bilan
margarin, mol go’shti bilan qo’y go’shti va haqozo.
2.   Mahsulot   qiymati   (narx)ning   iste‘molchi   daromadidagi
salmog’i.   Iste‘molchi   daromadida   mahsulotlar   narxi   qanchalik   katta
o’rinni egallasa, unga talab shuncha yuqori bo’ladi. Masalan, daftar yoki
qalam   narxining   10  fozga   o’sishi   bir   necha   so’mni   tashkil   qiladi   va   bu
talab   bildirgan   mahsulot   miqdorida   juda   kam   o’zgarish   bo’lishiga   olib
keladi.   Shu   bilan   birga,   avtomobil   yeki   uy   narxining   10   foizga   o’sishi
mos ravishda 0,5 yoki 1,5 mln so’mni tashkil qiladi. Narxlarning bunday
oshishi   juda   ko’p   oilalar   bir   necha   yillik   daromadining   katta   qismini
tashkil   qiladi   va   aytish   mumkinki,   bu   sotib   olinadigan   mahsulot
miqdorini sezilarli ravishda kamaytiradi.
3. Mahsulotlarning iste‘mol xususiyatlari. Zeb-ziynat buyumlariga
talab   egiluvchan   bo’ladi,   hayotiy   zarur   buyumlarga   esa   talab
noegiluvchandir. Masalan, non va elektr energiyasini iste‘mol qilishning
kesin   kamayishiga   olib   kelmaydi,   lekin   zeb-ziynat   mahsulotlarini
(buyumlarining)   narxi   oshganda,   ularni   iste‘mol   qilishni   to’xtatish
mumkin.
4. Vaqt omili. Mahsulotlar narxi to’g’risida qaror qabul qilish vaqt
oralig’i   qancha   uzoq   bo’lsa,   mahsulotga   talab   shuncha   egiluvchan
bo’ladi.   Masalan,   agar   mol   go’shtining   narxi   10   foizga   ko’tarilsa,
iste‘molchi  uni xarid qilishni  birdaniga  qisqartirmasligi  mumkin.  Lekin
bir   qancha   vaqt   o’tishi   bilan   iste‘molchi   o’zining   moyilligini   tovuq
go’shti yoki baliqqa o’tkazishi mumkin. Daromad   bo’yicha   talab   egiluvchanligi   ham   mavjud.   Daromad
ko’payishi   bilan   tovar   va   xizmatlarga   bo’lgan   talab   ham   oshib   boradi,
daromad talabga ta‘sir etadi. Uni aniqlash uchun daromad bo’yicha talab
egiluvchanligi   ko’rsatkichidan   foydalaniladi   va   quyidagi   formula   bilan
aniqlanadi:                                       Et =ΔQ / ΔD (2);
Iste‘molchi   daromadning   1   foizga   o’zgarishi   talabning   necha
foizga o’zgarishini  ifodaluvchi ko’rsatkich  talabning daromad bo’yicha
egiluvchanligi   ko’rsatkichi   deyiladi.   2   formulada   Et   –   talabning
egiluvchanligi;   ΔQ   –   talab   miqdorining   foizli   o’zgarishi;   ΔD   –
daromadning foizli o’zgarishini bildiradi.
Taklif   hajmiga   ta‘sir   qiluvchi   boshqa   omillar   o’zgarmay   qolgan
sharoitda   narxning   bir   foizga   o’zgarishi   taklifning   necha   foizga
o’zgarishini   ifodalovchi   ko’rsatkich   taklifning   narx   bo’yicha
egiluvchanligi ko’rsatkichi  deyiladi yoki buni taklifning egiluvchanligi
deb ham ataladi. Taklifning narx bo’yicha egiluvchanligi:
Etf =  ΔQ / ΔP(3);
Bu yerda: Etf – taklifning egiluvchanligi; ΔQ - taklif miqdorining
foizli o’zgarishi; ΔP- narxlarning foizli o’zgarishi.
Taklif   egiluvchanligiga   ta‘sir   ko’rsatuvchi   muhim   omil,
mahsulotga   narxning   mavjud   o’zgarishini   hisobga   olish   uchun   zarur
bo’lgan vaqt oralig’i hisoblanadi.
4-savol. Iste‘molchi hatti-harakati nazariyasi
Hozirgi   kunda   bozor   talabini   shakllanishi   va   namoyon   bo’lishi
iste‘molchining   hatti-harakati   orqali   tushuntirilmoqda   va   G’arb
adabiyotlarida   mavjud   bo’lib   kelgan   turli   nazariyalardan   foydalanib, iste‘molchi   hatti-harakati   nazariyasi   alohida   yo’nalish   sifatida   bayon
etilmoqda. 
Iste‘molchining   bozordagi   hatti-harakati   so’nggi   qo’shilgan
naflilik   nazariyasi   hamda   iste‘molchi   tanlovi   nazariyasi   orqali
izohlanadi.   Agar   naflilikka   iste‘molchi   o’lchami   bilan   qaralsa,   u
iste‘molchining   biron-bir   ne‘matni   iste‘mol   qilishdan   olinadigan
qoniqishni anglatadi.
Iste‘molchi   tomonidan   o’zi   uchun   turli   tovarlarning   naflilik
darajasining baholanishi  iste‘molchining afzal ko’rishi  deyiladi. 
Naflilik   funktsiyasi   ma‘lum   miqdordagi   tovarlarga   boshqa   bir
miqdordagi tovarlarni taqqoslashni bildiradi.
So’nggi   qo’shilgan   naflilik   muayyan   ne‘matning   navbatdagi
birligini   iste‘mol   qilishdan   olingan   qo’shimcha   naflilikdir.   Iste‘molchi
tovarlarning   turli   to’plamini   xarid   qilishda   doimo   naflilikni
maksimallashtirish   qoidasiga   amal   qiladi.   Bu   qoidaning   mazmuni
quyidagicha   bayon   etiladi:   iste‘molchi   o’zining   daromadini   shunday
sarflashi kerakki, daromad to’liq sarflangan holda tovarni xarid qilishda
olingan   so’nggi   qo’shilgan   naflilikning   tovar   narxiga   nisbatan   barcha
tovarlar uchun bir xil qiymatga ega bo’lishi lozim. Ya‘ni:
MVx / Px = MVy / Py (4);
Bu   yerda:   MVx   va   MVy   –   tovarlarning   so’nggi   qo’shilgan
nafliligi; P – ularning narxini bildiradi. 
Bu qoida iste‘molchining muvozanatli holatini ifodalaydi.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Talab   – iste‘molchi ma‘lum vaqtda narxlarning har bir darajasida
sotib olishga qodir bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdoridir.  Talab   egri   chizig’i   –   narx   va   talabning   hajmi   o’rtasidagi   teskari
bog’liqlikni ko’rsatadigan tushunchadir.
Talab   qonuni   –   tovarlar   narxi   bilan   uning   sotib   olinadigan
miqdori o’rtasidagi teskari yoki qarama-qarshi bog’liqlikni ifodalaydi.
Taklif   –   ishlab   chiqaruvchi   ma‘lum   vaqtda   ishlab   chiqarishga
qodir bo’lgan, narxning har bir darajasida bozorga sotishga chiqaradigan
tovarlar miqdoridir.
Taklif   egri   chizig’i   –   narx   va   taklifning   hajmi   o’rtasidagi
to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlikning grafikdagi tasviridir.
Taklif   qonuni   –   narx   bilan   sotishga   chiqariladigan   tovarlar
miqdori   o’rtasidagi   bevosita   yoki   to’g’ridan-to’g’ri   bog’liqlikni
ifodalaydi.
Taklif   (talab)ning   egiluvchanligi   –   narx   bir   foiz   o’zgarganda
talab   necha   foiz   o’zgarishini   ko’rsatadi.   Bu   talabning   narx   bo’yicha
o’zgaruvchanligi ham deyiladi.
Daromad   samarasi   –   narx   pasayganda   iste‘molchi   pul
daromadlarining sotib olish layoqatining ortishidir.

Talab va taklif nazariyasi. bozor muvozanati Reja : 1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta‘sir etuvchi omillar. Talab qonuni. 2. Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta‘sir etuvchi omillar. Taklif qonuni. 3. Talab miqdori va taklif miqdori o’rtasidagi nisbatning o’zgarishi. Bozor muvozanati. 4. Iste‘molchi hatti-harakati nazariyasi.

1-savol. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta‘sir etuvchi omillar. Talab qonuni. Kishilarning ehtiyoji ilmiy va hayotiy tushuncha bo’lib, iqtisodiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida amal qilib kelmoqda, chunki bu tushuncha kishilarning hayotiy vositalarga bo’lgan zaruriyatini bildiradi. Ehtiyojning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi ko’rinishi va amal qilishi talabdir. Lekin talab ehtiyojdan farq qiladi va mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi. Uning farqi shundan iboratki, kishilarning ehtiyoji o’sib boraveradi, cheksizdir. U pul bilan ta‘minlansa va sotib olish kurbiga ega bo’lgan taqdirda talabga aylanadi. Demak, aytish mumkinki, talab – bu pul bilan ta‘minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj sotib olish uchun zarur bo’lgan pul bilan ta‘minlanmasa, u “xoxish”, “istak” bo’lib qolaveradi. Bozordagi narxlarni o’zgarib turish darajasida iste‘molchilarning tovar va xizmatlarning ma‘lum turlarini va ma‘lum miqdorlarini sotib olishga layoqati bo’lgan ehtiyoj talab deyiladi. Talablar turlicha bo’ladi. Bir xil tovar va xizmatga bo’lgan talabning ikki turi bor va ular bir-biridan farq qilinadi. Shu boisdan, yakka talab va bozor talabi bo’ladi. Har bir iste‘molchining, ya‘ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning moddiy va nomoddiy ne‘matlarga bo’lgan talabi – bu yakka talab deyiladi. Bir qancha iste‘molchilarning tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talablari yig’indisi bozor talabi deyiladi. Misol keltiramiz. Bir kg kartoshkani narxi 600 so’m bo’lsa, talab 5 kg bo’ladi (bir oy davomida). 500 so’m bo’lsa, 7 kg bo’ladi, 300 so’m

bo’lsa, talab 10 kg chiqadi. Bozor talabi esa, 1 tonna, 2 tonna, 4 tonna va xaqozo bo’lishi mumkin. Mahsulot narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o’zgarishi o’rtasida bo’ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog’liqlik talab qonuni deyiladi. Talab miqdori va hajmi faqat narxga bog’liq bo’lib qolmasdan, bir qator omillar ham ta‘sir qiladi: 1. Iste‘molchilarning didi, ya‘ni tovarlar va xizmatlarni sotib olishga yoki olmaslikka moyilligi yoki moyil emasligidir. 2. Bozor iste‘molchilarning soni. 3. Iste‘molchilarning daromadlari 4. Bir-biriga bog’liq tovarlarning narxi 5. Kelajakda narx va daromadlarning o’zgarishi ehtimoli. Ana shu omillar o’zgarishi talab hajmining o’zgarishiga qanday ta‘sir ko’rsatishga harakat qilamiz: 1. Biron-bir tovarga iste‘molchining didida ijobiy o’zgarish ro’y bersa, narxning tegishli darajasida unga bo’lgan talab ortadi va aksincha bo’ladi. 2. Bozorda iste‘molchilar soni ko’paysa, talab ortadi, iste‘molchilarning soni kamaysa talab qisqaradi. Masalan, aloqa vositalarining takomillashuvi xalqaro moliyaviy bozor doirasini, undagi qimmatli qog’ozlarning oldi-sotdi jarayonlarida ishtirok etuvchilar sonini mislsiz kamaytiradi hamda aktsiya va obligatsiya kabi moliyaviy aktivlarga bo’lgan talabning o’sishiga olib keladi. Tug’ilish darajasining pasayishi bolalar bog’chasi va maktabga bo’lgan talabni kamaytiradi.

3. Pul daromadi o’zgarishining talab hajmiga ta‘siri boshqa omillarga qaraganda ancha murakkab. Daromad yuqori bo’lsa, iste‘molchilar yuqori sifatli tovarlarni xarid qiladilar va aksincha. Masalan, non, kartoshka o’rnida go’sht, asal va sut maxsulotlari xarid qilinadi. Daromadning o’zgarishi bilan talab miqdori to’g’ri bog’liqlikda o’zgaradigan tovarlar oliy toifali tovarlar deyiladi. Daromadlar o’zgarishi bilan talab miqdori teskari bog’liqlikda o’zgaradigan tovarlar past toifali tovarlar deyiladi. Iste‘molchilar daromadi va ular tomonidan sotib olinadigan tovarlar miqdori o’rtasidagi bog’liqlik nemis iqtisodchisi va statisti Ernst Engel (1821-1896) tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Shunga ko’ra, iste‘molchi daromadi bilan u tomonidan sotib olinishi mumkin bo’lgan tovarlar miqdori o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik Engel qonuni deyiladi. Haqiqatan ham, aholi daromadlari o’sib borishi bilan tovarlar ko’proq xarid qilinadi, daromadlar pasaysa (kamaysa) xarid qilish ham pasayadi. Past toifali tovarlar uchun Engel egri chizig’i pasayuvchi ko’rinishda bo’lib, daromadlar oshib borishi bilan iste‘molchilar ularni kamroq miqdorda sotib oladilar. Agar tovarning iste‘moli daromad darajasiga bog’liq bo’lmasa, u xolda Engel egri chizig’i tik holda bo’ladi. Engel egri chizig’i

4. O’zaro bog’liq tovarlar narxi o’zgarishining talabga ta‘sirini o’rganishda ularning 2 guruhga ajratish maqsadida muvofiq bo’ladi: 1) o’zaro bir-birini almashtiruvchi yoki o’rinbosar tovarlar; 2) o’zaro bir-birini to’ldiruvchi tovarlar. Masalan, sariyog’ narxining oshishi margaringa bo’lgan talabning ortishiga olib keladi. Agar avtomobilning narxi oshsa benzindan bo’lgan talab qisqaradi va aksincha bo’ladi. 5. Kelgusida iste‘molchi daromadlari, tovar narxi o’zgarishining kutilishi va tovarlar miqdorining yetarli bo’lishi yoki bo’lmasligi kabi omillar talab hajmining o’zgartirishi mumkin. Kelgusida narxning nisbatan oshishining kutilishi, iste‘molchi jooriy talabining oshishiga olib keladi va aksincha bo’lishi mumkin. 2-savol. Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta‘sir etuvchi omillar. Taklif qonuni. Bozor narxlarining amaldagi darajasida ma‘lum davr oralig’ida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan tovarlar va xizmatlarning belgilangan miqdorini bozorga chiqarilishi taklif deyiladi.