tarixiy informatika



O’zbekiston Respublikasi oily va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Termiz Davlat Universiteti “FIZIKA -MATEMATIKA ” FAKULTETI “Amaliy matematika va informatika “Tarixiy informatika ” fani bo’yicha ma’ruza matnlari Termiz - 200 8
A nnotatsiya Mazkur ishchi o`quv fan dasturi “ Tarix ” kursi bo`yicha tuzilgan bo`lib, talabalarga Tarixiy informatika fanining kelib chiqishi, taraqqiyoti, jamiyat hayotida tutgan o’rni haqida ilmiy dunyo qarashni shakillantirishga yordam beradi “Tavsiya etilgan” «Amaliy matеmatika va informatika» kafеdrasi majlisida muhokama qilingan va ma'qullangan. «_______» _____________ 2008 y. Tuzuvchi: o`qituvchi Mengatova X.T. Taqrizchi: dots еnt Ch.B.Normurodov, Tеrmiz davlat univ еrsit еti o`quv - m еtodik k еngashining 2008 yil “__________ “ “____” sonli qaydnomasi bilan qayd etilgan. @T еrmiz davlat univ еrsit еti
Bakalavriyatning ta’lim yo’nalishi uchun “ Tarixiy informatika ” fanidan tayyorlangan ishchi dasturiga TAQRIZ O’qituvchi Mengatova Xurshida Toshmuhammatovna tomonidan yozilgan ushbu ishchi o’quv dasturi “Tarix” ta’lim yo’nalishi bo’yicha o’quv rej asiga moslab tuzilgan. “Tarixiy informatika va matematik statistika ” fanini bu ishchi o’quv dastur bo’yicha o’rganish talabalarda fan va tehnikaning nazariy va amaliy masalalarida uchraydigan ko’plab “ Tarixiy informatika va matematik statistika ” sohasi b o’yicha talabalarning qobiliyatini rivojlantiradi. Ishchi o’quv dasturida ko’rsatilgan amaliyot va mustaqil ishlar ro’yhati to’la keltirilgan, asosiy va qo’shimcha adabiyotlar ishchi o’quv dasturidagi mavzularni to’la qamrab oladi. “Tarixiy informatika v a matematik statistika i” fani bakalavriyatning 4 kurs 5 -6 semestirlarida o’qitiladi, matematika va tadbiqiy -ilmiy fanlarning asosiylaridan biri bo’lib, ilmiy tadqiqotlarda muhim g’oyaviy qurol vazifasini bajaradi. Ushbu fan umum kasbiy fanlar va ihtisosl ik fanlari bilan bog’langan bo’lib, bu bog’lanishlar ishchi o’quv dasturida etiborga olingan. Dastur “Tarix” ta’lim yo’nalishi uchun davlat ta’lim standartlariga mos keladi va ishchi fan dasturi sifatida tasdiqlash mumkin deb hisoblayman. Taqrizchilar: “Amaliy matematika va informatika” kafedrasi mudiri: dos. Ch.B. Normurodov katta o’qituvchi: N.M. Boboho’jayeva
Тема №1: Tarixiy informatika fani tuzilishi va mazmuni Reja : 1. Tarixiy informatika fanining predmeti 2. Tarixiy informatikaning nazariy va amaliy komponentlari 3. Tarixni o’rganishda informatsion texnologiyalar Kvantitativ tarix , Kliometrika , Metanazariya , " O’rta darajadagi " nazariyalar , Mikro - nazariyalar Tarixiy informatika - tarix fani va ta’limini axborotlashtirish jarayoni qonuniyatlarini o’rganuvchi bilimlar sohasidir.Tarixiy informatika asosida barcha turdagi tarixiy manbalarning electron versiyal arini yaratish uchun zarur bo’lgan nazariy va amalir bilimlar majmuasi yotadi. Tarixiy informatikaning nazari y asosini zamonaviy axborot kontseptsiyasi bilan ijtimoiy informatika va nazariy manbashunoslik tashkil etadi.Tarixiy informatika amaliy asosini e sa kompyuter texnologoyalari tashkil etadi.Tarixiy informatika o’rganish sohasiga tarixiy tadqiqotlarda axborot texnologiyalarini qo’llash muammolari, maxsus dasturiy ta’minot , tarixiy ma ’lumotlar bazalari va banklarini yaratish ;axborot texnologiyalarini berilganlarni ifodalash va strukturalashgan, matnli, tasvirli va boshqa manbalarni tahlil qilishda qo’llash; tarixiy jarayonlarni kompyuterli modellashtirish; axborot tarmoqlaridan foydalanish ;multimedia va axborotlashtirishning yangi yo’nalishlari hamda axborot texnologiyalarini tarixiy ta’limda qo’llash kiradi.Yuqorida aytilganlarga asoslanib, amaliy tarixiy informatika va nazariy tarixiy informatika to’g’risida gapirish mumkin.Agar amaliy component doirasi etarlicha aniq bo’lsa, nazariy tarixiy informat ika mazmunini aniqlashtirish kerak. Bu sohadagi bilimlarni uch qismga ajratish mumkin: metanazariya, “o’rta darajadagi” nazariyalar ; " микро -nazariyalar ". Metanazariya axborot nazariy tushunchasining tarixiy tadqiqot masalalariga qo’llanilishi masalalari bilan shug’ullanadi. Tarixiy manba xossalari va tabiati masalalariga axborot tushunchasi nuqtai nazaridan yondashuvchi birinchi tadqiqot lar I.D. Kovalchenko tomonidan olib borilgan.Metanazariyaning boshqa aspekti 1948 yilda amerikalik matematik K.Shennon tomonidan “axborot miqdori” matematik tushunchasini kiritib, asos solingan axborot nazariyasidir.Bundan tashqari tarixiy manba ma’lumotl ari xosasalarini o’rganishda uch darajali belgili tizimlar kontseptsiyasiga asoslangan semiotik muammo muhim ahamiyat kasb etadi. Semiotika uch qism: sintaktika, semantika va pragmatika lardan iborat. Tarixiy informatikaning “o’pta darajadagi ” nazariyala ri sifatida . Tarixiy manbalar modellarini, manbaga yo’naltirilgan tizimlarni qurish printsiplarini ko’rsatish mumkin. Tarixiy informatika mikronazariyalariga konkret manbalar tahlili algoritmlarini kiritish mumkin.Masalan, berilganlar bazalari yaratishda kognitiv sxemalar qurish jarayonidagi prosoprografik tadqiqotlar o’tqazish. Misol sifatida manba matnini realyatsion berilganlar bazasi yozuvlariga o’girish tizimi SOCRATES ni keltirish mumkin.Shunday qilib, har bir konkret holatda mikronazariyaning mazmuni ma’lum bir information model qurilishiga keltiriladi. Tarixiy informatika rivojining yana bir metodologik aspekti jamiyatni axborotlashtirish qonuniyatlariga yo’naltirilgan ijtimoiy informatika bilan bog’liq.Ijtimoiy informatika rivojida axborot texnologi yalarining texnik vositalar i qatorida dasturiy hamda ijtimoiy tashkil etuvchilariga ham katta e’tibor beriladi. Tarixiy informatika sohasidagi xalqaro ilmiy jamiyatlar rivojining birinchi o’n yilligida ushbu professional hamjamiyatning aniq tuzilmasini shaklan di .Ushbu hamjamiyat bir necha bir -biri bilan mahkam bog’langan gurux va qatlamlardan iborat. Ular tarixiy informatika rivojida turli mavqega ega bo’lib,ushbu jarayonga o’z hissalarini qo’shadi .Birinchi gurux – tarixiy manba ma’lumotlarini taqdim e tish va tahlil qilishning yangi usullarini , mos algoritmlarini, dastur va texnologiyalarni ishlab chiquvchilardir.Aynan ana shu guruxning mavjudligi tarixiy informatikani o’z tekshirish predmetiga, maxsus metodlariga va tadqiqot instimentlariga ega bo’l gan ilm sohasi sifatida e’tirof etish imkonini berdi. Ikkinchi gurux – yangi axborot