logo

TARIXIY O‘LKASHUNOSLIK VA TURIZM FANINING MAQSADI, VAZIFASI, SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI TARIXIDAN

Загружено в:

23.11.2024

Скачано:

0

Размер:

75.5791015625 KB
   TARIXIY  O‘LKASHUNOSLIK  VA TURIZM  FANI NI NG  MAQSADI,
VAZIFASI,  SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI TARIXIDAN
REJA:
1. Fanning maqsadi va vazifasi.
2. O‘lkashunoslik turlari
3. Tarixiy o‘lkashunoslikning shakllanishi va rivojlanishi
4. O‘rta Osiyo tarixini o‘rganishda  rus  sharqshunoslarining roli
5. Rus  sharqshunosligining mahalliy tarixchilikka ta'siri
6. Tarixiy o‘lkashunoslikning 1917 yildan keyingi ahvoli
7. O‘lkashunoslikning asosiy manbalari
Vatan   haqidagi   teran   fikrlar   turkiy   tasavvuf   she'riyatining   atoqli   vakili
xoja Ahmad Yassaviy xikmatlaridan birida quyidagicha talqin etiladi:
Boshim tuproq, o'zim tuproq, jismim tuproq,
         Haq vasliga etarman deb ruhim mushtoq.
Binobarin, tuproq — inson tug'ilib o'sgan o'lka, makon, tuproq Vatan. Tuproq
necha   yuz   yillardan   buyon   ne   ne   ulug'   farzandlarini   ardoqlab   kelayotgan   Zamin.
SHuning uchun biz uni e'zozlab ona tuproq deymiz.
Demak,   barcha   ishlar   o'z   ona   tuprog'ini,   o'z   ona   o'lkasini   qadrlashdan
boshlanadi.   Ona   tuprog'ini,   ona   o'lkasini   sevgan   kishini   el   qadrlaydi,   dunyo
taniydi...   O'z   tarixini   ona   yurtdan   —   ona   tuproqdan   qidirgan   insongina   haqiqiy
inson   bo'la   oladi.   Tarixga   nazar   tashlasak,   o'z   o'lkasini   sevmagan   va   uning
tuprog'ini ardoqlamagan biron ham  zotni uchrata olmaymiz. SHuning uchun ham
Vatanni sevmoq iymondandir, deymiz. Zotan, ona yurt farzandlari uchun Vatanni
sevish, uning tarixini o'rganish, dilga jo etish muqaddas burchdir.
2. O'lkashunoslikning turlari
O'lkashunoslik uch turga bo'linadi:
 1) ilmiy, ya'ni davlat o'lkashunosligi; 
2) jamoat o'lkashunosligi; 
3) maktab o'lkashunosligi. 
O'lkashunoslikning   har   uchala   turi   o'zaro   bir-biriga   aloqador   bo'lib,   biri
ikkinchisini to'ldiradi.
Davlat   o'lkashunosligi   bilan   respublika   tarixiy   va   madaniy   yodgorliklarni
muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish qo'mitasi, muzeylar, respublika Fanlar
akademiyasi qoshidagi tarih arxeologiya ilmiy-tadqiqot institutlari shug'ullanadi.
Jamoat   o'lkashunosligi   qishloq,   ovul,   qo'rg'on,   tuman,   shahar,   viloyat
hududidagi   tarixiy   obidalarni   saqlash   va   asrash   ishlariga   boshchilik   qilish   bilan
birga joylarda istiqomat qilib turgan xalqlarning kelib chiqishlari (etnogenezi), urf-
odatlarini   o'rganadi   hamda   ilg'or   mehnatkashlar,   Mehnat   qahramonlari   xotirasini
abadiylashtirish   uchun   haykallar,   mangu   olovlar,   hurmat   taxtalari   tashkil   qiladi.
Bundan   tashqari   jamoat   o'lkashunosligiga   mustaqil   ravishda   tanga   pullarni o'rganuvchi   mutaxassislar   —   numizmatlar,   muhrlarni   o'rganuvchilar   sfragistlar,
tamg'a (gerb)larni o'rganuvchilar — geraldistlar, tosh, metall, sopol  va  yog'ochdagi
yozuvlarni o'rganadigan olimlar-epigrafistlar, eski asbob-uskunalar  va  qurol-aslaha
hamda shu kabi narsalarni to'plovchilar ham uyushadi.
Maktab   o'lkashunosligi   esa   maktablarda   tarih   inson   va   jamiyat   fani
o'qituvchilarining   bevosita   rahbarligida   tashkil   qilinadi.   Maktab
o'lkashunosligining   a'zolari   V-X   (XI)   sinflarning   eng   intizomli   va   a'lochi
o'quvchilaridan   tuzilib,   ular   o'lka   materiallarini   tort   guruhga   bo'lingan   holda
to'playdilar.   To'plangan   arxeologik,   etnografik,   toponimik   va   arxiv   hujjatlari
maktab o'lkashunoslik  va  tarix muzeylarida namoyish qilinadi.
Maktab   o'lkashunosligi   ta'lim-tarbiyani   turmush,   ishlab   chiqarish,   yangi
jamiyat   qurish   tajribasi   bilan   uzviy   bog'liq   holda   o'rganadi.   O'qitish   jarayonida
o'lka   materiallaridan   o'rinli   foydalanish   o'quvchilarning   o'z   o'lkasi   tarixini   bilib
olishga, chuqur bilim olishga, mustaqil ijod qilishga bo'lgan qiziqishini orttiradi  va
kelgusi  hayot  yo'lini  tanlab  olishga  yordam  beradi.  Maktab o'lkashunosligi  fanlar
o'rtasidagi   aloqani   mustahkamlaydi   hamda   o'qituvchi   zimmasiga   katta   mas'uliyat
yuklaydi.   U   dastur   asosida,   o'z   a'zolarining   bilim   darajasi   hamda   ijodiy
qobiliyatlarini hisobga olgan holda (iloji boricha mutaxassislarning maslahatlari  va
ko'rsatmalari   asosida)   tadqiqot   o'tkazish   ishining   rejasi   va   ish   hajmi   hamda
uslubini   ishlab   chiqadi.   O'lkashunoslikning   butun   muvaffaqiyati   shu   ishga
raxbarlik qilayotgan o'qituvchining bilimiga   va   tashkil  qila olishiga  bog'liq. Agar
o'qituvchi   o'z   o'lkasini   yaxshi   bilsa,   bu   haqdagi   og'zaki   va   yozma   manbalarni
muntazam   o'rganish   bilan   birga   o'quvchilarning   ota-onalari,   keksalar,
o'lkashunoslik   tashkilotining   xodimlari   bilan   suhbatlar   olib   borib,   pedagogik
mahoratini  ishga solsa,  o'quvchilarning faolligi  ortib boradi, o'tilgan materiallarni
to'liq   o'zlashtirish   bilan   birga   uni   hayotga   xam   tatbiq   qila   boshlaydi.   Natijada
o'quvchilarning puxta bilim olish  bilan  birga o'z o'lkasiga bo'lgan mehr-muhabbati
ortadi  va  tarixiy tasavvuri hamda tarixiy tushunchasi shakllanib boradi.
Maktab   o'lkashunosligi   ikkiga   bo'linib,   o'quv   jarayonida   (o'quv   dasturi
asosida)   va   dasturdan   tashqari   (maktabning   tarbiyaviy   ishlar   rejasiga   asoslangan
holda) amalga oshiriladi. O'quv jarayonida (sinfda) olib boriladigan o'lkashunoslik
ishlari   ham   ikki   maqsadni   ko'zlaydi.   Biri   -   o'z   o'lkasining   o'tmishini   arxeologik,
etngorafik,   toponomik,   qo'lyozma   asarlar   va   arxiv   xujjatlari   asosida   o'rganish   va
o'lkashunoslik   materiallarini   bir   tizimga   solish;   ikkinchisi   —   to'plangan
o'lkashunoslik materiallaridan tarix hamda inson  va  jamiyat darslarida foydalanish.
Sinfda   olib   boriladigan   o'lkashunoslik   ishlariga   barcha   o'quvchilariing   ishtirok
etishi majburiydir. Maktabdan tashqari olib boriladigan o'lkashunoslik ishlari, ya'ni
sayohatlar,   arxeologik   ilmiy   safarlarda   O'zbekiston   Fanlar   akademiyasi   tarix
hamda arxeologiya institutining tavsiyasi bilangina shu ishga layoqatli o'quvchilar
ixtiyoriy   ravishda   ishtirok   etadilar.   Maktab   o'lkashunosligi   tarix   hamda   inson   va
jamiyat   fanlaridan   olgan   bilimlarni   oydinlashtiradi,   kengaytiradi   hamda   har   xil
fanlarning o'zaro aloqasini ta'minlaydi.
Maktab   o'lkashunosligi   tarixiy   obidalarni   saqlash   va   himoya   qilish,   qadimiy
manzilgohlarni   topishda  ham   katta   rol’   o'ynaydi.  U jamoa  bo'lib yashash,  ishlash
va   ijod qilishga  o'rgatadi. O'quvchilarda sinchkovlik,  tirishqoqlik, tevarak-atrofga havas   bilan   boqish,   tadqiqotga   qiziqish,   Vatanni   sevish   va   uni   ardoqlash   hislari
shakllanib boradi.
Darhaqiqat, maktab o'lkashunosligi o'quvchilarda o'z Vataniga  mehr  uyg'otish
bilan  birga, ularni estetik ruhda tarbiyalashga xdm munosib  hissa  qo'shadi.
Vatanga bo'lgan   mehr   tuyg'usi  o'z o'lkasini  o'rganishdan  boshlanadi.   Maktab
o'lkashunosligida ana shunday tuyg'u shakllanadi.
3. Tarixiy   o‘lkashunoslikning   shakllanishi   va   rivojlanishi.   1917   yilga
qadar o'lkani o'rganish masalasi.
Rus   olimi   M.   V.   Lomonosov   o'z   o'lkasini   mukammal   o'rganish   maqsadida
1761   yili   30   savoldan   iborat   javob   varaqasi   tuzib,   aholi   o'rtasida   tarqatgan   edi.
Ayni   vaqtda   bu   bilan   o'lkashunoslik   faniga   asos   solingandi.   O'lkani   o'nganish
masalasi   O'rta   Osiyo,   shu   jumladan   O'zbekiston   hududida   Rossiyadan   anchagina
keyinroq, ya'mi XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi.
Rus   olimlari   O'rta   Osiyoning   chorizm   tarafidan   bosib   olishidan   ancha   ilgari
bu   o'lkani   o'rganish   bo'yicha   bir   qancha   ishlar   qilgan   edilar.   Biroq,   XIX   asrning
birinchi   yarmidagi   o'lkani   o'rganish,   ya'ni   mahalliy   tarixchilik   ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy   va   madaniy   hayotdagi   biqiqliqka   mos   bo'lib,   feodal   tuzum   manfaatlari
uchun xizmat  qilar edi. Tarix fanidan feodal  sinfining manfaatlari, xonlar   va   ular
sulola-sining   taxtga   egaligi   va   «odilligi»ni   mafkuraviy   jihatdan   asoslash   uchun
foydalanib   kelindi.   Saroy   tarixchilari   o'zlarining   asosiy   e'tiborlarini   siyosiy
voqeliklarni   xonlarning   faoliyati   va   o'z   raqiblari   ustidan   qozongan   g'alabalarini
ko'klarga ko'tarib  maq-tash,  saroydagi  an'analarni  tasvirlashga  qaratdilar. CHunki
zamon o'zi shunaqa edi. Natijada bu davr tarixchiligining mavzui jahon tarixchiligi
mavzusidan   bir   qadar   ajralib   qoldi.   X—XV   asrlardagi   mahalliy   tarixchilar
Muhammad Narshaxiy, Tabariy, Rashididdin, Nizomiddin Jomiy, Abulg'ozixon  va
boshqalarning asarlari  o'zining mazmundorligi, faktik materialga boyligi   bilan   bu
davrda yozilgan tarixiy asarlardan sezilarli darajada ajralib turadi. SHarqshunos A.
A. Romaskevich Rashididdinning  «Jome ut-tavorix»  nomli asari ustida so'z yuritar
ekan,   haqli   ravishda   bu   asar   o'zining   mazmuni   va   hajmi   jihatidan   muhimligini
ko'rsatib, biz bu asardan keyin eron tarixchiligida voqealarni bu xilda bayon qilish
uchun bo'lgan intilishni ko'rmaymiz, deb yozgan edi. Bu O'rta Osiyo tarixchiligiga
ham   xos   narsa   edi.   SHunday   qilib,   XIX   asrning   birinchi   yarmida   tarix   fani   ham,
boshqa fanlar singari, hukmron sinfning manfaati uchun xizmat qildi.
X1X asrning 30-yillarida Buxoro saroy tarixchisi Muhammad YOqub yozgan
«Gulshan ul- muluk» nomli   asar   o' sha   davr tarixiy manbalaridan biri hisoblanadi.
Bu asar  fors-tojik tilida yozilgan bo'lib, unda qadimgi zamonlardan to XIX asrning
30-   yillarigacha   bo'lgan   Buxoro   amirligidagi   siyosiy   voqealar   bayoni   beriladi.
Asarda   saroy   voqeliklari,   xukmron   sinflar   tarixi,   o'zaro   urushlar,   unda   erishilgan
g'alabalar,   xonlikning   keyingi   sulolasining   genealogiyasi   (nasabnomasi)
ifodalanib,   jamiyatning   rivojlanishi   da   asosiy   kuch   bo'lgan   xalq   ommasining
ahvoli,   uning   tilak-orzulari,   xalq   harakatlari   va   bu   harakatning   tub   mohiyatini
yoritishga bo'lgan intilishni deyarli ko'rmaymiz.
YAna   o' sha   davrda   fors-tojik   tilida   yozilgan   ikkinchi   manba   Buxoro   saroy
tarixchisi   Muhammad   Mir   Olim ning   «Tarixi   amir   Nasrullo»   nomli   asaridir.   Bu asar   Buxoro   amiri   Nasrulloning   (1826—1860)   topshirig'i   bilan   yozilgan.   Asar
XVIII asrning ikkinchi yarmida Buxoro amirligida yuz   bergan   siyosiy voqealarni,
ichki   va   tashqi   voqeliklarni   tasvirlash   bilan   boshlanib,   amir   Nasrulloning
hokimiyatga   kelishi,   uning   dastlabki   yillardagi   davlatni   boshqarishda   tutgan
siyosati  bilan  tugallanadi. Asarda Buxoro amirligidagi 1821 — 1825 yillarda bo'lib
o'tgan xitoy-qipchoqlar  qo'zg'oloni   va   uning bostirilishi  haqida so'zlanadi.  Ammo
asarda qo'zg'olontshg asosiy sabablari  va  mohiyati ochib berilmagan, bu tabiiy  hol
bo'lib, saroy tarixchisidan buni kutish mumkin emas edi.
Yana   shu   yo'nalishda   yozilgan   tarixiy   manbalardan   biri   mulla   Ibodulla   va
mulla   Muhammad   SHariflar   tomonidan   fors-tojik   tilida   yaratilgan   «Tarixi   amir
Haydar» nomli asardir. Asarda ashtarxoniylar   bilan   mang'itlar sulolasi tarixi, amir
Haydarning otasi amir SHoh murodning tug'ilishidan boshlab, to amir Haydar-ning
o'limi   (182 б )   gacha   Buxoro   amirligida   bo'lib   o'tgan   siyosiy,   ijtimoiy-iqtisodiy
voqealarga   to'xtalib   o'tilgan.   SHu   bilan   birga,   asarda   1820   yilda   A.   F.   Negri
boshliq   Rossiyadan   Buxoroga   yuborilgan   elchilik   tashrifi   to'g'risida   xam
ma'lumotlar berilgan'.
Muhdmmad SHarifning xuddi o' sha   davrni aks ettiruvchi   «Toj ut-tavorix» —
(«Tarixlar   toji»)   nomli   asarida   mang'itlar   nasabnomasi,   turkiy   va   Mo'g'ul
qabilalari,   CHingizxon,   uning   avlod-ajdodlari,   shayboniylar,   ashtarxoniylar
sulolasining   tarixi   beriladi.   Umuman,   asar   ashtarxoniylar,   ayniqsa   mang'itlar
sulolasi   vaqtida   Buxoro   amirligidagi   siyosiy,   ijtimoiy-   iqtisodiy   voqeliklarni
o'rganishda muhim  rol’  o'ynaydi.
XIX asrning 40-yillarida yozilgan yirik tarixiy  manbalardan  biri Muhammad
Hakimxon   to'raning   «Mun taxab   VI*   takorix»   nomli   asaridir.   Asarda   XVIII
asrn ing   70   millaridan   to   Qo'qon   xoni   Umarxonning   vafoti   (1822),   undan   so'ng
taxtga   o'tirgan   Madalixongacha   bo'lgan   davrdagi   Qo'qon   xonligi   tarixiga   doir
siyosiy voqealar  tasvirlagan.
Hakimxon   to'ra   xon   bilan   birga   yurib,   XIX   asrning   birinchi   choragidagi
voqealarga  aralashadi.   U  saroydagi   fisq-fujur,  viloyaxlardagi   siyosiy   tortishuvlar,
xonlikning   tashqi   va   ichki   siyosatini,   Buxoro   amirligidagi   siyosiy   hodisalarni   o'z
ko'zi   bilan   ko'rib,   ularni   o'z   asarida   aks   ettirgan.   Ashtarxoniylardan   so'ng   taxtga
o'tirgan   o'zbeklarning   ming   sulolasi   haqida,   Umarxonning   hukmronlik   qilgan
(1810—1822)   vaqtdagi   siyosiy   voqealar   aniq   va   izchillik   bilan   ifodalangan.
Asarning qimmati shundaki, Rossiyaning O'rta Osiyoga nisbatan tutgan siyosati  va
o'sha   vaqtdan   O'rta   Osiyoliklarning   Rossiyaga   bergan   bahosini   aniqlashda   u
muhim o'rin tutadi, chunki muallif Rossiyada bo'lib,   u   erdagi hayot   bilan   bevosita
tanishgan,   Rossiya   bilan   bog'lanish   masalasida   ilg'or   fikrlarni   bayon   qilgan.
Muallif o'z asarida 1821 — 1825 yillarda Buxoroda bo'lib o'tgan xitoy-qipchoqlar
qo'zg'olonida qatnashganlarni  «xoin  kishilar» deb qoralaydi.  Bu esa  muallif tutgan
yo'lni yaqqol ko'rsatib turibdi.
Qo'qon   xonligi   tarixiga   oid   manbalardan   biri   mulla   Avaz   Muhammadning
fors-tojik   tilida   yozilgan   «Tarix   jahonnumai»   asari   bo'lib,   o'z   ko'zi   bilan
ko'rganlarining   bayoni   xamda   tarixiy   manbalar   asosida   yozilgan   ikki   kitob   va
geografik   qo'shimchadan   iborat.   Asarning   birinchi   qismida   insonning   paydo
bo'lishidan boshlab, to XVI asrgacha bo'lgan hukmdorlar tarixi berilgan. Asarning   ikkinchi   qismida   Qo'qon   xoni   Olimxon   (1798-1810)   va   Umarxon
(1810-1822) hukmronligi davri siyosati to'liq berilgan.
Asarda Buxoro amirining xitoy-qipchoqlar   va   qoraqalpoq xalqlariga nisbatan
tutgan siyosati, Qo'qon xonligi  bilan  Buxoro amirligi o'rtasidagi munosabatlar,  rus
askarlari tomonidan Samarqand   va   Kattaqo'rg'on erlarining bosib olinishi, yo'l   va
imoratlar   qurilishi,   ayrim   voqealarning   sanalari   va   h.   k.   lar   berilgan.   SHu   bilan
birga,   asarda   1842   yili   Qo'qonda   ko'tarilgan   xo'ja   qalandar'   boshchiligidagi
qo'zg'olon,   1847   yilda   Toshkent   hokimiga   qarshi   ko'tarilgan   harakat   kabi   muhim
voqealar   xaqida   ham   so'z   boradi.   Asarda   keltirilgan   bu   dalillar   tarixni   o'rganish
uchun   muhimdir.   Biroq   bu   xildagi   asarlar   o'sha   davr   hukmron   feodal   sinf
mafkurasi ruhida yozilgan bo'lib, unga tanqidiy ko'z  bilan  qarash talab qilinadi.
Qo'qon   xonligi   tarixchiligida   Mulla   Niyoz   Muhammadning   «Tarixi
SHohruhiy»   degan   asari   ham   diqqatga   sazovordir.   Muallifning   bu   asari   Qo'qon
xonligining   XVIII   va   XIX   asrning   70-yillarigacha   bo'lgan   tarixiga   oid   muhim
ma'lumot beradi. Bu ma'lumotlar shu davr tadqiqotchilari uchun juda qimmatlidir.
Toshkentdagi   qoryog'di   mahallalik   Muhammad   Solih   Qoraxo'ja   o'g'lining
1880—1885   yillar   orasida   yozgan   «Tarixi   jadida-i   Toshkand»   («Toshkentning
yangi   tarixi»)   nomli   1200   betdan   iborat   asari   ham   juda   muhim   ahamiyatga   ega
bo'lib, u O'rta Osiyoda o'tgan uch xonlikda yozilgan tarixiy asarlardan birmuncha
farq   qiladi.   Asar   fors-tojik   tilida   yozilgan.   U   hukmdorlar   o'rtasidagi   urushlar
tarixidan   iborat   bo'lib,   ikkinchi   qismi   Qo'qon   xonligi   va   Toshkent   tarixiga
bag'ishlangan. Bunda muallifning yangicha tarix yozish niyatida ish boshlagani   va
A.Kundan maslahatlar  olganligi  seziladi.  SHuningdek, asarda Qo'qonning siyosiy
hayotida   ustunlik   rolini   o'ynagan   guruhlar   va   shaxslar,   Toshkentda   bo'lib   o'tgan
siyosiy harakatlar, xalq qo'zg'olonlari, shu qo'zg'olonlarning yo'nalishi  va  sabablari
haqida   (bu   masala   boshqa   hech   bir   asarda   bunchalik   yoritilmagan)   mufassal
ma'lumotlar   berilgan.   Bu   asar   yangi   davr   tarixchiligida   yangi   intilish   edi.   Asar
O'zbekiston   Fanlar   akademiyasining   SHarqshunoslik   institutida   nodir   asarlar
qatorida saqlanmoqda.
XIX   asrning   birinchi   yarmida   Xiva   xonligida   yozilgan   tarixiy   manbalardan
eng muhimi Munis  va  Ogahiylarning asarlari hisoblanadi.
Munis   (1778—1829)   ning   otasi   Avazbiy   mirob   Xiva   xoni   eltuzarga   qadar
ham,   uning   hukmronligi   vaqti   (1804— 180 б )   da   ham   saroy   xizmatida   bo'ladi.
eltu zarxonning   hukmronligi   vaqtida   Munis   saroy   xizmatiga   kiradi   va   xonning
topshirig'i  bilan  o'zining  «Firdavs  ul-iqbol» nomli mashhur tarixiy asarini  yozadi.
eltuzarxon   SHermuhammad   Munisga   bu   asarni   Firdavsiyning   «SHohnoma»
asaridan   ustun   qilib   yaratishni   xam   uqtiradi.   Munis   asari   o'zbek   tilida
yanatilgan. Xiva   xonligining   XVI   —XVII   asrlardagi   tarixining   yoritishda
Abulg'ozining   asarlaridan   foydalanadi.   Xiva   xonligining   XVIII   asrdagi   tarixiga
oid   voqealarni   o' z   ko'zi   bilan   ko'rgan   kishilar,   ayniqsa,   otasining   bergan
ma'lumotlari   asosida   ezadi.   XVIII   asrning   ikkinchi   yarmidagi   eng   muhim
voqealarni,   1812   yilgacha   bo'lgan   tarixiy   voqealarni   tasvirlash   paytida   unga   xon
tomonidan   boshqa   vazifa,   ya'ni   Mirxondning   mashhur   asari   «Ravzat   us-   safo»ni
fors   tilidan   o'zbek   tiliga   tarjima   qilish   topshiriladi.   Munis   bu   asarning   birinchi
kitobini tamomlab, ikkinchisini yozayotgan vaqtida to'satdan vafot etadi. SHunday qilib,   u   qo'lyozmaning   tarjimasini   ham,   o'z   asarini   ham   tamomlay   olmaydi.
Muhammad  Rizo  Ogahiy (1809 —  18 б 4)  Xiva xoni Olloquli (1825 — 1842) ning
topshirig'i   bilan   asarni  davom  ettirib, 1827 yillargacha bo'lgan voqealarni yozadi.
So'ngra   u   182 б —1842   yillardagi   voqealar   yoritilgan   «Riyoz   ud-davla»,   1842   —
1845   yillardagi   tarixiy   voqealar   yoritilgan   «Zubdat   ut-tavorix»,   184 б —1855
yillardagi   voqealar   yoritilgan   «Jomi'ul-voqeoti   sultoniy»,   185 б — 18 б 5   yillardagi
voqealar   yoritilgan   «Gulshan   davlat»   nomli   asarlarni   yozadi.   Ogahiy   «SHohidi
iqbol»   nomli   beshinchi   asarini   Xiva   xoni   Muhammad   Rahimxon   davri   (18 б 5   —
1910)ga   bag'ishlaydi.   Ammo   bu   asar   tamomlanmay,   1872   yili   voqealari   bilan
tugaydi.
Munis   va   Ogahiylar   saroy   tarixchilari   bo'lsalarda,   ularning   asarlari   o'zining
dalillarga   boyligi,   xronologik   izchilligi,   o'zida   aks   ettirilgan   siyosiy   voqealarning
to'liq   bayoni   jihatdan   o'sha   davrdagi   Buxoro   va   Qo'qon   saroy   tarixchilaridan
birmuncha   yuqori   turadi.   Xiva   saroy   tarixchiligi   va   xususanj   Munis,   Ogahiy
asarlaridagi   bu   xususiyatni   o'z   vaqtida   V.   V.   Bartol’d   h,am   «Istoriya   kul’turnoy
jizni Turkestana» degan asarida ta'kidlab:   «Munis va   Ogahiyning kitoblari adabiy
va   tarixiy   asar   sifatida   kamchiliklariga   qaramay,   bayon   qilishning   to'liqligi   va
daliliy   Ma'lumotlarning   soni   jihatidan   bizgacha   etib   kelgan   Buxoro   va   Qo'qon
xonliklari tarixi bo'yicha bitilgan asarlarni  «orqada  qoldiradi», deb yozgan edi.j
Xulosa   qilib   aytganda,   XIX   asrning   birinchi   yarmida   mahalliy   tarixchilar
tomonidan   yaratilgan   tarixiy   asarlar   mamlakatning   xo'jaligi,   iqtisodiy
munosabatlar,   sinfiy   kurash,   xalq   xarakatlari   va   siyosiy   voqealarning   ijtimoiy-
iqtisodiy   ildizlarini   ochib   bera   olmagan   bo'lsa   ham,   tarixchilarimiz   o'lkani
o'rganishda,   solnomalar   tuzishda,   etnografik   va   toponimik   materiallar   to'plashda
bu   nodir   asarlardan,   tanqidiy   nuqtai   nazardan   qarab   foydalanishlari   mumkin.   Bu
asarlar   shuning   uchun   ham   1917   yilga   qadar   o'lka   tarixini   o' rganishda   juda   qo'l
keladi. runki ularning mualliflari   bevosita o'sha   davrda yashatan, ro'y berayotgan
voqea   va   xodisalarpi   o'z   ko'zlari   bilan   ko'rgan,   shuningdek   ularni   oldingi   davr
voqealari  bilan  qiyoslagan.  SHu nuqtai  nazardan bu  asarlar muhim ahamiyat kasb
etadi .
4. O'rta Osiyo tarixini o'rganishda  rus  sharqshunoslarining roli
XIX   asrning   ikkinchi   yarmida   o'rta   Osiyo   CHor   askarlari   tarafidan   bosib
olingach,   bu   erga   rus   olimlari   kelib   ko'plab   tadqiqot   ishlarini   olib   bordilar.
SHunday   murakkab   va   og'ir   sharoitda   ham   o'lkashunoslar   o'z   fikr   va
mulohazalarini erkin bayon etishga harakat qilganlar. O'rta Osiyoga kelgan olimlar
o'lkadagi   ilg'or   mahalliy   ziyolilarning   namoyandalari   bilan   yaqin   aloqada
bo'lardilar.
Mustamlaka   ma'muriyati   O'rta   Osiyo   xalq   ommasining   milliy   ongini
o'stirishga yordamlashishni  aslo ma'qul ish deb bilmasdi, aksincha, mahalliy xalq
ommasi o'rtasida tarixiy bilimlarni biroz darajada keng targ'ib etish, ular diqqatini
qadimgi   zamon   yodgorliklarini   o'rganishga   tortish   va   hokazolar   chorizmning
mustamlakachilik siyosatiga faqat zarar etkazishi mumkin, deb qo'rqardi.
Holbuki,   O'rta   Osiyoning   yangi-yangi   hududlarida   Rossiya   hukmronligining
o'rnatilishi,   ularning   Umumrossiya   iqtisodiy   taraqqiyoti   yo'liga   qo'shib
yuborilganligi   munosabati   bilan   turmushning   o'zi   ilmiy   tadqiqotlar   o'tkazish zarurligini taqozo qilardi. O'rta Osiyoning durustroq o'rganilmaganligi mustamlaka
ma'muriyatining   ishlarini   qiyinlashtiradi.   Ilmiy   tadqi qotlardan   ba'zi   birlari
o'zlarining ko'p yillik   tarixiga, o' z urf-odatlari, xususiyatlari, turmush tarziga ega
bo'lgan   million-million   O'rta   Osiyo   xalqlari   ommasini   e kspluatatsiya   qilish
tizimini to'g'ridan-to'g'ri  uyushtirishga  yordam berishi lozim edi.
Tabiiy   boyliklari,   madaniy   merosi   g'oyat   boy   bo'lgan   va   kam   tekshirilgan
ushbu o' lka   rus   ziyolilarining ta raqqiyparvar qismini   juda qiziqtirardi. Mashhur
rus   zoologi,   zoogeografi   va   sayyohi,   darvinizmning   e'tiqodli   tarafdorlaridan
bo'lgan   N.A.   Severtsov   (1827   —   1886)   Turkistonning   ko'p   joylarini   fizik-
geografik   jihatdan   o'rganishda,   jumladan,   Pomir   tizma   tog'larining   orografiyasini
o'rganishda   ko'p   mehnat   va   kuch   sarf   qildi.   N.   A.   Severtsov   sayohati   vaqtida
zoologiya,   botanika,   mineralogiya   va   paleontologiyaga   oid   juda   qimmatli
kollektsiyalar to'pladi.
Mashhur   rus   geografi   P.   P.   Semyonov-Tyan’shanskiy   (1827—1914)   O'rta
Osiyo,   ayniqsa   Tyanshan’   tizma   tog'larining   geografik   o'rganilishiga   asos   soldi.
Uning   to'plagan   ma'lumotlari   asosida   Tyanshanda   Al’p   muzliklari   mavjudligi
masalasi   ijobiy   hal   qilindi,   nemis   geografi   Gumbol’dtning   Tyanshandagi   vulqon
hodisalari   h,aqidagi   fikrlari   rad   qilindi.   Tyanshanni   tekshirish   rus   geografiya
fanining eng muhim xizmatlaridan biridir.
Rus   tabiatshunosi   va   sayyohi   A.   P.   Fedchenqo   (1844—1873)   Turkiston
tabiatini   o'rganishda   katta   rol’   o'ynadi.   U   Farg'ona   vodiysi   bilan   Oloyni   birinchi
marta   tekshirib   chiqdi;   Oloy   orqasidagi   tizma   tog' lar   va   uning   eng   baland
cho'qqioini   ochish   sharafi   ham   unga   nasib   bo'lgan,   u   Zarafshon   vodiysi   bilan
Qizilqumni ham tekshirib chiqqan»:
Geolog  va  geograf I. V. Mushketovning (1850 — 1902) ilmiy xizmatlari x.am
katta. SHimoliy Tyanshan tizma tog'i orografiyasining. geologik asoslarini dastlab
u   ko'rsatib   berdi.   U   Turkistondagi   ko'pgina   foydali   qazilma   konlarini   ta'riflab,
Turkiston   minerallarining   dastlabki   ro'yxatini   tuzib   chiqdi.   1877—1879   yillarda
Mushketov geologik tekshirish ishlarini bajarish maqsadida Oloy, Pomir, Buxoro,
Hisorga, Amudaryo bo'ylab  va  Qizilqumga sayohat qildi. 1880 yilda  esa  Zarafshon
muzligiga ilmiy  safar  uyushtirdi. Mushketov 1881 yilda  (G.  D. Romanovskiy  bilan
birgalikda)   Turkistonning   birinchi   geologiya   xaritasini   tuzdi.   U   O'rta   Osiyo
geologiya   tuzilishining   birinchi   ilmiy   kontseptsiyasini   taklif   qildi,   uni   o'rganish
bosqichlarini   ko'rsatib   berdi.   I.   V.   Mushketov   o'z   tadqiqotlarini   va   Turkistonni
o'rgangan   boshqa   olimlarning   ilmiy   ishlarini   o'zining   mashhur   «Turkistonning
geologiya   va   orografiya   ta'rifi»   monografiyasida   umumlashtirgan.   Bu
monografiyaga   yozilgan   katta   muqaddima   tarixshunoslik   nuqtai   nazaridan
yondoshilgan «O'rta Osiyoni o'rganish tarixi»ga ilova qilingan.
O'rta   Osiyo   tuprog'ini   o'rganishda   h,am   rus   tadqiqotchilari   ko'p   mehnat   sarf
qilishgan. Mashhur   rus  olimi, hozirgi zamon ilmiy tuproqshunosligiga asos solgan
V.   V.   Dokuchaev   (1846—1903)   o'zining   ko'pgina   asarlarida   bu   sohada   dastlabki
(1898 yilda) ma'lumotlarni  bergan.
Harbiy   topograflar   ham   qunt   bilan   unumli   ishlar   qilganlar,   Turkiston   harbiy
topografiya  bo'limi  tuzilganga  qadar  (1867 yil)  o'lka  topografiya  jixdtidan qariyb
butunlay o'rganilmagan edi. Faqat Kaspiy   va  Orol dengizi sohillarida, Sirdaryo   va Amudaryoning etak tomonlari, Balxash ko'li sohillari   va   boshqa ba'zi joylarda bir
qadar aniq yarim instrumental  va  ko'z  bilan  o'lchangan tasvirga olishlar o'tkazilgan
edi, xolos. Harbiy topografiya bo'limi oldida tabiiy kontrastlari bir-biridan keskin
farq qiladigan juda katta hududni keng ko'lamda suratga tushirishdek mashaqqatli
vazifa turardi. Bo'lim «xizmat yuzasidan lozim bo'lgan» ba'zi bir zarur   xo'jalik va
harbiy   ehtiyojlarni   ta'minlash   bilan   cheklanib   qolmasdan,   O'rta   Osiyoning   bosh
xaritasini tuzish ishiga kirishib ketdi.
Turkiston   bosib   olingandan   keyin   o'lkani   xaritaga   tushirish   va   iqlimini
o'rganish   uchun   ilmiy   baza   yaratish   masalasi   tug'ildi.   1867   yilda   Toshkent
meteorologik   markazi   tuzildi,   bir   oz   vaqtdan   keyin   shunday   markazlardan   bir
qanchasi boshqa erlarda ham vujudga keldi.
Toshkentda   falakiyotshunoslik   rasadxonasi   yaratish   yuzasidan   tayyorgarlik
ishlari   olib   borildi   va   1874   yilda   Russiyadagi   eng   qadimgi   Pulkovo   rasadxonasi
xodimlarining   yordami   bilan   shunday   rasadxona   ochildi.   SHart-sharoitning
qiyinligiga qaramay, bu sohada katta yutuqlar qo'lga kiritildi. Rasadxonaxodimlari
hozirgi   O'rta   Osiyo   respublikalari   hududida   qariyb   870   falakiyot   manzillarini
aniqladilar.   Rasadxona   xodimlari   o'z   tashabbuslari   bilan   ilmiy-   tekshirish   ishlari
olib   bordilar.   I.   I.   Pomerantsevning   Farg'ona   vodiysida   geoid   shakli   ustida   olib
borgan   tekshiriolari   (1896   yilda),   D.   D.   Gedeonovning   Toshkent   kengligining
o'zgarishi haqidagi dadqiqotlari (1895 — 1896 yillarda) diqqatga sazopordir. Biroq
kadrlar   etishmasligi   va   ajratilgai   mablag'ning   ozligi   sababli   rasadxona   tadqi-qot
ishlaripi rsjali ravishda muntazam olib bora olmadi.
O'lkani   o' rganishda   statistika   qo'mitalari   ham   muhim   rol’   o'ynadi.   1868   yil
yanvarda Turkiston statistika qo'mitasi tuzildi. Uning tashabbusi  bilan  1872 yildan
«Turkiston   o'lkasi   statistikasi   uchun   materiallar»   nomli   to'plam   chiqarila
boshlandi: (1872—1876 yillar ichida hammasi bo'lib 5 to'plam chiqarildi.) 1887 yil
birinchi   yanvardan   boshlab   Sirdaryo   (Toshkentda),   Samarqand   (Samarqandda),
Farg'ona   (YAngi   Marg'ilonda)   viloyatlari   statistika   qo'mitalari   tuzildi.   qo'mitalar
viloyatlarga   xos   obzorlar   nashr   qilib,   ularda   «tabiiy   va   ishlab   chiqarish   ishlari»,
xalq   xo'jaligi,   sug'orish   tizimlari,   yo'llar,   aholi   va   uning   mashguloti,   o'lpon   va
soliqlar, ma'muriy tuzilish, sog'liqni saqlash   va   maorif, jamoat obodonchiligi, ob-
havo kuzatishlari  va  hokazolar haqidagi mufassal ma'lumotlar berildi. 1886—1913
yillarga   oid   «Sirdaryo   viloyati   obzorlari»   (Toshkent,   1887—1916   yillar),  1884—
1913 yillarga oid «Farg'ona viloyati obzorlari» (YAngi Marg'ilon-Skobelev, 1889
—1916   yillar)   nashr   qilingan   edi.   qo'mitalar   *bulardan   tashqari   yana   o'z   ishlari
haqida hisobotlar  va  boshqa kitoblarni ham nashr qildirdi.
O'rta Osiyo xalqlarining turmushiga bag'ishlangan, ilmiy   va   o'lkashunoslikka
doir   turli   xabarlar   va   maqolalar   «Turkestanskie   vedomosti»   hamda   «Turkiston
viloyatining gazeti» (Toshkent, 1870—1917 yillar)  va  boshqa mahalliy matbuotda
muntazam bosilib turdi.
1870 yilda Toshkentda ochilgan Turkiston xalq kutubxonasi (hozirgi Alisher
Navoiy   nomidagi   O'zbekiston   milliy   kutubxonasi)   o'lkani   o'rganish   bilan
shug'ullanuvchi   barcha   tadqiqotchilar,   ayniqsa   mahalliy   xodimlar   uchun   katta
ahamiyatga   ega   bo'ldi.   Kutubxona   tashabbuskor   bibliofillar   (kitob   muxbirlari)   va
bibliograflarning ko'rsatgan faoliyati asosida o'lkani o'rganishga doir qimmatli  asar va  materiallar  bilan  boyib bordi. Kutubxona ochilishi vaqtida faqat 1700 jild kitob
bor   edi,   1917   yilga   kelib   undagi   kitoblar   soni   80   ming   jildga   etd^   Kutubxona
fondida saqlanayotgan adabiyot   va  manba majmualaridan «O'rta Osiyoga, ayniqsa
Turkiston   o'lkasiga   taalluqli   Turkiston   asarlar   va   maqolalar   to'plami»   juda   ham
qimmatli  asar  bo'lib, shu kunlarda ham o'z axamiyatini yo'qotmagan.
Bu   to'plamni   tuzish   ishlarini   ko'zga   ko'ringan   rus   bibliografi   V.   I.   Mejov
Peterburgda   1868   yildan   boshlab   20   yil   davomida   olib   borgan   edi.   1888   yilda
«Turkiston   to'plami»ga   kirgan   katta-katta   jildlarning   soni   416   ga   etganda   (bular
1867—1887 yillarda
to'plangan   materiallar   edi)   o'lkadagi   chor   ma'muriyati-   buyrugi   bilan   «mablag'
yo'qligi  sababli»  bu  ishlar to'xtatilgan edi. V. I. Mejov «Turkiston to'plami»ga uch
kitobdan iborat sistematik   va   alfavit  ko'rsatkich tuzgan. 1872 yilda A. L. Kun   va
boshqa   sharqshunoslar   mashhur   «Turkiston   al’bomi»   (Turkiston   o'lkasining
etnografiya,   arxeologiya,   kasb-hunar   va   tarixiga   doir   suratli   al’bom)ni   tuzib
tamomladilar. Bu nodir   asar   hozirgacha ham o'z ilmiy qimmatini yo'qotgani yo'q.
Al’bom   1262   dona   rangli   va   rangsiz   fotosuratlar   yopishtirilgan   447   kartondan
iborat   bo'lib,   Rossiyada   faqat   uch   kutubxona   —   imperator   kutubxonasi,   Fanlar
akademiyasi   kutubxonasi   va   Turkiston   kutubxonasigina   faxrlana   oladigan,   badiiy
jihatdan g'oyat noyob  asar  edi.
1917   yilga   qadar   o'lkadagi   ilmiy   jamiyatlar   tomonidan   hammasi   bo'lib   Rus
geografiya   jamiyatining   Turkiston   bo'limi   «Axboroti»ning   13   jildi   (1898—1917
yillar),   Turkiston   arxeologiya   va   havaskorlar   to'garagining   majlisi   qarorlari   va
axborotlaridan   21   to'plam   (1896—   1917   yillar),   Turkiston   qishloq   xo'jaligi
jamiyati tomonidan  «Turkiston  qishloq xo'jaligi», jurnalidan 142 son (1906—1917
yillar),   «Turkiston   dehqoni»   jurnalidan   60   son   (1915   —   1917   yillar),
SHarqshunoslik   jamiyati   Toshkent   bo'limi   «Axboroti»   ning   6   soni   (1908—1909
yillar),   bundan   tashqari   yana   ilmiy-tibbiyot   jamiyatlarining   ko'pgina   protokol
hamda asarlari  va  boshqalar bosib chiqarilgan edi.
O‘zbekistonning   va   umuman   butun   Turkistonning   yodgorliklari   ko'pdan
buyon   olimlarning   diqqatini   o'ziga   jalb   qilib   kelardi.   XIX   asr   davomida   osori
atiqalar   ustida   arxeologik   kuzatishlar,   qidiruv   ishlari   olib   borildi.   Bu   sohadagi
ishlar   P.   I.   Lerh   N.   I.   Veselovskiy,   V.   A.   Jukovskiy,   V.   V.   Bartol’d   va   mahalliy
turkistonshunoslardan  M.  S. Andreev, V.  L.  Vyatkin, A. L. Kun, A. A. Semyonov
va  boshqalarning nomlari  bilan  bog'liqdir.
Sobiq   Turkistonning   qadimiy   yodgorliklarini   hisobga   olish   va   tekshirishga
markazdagi   ilmiy   muassasalar   imperator   arxeologaya   komissiyasi,   ayniqsa   Rus
arxeologiya   jamiyatinyng   SHarq   bo'limi,   shuningdek,   1903   yil   aprelda   tashkil
qilingan   o'rta   va   SHarqiy   Osiyoni   tarixiy,   arxsologik,   lingvistik   va   etnografik
lsihatdan o' rganish  qo'mitasi ham e'tibor berdi.
Rus   havaskor   kollektsiyachilari   Barshchevskiy,   Vyatkin,   Dobromnslov,
Kastal’skiy, Komarov, Petrov-Borzna, Poslavskiy, Stolyarov, Terent’ev, Trofimov
va  boshqalarning to'plagan ko'pdan-Ko'p ma'lumotlari hammaga mashhur edi.
Arxeologiya   yig'malari   1871,   1874,   1889   yillarda   Toshkent,   Samarqand   va
Farg'onada ochilgan muzeylarda saqlanadi.
O'rta   Osiyo   tarixiga   oid   eng   muhim   manbalardan   biri   Muhammad Narshaxiyning   «Buxoro   tarixi»   (X   asr)   asari   N.   S.   Likoshin   tomonidan   rus   tiliga
tarjima   qilinib,   1897   yilda   nashr   etilishi   (V.   V.   Bartol’d   tahriri   ostida)   katta
ahamiyatga ega bo'ldi.
Qadimgi   me'morchilik   yodgorliklaridan   asosan   Samarqand   yodgorliklari
o'rganildi.   1895   yilda   N.   I.   Veselovskiy   rahbarligi   ostida   va   me' mor   A.   V.
SHchusev   va   boshqa mutaxassislar  ishtirokida Imperator arxeologiya komissiyasi
Go'ri   Amirni   me'morchilik,   dekoratsiya   nuqtai   nazaridan   o'rganish   uchun   ilmiy
safar   uyushtirdi.   Bu   ilmiy   safar   ishlarining   natijalari   1905   yilda   ajoyib   al’bom
holida nashr etildi!
O'rta Osiyo chor Rossiyasi tarafidan bosib olinganidan keyin O'zbekistonning
tarixi   va   arxeologiyasini   o'rganish   bilan   birga,   butun   o'lkani   etnografik   jihatdan
o'rganish   ishlari   ham   birmuncha   kengaytirildi.   Bu   ishlarda   sharqshunos
mutaxassislar   bilan   bir qatorda, havaskor o'lkashunoslar   va   mansabdorlar, ko'proq
harbiy-lar   orasidan   chiqqanlar   ham   qatnashdilar.   O'lar   Turkiston   o'lka   idora
organlaridagi   xizmatlarining   bergan   imkoniyatidan   foydalanib,   xalq   turmushini
o'rgandilar, turli joylarga borib mahalliy aholi  bilan  aloqa bog'ladilar.
V. V. Bartol’d, N. I. Veselovskiy, V. V. Radlov, A. N. Samoylovich singari
mashhur   sharqshunoslarning   ayrim   asarlari   etnografiya   nuqtai   nazaridan   katta
ahamiyatga   egadir.   Turkistonda   mahalliy   aholi   orasida   ishlab   kelgan   rus
shifokorlarining   e'lon   qilgan   maqola   va   ma'lumotlarida   ham   etnografiyaga   oid
ko'pgina qimmatli ma'lumotlar bor.
Etnografik kuzatishlar  bilan  bir qatorda o'zbek xalqining turmushi  va  maishiy
buyumlari   (kiyim-bosh,zeb-ziynat,qurol-yarog',uy-ro'zg'or   buyumlari,   ishlab
chiqarish qunollari)dan  kollsktsiyalar to'plash  ishlari ham olib borildi.
Xalq   ho'jaligini   o'rganish   sohasida   ham   ba'zi   ishlar   amalga   Oshirildi,   L.   F.
Middsndorfning   “Farg'ona   vodiysi” degan   asari   shunga   o'xshash   boshqajuda
ko'plab  asarlar hozirgacha  ham o'zining ilmiy ahamiyatini yo'qotgani yo'q.
Ozbekiston aholisi tarkibini o'rganishga ham ma lum darajada e'tibor berildi.
A.   I.   Pashino,   P.   S.   Nazarov,   I.   I.   Krauze   kabi   olimlarning'   kasb-hunar   ishlarini
o'rganishga bag'ishlangan asarlari bosilib chiqdi.
XIX   asr   oxiri   va   XX   asr   boshlarida   O'rta   Osiyo   gilamlariga   Rossiya   va
Evropa mamlakatlari juda qiziqib qolishdi. 1908—1909 yillarda A. A. Bogolyubov
tomonidan   tuzilgan   al’bom   bosilib   chiqdi.   Bu   al’bomda   juda   ko'p   xil   gilam
nusxalari   (Ko'proq   turkman   gilamlari,   qisman   o'zbek   gilamlari   va   boshqalar)
ko'rsatilgan   edi.   Bogolyubov   bu   al’bomda   birinchi   marta   ularni   ilmiy   asosda
tasniflashga urinib ko'rgandi. Bogolyubov al’bomidan so'ng A. Fal’kerzam,
S. M. Dudin  va  boshqalarning O'rta Osiyo gilamlarini mufassal ta'riflagan kitoblari
chop etildi.
O'lkani   o'rganishda   zarur   talablar   olimlar   oldiga   yangidan-yangi   vazifalarni
ko'ndalang  qilib qo'ydi.  Bu  vazifalarni   xal  qilish  uchun  katta-katta  mablag'  kerak
edi.   Biroq   o'lkada   davlat   ilmiy-tekshirish   muassasalari   deyarli   butunlay   yo'q   edi.
Bu   xam   o'lkadagi   olimlarni,   umuman   rus   ziyolilari   namoyandalarini   Moskva   va
Peterburgdagi   yirik   olimlarning  qo'llab-quvvatlashi   bilan   o'lkada   ilmiy   jamiyatlar
tuza   boshlashga   undadi.   Ilmiy   jamiyatlarning   paydo   bo'lishi   bu   erda   mahalliy
turki stonshunos   xodimlar   paydo   bo'lganligidan   va   ularning   ishlarini   o'zaro muvofiqlash zarurligidan dalolat berardi.
Qisqa   muddat   ichida   Turkiston   ilmiy   jamiyatlari   o'lkani   o'rganish   tarixida
mustahkam   o'rin   oldilar.   Bulardan   ba’zi   birlari   faqat   mahalliy   axdmiyatga   ega
bo'lgan jamiyatlar (masalan, O'rta Osiyo olimlar jamiyati, ilmiy-tibbiyot jamiyati)
bo'lsa,   boshqalari   Umumrossiya   ilmiy   jamiyatlarining   bo'limlari   (Rus   geografiya
jamiyati,   Rus   texnika jamiyatining xamda tabiiyot, arxeologiya, antropologiya   va
etnografiya havaskorlari jamiyatining Turkiston bo'limlari) edi.
1870 yilda O'rta Osiyo olimlari jamiyati paydo bo'ldi. Bu jamiyat o'z oldiga
O'rta   Osiyo   tarixi,   geografiyasi,   etnografiyasi,   statistikasi,   iqtisodiyotiga   oid
ma'lumotlarni   to'plash,   ishlash   va   tarqatishni   maqsad   qilib   qo'ygan   edi.   O'ning
birinchi ochiq majlisi 1871 yil 28 yanvarda bo'ldi.
SHu   bilan   bir   vaqtda   A.   P.   Fedchenkoning   faol   ishtiroki   bilan   tabiiyot,
arxeologiya,   antropologiya   va   etnografiya   havaskorlari   jamiyatining   Turkiston
bo'limi   ochildi.   Bo'lim   a'zolari   orasida   N.   A.   Severtsov,   I.   V.   Mushketov,   V.   F.
Oshanin   kabi   rus   olimlari   bor   edi.   Bo'lim   1879   yilda   «Tabiiyot,   arxeologiya,
antropologiya   va   etnografiya   havaskorlari   jamiyati   Turkiston   bo'limining
xotiralari» degan o'zining birinchi   va   so'nggi asarini bosib chiqardi. Bu to'plamga
kirgan   maqolalar   orasida   N.   A.   Severtsovning   «Pomir   umurtqali   faunasidan
ma'lumotlar» maqolasi, N. B.  Teyxning o'lka  iqlimi  ta'rifiga  bag'ishlangan  ishlari
va   boshqalar   diqqatga   sazovordir.   Bo'lim   bu   jamiyatning   Moskvada   1872   yilda
tashkil qilingan ikkinchi politexnika ko'rgazmasida Turkiston bo'limining ishtirok
etishiga tayyorgarlik ko'rish yuzasidan katta ishlar olib bordi. O'rta Osiyo olimlar
jamiyatida bo'lgani  singari, bu bo'lim  majlislarida ham  qimmatli  ilmiy axborotlar
va   ma'ruzalar   tinglandi.   Jamiyatning   1878   yilda   V.   F.   Oshanin   rahbarligi   ostida
tashkil qilingan ilmiy safari natij  asida  Buyuk Pyotr tizma tog'lari ochildi, Mug'suv
daryosining   manbalaridagi   muzlik   topilib,   unga   A.   P.   Fedchenko   nomi   berildi.
Mablag'   yo'qligi   tufayli   bo'lim   juda   katta   qiyinchiliklarni   boshidan   kechirdi   va
taxminan 1893 yilda o'z faoliyatini to'xtatishga majbur bo'ldi.
O'lkada ishlab turgan havaskor arxeologlar 1895 yilda Turkiston arxeologiya
havaskorlari   to'garagiga   birlashdi.   Fanning   boshqa   sohalarida   bo'lgani   singari
bunda ham  tadqiqot ishlari  rejali tashkil  qilinmasdi, mutaxassislar  yo'qligi tufayli
tadqiqot   ishlarini   olib   borishga   imkor   ham   yo'q   edi.   Arxeologiya   ishlari   asosan
yozuv   manbalariga   qarab   qadimgi   zamon   yodgorliklarini   o'rganishdan,   ayrim
arxeologiyaga   oid   manzillarni   tekshirib,   aniqlashdan   iborat   bo'lardi,   ahyon-
ahyonda   arxeologiyaga   oid   qazishmalar   o'tkazilardi.   Turkiston   arxeologiya
havaskorlari   to'garagi   a'zolari   tomonidan   Farg'ona   tog'   tizmalaridagi
Soymaylitosh degan joyda toshga o'yib solingan juda ko'p suratlarning togshlishi,
mashhur   Biyanayman   ossuariylari   va   hokazolarning   ochilishi   fan   solnomalariga
juda ham muhim ilmiy kashfiyotlar bo'lib kirdi.
To'garak   a'zolarining   to'plagan   haqiqiy   ma'lumotlari,   ilk   marta   topgan
materyallari   uidan   keyingi   tadqiqotchilar   uchun   yordamchi   ma'lumot   bo'ldi   va
o'tmish   yodgorliklarining   zamonlar   o'tishi   bilan   yo'qolib   ketgan   ko'plab
tafsilotlarini, shu yodgorliklar   bilan   bog'liq bo'lgan fol’klor   va   yozma manbalarni
qayd qilishga imkon berdi.
To'garak   a'zolarining   o'rtaga   qo'ygan   masalalari   va   mulohazalari,   garchi munozarali   va   zamon   sinoviga   bardosh   bera   olmagan   bolsada,   x.ar   holda   butun
davr uchun shubhasiz, katta ahamiyatga ega edi. Ularning bu ishlari tadqiqotchilik
fikrining   rivojlanishiga   turtki   bo'ldi,   unga   ilmiy   jamoat   diqqatini   tortdi.   Mashhur
rus  sharqshunosi  V. V. Bartol’d to'garak ishlariga katta yordam ko'rsatdi.
Mahalliy   ilmiy   xodimlardan   bir   guruhi   (V.   F.   Oshanin,   S.   I.   Jilinskiy   va
boshqalar)ning   tashabbusi   bilan   1897   yil   boshida   rus   geografiya   jamiyatining
Turkiston   bo'limi   tashkil   qilingan   edi.   Bu   jamiyat   bo'limi   orqdli   Orol   dengizi   va
Balxash   ko'li,   Turkiston   muzliklari   va   hayvonot   dunyosini   o'rganish   singari   juda
muhim   ishlar   olib   borildi.   Foydali   qazilmalar   qidirib   topilib   tekshirildi,   O'rta
Osiyoda zilzila sabablari va oqibatlarini aniqlash ishlari olib borildi va hokazo.
Turkiston   qishloq   xo'jalik   jamiyati   mahalliy   qishloq   xo'jalik   ishlab
chiqarishini rivojlantirishga kattagina hissa qo'shdi. Jamiyat hozirgi zamon agrono
miya   bilimi   va   usullarini   tashviqot   qildi,   paxtachilik,   ipakchilik,   asalarichilik   va
shunga.o'xshash   sohalarga   oid   yangi   adabiyotlar   tarqatdi.   Jamiyatning   o'lkada
yangi,   yaxshilapgap   g'o'za   navlarini   o'rganish,   kashf   qilish   va   yoyishda   na
umuman,   paxtachilik   xo'jaligini   samarali   usulda   olib   borish   sohasida   qilingan
ishlarni   qayd   etib   o'tmoq   kerak.   Jamiyat   ko'pdan-Ko'p   qishloq   xo'jalik-sanoat
ko'rgazmalari   tashkil   qildi,   qishл.oq   xo'jalik   xodimlarini   s'ezdlarini   uyushtirdi.
(1900   yilda   Toshkentda   qishloq   xo'jalik   muzeyi   ochildi,   kontrol   urug'chilik
stantsiyasi va boshqa yordamchi muassasalar tashkil etdi.
O'lkada hammasi bo'lib 15 ga yaqin ilmiy jamiyat ish olib bordi (faol ish olib
borib,   fanda   iz   qoldirgan   ilmiy   jamiyatlar   nazarda   tutiladi).   Ular   geologiya,
geografiya,   zoologiya,   botanika,   iqtisodiyot   (qishloq   xo'jaligi,   sanoat),   tarih
sharqshunoslik, arxeologiya, etnografiya, antropologiya, ilmiy tibbiyot va shu kabi
bilim   tarmoqlari   va   yordamchi   ilmiy   fanlar   sohasida   tadqiqot   ishlarini   olib
borganlar.
Mustamlaka Turkiston sharoitida ilmiy jamiyatlarning faoliyati mahalliy aholi
o'rtasiga yoyilmadi. Ilmiy tibbiyot jamiyatlari bundan bir qadar mustasnodir.
O'lkada Farg'ona tibbiyot jamiyati (1892—1910 yillar), Turkiston shifokorlar
jamiyati,(1899   —   1909   yillar),   Turkiston   tibbiyot   jamiyati   (1900—1908   yillar),
Turkiston   o'lka   tibbiyot,   tabiatshunoslar   va   shifokorlar   jamiyati   (1913   —   1922
yillar)   ish   olib   bordi.)Bu   jamiyatlar   maxsus   tibbiyot   kutubxonalari   barpo   etdi,
shifokorlik ishlarini tashkil etish va yaxshilash masalasini, kishilarning sog'lig'i va
hayotiga   zararli   bo'lgan   o'rta   asrchilik   qoldiqlariga   qarshi   kurash   olib   borish
masalalarini o'rtaga qo'yib, ularni muhokama qildi.
Toshkentda,   Andijonda   va   o'lkaning   boshqa   shaharlarida   (garchi   mablag'
yo'qligidan juda oz miqdorda bo'lsada) yangi tibbiyot markazlari, erkak va ayollar
uchun   ambulatoriyalar,   kasalxonalar   ochilganligi,   ularda   tekinga   yoki   juda   arzon
narx   bilan   mahalliy   aholiga   tibbiyot   xizmati   ko'rsatilganligi   tibbiyot
jamiyatlarining   xizmatidir.   SHu   tibbiy   muassasalar   o'n   minglarcha   betoblarga
xizmat   ko'rsatdi,   bularning   ko'pchiligi   umrida   birinchi   marta   jur'at   etib   malakali
tibbiy   yordam   so'rab   murojaat   qilgan   edi.   Ilmiy   jamiyatlar   huzurida   faol
o'lkashunoslar,   mahalliy   muxbirlar   paydo   bo'ldi.   Masalan,   o'tgan   asrning   80-90-
yillaridayoq   Turkistonda   ko'proq   rus   tadqiqotchilari,   kollektsiyachilari   va   ilmiy
jamiyatlarning   ta'siri   ostida   osori   atiqa   xavaskorlari,   qadimgi   yodgorliklarni to'playdigan   xavaskorlar   etishib   chiqdi.   Bular   orasida   samarqandlik   Mirzo
Buxoriy,   Mirzo   Abdulalarning   nomi   alohida   ajralib   turadi.   Mirzo   Buxoriy   juda
ko'p   arxeologik-numizmatik   kollektsiyalar   to'plagan   bo'lib,   bularning   bir   qismi
ermitaj   kollektsiyalariga   kirgan.   Ajoyib   san'atkor-xattot   Mirzo   Barot   Mullo
Qosimov   Samarqand   va   uning   atroflaridagi   ko'pdan-Ko'p   qadimgi   zamon
yodgorliklari   suratini   chizgan.   Ulug'bek   madrasasining   g'oyat   aniq   eskizini
tayyorlagan edi.
A. L.Kunning   Iskandarko'l   ilmiy   safarida   qatnashgan   Mirzo   Abdullo
Abdurahmon   fanga   qadimgi   toshlarga   va   qabr   toshlariga   yozilgan   xatlar   qayd
qilingan ajoyib kundalik daftar qoldirib ketgan.
Buxoroda   qadimgi   gilamlar,   qo'lyozmalar,   nodir   sopol   idishlar   to'plagan
Muxdmmad   Vafo   tez   orada   mashhur   bo'lib   ketdi.   Havaskor   geograflardan
Olimxo'ja YUnusov,  Mirza  Hakim va boshqalar Rus geografiya jamiyati Turkiston
bo'limining xodimlari bo'lib ishlashardi  (Bular  haqida batafsilroq ma'lumot keyingi
bandlarda beriladi).
Turkiston   o'lkasida   tug'ilib   o'sgan   kishilardan   ancha-munchalari   foydali
qazilmalar topish  va  ularni tavsiflash, qadimgi zamon yodgorliklarini qidirib topish
va  shu kabi ishlarda qatnashdilar.
XX asr  boshlarida ham  Turkistondagi  ilmiy jamiyatlar  o'z faoliyatini  davom
ettirdi. Rus geografiya jamiyatining Turkiston bo'limi o'lkani tabiiy-tarixiy jihatdan
o'rganish,   uning   o'simlik   va   hayvonot   dunyosini,   iqlimini   tadqiq   etish   borasida
kattagina   ishlar   qildi.   Jamiyat   bo'limi   tomonidan,   olib   borilgan   ishlar   orasida
L.S.Bergning   (1876—1950)   tadqiqotlari   katta   o'rin   tutadi.   U   1899—1903   yillar
ichida   O'rta   Osiyoning   eng   katta   suv   havzalari   —   Orol   dengizi   bilan   Balxash
ko'lini   tadqiq   qilib   chiqdi.   1908   yilda   L.   S.   Bergning   «Orol   dengizi»   degan
monografiyasi bosildi. Unda bu katta ko'lni xdr taraflama o'rganish natijalari bayon
qilingan  va  ulardan xulosalar chiqarilgan. L.S.Berg asarida suv rejimi o'zgarishi  va
dengiz  sathi   o'zgarib turishi  munosabati   bilan   Amudaryo   va   Orolbo'yi  sohillariga
aholi joylashtirilishiga oid boy tarixiy ma'lumsuglar berilgan.
Jamiyat   bo'limi   Turkiston   muzliklarini   o'rganish   sohasida   katta   ishlar   olib
bordi.   G.B.Leonov   Talas   Olatovi   muzliklarini,   N.L.Korjenevskiy   Seldara   va
qorasel   muzliklarini   tadqiq   qildi   (bulardan   birinchisiga   Fedchenko   nomi,
ikkinchisiga   Mushketov   nomi   berilgan),   V.   G.   Gorodetskiy   Zailiy   Olatov
muzliklarini tadqiq qildi.
V.F.Oshanin   o'lka   hayvonot   dunyosini   tadqiq   qylishni   davom   ettirdi;   N.   A.
Zarudniy Turkiston parrandalarini o'rgandi; B. A. Fedchenko  va  uning onasi O. A.
Fedchenko   o'lkaning   o'simlik   dunyosini   tadqiq   qildi.   Bu   ishlar   natijasida   jamiyat
bo'limining asarlarida o'simlik   va   hayvonot dunyosining 80 xil yangi urug', tur   va
kichik turlarini ta'riflovchi ma'lumotlar e'don qilindi.)
A. A.   Fedchenkoning   1915   yilda   e'lon   qilingan   «Turkiston   o'simliklari»
degan   asarida   O'rta   Osiyoda   ma'lum   bo'lgan   5030   dan   ko'proq   o'simlik   xillari
ko'rsatib o'tilgan.
Turkistonda   bo'lgan   zilzilalarni   B.   YA.   Korolenko,   G.   B.   Leonov   va
boshqalar   o'rgangan.   (SHarqshunoslik   jamiyati   Toshkent   bo'limining   faoliyati
(1901   —   1913)   ham   diqqatga   sazovordir.   Bu   bo'lim   tashabbusi   bilan   o'lkada   tub joy aholining rus tilini  o'rganishi  uchun bepul kechki  kurslar tashkil  qilingan.   Bu
kurslarda   hunarmand-kosiblar   va   shahar   aholisining   quyi   tabaqasidan   bo'lgan
boshqa kishilar o'qigan)
1906   yilda   jamiyat   bo'limi   S
l   M.   Solov’yovning   «Boshlang'ich   o'qish
uchun   rus   solnomasi»ni   nashr   qildi,   buni   o'zbek   tiliga   N.   S.   Likoshin   tarjima
qilgandi.   Bu   asar   2700   nusxada   bo'lib,   rus-tuzem   maktablariga   bepul   tarqatildi.
Bunda,   albatta,   umumiy   ta'lim   maqsadigina   emas,   shu   bilan   birga,   siyosiy
maqsadlar ham ko'zda tutilgan edi. Toshkentda sharqshunoslik o'quv yurti ochish
yo'lida qilingan xdrakatlardan natija chiqmadi.
1907   yilda   bibliograf   I.   V.   Dmitrovskiy   rahbarligi   ostida   «Turkiston
to'plami»ni tuzish ishlari yangidan boshlandi. 1917 yilga qadar to'plam jildlarining
soni 394 ga etkazilgan edi (hozir to'plam Alisher Navoiy nomli O'zbekiston Davlat
xalq   kutubxonasida   saqlanadi 1
).   YUqorida   ko'rsatib   o'tilganidek,   bu   to'plam   juda
hdm qimmatli  va  nodir yodgorlik hisoblanadi.
Unda   1952   yilda   Mosqvadagi   Davlat   xalq   kutubxonasida   «Turkiston
to'plami»ning yana 29 jildi topildi.
O'rta   Osiyo   va   unga   qo'shni   bo'lgan   SHarq   mamlakatlarining   tarixi,
arxeologiyasi,   etnografiyasi,   adabiyoti,   iqtisodiyoti,   madaniyat   tarixi   va   boshqa
masalalariga oid keng ma'lumotlar bor.
O'rta   Osiyo   tarixi   va   arxeologiyasi   XX   asr   boshidan   chuqurroq   tekshirila
boshlandi.   Bunda   birinchi   va   rahbarlik   o'rnida,   shubhasiz,   g'oyat   bilimdon   olim,
mashhur   sharqshunos   akademik   V.   V.   Bartol’d   (1869-1930)   turgan   edi.   U   sharq
tillarini yaxshi bilganidan xamisha uning ilmiy faoliyati markazida turgan.
O'rta Osiyo tarixinigina emas, shu   bilan   birga, butun   «musulmonlar   SHarqi»
tarixiga   ham   oid   juda   ko'p   birinchi   manbalarni   puxta   o'rganish   imkoniyatiga   ega
bo'ldi.
Uning   «Turkiston   Mo'g'ullar   xuruji   davrida»"(1898   —   1900   yillar)   singari
asarlari   puxta   to'plangan,   tadqiq   qilingan,   asl   nusxali   ma'lumotlarga   boyligi
jihatidan   O'rta   Osiyoning   o'tmishini   o'rganishda   fanga   qo'shilgan   g'oyat   katta
hissadir.   V.   V.   Bartol’dning   «Ulug'bek   va   uning   zamoni»,   «Turkistonning
sug'orish   tarixiga   doir»   nomli   asarlari   va   boshqa   ko'p   kitob,   maqola,   tadqiqot   va
mulohazalari   g'oyat   qimmatli   va   o'z   axamiyatini   yo'qotmagan   asarlardir.   V.   V.
Bartol’dda   katta   tashkilotchilik   qobiliyati   ham   bor   edi.   Darhaqiqat,   O'rta
Osiyoning   tarixi   va   arxeologiyasini   o'rganish   sohasidagi   biron   kattaroq   tadbir   V.
V. Bartol’d ishtirokisiz bo'lmagan.
Polkovnik A. G. Serebrennikov to'plagan O'rta Osiyoni zabt etish tarixiga oid
70   ta   katta katta   jilddan   iborat   ma'lumotlar   O'rta   Osiyoning   1839   yildan   1876
yilgacha o'tgan davr tarixini o'rganishda  malum   darajada  qiziqarli  manbadir. Bular
Peterburg,   Moskva,   Orenburg,   Tiflis   va   Omsk   arxiv   ma'lumotlari   asosida   tanlab
olingan. Bulardan faqat 14 jildi nashr qilingan, xolos.
Mahalliy   arxeologlardan   V.   L.   Vyatkinning   (1869   —   1932)   ishlari   diqqatga
sazovordir. Bu olim 1908 yilda Samarqanddagi mashhur Ulug'bek rasadxonasining
qoldiqlarini   ochdi,   Samarqand   yodgorliklarini   o'rganish   va   saqlash   bilan
shug'ullandi, qadimgi Afrosiyob qo'rg'oni va uning atroflarini tadqiq qildi.
V   V.   Bartol’d   o'zining   1894   yilda   bosilib   chiqqan   «Turkistonda   arxeologik tadqiqotlar   masalasiga   doir»   kitobida   o'lkani   jiddiy   ravishda   o'rganish   hali
oldimizda   turibdi,   bu   ishda   bosh   rolni   mahalliy   ilmiy   kuchlar   o'ynamog'i   lozim,
degan   edi.   Uning   taklifi   bilan   1895   yili   oktyabr’   oyida   Turkiston   arxeologiya
xavaskorlari   to'garagi   va   uning   nizomi   tasdiqlandi.   Nizomda   jumladan   shunday
deyilgan edi:
1. Turkiston o'lkasidagi qadimgi yodgorliklarni o'rganish;
a)  ularni ta'riflab, o'lkaning arxeologik xaritasida aks ettirish;
b)  arxeologik yodgorliklarni saqlash;
v) hudud egalarining ruxsaty bilan undagi arxeologik yodgorliklarni qazish;
g) arxeologik materiallarni nashrga tayyorlash.
2.   To'garak  faxriy  va  xdqiqiy  a'zolardan  hamda  hamkor  (xodim)lardan
tuziladi.
3.   To'garakning   hdqiqiy   va   hamkorlik   a'zoligiga   mahalliy   arxeologiya
masalalari   bilan   qiziquvchi,   unga   a'zolik   badallarini   to'lab   turuvchi   har   bir   kishy
saylana  oladi. Saylanuvchilarning unvoniga,  kelib chiqishiga, millatiga va jinsiga
qaralmaydi.
4.   Haqiqiy   a'zolar   o'z   ichidan   bir   yil   muddatga   boshqarma   saylaydi.
Boshqarma rais, kotib va xazinachidan iborat bo'ladi.
5.   Boshqarma   to'garakdagi   ishlarni   olib   boradi,   qaysi   yodgorlikni
qazish,   tadqiq   qilish   kerakligini   aniqlaydi,   mahalliy   idoralar   va   Rossiya
arxeologiya komissiyasi bilan aloqa ishlarini olib boradi va hokazo.
6.   To'garakning   umumiy   majlislariga   har   bir   qiziquvchi   kishi   qatnasha
oladi.
7.  To'garakning bo'limlarini boshqa shaharlarda ham ochish mumkin.
8.   To'garak mablag'i xdqiqiy a'zolar, hamkorlar to'laydigan badallardan
hamda arxeologiya havaskorlari tomonidan beriladigan hadyalardan tashkil topadi.
To'garakka   Turkiston   general-gubernatori   baron   B.   A.   Vrevskiy   faxriy   rais
qilib  saylangandi.   To'garakning  108   a'zosi   bo'lib,   bular   ichida   V.  V.   Bartol’d,   D.
M.   Levshin,   N.   S.   Likoshin,   K.   V.   Aristov,   V.   F.   Oshanin   va   boshqa   mashhur
kishilar hdm bor edi. To'garakda ilg'or kayfiyatdagi rus ziyolilarining ta'siri kuchli
edi. Ular   O'rta  Osiyo  tarixi  va  qadimgi  yodgorliklarga  hurmat  bilan  qarab,  jiddiy
ilmiy-tekshirish ishlarini jonlantirib yuborgan edilar.
5. Rus sharqshunosligining mahalliy tarixchilikka ta'siri
Rus   sharqshunosligi   o'zining   g'oyat   katta   ilmiy   faoliyati   bilan   mahalliy
tarixchilikka shubhasiz katta ta'sir ko'rsatdi. Rus sharqshunoslari O'rta Osiyo tarixi
yuzasidan   jiddiy   tadqiqot   ishlari   olib   borish   bilan   birga,   bu   ishga   erli   tarixchi
havaskorlarni   ham   jalb   qilish,   ular   bilan   hamkorlikda   ish   olib   borishga   hdrakat
qildi. Turkistonga kelgan sharqshunoslar mahalliy tarixchi va xdvaskorlar o'rtasida
yurib   va   yashab,   O'rta   Osiyo   tarixi   xdqida   muhim   ma'lumotlar   va   asarlarni
to'pladilar   va   shu   haqda   tushuntirish   ishlari   olib   bordilar.   Toshkentlik   tarixchi
Muhammad  Solih qoraxo'ja o'g'li o'zining «Tarixi jadidai Toshkand» degan asarida
Iskandar to'ra ismli bir rus olimining uyiga kelgani, u bilan suhbatlashgani va O'rta
Osiyo tarixiga oid   ko'p savollar berib, bahslashgani  hdqida yozadi. Iskandar to'ra
aslida   Aleksandr   Kun   bo'lib,   mahalliy   xalq   qadimdan   Aleksandr   ismini   Iskandar deb   atashadi.   Faqat   A.   Kunning   emas,   balki   O'rta   Osiyoga   kelgan   barcha
sharqshunoslarning   xam   xalq   orasida   yurib   tarixga   oid   savollar   berishy,   ayrim
masalalar   yuzasidan   bahslashishlari   hamda   ularga   yo'l-yo'riqlar   ko'rsatishlari,
shubhasiz,   erli   xalqlar   o'rtasida   tarixga   qiziqish   hissini   oshirdi.   Bunday
bahslashuvlar,   savol-   javoblar   mahalliy   xalq   o'rtasida   «diniy   tus   berilgan»
arxeologik yodgorliklar   va   tarixiy hodisalarni aniqlashga, ularning   sirini   ochishga
yordam berdi.
Usha   vaqtda   nashr   qilingan   «Turkiston   viloyatining   gazeti»,
«Turkestanskie  vedomosti»  va  boshqa gazeta sahifalaridagi mahalliy tarchxchi  va
havaskorlar tomonidpn   yozilgan   yodnomalar, yodgorliklar haqidagi kichik-kichik
xabarlar  va  maqolalar, arxeologik kollektsiyalar  rus  sharqshunoslarining mahalliy
tarixchilikka   samarali   ta' sir   ko'rsatganligini   va   erli   xalq   orasida   ham   tarixga
qiziqish   avj   olganligini   ko'rsatadi.   Rus   sharqshunosligi   bu   tuyg'u   va   intilishlarni
qizg'in   qarshi   olib,   qo'llab-quvvatlaganligi   Turkiston   tarixchiligining   rivojlanishi
uchun yangi sahifa ochib berdi.
Sattorxon   Abdug'afforov   ham   rus   sharqshunosligining   bevosita   ta'siri   ostida
tarixchilar   qatoridan   o'rin  olgan.   U  1876   yili   Peterburgda   chaqirilgan   III   xalqaro
sharqshunoslar   s'ezdiga   A.   Kun,   Jo'rabek,   toshkentlik   Muhammadqulov,   Abdulla
Niyozov   va   Buxorolik   Musajon   Saidjonovlar   bilan   birga   Turkiston   vakili   bo'lib
qatnashadi.   U   Turkistonga   ruslarning   kelishi   bilan   o'lkaga   rus   fani   ham   kirib
kelganligini   ta'kidlab,   bu   orqali   Turkiston   dunyo   fanidan   yanada   ko'proq
bahramand   bo'lishiga   ishonch   bildirdi.   O'   o'zining   bu   nutqi   bilan   s'ezd
qatnashchilarining   diqqatiga   sazovor   bo'ldi.   Rus   tilini   qunt   bilan   o'rgangan
Sattorxon   rus   tilida   «Rossiyaning   istilosiga qadar Qo'qon xonligining ichki ahvoli
haqida   qisqacha   ocherk»   nomli   asarini   yozib,   «Turkestanskie   vedomosti»
gazetasining   1892   yil   26,   36-   sonida   va   1893   yil   61-   sonida   bostirdi.   Asarda
Qo'qon xonligining ma'muriy bo'linishi, boshqaruv idoralari, shahar  va  qishloqdagi
amaldorlar, ularning huquqlari, hokim   va   beklarning mehnatkash xalqqa nisbatan
tutgan   siyosati,   gunohkorlarga   beriladigan   jazolar,   qo'shinning   tuzilishi,
shuningdek,   sinfiy   kurashlar,   ya'ni   Xo'jand   va   o'ratepada   xonlikka   qarshi
ko'tarilgan   qo'zg'olonlar,   Toshkent   hokimi   Mirzaahmadga   qarshi   xalq   qo'zg'oloni
va  uning qo'zg'olonchilar talabiga rozi bo'lishi, Qo'qon xonligining chor Rossiyasi
tarafidan   bosib   olinishi   kabi   masalalar   yoritilgan.   Mahalliy   o'zbek   tarixchisining
rus  tilida shunday bir tarixiy  asar  bilan  maydonga chiqishi  rus  sharqshunosligining
bevosita   katta   ta' sirini   ko'rsatadi.   Bu   asar   rus   sharqshunosligi   uchun   ham   katta
axamiyatga ega edi.
Rus  sharqshunoslari, jumladan, N. I. Veselovskiy rahbarligida Akrom polvon
Asqarov   kabi   xavaskor   tarixchi   va   arxeologlar   etishib   chiqdi.   Akrom   Asqarov
Toshkentning   Rossiya   tomonidan   bosib   olinganiga   qadar   Qo'qon   qo'shinida
nog'orachi   edi.   Toshkent   bosib   olingach,   u   1870   yillarda   Toshkentda   tashkil
qilingan   ko'rgazmalarda   faol   qatnashdi.   SHarqshunoslar   ta'sirida   Turkistondagi
yodgorliklarga qiziqib qoladi. O'zining havaskorligi  va  qizyquvchanligi  bilan  bora-
bora   Turkistondagi   fan   ahliga   tanila   boshlaydi.   Akrom   Asqarov   1884   yilda
arxeologiyaga oid qazish ishlari o'tkazish maqsadida Turkistonga kelgan professor
N.   I.   Veselovskiyga   yoqib   qoladi,   yordam   chi   sifatida   u   bilan   birga   Buxoroda, Farg'ona vodiysida  va  boshqa joylarda o'tkazilgan arxeologiyaga oid tadqiqotlarda
qatnashadi,   tez   fursatda   arxeologiya   bilimini   o'zlashtirib   oladi.   SHuning   uchun
xdm  u  N. I. Veselovskiyning   «tez   fursatda  arxeologiyaga  oid ishlarni   o'zlashtirib
oldi»   degan   yuksak   bahosiga   sazovor   bo'lib   arxeologiya   sohasida   mahdlliy   xalq
orasidan   etishib   chiqqan   birdan-bir   fan   arbobi   amaliyotchi   bilimdon   sifatida
tanildi.   Akrom   Asqarov   N.   I.   Veselovskiydan   Turkistondagi   arxeologiyaga   oid
yodgorliklarning   qaysi   biri   muhim   va   qaysi   biri   ustida   ish   olib   borish   zarurligini
so'raganda, u unga ma'lum ko'rsatmalar berib turdi. N. I. Veselovskiy Turkistondan
ketgandan keyin Akrom Asqarov bir necha yil mustaqil ravishda arxeologiyaga oid
tadqiqot ishlari olib bordi. Uning faoliyati xdqida mahalliy  va  markaziy matbuotda
hech   narsa   yozilmagan   bo'lsa-da,   ammo   uning   to'plagan   boy   va   qimmatli
arxeologiyaga   oid   ashyolar   to'plami   o'sha   yillar   davomida   nihoyatda   samarali   va
keng   ko'lamda   ish   olib   borilganidan   dalolat   beradi.   Akrom   Asqarov   1891   yilda
vafot etgach, uning boy   arxeologiyaga oid ashyolar to'plami juda ehdiyotlik bilan
Peterburgga olib ketilib, hozir ham Davlat ermitajida saqlanmoqda.
«Turksstanskie   vedomosti»   gazetasining   1892   yil   31-   sonida   bosilgan
professor   evarnitskiyning   «Akrom   Asqarovning   arxeologiyaga   oid   ashyolar
to'plami»   nomli   maqolasida   berilgan   ma'lumotga   ko'ra,   ashyolar   to'plamida   17
dona  oltin  pul,  1370  dona  kumush  pul,  13 274  dona  mis  pul, neolit davriga oid tosh
bolg'a,   jezdan   yasalgan   sulug',   jez   oyna,   jez   iskana,   jez   ketmonlar   (motiga),   turli
joylarda   to'plangan   sopoldan   yasalgan   odam   hdykallari,   bir   bo'lak   nefrit,   isirg'a,
krest   (but),  baldoq,  tumor,   mis,   sopol  idish   va   shunga  o'xshash   garixiy  buyumlar
bo'lgan.   Akrom   Asqarovning   fan   uchun   qimmatli   bo'lgan   bu   ashyolar   to'plamiga
professor   N.   I.   Veselovskiy   ham   katta   baho   bergan   edi.   Rossiya   arxeologiya
jamiyati   1887   yilda   uning   arxeologiya   sohasidagi   xizmatlarini   taqdirlab,   uni
kumush   medal’   bilan   mukofotladi.   O'zi   to'plagan   tarixiy   buyumlarning   tarixning
qaysi   davriga   oid   ekanligini   idrok   qila   olmagan   bo'lsa-   da,   oddiy   bir   o'zbekning
«o'sha vaqtda  tarixiy  nodir buyumlarning fan uchun katta ahamiyatga ega ekanini
tushungani   holda,   fan   uchun   to   umrining   oxirigacha   tinmay   xizmat   qilishi   rus
sharqshunosligi   faoliyatining   samarasi   bo'lib,   bu   rus   sharqshunosligi   uchun   ham,
mahalliy tarixchilik uchun ham yangilik  va  foydali ish edi.
O'rta   Osiyo,   shu   jumladan   Qo'qon   xonligi,   Namangan   va   Toshkentda
yashagan,   o'zbek   xalqining   tarixi,   tilini   va   urf-odatlarini   o'rganishda   Vladimir
Petrovich Nalivkinning (1852— 1918) ham qo'shgan hissasi kattadir.
Uning   ilmiy   faoliyati   O'rta   Osiyo   xalqlari   tarixi,   tilini   va   etnografiyasini
o'rganishdan   boshlandi.   U   rafiqasi   M.   V.   Nalivkina   bilan   xdmkorlikda   «Farg'ona
mahalliy   aholisi   ayollarining   turmushi   haqida   ocherk»   degan   kitob   yozdi.   V.   P.
Nalivkin   rus   olimlari   ichida   birinchi   bo'lib,   mahalliy   tillarni   urganib,   mahalliy
tarixchilar  qo'lyozma  asarlarini  o' rgangan   va   shular  asosida  «Qo'qon  xonligining
qisqacha   tarixi»   va «Ruscha-sartcha va   sartcha-ruscha lug'at» hamda   «Intihob   ut-
tavorix  mamlakati   Rusiya»   («Rossiyaning   qisqacha   tarixi»)   kitoblarini   va   40  dan
ortiq   ilmiy   agarlar,   maqolalar   yozgan.   Mahalliy   xalq   tilini   juda   mukammal
bilganligi   sababli   uni   erli   xalqlar   Jahongir   to'ra   deb   ataganlar,   u   ham   bir   necha
asarini Jahongir to'ra nomi  bilan  chop etgan.
Uning   1885   yilda   Jahongir   to'ra   nomi   bilan   yozilgan'   «Intihob   ut-tavorix mamlakati   Rusiya»   nomli   asari   buning   yorqin   dalilidir.   Muallifning   «Bu   faqir...
zaboni nochor  va  suxoni  ojiz birlan  tavorix kitoblari  tahriridagi  voqealarni intihob
aylab   ko'p   tafsili   keltirmay   ijmoli   birla   muxtasar   bayonini   qilardiki,   Rusiya
mamlakatining   paydo   va   bino   bo'lganidan   to   oxir   zamonigacha   mazkur   viloyat
ichra   o'tgan   hodisa   va   voqeliklarni   tasnif   qilg'ay”,—   deyishidan   ma'lumki,   u   o'z
asarini   ko'p   adabiyotlardan   foydalangan   holda   yozgan.   Bu   asarning   erli   aholini
Rossiyaning   o'tmish   tarixi   bilan   tanishtirish   maqsadida   o'zbek   tilida   yozilishi   o'z
davri uchun juda katta ahamiyatga ega bo'lgan bir hodisa edi.
SHunday   qilib,   XX   asrning   20-   yillariga   qadar   olimlar   va   turkshunos
havaskorlarning   kuchlari   bilan   Ozbekiston   o'lkasini   o'rganishga   doir   anchagina
materiallar to'plangan. Biroq bularning orasida uzuq-yuluq  va  tasodifiy materiallar
anchagina bo'lib, keng, ilmiy asosda umumlashtirilmagan edi.
O'rta Osiyo,  shu  jumladan,  O zbekiston   tarixini   ilmiy  asosda   o'rganish  faqat
asrimiz boshlarida  va  undan keyingi yillarda samarali  va  fidokorona ish olib borish
natijasida yaratildi  va  u yanada chuqurlashtirildi.
6. Tarixiy o'lkashunoslikning 1917 yildan keyingi ahvoli
Qadriyatimiz   o'z   o'lkamiz   tarixini   o'rganishdan   boshlanishi   hech   kimga   sir
emas.   70yildan   ortiq   davr   mobaynida   biz   yosh   avlodga   o'tmishimiz   tarixini
o'rgatishda juda katta chalkashlik  va  xatoliklarga yo'l qo'yib keldik.
1917   yilgacha   yashagan   sharqshunos   olimlar   va   mahalliy   tarixchilarning
o'lkani   o'rganishga   bag'ishlangan   asarlari   unutildi.   O'lka   bilan   bevosita
shug'ullanganlar millatchilik tamg' asiga duchor bo' ldilar.
Sobiq S  SR Xalq ta'limi vazirligi tomonidan dorilfununlar  va  pedagogika oliy
o'quv yurtlari tarix fakul’tetlari uchun tavsiya etilgan «SSSR tarixi» (1- tom, eng
qadimgi zamonlardan 1861 yilgacha, hajmi 70, 71 bosma taboq) darsligida «O'rta
Osiyo  va  Qozogiston» degan mavzuga atigi yarim varaq joy berilganligini qanday
baholash kerak?
Ona   diyorimiz   —   o'lkamiz   tarixini   o'rganishga   yoki   shu   vaqtlarga   qadar
tariximiz rivojiga munosabat shumi?
X   —   XII   asrlardayoq   O'rta   Osiyo,   jumladan,   Ozbekiston   jahonning   eng
madaniyatli   o'lkalaridan   biri   bo'lgan.   Bu   erda   mashhG'ur   matematik,
falakiyotshunos, tarixshunos, faylasuf  va  tabobat ilmining mashhur namoyandalari
etishgan,   ularning   nodir   qo'lyozma   asarlarining   ba'zilari   respublikamizdagi
SHarqshunoslik   va   qo'lyozmalar   institutlarining   hujjatxonalarida   hozirga   qadar
o'rganish uchun navbat kutib yotibdi.
YUqorida tilga olingan 32 bobdan iborat darslikning 186- paragrafida deyarli
tamoman   Rossiyaning   Evropa   qismi   tarixi   yoritilgan   bo'lsa,   O'rta   Osiyo,
Kavkazorti,   qora   dengiz   bo'ylaridagi   davlatlarda   feodalizmning   tashkil   topishi
mavzulari   yuzasidan   har   biri   2,5   —   3   varaqdan   iborat   8   ta   siyqasi   chiqqan
ma'lumot berilgan, xolos.
Darslikning   birinchi   bo'limida   «Ibtidoiy   jamoa   tuzumi»   degan   mavzu   bor.
O'nda Rossiyaning Evropa qismida paleolit, mezolit, neolit, eneolit davrlariga doir
manzil   va   makonlarning  kamligi  sobiq  SSJI  tarixi  uchun  misol   bo'la  olmaganligi
hamda   o'sha   hududda   quldorlik   tuzumi   va   uning   rivojiga   oid   ma'lu-motlarning kamligi sababligina Kavkazorti  va  O'rta Osiyo tanlab olingan.
Bir   misol.   Ozbekiston   hududida   mezolit   (o'rta   tosh)   davri   miloddan   avvalgi
12   ming   yillikdan   5   ming   yillikkacha   davom   etgan   bo'lib,   o'sha   vaqtda   ibtidoiy
tasviriy   san' at   boshqa   joylardagiga   qaraganda   ancha   rivojlangan.   g'orlarda
yashagan odamlar qoya toshlarga qizil bo'yoq  bilan  naqsh chizib yoki o'yib yozib,
ajoyib   ov   manzaralarini   qoldirib   ketganlar.   Bunday   nodir   san' at   obidalari
Surxondaryoda   Zarautsoy,   Jizzaxda   Takatosh,   Buxoroda   Sarmish,   qoraungursoy,
Toshkent vohasida qorazov, Xo'jakent, Parkent hududlaridan topib o'rganilganligi
haqiqat.   Bu   O'zbekiston   xalqlarining   ibtidoiy   jamiyat   tarixini   o'rganishda   g'oyat
qimmatli tarixiy hujjatdir.
Termiz   yaqinidagi   Ayritomda   toshga   o'yilgan   bo'rtma   rasmlar,   Xorazmning
qadimgi poytaxti — Tuproqqal'adan chiqqan haykal-u devorga ishlangan  rasmlar
hdmda   Surxondaryodagi   Xolchayon,   Dalvarzintepadan   topilgan   gil   va   ganchdan
yasalgan   haykallar   o'lkamiz   xalqlari   qadimdan   o'ziga   xos   betakror   usullar   bilan
yuksaklikka   ko'tarilgan   tasviriy   san' at   madaniyatini   allaqachon   yaratganligini
ko'rsatadi. Ammo bunday nodir topilmalar o'lkamiz farzandlariga tanishtirilmadi.
1917 yilga qadar o'lkammzda har xil fanlarning rivojiga o'z hissalarini qo'shib
kelgan   anchagina   mahalliy   kishilar   foydali   qazilmalar   topish   va   ularni   ta'riflash,
qadimgi   zamon   yodgorliklarini,   osori-atiqalarni   o'rganish   kabi   ishlarni   amalga
oshirganlar.   Bunday   ajoyib   kishilarning   nomlari   keyinchalik   esdan   chiqarib
yuborilgan. Masalan, o'lkamizda mineral boyliklar qidirgan, qo'rg'oshin   va   feruza
konlarini   topgan   xo'jandlik   Mulla   Sang'in,   CHimkentda   o'lkadagi   birinchi   rus-
tuzem   maktabini   ochishda   faollik   ko'rsatgan,   Qo'qon   shahar   maktabida   ishlagan
hamda   «Turkiston   viloyatining   gazeti»da   mas'ud   muxarrirlik   qilgan,   Turkiston
muallimlar   seminariyasida   o'zbek   va   fors   tillarida   dars   bergan,   1876   yilda
Peterburgda orientalistlar III xalqaro kongressida ma'ruza qilgan, o'lkadagi tub joy
aholi   orasida   dunyoviy   bilimlarning   tarqalishiga   katta   xissa   qo'shgan   Sattorxon
Abdug'afforov,   o'zbek   arxeologiyasi   rivojiga   ham   katta   hissa   qo'shgan,
numizmatik   kollektsiyalar   to'plagan,   hozirgacha   boy   kollek-   tsiyasi   Davlat
ermitajida   tilga   olinmagan   samarqandlik   Mirzo   Buxoriy,   Mirzo   Abdullolarning
nomlari   unutildi.   Vaholanki,   shu   iste'dodlardan   biri   ajoyib   san'atkor-xattot   Mirzo
Barot   Mullo   qosimov   Samarqand   va   uning   atroflaridagi   ko'pdan-Ko'p   qadimgi
zamon   yodgorliklarining   rasminichizgan,   Ulug'bek   madrasasining   g'oyat   aniq
chizmasini tayyorlagan edi.
A. L. Kunning Iskandarko'l ilmiy safarida qatnashib, fanga qadimgi toshlarga
va   daxma toshlariga yozilgan xatlar qayd qilingan juda ajoyib kundalik qoldirgan
Mirzo Abdullo Abdurahmonni ham unutdik.
Tarixiy   o'lkashunoslik   fanining   sodiq   tashkilotchilaridan   bir   Akrompolvon
Asqarov   juda   ajoyib   yodgorliklar   O'rta   Osiyoda   eng   qadimda   zarb   etilgan   tanga-
chaqalardan   15   mingdan   ko'p   kollektsiya   to' plagan.   Akrompolvon   arxeologiya
faniga   ko'rsatgan   xizmatlari   uchun   Rus   arxeologiya   jamiyatining   nishoni   bilan
mukofotlang'an. U Toshkentda 1890 yilda ochilgan Turkiston qishloq xo'jaligi va
sanoati ko'rg'azmasiga oliy navli g'o'za, pilla vaxom ipak, pilla qurti boqishda   eng
yaxshi nav  deb  topilgan tut navlarini qo'ygan.
Buxoroda   qadimgi   gilamlar,   qo'lyozmalar,   nodir   sopol   idishlar   to'plagan Muhammad   Vafo   juda   mashhur   bo'lgan.   Havaskor-geograflardan   Olimxo'ja
YUnusov,   Mirza   Hakim   va   boshqalar   Rus   geografiya   jamiyati   Turkiston
bo'limining   jonkuyar   xodimlari   edi.   Jamoatchilikning   olqishiga   sazovor   bo'lgan
mana   shunday   yuzlab   ajoyib   olimlar   faoliyatini,   ularning   asarlarini   hozirgacha
o'rganilmay kelinishini izohlab bo'ladimy? Bas, shunday ekan, hozirgi yosh avlod
qadimgi   tanga   pullarning   zarb   etilish   tarixi,   uning   ahamiyati   va   savdo   rivojidagi
o'rnini   bilib   olmas   ekan,   hozirgi   pullarning   ham   mohiyatini   tushuntirib   bera
olmaydi.   Numizmatika   faniga   bo'lgan   qiziqish   juda   past.   Jumhuriyatimiz
hududidan   topilgan   qadimgi   va   o'rta   asrga   oid   tanga   pullar   ko'pgina   noma'lum
qadimgi   shaharlar   «yoshi»ni   aniqlab   olishda   katta   yordam   beradi.   Masalan,
Buxoro, Termiz, Kat, Quva va boshqa joylarda zarb etilgan oltin, kumush va mis
tanga   pullar   shu   hududda   tashkil   topgan   Xorazm,   Kanxa,   Farg'ona,   Dahiya,
Kushan, So'g'd, Somoniylar, qoraxoniylar, Temuriylar va boshqa podsholiklarning
iqtisodiy   hamda   siyosiy   tarixini,   ayniqsa   bu   davlatlardagi   pul   hamda   tashqi   va
ichki savdo munosabatlarini o'rganishda juda qimmatli ashyoviy dalil bo'lib xizmat
qiladi.   SHunisi   achinarliki,   1917   yildan   so'ng   to   hozirgi   kunimizgacha
o'lkashunoslik fani o'lkamiz tarixini davrma-davr o'rganishdan iborat o'z vazifasini
bajarmay,   ko'proq   Rossiyaning   Evropa   qismidagi   o'lkalarni   o'rganish   bilan
mashg'ul   bo'lib   kelaveradi.   Biz   esa   indamadik.   O'rta   Osiyo   xalqlaridan   boshqa
deyarli   barcha   xalqlar  o'z   tarixini  ozmi-Ko'pmi   biladilar.  Biz   esa   rus   knyazlarini,
rus   davlatini,   Moskvaning   tashkil   topishi   va   uning   birinchi   knyazi   Yuriy
Dolgorukiy   1147   yilda   Moskvaga   asos   solganini   bilamiz-u,   ammo   o'z   ona
diyorimizda   miloddan   oldingi   III   asrda   Grek-Baqtriya   davlatiga   asos   solib,
birinchi  tanga  zarb etgan Diodot haqida o'ylab ham ko'rganimiz yo'q.
Ona   diyorimizni   arab   bosqinchilaridan   himoya   qilgan   Hakim   ibn   Hoshim
(Muqanna)   boshchiligidagi   qo'zg'olon   xususida   chala-chulpa   ma'lumotga   ega
bo'lgan   xalqimiz   Xorazmda   arablarga   qaqshatqich   zarba   bergan   ajoyib  qahramon
Xorazm   shohi   yoki   Samarqand   hokimi   Guraklarning   Qusam   ibn   Abbosga   qarshi
olib borgan shiddatli janglari, SHohi Zinda ansambli bilan bog'liq tarixiy afsonalar
haqida tasavvurga egami? Yo'q, albatta.
O'zbek   maktablarida   o' quvchilarimizga   Dmitriy   Donskiy   va   uning
qahramonligi,   rus   davlati,   iqtisodiyoti,   ichki   va   tashqi   siyosatini   maroq   bilan
tushuntirib   bersak-da,   IX   X   asrlarda   dunyoga   mashxur   bo'lgan   Somoniylar
davlatida   etishib   chiqqan   ilm-fan   darg'alari-yu,   o'z   she'riyati   bilan   jahon   afgor
ommasini   hayratga   solgan   Rudakiy,   Firdavsiy,   Sa'diy,   Hofiz   kabi   zabardast
daholar  haqida deyarli  hech narsa demaganmiz.  Ular  SHarq poeziyasining  asosiy
xususiyatlarini   belgilab   bergan   bo'lsalar-u,   ularning   ijodiy   faoliyati   bilan
o'quvchilarni   tanishtirmasak,   nima   degan   odam,   qanday   o'lkashunos   olim
bo'lamiz?
O' sha   davr   ilm-fanini   jahonga   taratgan   Muhammad   ibn   Muso   Xorazmiy,
Ahmad   Farg'oniy,   Abu   Ali   ibn   Sino   va   Abu   Rayhon   Beruniy   kabi   mutafakkir
olimlar   hayoti   hamda   ijodi   taraqqiyparvar   insoniyat   tomonidan   o'rganilsa-yu,   biz
nega   o'rganishimiz   mumkin   emas?   Mana   endigina   mustaqillikni   mustahkamlab
borib,   maktab   dasturlariga   allomalar   va   qahramonlarimizning   hayoti   va   ijodiy
faoliyatlarini kiritayotirmiz. O'lkamizda o'zbek tiliga davlat maqomi berilganda o'zbek tilining qadimgi til
ekanligini   isbotlab   berishda   asosiy   manba   Mahmud   Koshg'ariyning   «Devonu
lug'otit turk» asarining nechog'li ulkan ahamiyati bor ekanligi ozmi-ko'pmi  malum
bolsa   ham   bu   daho   mutafakkir   erning   dumaloqligini   isbotlab,   dunyo   xaritasini
chizib qoldirganligi haqidagi ma'lumotni o'rganishning vaqti kelmadimikin?
Hozirgi   kunda   o'lkashunoslik   fani   oldida   quyidagi   eng   mas'uliyatli   vazifalar
turibdi:   ko'hna   Samarqand,   Buxoro,   Xiva,   Qo'qon,   Andijon,   Namangan,
SHahrisabz kabi shaharlardagi sayohat mazmunini tushuntiruvchilarga to'g'ri ilmiy
yo'nalish   berish;   viloyat,   voha   va   vodiylardagi   o'lkashunoslik   muzeylariga
ma'lumotnoma   va   yo'l   ko'rsatkichlar   tayyorlash;   viloyat,   voha   va   vodiylardagi
xamda   jumhuriyat   markaziy   arxividagi   hujjatlarni   o'rganish;   SHarqshunoslik
ilmgohi  va  qo'lyozmalar ilmgohida saqlanib turgan 5000 dan ortiq nodir qo'lyozma
asarlarni o'rganib, ularni aholi keng ommasiga etkazish.
Ushbu   vazifalar   amalga   oshirilsa,   mustaqil   davlatimiz   O'zbekistonning
haqiqiy vatanparvarlarini tarbiyalab etishtirishga munosib  hissa  qo'shilgan bo'ladi.
7. O'lkashunoslikning asosiy manbalari
O'lkashunoslik besh asosiy manbaga: arxeologiya, etnografiya, toponimika  va
arxiv hujjatlari xamda muzey materiallariga tayanib ish tutadi.
Qishloq,   rayon,   shahar   yoki   viloyat   hududining   tarixini   o'rganishda   shu
manbalardan birontasi  ham diqqat-e'tibordan chetda qolmasligi  lozim, busiz o'lka
tarixini mukammal o'rganib bo'lmaydi.
O' sha   besh   manbadan   biri   bo'lgan   arxeologiya   to'g'risida   gap   borganda,
avvalo maktab tarixi kursining qaysi qismida, qaysi sinfda  va  qanday qilib, qachon
arxeologiyaga oid materiallardan foydalanish mumkin degan savolga javob berish
kerak   bo'ladi.   CHunonchi,   V   sinf   tarixi   kursida   O'zbekiston   xalqlarining   eng
qadimgi   ibtidoiy   jamoa   davri:   odamlar   to'da   holda   yashagan   davr,   ona   urug'i
(patriarxat) davri, ona urug'ining rivojlanishi, kaltaminorliklar chaylasi,   ota   urug'i
(patriarxat)   davri,   temirning   tarqalishi,   sug'orishning   kelib   chiqishi   davridan
boshlab,   quldorlik   jamiyati,   feodalizm   davri,   nihoyat   XVIII   asrning   ikkinchi
yarmida   feodalizmning   emirilishi   va   kapitalistik   munosabatlarning
rivojlanishigacha   bo'lgan   juda   katta   tarixiy   davr   o'z   ifodasini   topgan.   Demak,   bu
kursda   ayrim   mavhum   tarixiy   tushunchalar   haqida   o'quv chilar   ma'lum   tasavvur
hosil   qilishida,   tarixiy   faktlarni   ishonarli   qilib   tushuntirishda   arxeologiyaga   oid
materiallardan o'rinli foydalanish juda muhimdir.
O'quv   qo'llanmada   «Ibtidoiy   jamoa   davri»   qisqa   berilganligi   tufayli   so'nggi
yillarda yaratilgan ba'zi asarlar hamda turli ilmiy adabiyotlardagi xulosalar asosida
O'zbekistonda   ibtidoiy   jamoa   davrini   quyidagi   mayda   davrlarga   bo'lib   o'rganish
mumkin:
1.   Ibtidoiy to'da davri.
2.  Ona urug'i (matriarxat) davri.
3.  Ona urug'ining rivojlanishi.
4.  Kaltaminorliklar chaylasi.
5.  Ota urug'i (patriarxat) davri, temirning topilishi   va  xo'jalikda iiglatila
boshlanishi davri. 6. Sun'iy sug'orishning kelib chiqishi  hamda quldorlik jamiyati   va   nihoyat,
feodalizm   davri   O'zbekiston   misolida   besh   manba   —   avval   arxeologiya,
etnografiya,   toponimika,   arxiv   hujjatlari,   so'ng   muzey   eksponatlari   orqali   tartibli
ravishda bayon qilinadi.
Mavzuga oid tayanch so'z  va  iboralar.
1. Tarixiy yodgorliklar.               6. Ilmiy o'lkashunoslik.
2. Jamoat o'lkashunosligi. 7. Arxeologik yodgorliklar
3. Maktab o'lkashunosligi. 8. San'at yodgorliklari.
4. Turkiston   xalq   kutubxonasi .       9.  Etnografiya
5. Kollektsiya .    10. Toponimika .
Mavzu   yuzasidan   nazorat   savollari .
1. O ' lka   deganda   nimani   tushunasiz ?
2. O'lkashunoslik fani qanday vazifalarni o'z ichiga oladi?
3. O'lkashunoslik fanining asosiy manbalari nimalardan iborat?
4. O'lkashunoslik qanday turlarga bo'linadi?
5. O'lkashunoslik fani qanday rivojlanish bosqichlarini bosib o'tdi?
6. O'rta Osiyo olimlari jamiyati kachon praydo buldi?
7. O'lkashunoslik faning rivojlanishida muhim  rol  o'ynagan qanday tarixiy 
asarlarni bilasiz? 
8. Akrompolvon Asqarovning o'lka tarixini yoritishdagi asosiy vazifasi 
nimadan iborat edi?
9. V.V. Bartol’dning o‘lka tarixini o'rganishdagi roli.
10. O'rta Osiyo olimlari jamiyati faoliyati xaqida to'xtaling.
11. Turkiston arxeologiya to'garagi xaqidagi gapirib  bering.
12. Turkiston xalq kutubxonasining ochilishi qanday axamityaga ega bo'ldi?
13. Sobiq   Ittifok   davrida   o'lkashunoslik   fanining   markazdan   andoza   olgan
xolda rivojlanishiga qanday qaraysiz?
14. O'lkani o'rganishda statistik komitetlarning roli.
15. Sobiq Ittifok davrida o'lkashunoslikka tegishli bo'lgan ishlar nima uchun 
chetda qolib ketdi?
16. Ilmiy o'lkashunoslik deganda nimani tushunasiz?
17. Jamoat o'lkashunosligi deganda nimani tushunasiz?
18. O'lkashunoslikni o'rganishni tarbiyaviy axamiyati.
19. Mustaqil O'zbekiston Respublikasi  tashkil topgandan so'ng o‘lka tarixini
o'rganishga yangicha qarash.
20. Etnografik yodgorliklar.
ASOSIY ADABIYOTLAR:
Asosiy adabiyotlar:
1. Очилдиев Ф.Б. Тарихий ўлкашунослик. Ўқув-қўлланма.  Т.: “Университет”  2008.  
pdf.  2. Саидбобоев З.А. Тарихий география. Дарслик. Т., 2010. pdf.
3. Эшов Б.Ж. Ўрта Осиёнинг қадимги шаҳарлари тарихи. Дарслик.   Тошкент. 2008. 
pdf. 
4. History of civilizations of Central Asia. UNESCO publishing. 1996
5. Tiller Kate English Local History: an introduction. London, 2002.
Qo‘shimcha adabiyotlar
6.	
Алимов И.,   Эргашев Ф., Бутаев А.   	Архившунослик. - Т1997. 
7. Анарбаев А.А. Благоустройство средневекового города Средней Азий ( V -  нач.  XIII  
вв). Т.,1981. pdf .
8. Аннаев Т.Ж., Шайдуллаев Ш.Б. Сурхондарё тарихидан лавҳалар.       
Самарқанд, 1997.
9. Мовлонов Ў. Марказий Осиёнинг қадимги йўллари. Т., 2008 й 
10. Караматов Ҳ. Ўзбекистонда мозий эътиқодлар тарихи. 2009 й.  
11. Эшов Б.Ж., Одилов А.А.  Ўзбекистон тари x и.  Дарслик.  I - жилд. (Энг  қадимги 
даврдан ХIХ аср ўрталаригача ).  Т. 2013.  pdf.
12.   Saidov Sh. J. Markaziy Osiyo xalqlari tarixi (Eng qadimgi davrlardan milodiy VII-VIII 
asrlargacha). O’quv qo’llanma. T.: ToshDSHI. 2010. pdf.
13.	
Асанова    Г.,    Набиханов    М.,    Сафаров    И.    	Ўзбекистоннинг 	     	
иқтисодий ва ижтимоий ж	ўғрофияси. — Т., 1994.
14. Байпаков К. Средневековые города юга Казахстана.  Алматы, 1980.  pdf .
15. Беленицкий А.М., Бентович И.Б., Большаков О.Г. Средневековый город Средней 
Азии. Л., 1973.  Djvu
16. Буряков Ю.Ф. Генезис и этапы развития городской культуры Ташкентского оазиса.
Т., 1982. Pdf
17. Ғуломов Я.Ғ. Хоразмнинг суғорилиш тарихи. Т.1959.
18. Древняя и средневековая культура Сурхандарьи. Т. 2001. pdf
19. Древняя и средневековая культура Чача. Т.1979.pdf
20.	
Жабборов И. М. Жа	ҳон халқлари этнографияси. - Т., 1985. 
21. З.Чориев, Т.Аннаев   ва бошқалар. Ал-Ҳаким Ат- Термизий. 2008 й. 
22. Кабиров А., Сагдуллаев А. Ўрта Осиё археологияси. Ўқув қўлланма. Т.: Ўқитувчи, 
1990. pdf.
23. Набиев А. Тарихий ўлкашунослик. Ўқув қўлланма. Т.: Фан, 1996. pdf. 	
Жабборов 	
И. М. Ўзбек халқи этнографияси. — Т., 1994.
24.
Нафасов Т. 	Ўзбекистон топонимларининг изо	ҳли луғати. Т.,	1988.
25. Сагдуллаев А.С. Қадимги Ўзбекистон илк ёзма манбаларда. Ўқув қўлланма. Т.: 
Ўқитувчи, 1996. pdf.  
26. Сагдуллаев А.С. Қадимги Ўрта Осиё тарихи. Ўқув қўлланма. Т., 2004. pdf.
27. Сагдуллаев А.С., Аминов Б.Б., Якубов Б.С. Қашқадарё тарихидан лавхалар. Қарши.
1997.
28. Сулейманов Р.Х. Древний Нахшаб.  Т., 2000.
29. Сулейманов Р.Х. Древний Нахшаб.  Т., 2000. Pdf
30. Сухарева О.А. К истории городов Бухарского ханства. Ташкент, 1958. pdf .
31. Сухарева О.А. Позднефеодальный город Бухара. Ташкент, 1962. pdf .
32. Толстов С.П. Древний Хорезм.  М.1948. pdf
33. Х у ж а й о в   Т .     Х у ж а й о в а   Г .   Ў з б е к   х а л қ и н и н г   а н т р о п о л о г и я с и   в а               этник 
тарихи. — Т., 1995.
34. Erica Hun    t.         Local History.  Segue Foundation .  New York .  –  1993 .
35. Хужайов Т. Қадимги аждодларимиз қиёфаси. — Т., 1992.
36. Ornament as Art: Avant-Garde Jewelry from the Helen Williams Drutt Collection. 
Hardcover  Bargain Price, 2007
37.    Ardi Kia.    Central Asian Cultures, Arts, and Architecture   London SEE II   Lextington 
Books. 2015 38.  Gülru Necipoğlu & Alina Payne.  Histories of Ornament: From Global to   
 Local.  Hardcover. 2016
AXBOROT MANBALARI :
1. www.history.ru   
2. www.natura.com   
3. www.archaelogy.ru   
4. www.archaelogy.com   
5. www.ziyonet.uz
6. www. cambridge.co.uk
7. www. oxford. co.uk

TARIXIY O‘LKASHUNOSLIK VA TURIZM FANI NI NG MAQSADI, VAZIFASI, SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI TARIXIDAN REJA: 1. Fanning maqsadi va vazifasi. 2. O‘lkashunoslik turlari 3. Tarixiy o‘lkashunoslikning shakllanishi va rivojlanishi 4. O‘rta Osiyo tarixini o‘rganishda rus sharqshunoslarining roli 5. Rus sharqshunosligining mahalliy tarixchilikka ta'siri 6. Tarixiy o‘lkashunoslikning 1917 yildan keyingi ahvoli 7. O‘lkashunoslikning asosiy manbalari Vatan haqidagi teran fikrlar turkiy tasavvuf she'riyatining atoqli vakili xoja Ahmad Yassaviy xikmatlaridan birida quyidagicha talqin etiladi: Boshim tuproq, o'zim tuproq, jismim tuproq, Haq vasliga etarman deb ruhim mushtoq. Binobarin, tuproq — inson tug'ilib o'sgan o'lka, makon, tuproq Vatan. Tuproq necha yuz yillardan buyon ne ne ulug' farzandlarini ardoqlab kelayotgan Zamin. SHuning uchun biz uni e'zozlab ona tuproq deymiz. Demak, barcha ishlar o'z ona tuprog'ini, o'z ona o'lkasini qadrlashdan boshlanadi. Ona tuprog'ini, ona o'lkasini sevgan kishini el qadrlaydi, dunyo taniydi... O'z tarixini ona yurtdan — ona tuproqdan qidirgan insongina haqiqiy inson bo'la oladi. Tarixga nazar tashlasak, o'z o'lkasini sevmagan va uning tuprog'ini ardoqlamagan biron ham zotni uchrata olmaymiz. SHuning uchun ham Vatanni sevmoq iymondandir, deymiz. Zotan, ona yurt farzandlari uchun Vatanni sevish, uning tarixini o'rganish, dilga jo etish muqaddas burchdir. 2. O'lkashunoslikning turlari O'lkashunoslik uch turga bo'linadi: 1) ilmiy, ya'ni davlat o'lkashunosligi; 2) jamoat o'lkashunosligi; 3) maktab o'lkashunosligi. O'lkashunoslikning har uchala turi o'zaro bir-biriga aloqador bo'lib, biri ikkinchisini to'ldiradi. Davlat o'lkashunosligi bilan respublika tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish qo'mitasi, muzeylar, respublika Fanlar akademiyasi qoshidagi tarih arxeologiya ilmiy-tadqiqot institutlari shug'ullanadi. Jamoat o'lkashunosligi qishloq, ovul, qo'rg'on, tuman, shahar, viloyat hududidagi tarixiy obidalarni saqlash va asrash ishlariga boshchilik qilish bilan birga joylarda istiqomat qilib turgan xalqlarning kelib chiqishlari (etnogenezi), urf- odatlarini o'rganadi hamda ilg'or mehnatkashlar, Mehnat qahramonlari xotirasini abadiylashtirish uchun haykallar, mangu olovlar, hurmat taxtalari tashkil qiladi. Bundan tashqari jamoat o'lkashunosligiga mustaqil ravishda tanga pullarni

o'rganuvchi mutaxassislar — numizmatlar, muhrlarni o'rganuvchilar sfragistlar, tamg'a (gerb)larni o'rganuvchilar — geraldistlar, tosh, metall, sopol va yog'ochdagi yozuvlarni o'rganadigan olimlar-epigrafistlar, eski asbob-uskunalar va qurol-aslaha hamda shu kabi narsalarni to'plovchilar ham uyushadi. Maktab o'lkashunosligi esa maktablarda tarih inson va jamiyat fani o'qituvchilarining bevosita rahbarligida tashkil qilinadi. Maktab o'lkashunosligining a'zolari V-X (XI) sinflarning eng intizomli va a'lochi o'quvchilaridan tuzilib, ular o'lka materiallarini tort guruhga bo'lingan holda to'playdilar. To'plangan arxeologik, etnografik, toponimik va arxiv hujjatlari maktab o'lkashunoslik va tarix muzeylarida namoyish qilinadi. Maktab o'lkashunosligi ta'lim-tarbiyani turmush, ishlab chiqarish, yangi jamiyat qurish tajribasi bilan uzviy bog'liq holda o'rganadi. O'qitish jarayonida o'lka materiallaridan o'rinli foydalanish o'quvchilarning o'z o'lkasi tarixini bilib olishga, chuqur bilim olishga, mustaqil ijod qilishga bo'lgan qiziqishini orttiradi va kelgusi hayot yo'lini tanlab olishga yordam beradi. Maktab o'lkashunosligi fanlar o'rtasidagi aloqani mustahkamlaydi hamda o'qituvchi zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi. U dastur asosida, o'z a'zolarining bilim darajasi hamda ijodiy qobiliyatlarini hisobga olgan holda (iloji boricha mutaxassislarning maslahatlari va ko'rsatmalari asosida) tadqiqot o'tkazish ishining rejasi va ish hajmi hamda uslubini ishlab chiqadi. O'lkashunoslikning butun muvaffaqiyati shu ishga raxbarlik qilayotgan o'qituvchining bilimiga va tashkil qila olishiga bog'liq. Agar o'qituvchi o'z o'lkasini yaxshi bilsa, bu haqdagi og'zaki va yozma manbalarni muntazam o'rganish bilan birga o'quvchilarning ota-onalari, keksalar, o'lkashunoslik tashkilotining xodimlari bilan suhbatlar olib borib, pedagogik mahoratini ishga solsa, o'quvchilarning faolligi ortib boradi, o'tilgan materiallarni to'liq o'zlashtirish bilan birga uni hayotga xam tatbiq qila boshlaydi. Natijada o'quvchilarning puxta bilim olish bilan birga o'z o'lkasiga bo'lgan mehr-muhabbati ortadi va tarixiy tasavvuri hamda tarixiy tushunchasi shakllanib boradi. Maktab o'lkashunosligi ikkiga bo'linib, o'quv jarayonida (o'quv dasturi asosida) va dasturdan tashqari (maktabning tarbiyaviy ishlar rejasiga asoslangan holda) amalga oshiriladi. O'quv jarayonida (sinfda) olib boriladigan o'lkashunoslik ishlari ham ikki maqsadni ko'zlaydi. Biri - o'z o'lkasining o'tmishini arxeologik, etngorafik, toponomik, qo'lyozma asarlar va arxiv xujjatlari asosida o'rganish va o'lkashunoslik materiallarini bir tizimga solish; ikkinchisi — to'plangan o'lkashunoslik materiallaridan tarix hamda inson va jamiyat darslarida foydalanish. Sinfda olib boriladigan o'lkashunoslik ishlariga barcha o'quvchilariing ishtirok etishi majburiydir. Maktabdan tashqari olib boriladigan o'lkashunoslik ishlari, ya'ni sayohatlar, arxeologik ilmiy safarlarda O'zbekiston Fanlar akademiyasi tarix hamda arxeologiya institutining tavsiyasi bilangina shu ishga layoqatli o'quvchilar ixtiyoriy ravishda ishtirok etadilar. Maktab o'lkashunosligi tarix hamda inson va jamiyat fanlaridan olgan bilimlarni oydinlashtiradi, kengaytiradi hamda har xil fanlarning o'zaro aloqasini ta'minlaydi. Maktab o'lkashunosligi tarixiy obidalarni saqlash va himoya qilish, qadimiy manzilgohlarni topishda ham katta rol’ o'ynaydi. U jamoa bo'lib yashash, ishlash va ijod qilishga o'rgatadi. O'quvchilarda sinchkovlik, tirishqoqlik, tevarak-atrofga

havas bilan boqish, tadqiqotga qiziqish, Vatanni sevish va uni ardoqlash hislari shakllanib boradi. Darhaqiqat, maktab o'lkashunosligi o'quvchilarda o'z Vataniga mehr uyg'otish bilan birga, ularni estetik ruhda tarbiyalashga xdm munosib hissa qo'shadi. Vatanga bo'lgan mehr tuyg'usi o'z o'lkasini o'rganishdan boshlanadi. Maktab o'lkashunosligida ana shunday tuyg'u shakllanadi. 3. Tarixiy o‘lkashunoslikning shakllanishi va rivojlanishi. 1917 yilga qadar o'lkani o'rganish masalasi. Rus olimi M. V. Lomonosov o'z o'lkasini mukammal o'rganish maqsadida 1761 yili 30 savoldan iborat javob varaqasi tuzib, aholi o'rtasida tarqatgan edi. Ayni vaqtda bu bilan o'lkashunoslik faniga asos solingandi. O'lkani o'nganish masalasi O'rta Osiyo, shu jumladan O'zbekiston hududida Rossiyadan anchagina keyinroq, ya'mi XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi. Rus olimlari O'rta Osiyoning chorizm tarafidan bosib olishidan ancha ilgari bu o'lkani o'rganish bo'yicha bir qancha ishlar qilgan edilar. Biroq, XIX asrning birinchi yarmidagi o'lkani o'rganish, ya'ni mahalliy tarixchilik ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotdagi biqiqliqka mos bo'lib, feodal tuzum manfaatlari uchun xizmat qilar edi. Tarix fanidan feodal sinfining manfaatlari, xonlar va ular sulola-sining taxtga egaligi va «odilligi»ni mafkuraviy jihatdan asoslash uchun foydalanib kelindi. Saroy tarixchilari o'zlarining asosiy e'tiborlarini siyosiy voqeliklarni xonlarning faoliyati va o'z raqiblari ustidan qozongan g'alabalarini ko'klarga ko'tarib maq-tash, saroydagi an'analarni tasvirlashga qaratdilar. CHunki zamon o'zi shunaqa edi. Natijada bu davr tarixchiligining mavzui jahon tarixchiligi mavzusidan bir qadar ajralib qoldi. X—XV asrlardagi mahalliy tarixchilar Muhammad Narshaxiy, Tabariy, Rashididdin, Nizomiddin Jomiy, Abulg'ozixon va boshqalarning asarlari o'zining mazmundorligi, faktik materialga boyligi bilan bu davrda yozilgan tarixiy asarlardan sezilarli darajada ajralib turadi. SHarqshunos A. A. Romaskevich Rashididdinning «Jome ut-tavorix» nomli asari ustida so'z yuritar ekan, haqli ravishda bu asar o'zining mazmuni va hajmi jihatidan muhimligini ko'rsatib, biz bu asardan keyin eron tarixchiligida voqealarni bu xilda bayon qilish uchun bo'lgan intilishni ko'rmaymiz, deb yozgan edi. Bu O'rta Osiyo tarixchiligiga ham xos narsa edi. SHunday qilib, XIX asrning birinchi yarmida tarix fani ham, boshqa fanlar singari, hukmron sinfning manfaati uchun xizmat qildi. X1X asrning 30-yillarida Buxoro saroy tarixchisi Muhammad YOqub yozgan «Gulshan ul- muluk» nomli asar o' sha davr tarixiy manbalaridan biri hisoblanadi. Bu asar fors-tojik tilida yozilgan bo'lib, unda qadimgi zamonlardan to XIX asrning 30- yillarigacha bo'lgan Buxoro amirligidagi siyosiy voqealar bayoni beriladi. Asarda saroy voqeliklari, xukmron sinflar tarixi, o'zaro urushlar, unda erishilgan g'alabalar, xonlikning keyingi sulolasining genealogiyasi (nasabnomasi) ifodalanib, jamiyatning rivojlanishi da asosiy kuch bo'lgan xalq ommasining ahvoli, uning tilak-orzulari, xalq harakatlari va bu harakatning tub mohiyatini yoritishga bo'lgan intilishni deyarli ko'rmaymiz. YAna o' sha davrda fors-tojik tilida yozilgan ikkinchi manba Buxoro saroy tarixchisi Muhammad Mir Olim ning «Tarixi amir Nasrullo» nomli asaridir. Bu

asar Buxoro amiri Nasrulloning (1826—1860) topshirig'i bilan yozilgan. Asar XVIII asrning ikkinchi yarmida Buxoro amirligida yuz bergan siyosiy voqealarni, ichki va tashqi voqeliklarni tasvirlash bilan boshlanib, amir Nasrulloning hokimiyatga kelishi, uning dastlabki yillardagi davlatni boshqarishda tutgan siyosati bilan tugallanadi. Asarda Buxoro amirligidagi 1821 — 1825 yillarda bo'lib o'tgan xitoy-qipchoqlar qo'zg'oloni va uning bostirilishi haqida so'zlanadi. Ammo asarda qo'zg'olontshg asosiy sabablari va mohiyati ochib berilmagan, bu tabiiy hol bo'lib, saroy tarixchisidan buni kutish mumkin emas edi. Yana shu yo'nalishda yozilgan tarixiy manbalardan biri mulla Ibodulla va mulla Muhammad SHariflar tomonidan fors-tojik tilida yaratilgan «Tarixi amir Haydar» nomli asardir. Asarda ashtarxoniylar bilan mang'itlar sulolasi tarixi, amir Haydarning otasi amir SHoh murodning tug'ilishidan boshlab, to amir Haydar-ning o'limi (182 б ) gacha Buxoro amirligida bo'lib o'tgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy voqealarga to'xtalib o'tilgan. SHu bilan birga, asarda 1820 yilda A. F. Negri boshliq Rossiyadan Buxoroga yuborilgan elchilik tashrifi to'g'risida xam ma'lumotlar berilgan'. Muhdmmad SHarifning xuddi o' sha davrni aks ettiruvchi «Toj ut-tavorix» — («Tarixlar toji») nomli asarida mang'itlar nasabnomasi, turkiy va Mo'g'ul qabilalari, CHingizxon, uning avlod-ajdodlari, shayboniylar, ashtarxoniylar sulolasining tarixi beriladi. Umuman, asar ashtarxoniylar, ayniqsa mang'itlar sulolasi vaqtida Buxoro amirligidagi siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy voqeliklarni o'rganishda muhim rol’ o'ynaydi. XIX asrning 40-yillarida yozilgan yirik tarixiy manbalardan biri Muhammad Hakimxon to'raning «Mun taxab VI* takorix» nomli asaridir. Asarda XVIII asrn ing 70 millaridan to Qo'qon xoni Umarxonning vafoti (1822), undan so'ng taxtga o'tirgan Madalixongacha bo'lgan davrdagi Qo'qon xonligi tarixiga doir siyosiy voqealar tasvirlagan. Hakimxon to'ra xon bilan birga yurib, XIX asrning birinchi choragidagi voqealarga aralashadi. U saroydagi fisq-fujur, viloyaxlardagi siyosiy tortishuvlar, xonlikning tashqi va ichki siyosatini, Buxoro amirligidagi siyosiy hodisalarni o'z ko'zi bilan ko'rib, ularni o'z asarida aks ettirgan. Ashtarxoniylardan so'ng taxtga o'tirgan o'zbeklarning ming sulolasi haqida, Umarxonning hukmronlik qilgan (1810—1822) vaqtdagi siyosiy voqealar aniq va izchillik bilan ifodalangan. Asarning qimmati shundaki, Rossiyaning O'rta Osiyoga nisbatan tutgan siyosati va o'sha vaqtdan O'rta Osiyoliklarning Rossiyaga bergan bahosini aniqlashda u muhim o'rin tutadi, chunki muallif Rossiyada bo'lib, u erdagi hayot bilan bevosita tanishgan, Rossiya bilan bog'lanish masalasida ilg'or fikrlarni bayon qilgan. Muallif o'z asarida 1821 — 1825 yillarda Buxoroda bo'lib o'tgan xitoy-qipchoqlar qo'zg'olonida qatnashganlarni «xoin kishilar» deb qoralaydi. Bu esa muallif tutgan yo'lni yaqqol ko'rsatib turibdi. Qo'qon xonligi tarixiga oid manbalardan biri mulla Avaz Muhammadning fors-tojik tilida yozilgan «Tarix jahonnumai» asari bo'lib, o'z ko'zi bilan ko'rganlarining bayoni xamda tarixiy manbalar asosida yozilgan ikki kitob va geografik qo'shimchadan iborat. Asarning birinchi qismida insonning paydo bo'lishidan boshlab, to XVI asrgacha bo'lgan hukmdorlar tarixi berilgan.

Asarning ikkinchi qismida Qo'qon xoni Olimxon (1798-1810) va Umarxon (1810-1822) hukmronligi davri siyosati to'liq berilgan. Asarda Buxoro amirining xitoy-qipchoqlar va qoraqalpoq xalqlariga nisbatan tutgan siyosati, Qo'qon xonligi bilan Buxoro amirligi o'rtasidagi munosabatlar, rus askarlari tomonidan Samarqand va Kattaqo'rg'on erlarining bosib olinishi, yo'l va imoratlar qurilishi, ayrim voqealarning sanalari va h. k. lar berilgan. SHu bilan birga, asarda 1842 yili Qo'qonda ko'tarilgan xo'ja qalandar' boshchiligidagi qo'zg'olon, 1847 yilda Toshkent hokimiga qarshi ko'tarilgan harakat kabi muhim voqealar xaqida ham so'z boradi. Asarda keltirilgan bu dalillar tarixni o'rganish uchun muhimdir. Biroq bu xildagi asarlar o'sha davr hukmron feodal sinf mafkurasi ruhida yozilgan bo'lib, unga tanqidiy ko'z bilan qarash talab qilinadi. Qo'qon xonligi tarixchiligida Mulla Niyoz Muhammadning «Tarixi SHohruhiy» degan asari ham diqqatga sazovordir. Muallifning bu asari Qo'qon xonligining XVIII va XIX asrning 70-yillarigacha bo'lgan tarixiga oid muhim ma'lumot beradi. Bu ma'lumotlar shu davr tadqiqotchilari uchun juda qimmatlidir. Toshkentdagi qoryog'di mahallalik Muhammad Solih Qoraxo'ja o'g'lining 1880—1885 yillar orasida yozgan «Tarixi jadida-i Toshkand» («Toshkentning yangi tarixi») nomli 1200 betdan iborat asari ham juda muhim ahamiyatga ega bo'lib, u O'rta Osiyoda o'tgan uch xonlikda yozilgan tarixiy asarlardan birmuncha farq qiladi. Asar fors-tojik tilida yozilgan. U hukmdorlar o'rtasidagi urushlar tarixidan iborat bo'lib, ikkinchi qismi Qo'qon xonligi va Toshkent tarixiga bag'ishlangan. Bunda muallifning yangicha tarix yozish niyatida ish boshlagani va A.Kundan maslahatlar olganligi seziladi. SHuningdek, asarda Qo'qonning siyosiy hayotida ustunlik rolini o'ynagan guruhlar va shaxslar, Toshkentda bo'lib o'tgan siyosiy harakatlar, xalq qo'zg'olonlari, shu qo'zg'olonlarning yo'nalishi va sabablari haqida (bu masala boshqa hech bir asarda bunchalik yoritilmagan) mufassal ma'lumotlar berilgan. Bu asar yangi davr tarixchiligida yangi intilish edi. Asar O'zbekiston Fanlar akademiyasining SHarqshunoslik institutida nodir asarlar qatorida saqlanmoqda. XIX asrning birinchi yarmida Xiva xonligida yozilgan tarixiy manbalardan eng muhimi Munis va Ogahiylarning asarlari hisoblanadi. Munis (1778—1829) ning otasi Avazbiy mirob Xiva xoni eltuzarga qadar ham, uning hukmronligi vaqti (1804— 180 б ) da ham saroy xizmatida bo'ladi. eltu zarxonning hukmronligi vaqtida Munis saroy xizmatiga kiradi va xonning topshirig'i bilan o'zining «Firdavs ul-iqbol» nomli mashhur tarixiy asarini yozadi. eltuzarxon SHermuhammad Munisga bu asarni Firdavsiyning «SHohnoma» asaridan ustun qilib yaratishni xam uqtiradi. Munis asari o'zbek tilida yanatilgan. Xiva xonligining XVI —XVII asrlardagi tarixining yoritishda Abulg'ozining asarlaridan foydalanadi. Xiva xonligining XVIII asrdagi tarixiga oid voqealarni o' z ko'zi bilan ko'rgan kishilar, ayniqsa, otasining bergan ma'lumotlari asosida ezadi. XVIII asrning ikkinchi yarmidagi eng muhim voqealarni, 1812 yilgacha bo'lgan tarixiy voqealarni tasvirlash paytida unga xon tomonidan boshqa vazifa, ya'ni Mirxondning mashhur asari «Ravzat us- safo»ni fors tilidan o'zbek tiliga tarjima qilish topshiriladi. Munis bu asarning birinchi kitobini tamomlab, ikkinchisini yozayotgan vaqtida to'satdan vafot etadi. SHunday