logo

TILSHUNOSLIK FANINING BO‘LIMLARI.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

23.4521484375 KB
MAVZU:  TILSHUNOSLIK FANINING BO‘LIMLARI. 
FONETIK SATH  
Reja :
1.   Tilshunoslik sohalari.
2. Fonetikaning o‘rganish ob’ekti va vazifalari.
3. Asosiy fonetik birliklar.
4.Nutq  tovushlari  tasnifi: unli va undosh fonemalar.
5.Tovushlarning nutqdagi pozitsion va kombinator o‘zgarishlari.  1.   Tilshunoslik   sohalari:   fonetika,   morfologiya,   sintaksis,
leksikologiya,   leksikografiya,   semasiologiya,   etimologiya,   stilistika,
kommunikativ tilshunoslik, sotsiolingvistika.
Tilshunoslik   fanining   asosiy   muammolaridan   biri   tilning   ichki
qurilishini, uning tuzilishini o‘rganishdir. Til o‘z tabiatiga ko‘ra ko‘p aspektli
hodisa   bo‘lgani   uchun   til   ichki   qurilishini   o‘rganishda   tizim   va   qurilma
tushunchalaridan keng foydalaniladi. Har bir konkret tilda bir-biri bilan uzviy
bog‘langan   tovush   tizimi,   lug‘at   tarkibi,   grammatik   qurilishi   mavjud   bo‘lib,
ular birgalikda bir butunlikni tashkil etadi.
Tildagi   tovush   tizimi   so‘zlar   va   grammatik   shakllarni   hosil   qilishda
muhim  moddiy  baza  bo‘lib  xizmat   qiladi.  Bunday   nutq   tovushlarisiz   tilning
o‘zi ham bo‘lmas edi, chunki inson tili tovush tilidir.
Lug‘at   tarkibi   konkret   tilning   so‘z   xazinasidir.   So‘z   va   iboralar   til
uchun qurilish materiali bo‘lib xizmat qiladi. Fikrni ifoda etuvchi gaplar esa
ana shu so‘zlardan, so‘zlarning o‘zaro sintaktik birikuvidan tashkil topadi.
Tilning   grammatik   qurilishi   so‘z,   so‘z   birikmasi   va   gapning
morfologik, sintaktik xususiyatlarining yig‘indisini ifoda etadi.
Tilning   struktural   elementlari,   ya’ni   tovushlar   tizimi,   lug‘at   tarkibi,
grammatik   qurilishi   o‘zaro     mahkam   bog‘langan   bo‘lib,   biri   ikkinchisining
bo‘lishini   taqozo   etadi.   So‘zlar   tovushlarning   bo‘lishini   talab   qilsa,
grammatik qurilish lug‘at tarkibini talab qiladi.
Har   bir   konkret   til   o‘zining   tarkibiy   qismlari   bilan   bir   butun   tizimni
tashkil etadi. Ular quyidagilar:
1. Fonetika.
2. Lug‘at tarkibi, leksikologiya (leksikografiya).
3. Grammatik qurilish (morfologiya va sintaksis).
4. Uslubiyat. Bundan   tashqari   hozirgi   zamon   tilshunosligida   kommunikativ
tilshnoslik va sotsiolingvistika kabilar ham  tilshunoslikning  alohida  sohalari
sifatida o‘rganilmoqda.
Ferdenand de Sossyur ijodi bilan uzviy bog‘langan strukturalizm oqimi
o‘z   oldiga   qo‘yilgan   vazifalarni   o‘tgan   asrning   50-yillarida   bajarib   bo‘ldi.
Tildagi   tizim,   qatlam   (yarus),   allomorfizm   (morfemaning   biri   o‘rnida
ikkinchisini   ishlatib   bo‘lmaslik.   Mas.,   -gi,   -ki,   -qi:   kuzgi,   kechki,   tashqi ),
izomorfizm (til sathlari), etalon til, til universaliylari (barcha tillarda mavjud
bo‘lgan   til   hodisalari)   kabi   tushunchalar   o‘rganib   chiqildi   va   ularning
chegaralari begilandi. Til va nutq dixotomiyasiga aniqliklar kiritildi.
Strukturalizm oqimining asosiy kamchiligi «til o‘z ichida va o‘zi uchun
mavjud   hodisadir»,   degan   nazariyaning   ilgari   surilishi,   natijada   nutqni
o‘rganishga   deyarli   ahamiyat   berilmaganligidadir.   Tilni   o‘rganish   tilni
amalda   ishlatuvchi   odamlar   faoliyatidan   ajratib   qo‘yildi;   muomaladagi   til
chetda qolib ketdi.
XX   asrning   II   yarmida   tilshunoslik   fanida   sezilarli   o‘zgarishlar   yuz
berdi,   tilning   invariant   ( o‘zgarmas.   Tilning   qurilish   birligining   (fonema,
morfema,   leksema   va   sh.k.)   nutqdagi   muayyan   voqelanishidan   ajratib,
mavhum olingan holati ) tizimini o‘rganish o‘z mavqenini asta-sekin yo‘qota
borib,   til   variantlarini   ( o‘zgargan   holatlarini )   o‘rganishga   o‘z   o‘rnini
bo‘shatib   bera   boshladi.   Endi   tilning   bevosita   harakatdagi,   muomaladagi
ko‘rinishi,   unda   sodir   bo‘ladigan   o‘zgarishlarni   aniqlashga   kirishildi.
Tilshunoslik   fanida   tilning   bu   tomonini   o‘rganish   uning   kommunikativ   –
pragmatik   aspekti     deb   nom   oldi.   Tilning   rivojlanishi   kishilarning   hayoti,
ularning  nutq  faoliyatlari   bilan  bog‘liq   ravishda  o‘rganila  boshlandi.   Bu  esa
o‘z   navbatida   tilshunoslikda   bir   qancha   yangi   ilmiy   fan   sohalarining   paydo
bo‘lishiga olib keldi: psixolingvistika, sotsiolingvistika, matn tilshunosligi va lingvistik   pragmatikani   o‘z   ichiga   olgan   kommunikativ   tilshunoslik   sohasi
vujudga keldi.
Sotsiolingvistika  –  tilshunoslikning tilning ijtimoiy yashashi va ijtimoiy
taraqqiyot   sharoitlarini   o‘rganuvchi   sohasi.   Sotsiologiya   va   lingvistikaning
sintezidan   iborat   bo‘lgan   bu   soha   til   bilan   ijtimoiy   hayot   faktlari   aloqasi;
nolisoniy   omillar   ta’sirida   til   taraqqiyoti-   dagi   faol   jarayonlar;   radio,
televidenie,   kino   kabilarning   keng   tarqalishi   bilan   tilning   og‘zaki   va   yozma
shakli   o‘rtasidagi   nisbatning   o‘zgarishi,   til   siyosatini   yuritishning   vazifa   va
shakllari;   keng   xalq   ommasi   nutq   madaniyatini   ko‘tarish   kabi   muammolar
bilan shug‘ullanadi.
2.  Fonetikaning o‘rganish ob’ekti va vazifalari.   Inson nutqi gaplardan,
gaplar so‘zlardan, so‘zlar tovushlardan tashkil topadi.
Fonetika   (grekcha   -fone-tovush)   tilshunoslikning   bir   bo‘limi   bo‘lib,
tilning tovush tizimini, nutq tovushlarini o‘rganadi.
Fonetikada   nutq   tovushlari   4   tomondan   o‘rganiladi:   1)   nutq
organlarining   nutq   tovushlarini   talaffuz   qilishdagi   harakati,   ya’ni
artikulyasiyasi   o‘rganiladi;   2)   tovushlar   qanday   fizik   tebranishlar   natijasi
ekanligi,  ya’ni  akustik  tomonini  hisobga  olinadi;  3)  nutq  tovushlari  bo‘g‘in,
urg‘u   va   ohangning   eshituvchi   tomonidan   anglab   his   etilishi   tekshiriladi;   4)
nutq   tovushlarining   tildagi   so‘zlar,   frazalar   va   gaplarni   bir-biridan   farqlash
uchun xizmat qilishi, ya’ni  fonologik  tomoni o‘rganiladi.
Fonetikaning quyidagi turlari mavjud:
- vazifasiga ko‘ra: umumiy va xususiy fonetika. 
-   maqsadiga   ko‘ra:   nazariy   fonetika,   amaliy   fonetika,   eksperimental
fonetika.   Nazariy   fonetika   ma’lum   bir   tilning   tovush   xususiyatlarini   nazariy
jihatdan   tasnif   etadi.   Amaliy   fonetika   esa   muayyan   tilning   fonetik,   orfoepik
me’yorlarini o‘rganadi. Ossillograf, kimograf singari alohida apparatlar bilan
(yordamida)   nutq   tovushlari   bo‘g‘in,   urg‘u   va   ohangdagi   artikulyasion- akustik   xususiyatlarini   o‘rganish   eksperimental   fonetikaning   asosiy
vazifasidir.
Nutqning   fonetik   qismlarini   o‘rganishiga   qarab   fonetika   ikki   turli
bo‘ladi: segmental fonetika va supersegmental fonetika. Nutq tovushlari hosil
bo‘lishi   va   uning   xususiyatlarini   o‘rganuvchi   fonetika   segmental   (segment-
nutq   bo‘lagi)   fonetika   deyiladi.   Nutq   tovushlaridan   katta   bo‘lgan   fonetik
birliklar:   bo‘g‘in,   so‘z   va   frazalarni   o‘rganuvchi   fonetikaga   esa
supersegmental fonetika deyiladi yoki   prosodika  deyiladi.  
3. Asosiy fonetik birliklar :   fraza, takt, bo‘g‘in, nutq tovushlari . 
Fraza     nutqning   eng   katta   birligi   bo‘lib,   ikki   tomondan   pauza   bilan
chegaralanib,   o‘ziga   xos   ohangga   ega   bo‘ladi.   Masalan:   Quyosh   tik   kelgan
(1gap,   1fraza),   SHipi   past,   devorlari   yupqa,   torgina   do‘konxona,   har
vaqtdagidek   ivirsiq   (bu   gapni   to‘rt   frazaga   ham,   ikki   frazaga   ham   bo‘lish
mumkin). Frazani jumla deyish ham mumkin. 
Takt . Frazaning ikki kichik pauzasi orasiga joylashgan va yagona urg‘u
bilan talaffuz  qilinadigan  bir yoki bir nechta bo‘g‘inning  yig‘indisi takt  deb
ataladi. Masalan:  Havo bulut edi.  1,2-so‘z urg‘uli, 3-urg‘usiz. 
Bo‘g‘in .  Takt   bo‘g‘inlardan   tashkil   topadi.   Bo‘g‘in   bir   yoki   bir   necha
tovushdan tashkil topib, bir zarb bilan talaffuz qilinadigan fonetik birlikdir. 
Nutq   tovushi  asosiy fonetik birlik sanaladi. U uch aspektda o‘rganiladi:
akustik, fiziologik, fonologik. 
Tovush   hosil   qilishda     nutq   organlarining   ishtirok   etgan   qismi
artikulyasiya   o‘rni   deyiladi.   Tovush   hosil   qilish   paytida   ikki   organning   bir-
biri bilan jipslashishi yoki jipslashmay, oradan havoning o‘tib ketishi uchun
bo‘shliq qolishi   artikulyasiya   usuli   deyiladi.
Tovushlarning   funksional   jihati .   Fonemaga   tegishli   barcha
artikulyasion-akustik   belgilar   uning   fonetik     xarakteristikasi   deyiladi. Masalan,   p   fonemasining   lab-lab,   portlovchi,   jarangsiz   kabi   belgilari   uning
fonetik xarakteridir.
4. Nutq     tovushlari     tasnifi.   Ovoz   va   shovqinning   ishtirokiga   ko‘ra
tovushlar ikkita katta guruh –  unli   va   undoshlarga  ajratiladi.
Unlilarning miqdori va sifati barcha tillarda bir xil emas. Masalan: rus
43-6,   fransuz   21-13,   arman   30-6,   gruzin   28-5,   eston   16-9,   ingliz   24-21,
o‘zbek 23-6.
Unli   fonemalar   va   ularning   tasnifi.   Unlilar .   Tildagi   unlilar   sistemasi
vokalizm   deyiladi. 
Undosh   fonemalar   va   ularning   tasnifi.   Undoshlar.   Undoshlar
sistemasi  konsonantizm   deb ataladi.
O‘zbek adabiy tilida 25 ta undosh fonema bor
1.   Tovushlarning   nutqdagi   pozitsion   o‘zgarishlari .   Nutqdagi   turli
omillar   natijasida   tovushlar   bir-biriga   ta’sir   qiladi.   Tovushlarning   pozitsion
va kombinator o‘zgarishlari farqlanadi. 
Ma’lum   holatda   ro‘y   beruvchi   tovushlarning   o‘zgarishi   pozitsion
o‘zgarishlar   deb ataladi. 
Unli tovushlarning urg‘usiz bo‘g‘inlarda kuchsizlanishi yoki o‘zgarishi
reduksiya  deyiladi. 
Undosh tovushlar ham pozitsion o‘zgarishlarga uchrashi mumkin.  kitob
/kitop/, qand /qant,   bilak-bilagi, kurak-kuragi, tilak-tilagi  kabi.
2.   Nutqda   tovushlarning   kombinator   o‘zgarishlari .   Nutqda
tovushlarning   qo‘shni   tovushlar   ta’sirida   miqdor   va   sifat   belgilarining
o‘zgarishi  kombinator   o‘zgarishlar  deyiladi. 
Nutqda   tovushlarning   kombinator   o‘zgarishlariga   akkomodatsiya,
assimilatsiya,   dissimilatsiya,   diereza,   epenteza,   gaplologiya,   proteza,
metateza kabi fonetik hodisalar kiradi.  Akkomodatsiya   (lot.   assomodatio   –   muvofiqla   shuv).   YOnma-yon
kelgan undosh va unli tovushlar artikulyasiyasining bir-biriga uyg‘unlashuvi.
Mas, i, u unlilari k, g undoshlari bilan yondosh  kelganda, ularga moslashib,
oldingi qator unli sifatida talaffuz etiladi: kiyik, sigir, bugun, gul. Xuddi shu
unlilar   chuqur   til   orqa   q,   g‘   undoshlari   bilan   yondosh   kelganda,   ularga
moslashib, ma’lum darajada til orqa unlisi kabi talaffuz etiladi: qiyin, quyuq,
g‘ujum, g‘ijim va b.
Assimilatsiya .   (lot.   assimilatio–o‘xshab   ketish).   Biror   tovushning
boshqa   tovush   ta’sirida   unga   o‘xshashlik   (bir   xillik)   tomon   o‘zgarishi:
oshshi<oshni, tussiz<tuzsiz kabi. Assimilyasiyaning bir necha turi farqlanadi:
to‘liq   assimilyasiya   ( ketdi-ketti .);   to‘liqsiz   assimilyasiya   (q-);   progressiv
assimilyasiya   (q.);   regressiv   assimilyasiya   (q);   yondosh   assimilyasiya   (q.);
distant assimnlyasiya (q.).
Progressiv   assimilatsiyaning   yana   bir   turi   singarmonizm   yoki
unlilarning   uyg‘unlashuvi   deb   atalib,   u   so‘zlarda   (o‘zak   va   affiks-da)
unlilarning   o‘xshash   artikulyasion-akustik   belgilarga   ega   bo‘lishi   bilan
izohlanadi. 
Masalan,   turkiy   tillarida,   xususan,   turkman,   qozoq,   qirg‘iz,   turk,
qoraqalpoq   tillaridagi   so‘zlarda   til   oldi   yoki   til   orqa,   lablangan   yoki   lablan-
magan unlilar o‘xshash holatda uchraydi. 
Bunda   so‘z  o‘zagidagi   unli   bilan  uning  affiksidagi  unli   uyg‘unlashadi.
Masalan, turkman tilida :  galamlar - "qalamlar", gelinlar - "kelinlar" ,   qozoq
tilida:   bashtar - "boshlar", koldor - "qo‘llar" ,   turk tilida:   gollar - "qo‘llar",
gozlar - "ko‘zlar"  kabi. 
Dissimilatsiya .  Agar so‘zdagi ikki bir-biriga o‘xshash tovushlardan biri
o‘zgarishi   natijada   ular   biror   artikulyasion-akustik   belgisi   yoki   bir   necha
belgilari   bilan   farqlanib   qolsa,   dissimilatsiya   (lotincha   dissimilatio   - "o‘xshamaslik")   deyiladi.   Kontakt   (yondosh)   dissimilyasiya:   tranvay-
tramvay ; distant dissimilyasiya:  zaral-zarar
Metateza  (yoki inversiya) - tovushlar yoki bo‘g‘inlarning so‘z tarkibida
o‘zaro o‘rin almashishi. Bu hodisa ko‘proq og‘zaki nutqda uchraydi:  mramor
( marmar ),   tuproq   ( turpoq ),   yomg‘ir   ( yog‘mir ),   tuhfa   ( tufha ),   supra   ( surpa )
kabi.
Diereza     -   undosh   tovushlarning   talaffuzda   tushib   qolishi:   go‘sht
(go‘sh),   rost   (ros),   surtmoq   (surmoq),   tandir   (tanir)   kabi.   Agar   bir   xil   yoki
o‘xshash bo‘g‘inlardan biri tushirib qoldirilsa,  gaplologiya  deyiladi. Masalan,
morfofonologiya   so‘zi   o‘rnida   morfonologiya,   sarig‘   yog‘   o‘rnida   saryog‘
kabi.
So‘zga tovushni qo‘shib aytish  epenteza  deyiladi:  nonko‘r  (nonga ko‘r),
ishqiboz  kabi.
So‘zning   boshlang‘ich   qismiga   tovushlarni   qo‘shib   aytilsa,   proteza
deyiladi.   Rus  tilidan   kirgan  so‘z   boshida   kelgan  undosh   tovushlar   birikmasi
oldidan  i ,  u  unlilarini qo‘shib aytish:  stansiya (istansa, istansiya), stol (ustol),
stul (ustul), spravka (ispravka)  kabi.
CHet tilidan kirgan so‘zlardagi tovushlarni ona tilidagi tovushlar bilan
almashtirib   talaffuz   qilish   substitutsiya   deyiladi:   Isaak   –   Isak   (Isoq) ,
(Fyodr ),Gete, Geyni.
Tovushlarning   almashuvi.   Tovushlar  almashuvi  ikki  yoki  undan  ortiq
tillarda   uchraydi.   Bir   tildagi   so‘zlarning   har   xil   shakllarida   ham   tovushlar
almashuvi   ro‘y   beradi.   Bunday   tovushlar   almashuvi   alternatsiya   deb   ham
yuritiladi. Almashinuvchi tovushlarni esa,  alternantlar  deyiladi. 
Tovushlarning   almashinuvi   ikki   xil   bo‘ladi:   fonetik   (pozitsion)   va
tarixiy.:   sez   -   seskanmoq,   uyqu   -   uyg‘onmoq,   sariq   -   sarg‘aymoq,   bilak   -
bilagi  kabi.  Foydalanilgan adabiyotlar
1.   Mirziyoev Sh.   Buyuk kelajagimizni   m ard va olijanob xalqimiz bilan
birga quramiz.   – T oshkent : O‘zbekiston .  2017.
2.Mirziyoev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash –
yurt   taraqqiyoti   va   xalq   farovonligining   garovi.   –   Toshkent:   O‘zbekiston,
2017.
 
3. Abduazizov A.Tilshunoslik nazariyasiga kirish. -Toshkent, 2010.
4. Ирисқулов И.Тилшуносликка кириш. -Тошкент, 2009.
5. Rasulov R.Umumiy tilshunoslik. - Т oshkent, 2013.
6. Тилшунослик   назарияси   ва   методологияси.   Тузувчи:   Ҳ.
Дадабоев. –Тошкент, 2004.
7. Х olmanova Z. Tilshunoslikka kirish. -Toshkent, 2007.

MAVZU: TILSHUNOSLIK FANINING BO‘LIMLARI. FONETIK SATH Reja : 1. Tilshunoslik sohalari. 2. Fonetikaning o‘rganish ob’ekti va vazifalari. 3. Asosiy fonetik birliklar. 4.Nutq tovushlari tasnifi: unli va undosh fonemalar. 5.Tovushlarning nutqdagi pozitsion va kombinator o‘zgarishlari.

1. Tilshunoslik sohalari: fonetika, morfologiya, sintaksis, leksikologiya, leksikografiya, semasiologiya, etimologiya, stilistika, kommunikativ tilshunoslik, sotsiolingvistika. Tilshunoslik fanining asosiy muammolaridan biri tilning ichki qurilishini, uning tuzilishini o‘rganishdir. Til o‘z tabiatiga ko‘ra ko‘p aspektli hodisa bo‘lgani uchun til ichki qurilishini o‘rganishda tizim va qurilma tushunchalaridan keng foydalaniladi. Har bir konkret tilda bir-biri bilan uzviy bog‘langan tovush tizimi, lug‘at tarkibi, grammatik qurilishi mavjud bo‘lib, ular birgalikda bir butunlikni tashkil etadi. Tildagi tovush tizimi so‘zlar va grammatik shakllarni hosil qilishda muhim moddiy baza bo‘lib xizmat qiladi. Bunday nutq tovushlarisiz tilning o‘zi ham bo‘lmas edi, chunki inson tili tovush tilidir. Lug‘at tarkibi konkret tilning so‘z xazinasidir. So‘z va iboralar til uchun qurilish materiali bo‘lib xizmat qiladi. Fikrni ifoda etuvchi gaplar esa ana shu so‘zlardan, so‘zlarning o‘zaro sintaktik birikuvidan tashkil topadi. Tilning grammatik qurilishi so‘z, so‘z birikmasi va gapning morfologik, sintaktik xususiyatlarining yig‘indisini ifoda etadi. Tilning struktural elementlari, ya’ni tovushlar tizimi, lug‘at tarkibi, grammatik qurilishi o‘zaro mahkam bog‘langan bo‘lib, biri ikkinchisining bo‘lishini taqozo etadi. So‘zlar tovushlarning bo‘lishini talab qilsa, grammatik qurilish lug‘at tarkibini talab qiladi. Har bir konkret til o‘zining tarkibiy qismlari bilan bir butun tizimni tashkil etadi. Ular quyidagilar: 1. Fonetika. 2. Lug‘at tarkibi, leksikologiya (leksikografiya). 3. Grammatik qurilish (morfologiya va sintaksis). 4. Uslubiyat.

Bundan tashqari hozirgi zamon tilshunosligida kommunikativ tilshnoslik va sotsiolingvistika kabilar ham tilshunoslikning alohida sohalari sifatida o‘rganilmoqda. Ferdenand de Sossyur ijodi bilan uzviy bog‘langan strukturalizm oqimi o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni o‘tgan asrning 50-yillarida bajarib bo‘ldi. Tildagi tizim, qatlam (yarus), allomorfizm (morfemaning biri o‘rnida ikkinchisini ishlatib bo‘lmaslik. Mas., -gi, -ki, -qi: kuzgi, kechki, tashqi ), izomorfizm (til sathlari), etalon til, til universaliylari (barcha tillarda mavjud bo‘lgan til hodisalari) kabi tushunchalar o‘rganib chiqildi va ularning chegaralari begilandi. Til va nutq dixotomiyasiga aniqliklar kiritildi. Strukturalizm oqimining asosiy kamchiligi «til o‘z ichida va o‘zi uchun mavjud hodisadir», degan nazariyaning ilgari surilishi, natijada nutqni o‘rganishga deyarli ahamiyat berilmaganligidadir. Tilni o‘rganish tilni amalda ishlatuvchi odamlar faoliyatidan ajratib qo‘yildi; muomaladagi til chetda qolib ketdi. XX asrning II yarmida tilshunoslik fanida sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi, tilning invariant ( o‘zgarmas. Tilning qurilish birligining (fonema, morfema, leksema va sh.k.) nutqdagi muayyan voqelanishidan ajratib, mavhum olingan holati ) tizimini o‘rganish o‘z mavqenini asta-sekin yo‘qota borib, til variantlarini ( o‘zgargan holatlarini ) o‘rganishga o‘z o‘rnini bo‘shatib bera boshladi. Endi tilning bevosita harakatdagi, muomaladagi ko‘rinishi, unda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni aniqlashga kirishildi. Tilshunoslik fanida tilning bu tomonini o‘rganish uning kommunikativ – pragmatik aspekti deb nom oldi. Tilning rivojlanishi kishilarning hayoti, ularning nutq faoliyatlari bilan bog‘liq ravishda o‘rganila boshlandi. Bu esa o‘z navbatida tilshunoslikda bir qancha yangi ilmiy fan sohalarining paydo bo‘lishiga olib keldi: psixolingvistika, sotsiolingvistika, matn tilshunosligi va

lingvistik pragmatikani o‘z ichiga olgan kommunikativ tilshunoslik sohasi vujudga keldi. Sotsiolingvistika – tilshunoslikning tilning ijtimoiy yashashi va ijtimoiy taraqqiyot sharoitlarini o‘rganuvchi sohasi. Sotsiologiya va lingvistikaning sintezidan iborat bo‘lgan bu soha til bilan ijtimoiy hayot faktlari aloqasi; nolisoniy omillar ta’sirida til taraqqiyoti- dagi faol jarayonlar; radio, televidenie, kino kabilarning keng tarqalishi bilan tilning og‘zaki va yozma shakli o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi, til siyosatini yuritishning vazifa va shakllari; keng xalq ommasi nutq madaniyatini ko‘tarish kabi muammolar bilan shug‘ullanadi. 2. Fonetikaning o‘rganish ob’ekti va vazifalari. Inson nutqi gaplardan, gaplar so‘zlardan, so‘zlar tovushlardan tashkil topadi. Fonetika (grekcha -fone-tovush) tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, tilning tovush tizimini, nutq tovushlarini o‘rganadi. Fonetikada nutq tovushlari 4 tomondan o‘rganiladi: 1) nutq organlarining nutq tovushlarini talaffuz qilishdagi harakati, ya’ni artikulyasiyasi o‘rganiladi; 2) tovushlar qanday fizik tebranishlar natijasi ekanligi, ya’ni akustik tomonini hisobga olinadi; 3) nutq tovushlari bo‘g‘in, urg‘u va ohangning eshituvchi tomonidan anglab his etilishi tekshiriladi; 4) nutq tovushlarining tildagi so‘zlar, frazalar va gaplarni bir-biridan farqlash uchun xizmat qilishi, ya’ni fonologik tomoni o‘rganiladi. Fonetikaning quyidagi turlari mavjud: - vazifasiga ko‘ra: umumiy va xususiy fonetika. - maqsadiga ko‘ra: nazariy fonetika, amaliy fonetika, eksperimental fonetika. Nazariy fonetika ma’lum bir tilning tovush xususiyatlarini nazariy jihatdan tasnif etadi. Amaliy fonetika esa muayyan tilning fonetik, orfoepik me’yorlarini o‘rganadi. Ossillograf, kimograf singari alohida apparatlar bilan (yordamida) nutq tovushlari bo‘g‘in, urg‘u va ohangdagi artikulyasion-

akustik xususiyatlarini o‘rganish eksperimental fonetikaning asosiy vazifasidir. Nutqning fonetik qismlarini o‘rganishiga qarab fonetika ikki turli bo‘ladi: segmental fonetika va supersegmental fonetika. Nutq tovushlari hosil bo‘lishi va uning xususiyatlarini o‘rganuvchi fonetika segmental (segment- nutq bo‘lagi) fonetika deyiladi. Nutq tovushlaridan katta bo‘lgan fonetik birliklar: bo‘g‘in, so‘z va frazalarni o‘rganuvchi fonetikaga esa supersegmental fonetika deyiladi yoki prosodika deyiladi. 3. Asosiy fonetik birliklar : fraza, takt, bo‘g‘in, nutq tovushlari . Fraza nutqning eng katta birligi bo‘lib, ikki tomondan pauza bilan chegaralanib, o‘ziga xos ohangga ega bo‘ladi. Masalan: Quyosh tik kelgan (1gap, 1fraza), SHipi past, devorlari yupqa, torgina do‘konxona, har vaqtdagidek ivirsiq (bu gapni to‘rt frazaga ham, ikki frazaga ham bo‘lish mumkin). Frazani jumla deyish ham mumkin. Takt . Frazaning ikki kichik pauzasi orasiga joylashgan va yagona urg‘u bilan talaffuz qilinadigan bir yoki bir nechta bo‘g‘inning yig‘indisi takt deb ataladi. Masalan: Havo bulut edi. 1,2-so‘z urg‘uli, 3-urg‘usiz. Bo‘g‘in . Takt bo‘g‘inlardan tashkil topadi. Bo‘g‘in bir yoki bir necha tovushdan tashkil topib, bir zarb bilan talaffuz qilinadigan fonetik birlikdir. Nutq tovushi asosiy fonetik birlik sanaladi. U uch aspektda o‘rganiladi: akustik, fiziologik, fonologik. Tovush hosil qilishda nutq organlarining ishtirok etgan qismi artikulyasiya o‘rni deyiladi. Tovush hosil qilish paytida ikki organning bir- biri bilan jipslashishi yoki jipslashmay, oradan havoning o‘tib ketishi uchun bo‘shliq qolishi artikulyasiya usuli deyiladi. Tovushlarning funksional jihati . Fonemaga tegishli barcha artikulyasion-akustik belgilar uning fonetik xarakteristikasi deyiladi.