logo

TOPONIMIK MANBALARNING O‘LKA TARIXINI O‘RGANISHDAGI AHAMIYATI

Загружено в:

23.11.2024

Скачано:

0

Размер:

162.5673828125 KB
    TOPONIMIK   MANBALARNING  O‘LKA TARIXINI O‘RGANISHDAGI
AHAMIYATI
REJA:
1. Toponimika tushunchasi va uning mohiyati haqida
2. O'lka   tarixini   o'rganishda   toponimikaga   oid   ma'lumotlar   to'plash   va   ulardan
foydalanish
3.  Buxoro, qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari toponimikasini o'rganish
4.  Samarqand viloyati toponimikasi  va  uni o'rganish
5.   Sirdaryo   viloyati   toponimikasidan   O'zbekiston   xalqlari   tarixi   darsida
foydalanish
6. Xorazm viloyati toponimikasidan darsda foydalanish
7. Farg'ona   vodiysidagi   qishloq,   shahar   nomlarining   kelib   chiqish   tarixini   dars
jarayonida o'rganish.
1. Toponimika tushunchasi va uning mohiyati haqida
1917   yilga   qadar   toponimika   mustaqil   fan   sifatida   o'rganilmay,   uning   vazifasini
tarixiy geografiya fani bajarib kelardi.
Toponimika   geografik  nomlar,  kishi  ismlarini   o'rganadigan  fan  sifatida  maydonga
keldi.   Toponimikani   «zamin   tili»,   ya' ni   er   tili   deb   ham   atashadi.   Toponimika   atamasi
lotin tilidan olingan bo'lib,   «topos»   —   joy,   «onom» yoki «onima» —   nom,   umuman joy
nomini   o'rganadigan   fan   degan   ma'noni   bildiradi.   Geografik   nomlar   va   zamin   qa'rida
o' rganilmayotgan   nomlar,   insonlarga   qo'yilgan   ismlar   toponimikaning   o'rganish   manbai
hisoblanadi.   Toponimika   ikki   ob'ektdan:   mikro   va   makro   toponimlardan   iborat   bo'lib,
mikrotoponimika   —   grammatik   jihatdan   mayda   ob'ektlarni,   ya'ni   «turdosh   otlarni»,
mikroob'ektlarning' nomlarini, makrotoponimika   esa   atoqli otlar, ya'n yirik ob'ektlarning
nomlarini tadqiq qiladi.
Hozirgi   vaqtda   toponimika   faqat   katta   va   yirik   ob'ektlarning:   tog'lar,   o'rmonlar,
vodiylar,   vohalar,   shaharlarning   nomlarinigina   emas,   balki   kichik   ob'ektlarning   —
mahallalar,   daralar;   jarliklar,   anhorlar,   daryo   irmoqlari,   ariqlar   va   ko'llarning   nomlarini
Geografiyaga oid atamalar turdosh otlar toponimika tarkibiga to'lig'icha kirmaydi,  ammo
ular   toponimikani   o'rganishda   katta   ahamiyatga   egadir.   Nomsiz   «ob'ekt»   —   toponim
emas. Toponimika geografiyaga oid joylarni emas, balki ularning nomlarini o'rganadi.
Toponimikaning   tilshunoslik,   tarih   geografiya,   arxeologiya   va   boshqa   fanlarga
aloqadorligi   uning   muhim   xususiyatlaridandir.   Toponimikaga   oid   ma'lumotlar   tadqiq
qilinayotganda   tarixiy   ma'lumotlarga,   ayniqsa   arxeologiyaga   oid   tekshirish   natijalariga
suyangan   holda   ish   ko'rish   zarur.   CHunki   toponimika   ko'pincha   tarixiy   dalillarga   va
isbotlarga muhtoj. Masalan, biror yodgorlmkning nomini o'rganish uchun, albatta, uning
qaysi   davrda   yaratilganligini   va   nima   sababdan   shu   nom   berilganligini   tarixiy   davr
sharoiti   muhiti   nuqtai   nazaridan   tadqiq   qilish   talab   etiladi.   Tadqiqotning   yozma
manbalarga ko'pincha arxeologiyaga oid ma'lumotlarga suyangan holda ish ko'rish usuli
nomlarning qo'yilgan davrini aniqlashga va nomlarning paydo bo'lishini o'rganishga qo'l
keladi. Bir nomning o'zgarishini kuzatmoq uchun birmuncha vaqt ketadi.
SHuni   unutmaslik   kerakki,   geografik   nomlar   ijtimoiy   hodisa   bo'lib,   jamiyat
taraqqiyoti   bilan   mustahkam   bog'liqdir.   Ma'lum   bo'lishicha,   har   bir   rayon   toponimikasi
murakkab   tarixiy   jarayon   bilan   bog'liq   bo'lib,   er   ostida   ko'plab   madaniy   qatlamlar
mavjudligi   uni   siichiklab   tadqiq   qilishni   talab   etadi.   Toponimika   mstodologiyasiga
muvofiq   uni   fan   sifatida   o'rganish   uchun   toponimlarning   paydo   bo'lishiga   doir
ma'lumotlardan   foydalanish,   nomlarning   mavjud   bo'lgan   barcha   formalarini   aniqlash, nom   va   atamalarni   o' sha   joy   bilan   bog'liq   holda   tanlash   va   eng   muhimlarini   o'rganish
zarur.
Toponimik   asoslarga   vaqt,   manbalar   va   yo'nalishlar   bo'yicha   joylarga   aholining
ko'chishi, o'rnashishi kiradi. Toponimlar aniq tarixiy jarayon bo'lib, u aholining ko'chishi,
madaniy,   iqtisodiy   vatil   munosabatlari   bilan   vujudga   keldi,   so'ng   tarqala   boshlaydi.
Toponimika   jamiyatning   muomala   vositasi   bo'lgan   tilni,   uning   iqtisodiyotini,
madaniyatini   va   tarixiy   taraqqiyotini   o'rganish   jarayonida   o'sib,   rivojlanib   boradi.
Toponimik   nomlar   manbai   va   ularni   o'rganishda   qo'llanilgan   uslub   va   usullarning
to'g'riligini aniqlash maqsadida yozma va boshqa manbalar qo'lyozmalar, akt materiallari,
aholi   j   oylashgan   chegaralarni   aks   ettiruvchi   bosh   (asosiy)   va   maxsus   xaritalar   hamda
ilmiy safar   xaritalari bilan solishtirib chiqiladi. Toponomikada xam, moddiy va madaniy
yodgorliklar   o'rganilganidek,   oddiydan   murakkabga,   ya'ni   bugungi   kundan   asrlar
ichkarisiga kirib borish zarur. Bilish murakkab dialektik jarayondir, chunki bu usul bilan
madaniy   qatlamlarning   eng   qadimiysidan   boshlab,   to   navqironigacha   momlarning
manbai   asta-sekinlik   bilan   ochiladi   nomlarning   «yoshi»   aniqlanadi.   O'z   navbatida
toponimik   nomlar   tarix   uchun   ham   bebaho   manbadir.   Geografik   nomlar   uzoq   muddatli
bo'lib, ma'lum hududdagi u yoki bu xalqning tili haqida guvoxlik beradi. Nomlar ma'lum
bir aholining hamjihatligi yoki tarqoqligiga ham bog'liqdir.
Ibtidoiy   jamoa   tuzumi   davrida   nomlar   juda   kam   bo'lgan,   keyinchalik   aholi   paydo
bo'lib,   qo'yilgan   nomlar   xam   ko'p   vaqtlar   o'tishi   bilan   boshqa   nomlarga   o'zgartirilib
yuborilgan   yoki   butunlay   yo'q   bo'lib   qetgan.   Ezma   manbalardagi   toponimikaga   oid
ma'lumotlar   tahlil   qilinganda   buni   yaqqol   ko'rish   mumkin.   Bu   noqeani   hozirgi   vaqtda
xam aniq ko'rishimiz mumkin. Ayrim shahar va qishloqlarning eski nomlari o'rniga yangi
nomlar qo'yiladi, bu eski nom nima uchun yo'qotildi-yu, nima uchun yangi nom qo'yildi,
buning sabablarini ham aniqlash mumkin.
O'tmishda   esa   yangi   zamindor   (er   egasi)   paydo   bo'lishi   bilan   ko' pincha   aholi   eski
geografik nomlar o'rniga shu zamindorning nomini qo'yishgan. Dialektologiyadan farqli
o'laroq toponimikaga oid ma'lumot to'plashda, joylarning nomlarini o'rganishda aholidan
yoppasiga so'rash   uslubi   qo'llaniladi. Faqat shunday   uslub   bilangina turli daralar, kichik
soy   va   anhorlar,   jarliklar,   ko' llar   va   boshqa   shunga   aloqador   bolgan   nomlarning
miqdorini   aniqlash   mumkin,   xolos.   SHunday   joylarning   hammasi   aholi   yashaydigan
joylarning   kartasiga   yoki   aholi   joylari   ro'yxatiga   kiritilmagan,   ehtimol   kiritilmasa   ham
kerak.   Toponimikaning   eng   katta   xizmati   shundaki,   u   hujjatxona   hujjatlarini   sinchiklab
o'rganish,   xalq   og'zaki   ijodi   asosidagi   ayrim   tomonlar   va   nihoyat   hech   qanday
manbalarda   aks   ettirilgan   noma'lum   joylarni   bizga   ma'lum   qiladi.   Toponimikaga   oid
ma'lumotlar   yig'ishda   va   joy   nomlarining   kelib   chiqishini   o'rganishda   etnografiya   ham
katta  rol’  o'ynaydi.
Toponimikaning   ayrim   toifalari   va   tizimlari   o'rtasidagi   o'zaro   aloqalarni   o'rganish
yo'li   bilan   toponimlarni   tavsiflash   toponimik   tadqiqotlarning   asosini   tashkil   etadi.
Ko'pgina mutaxassis toponimistlar mahalliy toponimlarni har tomonlama  regional  tadqiq
qilishga   katta   e' tibor   beradilar.   Bunda,   albatta,   mikro   va   makro   toponimikani   o'zaro
taqqoslash   zarur.   Toponimika   vazifalarini   aniqlar   ekanmiz,   ma'lum   joyning   geografik
nomi tarixi to'laroq, shu o'lkada yashagan xalqlar tarixi bilan bog'liq xolda aniqlanishini
uning asosiy maqsadi qilib olishimiz zarur. Bundan tashqari, toponimikaga oid tadqiqog
ma'lumotlaridan foydalanilayotganda o'sha o'lka xalqlarining tilini o'rganish, arxeologiya
va etnografiyaga oid ma'lumotlarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir.
Toponimikaga   oid   tadqiqot   olib   borilayotgan   rayonning   tabiiy   geografiyasini,
o'tmish tarixini,  til  tarixini yaxshi bilish shart. Toponimikani o'rganishda yuqoridagilarga
amal   qilingan   taqdirdagina   tadqiqotchi   o'z   maqsadiga   erishishi   mumkin.   Tadqiqotni
toponimikaga oid ma'lumotning yaratilgan davri va tarixini aniqlashdan boshlash kerak.
Hozirgi   vaqtda   toponimistlar   joy   nomlarini   faqat   etimologik   va   semantik
jihatdangina   emas,   balki   so'z   yasalishi   jihatidan   ham   tahlil   qilmoqdalar.   Antrotoponim
kishining   ismi,   familiyasi,   laqabini   (masalan,   Mahmud   Koshg'ariy,   Munis   Xorazmiy), antrotoponimika kishi ismi, shahar, qishloq, ovul va shu kabi joylarning nomidan olingan
toponimlarni   (masalan,   Toshkentboy,   Qo'qonboy,   Xo'jaqul,   etnotoponim   esa   qabila,
urug'-aymoq   nomiga   qo'yilgan   nomlarni   (masalan,   Qozoqboy,   Qirg'izboy,   o'zbek)
o'rganadi.
Dalvarzin,   Qo'ng'irot,   Nukus,   Mitan   va   hokazolarni   istisno   qilganda,   barcha
toponimlar   ikki   va   undan   ortiq   tarkibiy   qismdan   (komponentdan)   iborat.   Bunday
qaraganda   hech   qanday   qo'shimchasiz   faqat   bir   so'zdan   iboratday   tuyuladigan   Jizzah
Qo'qon, YOzyovon, G'alcha kabi toponimlar aslida ikki komponentdan tuzilgan.
Biroq, Qarshi (saroy, qasr), Hisor (qo'rg'on),  Buxero (bixara — ibodatxona), chim
(qo'rg'on),(yon  (bekat), yop (kanal) kabi nomlar mustaqil toponimlar  shaklida uchraydi.
Ba'zan   esa   qum,   zah   supa   kabi   geografik   atamalar   ham   hech   qanday   qo'shimchasiz
toponimlar hosyl qilgan. Biroq   ana   shunday birgina geografik atamadan tuzilgan nomlar
ko' pincha   shu   toponimlarning  xalq  og'zida qisqartirilgan  shakli bo'lib  chiqadi. Masalan,
Qumqishloq   deyish   o'rniga   Qum;   Zaxariq   deyish   o'rniga   Zah   Supatepa   deyish   o'rniga
Supa   deb   qo'ya   qodishadi.   Biroq   hech   qanday   qo'shimchasiz   Tol,   Pidana   (yalpiz),
YAntoq,   Tulki   kabi   nomlar   ma'naviy   jihatdan   aslida   bu   o'simlik   va   hayvonlarga   hech
qanday   aloqasi   bo'lmasligi,   ko'pincha   tamomila   boshqa   so'zlarning   fonetik   jihatdai
o'zgarishi natijasida shu shaklni olgan bo'lishi mumkip.
YUqorida   aytilganlardan   shunday   xulosaga   kelish   mumkin:   toponimika   uch
printsipga   asoslanadi:   1)   toponimlarning   paydo   bo'lish   tarixini   o'rganish;   2)
toponimlarning   geografiyaga   oid   ma'lumotlarini   aniqlash;   3)   asosiy   qidirilayotgan
toponimlarning   barcha   nomdagilarini   ilmiy   asosda   alohida-alohida   o'rganib,   ulardan
xulosa   chiqarishdir.   Bu   printsiplar   qo'llanmaning   muqaddimasidan   to   xotimasigacha
yoritib borilgan.
O'zbekiston toponimikasi
Geografik   nomlarni   ularning   kelib   chiqishi   va   tarixi   bilan   bog'liq   holda   o'rganish,
ularni   klassifikatsiya   qilish   nisbatan   yaqin   vaqtlarda   boshlangan.   Bu   sohada   atoqli
toponimikachi   A.X.Vostokovning   xizmati   kattadir.   U   Rossiyadagi   daryo   nomlarini
ularning   oxirgi   qo'shimchalariga   qarab   guruhlarga   bo'ladi   va   bu   qo'shimchalar   hozir
biron   ma'noni   anglatmasa   ham   qadimgi   xalqlar   tilida   ma'lum   ma'noni   bildirgan   bo'lsa
kerak,   deb   to'g'ri   xulosaga   keladi.   A.X.Vostokovning   fikri   XIX   asr   oxiri   —   XX   asr
boshlaridagi ba'zi bir toponimikachilarning asarlarida o'z rivojini topdi.
XX   asr   boshlarida   toponimik   tadqiqotlar   ancha   keng   quloch   yoydi.   2-jahon
urushidan   oldingi   davrda   olimlardan   A.I.Sobolevskiy,   N.YA.Marr,   S.V.Veselovskiy,
V.V.Bartol’d,   V.P.Semyonov-Tyanshanskiy,   V.G.SHostakovich   toponimika   sohasida
ayniqsa   samarali   ishlar   qildilar.   Orta   Osiyo,   jumladan,   O'zbekiston   toponimikasini
o'rganish   sohasida   V.V.Bartol’dning   xizmatlarini   alohida   qayd   qilib   o'tish   kerak.
Urushdan   keyingi   yillarda   toponimika   rivojida   katta   bir   o'sish   davri   bo'ldi.   endilikda
toponimika soxasida ayrim olimlargina emas, balki butun-butun olimlar jamoasi ish olib
bormoqdalar.
Endilikda o'lkamizda toponimik tadqiqotlar avj oldirilmoqda. Toponimikaga, uning
nazariyasiga doir ko'pgina asarlar yaratildi.
Bir   necha   o'nlab   yosh   olimlar   ham   toponimika   sohasida   samarali   ish   olib
bormoqdalar.   CHunonchi,   T.Nafasov   «Qashqadaryo   toponimikasi»,   SH.Qodirova
«Toshkent   mikrotoponimikasi»,   e.Begmatov   esa   antrotoponimika   —   kishi   nomlarini
o'rganish sohasida ilmiy ish olib bormoqdalar.
O rta Osiyo, jumladan, O'zbekiston toponimlarini  o'rganish ham uzoq tarixga ega.
O'zbekiston   toponimikasini   o'rganishda   mashhur   rus   sharqshunos   olimlari   hamda
tarixchilari:   V.L.Vyatkin,   N.F.Sityakovskiy,   L.N.Sobolev,   V.V.Bartol’d,   S.P.Tolstov,
P.P.Ivanov.   M.E.Masson,   O.A.Suxareva   va   boshqalar   bu   sohada   juda   katta   ishlarni
amalga oshirdilar.
Respublika   joy   nomlarining   kelib   chiqishi   tarixini   va   millat,   qabila,   elat,   urug'- aymoq   nomlarining   kelib   chiqish   tarixini   (etnogeneziyani)   hamda   geografiyaga   oid
atamalarni   o'rganishda   YA.G'.G'ulomov,   R.N.   Nabiev,   A.R.Muhammadjonov,
F.Abdullaev, S.Ibrohimov, O'zbekistonda birinchi toponimik kartoteka tuzishda ishtirok
etgan   X.T.Zarifov;   etnonimlar   —   E.Fozilov   M.SHoabdurahmonov,   X.Doniyorov,
R.Qo'ng'irov; geograflardan H. Hasanov,
S.Qoraev kabilarning ishlari diqqatga sazovordir.
2. O'lka tarixini o'rganishda toponimik mate-rial to'plash  va  ulardan foydalanish
Toponimik ma'lumot to'plash uslublari
Toponimikani   o'rganish   ma'lumot   to'plashdan   boshlanadi.   Bu   ish   odatda
o'lkashunoslik   bo'yicha   tadqiqot   olib   borilayotgan   mikrorayon   qishloq,   ovul,   kolxoz-
sovxoz   hududida,   keyinchalik   ma'muriy   rayon   xamda   viloyat   va   nihoyat   jonajon   o'lka
miqyosida   amalga   oshiriladi.   Toponimik   ma'lumot   yig'ish   ishini   boshlashdan   avval
ma'lumotlarni   qanday   va   qaerlardan   to'plash   hamda   kimlar   bilan   qanday   mavzuda
suhbatlar o'tkazishning hech bo'lmaganda taxminiy ish rejasi   va   dasturi ishlab chiqilishi
shart.   Mana   shu   reja   va   dastur   asosida puxta tayyorgarlik ishlari olib boriladi, so'ng   dala
tadqiqot   ishlariga   o'quvchi   va   studentlar   jalb   qilinadi.   Dalada   tadqiq   ishlarini   amalga
oshirish   jarayonida   aholidan   eshitgan   hikoya,   afsona   va   o'tmish   haqidagi   suhbatlarni
xamda   boshqa   materiallarni   muntazam   yozib   boradigan   maxsus   daftar   bo'lishi   shart.
SHundan   so'ng   surishtirish   va   suhbat   natijasida   olingan   ma'lumotlarni   tadqiq   qilishda
toponimik   toifalar   bo'yicha   maxsus   kartotekalar   tuziladi.   Keyin   shu   asosda   lug'atlar
tuziladi. Keyinchalik tadqiqotchilarning fikrini hisobga olgan holda bir tipdagi ommaviy
toponimlarni   sinchiklab   o'rganish   katta   ahamiyatga   ega.   Tadqiq   qilingan   va   to'plangan
toponimik   ma'lumotlar   o'lkashunoslik   muzeylarida   aniqlanadi.   SHuningdek,   bu
ma'lumotlar   maxsus   kutubxonalarda   alohida   bo'lim   qilib   saqlanadi.   Toponimik
ma'lumotlar   to'plash   ko' pincha   shu   o'lka   tarixini   o'rganish   ishi   bilan   parallel   holda   olib
boriladi.   Turistik   sayohatlarda   va   poxodlarda,   ilmiy   safarlarda   qatnashgan,   shuningdek
muzeylar, arxeologik yodgorliklar, tarixiy obidalar  va  arxitektura yodgorliklariga borgan
o'lkashunoslar  arxeologik, etnografik  ma'lumotlar   bilan   bir  qatorda  toponimik  ma'lumot
ham to'playdilar.
V.   A.   Nikonovning   «Vvedenie   v   toponimiku»   (M.,   1965)   asarida   toponimika
bo'yicha   tadqiqotni   qanday   olib   borish,   uni   nimadan   va   qachon,   qaerdan   boshlashning
uslubi  va  usullari aniq ko'rsatib berilgan.
Demak,   toponimika   o'lkashunoslikning   ajralmas   bir   qismi   hisoblanadi.   Tarixiy
o'lkashunoslik fani  esa  tarix fanining bir bo'limi sifatida rivojlanib bormoqda. Bu fan har
bir o'lkashunos  va  ziyolidan o'z o'lkasining tarixini har tomonlama  va  chuqur o'rganishni
talab qiladi.
Hozirgi vaqtga kelib, o'lkashunoslik bo'yicha olib borilayotgan tadqiqot ishlari  bilan
bir   qatorda   uning   ajralmas   qismi   bo'lgan   toponimika   ham   asta-sekin   ijtimoiy   fanlar
qatorida   rivojlanib   bormoqda.   Toponimik   ma'lumotlar   to'plash   va   o'rganishda   tarih
geografiya   inson   va   jamiyat   fanlari   o'qituvchilari   bilan   tilshunoslarning   hamkorlikda
ishlashi muhim ahamiyatga ega.
O'lka tarixini yaxshi o'rganmay Turib toponimik ma'lumotlardan o'lkashunoslikning
muhim manbai sifatida foydalanish nihoyatda qiyin.
O'lkashunoslik   bilan   shug'ullanadigan   o'qituvchilar   toponimikaga   doir   adabiyotlar
bilan   yaxshi   tanishib   chiqishlari   zarur.   O'zbekiston   tarixini   o'rganishda   toponimik
ma'lumotlardan   foydalanish,   toponimik   va   geografik   lug'atlar   tuzish,   mavjudlaridan
foydalanish   dars   mazmunmni   yanada   boyitadi.   Biz   shu   maqsadda   V.   A.   Nikonovning
«Vvedenie   v   toponimiku»   va   «Kratkiy   toponimicheskiy   slovar’»   asarlari,   H.
Hasanovning   «O'rta   Osiyo   joy   nomlari   tarixidan»,   Hodi   Zarifning   «Lug'at   va   termin
to'plovchilarga   yordam»,   e.   M.   Mirzaev   va   V.   G.   Mirzaevalarning   «Slovar’   mestno'x
geograficheskix   terminov»   va   S.   Qoraevning   «Geografik   nomlar   ma'nosini   bilasizmi?»
kabi   asarlaridan   foydalanishni   tavsiya   qilamiz.   Bu   asarlarda   toponimlar   xaqida   har   xil bahslar   va   munozaralar yuritilgan bo'lib, o'lka tarixini o'rganishda o'qituvchiga juda qo'l
keladi.
Toponimlardan   nom   olgan   buyumlar,   o'simlik,   hayvonlar   shu   qadar   ko'pki,   ba'zan
hattoularning   etimologiyasi   to'g'risida   o'ylab   ham   o'tirmaymiz.   Qo'qon   arava,   buxori
qovun, chust pichog'i kabi so'zlarda o'sha joy nomlari hamon esga kelishi mumkin. Biroq
akademiya   (Afina   yaqinidagi   changalzor),   vulkan   (Tirren   dengizidagi   Vulkano   oroli
nomidan),   jersi   (Normandiyadagi   shahar),   kofe   (Afrikadagi   Kaffa   o'lkasi   nomidan),
olimpiada   (Gretsiyadagi eng baland Olimp tog'i  nomidan), roman (Rim shahri nomidan
olingan)   kabi   so'zlarning   ham   aslida   toponimlar   ekanini   ko' pincha   xayolimizga   ham
keltirmaymiz. quyida toponim nomlarga bir qancha maqollar keltiramiz.
Kimyoviy   elementlar.   Ko'pgina   kimyoviy   elementlar   joy   nomlari   bilan   atalgan:
ameritsiy   (Amerika),   galliy   (Frantsiyaning   lotincha   nomi   —   Galliya),   germaniy
(Germaniya),   gol’miy   (SHvetsiyaning   poytaxti   Stokgol’mning   lotincha   nomi   —
Gol’miya),   evropiy   (Evropa),   indiy   (Hindiston),   lyutetsiy   (Parijning   lotincha   nomi   —
Lyutetsiya), poloniy (Pol’sha), ruteniy (Rossiya), ittriy (SHvetsiyadagi Itterbo qishlog'i)
va  hokazolar.
Qit'alar   (materiklar)   va   dengizlar   nomlaridan   hosil   bo'lgan   toponimlar.   Avstraliya
—   grekcha   «Janubiya   quruqlik»   degan   so'z.   Antik   dunyo   olimlarining   faraz   qilishicha,
janubiy   yarim   sharda   noma'lum   quruqlik   Terra   australis   inkognito   bo'lishi   kerak   edi.
XVII asr o'rtalarida bu quruqlik kashf etilgach,   inkognito   (noma'lum) so'zi tushib qoladi
va   janubiy   erni   Terra   Australis   deya   boshlaydilar.   Bir   vaqtlar   uni   «YAngi   Gollandiya»
deb   ham   ataganlar.   XIX   asrdan   e'tiboran   qisqacha   Avstraliya   (Janubiya)   shakli   qaror
topdi.
Evropa — osuri tilida ereb —  «kun botish», «qorong'ulik»,  «g'arb»  demakdir.
Osiyo — ruscha Aziya, xitoycha YAsiya, yaponcha Adziya.  Bu nom  dastlab Gomer
dostonlarida   tilga   olingan.   Miloddan   oldingi   V   asrda   Gerodot   asarlarida   Osiyo   deb
hozirgi   Turkiyaning   g'arbiy   qismi   anglashilgan.   Xullas,   Osiyo   nomi   o'rta   dengiz
sohillariga xos atoqli otdir. Bora-bora   bu nom   sharqiy erlarga ham yoyilib, umumlashib
ketadi  va  avvali quyi Osiyo, so'ngra Buyuk Osiyo nomlari, XVIII — XIX asrlarda Kichik
Osiyo,   O'rta   Osiyo,   Markaziy   Osiyo   singari   ayrim   qismlarni   anglatuvchi   nomlar   paydo
bo'ladi.   Osiyo   nomining   ma'nosi   turlicha   manba   va   adabiyotlarda   turlicha   izohlangan:
Aziya shahri nomidan, filosof Aziya ismidan, Aziya vodiysi nomidan kelib chiqqan deb
faraz qilinadi, osuri tilida asu «kun chiqish  tomon». «SHarq»  ma'nosida qo'llanilgan.
Qora   dengiz   —   janubiy   xalqlar   tomonidan   berilgan   nom   qora   so'zining   «shimol»,
«salqin»   degan   ma'nosi   ham   bor.   Uning   suvi   qoramtir   bo'lgani   uchungina   qora   dengiz
deyiladi  deb izoxlash  noto'g'ri.  Milodimizdan  avvalgi  IX —  VII  asrlarda yunonlar  qora
dengizni   yoki   mamlakatimizning   janubiga   joylashgan   bu   dengizni   «uzoq   shimol»   deb
ham ataganlar.
Qizil dengiz — arabcha «Bahri axmar, grekcha eritreya. Afsonaga ko'ra, eron shohi
eritr (qizil qalpoq) bosib olgan   va   Nil tomon kanal qazitgan ekan. Boshqacha izohi ham
bor: qirg'oqlarida qizg'ish suv o'tlari  va  chig'anoqlar ko'p bo'lganidan shunday  nom  olgan.
O'rta   dengiz   —   Evropa,   Afrika   va   Osiyo   o'rtalarida   joylashgan   dengiz.   Grekcha
Mediterrano —   «O'rta er»   so'zlaridan ruschaga aynan tarjima qilingan, o'zbekcha shakli
shundan   qisqartirib   olingan.   Tarixiy   sharq   manbalarida   ko' pincha   Rum   dengizi,   SHom
dengizi nomlari  bilan  ham mashhur bo'lgan.
O'lik   dengiz   —   g'arbiy   Osiyodagi   ko'l.   Suvi   juda   sho'r   va   unda   hayot   yo'qligidan
«hayotsiz», «jonivorsiz», «o'lik dengiz»  deb  atalgan.
Lotin   Amerikasi   —   Markaziy   va   Janubiy   Amerikada   ispan   va   portugal   tillari
tarqalgan. Bu  tillar  lotin yoki roman  tillar  guruhiga kiradi. Bu erda yashovchi xalqlarning
asosiy qismi lotin tilida so'zlashganligi uchun shunday nomni olgan.
Bolqon — Evropadagi yarim orol. Turkiy tillarda balqon,  balxan   «tog'», «tog'li   er»
degan ma'noni  anglatadi. Turkmanistondagi  Balxan nomini turklar  Evropaga ko'chirgan
bo'lishi ham mumkin (V. F. Minorskiy). Bosfor   —   Qora   dengizdan   o'rta   dengizga   o'tadigan   erda   joylashgan   bo'g'oz.
Turkiyada  ko'pincha   Bo'g'oz,   Istanbul  bo'g'ozi,   qora  dengiz  bo'g'ozi  deb  ataladi.   Bosfor
xonancha «buqa» degan so'z. Afsonaga ko'ra, go'yo bu bo'g'ozdan   buqalar sakrab o'tgan
emish.   Ammo   yana   boshqa   haqiqatga   yaqinroq   izoh   ham   bor.   Qadimda   bu   bo'g'ozdan
suzib   o'tadigan   kema   egalari   boj   haqini   qoramol   bilan   to'laganlar,   shu-shu   «buqa
to'lanadigan bo'g'oz» nomini olgan.
Arabiston   —   G'arbiy   Osiyodagi   yarim   orol.   «Arab»   aslida   «cho'l»   degan   so'z,
shundan «cho'lliklar», «ko'chmanchilar» arablar so'zi hosil bo'lgan, so'ngra «arablar eri»
Arabiston paydo bo'lgan.
Avstriya — aslida nemischa Osterreyx: ost — «sharq», reyx «o'lka», ya'ni «sharqiy
o'lka» degan ma'noni bildiradi.
Angliya — G'arbiy Evropadagi Buyuk  Britaniya  davlatining nomi; V — VI asrlarda
kontinental  Evropadan shu erga suzib o'tgan angl qabilalari nomidan olingan. O'simlik va
xayvonlardan olingan nomlar. Apel’sin — gollandcha «xitoy olmasi» demakdir. Yorkshir
— cho'chqa zoti (Angliyadagi Yorkshir grafligi nomidan).
Kashtan   —   buklar   oilasidan   bo'lgan   daraxt,   Kichik   Osiyodagi   Kastan   shahri
nomidan olingan.
Maxorka   —   Gollandiyadagi   Amesofront   shahri   nomidan   olingan   bo'lib,   dastlab
amerfor,   keyinchaliq   amerforka,   keyin   maforka   va   nihoyat,   maxorka   deb   atala
boshlangan.   Evropada   maxorka   chekish   ayrim   kishilarga   zararli   deb   tushuntirilgach,
kashandalar   chekishini   tashlay   olmay   burunlariga   hidlay   boshlaganlar   va   uni   nosovoy
tabak   (burnaki)   deb   ataganlar.   O'rta   Osiyo   xalqlari   esa   bu   tamakini   ishlash
texnologiyasini   ancha   murakkablashtirib,   uni   endilikda   burunga   hidlab   emas,   balki   til
ostiga tashlay  digan  bo'lganlar.  Uning nomi tobora o'zgarib, hozirgi nos formasini olgan.
Simmental  — qoramol zoti (Germaniyadagi vodiy nomi).
Sardina,  «sardinka»  — baliq (Sardiniya oroli nomidan olingan).
Geologiya   va   geografiya   atamalaridan   olingan   toponimlar.   Toponimlar   minerallar
orasida   ayniqsa   ko'p   uchraydi.   Buni   quyidagi   misollardan   ko'rish   mumkin:
avstolitmineral   (Avstraliya),   agat   (o'zbek   tilida   aqiq   deyiladi)   —   qimmatbaho   tosh
(Sitsiliyadagi   Akaita   daryosi   nomidan),   adulyar   —   mineral   (Al’p   tog'larining   Adul
tizmasi   nomidan),   alebastr   —   oq   gips   (Misrdagi   alebastr   shahri   va   tog'i   nomidan),
al’mandin — qimmatbaho tosh (Kichik Osiyodagi Albanda shahri), alyaskit — granitga
o'xshash qattiq tosh (Alyaska), aragonit (Ispaniyadagi Aragoniya pasttekisligi nomidan),
baykalit   (Baykal   ko'lidan),   birmit   —   kahraboning   bir   turi   (Birja   nomidan),   inderit   —
mineral (qozog'is-tondagi  Inder  tog'lari nomidan), muskovit mineral (Moskva davlatining
qadimgi nomidan, Moskoviya), surik bo'yoq (Suriya nomidan), tuyamuyunit — mineral
(Farg'ona   vodiysidagi   Tuyamo'yin   koni   nomidan),   ferganit   (Farg'ona)   va   hokazolar.
Xazorasp — ming ot, Sariosiyo — bosh tegirmon, Go'rlan — ko'r   va   lang   so'zla- rining
birikuvidan tashkil topgan. Hindikush — hind, kush — o'lim, degan ma'noni bildiradi.
Gazlamalar.   Boston   —   AQSHdagi   shaharning   nomidan,   Jersi   —   Normandiya-
Frantsiya   qirg'og'i   yaqinidagi   orol   nomidan,   Sarpinka   —   Saratov   oblastidagi   Saropta
degan nomdan kelib chiqqan.
Antrotoponimika   —   Turkiy   «Axmet»,   arabcha   «Ahmad   —   maqtovli,   maqtovga
sazovor»   degan   ma'noni   anglatadi,   undan   Ahmetov   degan   familiya   vujudga   kelgan;
Baxmet   —   turkiy   «boy»   yoki   Axmet   arabcha   Ahmad   so'zlarining   qo'shilishidan
Baxmetov familiyasi vujudga kelgan. Sabur (Saburov) — turkiy  «sabr»,  arabcha  «sobir»
(chidamli)   so'zlaridan   olingan.   Mamon   —   turkiy   mo'min   (qobil,   beozor,   yuvvosh
ma'nolarida) so'zidan olingan Mamonov familiyasi shundan kelib chiqqan. Polvonov —
turkiy tillarda   «polvon»,   forscha —   «pahlavon»   (botir, qahramon ma'nosida) so'zlaridan
olingan,   keyinchalik   ruscha   «ov»   qo'shimchasi   qo'shilib   Polvonov   familiyasi   kelib
chiqqan.   Saymon   turkiy   «saymon»   (abjir,   chaqqon,   dadil   ma'nolarida)   —   Saymonov
familiyasi shundan olingan. Dashikturkiy   «dashuk»   —   «tashuk»   (dimog'dor, kekkaygan
ma'nolarida)   so'zlaridan   «Dashkov»   familiyasi,   kurdyuk   —   turkiy   «kuduruk»   — «kuzuruk»   —   «quyruq»   so'zlaridan   ruscha   «Kurdyukov»   familiyasi   kelib   chiqqan   va
hokazo.
Oziq-ovqat nomlari. Lag' mon  (xitoycha) —  «lag'»  —  uzun, «man»  — xamir, «uzun
xamir»  degan  ma'nolarni   bildiradi.  Buterbrod   (nemischa)  —   go'sht   va   non  yoki   non   va
yog'   degan   ma'nolarni   bildiradi.   Pirog   —   qoraqalpoqlarda   «burek»,   tatarlarda   esa
«chiyburek»,   har ikkisida ham go'shtli pirog degan   ma' no bor.   Bu   so'zning o'zagi «bur»
o'ramoq,   chulg'amoq   ma'nolarini   bildiruvchi   fe'ldan   yasalgan,   ruscha   «pirog»   so'zi
shundan kelib chiqqan.
Ichimliklar   nomlari.   Toponimlarda   ichimliklar   nomlari   ham   ma'lum   darajada   o'z
aksini   topgan,   masalan:   borjomi   —   mineral   suv   (Gruziyadagi   kurort   shaharning   nomi),
esentuki   —   mineral   suv   (SHimoliy   Kavkazdagi   kurort   shaharning   nomi),   Toshkent
mineral suvi (Toshkent shaharining nomidan olingan)  va  hokazo.
Bulardan   tashqari,   respublikamizning   barcha   ovul,   qishloq,   posyolka,   vodiylari   va
vohalari  hamda   viloyatlari  nomlari  ham  toponimlar  bo'lib,   ularning  ko'pchiligi  hali   tola
o'rganilmagan. O'rganilganlaridan VII — X sinflarda O'zbekiston xalqlari tarixi darsida
foydalanish   katta   ham   ta'limiy,   ham   tarbiyaviy   ahamiyatga   egadir.   Bu   usulda
toponimikaga   oid   ma'lumotlardan   foydalanish   yoshlarni   tarbiyaning   ajralmas   qismi
bo'lgan   estetik,   vatanparvarlik   ruhida   tarbiyalashning   negizi   bo'lib   xizmat   qiladi.   Biz
quyida   O'zbekiston   xalqlari   tarixi   kursini   o'qitishda   Toshkent   vohasi   toponimikasi   va
ulardan darsda foydalanish namunasini keltiramiz.
Toshkent vohasi toponimikasi  va  ulardan darsda foydalanish
Toponimikaga   oid   ma'lumotlardan   foydalanib   o'tiladigan   bir   soatlik   aralash   dars
reja  — konspekti.
Darsni tashkil qilish: a) o'quvchilar  bilan  salomlashish  va  sinfning darsga hozirligini
kuzatish; b) o'quvchilar diqqatini darsga jalb etish.
O'tgan mavzu:   «Reaktsiya   yillarida O'zbekiston» mavzusi  yuzasidan  o'quvchilarga
beriladigan savollar:
1)  qaysi yillar reaktsiya yillari deyiladi?
2)  YAngicha yuksalishga nima sabab bo'ladi?
3)  O'zbekistonning qaysi joylarida xalq xarakatlari bo'lib o'tdi?
Bu savollarga o'qituvchi o'quvchilardan javob olgach, o'zi qisqacha mavzuga yakun
yasaydi  va  uni yangi mavzuga bog'laydi.
YAngi mavzu: «Birinchi jahon urushi yillarida O'zbekiston».
Darsning   maqsadi:   o'quvchilarni   O'zbekiston   mehnatkashlarining   1916   yildagi
milliy   ozodlik   harakati   bilan   tanishtirish,   bu   harakat   Rossiyada   etilgan   tanglikning
natijasi ekanligini tushuntirishdan iborat.
Dars   o'tish   uslubi:   o'qituvchi   suhbat   usulidan   foydalangan   holda   materialni
bayon qiladi: o'quvchilar mustaqil ish bajaradilar.
Ko'rgazmali qurollar. «Birinchi jahon  urushi»,  «O'zbekistonda 1916 yil  qo'zg'oloni»
va  O'zbekistonning siyosiy xaritalaridan foydalaniladi.
Rossiya   davlati   tarixi   kursini   bu   mavzu   bilan   bog'lab   olib   borish   uchun   darsni
quyidagi   savollar   asosida   suhbat   o'tkazishdan   boshlash   maqsadga   muvofiqdir:   1.   CHor
Rossiyasining   urushga   tayyor   emasligi   nimada   ko'rindi?   2.   Urush   Rossiyaning
iqtisodiyotiga qanday  ta' sir qildi? 3. Birinchi jahon urushi qanday oqibatlarga olib keldi?
4.   Rossiya   davlat   to'ntarishi   uchun   vaziyat   vujudga   kelganligini   dalillar   bilan   isbotlab
bering.
O'qituvchi suhbatning oxirida darsga xulosa qilib, 1917 yilning boshlariga kelganda
Rossiyaning iqtisodiy ahvoli keskin og'irlashganligi, uzoqqa cho'zilib ketgan urush chor
Rossiyasining iqtisodiyotini   ancha  izdan chiqarganligi, bu   hol  xalq ommasining ahvolini
mushkullashtirib yuborganligi, Rossiyada tanglikning etilishini tezlashtirganligi, birinchi
jahon urushi davrida O'zbekistonda keng quloch yoygan milliy ozodlik harakati ana shu
tanglikning   ko'rinishlaridan   biri   bo'lganligini   darsni   umumlashtirish   jarayonida o'quvchilarga tushuntiradi.
Birinchi   jahon   urushi   va   tanglikning   etilishi.   Bu   mavzuni   o'rganish   vaqtida
darslikdagi   matn   ustida   o'quvchilarning   mustaqil   ishlashini   uyushtirish   zarur.
O'quvchilarga   quyidagi   savollar   beriladi:   1.   Birinchi   jahon   urushi   O'zbekiston
mehnatkashlar ommasining ahvoliga qanday  ta' sir qildi? 2. Birinchi jahon urushi davrida
O'zbekistondagi   tanglikning   etilishi   nimalarda   ko'rindi?   3.   O'zbekistonda   1916   yildagi
xalq qo'zg'olonining boshlanishiga nima sabab bo'ldi?
O'qituvchi   o'quvchilarning   javoblarini   eshitib   bo'lgach,   birinchi   jahon   urushi
yillarida O'zbekistonda ijtimoiy  va  milliy zulm  ancha  kuchayganligini tushuntiradi. O' sha
davrda   O'zbekistonning   eng   muhim   sanoat   xom   ashyosi   -   paxta   etkazib   beruvchi   o'lka
sifatidagi o'rni yana ham o'sdi.  Rus  kapitalistlarining manfaatlarini ko'zlab, paxtaga bozor
narxidan   20  foiz   kam   majburiy  narx   belgilandi,   vaholanki,  sanoat   mollarining,   galla   va
boshqa   oziq-ovqat   maxsulotlarining   narxi   haddan   tashqari   ortib   bormoqda   edi.   Bu   hol
mehnatkashlarning   ahvolini   yanada   mushkullashtirib   yubordi.   1916   yilda   qaxatchilik
bo'ldi.
Birinchi   jahon   urushi   yillarida   avj   olib   ketgan   feodal,   kapitalistik   va
mustamlakachilik   zulmi   sinfiy   ziddiyatlarni   g'oyat   keskinlashtirib   yubordi.   Ishchi   va
dehqonlar   orasida   chorizmning   siyosatidan   norozilik   benihoya   kuchaydi.   1915   yilning
oxiri — 1916 yilning boshlarida mamlakatda vaziyat juda keskinlashdi.
O'zbekistonda   1916   yilgi   xalq   qo'zg'oloni   va   uning   ahamiyati.   Bu   masala
darslikdagi doimiy ma'lumot asosida to'liq ochib beriladi. Qo'zg'olonning qanday davom
etganligi «O'zbekistonda 1916 yil qo'zg'oloni» xaritasidan kuzatib boriladi.
Materialni   tushuntirish   jarayonida   o'quvchilarning   e'tiborini   quyidagi   muhim
holatlarga jalb etish kerak.
O'rta   Osiyo   tarixida   xalq   harakati   hali   hech   qachon   1916   yil   qo'zg'oloni
davridagidek keng quloch yoymagan edi.
Qo'zg'olon   chorizmning   milliy-mustamlakachilik   zulmiga   qarshi   qaratilgan   bo'lib,
fuqarolik   huquqlari   va   siyosiy   huquqlarni   qo'lga   kiritish   uchun   boshlangan   harakat   edi.
Bu qo'zg'olon O'zbekiston xalqlari tarixidagi muhim voqealardan biri hisoblanadi
Mustamlakachilikka   qarshi,   imperializmga   qarshi   harakat   bo'lib   boshlangan   1916
yil qo'zg'oloni ayni vaqtda antifeodal xarakterga ham ega edi; bu  hol  qo'zg'olonchilarning
boylarning   er-mulkiga,   sudxo'rlar   va   savdogarlarning   uylariga   qilgan   hujumlarida   o'z
ifodasini topdi.
1916 yilgi qo'zg'olon xalq qo'zg'oloni edi. Bu harakatda keng xalq ommasi, avvalo,
dehqonlar   va   shaxar   kambag'allari   qatnashdi.   SHahar   va   shahar   atroflarida   mahalliy
hunarmandlar   va   ishchilar,   qishloq   joylarda   esa   kambag'allar   va   batraklar   qo'zg'olonga
boshchilik qildilar. Asrlar bo'yi asoratda yashagan ayollarning qo'zg'olonda ishtirok etishi
— bu xarakatning muhim xususiyatlaridan biri edi.
Qo'zg'olon, umuman olganda,  progressiv  milliy ozod-lik harakati tusini oldi. Ayrim
rayonlarda   (masalan,   Jizzax   uezdida   firibgar   unsurlar   bu   qo'zg'olonning   xarakterini
o'zgartirishga   va   undan   o'zlarining   sinfiy   manfaatlari   yo'lida   foydalanishga   urindilar,
ammo   ular   bunga   muvaffaq   bo'la   olmadilar.   Ularning   milliy   adovatni   avj   oldirish   va
umuman   ruslarga   qarshi   qo'zg'olon   ko'tarish   yo'lidagi   urinishlari   ham   tamomila   barbod
bo'ldi.
Qo'zg'olonga   qarshi   chiqqan   mahalliy   feodallar   va   burjuaziyaning   xalqqa   qarshi
qaratilgan firibgarona yo'li qo'zg'olon vaqtida batamom ayon bo'ldi. Qo'zg'olon kunlarida
mahdlliy   aholi   mehnatkashlarining   milliy   burjuaziyadan   yuz   o'girishi   haqiqatda
nihoyasiga etdi. Bu jarayon 1905 —1907 yillardagi to'ntarish davridayoq boshlangan edi.
Qo'zg'olon Rossiyada etilib kelayotgan tanglikning natijasi bo'ldi   va,   o'z navbatida,
ana   shu   tanglikning   yanada   chuqurlashib   ketishiga   yordam   berdi.   Bu   qo'zg'olon
chorizmning   O'rta   Osiyo   va   Qozog'istondagi   mustamlakachilik   siyosatiga   qattiq   zarba
berdi.   Qo'zg'olon   Ettisuv   va   Zakaspiy   viloyatlariga   hamda   Qozog'istonning   dasht
viloyatlari  — Akmolinsk, Semipalatinsk, Ural’sk   va   To'rg'ay  viloyatlariga xam yoyildi. Bu viloyatlarda qo'zg'olonchilar soni necha o'n minglab kishiga etdi.
Xalq   ommasining   tazyiqi   natij   asida   chor   hukumati   1916   yil   30   iyulda   farm   on
chiqarib,   mardikorlikka   safarbarlik   muddatini   15   sentyabrgacha   kechiktirishga   majbur
bo'ldi. Bu — chorizmning qisman yon berganligidan dalolat berar edi. Hukmron doiralar
Kavkazdagi safarbarlikni bekor qilganidek, Turkistonda ham bunday safarbarlikni bekor
qilmoqchi   edilar.   Ammo   chor   ma'murlari   mahalliy   aholi   chiqishidan,   xususan   qurolli
qo'zg'olondan keyin bu yon berishni Rossiya hukumatining zaifligidan boshqa bir narsa
emas,   deb   talqin   etishdan   qo'rqar   edilar.   CHor   hukumati   mardikorlikka   odam   olish
ishlarini   tola   miqdorda   amalga   oshira   olmadi.   1917   yil   1   martgacha   Turkistondan   jami
123   ming   kishi,   ya'ni   mo'ljallangan   miqdordagi   kishilarning   yarmidan   kamrog'i
mardikorlikka olindi.
SHu   munosabat   bilan   boshlangan   qo'zg'olon   milliy   ozodlik   harakatining
rivojlanishida, Turkiston xalqlarining sinfiy ongini uyg'otishda muhim bir bosqich bo'ldi.
O'qituvchi   buning   oqibatida   Turkistonda   ijtimoiy   va   milliy   zulmning   tobora   zo'rayib
borayotganligi,   imperialistik   urush   yillarida   kuchayib   ketgan   feodal,   kapitalistik   va
mustamlakachilik   zulmi   xalq   ommasining   ahvolini   toqat   qilib   bo'lmas   darajada
og'irlashtirganini,   xalq   ommasining   ezuvchilarga   qarshi   kurashga   otlantirganligini
uqtirishi   bilan   birga joylarda ko'tarilgan milliy ozodlik harakatlari   va   g'alayonlar bo'lgan
joylar   haqida   tushuncha   bera   boshlaydi.   Bu   qo'zg'olon   va   g'alayonlar   milliy   ozodlik
harakatlari   dan   biri   ekanligi   ko'rsatiladi.   Qo'zg'olon   ko'tarilgan   joylar   va   bu   mavzuda
uchraydigan nomlarning toponimikasi o'rganib boriladi.
Demak, bu sohada uchraydigan nomlarning kelib chiqishi, ma'nosi shu sohada ilmiy
tadqiqot olib borgan olimlarning asarlaridan foydalanilgan holda o'rganiladi.
O'qituvchi   «Birinchi   jahon   urushi   yillarida   O'zbekiston»   mavzusini   bayon   qilish
jarayonida   ijtimoiy   va   milliy   zulmga,   kapitalistik   va   mustamlakachilik   zulmiga   qarshi
milliy   ozodlik   uchun   kurash   olib   borgan   shahar   va   vohalar   nomlarining   kelib   chiqish
tarixi   haqida   qisqacha   to'xtab   o'tadi.   Asosiy   e'tiborni   har   bir   joyning   nomi   va   uning
ma'nosi, o'z tarixi borligiga, birinchi eshitganda ma'nosizday tuyulgan nomlar chuqurroq
qaralsa   ko' pincha   kutilmagan mazmun berishiga qaratadi. SHuni aytish kerakki, mazkur
joyga   nomi   berilgan   o'simlik   yoki   hayvon   yo'q   bo'lib   ketgan,   bu   joylarda   yashaydigan
xalqlar   esa   boshqa   bir   erlarga   ko'chib   ketgan   bo'lishi   ham   mumkin,   biroq   joy   nomi
deyarli   o'z   holicha   qolaveradi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   geografik   nomlarning
ma'nosiga qarab bu erlarda qadimda qanday hayvonlar yashagani yoki qanday o'simliklar
o'sganini aytib berish mumkin.  Mana  sizga bir misol. Bir vaqtlar O'rta Osiyoda qulon deb
atalgan yovvoyi otlar uyur-uyur bo'lib yurishgan. Qulonni ovlay berib, qirib yuborishgan.
Hozirgi   vaqtda   qulon   Turkmanistondagi   Bodxiz   qo'riqxonasida   qolgan,   xolos.   Lekin
Qulonsoy,   Qulonboshi,   Qulontepa   kabi   joy   nomlari   ana   shu   qimmatli   jonivorning   bir
zamonlar ko'p bo'lganligidan dalolat beradi. Bulon degan ham hayvon bo'lgan. Qulon  va
bulon to'g'risida xalq og'zida  mana  shunday she'r bor:
Qulon yurmas erlardan.
Quvib o'tib boradi,
Bulon   yurmas   erlardan
Qalqib o'tib boradi.
Bulonni   bundan   9   asr   oldin   Mahmud   Koshg'ariy   «Qipchiqlar   mamlakatda
bo'ladigan   katta   gavdali   hayvon»   deb   ta'riflagan.   Aslida   bulon   ruscha   «los’»   deb
ataladigan katta bug'udir. Bulon, Bulonti kabi joy nomlari ana shu xdyvonlardan qolgan
esdalikdir.
Boshqa   bir   misol.   So'kso'k   —   saksovul.   Munis   Xorazmiy   Xorazmda   to'xtovsiz
urushlar   natij   asida   el-yurt   xarob   bo'lganini   tasvirlab,   bunday   deb   yozgan   edi:   «Bu
jihatdan Xorazm diyorida kaxat   va   gilo shoing' bo'ldi... Xivakning (ya'ni Xivaning) oliy
imoratlari   munhadim   (vayron)   bo'lib,   o'rniga   so'kso'k   va   yulg'un   ko'kardi».   Demak,   bu
o'simlik   nomi   Buxoro   viloyatning   Qorako'l   rayonidagi   So'kso'k   degan   qishloq   nomiga
ko'chgan. Respublikamizda   o'zbekcha   nomlardan   tashqari   arabcha,   tojikcha,   Mo'g'ulcha
nomlar   ham   ko'p   uchraydi.   Qashqadaryo   viloyatida   Maymanak   degan   qishloq   bor.
Maymanak   arabcha   so'z   bo'lib,   «O'ng»   tomon,   «O'ng   qo'l»   degan   ma'noni   bildiradi.
Farg'ona vodiysidagi Pochchaota soyidan chiqarilgan bir ariq Barangar deyiladi,  bu nom
esa   Mo'g' ul   tilida   (barangdor)   «O'ng   qo'l,   o'ng   tomon»   degan   ma'noni   bildiradi.
Samarqand   viloyatidagi   Bulung'ur   rayoni   va   kanalining   nomi   Mo'g'ulcha   «loyqa   suv»
degan   ma'noni   anglatadi.   Reg,   Reginav,   Registon,   Regzor   degan   joylar   nomi   fors-tojik
tilidagi   reg,   ya'ni   «qum»   so'zidan   olingan.   Registon   shaxarning   qum   to'shab   qilingan
markaziy maydoni bo'lgan. SHuning uchun xam   nomlarni er tili   deyishadi. Joy nomlari
yuzlab,   hatto   minglab   yillar   yashaydi.   Bu   nomlarning   juda   ko'pi   hali   o'rganilmagan.
O'qituvchi   o'quvchilarga   siz   bu   joylarni   nima   uchun   shunday   atalar   ekan   deb   o'ylab
ko'rganmisiz?   o'zingiz   yashab   turgan   qishloq,   shahar,   kolxoz-sovxoz,   yo   bo'lmasa
yonginangizda oqib o'tadigan ariq, anhor nomining ma'nosini bilasizmi? degan savollarni
o'rtaga   tashlaydi.   Mana   shunday   savollarga   javob   toptirish   yo'llari   bilan   ular   toponimik
materiallarni to'plash yo'lida mustaqil tadqiqot olib borish ishlariga jalb qilinadi.
O'qituvchi   yangi   mavzuni   bayon   qilish   jarayonida   uchragan   barcha   joylarning
nomlari   qanday   kelib   chiqqanligi   va   ularning   ma'nolari   ustida   to'xtab   o'tishi   mumkin
emas, shuning uchun u h,ar bir yangi mavzuni o'tayotganda katta-katta masalalar ustida
batafsil   to'xtalib,   mikrotoponimlar   bilan   mustaqil   ishlashni   o'quvchilarning   o'zlariga
topshirsa   maqsadga   muvofiq   bo'ladi.   Masalan,   Toshkent   shahrining   nomi   haqida
o'qituvchi   dars   jarayonida   batafsil   tushuntirib   beradi,   lekin   Toshkent   shahrini,   uning
tarixiy   joylari,   rayon,   ko' cha   va   mahallalari,   dahalari,   undan   oqib   o'tadigan   anhor   va
ariqlari,   xiyobonlari   kabilarning   nomlari   haqida   o'quvchilarga   mustaqil   o'rganib
kelishlarini   topshirishi   ham   mumkin.   Bundan   tashqari,   toponimlarning   talay   qismi   turli
xalqlar,   qabilalar,   o'zbek   urug'lari   va   ularning   mayda   shoxobchalarining   nomlari   bilan
atalgan.   Nukus,   Qo'ng'irot,   Kenagas,   Metan   kabi   urug'   nomlari   bilan   birga   Asaka,
Boyto'pi,   Kal,   Qul   kabi   mayda   shoxobchalarning   nomlari   ham   toponimlarda   o'z   aksini
topgan. Bunday toponimlarni ilmiy asosda o'qituvchining o'zi aytib bergani ma'qul.
O'zingiz   bir   o'ylab   ko'ring,   respublikamizda   17000   dan   ortiq   qishloq   va   aholi
yashaydigan punktlar, 500 taga yaqin quduq borligi ma'lum. Odatda, O'rta Osiyoda suv
havzalari,   jumladan   ko' llar   kam   deb   kelinardi,   holbuki   birgina   Tyanshan’   tog'larida
12000  soy  va jilg'alar oqib tushishi, Sirdaryo yoqasida 2118 ko'l borligi hisobga olingan.
Har   bir   qishloq   atrofida   yuzlab   jarlar,   tepaliklar,   qirlar,   buloqlar,   quduqlar   borki,
ularni har qanday mukammal xaritadan ham topib bo'lmaydi. Masalan, Zomin rayonidagi
birgina   Tomtum   qishlog'i   atrofidan   300   dan   ortiq   mayda   joy   nomlari   yozib   olingan
bo'lsa,   Toshkentdek   azim   shahar   va   uning   vohasidan   qancha   joylarning   nomini   yozib
olish mumkin.
Ana   shu   aytilganlarni   nazarga   olib,   bu   paragrafda   Toshkent   shahri   tarixi   va
Toshkent   voxasidagi   joylar   nomlarining   kelib   chiqish   tarixi   haqida   (albatta
o'rganilganlarinigina) manbalarga asoslangan holda izohlab o'tamiz.
Toshkent   —   qadimiy   va   navqiron   Toshkent   shahri   CHirchiq   daryosining   sohilida
bundan  2000 yil  muqaddam vujudga kelgan.  Akademik   YA.   G'. G'ulomov  rahbarligida
Arxeologiya institutining bir guruh yirik ilmiy xodimlari Toshkent vohasida olib borgan
arxeologik   tekshirishlar   natijasida   Toshkent   shahrining   «yoshi»   ni   aniqlash   mumkin
bo'ladi.
Toshkent   —   O'zbekiston   jumhuriyatining   poytaxti   va   Toshkent   viloyatining
markazi bo'lib, o'lkamizning eng yirik shaharlaridan biri. U aholi soni jihatidan Moskva,
Sankt-Peterburg   va   Kievdan   keyin   to'rtinchi  o' rinda   turadi.   Toshkent  —   sanoati  yuksak
rivojlangan,   fan   va   madaniyati   ilg'or,   juda   ko'p   xalqaro   uchrashuvlar,   konferentsiyalar,
festyvallar   o'tkaziladigan   joy,   o'rta   Oeiyoning   o'ziga   xos   janubiy   darvozasi.   U
respublikaning   shimoli-sharqiy   qismida,   Tyanshan’   tog'lari   etaklarida,   dengiz   sathidan
440   —   480   metr   balandlikda,   CHirchiq   daryosi   vodiysida   joylashgan.   CHirchiq
daryosidan   bosh   olgan   va   butun   shahardan   o'tadigan   Bo'zsuv,   Solor,   Anhor,   Qorasuv, Kaykovus, BO'rjar, Oqtepa, Qoraqamish   va   boshqa kanallar uning mikroiqlimiga ijobiy
ta' sir   ko'rsatadi.   Iqlimi   kontinental,   yillik   o'rtacha   temperaturasi   13,3°;   yanvarning
o'rtacha temperaturasi —1,1°; iyulning o'rtacha temperaturasi +27,5°. Yiliga 360 — 390
mm yog'in yog'adi. Maydoni   25C   km . SHaharda 11   ta   rayon: Ulug'bek, SHayxontohur,
Mirobod,   YUnusobod,   YAkkasaroy,   Bektemir,   Sobir   Raximov,   Sirg'ali,   Hamza,
CHilonzor, Akmal Ikromov rayonlari bor.
Qadimgi   manbalarda   hozirgi   Toshkent   o'rnida   2000   yil   ilgari   yirik   obod   shahar
bo'lganligi   qayd   qilingan.   Arxeologik   qazish   natijasida   Toshkent   hududidan   2000   yil
ilgari  yasalgan  sopol  idishlar,   bronza,   oyna   va   turli  mamlakatlarning   tangalari  topilgan.
Biroq hozirgacha Toshkentning o'sha davrdagi nomi aniqlanmagan. Toshkent  V  —  VIII
asrlarda   CHoch,   SHosh,   SHoshkent,   Binkent   deb   atalib   kelgan   va   ayni   vaqtda   shu
nomdagi   feodal   davlatning   poytaxti   bo'lgan.   Buyuk   ipak   yo'lida   joylashgan   Toshkent
Evropa  mamlakatlarining   Hindiston   va   Xitoy   bilan   olib  borgan  turli  aloqalarida  muhim
rol’  o'ynagan.
VI   asrda   turk   xoqonligi   tarkibiga   qo'shib   olingan.   Turklar   shaxarni   zabt   etgach,
uning  atrofini  kuchli  mudofaa  devorlari   bilan   o'rab  olganlar.  Arxeologik  qazish  vaqtida
topilgan   ishlab   chiqarish   qurollari   va   ro'zg'or   buyumlari   bu   erda   yuksak   madaniyat
bo'lganligidan dalolat beradi.
Bundan   tashqari   Toshkent   hududida   VI   —VIII   asrlarga   oid   bir   qancha   qasrlar
xarobasi (masalan, Toshkentning shimoli-sharqidagi Oqtepa tepaligida) saqlanib qolgan.
VIII   asr   boshlarida   Toshkent   arablar   bosib   oladilar:   shahar   aholisi   arablarga
qattiq qarshilik ko'rsatganlar.
Toshkent  o'zaro  urushlar, qo'zg'olonlar, ko'chmanchi  qabilalar hujumlari natijasida
bir necha  marta  vayron qilingan. IX asrda shahar oldingi o'rnidan shimoli-sharq tom  onda
— Bo'zsuv kanali etagida barpo bo'lgan.
Abu   Rayhon   Beruniy   va   Mahmud   Koshg'ariy   ma'lumotlariga   ko'ra,   shahar   XI
asrdan Toshkent deb atala boshlagan.
IX   —   X   asrlarda   Toshkent   Somoniylar   davlati,   X   asr   oxirlaridan   XIII   asr
boshigacha   Qoraxoniylar   va   Qoraxitoylar   davlatlari   tarkibida   bo'lgan.   Qadimiy
manbalardan   bay   on   qilinishicha,   Toshkent   bu   davrda   qal'a,   ichki   va   tashqi   shahardan
iborat bo'lib, atrofi bir necha qator mudofaa devori   bilan   o'ralgan. SHaharda kulolchilik,
o'q-yoy, gazlama, gilam, chodir hamda charm mahsulotlari ishlab chiqarish rivojlangan.
XIII   asr   boshida   Toshkentni   Muhammad   Xorazmshoh   bosib   oladi   va   1214   yili
Mo'g'ul   qo'shinlari   yo'lini   to'sish   maqsadida   aholini   ko'chirib,   shaharga   o't   qo'ydiradi.
SHahar   bir   necha   vaqtgacha   tiklanmaydi.   Faqat   Temuriylar   davlati   tarkibiga   qo'shib
olingandan   keyingina   qayta   quriladi,   1404   yilda   Ulug'bek   ixtiyoriga   mulk   tarzida
beriladi. Keyinchalik Temuriylar o'rtasida boshlangan taxt uchun kurashdan foydalangan
Mo'g'ul xoni YUnusxon Toshkentni o'z qarorgohiga aylantiradi.
1501   yilda   SHayboniyxon   Mo'g'ullarni   tor-mor   etib   Toshkentni   idora   qilishni   o'z
amakilari — Suyunchxo'jaxon  va  Ko'chkinjixonga topshiradi. Ularning davrida Toshkent
O'rta   Osiyoning   hunarmandchilik,   savdo-sotiq   va   madaniy   hayot   markazlaridan   biriga
aylanadi.
XVI   asrning   birinchi   yarmida   Toshkentda   katta   qurilish   ishlari   olib   boriladi.   Bir
qancha   saroy   va   madrasalar   quriladi.   Masalan,   Baroqxon   va   Ko'kaldosh   madrasalari
SHayboniyxonlar   davrida   qurilgan   ko'rkam   va   hashamatli   binolardandir.
Hunarmandchilikning rivojlanishi savdo- sotiq aloqalarining kengayishiga olib keladi.
XVI asrning ikkinchi yarmida Qozon   va   Astraxan’ xonliklarining bosib olinishi   va
Rus  davlatiga qo'shib olinishi natijasida Toshkent  bilan  Moskva o'rtasida savdo aloqalari
rivojlanadi,   har   ikki   tomon   bir-biriga   el   chilar   yuboradilar.   1576   yilda   Toshkent
SHayboniyxonlardan   Abdullaxon   qo'l   ostiga   o'tadi.   Uning   o'limidan   keyin   esa
Toshkentni   Qozon   xoni   Tavakkal   bosib   oladi   (1599).   1613   yili   Ashtarxoniyl ardan
Imomqulixon   qozoqlarni   tor-mor   keltirib,   Toshkentni   qaytarib   oladi   va   Toshkentga   o'z
o'g'li Iskandarni noib qilib tayinlaydi. Biroq   Iskandarni   tez   orada   qo'zg'olon   ko'targan   toshkentliklar   o'ldiradilar.   Bundan
g'azablangan Imomqulixon Toshkent aholisini qirg'in qiladi. XVIII asr boshida Toshkent
uchun Jung'oriya xonligi   bilan   Qozoq xonligi o'rtasida ko'p urushlar  bo'ladi. 1723 yilda
qozoqlar   engilib,   Toshkent   Jung'or   xoni   Galdan-TSiren   qo'liga   o'tadi.   Bu   davrda
Toshkent aholisi uzumchilik hamda poliz ekinlari, bug' doy,  tariq,  arpa,  suli, zig'ir, kunjut
etishtirish  bilan  shug'ullangan.
SHahar   rastalarida   ipak   mato   ip-gazlama,   zarbof   kiyimlar   ko'p   bo'lgan.   Rus
savdogarlari   Toshkentga   movut,   qunduz   terisi   va   turli   bo'yoqlar   keltirishgan.   Toshkent
bilan   Balh   Xiva,   Buxoro,   Samarqand,   Qulob,   SHahrisabz   va   boshqa   shaharlar   o'rtasida
savdo-sotiq   rivojlangan.   Pul   muomalasi   u   davrda   hali   yaxshi   rivojlanmagan   edi.
Toshkent   aholisiga   xonlik   g'alla   va   qoramol   bilan   to'lanadigan   maxsus   soliq   (hosilning
o'ndan   bir   qismi   miqdorida)   solgan.   Jung'oriya   xonligi   barham   topgandan   keyin   (1758
yil) Katta o'rda hujumlari natijasida Toshkent ko'p zarar ko'radi.
XVIII   asr   o'rtalarida   Toshkent   tort   daha   (Sebzor,   Ko'kcha,   Beshyog'och,
SHayxontahur)   ga   bo'lingan   bo'lib,   ularning   har   birini   mustaqil   hokim   boshqargan.   Bu
davr   tarixda   «CHor   hokim»   (tort   hokim)   nomi   bilan   mashhur.   SHaharning   devori
(uzunligi 14   km) va   Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Sag'bon, CHig'atoy, Ko'kcha, Samar-
qand, Kamolon, Beshyog'och, Qo'qon, Qashqar, Qo'ymas degan 12  ta  darvozasi bo'lgan.
XVIII   asrning   oxirlarida   SHayxontahur   dahasining   hokimi   YUnusxo'ja   qolgan
uch   daha   hokimligini   ham   o'z   tasarrufiga   olib,   Toshkentda   feodal   tarqoqlikka   chek
qo'yadi.   Bir   necha   harbiy   yurishdan   so'ng   u   Katta   o'rdadan   Toshkent   atrofidagi
qishloqlarni   qaytarib   olishga,   Toshkent   aholisiga   tinchlik   bermayotgan   ko'chmanchi
qozoqlarni bo'ysundirishga muvaffaq bo'ladi.
1799   yili   Qo'qon   qo'shinlari   Toshkentni   qamal   qildi,   ammo   toshkentliklarning
kuchli zarbasiga uchrab, orqaga qaytadi. 1800 yili YUnusxo'ja Qo'qon xonligi ga qarashli
Quramani   bosib   oladi.   Biroq   1807   yili   Qo'qon   qo'shinlari   bilan   bo'lgan   jangda
YUnusxo'ja   engilib,   Quramani   qaytarib   beradi.   YUnusxo'ja   vafot   etgach   (1810   yili),
Toshkentga   uning   o'g'li   Sultonxo'ja   hokim   bo'ladi.   YUnusxo'janing   o'limidan
foydalangan Qo'qon xoni Olimxon o'z ukasi Umarxon qo'mondonligida qo'shin yuborib,
Toshkentni egallaydi  va  unga Sultonxo'janing ukasi Hamidxo'jani hokim qilib tayinlaydi.
Hamidxo'ja Qo'qonga bo'ysunmay qo'yadi. Natijada Olimxon shaxsan o'zi qo'shin tortib,
Toshkentni   Qo'qon   xonligyga   uzil-kesil   qo'shyb   oladi.   SHundan   boshlab   Toshkent
hokimi faqat Qo'qon xoni tomonidan tayinlanadigan bo'ldi.
XIX  asr o'rtalarida Toshkent O'rta Osiyoning Rossiya  bilan  savdo-sotiq qiluvchi
eng yirik markaziga aylanadi.
Rossiya   bilan   O'rta Osiyo shaharlari olib borayotgan savdo-sotiqning 40%i birgina
Toshkentga   to'g'ri   kelar   edi.   Har   yili   Orenburg   va   Semipalatinsk   shaharlari   ga
Toshkentdan   paxta,   paxta   mahsulotlari,   ipak,   guruch,   quruq   mevalar,   jun   va   boshqa
mahsulotlar ortilgan  tuya  karvonlari jo'natilar edi. U erdan  esa  Toshkentga ip-gazlamalar,
temir metall buyumlar, mo'yna  va  boshqalar keltirilardi.
1865   yili   Toshkent   chor   qo'shinlari   tarafidan   bosib   olindi.   1867   yildan   Turkiston
general-   gubernatorligi   Sirdaryo   viloyatining   markaziga   aylandi.   Toshkent   aholisi   ikki
yoqlama — podsho mustamlakachilar hamda mahalliy ekspluatatorlar zulmi ostida qoldi.
Ijtimoiy   va   milliy mustamlaka zulmining avjga chiqishi natijasida Toshkent mehnatkash
ommasi 1892 yilda qo'zg'olon ko'tardi.
1899   yili   Zakaspiy   temir   yo'li   bu   ergacha   etib   keldi.   1905   yili   esa   Toshkentni
markaziy   Rossiya   bilan   bog'lovchi   eng   yaqin   yo'l   —  Orenburg  —   Toshkent   temir  yo'li
qurildi.   Toshkent   asosiy   temir   yo'l   uzeli,   savdo   va   tranzit   punktiga,   ko'p   millatli
Turkiston   o'lkasining   ma'muriy-   siyosiy   markaziga   aylandi.   SHaharda   yangi   sanoat
korxonalari xamda savdo muassasalari vujudga keldi.
1813   yili   Toshkentda   III   sanoat   korxonasi,   jumladan   15   ta   paxta   tozalash   zavodi,
3,5   mingdan   ortiq   hunarmandchilik   ustaxonasi,   22   rus   va   chet   el   savdo   firmalarining
bo'limlari,   186   ta   katta-kichik   magazin   bor   edi.   Toshkent   aholisi,   asosan, xunarmandchilik, dehqonchilik, bog'dorchilik   va   savdo-sotiq   bilan   shug'ullanar edi. eski
shaharning   sharq   tarafida   yangi   shahar   barpo   qilinib,   ijtimoiy-iqtisodiy   va   madaniy
o'zgarishlar asosan Toshkentning shu qismida ro'y  bergan.  Trshkentda sanoat korxonalari
rivojlanishi   tufayli   mahalliy   kapitalistlar   sinfi   bilan   bir   qatorda   mahalliy   ishchilar   sinfi
ham   etishib   chiqa   boshladi.   Mahalliy   ishchilar   sinfi,   asosan,   paxta   tozalash,   yog'-moy,
vino-aroq, g'isht, pillakashlik korxonalari   va   boshqa korxonalar ishchilaridan, temir yo'l,
tramvay ishchilaridan shuningdek, hunarmandchilik ustaxonalaridan yollanib ishlayotgan
ishchilardan   iborat   edi.   Toshkentdagi   Bosh   temir   yo'l   ustaxonasi   (hozirgi   Toshkent
teplovoz   vagon   remonti   zavodi)ning   800   ishchisidan   120   tasi   mahalliy   millat   vakili
bo'lgan.   Turkiston   proletariatining   ko'pchilik   va   ilg'or   qismini   tashkil   etgan.   Toshkent
ishchilari   Rossiyada   sinfiy   kurash   maktabini   o'tgan   rus   ishchilari   ta'sirida   asta-sekin
siyosiy qurashga jalb etila boshlaydilar. 1903 yili Toshkentda sotsial-demokratik to'garak
tuziladi.   1904   yili   esa   dastlabki   mayovkalar   o'tkaziladi,   yashirin   bosmaxonalar   tashkil
qilinadi  va  «Iskra»  gazetasi tarqatila boshlaydi.
Toshkent mehnatkashlari ham 1905—1907 yillardagi Turkiston mehnatkashlarining
g'alayonlarida   ishtirok   etdilar.   Butun   Rossiya   Oktyabr’   ish   tashlashi   podsho
hukumatining   eng   «mustahkam»   va   so'nggi   tayanchi   bo'lgan   armiyani   ham   qo'zg'atdi.
Turkiston   armiyasida   g'alayon   o'sib   bordi.   Natijada   Toshkent   Tuproq   qo'rg'oni
soldatlarining   qurolli   qo'zg'oloni   bo'ldi.   1912   yili   Lena   oltin   konlari   ishchilarining
otilishiga   javoban   Toshkent   yaqinida   joylashgan   Troitskiy   harbiy   lager’   sapyorlari
qo'zg'olon ko'tardilar.
1916   yil 25 iyunda podsho Nikolay II «imperiyadagi begona aholi erkaklarini»
mardikorlikka   safarbar   qilish   to'g'risida   farmon   berdi.   Turkistonning   tub   aholisi
safarbarlikka   qarshi   norozilik   namoyishlari   o'tkazdi.   Joylarda   bu   harakat   qo'zg'olonga
aylandi.  Jumladan, Toshkent mehnatkash ommasi 4 iyulda qo'zg'olon ko'tardi.
1917   yil   25   oktyabrga   o'tar   kechasi   Petrogradda   qurolli   qo'zg'olon   boshlanib,
muvaqqat   hukumat   ag'darib   tashlandi,   hokimiyat   ishchi   va   soldat   deputatlari   Petrograd
Soveti qo'liga o'tdi.
G'alayonda   qatnashgan   ishchilarning   g'alabalari   to'g'risidagi   xabar   27   oktyabrda
Toshkentga ham etib keldi. Bu xabardan ruhlangan ishchilar burjua hokimiyatiga qarshi
qurolli   qo'zg'olon   ko'tardilar.   28   oktyabrda   qo'zg'olonchilar   qo'mitasi   tuzildi.   Qo'mita
Toshkent   ishchilar   va   soldatlarining-   qo'zg'olondan   norozi   bo'lgan   kuchlarga   qarshi
kurashiga   boshchilik   qildi.   O' sha   kuni   soat   6   da   temir   yo'l   ustaxonasi   gudok   chalib,
qurolli   qo'zg'olon   boshlashga   signal   berdi.   Qo'zg'olon   31   oktyabrgacha   davom   etdi.
Qo'zg'olon   natijasida   1   noyabrda   Toshkentda   yangi   hokimiyat   o'rnatildi.   Lekin   bu
hokimiyat Turkiston xalqlariga ozodlik keltirmadi.
2-   jahon   urushi   gacha   besh   yilliklar   davrida   Toshkentda   bir   qancha   sanoat
korxonalari   —   «Qizil   tong»   tikuvchilik   fabrikasi,   «O'rtoq»   tamaki   fabrikasi,   poyabzal
fabrikasi,   mashinasozlik   zavodi,   Toshkent   to'qimachilik   kombinati,   metallsozlik   zavodi
va  boshqalar qurildi.
O'zbekiston   bo'yicha   Toshkentda   birinchi   bo'lib   GOELRO   rejasini   amalga   oshirishga
kirishildi. Bo'zsuv, Qodiriya va BO'rjar GES lari bunyod qilindi. 2- jahon urushi yillarida
ko'pgina   g'arbiy   rayonlardan   sanoat   korxonalari,   oliy   o'quv   yurtlari,   madaniy-maishiy
muassasalar   Toshkentga   ko'chirildi.   Toshkent   mamlakatning   eng   yirik   sanoat
markazlaridan   biriga   aylanib   qoldi.   Ikkinchi   jahon   urushi   davrida   O'zbekiston   Qizil
Armiyaning qudratli arsenaliga aylanib qoldi.
Sovet   hukumati   nemis   bosqinchilariga   qarshi   umumiy   harbiy   safarbarlik   o'tkazdi.
O'zbekistonning   harbiy   xizmat   yoshidagi   minglarcha   aholisi,   shu   jumladan   o'zbek
yoshlari   xam   Vatanni   yovuz   bosqinchilardan   himoya   qilish   uchun   urush   maydonlariga
jo'nab   ketdilar.   O'zbek   jangchilari   Vatan   urush   frontlarining   hammasida   kurash   olib
bordilar.   Minglab   jangchilarimiz   Sankt-Peterburg,   Moskva   mudofaalarida   ishtirok
etdilar. O'zbek jangchilari Ukraina, Belorussiya, Qrim, Boltiq bo'yi respublikalarini ozod
qilishda qatnashdilar. Urush davrida 118 ming o'zbek jangchilari xar   xil   davlat   orden   va medallari bilan mukofotlandi va 65 kishi «Qahramon» unvoniga sazovor bo'ldi.
Ikkinchi   jahon   urushi   maydonlarida   minglarcha   o'zbek   yoshlari   qo'rqmas
razvedkachi,   mohir   snayper,   dovyurak   tankchi,   to'pchi,   ziyrak   partizanlar   sifatida   dong
chiqardilar.
Urush   yillarida   o'zbek   xalqi   frontni   qurol,   oziq-ovqat   va   kiyim-kechak   bilan
ta'minlashda katta xizmat ko'rsatdilar.
O'zbek   xalqi   O'zbekistonga   ko'chirib   keltirilgan   korxonalarni   joylashtirish,   front
talabini  qondirish uchun  bir qancha  yangi korxonalar, zavod-fabrikalarni  ishga tushirdi.
Bu   korxona,   zavod-fabrikalarni   ishga   solish   uchun   energetika   bazasini   kengaytirish
uchun Toshkent vohasida 6 GES, Farg'ona vodiysida issiqlik elektrostantsiyasini qurish,
CHirchiq   va   Bo'zsuvda   5   GES,   Sirdaryoni   bo'g'ib   Farhod   GES   lari   qurildi.   SHunday
qilib, urush yillarida O'zbekiston sanoatining barcha tarmoqlari kengaydi.
Qishloq xo'jaligida ham xalqimiz fidokorlik namunalarini ko'rsatdi. Jamoa xo'jaligi
mehnatkashlari   tashabbusi   bilan   40   —   42-yillarda   SHimoliy   Toshkent   kanali   «xashar»
yo'li   bilan   qurilib,   Moskva,   Sankt-Peterburg   va   Toshkent   aholisini   oziq-ovqat
mahsulotlari bilan ta'minladilar.
Urush o'zbek xalqini og'ir sinovdan o'tkazib, yuqori darajada chiniqtirdi. Toshkent
sanoati   1943   yilda   1940   yildagiga   nisbatan   3   baravar   ko'p   mahsulot   berdi.   Ukraina,
Belarussiyaning   g'arbiy   rayonlaridan   Toshkentga   vaqtincha   ko'chirilgan   aholi   boshpana
va ish bilan ta'minlandi.
Ko'chirib keltirilgan bolalarga alohida g'amxo'rlik qilindi. Bir qancha bolalar uylari
ochildi. Minglab Toshkentliklar bolalarni o'z qaramog'iga oldilar. Toshkentlik SHoahmad
va Bahri SHomahmudovlar oylasi 15 ta turli millat bolalarini, Bahrixon Ashurxodieva 8
bolani olib parvarish qildilar.
Urushdan   keyingi   yillarda   Toshkendagi   og'ir   sanoat   tarmoqlari   tez   sur'atlar   bilan
rivojlandi.   Yirik   sanoat   korxonalari   —   «O'zbeksel’mash»,   «Ekskavator   zavodi»,
«Tashtekstil’mash»,   «Tashxlopkomash»,   «Tashkentkabel’»,   Toshkent   yog'-moy
kombinati, Toshkent karborund zavodi, mashinasozlik, elektrolampa va elektromexanika
zavodlari, yirik panelli uysozlik kombinati va boshqalar qurildi. eski sanoat korxonalari
ta'mirlanib   yangi   asbob-   uskunalar   bilan  jihozlandi.   YAlpi  sanoat   mahsuloti   1917  yilga
qadar ishlab chiqarilgan mahsulotga nisbatan 150  marta  o'sdi.
1966 yilgi zilziladan keyin Toshkent qardosh respublikalar yordamida, yangi bosh
reja   asosida   qurildi.   Toshkent   birodarlashgan   shaharlar   jahon   federatsiyasining   a'zosi,
birodarlashgan shaharlar birinchi konferentsiyasining qatnashchisidir. 8 ta chet el shahri
—   Qarochi   (Pokiston),   Patiala   (Hindiston),   Tunis,   Tripoli   (Liviya),   Marokash,   Bamako
(Mali), Skople (YUgoslaviya) va Sietl (AQSH) bilan birodarlashdi.
Hozirgi kunda Toshkent tanib bo'lmas darajada o'zgarib bormoqda. SHahar loyixasi
me'morlar tomonidan qayta ishlanib, milliy  uslubdagi turar  joy dahalari qad ko'tarmoqda.
Uning   keng   asfal’tlangan   ko'chalari,   osmono'par   uylari,   o'nlab   madaniyat   va   istirohat
bog'lari, yuzlab kinoteatrlari shahar mehnatkash ommasiga xizmat qilmoqda.
Toshkent   shahri   va   uning   vohasi   iqlimi   mo''tadil,   daryolari   sersuv,   tuprog'i
kimyoviy   elementlarga   boy   bo'lishi,   bu   vohada   sug'orma   dehqonchilikning   qadimdan
rivojlanishiga qulay sharoit yaratgan.
Toshkent   vohasi,   shu   jumladan   shaharni   CHirchiq   daryosi   ob-hayot   bilan
ta'minlaydi. CHirchiq daryosining o'ng sohilini 120 ta,   chap   sohilini   esa   katta-kichik 41
ta   kanal   va   ariqlar   o'z   suvlari   bilan   ta'minlaydi.   Demak,   bu   ariq   va   kanallarning
gidrotoponimikasini   batafsil   bayon   qilish,   bu   toponim,   gidronim   va   etnonimlarni   ilmiy
jixdtdan   tahlil   qilish   kitob   hajmini   yanada   kengaytirib   yuboradi.   SHuning   uchun   biz
Toshkent   shahrining   asosiy   suv   arteriyasi   bo'lgan,   CHirchiq   daryosidan   bosh   oladigan:
Iskandar, Zahariq, Bo'zsuv, Anhor, Kaykovus,   Solar,   Qorasuv kabi kanallar, shaxdrdagi
ayrim nomlarning toponimikasi haqida fikr yuritamiz, xolos.
Bo'zsuv   —   Toshkent   shahrini   oralab   o'tadigan   kanal   nomi.   N.   G.   Mallitskiy
Bo'zsuvni «buzoq suvi» deb  izohlaydi.  Orenburg  oblastidagi Buzuluk daryosining nomini ham ba'zilar Buzoq suv deb atashadi. Aslida  esa  Bo'zsuv suv rangiga ko'ra shunday nom
olgan.   SHunisi   qiziqki,   CHirchiqning   bosh   irmoqlaridan   biri   Ko'ksuv   deb   ataladi,
xdqiqatan xdm bu suv shishaday ko'm-ko'k.
Solor   so'zining   kelib   chiqishini   ham   xdr   kim   xar   xil   taxlil   qiladi.   Ayrimlar   sipoh,
solor, ya'ni «bosh qo'mondon» nomi bilan atalgan bo'lsa kerak, deb taxmin qilishsa, yana
birlari solor ariqbosh ariq, davrlar o'tishi bilan ayrim so'zlari qisqarib solor bo'lib ketgan,
deydilar.   SHuni   aytish   kerakki,   Solor   arig'i   vaqf   hujjatlarida   Rudak   shaklida   ham   qayd
qilingan   fors-tojik   tilida   ariq,   «ak»   kichraytirish   affiksi   bo'lib,   «cha»   qo' shimchasiga
to' g'ri   keladi.   Akademik   YA.   G'.   G'ulomov   bu   ariq   milodimizning   boshlarida   qazilgan.
ammo   Solor,   Kaykovus   nomlari   haliga   qadar   ma'lum   emasligi,   Afrosiyob,   Zolariq
nomlari ham keyingi asrlarda «SHohnoma» kitobi ta'siri ostida maydonga kelgan bo'lsa
kerak, degan fikrni aytadi.
Qorasuv   —   Toshkent   vohasini   suv   bilan   ta'minlay   digan   va   CHirchiq   daryosidan
bosh oluvchi ikkita kanal — o'ng qirg'oq Qorasuv va  chap  qirg'oq Qorasuv kanallari. Bu
so'z   fors-   tojik   tilida   siob   yoki   siyohob   ham   deyiladi.   Bu   nom   bilan   yuritiluvchi   otlar
respublikamizda   juda   ko'p   uchraydi.   Samarqand   viloyatida   bunday   ariqlarni   Siob   deb
yuritishadi.   Siob   so'zini   xdm   ba'zi   olimlar   o'zlaricha   har   xil   tahlil   qiladilar.   Afrosiyob
jarliklaridan oqib o'tadigan Qorasuv - Siobning nomini si —   ob,   ya'ni «O'ttiz suv»   ham
deyishadi.   V.   L.   Vyatkin   so'zi   bilan   aytganda,   Oqsuv   atamasi   tog'   daryolariga   taalluqli
bo'lib, Qorasuv  esa  fors-tojikcha Siob yoki siyohobqora suv degan ma'nolarni anglatadi.
Haqiqatan   ham   chashma   suvlari   turkiy   tillarda   Qorasuv   deb   yuritiladi.   V.   V.
Bartol’dning ta'rificha, Siob turkcha qora suv demakdir.   Bobur esa   bu ariqni Obirahmat
deb   atagan.   Hozirgi   davrda   ham   Siobning   boshlanishi   Qorasuv   deb   yuritiladi.   Ayrim
vaqtlarda   Qoradaryoni   ham   tojikchasiga   Siobi   kalon   deb,   ya'ni   katta   Qorasuv   deb
atashadi.
Xadra  — Toshkentdagi hozirgi Xadra maydoni. YA. G'. G'ulomov, H. T.  Zaripov,
H. Hasanovlarning fikricha, xadra — xaddi rox «chegara, chekka» degan ma'noda bo'lib
xon   o'rdasining   chegarasi   hisoblangan.   F.   Abdullaev   esa   xadra   past-baland,   tashlandiq,
yaroqsiz,  er  ma'nosidagi adrang so'zini asta-sekin buzib talaffuz qilinishi natijasida xadra
bo'lib qolgan, deydi. Fikrimizcha, oldingi olkmlarning so'zi haqiqatga  ancha  yaqin. Xadra
chegara ma'nosini anglatadi.
Beshyog'och   so'zi   masofani   o'lchash   uchun   ishlatilgan   tosh,   farsang   ma'nosini
bildiradi.   Bu   o'lchov   (bir   yog'och   7   —   8   kilometrga   teng   bo'lgan)   yog'och   o'lchov
so'zidan kelib chiqqan bo'lishi mumkin.
Bo'rjar.   Ilgarilari   bu   erda   bo'ri   yoki   chiyabo'ri   ko'p   bo'lganligi   uchun   shu   nom
berilgan   deyiladi.   Ayrimlar   esa   bu   er   jarliklardan   iborat   bo'lib,   unda   faqat   bo'rilar
yashagan   desalar,   ba'zi birovlar bu nom «bo'z —   oqish   va   jar»  so'zlarining o'zgarishidan
kelib chiqqan, deydilar.
Jangob   —   Toshkent   shahridagi   hozirgi   A.   Qodiriy   nomli   madaniyat   va   istirohat
bog'ining   o'rni.   To'g'risi,   janggoh   —   «goh»   toponim   yasovchi   affiks   bo'lib,   asl   ma'nosi
joy,   o'rin,   maydon   demakdir;   poytaxtimizdagi   nomozgoh   guzari   —   juma   kunlari   va
hayitlarda   jamoat   bo'lib   namoz   o'qiladigan   joy   bo'lgan.   Toshkent   dahalari   ana   shu   erda
jang   qilishgan,   degan   fikrlar   mavjud,   ammo   bu   joy   faqat   jang   emas,   xo'roz,   qo'chqor
urishtirib, hordiq chiqaradigan joy degan ta'riflar ham mavjud.
Darxonariq   —   Mo'g'ulcha   «darhon»   so'zidan   tarkib   topgan   bo'lib,   ma'nosi
«majburiyatlardan   to'la   ozod   qilingan»   demakdir.   Bunday   nomlar   ko'p   uchraydi.
Masalan,   Samarqand   viloyatining   Ishtixon   rayonida   Boshdarxon,   Jo'raboydarxon,
Ozoddarxon,   Naymandar-xon,   Po'latdarxon,   Qirqdarxon   degan   qishloqlar   bor.   Bu   so'z
o'zbek   tilida   «tarxon»   shaklida   ishlatiladi.   Tarxon   —   xohlagan   narsasini   qila   oladigan;
harbiy   xizmatdan   butunlay   ozod   kishidir.   Tarxonlar   har   qanday   jinoyat   qilsalar   ham,
to'qqiz nafargacha afv etilgan. Tarxonlik XV asrda ayniqsa avj olgan  va  feodallarga keng
imtiyoz berishning bir vositasi hisoblangan. Temuriylar davlatida tarxonlar qo'lida yirik
erlar   va   katta   hokimiyat   bo'lgan.   Tarxonlik   O'rta   Osiyoda   xdm   saqlanib   qolgan.   Ba'zan ayrim kishilargina emas, balki butun bir shaxdr aholisiga tarxonlik huquqi berilgan.
Arpapoya   so'zi aslida arpaning   poyasi   yoki   arpa   ekiladigan joy bo'lmasa kerak. H.
Hasanov   ma'lumotiga   ko'ra,   Aropa   deganda   o'rda   chetidagi   xandaq   tushunilgan.   Aropa
asta- sekin Arpapoya bo'lib o'zgarib ketgan bo'lishi mumkin. Aropa (Arofa)   «balandlik»
ma'nosidagi  «arfa»  so'zining ko'pligi bo'lishi ham mumkin.
Anhor   atamasi   arabcha   nahr   (daryo,   kanal)   so'zining   ko'pligi.   Akademik   YA.   G'.
G'ulomovning fikricha, Bo'zsuv kanali shahar ichkarisiga kirgan hozirgi Semashko nomli
shifoxona yonida g'arbga — Kaykovus nomi   bilan,   janubga — Anhor nomi   bilan   ikkiga
bo'linib ketgan. Har ikkala kanal milodning V — VI asrlari mobaynida qazilgan.
Eski   jo'va   —   Toshkentdagi   xon   arkining   chekkasida,   eski   harbiy   aslahdlar
saqlanadigan omborxona — jevaxona bo'lgan. Haqiqatan ham jeba (jiba) deganda sovut
yoki umuman harbiy qurol-aslaha tushunilgan. Bu o'rinda yana shuni ham aytish kerakki,
tarixiy   manbalarda,   xususan   vaqf   hujjatlarida   jo'ba   «bozor»   ma'nosida   uchraydi.
CHunonchi,   X   asr   yodgorligi   Narshaxiyning   «Buxoro   tarixi»   asarida   Buxoro
bozorlaridan biri Jubai baqqolon, ya'ni Baqqollar bozori deb atalganligi qayd qilingan.
CHaqar   deb   shahar   devorining   tashqarisidagi   qal'a   istehkomga   aytilgan.   YAna
shuni   aytish   kerakki,   chahar   degan   Mo'g'ul   urug'i   bo'lgan,   Mo'g'ulistonda   chahar   degan
joy   ham   bor.   Filologyya   fanlari   doktori   S.   D.   Nominxonov   O'zbekistonda   CHaqar   deb
nomlangan   qishloqlardan   ettitasini   sanab   o'tadi   va   bu   qishloqlar   CHaqar   degan   urug'
nomi  bilan  atalgan, deydi.
Sag'bon   atamasining   ma'nosi   «itboqar»   demakdir.   Ba'zi   birovlar   Toshkentning
shimoliy   chekkasida   Xasti   Imom   (hazrat   imom)   atrofida   non   bozori   bo'lgan,   ana   shu
erlarda   chorva   mahsulotlarini   qayta   ishlaydigan   ko'nchilik   kabi   bar   qancha
hunarmandchilik korxonalari vujudga kelgan. SHu   bilan   bir qatorda, mol olib sotadigan
jalloblarga   xizmat   qiladigan   itboqarlar   (sakbon)   ham   bo'lgan.   Ko' cha   va   ariq   nomi   ana
shundan   kelib   chiqqan,   deyishadi.   Sog'bon,   Sohibon,   ya'ni   «Sohib»lar   so'zidan   kelib
chiqqan   degan   fikr   ham   bor.   Boshqa   bir   tarixchilarning   fikricha,   Sog'bon   qadimgi
otashparastlik   e'tiqodi   bilan   bog'liqdir.   Otashparastlar   marhumni   erga   ko'mishmagan,
chunki   murda   erni   iflos   qiladi,   deb   hisoblaganlar.   SHuning   uchun   ular   o'likni   qush-
quzg'unlar   eb   ketsin,   deb   uzoqroq   joyga   olib   borib   tashlaganlar,   shahar   ichida   maxsus
joylarda   it   boqilib,   o'liklarni   ana   shu   itlarga   edirganlar,   murda   suyaklarini   esa   maxsus
idishlarda — ossuari yoki ostadonlarga solib, ko'mishgan. Sog'bon mahallasida ana shu
maqsadda   it   boqilgan.   XVI   asrning   boshida   Qumloq   atrofida   shayboniylardan
Suyunchxojaxonning   chorbog'i   bo'lib,   uni   bog'i   Kaykovus   (Orig'   nomi   bilan)   deb
atashgan. Sog'bon ko'chasida uning itxonasi (ov itlari) bo'lgan. Itboqarlar ham o' sha  erda
turganlar,   Sag'bon   so'zi   shun-dan   kelib   chiqqan   degan   rivoyat   ham   bor,—   deydi   B.   A.
Ahmedov.
Qorasaroy   —   Toshkent   shahar   darvozalari   ichida   Qorasaroy   darvozasi   ham
bo'lgan. Bu darvoza dastlab qopqa deb atalgan (darvoza so'zi forscha qopqa demakdir).
Ana   shu   yo'lda   zakotxona,   zakot   saroyi   qurilganidan   keyin   darvoza   Qorasaroy   deb
atalgan.
Taxtapul   — bu so'zning etimologiyasi taxta — yog'och, pul —   fors   tilida ko'prik,
ya'ni taxta ko'prik degan ma'noni bildiradi. Bu ariq qazilgach undan o'tish uchun yog'och
va   taxtadan   ko'prik   qurilgan.   SHundan   so'ng   ariqning   va   o'sha   joyning   nomi   ham
Taxtapul bo'lib qolgan.
Damachchi   — Toshkent shahridagi Taxtapul arig'idan   va   Bo'zsuvdan suv oluvchi
ariqning   nomi   Dchchi   ham   deyiladi.   Mahalliy   xalq   ariqning   suvi   sho'r   bo'lganidan   shu
nomni   berishgan.   Xdqiqatan   ham   «j»   lovchi   o'zbek   shevalarida   «achchiq»ni   «achchiy»
deyishadi.   Bu   ariq   suvni   pastlikdan   olganligi   sababli   dambalar   yordamida   dimlanib
chiqadi. Keksa otaxonlarning so'zlariga qaraganda, bu ariqni Damariq deb xdm yuritishar
ekanlar. Bu ariq suvini Damachchi kanaliga  va  Achchisoyga quyadi. Achchisoyning suvi
hdm sho'r bo'lganligidan shu nomni olganligi shubhasizdir.
CHinoz   —   CHinoz   tarixiy   asarlarda   ilk   bor   CHingizxon   davrida,   ya'ni   O'rta Osiyoga Mo'g'ul-tatarlar bostirib kirgan yili tilga olingan. Ba'zi bir tarixiy ma'lumotlarga
qaraganda,   Sirdaryo   etaklaridagi   chin   xalqi   boyonining   bir   go'zal   qizi   bo'lgan   va   bu
go'zal qizga juda ko'p  kishilar odam  qo'ytan,  lekin qiz ularni  yoqtirmagan.  Bir boyning
o'g'li  bu qizning xusnini ko'rib  hushini yo'qotgan   va   bu qiz haqiqatan ham CHin nozlik
qiz ekan deydi. Balki shu tufayli CHinoz deb atalgan bo'lsa kerak. Bundan tashqari, yana
bir afsonada aytilishicha, CHingiz Sirdaryo etaklaridagi xalqlar  bilan  bosqinchilik urushi
olib   borayotganda   bu   erdagi   chin   qabilasidagi   kishilar   oz   bo'lsa   ham   botir   va   qo'rqmas
ekanligini   aytgan.   SHu   tufayli   CHinoz   deb   atalgandir.   Rashididdinning   «Jomi'   ut-
tavorix»   asarida   chinos   degan   Mo'g'ul   qabilasi   bo'lganligi   eslatiladi,   ehtimol   Mo'g'ul-
tatarlar   bostirib   kirib,   shu   erda   chinos   qabilasidan   tarqagan   qabila   bu   joy   da   yashab
qolgandir.   Lekin   bu   hozircha   aniqlangan   emas,   ba'zi   bir   ma'lumotda   chimi   oz,
dehqonchilik qilsa bo'ladi, ya'ni chim oz so'zidan olingan deyishadi.
CHirchiq   —   Sirdaryoning   o'ng   irmog'i,   Toshkent   vohasini   deyarli   shu   daryo
sug'oradi.   Park   yoki   Parak   deb   ham   atalgan.   Obi   turk   varianti   ham   bor.   V.   V.   Bartol’d
ma'lumotlariga kora, CHir nomi birinchi  marta  Temur tarixida tilga olindi.  «Boburnoma»
da   «CHir   siyi»   deyilgan.   «Abdullanomada»   esa   «CHir   daryosi   CHirchiq   nomi   bilan
ko'proq mashhur» deyiladi. e. Mirzaev (SMGT, 257- bet),   H.   Hasanov (UOJNT, 56-bet)
«tezoqar»,   «shovullagan»   deb   izohlaydilar.   CHirchiq   vodiysida   CHirchiqning   Qolgan
o'zani bor.   «Qolgan»   so'zi gidronimlar tarkibida (Masalan, Sirdaryo Sirdaryo viloyatida,
Qolgandaryo   Farg'ona   viloyatida,   CHirchiq   shahri   esa   Toshkent   viloyatida)   ko'p
uchraydi.
Piskent   —   Toshkent   vohasining   qadimiy   shaharlaridan   biri.   X   asr   geograflarining
ma'lumotlariga   qaraganda,   Iloq   davlati   tarkibiga   kirgan.   Pushti   Mahmud   tepaligi
Piskentning   dastlabki   qismi   bo'lib,   u   VI-VII   asrlarda   shahar   qiyofasini   ola   boshlagan.
SHosh (Toshkent) dan Farg'onaga o'tgan savdo yo'lining qulay joylashganligi tufayli IX
—   X   asrlarda   bu   erda   qadimiy   tarixchilar   tomonidan   «Biskent»   deb   atalgan   shaxarcha
paydo bo'lgan,  u  «Yigirma xonadonli shahar» ma'nosini bildiradi. Piskent o'z nomini o'rta
asrlarda olgan bo'lib, o' sha   vaqtda shaharda yigirmata karvonsaroy bo'lgan   va   ular orqali
Toshkentdan Qo'qon, Xo'jand kabi bir qancha shaharlarga savdo yo'li o'tgan.
Parkent   —   bu   qishloq   Toshkentdan   50   —   60   kilometr   uzoqlikda   joylashgan.
Qishloqning   Parkent   deb   nomlanishi   haqida   xalq   orasida   turli   fikrlar   va   afsonalar
mavjud.   Ayrim   kishilar   bu   qishloq   oldin   bir   necha   qishloqlardan   iborat   bo'lib,   Parkent
ularning   birlashishidan   tashkil   topgan,   desalar,   boshqalar   qishloqning   qoq   o'rtasidan
kesib o'tgan Parkent soyi sababli qishloq teng ikkiga bo'lingan   va   shuning uchun uning
nomi   Parkent,   ya'ni   juft   deydilar.   Lekin   qishloq   nomining   asl   ma'nosi   haqida   aniq
ma'lumotlar yo'q.
Iskandar   —   bu   CHirchiqdan   birinchi   suv   oluvchi   kanalning   nomi.   1889   yili   bu
kanal o'rnida kichik bir   «sart»   arig'i bo'lgan, bu ariqni podsho Aleksandrning qarindoshi
Konstantin Romanov qayta qurdirib, unga  «Oq  podsho» Aleksandr nomini qo'ydiradi. U
joy   obo   donlashtirilib,   axoli   yashay digan   joyga   aylantiriladi   va   erli   xalq   odatiga   ko'ra
Aleksandrni   Iskandar   deb   yurita   boshlaydilar.   Hozirgi   kunga   qadar   ham   shu   nom   bilan
yuritilib kelinmoqda.
Betagali — Toshkent viloyatida Betagalisoy, Betaga-li degan joylar mavjud. Betaga
so'zi   mayda   o't   demakdir.   Bu   o't   buta-buta,   ya'ni   to'p-to'p   bo'lib   o'sadi.   ehtimol,   butaka
so'zi   vaqtlar   o'tishi   bilan   «betaga»   bo'lib   ketgandir.   Bobur   aytgandek,   betagani   ayniqsa
yilqi   yaxshi   ko'radi.   Betaga   egan   yilqi   yaxshi   semiradi.   Betagali   yaylovda   yurgan
biyalarning qimizi yog'li   va   yoqimli bo'ladi. Betagalisoy   va   Betagali — Qo'ytosh degan
joylarda   hali   ham   yilqilar   boqiladi.   Sirdaryo   va   Farg'ona   viloyatlarida   ham   Betagali   —
Qo'ytosh degan yaylov  va  yassi tog' bor.
Bog'iston   —   Toshkent   viloyati   Bo'stonliq   rayonidagi   qishloq   Hoja   Ubaydulloh,
Ahrorning   qishlog'i,   u   shu   qishloqda   tavallud   topgan   (1404—1490)   H.   Hasanov
Bug'uston, ya'ni «Bug'uli   er»   deb izohlaydi. V. V. Bartol’d «Eronning tarixiy-geografik
ocherki” asarida Bog'iston degan  joyni «Xudo  vatani» deb tarjima qilgan. (Islom dinidan oldin   bog'   so'zi   eron   tillarida   «xudo»   ma'nosini   anglatgan,   bu   so'zning   fog'   (fug')
variantlari   ham   bo'lgan.)   Bu   toponim   «bog'lar   o'lkasi»   degan   ma'noda   ham   bo'lishi
mumkin.   Profes-sor   I.   P.   Petrushevskiy   bog'iston   so'zini   ana   shunday   izohlagan.
Bog'iston   qishlog'ida   tashkil   topgan   birinchi   jamoa   xo'jaligiga   rais   bo'lgan   hurmatli
Sotiboldieva   Zinnat   opaning   fikricha,   Bog'iston   «Bog'i   bo'ston»   degan   so'zdan   kelib
chiqqan bo'lishi kerak.
Burchmulla   —   Toshkent   viloyati   Bo'stonliq   rayonidagi   qishloq.   Ba'zi   birovlar
Ko'ksuv   bilan   CHotqol   suvlari   qo'shilgan   burchakda   bir   mulla   o'tirgan   ekan,   shuning
uchun ham Burchmulla, ya'ni mullaning burchi (burchagi) deb atalgan, deyishadi. Aslida
bu nomning   «mulla»   so'ziga hech qanday aloqasi yo'q. Ikkala so'z — mulla,   burch (burj)
so'zlari ham minora degan ma'noni anglatadi.
Gazarma   —   Toshkent   viloyat   Burchmulla   yaqinidagi   qishloq   (joy).   XX   asr
boshlarida   bu   erda   mis   koni   ishga   tushirilib,   konda   ishlaydigan   rus   soldatlari   uchun
Piskom   tizmasi   yonbag'irlarida   Ko'ksuvdan   ancha   balandlikda   kazarmalar   qurilgan.
Keyinchalik   kon   ishlatilmay   qoladi,   lekin   kazarma   so'zi   Gazarma   shaklida   joy   nomi
sifatida saqlanib qolgan.
Degrezlik   —   Toshkentning   qadimgi   mahallalaridan   biri.   Bozorga   yaqin,   Xadra
maydonida   joylashgan.   Toshkent   qayta   qurilgandan   keyin   Degrez   mahallasining   ko'p
qismi   buzilib   ketdi.   Bu   erda   hozir   fontan,   tsirk   va   bir   qancha   imoratlar   qurilib   ketgan.
Deg(dek)   qozon,   degrez   —   qozon   quyuvchilar,   cho'yan   quyuvchi   degan   so'z.   Mahalla
aholisining asosiy kasbi cho'yan, jez, abjush — etti qotishma quyish bo'lgan.
Oqtepa —  bu  so'z  «dehqon»  so'zi  bilan  bevosita aloqador. Dehqon atamasi V — VI
asrlarda paydo bo'lgan. Dehqon ilk o'rta asrlarda yirik   er   egasi bo'lgan. Bu tabaqa to XI
—   XII   asrlargacha   mamlakatda   hukmron   sinf   bo'lib   kelgan.   XII   asrdan   so'ng   dehqon
atamasi   oddiy   qishloq   mehnatkashlari,   degan   ma'noni   oladi.   Odatda   feodal   dehqonlar
to'g'on   boshida,   atrofi   devor   va   handaqlar   bilan   to' silgan   mustahkam   qo'rg'onlarda
yashaganlar.   Bunday   qo'rg'onlar   davrlar   o'tishi   bilan   vayron   bo'lib,   xarobalarga   aylanib
qolgan.   Bu   xarobalar   hozirgi   vaqtda   «oqtepalar»   deb   yuritiladi.   Masalan,   Toshkent
shaharida  mana  shunday 8  ta  Oqtepa mavjud.
Do'rmon   —   Do'rmon,   Do'rmoncha,   YUqori   DO'rmon   degan   nomlar   Toshkent
voxasida  juda   ko'p  uchraydi.  Bu  so'z   Mo'g'ul   urug'laridan  birining  nomi  bo'lib,   ma'nosi
Mo'g'ul   tilida   «tort»   demakdir.   Bu   so'zni   ba'zi   kishilarning,   olimlarning   afsonaviy
qahramon Durmon bahodir nomidan olingan deyishlari to'g'ri emasdir.
Jahonobod — Toshkent viloyati Qibray rayonidagi bir qishloq.Ilgarigi nomi Nanay.
1966 yilda O'zbekistonda yangi hokimiyatni o'rnatish  va  mustahkamlash uchun kurashda
faol ishtirok etgan Jahon Obidova nomiga qo'yilgan.
No'g'ayqo'rg'on   —   Toshkent   shahridan   oqib   o'tgan   Solorning   Jo'n   ariqqa
quyiladigan joy atrofida o'rnashgan qishloq. Hozir shahar hududiga qo'shilib ketgan. Bu
erda   dastlab   no'g'aylar   kelib   o'rnashgani   uchun   shunday   nom   olgan.   O'tgan   asrning
boshlarida Toshkent Qo'qon xonligi tarafidan bosib olingandan keyin Toshkentga  ko' chib
kelgan tatarlarga joy beriladi. Qo'qon xoni Madalixon  yoki Muhammadalixon  (1822 —
1842   yy.),   g'arbda   Jo'yi   tarxon   (hozirgi   Darhon)   arig'idan   sharqda   to   Qorasuvgacha,
undan   janubda   Sovuq-buloqqacha,   shimolda   Solor   arig'igacha   bo'lgan   erlarni   tatarlarga
in'om etib, oliq-soliqlardan ozod qiladi.
Obdon   —   Toshkent   viloyati   Pskent   xududidagi   tog'.   Tojikcha   —   ob   va   don
so'zlaridan   olingan   bo'lib,   «suvxona»,   suv   ko'p   joy   ma'nosini   bildiradi.   Suv   inshooti,
sardobaning   kichikroq   turi   ham   obdon   (ovdan)   deyiladi.   O'rta   Osiyo   va   Ozarbayjonda
obdon inshootlari ko'p bo'lgan.
Pasra   —   (fasra).   Toshkentning   SHayxontahur   dahasidagi   mahallalardan   birining
nomi   (shahar   tashqarisidagi   ekin   joyi).   Solor   arig'ining   chap   sohilida   CHirchiqqa
ketadigan   temir   yo'l   yonida   bo'lgan   kichik   ekin   maydoni.   Ozroq   ekin   ekib   olish   pasra
deyilgan.   Ba'zan   tomorqani   ham   pasra   deyishadi.   Qashqadaryo   viloyati,   YAkkabog'
rayonida hdm Pasra nomli qishloq bor. Rudak   — Toshkent shahrining oltin kamari, deyarli shaharni oralab o'tuvchi Solor
arig'ining eski nomi. Rud — fors-tojik tilida   «katta   ariq» degan so'z. Ba'zan daryo ham
rud   deyiladi.   Bu   atama   eski   asarlarda,   jumladan   «Boburnoma»da   uchraydi.   Rudxona
so'zlari   ham   shu   atamadan   olingan.   Rudxona   —   daryo   o'zani.   YA.   G'.   G'ulomovning
ma'lumotlariga qaraganda, Xorazmda rudxona atamasi ishlatilgan. SHunday qilib, Rudak
nomining   birinchi   qismi,   ya'ni   Rud   «ariq»   suv   degan   so'z,   «ak»   esa   toponim   yasovchi
affiksdir. Buyuk tojik shoiri Rudakiy tug'ilgan qishloq ham shu  nom bilan  ataladi.
Sarog'och   —   (Sariog'och)   —   Toshkent   yaqinidagi   qishloq.   Qozoqlar   Sarmagash,
ya'ni   «sariq   daraxt»   ham   deyishadi.   Sariog'och   toponimi   qurib,   sarg'ayib   borayotgan
daraxt (O' simlik) nomidan kelib chiqqan.
Teyit   —   YUqori   CHirchiq   rayonidagi   qishloq.   Teyit   so'zi   qirg'iz   —   qipchoqlar
urug'ining   nomi.   Andijon   viloyati   Xo'jaobod   rayonidagi   Qorateyit,   Teyit,   Sariteyit
qishloqlarining nomi ham ana shu etnonimlar  bilan  bog'liqdir.
Turkman   — Toshkentdagi sobiq   «turkman   bozori». O'zbekistonda joy nomi   bilan
uchraydigan   etnonim.   Ba'zi   birovlar   (V.   G.   Mogakova)   Samarqand   va   Buxoro
viloyatidagi   turkmanlarni   turkman   millatiga   mansub   etnik   guruh   deb   hisoblaydilar.   K.
SHoniyozov   esa   bu   turkmanlar   o'zlaricha   mustaqil   etnik   guruh   bo'lib,   o'zbek   millati
tarkibiga kiradi, deb hisoblaydi.
Xonariq   —  Toshkent   yaqinidagi   To'ytepadan  boshlanadigan  ariq   (kanal).   Bu   ariq
o'tgan asrning 40- yillarida Qo'qon xoni Madalixon (Muhammadalixon) davrida qazilgan
va  xon sharafiga shunday  nom  berilgan.
CHotqol   —   CHirchiq   daryosining   bosh   irmoqlaridan   biri.   Talas   Olatovlaridan
boshlanadi. CHotqol qadimgi fors-tojik tilida  «qayin»  demakdir. CHotqol daryosi bo'yida
tojiklar yashaydi, shuning uchun shu   nom bilan   ataladi. O'simlik   va   hayvonlarning  eski
nomlari   hech   qanday   qo'shimchasiz   ham   toponim   shaklida   uchraydi   (So'kso'k,   Do'lta,
Qo'lon  va  hokazolar).
Paxta   mahallasi   —   Toshkent   shahridagi   mahallaning   nomi.   Paxta   mahallasi
deyilishiga   sabab,   hozirgi   mahalla   o'rnida   paxta   zavodi   bo'lgan.   Bu   joylar   allaqachon
Toshkent  shahriga qo' shilib  ketgan   va   yangi  imoratlar qurilib, katta bir  mahalla tashkil
topgan. Mahalla hozir ham Paxta mahallasi deb yuritiladi.
Qashqar   —   Toshkent   shahar   mahallalaridan   biri.   Bu   joyni   o'tgan   asrning   40-
yillarida   SHarqiy   Turkistondan   qochib   kelgan   qashqarliklar   obod   qilgan.   Manjurlardan
engilib  qaytgan Qo'qon  xoni  Madalixon   bilan   birga kelishgan. Ular  Qo'qon  xonligining
Toshkentdagi   tayanchi   hisoblangan.   Keyinchalik   Oqqo'rg'on   darvozasi   ham   Qashqar
darvozasi   nomini   olgan.   Qashqar   mahallasi   1966   yilgi   Toshkent   zilzilasidan   eng   ko'p
zarar   ko'rgan   joylardan   biri   bo'ldi.   Hozir   bu   erda   ko'p   qavatli   zamonaviy   binolar   qad
ko'targan.
Qurama   —   Toshkent   viloyatidagi   tog'   va   qishloqning   nomi.   Qurama   so'zi   va
quramalarning kelib chiqishi masalasini professor V. V. Reshetov   ancha   batafsil yoritib
bergan.   Qurama haqiqatan ham   «aralash   — quralash» degan so'zdir. V. V. Reshetov bir
qancha   lingvistik,   tarixiy   dalillardan,   vaqf   hujjatlaridan   foydalanadi.   Xo'ja   Ahrorning
vaqf hujjatlarida (hijriy 860 y.) qurama degan joy nomlari tilga olinadi. Demak, qurama
degan   so'z   va   qurama   xalqi   XV   asrdayoq   mavjud   bo'lgan.   V.   V.   Reshetov   quramalar
Ohangaroi vohasiga kelib o'rnashgan davrda tarkib topgan, ular turkiy, Mo'g'ul  va  boshqa
elatlarning'   chatishib   ketishidan   vujudga   kelgan,   XV   —   XVI   asrlarda   esa   quramalarga
so'nggi   marta   ko'chmanchi   o'zbeklar,   undan   keyin   esa   qozoqlar   kelib   qo'shilgan,   degan
xulosa   chiqaradi.   Ohangaron   vohasidan   boshqa   erlarda   ham   quramalar   bo'lgan.   V.   V.
Reshetovning yozishicha, Toshkent   bilan   Xo'jand orasidagi xalqlar qurama deb atalgan.
Karki   shahri   xalqi   ham   qurama   deyilgan.   Arkin   urug'ining   ma'nosi   ham   aslida   qurama
degan  so'zni  anglatadi.  Samarqand  viloyatining  Xatirchi  rayonida,  Andijon  viloyatining
Jalolquduq rayonida Qurama degan qishloqlar bor.
Qurbaqaobod   -   Toshkentning   shimoli-g'arbidagi   guzar-mahalla.   N.   G.
Mallitskiyning   ma'lumotlariga   kora,   bu   joy   zah   sizot   bo'lganligidan   qurbaqalar   ko'p bo'lib,   Qurbaqaobod   degan   kulgili   nom   olgan.   Hozir   bu   joyga   eng   zamonaviy   binolar
qurilib, Birlik dahasi deb  nom  berilgan.
Baytqo'rg'on   — Qibray rayonidagi qishloq. CHirchiq daryosining o'ng qirg'og'iga
joylashgan.   Keksalarning   so'zlariga   qaraganda,   qishloq   atrofi   qamishzor   va
to'qayzorl ardan   iborat bo'lib, faqat bu erda Baytiboy degan bir qozoq boyning qo'rg'oni
bo'lgan. Keyinchalik Qibray  va  Toshkentdan dehqonlar  ko' chib kelishib, uylar solishib,  u
erni   obod   qilishgan   va   Baytiboy   nomi   bilan   Baytiqo'rg'on   bo'lib   qolgan   deyishadi.
Ayrimlari   Baytiqo'rg'onga   shahardan   olimlar   kelib,   g'azalxonlik,   ya'ni   baytxonlik
qilishgan, shuning uchun shunday  nom  berishgan deyishadi.
YUnusobod   —   Toshkent   shahrining   yangi   dahalaridan   biri.   Bu   joy   1917   yildan
keyin  tashkil  topgan.   Usha  qishloqni   barpo  qilishda  ishtirok   etgan   keksa  kosib  Abdulla
ota   Nu'monov   va   o'tkir   ota   Hoshimovlar 1919 yilda taxtapullik kosib YUnus ismli kishi
o' sha   joyda   chayla   qurib,   atrofidagi   bo'sh   yotgan   erlarni   o'zlashtirib   olgan.   Keyinchalik
ko'pgina   taxtapullik   kishilar   qatori   biz   ham   ko' chib   kelganmiz   va   yangi   er   ochib
dehqonchilik   qilganmiz,   deydilar.   O'shalarning   aytishlaricha,   birinchi   bo'lib   qo'riq   er
ochgan   YUnus   akaning   nomi   bilan   YUnusobod   bo'lib   qolgan.   B.   A.   Ahmedovning
fikricha 1784 yili Toshkent hokimi YUnusxo'ja bu joylarni obod qilganligi sababli, uning
nomi  bilan  YUnus obod deb atalgan.
YAlang'och   —   Toshkent   shahridagi   qishloqlardan   biri.   Hozir   bu   erlar   Toshkent
agrar   dorilfununi   va   bir   qator   zamonaviy   binolar   qurilgan   obod   joylardan   biri.   Bu
nomning  kelib  chiqishi  haqida  keksalar   shunday  deydilar:   «Ilgarilari  bu   erda  na  daraxt,
na   bir   odam   yashagan,   shuning   uchun   bu   erni   yalang'och,   ya'ni   hech   narsa   yo'q»
ma'nosida   ishlatganlar,   ba'zilari   bu   erda   bir   odam   yashagan,   u   kiyimsiz,   yalang'och
yurgan,   hatto   yoz   oylarida   ham   o't   (olov)   yoqib   isinib   o'tirgan,   uni   odamlar   yalang'och
devona   yoki   yalang'och   eshon   ham   deyishar   edilar,   asta-   sekin   devona   so'zi   tushirib
qoldirilib, yalang'och bo'lib qolgan deyishadi.
Qonqus   — Toshkent shaxrini oralab o'tuvchi Anhor o'z suvini hozirgi kunda ham
ikkiga, ya'ni  «Qonqus» va «CHala»  ariqlariga bo'lib beradi. Qonqus arig'ining nomi  bilan
ataluvchi qishloq hozirgi Zangiota rayonidagi kolxozning idorasi joylashgan hududni o'z
ichiga   oladi.   Qishloq   tarixi   shunday   hikoya   bilan   boshlanadi:   «Qadim   zamonlarda   shu
qishloqda yalang oyoq, yozin-qishin bir xil qiyinchilikda yashaydigan bir kambag'al bi-
rovlarning erida ketmon chopib, tirikchilik qilgan. Kunlardan bir kuni qishloq oqsoqollari
kel, shu bechora kambag'al h.am bir   parcha   eriga ega bo'lsin, umid   bilan   oramizda katta
bo'ldi-ku deydilarda, qishloqning bir chetidan qo'riq  er  beradilar. Bundan yigitning boshi
osmonga etadi. Biroq erni ishlashga hech narsasi yo'q, hamyoni quruq bu yigit shaharga
tushib ikki yil mardikorlik qiladi, choyxonada choy tashiydi, Nihoyat, 5 — 10   tanga   pul
topib beliga tugib,  ikki qop  qattiq  nonni  elkasiga ortib, qishlog'iga  keladi   va   erga   mehr
bilan   qaraydi,   qish   va   yoz   demay   ishlaydi,   ariq   qaziydi,   lekin   yigitning   eriga   suv
bermaydilar,   har   kim   kambag'alning   suvini   yo'ldan   to'sib,   o'z   erlarini   sug'oraveradi.
Baxor   o'tib   yoz   keladi,   hamma   erlar   ko'm-ko'k,   lekin   yigitning   eri   qaqrab   yotadi.   Yigit
eriga   zo'rg'a   suv   olib   keladi,   yil   bo'yi   ariq   qazib,   bir   ho'plam   suv   uchun   yurak   bag'ri
ezilgan   yigitning   eriga   tasodifan   silqindi   paynak   suv   etib   borib   qoladi.   Fig'oni   falakka
ko'tarilgan   yigit:  «xudoga   shukur,  erimga   suv   keldi,   mehnat   suvimdan  bir  ho'play»   deb
qorni   bilan   erga   yotadi.   Issiq   kunda   entikib,   lablari   qaqragan   yigitning   chanqoqligidan
lablari loy suvga tegadi-yu, yigit og'zidan laxta-laxta qon ketib, shu ondayoq jon beradi».
SHu   suv   uchun   qon   qusib,   jon   bergan   yigitning   voqeasidan   so'ng   bu   qishloqning   nomi
Qonqus   bo'lib   qolgan   ham   deyishadi.   Faqat   bugina   emas   butun   Qonqus   arig'idan   suv
ichuvchi   mehnatkashlarning   1917   yilga   qadar   umumiy   suv   va   sug'orish   uchun   tortgan
azob-uqubatlari   yigit   tortgan   azob-   uqubatlardan   qolishmas   edi.   Qonqus   qishlog'ida
istiqomat qiluvchi 1903 yilda tug'ilgan Xolmat   ota   Rahimovning hikoyasi ham diqqatga
sazovor. «Rahmatli otam vafot etganda men 12 yoshli  bola  edim. Bu voqea 1915 yilning
ko'klamida   sodir   bo'ldi.   Otam   Rahim   CHO'ng'aev   degan   boyning   erida   korandachilik
qilib, tirikchilik o'tkazar edi. Otam ekin ekadigan boyning eri ham shu Qonqus arig'idan suv ichar edi. Erni sug'orish maqsadida otam uydan ertalab chiqib ketadilar. U endigina
Qonqus arig'idan o'z ekiniga suv ochadigan ariq boshiga borib, suvga tushib ariqqa suv
ochayotganida   Zangi   ota   volostining   mingboshisi   Burxonboy   kelib   qolib,   ha   nega
so'roqsiz   suv   ochding   yalangoyoq,   deb   haqorat   qila   boshlaydi.   Otam   indamaydi.   Nega
indamaysan,   karquloq,   deb   otdan   tushib,   otamni   qamchi   bilan   qattiq   savalaydi.
Mingboshi   qo'lidan   otamni   ajratib   ololmaydilar,   mingboshi   ketgach,   otam   kaltak
zarbidan   bir   necha   kun   o'tgach   vafot   etadi»   deydi.   Xulosa   qilib   aytganda,   bu   ariqdan
erlarni sug'orish shunchalik qiyin bo'lganki, undan suv olib kelib mehnatkash dehqonlar
o'z   ekinlarini   sug'orguncha   qon   qusib   yuborganlar.   SHu   boisdan   ham   mehnat   ahli   bu
ariqqa   Qonqus   deb   nom   berganlar.   Aslida   qonqus   so'zi   qishloq   arig'i   degan   ma'noni
bildiradi. Masalan: Ugom, CHotqol, Pskom so'zlaridagi gom, qol, kom — qo'shimchasi
suv   degan   ma'noni   ifodalaydi.   Demak,   Qonqusdagi   qon   so'zi   —   suv,   qus   —   so'zi   esa
qishloq degan ma'noni bildiradi.
CHalaariq   —   bu   ariq   ham   Anhordan   suv   oladi.   CHalaariq   tarixi   ham   Qonqus
tarixiga   o'xshaydi.   Bu   ariqdan   suv   ichuvchi   dehqonlar   to   1917   yilgacha   o'z   ekinlarini
to'liq   sug'organlarini   bilmaydilar.   CHunki   ariq   boshi   shaxarga   yaqin   edi.   Ariq   boshida
boylar   va   amaldorlarning eri bor edi. Ular o'zlari turgan joyning atrofidagi qo'riq erlarni
ham   o'zlashtirib   olganlarida   ariqdagi   barcha   suvni   o'zlariniki   qilib   olganlar   va   ariq
oxiridagilar   bilan   hisoblashmaganlar.   Natijada   bu   ariqdan   suv   ichuvchi   boshqa
dehqonlarga suv etmas edi. Suv boshida Do'simboy hoji degan boyning eri bo'lib, hamma
suvni  o'z  eriga  ochib  oladi.  Natijada bu  ariqdan suv ichuvchilarning  eri   chala   sug'orilar
edi. SHuning uchun bu ariqqa CHalaariq deb  nom  berilgan.
Qoraqalpoq   arig'i   —   YOllanma   qishlog'i   va   CHinoz   xududlarini   suv   bilan
ta'minlovchi  ariqning  nomi.  Bu  nomning   kelib  chiqishi  haqida  qiziq  rivoyatlar  bor.  Biz
ulardan   eng   e'tiborlisini   keltiramiz.   SHu   qishloqda   o'sib   ulg'aygan   1880   yilda   tug'ilgan
Muhammad   ota   Xidirov   shunday   hikoya   qiladi:   «Utmishda   deyarli   CHinoz,   YOllanma
qishloq hududida Bo'zsuvning o'ng   va   chap sohillariga suv chiqarish juda qiyin bo'lgan.
SHu sababdan qishloq ahli ariq qazib suv chiqarishni orzu qilib yurgan. Bo'zsuv arig'i  er
sathidan   ancha   pastda   bo'lganligi   sababli   erli   xalq   qancha   urinsa   ham   Bo'zsuvdan
yuqoriga   suv   chiqara   olmaganlar.   YUrt   kattalari   endi   qanday   qilib   suv   chiqaramiz,   deb
o'ylanib   turganlarida   oralarida   paydo   bo'lib   qolgan   bir   cho'qqi   qora   telpak   kiygan
qoraqalpoq yigit ot minib olib, qalin yoqqan qor tepasidan iz solib beribdi. Ariq qazishga
kelgan   dehqonlar   uning   oti   izidan   ariq   qaziy   boshlabdilar.   Nihoyat,   suv   ariq   bo'ylab
oqibdi  va  ariqqa iz solib  bergan  yigit qoraqalpoq bo'lganligi uchun shu yigitning millatini
ulug'lab,   ariqqa   Qoraqalpoq   deb   nom   qo'yishgan   deyishadi.   Boshqa   birovlar   bu   ariqni
qazishda   juda   ko'p   qoraqalpoqliklar   qatnashgan,   ariq   qazib   tugatilgach,   ularni   qaygadir
olib   ketishgan,   shu   sababli   ariqni   qoraqalpoqliklar   qazigan   deb   shu   nom   berilgan
deyishadi. B.  A.  Ahmedovning ta'kidlashicha XVI asrda Sirdaryoda istiqomat qilayotgan
Qoraqalpoqlarga ma'lum miqdorda taalluqli bo'lganligi sababli Qoraqalpoq nomini olgan
bo'lsa kerak.
Qo'riq   —   YAngiyo'l   rayonidagi   Tursunqulov   nomli   kolxoz   hududida   joylashgan
qishloqning   eski   nomi.   U   qishloqda   qozoqlar   yashagan.   Ularning   erlari   juda   hosildor
bo'lgan. «Tosh eksang qo'karaman, deydi, biroq euv yo'q. Suv bo'lsa, qishloqlar guliston
bo'ladi».   el   urug'lari   shu   haqda   o'ylab,   Bo'zsuvdan   suv   olib   chiqish   fikriga   tushadilar.
Ular to'planishib pul yig'adilar   va   1904 yilda Toshkent general-gubernatori nomiga ariza
yozadilar:   «Podsholiq   shu   ishga   2000   so'mlik   qarz   bersin,   ikki   yilda   to'laymiz»   —
deydilar. Arizadan darak bo'lmaydi, 1905 yilda yana katta pul to'lab Oqpodsho Nikolay
nomiga ariza yozadilar. Oylar, yillar o'tadi, undan ham javob kelmaydi. SHundan so'ng
qishloq   yigitlari   to'planishib,   «ko'kragimizda   yolimiz,   bilagimizda   kuchimiz   bor.
Ularning   yordamisiz   ham   o'zimiz   ariqni   qaziymiz»   —   deydilar.   YUrt   boshliqlari   bu
tashabbusni   olqishlaydilar.   Pastdan   yuqoriga   suv   chiqarmoqchi   bo'ladilar.   Oqsoqollar
maslaxati   bilan   er   ostidan   suv   olib   kelmoqchi   bo'lib,   har   15   —   20   metr   joydan   quduq
qaziydilar.   Er   ostida   bu   quduqlarni   bir-biriga   bog'laydilar.   Oylar,   yillar   va   og'ir   azobli kunlar   birin-ketin   o'tadi,   azamatlar   o'z   ishlarida   oxiriga   qadar   izchil   turadilar.   Biroq
ochlik   kuchayadi,   qishloq   xalqi   bor   bisotini,   ko'rpa-to'shagini,   hatto   bo'yrasigacha
sotadilar. Ketmon chopgan azamatlar,  er  bag'rini tilib turgan qahramon yigitlarning  ancha
qismi ochlikdan qirilib keta boshlaydi, qolganlarini  esa  quduq bosib o'ldiradi. Xay attang
mehnatimiz shamolga sovirildi, bir tom chi suv deb, ming qatra qonimiz qurbon bo'ldi,
azamat yigitlardan ayrildik, deb nadomat chekishadi chollar.Qo'riq qishlog'i suvsizlikdan
xarob  bo'ladi, xalqi bitadi, lekin  ular  qazigan quduqlari  o'tmishdan alamli bir  yodgorlik
bo'lib, ayrimlarining izi hozirgacha saqlanib kelmoqda.
Bo'stonliq   —   Toshkent   viloyatidagi   qishloq.   Bo'stonliq   «bog'-rog'»   ma'nosidagi
bo'ston   so'zidan   ko'ra   bo'ston   (bo'zto'nli)   degan   urug'   nomi   bilan   atalgan   deyish
to'g'riroqdir. SHu rayonda CHimboylik degan qishloq ham bor (CHimboy — urug' nomi)
— lik, — lig affiksi kishilarning qaysi qabila-urug'dan ekanini ham ko'rsatadi: masalan,
ming qabilasidan bo'lgan kishilar minglik deb atalgan.
Zarkent   —   Toshkent   viloyatidagi   qishloqlardan   biri.   V.   V.   Bartol’d   arab
geograflaridan   Muqaddasiy   asarlarida   SHosh   viloyatida   qayd   qilingan   Zarankatu
qishlog'ini  hozirgi Zarkent bo'lsa kerak, deb   taxmin   qiladi.   Zar   «oltin» bo'lsa, zer, zerin
«quyi»,   «etak»   demakdir.   Zerinkat   bo'lganda   «Pastdagi   qishloq»,   «Tog'   etagidagi
qishloq» deyish mumkin edi.
Qo'yliq   —   Toshkent   shahrining   chekkasidagi   joy.   Professor   H.   H.   Hasanov
Qo'yliqni   «Quyilik»,   «pastlik»deb   izohlaydi.   YAna   shuni   aytish   kerakki,   DO'rmon
urug'ining   bir   shoxobchasi   «qo'yli»   deb   atalgan   Qo'yli   Qo'yliq   bo'lib   ketgan   bo'lishi
mumkin. Bundan tashqari, Mo'g'ul sarkardalaridan birining ismi Qo'yliq bo'lgan. Mo'g'ul
sarkardalarining   nomlari   O'rta   Osiyo   toponimiya-sida   anchagina   saqlanib   qolgan.
Bundan tashqari,  o'sha  sarkarda Qo'yliq Toshkentga ham kelgan.
Ohangaron   daryosi   —   Sirdaryoning   o'ng   irmog'i.   Mo'g'ullar   kelmasdan   oldingi
manbalarda   Iloq   daryosi   deb   atalgan.   Daryo   vodiysida   temirchilik   rivojlangani   uchun
daryoni Ohangaron, ya'ni «Temirchylar daryosi» deb ataganlar.
To'ytepa  — bu nomning negizida to'y ma'nosi yotishi munozara qilinishi mumkin.
Turgan gapki, bu nomning to'y (svad’ba), to'yko'l so'zlariga dahli yo'q Dori o't va kulollar
ishlatadigan   sopol   idishlar   yasash   uchun   ishlatadigan   loy   ham   to'y   deyiladi.   Sopol
yasaydigan   tuproqni   «gil»   deb   izoxlashga   bir   qadar   asos   bor.   Ammo   Mahmud
Koshg' ariyning  asarida boshqacha izoh beriladi:
«To'y   —   askarlarning   turar   joyi.   Xon   to'yixon   askargohi».   SHunga   asoslanib,
To'ytepa — «qal'atepa», «qo'rg'ontepa», «lashkartepa» ma'nosida bo'lishi ham ehtimol.
Toshkent shahrida bir qator qadimgi me'morchilik obidalari mavjud. Bulardan biri
—   Abdulqosim   shayx   madrasasidir.   Bu   madrasa   Abdulqosim   eshon,   Qoraxon   eshon,
Ma'dixon qozi madrasasi ham deb atalgan.. O'rta Osiyo me'morchiligi asosida XIX asrda
o'sha   davr   an'analari   bilan   qurilgan   tarixiy   yodgorlikdir.   O'ziga   tutashgan   masjid   va
hammom   bilan   birga   qadimgi   Beshyog'och   dahasidagi   mahalla   guzarini   tashkil   qilgan.
Dastlab   madrasa   bir   qavatli   bo'lgan.   1864   yili   hovli   qismida   ikkinchi   qavati   qurilgan.
Binoni   bezashda   asosiy   e' tibor   bosh   fasadga   qaratilgan.   U   chorsi   pishiq   g'ishtdan   ikki
qavatli qilib, sharqqa qaratib qurilgan. Bosh fasadni bezash maqsadida uning ikki yoniga
bir xil ravoqlar ishlangan. Bosh fasadning o'rta qismida madrasa devori sirtidan 1,82 m.
bo'rttirib   chiqarib,   balandligi   16   m.   li   peshtoq   ishlangan.   Uning   ikki   yonida   guldasta
minora   qad   ko'tarib,   ularning   tepa   qismida   XVI   —   XVII   asrga   xos   mezana   bor.
Peshtoqning old   va   yon   tomonlari   to   daxana asosigacha va devorning kungurador qismi
chorsi pishiq g'ishtdan tekis qilib ishlab chiqilgan, uning yuqori qismi  esa  sharafa hamda
kitoba   bilan   bezatilgan.   Ko'kaldosh   madrasasi   singari   bunda   ham   darvozadan
kiraverishdagi chap tom  onda  darsxona, o'ngda masjid, to' rida  xonaqoh  «Mo'yi  muborak»
— deb ataladi.  Bu bino  madrasadan ilgari 1820 yili qurilgan. Darsxona  va  masjid tomlari
o'zaro   kesishadigan   ravoqlar   ustiga   gumbaz   qilib   qurilgan.   Hovlining   tarxi   —   chorsi
28X22   m.   Kompleksga   kirgan   masjid   keyinchalik   buzilib   ketgan.   Madrasa   1983   yili
ta' mir   qilingan.   Uning   binosidan   qadimgi   yodgorliklarni   targ'ib   qilish   uyi   sifatida foydalaniladi.
Anbar bibi maqbarasi
Bu   maqbara   Zangiota   qabristonida   joylashgan   bo'lib   XIV   asr   oxiri   —   XV   asr
boshlarida   qurilgan   noyob   me'morchilik   yodgorligidir.   Rivoyatlarga   qaraganda
Zangiotaning   xotini   Anbar   bibi   (Qambar   ona)   qabri   ustiga   qurilgan.   Zangiota
maqbarasining   janubi-g'arbida   joylashgan.   Anbar   bibi   maqbarasi   peshtoq,   ziyoratxona
hamda go'rxonadan  iborat.  Ziyoratxona  va  Go'rxonaning usti qo'sh gumbazli. Go'rxonaga
oq   marmardan   qabr   toshi   qo'yilgan.   Uning   tevarak   sirtiga   arabiy   xatlar   va   nafis   girix
naqshlar   o'yilgan.   Maqbara   dastlab   2   xonali   bo'lgan,   keyinchalik   uning   oldiga   peshtoq
qurilib, koshinlar  bilan  bezatilgan.
Baroqxon madrasasi (XVI asr)
Bu   yodgorlik   Zarqaynar   ko'chasida   qurilgan   bo'lib,   bir   necha   imoratlardan   iborat.
Dastlab   binoning   sharqiy   burchagidagi   mo''jaz   maqbara   (kimga   mansub   ekanligi
noma'lum)   qurilgan.   SO'ng   1530   yili   shayboniylar   sulolasining   Toshkentdagi   hokimi
Suyunchxo'jaxon   (1525   yili   vafet   etgan)   maqbarasi   qad   ko'targan.   Bu   maqbara   hovli
to'ridagi   peshtoqli   xonaqoxdan   iborat.   Qo'shqavat   gumbazi   bo'lgan.   Tashqi   —   ko'k
gumbaz   (moviy   rang   koshin   bilan   qoplanganligi   uchun   shunday   atalgan)   1868   yilgi
zilzila   natij   asida   buzilib   ketgan.   Baroqxon   madrasasi   memorial   kompleksining   3-
bosqichini  XVI  asr o'rtalarida Baroqxon qurdirgan.
Jome' masjidi
Bu   bino   Uyg'ur   ko'chasi   Haqiqat   tor   ko'chasi   22-   uyda   joylashgan.   Bu   arxitektura
yodgorligi   XV   —   XIX   asrlarda bunyod etilgan. Jome masjidini 1451 yilda Xo'ja Axror
Vale qurdirgan. CHorsuda shakllashgan Registon ansambli tarkibiga kirgan. Unda juma
va   hayit   nomozlari,   hutbalar   o'qilgan.   SHarq   tomonidagi   bezaksiz   darvozadan   kirilgan.
Hovlining ikki yoni bir qavatli, old tomoni rovoqsimon ayvonlardan iborat, XVIII asrda
hovli   atrofidagi   ayvonlar   buzilib   ketgan,   keyin   hujralarga   aylantirilib,   qayta   tiklangan,
1886 — 88 yillarda asosiy bino (xonakoh) ham qayta tiklangan.
Zangiota kompleksi
Toshkentdan   16   km   janubda   XIV   asr   oxiri   va   XX   asr   boshlarigacha   qurilgan   bu
noyob   kompleks   o'z   nomi   bilan   mashhur.   So'fiylik   targ'ibotchisi   shayx   Oyxo'ja   ibn
Tojxo'ja sharafiga shunday atalgan. Bu maqbarani Amir Temur qurdirganligi haqida bir
qator rivoyat va afsonalar bor.
XVI   asrning   60-   yillarida   qurilgan   yodgorlikdir.   SHaharning   eng   yirik   qadimiy
inshootlaridan biri bo'lib,   uni   Toshkent xonlaridan birining vaziri Ko'kaldosh qurdirgan.
Madrasa   o'rta   asr   shahristonining   janubiy   chekkasida   qurilgan.   Hozirgi   ko'cha   o'rni   esa
xandak bo'lgan. Binoni qurishda an'anaviy kompozitsiyaga rioya qilingan: chorsi hovlisi
keng,   xujralar   va   ochiq   ayvonlar   bilan   o'ralgan.   Hovlining   P   —   simon   yo'llari   hujra
(darsxona)   larni   masjid   bilan   ulaydi.   Hujralar   soni   38   ta   bo'lgan.   Madrasa   dastlab   uch
qavatli   bo'lgan.   Bosh   fasadi   janubga   qaragan.   Darvozadan   kiraverishda   chapda   masjid,
o'ngda darsxonalar joylashgan. Masjid va darsxonalarning usti o'zaro kesishgan ravoqlar
ustiga o'rnatilgan gumbazlardan iborat. Miyonsaroy (vestibyul’) etti gumbazli. Me'morlar
madrasani   bezashda   asosan   binoning   old   tomoniga   e'tibor   berishgan.   Sirkor   parchin   va
girix   naqshlar   bilan   bezatilgan   hashamatli   peshtoqning   ikki   yoniga   ikki   qavatli   ravoq
ishlangan.   Ikkinchi   qavatdagi   hujralar   faqat   peshtoq   ikki   yonidagina   saqlangan.   Old
tomonining   chekka   burchaklari   baland   guldastalar   bilan   tugallangan.   Guldastalar   ustida
minorachalar   bo'lgan.   XVIII   asr   oxirida   madrasa   qarovsiz   holga   kelib   qolgan   va
karvonsaroy   sifatida   foydalanilgan.   Ko'kaldosh   madrasasining   1866   va   1886   yilgi
zilzilalardan   zararlangan   peshtog'i   qayta   tiklangan.   1946   yilgi   zilziladan   ham   qattiq
shikastlangan. Madrasa so'nggi marta 1930—1960 yillarda butunlay qayta ta'mirlangan.
Minoralarning   balandligi   2-   qavat   bilan   deyarli   baravarlashtirilgan.   Zamonlar   o'tib   bir
necha   bor   ta'mirlanishi   natijasida   madrasaning   tashqi   ko'rinishi   o'zgarib   ketgan.
Madrasaning old tomoniga an'anaviy usulda, zinapoya ishlangan. Ko'kaldosh madrasasi
1991   yildan   Movarounnahr   musulmonlari   Diniy   idorasi   tasarrufida   bo'lib   ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.
SHayx Zayniddin bobo maqbarasi
1214   yili   SHayx   Zayniddinga   atab   solingan   yodgorlik   Arxeologik   tekshirishlarga
ko'ra,   yodgorlik   yonida   joy-lashgan   chillaxona   XII   —   XIII   asrlarga,   maqbara   o'rnida
bo'lgan xonakoh,   XIV   asrga oid. Maqbara devorlari asosi XVI asrda qurilgan, tepasi   va
peshtoqi   XIX   asr   oxiri   va   XX   asr   boshlaridata'mir   qilingan.   YOdgorlik   peshtoq   —
gumbazli cho'zinchoq maqbara — xonakohlar tipiga mansub. CHortoq xonakohning to'rt
tomonida   eshiklar   ochilgan.   Tashqi   gumbaz   baland   asosga   o'rnatilgan.   YOg'och
darvozaga   ustaning   nomi   —   «Mirshaxob   Abdumo'min   o'gli»   o'yib   yozilgan.   Darvoza
tepasidagi deraza o'rnida yog'och panjara saqlanib qolgan. XIII — XIV asrlarda maqbara
atrofida qabriston vujudga kelgan.
SHayx Xovand Tohur maqbarasi
Bu   nodir   maqbara   Navoiy   shoh   ko'chasida   joylashgan   me'moriy   yodgorliklardan
biri.   Maqbara   shayx   Umar   Bog'istoniyning   o'g'li   —   SHayx   Xovand   Taxurga   atab
solingan.   XV   asrda   yashagan   nufuzli   ruhoniy   Xo'ja   Axror   SHayx   Xovond   Tahurning
avlodi bo'lgan. Mavjud yodgorlik   XV  asrga oid ko'hna maqbara   poydevori   ustiga   XVIII
—   XIX   asrlarda   qurilgan;   bunda   Movarounnahrda   XIV   asr   oxiridan   rivojlangan   ikki
xonali   bo'ylama   maqbara   —   kompleks   tarxlari   saqlab   qolingan.   G'arbdan   sharqqa
yo'nalgan   o'q   bo'ylab   bino   yuzasidan   sal   chiqib   turuvchi   kichik   peshtoq,   ziyoratxona,
so'ng   go'rxona   joylashgan.   Xonalar   gumbazlar   bilan   yopilgan;   go'rxona   gumbazi
qo'shqavat   bo'lib,   12   qirrali   asosga   o'rnatilgan;   ziyoratxona   me'morchiligi   o'ziga   xos
xonakoh   bo'lib,   sakkiz   ravoqdan   iborat.   Darchalardagi   koshinkor   panjaralar   saqlanib
qolgan. Maqbara yupqa chorsi pishiq g'ishtdan terilgan.
Qaldirg'ochbiy maqbarasi
BO'   maqbara   XV   asrning   1-   yarmida   qurilgan   me'morchilik   yodgorligi   bo'lib,
SHayx   Xovandi   Taxur   maqbarasidan   shimolroqda.   Maqbarani   kim   qurganligi   va   unga
kim   dafn   qilinganligi   noma'lum.   Rivoyatga   ko'ra,   bu   erga   Qaldirg'ochbiy   ismli   nufuzli
a'yon,   boshqa   bir   rivoyatda   Qaldirg'ochbibi   ismli   kifchoq   malikasi   dafn   etilgan.
Maqbaraga janubiy tomondagi peshtoqsiz taxmonsimon ravoqdan kiriladi. Xona chortoq
bo'lib,   tort   tomonidagi taxmonlar orasida kichik hujralar   va   g'ishtdan ishlangan aylanma
zina   joylashgan.   Beshta   ravoq   gajaklari   pastak,   bu   uslub   Toshkent   maqbaralariga   xos.
Maqbara   devorlari   to'rtburchak   pishiq   g'ishtdan   terilgan.   Maqbaraning   12   qirrali   tashqi
gumbazi 1970 yilita'mir qilingan.
Kaffoli SHoshiy  maqbarasi
Bu   me'moriy   obyda   Zarqaynar   ko'chasida   Hazrati   Imom   (Xastimom)   nomi   bilan
mashhur   bo'lgan   imom   Abu   Bakir   Muxdmmad   ibn   Ali   ibn   Ismoil   al-Kaffol   ash-
SHoshiyga   atab   qurilgan.   Dastlabki   maqbara   saqlanmagan.   Kaffol   SHoshiy   maqbarasi
me'mor   G'ulom   Husayn   tomonidan   1541   —   1542   yillarda   qurilgan.   eshik   tepasidagi
kitoba  va  gumbazning pastki qismidagi yozuvlar saqlangan. Maqbara tarxi chortoq bo'lib,
o'rtadagi katta xona  qo'sh qavat  gumbaz   bilan   yopilgan.  Maqbara  burchaklarida  ikki   va
uch   qavatli   sakkiz   yoqli   va   to'rtburchak   hujralar   bor.   Katta   xonaning   uch   tomoni
peshtoqli   Maqbaraning   janubiy   tomonidan   qadimgi   qabrli   hovliga   chiqiladi.
Maqbaraning tashqi tomonlari bezaksiz. Maqbara 1960 yilda ta'mirlangan.
Статья   V. Hazrat imom kompleksi
O'z davrining o'qimishli kishilaridan biri bo'lgan imom, Abu Bakr Muhdmmad ibn
Ali   ibn   Ismoil   al-Kaffol   al-SHoshiy   (904   —976)ning   qabri   asos   qilinib   bunyod   etilgan
obida.   Qabr   va   uning   atrofida   vujudga   kelgan   qabriston   hamda   me'morchilik
yodgorliklari  kompleksi  (Kaykovus  bog'i   bilan   birga)  Hazrati  imom   nomi   bilan   ataladi.
Dastlab,   XVI   asrning   30-   yillarida   ikkita   maqbara   qurilgan,   kattasi   Toshkentning
shayboniylar sulolasidan bo'lgan Xoni Suyunchxo'jaxon maqbarasi, deb taxmin qilinadi.
XVI   asrning   50-   yillarida   bu   binolar   Barakxon   madrasasi   me'morchilik   yodgorliklari
tarkibiga qo'shilgan. O' sha   davrda Hazrati imom qabri ustida Kaffol SHoshiy maqbarasi buntyod   etilgan.   XVI   asr   oxirlarida   uning   qarshisida   «Qo'sh»   uslubida   Kaffol
SHoshiyning' avlodi, Boboxoji maqbarasi qurilgan   (bu bino   1939 yili buzib tashlangan).
XVI asrda Xastimom kompleksida sayrg'oh bog' bo'lgan (asriy chynorlar, qayrag'och   va
boshqa   daraxtlar,   hovuz   va   ayvonlar   mavjud   edi),   xalq   sayillari   o'tkazilgan.   XIX   asr
o'rtalarida   Barakxon   madrasasi   ro'parasida   Namozgoh,   (tillashayx),   Mo'yi   muborak
madrasasi,   Jome   masjidi   (saqlanmagan)   qurilgan.   XX   asr   boshlarida   6   ustunli   12
gumbazli   Tillashayx   masjidi   qayta   qurilgan.   Hazrati   imom   kompleksida   Movarounnahr
musulmonlari idorasi joylashgan.
SHunday   qilib,   biz   Toshkent   shahri   va   vohasidagi   toponimlarni   ilmiy   asosda,
tarixiy hujjatlar, manbalarga suyanib, turli-tuman nomlarning bir guruhininggina tarixini
o'rganib   chiqishga   muvaffaq   bo'ldik.   Agar   sizlar   ham   o'z   jonajon   maktabingiz,   kolxoz,
sovxozingiz,   qishloq   va   rayoningiz   hududidagi   nomlarning   kelib   chiqishi   bilan
qiziqsangiz   mana   shunday   toponimik   ma'lumotlarga   ega   bo'lasiz.   Bu   esa   jonajon   o'lka
tarixini   o'rganishda,   uni   sevishda,   olgan   bilimla-ringizni   chuqurlashtirish   va
rivojlantirishda, ijodiy izlanishingizda sizga yaqindan yordam beradi.
3. Buxoro, Qashqadaryo  va  Surxondaryo viloyatlari toponimikasini o'rganish
Darsning   maqsadi:   o'quvchilarga   arablar   hukmronligining   oxiri   va   IX   asrda
Somoniylar   davlatining   tashkil   topishi   va   bu   davlatni   boshqarish   hamda   xo'jaligining
yuksalishi,   feodal   shaharlarning   ravnaqi,   savdo   aloqalarining   kengayishi   haqida
tushuncha beriladi.
Ko'rgazmali   qurollar:   «IX   —   XI   asrlarda   O'rta   Osiyo   kartasi»dan,   Muhammad
Narshaxiyning  «Buxoro  tarixi» asari hamda  «Buxoro  shahri arxitektura  yodgorliklari» ni
namoyish qiluvchi rangli rasmlardan foydalaniladi.
YAngi mavzuning rejasi:
a)  arablar hukmronligining ag'darib tashlanishi;
b)  somoniylar davlatining tashkil topishi;
v) qi shloq xo'j aligining yuksali shi ;
g) feodal shaharlarning ravnaq topishi;
d) savdo aloqalarining kengayishi.
Dars   o'tish   uslubi:   o' qituvchi   materialni   bayon   qilishda   suhbat   usulidan
foydalanadi,   o'quvchilarni   ijodiy   izlanishga   undaydi,   toponimik   materallarni   topib,
ularning ma'nosini mustaqil echishga o'rgatadi.
Suhbat uchun savollar: 1.  Arablar hukmronligining qulashiga asosiy sabab nima?
2.   Somoniylar   davlati   qachon   tashkil   topdi   va   unga   kim   asos   soldi?   3.   Xo'jalikning
yuksalishiga nima sabab bo'ldi? Qanday feodal sha Л arlarni bilasiz?
YAngi   mavzuning   konspekti.   VIII   asr   oxiri   —   IX   asr   boshlarida   xalifalik   og'ir
siyosiy   tanglikka   uchradi.   Bo'ysundirilgan   xalqlarni   itoatda   tutish   arab   xalifalari   uchun
tobora   qiyin   bo'lib   qoldi.   O'rta   Osiyo   xalqlarining   tez-tez   qo'zg'olon   ko'tarib   turishi,
xalfalikning o'z ichidagi feodal urushlar arab xalifaligini zaiflashtirib qo'ydi   va   mustaqil
mahalliy   davlatlarning   paydo   bo'lishiga   olib   keldi.   Xalifaning   Xurosondagi   noibi   Tohir
ibn   Husayn   (u   mahalliy   oqsuyak   er   egalari   orasidan   chiqqan)   821   yilda   o'zini   mustaqil
hokim deb e'lon qildi. SHu tariqa Tohiriylar sulolasi (821 —873) ga asos solindi   va   bu
sulola Xurosonda yarim  asrdan ko'proq  hukm surdi. Tohiriylar  davrida O'rta Osiyoning
ayrim   viloyatlarini   819   yildan   boshlab   Somon   xonadonining   avlodlari   —   Somoniylar
idora   qila   boshladi.   Bir   vaqtlar   Somoniylar   xalifalikka   qarshi   ko'tarilgan   xavfli
qo'zg'olonni   bartaraf   etishda   xalifaga   yordam   bergan   edilar,   o' sha   qo'zg'olon
Samarqandda boshlanib, butun O'rta Osiyoga yoyilgan edi.
Tohiriylar   sulolasining   xalqqa   qilgan   jabr-zulmi   mehnatkashlarni   qo'zg'olon
ko'tarishga   majbur   etdi.   Qo'zg'olonga   shahar   hunarmandlaridan   misgarlar   (safforiylar)
boshchilik   qildi.   837   yilda   Tohiriylar   ag'darilib,   Xurosonda   Safforiylar   davlati   barpo
qilindi.   Buxoro   Safforiylarga   tobe   bo'lishni   istamadi.   U   somoniylarga   murojaat   etib,
Buxoroni   o'z   qo'l   ostiga   olishni   iltimos   qildi.   Nasr   Somoniy   875   yilda   ukasi   Ismoilni Buxoroga hokim qilib yubordi.
«Ismoil   Somoniy   butun   Movarounnahrni   o'z   qo'l   ostida   kuchli   davlat   qilib
birlashtirdi.   Xurosondagi   Safforiylar   davlatiga   barham   berdi   va   bu   o'lkani   o'z   davlatiga
qo'shib   oldi.   Ismoil   Somoniy   zamonida   bu   davlat   har   tomonlama   kuchaydi.   SHunday
qilib,   IX   asr   oxirlarida   O'rta   Osiyo   arablar   istibdodidan   tamoman   xalos   bo'ldi.   Poytaxti
Buxoro   bo'lgan   mustaqil   feodal   davlat   tashkil   topdi   va   bu   davlatni   Somoniylar
sulolasidan bo'lgan amirlar X asrning oxirlariga qadar idora qilib keldi.
Arablar hukmronligi davrida mehnatkash kadovarlarni arablar  va  mahalliy feodallar
talab   keldilar.   Aholidan   turli   soliq   va   jarimalar   undirib   olish   uchun   xalq   ommasi
xonavayron   qilindi.   SHahdrlar   vayron   bo'lib,   huvillab   qoldi.   Mamlakat   xo'jaligi   orqaga
ketdi.   Xonavayron   bo'lgan   ming-minglab   kadovarlar   shaharlarda   ish   qidirib   yurardilar.
Lekin   mamlakat   arab   istilochilari   hukmronligidan   xalos   bo'lgandan   keyin   har   holda
ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi uchun imkon tug'ildi. YAngi-yangi kanallar,
to'g'onlar, suv omborlari qurilib, minglab gektar erlar o'zlashtirildi, mamlakat chegaralari
mustahkamlandi,   dehqonchilik   va   hunarmandchilik:   degrezlik,   miskarlik,   temirchilik,
kulolchilik,   to'qimachilik,   shuningdek,   konchilik   ancha   rivojlandi.   YAqin   SHarq
mamlakatlari,  Rus  davlati, xazarlar, Volgabo'yi bulg'orlari hamda Xitoy  bilan  savdo-sotiq
ishlari olib borildi.
Bu   davrda   Buxoro,   Samarqand,   Toshkent,   Urganch,   Kesh   (SHahrisabz),   Marv   va
boshqa   shaharlar   xo'jalik   va   madaniyatning   yirik   markazlariga   aylandi.   SHahar
mahdllalarining  markaziy qismida hukmdorlar xonadoni a'zolari xamda boy savdogarlar,
ruhoniylar   va   boshqa   oqsuyaklar   xashamatli   hovli-joylar   qurdilar,   podsholikning   qurol-
yarog',   asbob,   egar-jabduq   ishlab   chiqaradigan   maxsus   ustaxonalari   tashkil   topdi.
SHaharlarning   qiyofasi   o'zgarib   bordi:   yangi   imoratlar,   hukumat   idoralari,   katta
ustaxonalar,   karvonsaroylar,   machit,   madrasa   va   boshqa   binolar   qurildi.
Hunarmandchilik   do'konlari,   savdo   rastalari   ko'paya   boshladi.   SHaharlarga   atrof
qishloqlardan kosiblar, savdogarlar  va  boshqalar kelib joylashdi.
O'rta   asr   shaharlari   uch   qismdan   iborat   edi:   shaxar   markazidagi   o'rda   (ark),   uning
tevaragini o'rab olgan ichki shahar (shahriston) xamda tashqi shahar (rabotlar)dan tashkil
topgan   edi.   Bir   qancha   rabotlar   tez   orada   kattalashib,   obod   joyga   aylandi.   Rabotlarda
katta-katta   imoratlar   qad   ko'tardi,   bozorlar   va   hunarmand-kosiblar   mahallalari   paydo
bo'ldi.   Bu   erda   zargarlar,   sarroflar,   to'quv chilar,   kul ollar,   shishagarlar   va   boshqa   shu
singari kosib- hunarmandlarning uylari  va  do'konlari joylashgan edi.
SHaharlar   bilan   bir  qatorda  qishloqlar   ham  mamlakatning  iqtisodiy  hayotida  katta
rol’  o'ynaydigan bo'lib qoldi. Movarounnaxr  va  Xorazm vohalaridagi ko'pgina qishloqlar
to'qimachilik,   kulolchilik   miskarlik,   duradgorlik   va   boshqa   xil   hunarmandchilikda
muhim   o'rin   egalladilar.   CHunonchi,   Buxoro   viloyatidagi   hozirgi   Zandona   qishlog'i
Somoniylar   zamonida   «zandonacha»   deb   atalgan   ip   gazlamasi   bilan   O'rta   Osiyoda   va
ko'pgina   xorijiy   mamlakatlarda   nom   chiqargan   edi.   Har   ikki   o'lkaning,   ya'ni
Movarounnahr   bilan   Xorazmning   qishloq   va   shaharlarida   sirlangan   sopol   idishlar,
chiroyli  va  nozik qilib ishlangan shisha idishlar yasaldi.
Mamlakatning   iqtisodiy   jihatdan   rivojlanishi   ichki   va   tashqi   savdoning
kengayishiga olib keldi. Paxtadan yigirilgan ip   va   to'qilgan gazlamalar, kunjut   va   chigit
moyi, mayiz, o'rik   va   boshqa quruq mevalar uzoq mamlakatlarga olib ketilar edi. Dashti
qipchoq,   Janubiy   Sibir’   va   Mo'g'ulistondagi   ko'chmanchi   chorvadorlarga   egar-jabduq,
kiyim-kechak,   o'q-yoy,   qilich,   bo'yoq   zargarlik   buyumlari,   dori-darmon,   idish-asbob   va
boshqa narsalarni etkazib berishda Movarounnahr asosiy  rol’  o'ynaydigan bo'ldi.
Farg'onaning   hunarmandchilik   mahsulotlari   —   egar-jabduq,   kiyim-kechak,   shisha
va   sopoldan yasalgan nozik  buyumlar, mevalar   va   G'arb mamlakatlaridan keltiriladigan
zeb-ziynat   buyumlari,   qurol-yarog'lar   o'sh   va   o'zgan   shaharlari   va   tog'   dovonlari   orqali
Koshg'arga, undan Xitoyga olib borilardi. Movarounnahr bozorlari orqali YAqin  va  o'rta
mamlakatlariga ipak, kumush, teri, jun, qo'y, qoramol,  tuya  kigiz, asal, turli xil mo'ynalar
olib borilardi. Xorazmdan  Ustyurt   va   Dashti  qipchoqning  g'arbiy  rayonlari  orqali  Volga  bo'yiga,
undan Novgorodga boriladigan karvon yo'lida quduqlar qazilib, har bir bekatda rabotlar
bino   qilingan   edi.   Volganing   yuqori   oqimidagi   Bulg'or   va   quyi   oqimidagi   Hazar
davlatlariga hamda Rusga Xorazm orqali O'rta Osiyodan guruch, quruq meva, paxta   va
jundan to'qilgan kiyimlar, shirinliklar, gilam  va  shu kabi narsalar, Xitoy, Hindiston, eron,
Turkiya, Iroq, Afg'oniston   va   boshqa mamlakatlardan olib kelinadigan   mollar   chiqarilar
edi.   Bulg'or   va   Xozar   davlatlaridan   esa   O'rta   Osiyoga   po'stinbop   qimmatbaho   terilar,
mum,   o'q-yoy,   baliq   elimi,   kastorka   moyi,   bulg'ori   charm,   qarchig'ay,   qo'y,   sigir,   asal,
baliq   va   boshqa   mollar   olib   kelinar   edi.   O'rta   Osiyoda   ishlangan   va   chet   davlatlardan
keltirilgan hunarmandchilik mollarining ko'p qismi O'rta Osiyo shaharlaridagi bozorlarda
sotilardi. Savdo muomalasida Tohiriylar   va   Somoniylarning kumush dirhamlari yuritilar
edi.
Somoniylar   davrida   ariq   ochish,   suv   omborlari   va   to'g'onlar   qurish,   qal'alar   va
mudofaa   inshootlari   qurish   kabi   katta   qurilishlar   avj   oldirilishi   munosabati   bilan
mexnatkash   aholining   ahvoli   yanada   og'irlashdi.   Bunday   qurilishlarda   har   xonadondan
bir   kishi   yiliga   bir   necha   oy   hasharchi   sifatida   safarbar   etilib,   tekinga   ishlab   berishga
majbur edi. Masalan, Buxoro vohasini ko'chmanchi qabilalarning talonchilik xurujlaridan
mudofaa etish uchun shu voha atrofi 783 — 831 yillarda baland devor  bilan  o'rab olindi.
Bu   inshoot   «Devori   kampirak»   nomi   bilan   mashhur   bo'lib,   qariyb   400   km   uzunlikda
bo'lgan   va   uni   qurishda   ko'p   ming   hasharchi   49   yil   mehnat   qilgan.   Uning   qoldiqlari
hozirgi   kunga   qadar   saqlanib   qolgan.   SHunga   o'xshash   uzun   mudofaa   devorlari   VIII
asrda Samarqand  va  Toshkent vohalarining atrofida ham  bino  qilingan.
Mehnatkash   xalqni   shafqatsiz   ezish   va   jabr-zulm   o'tkazish   pirovardida   xalqning
sabr   kosasini   to'ldirgan.   Xalq   milliy   zulmga   chiday   olmay   g'alayon   ko'tara   boshlagan.
Masalan,   961   yilda   Buxoroda   novvoy   Abubakir   rahbarligida   xalq   qo'zg'oloni
bo'ladi. Bu qo'zg'olonda  shaxar kambag'allari   bilan   birga dehqonlar  ham ishtirok
etadi. Qo'zg'olonchilar Somoniylar hukmdori amir Abdulmalikning saroyini talab,
unga o't qo'yib ketadilar.
Xalq   qo'zg'olonlari   garchi   engilgan   bo'lsa   xam,   lekin   mazlum   xalqning
mustabidlarga qarshi kurashida muhim o'rin tutdi. Bu qo'zg'olonlar feodal tuzum negiziga
bolta urdi.
Feodal   zulmning   kuchayishi,   shahar   va   qishloqlardagi   mehnatkash   omma
turmushining nihoyatda yomonlashuvi mamlakatning iqtisodiy  va  siyosiy qudratiga putur
etkazdi.   Davlatning   mustahkam   emasligi,   feodallarning   markaziy   hokimiyatga   qarshi
kurash   olib   borishi   natij   asida   Somoniylar   davlati   ancha   zaiflashdi.   Bu   davlat
Qoraxoniylar qo'li ostida birlashgan ko'chmanchi turkiy qabilalarning zarbasiga bardosh
bera olmadi.
Mavzu   batafsil   bay   on   qilingach,   yangi   mavzu   bo'yicha   o'quvchilarning   javoblari
umumlashtirilgandan   so'ng   o'qituvchi   ularning   diqqatini   feodal   shaharlar   va   ular
nomlarining   kelib   chiqish   tarixiga   jalb   etadi.   Masalan,   «Buxoro   shahrining   arxitektura
yodgorliklari» tarixini quyidagicha bayon etish mumkin:
Buxoro   —   qadimiy,   tarixiy,   yodgorliklarga   boy   shahar.   Narshaxiy   Buxoroning
Numijkat,   Bumiskat,   Madinat   us   —   Sufriya,   ya'ni   «Mis   shahar»,   Madinat   o't   —   tujjor,
ya'ni  «Savdogarlar shahri»  degan nomlari borligini aytadi: «Buxoro, — deb davom etadi
tarixchi,—   degan   nom   u   nomlarning   hdmmasidan   ma'qulroqdir.   Xuroson   shaharlaridan
birontasi   ham   bunchalik   ko'p   nomga   ega   emas.   Bir   xddisda   Buxoro   nomi   Foxira   bo'lib
qolgan.   CHunki   «Qiyomat»   kuni   Buxoro   shahri   o'zida   shahidlarning   ko'pligi   bilan   faxr
qiladi»   (BT,   28-bet).   Buxoroning   Foxira   deyilishi   dinga   qorilgan   afsona,   albatta,
ikkinchidan, arab grafikasi oqibatidir. Buxoro nomi   «Abdullanoma» va   boshqa bir qator
asarlarda   «Vixara»   tarzida   keltirilib,   otashparastlar   ibodat   qiladigan   joy   ta'riflanadi.
Uning etimologiyasi xam bor.
Xalqda Buxoro — Bog'ora degan rivoyat ham bor. Buxoro so'zining etimologiyasi
aniq emas.
Buxoro   —   sanskritcha   vixara   so'zidan   olingan   bo'lib,   «ibodatxona»   ma'nosini
bildiradi,   degan   fikr   bor.   V.   A.   Livshitsning   fikricha,   vixara   so'zi   so'g'd   tilida   parxar
shaklida   kirgan.   Hofizi   Tanish   Buxoriyning   yozishicha,   «Buxoro»   so'zi   buxor   so'zidan
kelib   chiqqan   bo'lib,O'tparastlar   tilida   «ilm   makoni»   demakdir.   Bu   talaffuz   uyg'ur   va
xitoy   butparastlarining   tiliga   yaqindir,   chunki   (ularda)   sig'inish   joylari   bo'lgan
ma'budalarni   «buxor»   deb   ataydilar.   Buxoro   shaxrining   nomi   aslida   Lumijkat   bo'lgan
(Hofizi Tanish Buxoriy,  «Abdullanoma»,  1- jild.  T.,  1966, 273- bet).
Buxorotoponimi   yolg'iz   emas.   XI   —   XII   asrlarda   Balx   shahri   atrofida   Navbahor
ibodatxonasi bo'lgan. Navbaxor  «erta bahor»  emas, balki  «YAngi  ibodatxona» demakdir.
Buxoro   shahri   etimologiyasi   bilan   Hindistondagi   Bixar   shtatining   etimologiyasi   birdir
(V. A. Nikonov). V. V. SHostakovich Sibirdagi Buxoro nomli daryoni tilga oladi.
Buxoro   yaqinida   dul   Buxoro   (Jul   Buxoro)   nomli   qishloq   bo'lgan.   Buxoro
viloyatlaridan   biri   Buxorxitfar   (Najar   —   xatfar)   deb   atalgan.   (Buxoro   hokimlari
«buxorxudot»   deyilar   edi.)   Bekobod   yaqinida   Buxorolik,   Janubiy   Uralda   Buxorocha
degan soy, Qashqadaryo viloyatida (Kitob, G'uzor) Buxor —go'por, Buxori, Xo'jaburxori
nomli mahalla, joylar bor. SHunday qilib, Buxoro komponentli toponimlar bir qanchadir.
Qadimgi   turkiy   runik   yozuvida   (Kulteginga   bag'ishlangan   yodgorlikda)   Vuqarak   degan
joy   nomi   uchraydi   (Buqaraq   so'zi   ulis   —   Buxoro   edi).   Bu   joy   nomiga   S.   E.   Malov
bemalol   Buxoro   deb   izoh   bergan.   Akademik   B.   YA.   Vladimirtsov   o' sha   yodgorlikda
So'g'd nomi ham uchrashini aytadi  va  Buqaraq haqiqatan Buxoro degan so'z bo'lsa, o'yrat
(oltoy)  qahramonlik  eposlarida  buxarin  cherik,  ya'ni   «Buxoro   qo'shinlari»   degan  so'zlar
uchraydi, deb yozadi (B. YA. Vladimirtsov, «Geograficheskie imena orxonskix nadpisey,
soxranivshiesya   v   mongol’skom»,   Dokladn   Akademii   Nauk   SSSR,   Leningrad,   1929,
Dokladn   AN   SSSR,   №   10,   171-bet).   Ba'zi   bir   tadqiqotchilar   Buxoro   so'zi   sanskritcha
emas, balki eftalitcha bo'lsa kerak, deb hisoblaydilar. Bunda ular so'g'diy yozma hujjatida
Buxoro so'zining bosh harfi   «P» bilan   yozilganini dalil qilib keltiradilar (V. A. Livshits,
K.   V.   Kaufman,   I.   M.   D’yakonov.   «O   drevney   sogdiyskoy   pis’mennosti   Buxarn».
Vestnik drevney istorii, §- 1, 1954, 150-163-betlar).
Buxoro   o'zining   ko'p   asrlik   tarixi   mobaynida   bir   necha   bor   yuksalish   va   inqiroz
davrlarini boshidan kechirdi, chet el istilochilarining qurboni bo'ldi.
Moddiy   madaniyat   va   san'atning   shunchalik   xilma-xil   va   turli   davrga   oid
yodgorliklari   to'plangan   bunday   shaharlar   juda   oz.   SHahar   SHarq   me'morlari   yaratgan
nodir arxitektura yodgorliklari  bilan  butun dunyoga ma'lumdir.
Buxoroning birinchi tarixchilari yozib qoldirgan afsonalardan birida Buxoro qal'asi
Siyovush   tomonidan   qurilgan   deb   aytiladi.   Siyovush   qadim   zamonlarda   ilohiy   shaxs
sifatida hurmatlangan, keyingi davrlarda yaratilgan she'riy afsonaga ko'ra, eron shohi   va
turk   malikasining   farzandi   bo'lgan   Siyovush   Turon   shohi   Afrosiyob   tomonidan
o'ldirilgan.
VI   asrda   shahar,   yuqorida   ta'kidlanganidek,   so'g'dcha   nom   bilan   Numijkat   deb
atalgan bo'lsa, VII — VIII asrlarda Puxo, Buxo, Buge deb   ham   nomlangan. VII asrning
ikkinchi   yarmida   arab   istilochilari   O'rta   Osiyoga,   shu   jumladan,   Buxoroga   bostirib   kira
boshlaydilar.   Amudaryoni   birinchi   bo'lib   kechib   o'tgan   Ubaydulla   ibn   Ziyod   674   yilda
Toshkentni  egallab, Buxoroga bostirib kirady. 709 yilda Qutayba ibn Muslimning katta
lashkari   boy   va   yaxshi   mustahkamlangan   Buxoroni   egallaydi.   O' sha   paytgacha
shaharning to'rt, keyinchalik ettita darvozasi bo'lgan.
VIII   —   IX   asrlarda   Buxoroda   katta   o'zgarishlar   yuz   berdi.   849   —   850   yillarda
shahar atrofi II darvozali devor   bilan   o'raldi. IX asrda mahalliy Buxoro boyonlari Ismoil
Somoniy   (892   —   907)   boshchiligida   tashabbusni   o'z   qo'llariga   oldilar.   Ular   nisbatan
markazlashgan,   amalda   xalifalikdan   mustaqil   bo'lgan   feodal   davlat   tuzdilar.   IX   —   X
asrlarda u iqtisodiy   va   madaniy jihatdan o'rta   va   YAqin SHarqning asosiy shaharlaridan
biriga aylandi.
Bu davrlarda ijod qilgan 30 ga yaqin shoirning nomi tarixda saqlanib qolgan. Abu Abdullo   Rudakiy   o'sha   davrning   eng   ulug'   shoiri   bo'lgan.   Rudakiyning   bizga   ma'lum
bo'lgan eng ajoyib asarlaridan  «SHarob  onasi»,  «Qarilikka  qasida» larni tilga olish, qayd
etish   lozim.   O'rta   asrning   buyuk   entsiklopedist   olimlaridan   biri   buxorolik   Abu   Ali   ibn
Sino   (980—1037   yillar)   edi.   Ibn   Sinoning   asosiy   asarlari   bo'lgan   «Tib   qonunlari»,
«SHifo   kitobi»,   «Donishnoma»   va   b.   q.   asarlarida   uning   tabiiy-ilmiy   va   falsafiy
qarashlari ifoda etilgan.
1220 yilning fevralida Buxoro CHingizxon qo'shinlari tomonidan zabt etildi. 1370
yilda   esa   Temur imperiyasi tarkibiga  kirdi. XIV  — XV asrlar mobaynida Buxoro diniy
markaz   vazifasini   bajardi.   Ulug'bek   tomonidan   Buxoroda   (1417   yil)   va   G'ijduvonda
(1433 yil) qurilgan madrasalar feodal hukmdorning ruhoniylarga e'tiqodi bilangina emas,
balki uning olim sifatyda madaniy-ma'rifiy faoliyati  bilan  ham bog'liqdir.
XVI   —   XVII   asrlarda   Buxoro   sezilarli   darajada   gullab-yashnadi.   SHahar   tubdan
qayta qurildi, me'morchilik ansambllari paydo bo'ldi. Bu inshootlarning ko'plari bizning
zamonimizgacha   saqlanib   qolgan.   Noyob   inshootlar   shaharda   o'ziga   xos   me'morchilik
maktabi   vujudga   kelganligidan   dalolat   beradi.   Qoraxoniylar   davrida   qurilgan   Jome'
masjidi xarobalari o'rnida Kalon masjidi (1514), uning qarshisida  esa  Mir Arab madrasasi
(1530—1536 yillar). Baland Masjidi   va   Xo'ja Zayniddin masjidlari barpo etildi. KO'hna
Buxoroning   eskirib   qolgan   ko'plab   monumental   binolari   qayta   tiklandi   va   qisman
ta'mirlandi.   CHSHahar   chekkalarida   ulkan   CHor   Bakr   ansambli,   xovuzlar,   sardobalar,
ko'priklar,   karvonsaroylar   va   Bahovuddin   qishlog'ida   maqbaralar   qurildi.   Qad'a
devoridan   tashqaridagi   Fayzobodda   ajoyib   xonaqoh   (1598—1599   yillar)   qurildi.   U
chiroyli   gumbazga,   ichki   tomoni   esa   ikki   qavat,   ganchga   o'yilgan   go'zal   naqshlar   bilan
bezatilgan.
Buxoro   jahondagi   eng   ko'hna   shaharlardan   biri.   Olimlar   taxminida,   ayrim   yozma
manbalarda   shaharning   «yoshi»   har   xil   ko'rsatilgan   edi,   ammo   O'zbekiston   Fanlar
akademiyasining   Arxeologiya   instituti   tomonidan   tarix   fanlari   doktori   A.   R.
Muhdmmadjonov   boshchiligida   olib   borilgan   arxeologik   tekshirishlar   natijasida
Buxoroning  «yoshi»  2300 yil ekanligi aniqlanmoqda.
Buxoro   arki   —   hukumat markazi bo'lib, uning hokimi buxor-xudot deb atalar edi.
Narshaxiy   o'zidan   ancha   oldinroq   yozilgan   manbaga,   ya'ni   Abdulhasan   Nishopuriyning
«Xazoyin   ul-ulum»   («Ilmlar   xazinasi»)   degan   asariga   asoslanib   yozishicha,   Buxoro
qal'asi juda qadimiy bo'lgan  va  u tillarda doston bo'lib qolgan Siyovush hamda Afrosiyob
zamonlarida   qurilgan.   Narshaxiy   Siyovush   hamda   Afrosiyob   zamonlarida   qurilgan.
Narshaxiy   Siyovush   qo'handizning   ichida,   uning   sharqidagi   darvoza   yonida   ko'milgan,
degan   afsonani   keltiradi.   Qo'handiz   (qal'a)   ning   ikkita   darvozasi   bo'lgan.   SHarqdagi
darvoza   G'o'ryon   darvozasi   deb,   g'arbdagi   darvoza   Registon   maydoniga   ochilganligi
sababli Registon darvozasi deb atalgan.
Buxoroning   rejasiga   qaraganda,   bizning   zamonamizgacha   etib   kelgan   maydoni
34675   kv.   metr,   aylanasi   780   metr   bo'lgan.   U   20   metr   baland   tepalik   ustiga   qurilgan.
Hozir Ark maydoni 4,2 gektar keladi. Uning tik devori pishiq g'isht bilan qoplangan. Ark
hdmma tomondan qo'rg'on devor bilan gir aylantirib o'rab olingan.  Bu  devor  so'nggi II —
III   asrda   qurilgan.   Arablar   istilosiga   qadar   arkda   shahar   hokimlari   —   buxor-xudotlar
yashaganlar. Somoniylar davrida (IX — X asrlar) Ark qaytadan qurildi hamda devor va
mezonlar   bilan   mustahkamlandi.   SHimoli-g'arbiy   tomondagi   mezonining   o'rni
hozirgacha saqlangan.
Qoraxoniylar   davrida   (XI   —   XII   asrlar)   va   Mo'g'ullar   bosqinchiligi   vaqtida   (XIII
asr)   Ark   bir   necha   bor   vayron   qilingan.   Arkning   hozirgi   qiyofasi   XVI   asrda
SHayboniylar sulolasi davrida shakllangan. Hozir Ark viloyat o'lkashunoslik muzeyidir.
Arkka  kiraverishdagi  yo'l asta-sekin ko'tarila borib,  uzun  yo'lakdan  Jome'  masjidiga
olib  chiqadi. Arkdagi  binolar XVII — XX asrlarga, ya'ni Ashtarxoniylar va
Mang'itlar   sulolalari   davriga   doirdir.   O'sha   vaqtlarda   Ark   shahar   hokimlari,
keyinchalik xonlar, amirlar mansabdorlar va harbiy boshliqlar yashay   digan   joy   bo'lgan.
XX   asr   boshlarida   Ark   aholisi   taxminan   3000   kishiga   etgan.   Arkdan   shaxdr   va   uning tevarak-atrof manzaralari va tepaliklar ko'rinib turadi.
Ismoil   Somoniy   maqbarasi   (IX   —   X   asrlar)   —   O'rta   Osiyo   me'morchiligining
o'ziga xos aniq va muayyan xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu me'morchilik o'z xalqi
va uning g'oyasi, did-farosati bilan ifodalangan xalq ustalarining ijodidan iborat.
Birinchidan,   IX   —   X   asrlarda   qurilgan   Somoniylar   maqbarasi   o'sha   davrdagi
binokorlarning   mahorati   va   yuksak   badiiy   dididan   dalolat   beradi.   Bu   yodgorlik   892   —
907   yillarda   qurilgan,   deb   taxmin   qilinadi.   Maqbara   shaxardagi   madaniyat   va   istirohat
bog'i   ichida   joylashgan.   U   kub   shaklida   bo'lib,   yarimsharsimon   qubba   bilan   yopilgan.
Unga   xusn   bo'lsin   uchun   burchaklariga   to'rtta   kichkina   qubba   o'rnatilgan.   Devori   qalin
(1,8 metrgacha) bo'lganligi tufayli bu yodgorlik 1000 yildan beri yaxshi saqlanib turibdi.
Maqbaraning   fasadi   yo'q,   to'rt   tomoni   ham   bir   xil.   Bunday   inshootlar   tsentrik
kompozitsiya   deb   ataladi.   Maqbara   kvadrat   shaklida   bo'lib,   pishiq   g'ishtdan   qurilgan.
Rivoyatlarga ko ra, bu maqbara Ismoil Somoniy tomonidan otasi Ahmad ibn  Asad  uchun
qurilgan. Keyinroq bu maqbara Somoniylar xonadonining daxdsi bo'lib qoldi. Unga 907
yilda   vafot   etgan   Ismoil,   keyinroq   maqbaraga   kiraverishdagi   yozuvga   ko'ra,   Ismoilning
nabirasi — 914 yildan 943 yilgacha xukmron bo'lgan Nasr II ibn Ahmad dafn qilingan.
Bino   hozirga   qadar   saqlanib   turibdi.   Bu   yodgorlikni   xorijiy   davlatlar   ham   yaxshi
biladilar.
Somoniylar   maqbarasi   sodda,   ajoyib   ziynati   va   asrlar   davomida   sinovdan   o'tgan
murakkab gumbaz tomli konstruktsiyani qo'llagan binokorlarning muhdndislik mahorati
jihatidan jahon me'morchiligining eng mukammal asarlaridan biri hisoblanadi.
CHashmai   Ayyub   mozori   (XII  asr).  SHahardagi  madaniyat   va   istiroxat   bog'i  shu
mozor   o'rnida   joylashgan.   Bu   yodgorlik   g'arbdan   sharq   tom   on   yonma-yon   joylashgan
to'rtburchakli   murakkab   to'rtta   binodan   iborat.   Bu   binolar   turli   davrlarda   qurilgan.
Ulardan eng qadimiysi konussimon baland gumbaz  bilan  qoplangandir.
Rivoyatlarga   qaraganda,   imoratning   bu   qismini   Qoraxoniylardan   Arslonxon
Vobkentdagi   Minorai   Kalon   bilan   bir   vaqtda   qurdirgan.   Mozor   ichidagi   sovuq   suvli
chashma hozirgacha bor. YOdgorlik chuqur soylikda bo'lib, yaqin vaqtgacha unda katta
buloq  suvi  oqib  turar  edi. Bu buloq mozordagi quduq  bilan  birlashtirilgan.
Qadimgi   g'   arbiy   bino   yoniga   XVI   asrda   yana   ikkita   bino   qurilgan.   Qadimii
binoning eshigi tepasiga osib qo'yilgan guldor koshinga   «bu   binoni Temurning shaxsan
o'zi qurdirdi»,  deb yozilgan.  XVI asrning ikkinchi  yarmida binoning  pastak peshtoedan
iborat ikki qubbali so'nggi to'rtinchi qismi qurilgan.
To'rt   binoning   har   qaysisida   bir-biriga   o'xshamagan   qubbalar   bor.   Ular   tashqi
ko'rinishlari yoki janub tomondan qaraganda original  va  o'ziga xosdir.
Mag'oki   Attori   masjidi   (XII   —   XVI   asrlar).   Bu   masjid   shahar   markazida
joylashgan   bo'lib,   ilgarigi   attorlar   rastasi   o'rniga   qurilganligi   tufayli   Mag'oki   Attori   deb
atalgan.   Masjid   qariyb   6   metr   erga   kirib   turadi,   aslida   ko'p   asrlar   davomida   asta-sekin
tuproq   qatlamlari   uyulib,   u   ko'milib   qolgan.   Mag'oki   Attori   masjidi   yopiq   tipdagi
masjidlardan bo'lib, tomini 6 tosh ustun ko'tarib turadi.
Masjidning   xiyobon   tomondagi   janubiy   peshtoqi   arxitekturaning   noyob   asari
xisoblanadi.   Peshtoq   va   uning   ravog'i   har   xil,   chunonchi,   o'ymakor   ganch,   sayqal
berilgan   g'isht,   koshin   o'yib   naqshlangan   sopol   g'ishtchalar   bilan   bezatilgan.   Binoning
sharqiy   tomonidan   ko'tariladigan   qismida   keng   tosh   zina   bor.   Zina   janubiy   peshtoq,
qurilgandan keyin qurilgan. Bu zina uchungina emas, balki namoz o'qiladigan joy, ham
bo'lgan.
Namozgoh   masjidi   (XII,   XIV,   XVI   asrlar).   Buxoroning   janub   tomonida,   shahar
tashqarisidadir.   Bunday   masjidlar   hayit   kunlari   shahar   masjidlari   namoz   o'quvchilarni
sig'dira   olmaganligidan   shaxar   tashqarisiga   qurilgan.   Namozgoh   masjidi   ana   shunday
masjidlardan hisoblanadi.
Namozgohning   peshayvon,   galereya   shaklida   gumbazli   binosi   bo'lgan   (XVI   asr),
unga   nafis   qoplama   bezakli   pevdtoq   qurilgan.   Garb   tomondan   binoning   monumental
qismi   mehrobli   qadimiy   devorga   taqalgan.   Masjid   nozik   o'yma   gulli   sopol   g'ishtlar   va mayda   g'isht   parchalar   bilan   bezatilgan.   Hozirgi   namozgoh   masjidi   o'rnida   bir   vaqtlar
ajoyib bog'   va   hayvonotxona bo'lgan. Bu   er   SHamsiobod deb atalgan. Bu joyni tarixchi
Narshaxiy o'z asarida to'la tasvirlab o'tgan.
Poi   kalon   ansambli   —   Minorai   kalon   (1127)   yoki   Katta   Buxoro   minorasi.
Qoraxoniylardan   Arslonxon   hukmronlik   qilgan   davrda   qurilgan.   Bu   minora   shahardagi
eng   baland   inshootdir.   Uning   balandligi   46,5   metr,   uning   qurilgan   vaqtini   (1127   yil)
ko' rsatadigan   yozuv   korpusning   o'rta   belidagi   koshinlardan   birida   qisman   saqlanib
qolgan. Minora baland, dumaloq ustunsimon bo'lib, tepasida ravoqli  «fonusiy»  tomi bor.
Uning   ichida   104   pillapoyali   aylanma   zinasi   bor.   Minoraning   yuqori   tomoni   bir   oz
ingichkaroq bo'lib, tsilindr shaklli gumbazida 16  ta  darcha bor.
Minoradan azon aytilgan.   Minorada   dushman paydo bo'lishini kuzatadigan maxsus
punkt ham bo'lgan. Minoraning qorovulxonasi xali ham bor, uning sirti jimjimador qilib
terilgan   pishiq   g'isht   bilan   qoplangan.   Buxoro   shahrining   tashqi   ko'rinishida   bu   minora
badiiy jixatdan katta ahamiyatga ega. Gumbazning zangori belbog'i XVI asrda ishlangan
koshinlardan   iborat.   Naqsh   bilan   yozilgan   eeki   qismi   XII   asrda   yasalgan   och   moviy
tusdagi   koshinlardan   iborat   bo'lib,   Buxoro   muzeyining   Sitorai   —   Mohi   xosa   filialida
saqlanmoqda. Minora korpusining pastki qismi ta'mirlandi. U o'nburchak shaklida bo'lib,
ustiga minora qurilgan.
Masjidi   kalon   (Katta   masjid)   —   juma   namozi   o'qiladigan   bu   masjid   1514   yilda
qurilgan   bo'lib,   kattaligi   jihatdan   Samarqanddagi   Bibixonim   masjididan   keyin   ikkinchi
o'rinda   turadi.   U   XII   asrdagi   eski   masjid   o'rniga   qurilgan.   Masjid   XV   asrda   qurila
boshlanib,   XVI   asr   boshlarida   (1514   yilda)   bitgan.   Masjid   to'g'ri   to'rtburchak   shaklida
hovlisi   bo'lgan   ochiq   masjidlar   turkumiga   kiradi.   Masjidi   kalonning   ettita   eshigi   bor.
Asosiy sharqiy eshigi oldida  va  ichida keng ayvonlar bor.
Masjidning   umumiy   maydoni   bir   gektar   keladi   (127X78).   Hovli   galereyasi   288
qubba   bilan   qoplangan, ularni 200   ta   ustun ko'tarib turadi. Bu ham noyob me'morchilik
yodgorliklaridan biridir.
Mir   Arab   madrasasi   —   shaxdrning   markaziy   qismida   ikkita   gumbaz   atrofidagi
imoratlardan   ajralib   turadi   (1530   yil).   Ulardan   biri   —   SHimoliy   gumbaz   tiklanib,   unga
yarim   moviy   koshin   bilan   qoplangan   bezak   berilgan,   Janubiy   gumbaz   esa   bezatilmay
qolib ketgan.
Madrasaga   hashamatli   baland   peshtoqdan   kiriladi.   Madrasadagi   binolar   xuddi
Ulug'bek   madrasasidek   joylashtirilgan.   Faqat   darsxona   o'rnida   go'rxona   bor.   Bu   erda
yamanlik   shayx   Abdulla   (Mir   Arab)   va   uning   qarindoshlari   dafn   qilingan.   YOdgorlik
shuning uchun hdm Mir Arab nomi  bilan  atalgan.
Madrasa  hovlisining chor atrofini ikki qavatli hujralar o'rab turadi. Hujralar qatorini
to'rtta peshtoq ajratib turibdi. Bir vaqtlar peshtoqlar juda baland bo'lgan.
Ulug'bek madrasasi   (1417 yil). Bu madrasa Temurning nabirasi: buyuk astronom
Ulug'bek   qurdirgan   uch   madrasa-ning   eng   avvalgisidir.   To'g'ri   to'rtburchak   shaklida
qurilgan bu binoning hovlisi  va  bezatilgan baland peshtoqi bor. Madrasaning old tomoni
ikki qavat qilib qurilgan, kiraverishdagi miyonxonaning bir tomonida darsxona, ikkinchi
tomonida masjid, ikkinchi qavatida kutubxona bo'lgan.
Madrasaning   ustki  qismini  Ismoil  ibn   Tohir   Isfahoniy  qurgan.  1585   yilda   bu  bino
qayta   tiklangan.   Keyingi   yillarda   ham   u   tez-tez   ta' mir   qylinib   turgan.   Naqshlarning
tarkibida yulduzsimon elementlar ko'pchilikni tashkil etadi. Buni astronom Ulug'bekning
kasbi-koriga bog'lash mumkin.
Ulug'bek   madrasasi   darvoza   tavaqalariga   «Bilim   olish   har   bir   muslim   va
muslimaning   burchidir»   degan   ibora   o'yib   yozilgan.   MadrasaO'z   chiroyi   va
naqshlarining   juda   go'zalligi   bilan   kishini   hayratda   qoldiradi.   Bu   bino   O'rta   Osiyo
me'morchiligining ravnaq topganligini  ko'  rsatadigan yodgorlikdir.
Abdulazizxon  madrasasi (1652 yil). Bu madrasa badiiy bezaqlarga juda boy bo'lib,
o'z   ahamiyati   jihatidan   O'rta   Osiyo   me'morchiligida   alohida   o'rin   tutadi.   Bu   bino
Ulug'bek   madrasasi   ro'parasida   qurilgan   bo'lib,   nafis   me'morchiligi   va   bezatilishi jihatidan   go'yo   Ulug'bek   madrasasi   bilan   raqobat   qilayotgandek   tuyuladi.   Holbuki,   har
ikki yodgorlik qurilishi o'rtasida ikki asrdan ortiq vaqt o'tgan.
Abdulazizxon   madrasasi   oddiy   geometrik,   yulduzsimon   va   o'simliklarni
tasvirlaydigan bezaklar o'rniga  ancha  murakkab  va  xilma-xil naqshlar  bilan  ishlangan.  Bu
erda   ajdar   va   semurg'  qushning  surati   bor.   Madrasada  ikki  masjid  bor,  yozgisi  hovlida;
darvoza   yo'lagining   g'arbiy   burchagida   esa   qishki   masjid   bor.   Ikkala   masjidning   ham
devor  va  shiplari juda serhasham qilib bezatilgan.
Madrasa xalq me'mori usta SHirin Murodov ishtirokida ta'mirlangan (1930 yil).
Bolohovuz masjidi   ,(1712 yil). U Ark qarshisida qurilgan. Masjidning hujralari   va
20   ta   baland   yog'och   ustunli   ayvoni   bor.   U   bir   vaqtlar   shaharning   juma   namozi
o'qiladigan   masjidi   bo'lgan   va   amir   Buxoroga   kelgan   paytlarida   shu   masjidda   namoz
o'qigan.   Amir   kelganda   Arkdan   masjidgacha   gilamlar   to'shalgan.   Bolohovuz   masjidiga
Registon maydoni tomonidan qaralsa, uning peshayvoni, maydon yon boshidagi minorasi
va  o'rtasidagi chuqur hovuz kishida ajoyib taassurot qoldiradi.
CHor   Minor.   Uni   xalifa   Niyozqul   madrasasi   deb   ham   atashadi.   Bu   yodgorlik
so'nggi vaqtlarda qurilgan obidalar qatoriga kiradi.  U  XIX asr boshlari (1807) da qurilgan
va   shaxarning   shimoli-g'arbiy   qismida   joylashgan.   YOdgorlik   murakkab   me'morchilik
namunasi   bo'lib,   peshayvon   turidagi   masjid,   bir   qavatli   madrasa,   hovuz   va   ajoyib
peshtoqdan iborat. To'rtta baland mezanasi bor. Ular minoraga o'xshaydi, shuning uchun
ham CHor Minor madrasasi deb ataladi. Aslida   esa bular   shunchaki mezanalar bo'lmay,
faqat   binoning   badiiy   bezagidir.   Ular   Hindiston   masjidlari   me'morchiligining   ta'siri
borligini ko'rsatib turibdi.
Labihovuz (XVII asr). Qadimgi Buxoroda savdo maydonlari ko'p bo'lgan. Ulardan
biri   Labihovuz   hozirgacha   saqlanib   qolgan.   Bu   maydon   shu   erdagi   katta   (uzunligi   42
metr, eni 36 metr, chuqurligi 5 metr chamasi) hovuz tufayli Labihovuz deb atalgan. Bu
hovuz   katta   may   donning   o'rtasidadir.   U   1620   yili   qazilgan.   Hozirgi   vaqtda   hovuz
ta'mirlangan.   Maydonning   tort   tomoni   hashamatli   me'morchilik   inshootlari   bilan   o'rab
olingan,   uni   g'arbiy   tomondan   Devonbegi   xonaqasi,   Labihovuz   masjidi,   sharqiy
tomondan Devonbegi madrasasi o'rab turibdi. SHimoliy tomonda  esa  1578 yilda qurilgan
Ko'kaldosh   madrasasi   bor.   XVII   asrning   yigirmanchi   yillarida   qurilgan   dastlabki   ikki
yodgorlik ayniqsa sernaqsh   va   serhashamdir.   Bu   erda shahardagi toqilarning hammasini
bir-biri  bilan  bog'lovchi savdo ko'chasi boshlanadi.
Tim   va   toqlar   (XVI   asr).   Buxoroda   eng   yirik   savdo   inshootlaridan   to'rttasi:   Toqi
zargaron, Toqi telpakfurushon, Toqi sarrofon  va  Abdullaxon timi saqlanib qolgan. Toqlar
shahristonning   Labihovuz   maydonidan   Registon   maydonigacha   boradigan   asosiy   savdo
ko'chasidagi chorrahalarda qurilgan. Muntazam sakkiz burchakli ichki xonaga mahobatli
gumbaz   yopilgan.   16   darchali   bu   gumbazning   meridianal   qovurg'alari   bor.   Toqi
zargaronda o'ttizdan ortiq zargarlik do'koni   va   ustaxonalar bo'lgan. Bu erda har xil zeb-
ziynat buyumlari yasab sotilgan. Toqi telpakfurushon   ko' chalar   chorrahasiga qurilgan. U
oltiburchak   shaklida   bo'lib,   markaziy   gumbazda   darchalari   bor.   Toqi   telpakfurushon
ilgari   Toqi   kitobfurushon   deb   atalgan,   chunki   bu   erda   kitoblar   sotilgan.   Toqi   sarrofon
ikki   ko' cha   chorrahasida bo'lib, ulardan biri Registon tomonga qarab ketgan. U shuning
uchun   Toqi   sarrofon   deb   atalganki,   unda   ko'pincha   sarroflar   o'tirib,   chet   el   pullarini
almashtirganlar   va   pul maydalaganlar. Buxoronning Abdullaxon timi   va   toqlari qadimiy
shaxar qurilishining obod, yirik ko'chalarida saqlanib qolgan elementlarigina, xolos. O'rta
Osiyo   va   SHarq   mamlakatlaridagi   birorta   shaharda   bunchalik   mahobatli   (ulug'vor)
me'morchilik inshootlari yo'q, desa bo'ladi.
Devonbegi   xonaqosining   old   tomoni   Labihoiul   suvida   oynadek   aks   etib   turadi.
SHuning uchui  bu  yodgorlikni Labihovuz deb ham ataydilar.
SHarq   tomonda,   masjid   ro'parasida   Nodir   devonbegi   madrasasi   (1622   yil)   qad
ko'targan.   U   karvonsaroy   sifatida   qurila   boshlagan   bo'lsada,   keyin   qurilish   davomida
madrasaga   aylantirilgan.   SHuning   uchun   uning   rejasi   oddiy   va   madrasalar   rejasiga
o'xshamaydi. Ko'kaldosh   madrasasi   (1578   yil)   —   Labihovuz   maydonida   joylashgan   binolar
jumlasiga   kiradi.   Bu   yodgorlik   Abdullaxon   hukmronlik   qilgan   davrda   (1557   1558)
qurilgan   bo'lib,   O'rta   Osiyodagi   eng   katta   madrasalardan   biri   hisoblanadi.   Madrasaning
160   xujrasi   bor.   Madrasaning   eshigi   alohida   e'tiborga   sazovordir.   eshik   tabaqalari
yog'och   pilakchalardan   yig'ilib,   elim   va   mixsiz   cho'p   pona   bilan   biriktirilgan,   taxta
pilakchalarga   nozik   va   mayda   o'ymakor   gul   solingan.   Madrasalarning   devori   odatda
yaxlit   bo'ladi.   Bu   madrasaning   esa   ochiq   ayvonchali   boloxonalari   bo'lgan   va   ular
durustgina bezatilgan. Hozir bu erda viloyat davlat arxivi joylashgan.
SHaharning g'arbiy qismida, shahar madaniyat  va  istirohat bog'i darvozasining chap
tomonida   bir-biriga   ro'para   turgan   ikkita   katta   madrasa   bor.   Ular   Qo'sh   madrasa   nomi
bilan   mashhur   Qo'sh   madrasa   Buxorodagi   xdshamatli   me'morchilik   komplekslaridan
biridir. SHarqiy tomondagi Madori xon madrasasi (1566) g'arbiy tomondagi Abdullaxon
madrasasidan   22   yil   ilgari   qurilgan.   Madori   xon   madrasasining   hajmi   kichikroq,
bezaklari   soddaroqdir.   Abdullaxon   madrasasi   kattaroq,   ayniqsa   uning   sal   qiyshaygan
baland old peshtoqi serhashamdir. Hovli to'rt  peshtoqdan iborat. Uning  eshik tabaqalari
Ko'kaldosh madrasasining eshigi ga o'xshatib taxta pilakchalaridan yasalgan. SHaharning
sharqiy   qismida,   vokzalga   yaqin   joyda   ikki   maqbara:   Sayfuddin   Boharziy   va
Buyonqulixon maqbalari bor.
Sayfuddin Boharziy maqbarasi din aqidalari to'g'risida asarlar yozgan  va  1262 yilda
vafot   etgan   shayxning   nomi   bilan   bog'liqdir.   Bu   yodgorlik   ikki   binodan,   ya'ni
ziyoratxona   va   go'rxonadan   iborat.   Ilgari   ikkinchi   xonada   badiiy   o'ymakorlik   va   sirli
bezaklarning   noyob   namunasi   bo'lgan   yog'och   sag'ana   bo'lgan   (XIV   asr).   Maqbaraning
ichiga baland minoralar gumbazidagi darchalardan yorug'lik tushib turadi.
Buyonqulixon   maqbarasi   (XIV   asr).   Bu   maqbara   1358   yilda   Samarqandda
o'ldirilgan Mo'g'ul xoni chingiziy Buyonqulixon qabri ustiga qurilgan. Maqbara katta   va
kichik   xonaga   bo'lingan.   Maqbaraning   tort   tomonida   naqshinkor   ustunlar   bor.   Devor
ichidan   qorong'i   va   tor   yo'lak   o'tadi.   Maqbaraning   ichki   va   tashqi   tomoni   rang-barang
bo'yoq   bilan   bezatilgan.   Bu   erda   zangori,   ko'k,   binafsha   rang   va   oq   bo'yoqlargina
ishlatilgan. Bo'yoqlar g'oyat  toza  va  tiniq. O'sha zamonda peshtoq xam qurilgan. Faqat u
binodan alohida qurilgan. Maqbara peshtoqi ham koshin  bilan  bezatilgan.
1926   yilda   maqbara   ta'mir   etildi.   Uning   baland   supa   ustiga   qurilganligi   yaqinda
aniqlandi.
Zindon   —   XVII   asr   oxirlarida   SHaxristonning   shimoli-g'arbiy   burchagidagi
tepalikda   (hozirgi   kolxoz   o'rnida)   qurilgan.   Bino   ko'rimsiz   bo'lib,   baland   g'isht   devor
bilan   gir   aylantirib   o'rab   olingan.   Zindonga   janubiy   devordagi   pastak   peshtoqdan
kirilgan.   Kichkina   hovli   ikki  qanotli   tosh   binoga  olib   boradi.   O'ng   qanotning   boshidagi
xonaga   qarzini   uzolmagan   kishilar   qamalgan.   Binoning   chap   qanotidagi   to'rtinchi   xona
kishida og'ir taassurot qoldiradi. U qorovulxona orqasidagi 5 metrli chuqur erto'ladir.   Er
ustidagi qismi darchali qubba, erto'laga katta teshikdan tushiladi.
Zindon   hovlisidan   mahbuslar   «pirining»   qabri   hamda   zindonning   sharqiy   va
shimoliy tomonlaridan o'tadigan baland tor yo'lak bor. Hozirgi vaqtda zindonga Buxoro
o'lkashunoslik muzeyining eksponatlari qo'yilgan.
Sitorai   mohi   xosa   saroylari   —   shahardan   4   kilometr   narida,   shaharning   shimol
tomonida   ikki   saroy   bor.   Ulardan   biri   Buxoroning   eng   oxirgi   amiri   Said   Olimxonning
saroyidir.   Bu   saroy   bir   qavatli   bo'lib   «G»   harfi   shaklida   qurilgan.   Bunda   garchi   xalq
ustalari   o'yma   ganchkorlikda   va   devorlarga   surat   solishda   ajoyib   mahorat   namunalarini
ko'rsatgan   bo'lsalarda,   amirlarning   meshchanlik   did-farosatlari,   ularning   bir-biriga   zid
dabdabali,   hashamatli   suratlarga   o'chligi   o'z   aksini   topgan.   Amir   saroyni   bezattirishda
Evropa me'morchiligiga  taqlid qilgan. Butun shu dabdaba-yu hashamatlarga taqlid  qilib
ishlangan   surat   va   naqshlar   orasida   Sitorai   mohi   xosadagi   «Oq   saroy»   («Oq   zal»)   ga
berilgan   pardozlar   xalq   san'atkorlari   hunarini   ko'z-ko'z   qilib   turadi.   Bu   zalni   iste'dodli
san'atkor   usta   SHirin   Murodov   bir   guruh   Buxoro   ustalari   bilan   qurgan.   Hozirgi   vaqtda
Sitorai  mohi  xosaga  Buxoro  viloyati  o'lkashunoslik  muzeyi  bo'limining  ekspozitsiyalari joylashtirilgan. Saroy hududida sanatoriy ochilgan.
Sitorai   mohi   xosada   amirning   otasi   Ahmad   qurdirgan   ikkinchi   saroy   ham   bor.   Bu
bino   saroy   hayotining   yodgorligi   bo'lib,   tamoman   boshqacha   rejalashtirilgan   va
bezatilgan. Hozir bu ikkinchi saroyga bolalar sanatoriysi joylashgan.
Qo'sh   madrasadan   janubda,   zamonaviy   binolar   qurilishi   olib   borilayotgan   joyda
unchalik katta bo'lmagan Baland masjid (XVI asr) qad ko'tarib turibdi. Masjidning qishki
binosi   bilan   yog'och   ustunli   ayvoni   joylashgan   poydevori   baland   bo'lganligi   uchun
Baland masjid deb  nom  olgan.
Imoratning   barcha   me'morchilik   boyligi   hozirgi   paytda   uning   ichki   tomoni
hisoblanadi.   Oltin   suv   yugurtirilgan   nafis   gulli   yaltiroq   katakcha   tosh   taxtachalardan
iborat   baland   och-yashil   panel’   kishini   zavqlantiradi.   Peshtoqchalardagi   serhasham
o'simlik suratidagi bezak IV asrning  «guldor»  gilamlariga juda o'xshaydi.
Xoja   Zaynuddin   masjidi.   Xoja   Zaynuddin   masjidi   1555   yilda   qurilgan.   Biz   bu
erda   birinchi   bo'lib   masjid   qurilishi   bilan   shahar   qurilishi   o'rtasidagi   hamkorlikni
ko'ramiz.   Masjid   asosiy   fasadining   ikki   tomoni   uning   oldidan   o'tadigan,   tor   yo'lakni
hisobga. olib qurilgan, ikki tomoni   esa turar   joy uylari   bilan   bir qatorda turibdi. Ikki old
tomoni ayvonli, uning oldida  esa  katta tosh plitalari terilgan katta hovuz bor. Masjidning
ichi juda chiroyli qilib bezatilgan. Uning peshtoqlari shunday mahorat  bilan  bezatilganki,
u o'   sha   paytdagi odamlarning shunday yuksak didi bo'lganligidan dalolat beradi   va   uni
ko'rgan kishi hayratda qoladi.
Buxoroda  katta  qiziqish  tug'diradigan   yana  bir  qancha  yodgorliklar   bo'lib,  biz  eng
asosiylarinigina ko'rsatib o'tdik.
O'qituvchi   Buxoro   shahridagi   qadimii   edgorliklarni   tushuntirib,   shaharda   katta
qiziqish tug'diradigan yana bir qancha me'morchilik yodgorliklari borligini, bu erda eng
asosiylarigina   ko'rsatib   o'tilganligini   qayd   qilib,   suhbatni   yakunlagach,   «mana   endi   biz
Buxoro viloyatidagi qishloq  va  rayonlar toponimikasi ustida to'xtalamiz», deb o'quvchilar
diqqatini quyidagilarga tortadi:
Askarcha   —   Buxoro   viloyatidagi   qishloq.   Askarcha   —   «qo'shin   —   lashkar
qishlog'i»   ma'nosini   bildiradi.   SHu   rayondagi   Dovud   qishlog'ida   qurol-aslaha
tayyorlangan.
Band   — Navoiy rayonidagi qishloq. Bu so'z — to'g'on, suv ombori degan ma'noni
bildiradi.
YAngi bozor  — Buxoro viloyati Buxoro rayonidagi qishloq. Bu nomni o'rganishda
o'sha   joyda   yashab   xizmat   qilayotgan   o'qituvchilarta,   keksalarga   va   arxiv   hujjatlariga
murojaat qilindi. Qishloqni nima uchun YAngi bozor deb atashgan?  Bunga  sabab, YAngi
bozor qishlog'idan bir oz naridagi qishloqda boshqa kichik bir bozor bo'lgan, bu bozorga
turli   tomondan   kishilar   kelib   savdo   sotiq   qilganlar.   Bozor   kengayib   borgan,   eski   bozor
bilan   birgalikda   yangi   bozor   ham   rivojlangan.   SHundan   boshlab   qishloq   YAngi   bozor
deb atala boshlagan.
Sari   kunda   —   Romiton   rayonidan   15   kilometr   naridagi   qishloq.   Urganch   cho'li
etaklarida   joylashgan.   Keksalarning   aytishlaricha,   o'rta   asrlarda   qishloq   nihoyatda   obod
bo'lgan.   Maydoni   keng,   bog'-chorbog'i   ko'p   bo'lgan.   SHu   erda   kunda   boshi,   ya'ni   suv
boshi bo'lgani   uchun xam qishloqning nomini shunday deb ataganlar. «Sari» — tojikcha
(bosh),  «kunda»  —  suv,  suv  taqsimlanadigan  to'g'on  boshi  demakdir.  Vaqt  o'tishi  bilan
xususiy boylik uchun olib borilgan kurashlar natij  asida  qishloq xarobaga aylangan. 1920
yilda qishloqda jami 6 xo'jalik istiqomat qilgan. Qishloq axolisining ko'pchiligi tojiklar.
Keyingi   yillarda   qishloq   tanib   bo'lmas   darajada   o'zgardi.   Dastlab   10   gektar   maydonda
omoch bilan dehqonchilik qilgan sarikundaliklar bugungi kunda 300 gektardan ortiq erga
ekin ekib, farovon hayot kechirmokdalar.
CHor   rabot   —   Buxoro   viloyati   G'ijduvon   rayonidagi   qishloqning   nomi.   CHor
rabot,   ya'ni   to'rtta   rabotdan   iborat   degan   ma'noni   anglatadi.   Hozir   xam   qishloq   tort
qismdan   iborat   bo'lib,   ular   xalq   shevasi   bilan   quyidagicha   nomlar   bilan   ataladi:   Sho'ro
xo'rxo   (sho'r   ovqat   iste'mol   qiladiganlar)   —   yoki   tuzlik   ovqat   eydiganlar   mahallasi; «Markaziy   ko'cha»   yoki   mahalla;   Poy   luchho   (oyoq   yalanglar),   yoki   kambag'allar
mahallasi; Oshpazho (oshpazlar mahallasi).
Hozir  ham CHor  rabot qishlog'i  va uning  4 mahallasi  yuqoridagi nom  bilan atalib
kelinadi. Buxoro viloyati G'ijduvon rayonidagi kolxozda quyidagi qishloqlar bo'lib, ular
CHor rabot  (to'rt rabot),  Qo'rg'on  (qal'a),  Arrabon  (suvi  ravon ketadigan ariq;  suvi tez
oqadigan ariq) deb nomlangan (arablar yashaydigan qishloq bo'lishi ham mumkin).
Keskin terak  — Karmananing nomi, hozir Navoiy deb ataladi. Bu qishloqning ham
o'ziga xos tarixi bor. Uning Keskin terak deb atalishi to'g'risida shunday rivoyat bor: bu
erda juda ko'p terak o'sgan. Teraklarni bir kishi kelib kesib olib ketgan. SHundan beri bu
joy Kesgan terak deb atalib kelar ekan. Erli xalq tilida «Keskin terak» deyiladi.
Dabboki  — Buxoro viloyati Qorako'l rayonidagi qishloq nomi. Tojikcha dabbog —
teri ishlovchi, charmgar, dabbogi — terini oshlovchi kosib.
Etimak   —   Buxoro   viloyati   SHofirkon   rayonidagi   qishloq.   Etimak   (YAtimak)   —
«etimcha»,  «etim  bola»;  «Etimak» (yatimak) degan og'irlik o'lchovi bo'lgan; etim (yatim)
so'zining «qashshoq», «batrak» ma'nosi ham bor.
YObi   ariq   —   Buxoro   viloyati   Konimex   rayonidagi   qishloq.   YObi   (yobu)   o'zbek
xalqi   tarkibiga   kirgan   qadimiy   elat,   qabila.   YObilarning   ko'pchiligi   asosan   Zarafshon
vodiysida   istiqomat   qilgan.   YObi   qabilasi   tomonidan   qazilgan   ariq   YObi   arig'i   bo'lgan,
so'ng qishloqqa ham «YObi ariq» nomi berilgan. Hozirda shu nom bilan ataladi.
Obduzd   — Buxoro viloyatidagi ariq. Obduzd — «suv o'g'risi»  yoki «O'g'irlangan
suv»   demakdir.   Navbatini   kutmasdan   o'g'rincha   suv   oladigan   kishi   obduzd   deyilgan.
Ba'zan biron yoriqqa yoki o'pqonga kirib  ketib,  yana  er  yuziga chiqadigan jilg'a suvi ham
obduzd deb atalgan.
Oxshix   —   Buxoro   viloyatidagi   qishloq   nomi.   To'g'risi,   Oqshix   bo'lsa   kerak.
Turkman   urug'laridan biri shix (shiyx) deb atalgan. Bir qancha urug'lar qora, oq, ba'zan
ko'k,   sariq   kabi   turlarga   bo'linadi.   Buxoro   viloyatida   turkmanlar   ko'p.   Bu   urug'   ba'zan
o'zbeklar orasida ham uchraydi. Oqshix so'zi buzilib, Oxshix bo'lib qolgan.
Oqtaqir  — Buxoro viloyati Tomdi rayonidagi ovul. Taqir cho'lda qish-bahorda suv
to'lib, yozda qaqrab yotadigan, yorilib-yorilib yotadigan yaydoq maydonga aytiladi.
Peshku   —   Buxoro   viloyati   Romiton   rayonidagi   qishloq   nomi.   Pesh   «old»,   «old
tomon»,   kuy   —   «ko'cha»,   «guzar»,   ya'ni   ko'cha   tomon   degan   ma'noni   anglatadi.   Hozir
shu nomli rayon markazi.
Pozagari   —   Buxoro   viloyati   G'ijduvon   rayonidagi   qishloq.   Poza   tojikcha
omochning   uchiga   kiydiriladigan   cho'yan   tish,   pozagar   (pozarez)   omoch   tishi   quyuvchi
usta degan ma'noni bildiradi.
Pattachi   —   ma'nosi   ma'lum   emas,   lekin   patta   degan   o'simlik   (buta)   bor.   Termiz
shahri   yaqinida   (Amudaryo   bo'yida)   Pattakesar   qishlog'i   ham   bor.   Bu   qishloq   ham   ana
shu o'simlik nomi bilan atalgan. Sepatta — «uch patta», ayrim mutaxassislarning izohiga
ko'ra, «Patta» so'zi ayrim kishilarga beriladigan hujjatlarni ham bildiradi. SHuning uchun
bozorda  va  guzarlarda boj  oluvchi odamni «pattachi» deyishgan.
Tallicha   —   Buxoro   viloyati   Buxoro   rayonidagi   qishloq   nomi.   Tall   arabcha   so'z
bo'lib,  «tepalik»  degan ma'noni bildiradi. Buxoro viloyatining ko'p joylarida tepalikni tall
deyishadi. Tallicha  «kichkina  tepalik» degan ma'noni bildiradi.
Tarob  — Buxoro viloyati hududida joylashgan. Tarixiy manbalarda Torob qishlog'i
Buxorodan ham oldin paydo bo'lgan deyiladi. Bu qishloq dastlab Narshaxiyning «Buxoro
tarixi»da tilgan olingan. Bu qishloq ahli 1238 yilda Mo'g'ullarga, keyinroq   esa   mahalliy
boylarga, ruhoniylarga qarshi ko'targan qo'zg'olonlari   bilan   mashhurdir. Torob so'zining
etimologiyasi ma'lum emas. , Maxmud Torobiy ham shu qishloqdan chiqqan.
Toshkent   —   Buxoro   viloyati   Qorako'l   tumanidagi   qishloq   nomi.   Qishloqqa
toshkentliklar ko'chib kelib o'rnashgandan shunday  nom  olgan.
Toqi   sarrofon   —   Buxoro   shahridagi   bozor.   Toq   so'zi   qadimiy   me'morchilik
atamalaridan biri bo'lib,  «arkli bino»  ma'nosini anglatadi. Buxoro xonligida usti yopilgan
bozor toq deyilgan. Masalan, Toqi telpakfurushon Telpak sotuvchilar toqi, Toqi sarrofon ham  shunday  bozor  (rasta)lardan biri  dir. Sarrof  —   «pul   maydalovchi»  demakdir. O'rta
asrlarda   Buxoroning   Kesh   (SHahrisabz)   darvozasi   yaqinidagi   bir   mahalla   Rasattoq
(arabcha   «ark   boshi»)  deb atalgan. Bu maxdlla qadimda ana shu erda bo'lgan  gumbazli
bozor nrmi  bilan  atalgan bo'lsa kerak, deydi tarixchi  O.  I. Smirnova.
Xumdonak   —   Buxoro   viloyatidagi   qishloq   nomi.   G'isht,   sopol   buyumlar
pishiriladigan   xumdon   so'ziga   kichraytirish   affiksi   «ak»   qo'shilib   yasalgan   toponim.
Xumdonak «xumdoncha qishloq» ma'nosini bildiradi.
Xoja   Tabband   —   Buxoro   guzarlaridan   biri.   Ma'nosi   bezgakni   bog'lovchi,   yo'q
qilib   tashlovchi   (davolovchi)   demakdir.   Jonli   tilda   Tabbat   bo'lib   ketgan.   Guzarda   xoja
Tabband   mozori   bor.   Rivoyatlarga   kora,   xoja   Tabband   bezgakni   davolagan.   Guzar   ana
shu xoja Tabband nomi  bilan  atalib kelinmoqda.
SHoxrud   —   shahar   arig'i,   Buxoro   shahrini   suv   bilan   ta'minlaydigan   ariq.   Dastlab
Rudi   zar   deb   atalgan:   Arab   geograflari   asarlarida   Nauri   zar   shaklida   qayd   qilingan.
SHayx   Boxarziyning   vaqf   hujjatlarida   (XIV   asr)   Rudi   shaO'ri   Buxoro   deb   atalgan.
Keyingi asarlarda SHohrud bo'lib ketgan. eronda hdm SHohrud degan ariq bor.
Sho'riston   — Buxoro viloyati SHofirkon rayonidagi Qishloqning nomi. Sho'riston
—  «sho'r  bosgan joy»,  «sho'rxok»  ma'nolarini bildiradi.
Qulonxona  — Buxoro viloyati Buxoro rayonidagi qishloq Bir zamonlar qulon ko'p
bo'lganligidan   shuiday   nom   olgan   bo'lishi   mumkin.   Lekin   qulon   (qulontik)   urug'i
vakillari yashaydigan qishloq ham Qulonxona deb atalgan bo'lsa ajab emas.
Qo'tir   buloq   —   Vobkent   rayonidagi   qishloq.   Qishloq   qo'tir   kasalligiga   davo
bo'ladigan buloq yonida joylashganligidan shunday  nom  olgan.
G'ijduvon   — Buxoro viloyatidagi shaxdr. Dastlab Narshaxiy asarida tilga olingan.
Boshqa tarixiy manbalarda G'ijduvon shaklida ham qayd qilingan. Xalq og'zida Gijduvon
so'zini G'uji devon — devlar, ins-jinslar ko'p ma'nosida deyilsa, ayrimlar G'uji dehkon —
«Bir   to'p   qishloq»   demakdir,   deb   taxmin   qiladilar.   To   p   qishloq   degani   to'g'ri   bo'lsa
kerak.   Har   holda   etimologiyasi   aniq   emas.   Baxovuddin   Naqshbandning   ustozi
Abdulxoliq G'ijduvoniy nomiga qo'yilgan degan fikrlar xam bor.
Havzak dorisozlar   — Buxoro viloyati G'ijduvon tumanidagi qishloq. Bu toponim
tojikcha   va   o'zbekcha   til   qoidalari   asosida   yasalgan;   hovuzni   tojiklar   havz   deyishadi
(«ak»   esa   kichraytiruvchi   affiks),   dori-darmon   tayyorlab   kun   ko'rgan   kishi   dorisoz
deyilgan. Hdvzak dorisozlar  «dorisozlar  hovuzchasi» demakdir, ikki so'z orasidagi izafet
esa  tushib qolgan, tojikcha Havzaki dorusozon bo'lishi kerak.
O'qituvchi   o'quvchilarni   Buxoro   viloyatining   qishloq   va   rayonlar   tarixi
toponimikasi   bilan   tanishtirib   chiqqach,   Qashqadaryo   va   Surxondaryo   viloyatlarining
qishloq, rayonlari tarixi etimologiyasini o'rganishga kirishsa, maqsadga muvofiq bo'ladi.
Bu   o' rinda   o'qituvchi   Qashqadaryo   viloyatidagi   Gubalak,   Qarshi,   Kitob,
YAkkabog',   Olaqarg'a,   Varg'anza,   CHimqo'rg'on   kabi   qishdoq,   shahar   nomining   kelib
chiqish tarixini o'sha joylarda yashab, ijod etgan atoqli olimlar shoirlar, mashhur kishilar,
Mehnat   Qahramonlari,   urush   faxriylari,   shuningdek   tariximizda   muhim   rol’   o'ynagan
kishilar nomlari  bilan  bog'lab o'rganishi kerak.
SHuningdek, o'qituvchining nima uchun bu viloyat Qashqadaryo deb nomlangan  va
bu so'zning ma'nosini bilasizmi? kabi savollariga o'quv  chilar  ilmiy ijodiy javob topishda
ota-   onalari,   mahalliy   qariyalar,   shu   sohaga   qiziquvchilar   bilan   hamkorlikda   ish   olib
borishi zarur.
Masalan, Qashqadaryo so'zi qanday ma'noga ega? degan savolga quyidagicha javob
olish mumkin;
Qashqadaryo   —   daryoning   nomidan   olingan.   U   Qarshi   vohasini   suv   bilan
ta'minlaydi.   Daryo   qadimgi   vaqtda   Koshkirud   deb   atalgan.   Ayrim   tadqiqotchilarning
(masalan,   V.   V.   Bartol’dning)   fikricha,   Qashqadaryo   Keshkirudning   fonetik   o'zgargan
variantidir.
Ba'zi olimlar toponimning asosini  «qashqa»  so'zi tashkil etadi, qashqa «qaqshamoq,
qurib   qolmoq»   degan   ma'noni   bildirishini   aytadi   (A.   Ishaev).   H.   Hasanov   daryoning tabiiy  xususiyatida  ham   qashqalik  bor,   Qarshidan  keyin  daryoning   suvi  kamayib  o'zani
olachalpoq   «qashqa   holiga   keladi»,   deb yozadi. S. Qoraev   «qashqa»   so'zining bir necha
ma'nosini   keltiradi.   etnik   nom:   tiniq,   tez   oqar,   yoqasida   o'simlik   o'smaydigan   yalang,
yolg'iz tepa  va  hokazo.
Daryo nomidan viloyat nomi vujudga kelgan, hozir ham shu  nom bilan  yuritiladi.
Qarshi   —   shahar   nomi.   Qashqadaryo   viloyatining   ma'muriy   markazi.   Qarshi
O'zbekistonning eng ko'hna shaharlaridan biri. U Grek — Baqtriya davlati davridan beri
mavjud.  SHahar  XIV  asrgacha  Naxshab  deb atalgan. Arablar  bu maxdlliy  nomni buzib
Nasaf   deb   ishlatgan   bo'lsa   kerak.   Hozirgi   Qarshi   XIV   asrning   birinchi   yarmida   voha
o'rtasida   Samarqand,   Buxoro,   Afg'oniston,   Hindiston   va   SHarqdagi   boshqa   qo'shni
mamlakatlardan keladigan yo'llar ustida qurilgan. CHig'atoy naslidan bo'lgan Kepakxon
(1309   —1326)   Qashqadaryo   vodiysiga   o'rnashgan   eski   Naxshabdan   ikki   farsax   narida
o'ziga   saroy   qurgan.   Saroy   Mo'g'ul   tilida   Qarshi   deb   ataladi.   Qarshi   «SHoh   qal'asi»
degan ma'noni ham bildiradi, deyishadi.
Gubalak   —   bu   qishloq   Qashqadaryo   viloyati   Koson   rayonidagi   kolxoz   hududida
joylashgan.   Qishloq   viloyat   markazi   Qarshi   shahridan   18   km   shimoli-g'arbda,   rayon
markazidan   esa   10   km   janubi-sharq   tomonda   joylashgan.   Qishloqda   200   dan   ko'proq
xo'jalik   istiqomat   qiladi.   Aholining   milliy   tarkibi   ham   xilma-xil   bo'lib,   uning   asosiy
qismini   o'zbeklar   tashkil   etadi.   Aytishlaricha,   qishloqning   o'rni   bundan   bir   necha   yil
muqaddam cho'l bo'lgan. Ko'chmanchilik  bilan  shug'ullangan odamlar asta-sekinlik  bilan
shu   erga   kelib   o'troqlashib   qola   boshlaganlar.   Qishloq   yonida   ko'chmanchi   «arab»
qabilalari kelib o'rnashgan. Ular avvallari kapa   va   erto'lalarda yashaganlar, so'ng guvala
quyib,   undan   uy   qurib   olganlar.   SHundan   keyin   bu   qishloq   nomi   «Guvalak»   bo'lib
qolgan,   keyinchalik   Guvalak   so'zi   «Gubalak»   bo'lib   ketgan.   Bu   nom   O'zbekistonning
boshqa viloyatlarida ham uchraydi. Masalan, Farg'ona vodiysida guvalak nomli bir necha
joylar bor.
Mahmud   tepa   —   Qashqadaryo   viloyati   Koson   rayonidagi   qishloq.   Qishloqning
oldingi   nomi   «Qoratelpak»   bo'lgan.   Qishloq   axlining   aksariyati   qoratelpak   kiyib
yurganidan   shunday   nom   olgan,   deyishadi.   Keyinchalik   odamlar   chakalakzor   va
tepalarni   o'zlashtirib,   yangi   qishloq   barpo   qilganlar.   Ishboshi   Mahmud   ismli   oqsoqol
bo'lgan   ekan.   O'sha   vaqtdan   boshlab   Mahmud   ota   o'zlashtirgan   tepa,   keyinchalik
Mahmud tepa deb atala boshlagan, qishloq nomi  esa  o'z holicha qolavergan.
Kitob   —   Qashqadaryo   viloyatidagi   shahar.   SHaxdrni   uch   tomondan   tog' lar,   ya'ni
Ziyovuddin tog'ining davomi, Qo'rg'on tog',  orqa  tarafidan  esa  Taxta qoracha tog'i  va  shu
tog'ning davomi o'rab  olgan. Kitob nomining  kelib chiqishi o'qiydigan   «kitob»   so'zidan
emas, balki tojik tilidan olingan  «kift»  — elka,  «ob»  — suv, ya'ni  «elkadagi  suv» degan
ma'noni bildiruVchi  «kiftob»  so'zidan kelib chiqqan bo'lishi mumkin. Haqiqatan ham  bu
nom   to' g'ri   qo'yilgan,   chunki   Kitob   rayonining   ikki   tomonidan   ikkita   daryo   —
Qashqadaryo   va   Oqdaryo oqib o'tadi. Kitob rayoni janubdan SHahrisabz rayoni, shimol
va   g'arbdan Samarqand viloyatiga qarashli Jom deb atalgan qishloq   bilan,   sharqdan   esa
Tojikiston tog'lari  bilan  chegaralangan. Kitob rayoni kundan-kunga rivojlanib bormoqda.
Kitob   posyolkasida   qurilgan   to   rt   qavatli   ma'muriy   binolar   va   qishloq   xo'jalik   idorasi,
zamonaviy   oziq-ovqat,   kiyim-kechak,   poyabzal,   bosh   kiyimlar,   atir-upa,   uy-anjomlar,
attorlik,   «Bolalar   dunyosi»   do'konlari   binolari   shahar   ko'rkiga   ko'rk   qo'shib   turibdi.
SHuningdek,   500   o'rinli   «O'zbekiston   50   yilligi»   kinoteatri,   mehmonxona   binolari,
«Paxtakor»   sport  jamiyati   va   shu kabilar kitobliklar xizmatida. Kitob rayonida sakkizta
kolxoz,   to'rtta   sovxoz   bor.   Bularning   xammasi   don   etishtirish,   chorvachilik   bilan
shug'ullanadi.   Ikki   sovxoz,   ya'ni   «Qishlik»   hamda   «Palandara»   sovxozlari   uzumchilik,
chorvachilik, sabzavot  va  poliz ekinlari, tamaki xom ashyosi etishtiradi.
«Qishlik»   sovxozi   Kitob   rayonining   shimol   tomonidan   joylashgan.   Sovxozni
«Qaynar»   deb   ham   atashadi.   Bunday   atalishining   boisi   shuki,   qishloqda   katta   chashma
joylashgan.   Bu   chashma   «Qaynar   buloq»   deb   ataladi.   Qaynar   buloq   sovxozning   eng yuqorisida   joylashgan.   CHashmadan   butun   sovxoz   suv   ichadi.   Qishloq   qariyalari
chashma   haqida   ko'pgina   rivoyatlar   to'qishgan.   CHashmaning   o'rtasida   ikki   tup   daraxt
o'sadi. Qariyalarning aytishicha, agar shu daraxtni birov sindirsa yoki uning yonida biron
nojo'ya ish qilib qo'ysa, uning ko'zi ko'r, qo'li  yoki oyog'i shol, ya'ni jonsiz bo'lib qolar
ekan.   SHuning   uchun   ham   bu   joyda   hech   kim   nojo'ya   ish   qilmaydi.   Faqatgina   sovxoz
ishchilari   buloq   suvi   toza   bo'lishi   uchun   gir   atrofini   betondan   devor   qilib   ustini   yopib
qo'yishgan.   Sovxoz   hududida   bir   necha   sayrgoh   joylar   bor.   SHulardan   biri   «Etti   qiz
g'ori»,   «Ahmad   g'ori»,   «Qirq   qiz»   degan   joylar   bo'lib,   bu   joylar   ayniqsa   bahorda
kishining bahri-dilini ochadi.
Varg'anza   —   Kitob   rayonidagi   qishloq   nomi.   Maxalliy   aholining   ko'pchiligi
anorchilik   bilan   shug'ullanadi.   Aytishlaricha,   bu   erga   boshqa   erlardan   kelishib   anor
o'g'irlab ketishgan. Bu voqea muntazam takrorlanib turgan. SHuning uchun  bu  qishloqqa
«varg'anza»,   ya'ni   anor   o'g'irlanadigan   joy,   deb   nom   bergan   ekanlar.   B.   Ahmedov
ta'rificha   «var»   so'zi   so'g'diycha   bo'lib,   «shamol»,   «g'anza»   —   koni,   ya'ni   shamol   koni
degan ma'noni bildiradi. Hozir hdm bu qishloq shu  nom bilan  ataladi.
SHahrisabz   —   Qashqadaryo   viloyatiga   qarashli   shahar.   Bu   nom   XVI   asrda   tilga
olinadi.   SHaharning   qadimgi   nomi   Kesh.   XV   —   XVI   asrlardagi   tarixiy   manbalarda,
chunonchi,   xoja   Axrorning   vaqf   hujjatlarida   va   «Boburnoma»   da   Kesh   va   SHahrisabz
nomlari   parallel’   ishlatiladi.   SHahrisabz   —   «Ko'kalamzor   shaxdr»,   ya'ni   «YAshil
shahar»   demakdir.   XIV   —   XV   asrlarda   Amir   Temur   va   Ulug'bek   davrlarida
SHahrisabzda   qator   monumental   binolar   —   sarof,   masjidlar,   maqbara   va   boshqalar
qurildi.   Bu   inshootlarning   xarobalari   hozirgi   vaqtda   noyob   me'morchilik   yodgorligi
sifatida saqlanib qolgan.
YAkkabog'   —   Qashqadaryo   viloyati   YAkkabog'   rayonidagi   shu   nomdagi   aholi
yashaydigan   joy   nomi.   Aytishlaricha,   dastlabki   vaqtlarda   hozirgi   YAkkabog'   rayoni
o'rnida   axoli   kam   bo'lgan.   Bularning   ham   ko'pchiligi   ko'chmanchi   xalq   bo'lib,
chorvachilik  bilan  shug'ullangan. YAkkabog' hududi ekin ekishga qulay bo'lgan. U Hisor
tog'iga   yaqin   bo'lib,   chashma   va   mayda   soy   suvlari   YAkkabog'dan   o'tadi.   Suvning   bu
jixdtdan qulayligi bog'-rog' barpo etishga olib kelgan. Bu joyda oldyn yakka bog' barpo
qilingan. YAkkabog' rayoni hududida bir necha qishloq mavjud.
Bulardan biri  No'g'aylidir. No'g'aylar haqida aytilgan ayrim  gaplar hozir ham xalq
o'rtasida   mavjud.   Ikkinchi   qishloq   —   Qatag'on   (quvilganlar),   uchinchi   qishloq   —
Uchtepa.
CHimqo'rg'on   — Qashqadaryo viloyatidagi qishloq. CHimqo'rg'on — chim devor
bilan   o'rab olingan joy demakdir. Bu qishloq aholisi talonchilardan saqlanish maqsadida
o'z qishloqlarini atrofini devor   bilan   o'rab olishgan. Bu devor atrofida chuqur xdndaqlar
qazib,   suv   bilan   to'latib   qo'yishgan.   Qo'rg'onga   kirib   chiqadigan   to'rtta   darvoza   bo'lib,
ularga ko'tarma ko'priklar orqaligina kirilgan. Aholisi qo'rg'on tashqarisida dehqonchilik
qilgan. Ular o'zlariga to'q  va  mard kishilar bo'lgan. Qo'rg'onni yov olish mushkul bo'lgan.
Qishloq aholisi qo'rg'onga suvni tog'dan sopoldan yasalgan quvurlar orqali keltirishgan.
Bunaqa   quvur   yot   kishilar   uchun   sir   saqlangan,   Quvur   erga   ko'milib,   bir   uchi   tog'dagi
buloqlarga   bog'langan.   Rivoyatda   aytilishicha,   bu   qishloqqa   yov   bostirib   keladi,   lekin
qo'rg'onga   bostirib   kirish   imkoniyatini   topolmay   to'xtab   qolishadi.   SHu   vaqtda
CHimqo'rg'on hokimining chiroyli qizi bosqinchilarning lashkarboshisiga xufiyona oshiq
bo'lib   qoladi.   U   muhabbat   deb   dushman   tomonga   qochib   o'tadi   va   sir   saqlangan   suv
yo'lini   aytib   beradi.   Bu   yovga   qo'l   kelib,   buloq   og'zini   bekitishadi.   Suvsiz   qolgan   xalq
sotqinlik natijasida engiladi. CHimqo'rg'on bosib olinib, devorlari buzib tashlanadi. Sopol
quvurlar   esa   er   tagida qolaveradi. Ularning qoldi qlari hozir ham o'sha ko'milgan erdan
topilmoqda.   CHimqo'rg'on   qishlog'i   devorlari   buzilib   ketsa   ham   o'z   nomini   saqlab
qolgan.
Olaqarg'a  — shu nomli qishloqning kelib chiqish tarixini bevosita shayx Aqliqiron
ota  nomi  bilan  bog'lashadi. Aslida qishloq nomi Olaqarg'a emas, Aqliqiron otadir. Uning
tarixi   XVIII   asrdan   boshlangan.   Qishloqning   ikki   tomonidan   ikkita   ariq   oqib   o'tadi. Bularning birini — Past ariq, ikkinchisini — Katta ariq deyishadi. Ariqlarning bo'yida 2
ta  tepalik bor. Bu tepaliklardan biri yassi, ikkinchisi baland. Ikkala tepalik hozir ham bor.
YAssi tepalik katta ariq   bilan   birlashgan. Aslida avvallari bu tepalik o'rnida odamlar uy
qurib   yashaganlar.   SHu   tepalikdan   1961   yili   katta   xum   topildi.   Xumning   ichida   eski
tangalar, kamon o'qining uchlari topildi. Aqliqiron  ota  vafotidan keyin qishloq shu shayx
nomi  bilan  Aqliqiron  ota  deb atala boshlagan.  XVIII  asrda shayxga atab masjid qurilgan.
Qishloq   nomi   oldin   Aqliqiron,   so'ng   Alaqar,   keyinchalik   Olaqarg'a   bo'lib,   o'zgarib
ketgan.   Masjid   esa   Aqliqiron   otaligicha   qolavergan.   Bu   masjid   hozir   ham   bor.   Hozirgi
vaqtda ham qishloq Olaqarg'a nomi  bilan  atalib kelinmoqda.
Boybichakon   —   Qashqadaryo   viloyati   Dehqonobod   rayonidagi   osh   tuzi   koni.
Boybicha   —   boyning   katta   xotini,   ba'zan   boy   xotin   degan   ma'noni   ham   anglatadi.
Boybichakon nomi  bilan  atalgan qishloq yonidagi tuz koniga ham shu  nom  berilgan.
SHagarak   —   Qashqadaryo   viloyati   CHiroqchi   rayonidagi   qishloq.   Qashqadaryo
viloyatida   istiqomat   qilib   turgan   saroy   qabilasi   tarkibiga   kiradigan   qipchoq   saroy
urug'ining   bir   qismini   shagarak   deyishadi.   Zarafshon   vodiysida   ham   bu   urug'   shagarak
deb atalgan.
Uqituvchi   Surxondaryo   viloyati   hududidagi   toponimlar   tarixini   o'rganishdan   avval
Surxondaryo   so'zining   etimologiyasiga   ham   qisqacha   to'xtalib   o'tishi   lozim.   Viloyat
nomining   kelib   chiqish   tarixi   haqida   tushuncha   berilgandan   so'ng   o'quv   chilar   diqqati
uning rayonlari, qishloq, ovullari nomlari tarixiga jalb qilinadi.
Surxondaryo   —   tojik   tilidan   olingan   bo'lib,   «surx»   —   qizil,   ya'ni   Qizil   daryo
demakdir. Surxondaryo bosh oladigan tog' tizmalari, daralar, tog' jinslarida qizil ranglar
mavjud. Suv bu jinslarni o'zi  bilan  oqizib kelganligi sababli qizil tusli tuyuladi. SHuning
uchun erli xalq — qizil daryoni tojik tilida  «Surxondaryo»  deb atashgan.
Termiz   —   Grek   —   Baqtriya   davlati   davrida   Termiz   «Tarimita»   nomi   bilan,
Makedonskiyning   istilochilik   davrida   «Aleksandriya»   deb   atalgan.   Somoniylar   davrida
«SHaxri somoniy» deb ham atalgan. X asrning oxirida shaxar yana Termiz deb ataladi.
Termiz   nomi   «Avesto»   yozuvlarida   tilga   olinadi.   Termiz   shahri   tarixi   xaqida   ayrim
afsonalar   mavjud.   Aytishlariga   qaraganda,   grek   askarlari   shaharni   bir   necha   kun   qamal
qilib turgan. SHaxar mustaxkam baland devor  bilan  o'ralganligi tufayli shaharni ololmay,
oxiri   hiyla   ishlatganlar   —   shahar   boshliqlarini   qo'lga   olib,   qarshilik   ko'rsatganlarni   esa
katta   bir   masjidga   qamab,   o't   qo'yib   yuborganlar.   SHaxar   dushmanlar   qo'liga   o'tgach,
aholi masjiddagilarga achinishib, biror kishi yoki tirik jon qoldimi? — deb chaqirganlar.
SHunda   masjid   ichidan   «biz   tirikmiz»,   degan   sado   chiqqan.   «Biz   tirikmiz»   degan   so'z
bora-bora   «termiz»   bo'lib ketgan deyishadi. Albatta, bu afsona haqiqatdan uzoq. SHahar
dastlab Tarmita, Tarmeta deb talaffuz etilgan.
SHunday qilib, Termiz Balx shahrining yarmi, daryoning narigi tomonidagi qismi,
deb hisoblangan. Termiz rayonidagi Namuna kolxozi hududida milodimizning VI — VII
asrlarida   g'ishtdan   qurilgan   juda   katta   Qariqiz   binosining   xarobalari   bor.   SHahar
Mo'g'ullar tomonidan vayron qilingan bir qancha vaqt o'tgandan keyin qaytadan qurilgan.
Hakim at-Termiziy dahmasi   — o'rta asrda Termiz atrofi mustahkam devor   bilan
o'ralgan   bo'lib,   saroylar   va   masjidlar   qurilgan.   Hunarmandlar   va   savdogarlar   guzarlari
barpo   etilib,   obodonlashtirilgan.   Qal'aning   etak   tomonida   Hakim   at-Termiziy   ansambli
bunyod etilgan. XIII asrda CHingizxon qo'shinlari bostirib kirib, shaxarni vayron etganda
shu ansambl’ omon qolgan.
SHayx   Abu   Abdulloh   ibn   Ali   ibn   Muhammad   Hakim   at-Termiziy   IX   asrning
oxirida Termizda yashagan. U bir qancha ilmiy asarlar yaratgan (lekin ular bizgacha etib
kelmagan).   Arab   tarixchilari   va   geograflarining   ba'zi   asarlarini   ham   tarjima   qilgan.
Hakim   at-Termiziy   869   yilda   vafot   etgan.   X   —   XI   asrlarga   kelib   uning   qabri   ustiga
uncha katta bo'lmagan dahma  qurilgan. Dahmaga turli xil   rangda jilo  berilgan. XII asrda
dahma   tamoman   qaytadan   qurilib,   murakkab   bezaklar   bilan   bezatilgan.   Qabr   ustiga   oq
marmartosh yotqizilib unga Qur'on oyatlari va biografik ma'lumotlar yozib qo'yilgan.
Sulton   Saodat   ansambli   —   o'rta   asr   me'moriy   yodgorliklari   dan   biri,   Surxon daryosiga   yaqin   erda   qad   ko'tarib   turibdi.   X   asrdan   boshlab   bu   ansambl’   sayidlar
qabristoniga   aylanib   qolgan.   Tarixiy   ma'lumotlarga   qaraganda,   Termiz   sayidlarining
boshlig'i   amir   Husayn   shu   erda   dafn   etilgan.   Ma'lumki,   sayidlar   o'zlarini   Muhammad
payg'ambarning   bevosita   avlodlari   deb   hisoblab,   SHarq   mamlakatlarining   ijtimoiy-
siyosiy  hayotida  katta   rol’   o'ynaganlar.  Temur  ham  sayidlarni   o'ziga  yaqin   tutgan.   XVI
asrda   Abdullaxon   Pularni   o' zi   tarafiga   og'dirib   olish   maqsadida   sayidlar   avlodlarining
maqbaralarini ziyorat qilgan va ayrimlarini qayta tiklatgan.
Sayidlarni  dastlabki vaqtlarda  ochiq  erlarga  dafn  etganlar.  X asr oxirlaridan boshlab
mozor tepasida maqbara qura boshlaganlar. Maqbaralar har xil katta-kichiklikdagi pishiq
g'ishtdan ishlangan bo'lib, ularni ishlagan ustalarning xdr biri o'ziga xos yangi elementlar
bilan boyitishga harakat qilganlar.   Maqbaralarning old   tomoni sharqqa qaratilgan bo'lib,
turli   shakldagi   g'ishtlar   bilan   chiroyli   qilib   ishlangan.   Amir   Husayn   maqbarasi   bu
jihatdan   boshqalardan   ajralib   turadi.   Umuman,   Sulton   Saodat   ansambli   SHarq
me'morchiligi taraqqiyotining 700 yillik davrini o'z ichiga oladi.
Zurmala   minorasi   Hozirgi   Termiz   shahridan   10   kilometr   chamasi   narida,
Amudaryo   shimolga   tomon   keskin   buriladigan   erda   eski   Termiz   xarobasi   saqlanib
qolgan.   Ana   shu   erda   ZupЛala   nomi   bilan   ataladigan   12   metrli   minora   qad   ko'tarib
turibdi. Garchi minora xarob bo'lib ketgan bo'lsada, u mahobatlidir. A'lo sifatli g'ishtdan
tiklangan minoraning poydevori nihoyatda mustahkam ishlangan.
Minoraning   tashqi   tomoniga   aylanma   zinapoya   ishlangan   bo'lib,   ichki   tomonida
qop-   qorong'i   yo'lak   bor.   Zurmala   minorasi   eski   Termiz   bilan   deyarli   tengdosh
milodimizning   dastlabki   asrlarida   bunyod   etilgan.   Zurmala   minorasi   budda   diniga
topinganlar tomonidan qurilgan bo'lib, uni balog'at uyi deb atashgan.
Termiz   milodimizning   dastlabki   asrlarida   asosiy   yadrosi   Baqtriya   hisoblangan
Kushon   podsholigi   tarkibiga   kirgan.   Ana   shu   vaqtda   shahar   obod   bo'lgan.   Kushon
davridan   boshlab   Surxondaryoning   hozirgi   hududiga   buddizm   kirib   kela   boshlagan.   Bu
erga buddiy missionerlari kelib saroylar, butxonalar qurganlar.
Qirqqiz qasri  Termiz shahridan olti kilometr naridagi «Namuna» kolxozi hududida
joylashgan   qadi-miy   Qirqqiz   qasri   xarobalari   haybatli   ko'rinishi   bilan   kishi   e'tiborini
o'ziga tortadi. Bu yodgorlik   XVIII   asr o'zbek xalq eposi bilan bog'langan. «Qirqqiz» —
bu   podshoh   Guloyim   va   uning   qirqta   kanizagi   haqidagi   ertakdir.   Qirqqiz   qasri   qal'ani
eslatsada,  lekin  aslida  yirik   feodalning  qasri  bo'lgan.  Ikki  qavatli   qasr   IX   asrda  bunyod
etilgan bo'lib, karvonlar o'ta turib, bu erda dam olganlar, yozning jazirama issig'ida shu
joyda   jon   saqlaganlar.   Qasr   an'anaviy   SHarq   me'morchiligi   uslubida   qurilgan.   Bu
yodgorlikda   arablargacha   bo'lgan   o'rta   Osiyoga   xos   me'morchilik   maktabining   uslubi
ko'zga   yaqqol   tashlanib   turadi.   Kasr   dushmanning   har   qanday   hujumidan,   ayniqsa
feodallarning o'zaro urushlaridan himoya qilishga moslab qurilgan.
Qirqqiz   qasri   inson   hunarmandchiligi   san'ati   namunasi   bo'lib,   oddiy   tuproq   —
loydan   yaratilgan   bu   koshona   ijodkorlarining,   me'morlarining   nomi   ma'lum   emas.
Oradan ko'p  yillar   o'tdi.   Qasr xarobaga   aylandi. Ammo   Qirqqiz qasri IX  asrning noyob
inshooti sifatida savlat to'kib turibdi.
Jarqo'rg'on  minorasi   — hozirgi  Jarqo'rg'on  rayoni markaziga yaqin erda bundan
860   yil   burun   bunyod   etilgan   ajoyib   minora   qad   ko'tarib   turibdi.   Bir   vaqtlar   bu   minora
masjid   bo'lib   xizmat   qilgan.   Bizgacha   minoraning   xarobasi   gina   etib   kelgan.   Hozir
minora   ta'mirlanib   asl   holiga   keltirildi.   Minora   o'rta   asrga   xos   SHarq   me'morchiligida
munosib   o'rin   egallaydi.   Baland   minoraning   qubbasi   shaxdrga   fayz   baxsh   etadi.   O'sha
vaqtlarda   so'filar   shu   minora   tepasidan   turib   azon   aytganlar.   Minoradan   atrofga   har   xil
voqealar   to'g'risida   darak   berishda   ham   foydalanganlar.   Minora   XII   asrda   qayta
tiklangan.   Minora   bezaklari   g'ishtdan   ishlangan.   U   pastdan   yuqoriga   tomon
ingichkalantirib   qurilganki,   bu   osmono'par   minorani   tomosha   qilish   kishiga   zavq   baxsh
etadi.   Minora   ichiga   sakkiz   qirrali   qilib   supacha   o'rnatilgan.   Minora   tashqarisiga
ishlangan on olti dumaloq kolonna   esa   xuddi minoraga o'ralgan lentaga o'xshab turibdi.
Minoraning   pastki   qismidagi   ettita   qirrasiga   g'ishtni   o'yib   yozuv   yozilgan   bo'lib, sakkizinchi   qirra   bilan   to'qqizinchi   qirra   oralig'idagi   yo'l   orqali   minoraning   ichidagi
aylanma   zinapoyalariga   chiqiladi.   Minoraning   saqlanib   qolgan   yozuvlaridan   birida   shu
minorani   yaratgan   me'morning   ismi   va   bunyod   etilgan   yo'li   ko'rsatilgan.   Me'morning
ismi   Ali   bo'lib,   hozirgi   Turkmanistonning   Seraxs   shahrida   istiqomat   qilgan
Muhammadning o'g'li  ekan. Minora hijriy  502 yilda, ya'ni  1108—1109 yillarda bunyod
etilgan. Minoraning  yuqori qismi  vayron  bo'lib  ketgan.  Qolgan  qismining  balandligi 30
metr chamasi keladi. Tadqiqotchilarning taxminiga qaraganda, minoraning balandligi 40
metrdan ortiq bo'lgan. Uning aylanasi 17 metrcha keladi.
Zarautsoy   qo'riqxonasi   —   Termizdan   yuz   kilometr   narida   KO'hitog'   oralig'ida
Zarautsoy   nomli   manzarali   joy   bor.   Er   osti   suvlari,   yomg'ir   va   shamol   natijasida
qoyalarda juda ko'p shalolalar, g' orlar   paydo bo'lgan. 1932 yilda ovchi   va   o'lkashunos I.
F. Lomaev tog'li qishloq aholisidan zaraut — kamar nomi   bilan   mashhur bo'lgan   «Qizil
suratli g' orlar»  to'g'risidagi afsonani eshitib qoladi  va  bu sirli rasmlar hiqidagi ma'lumotni
Surxondaryo   viloyati   o'lkashunoslik   muzeyiga   m a l u m   qiladi.   Toshlarga   tushirilgan
rasmlar   olimlar   e'tiborini   o'ziga   tortadi.   Arxeologlar   va   rassomlar   barcha   g'orlarni
o'rganishadi.   Tekshirishlar   natijasida   toshlarga   solingan   200   dan   ortiq   rasm   aniqlandi.
Lekin ulardan faqat o'ttiztasigina yaxshi saqlanib qolgan bo'lib, ibtidoiy jamiyat kishilari
ovchilik  bilan  shug'ullanganliklaridan dalolat beradi.
Zarautsoy   toshlaridagi   rasmlarning   nusxasi   olingan   bo'lib,   ular   viloyat
o'lkashunoslik   muzeyi   fondida   saqlanmoqda.   Zarautsoydagi   rasmlar   tosh   davriga,   ya'ni
paleolit, mezolit, neolit davrlariga mansubdir. Ba'zi rasmlar mezolit davrining oxirlarida
yaratilgan bo'lsa, ba'zilari milodimizdan oldingi  III — II  asrlarda kashf etilgan, ayrimlari
milodimizning   boshlanishiga   yaqin   bunyod   etilgan   bo'lsa   ajab   emas.   Ming   yillar   o'tishi
bilan  rasmlar o'z rangi  va  sayqalini yo'qotgan bo'lsa-da, uzoq o'tmishdan saqlanib qolgan
yodgorlik sifatida qimmatlidir.
Sariosiyo   — bunday deb  atalishiga sabab,  kishilarning  aytishlariga  qaraganda,  bir
vaqtlar shu erda bir kishi tegirmon qurgan  va  uning atrofiga kelib, uy-joy qurib, o'rnasha
boshlaganlar.   Asta-sekin   bu   er   qishloqqa   aylangan,   aholisining   ko'pchiligi   tojiklardan
iborat   bo'lganligi   sababli   ular   o'z   qishloqlarini   «Tegirmon   boshi»,   ya'ni   tojikcha
«Sariosiyo»  deb ataganlar. Sariosiyo keyingi davrda o'sib rivojlandi. Qishloq shaharga —
rayon markaziga aylanib qoldi. Hozir ham Sariosiyo rayon markazidir.
Qarsagan   — Sho'rchi rayonidagi qishloq nomi. Aslida Qarsakgan yoki Qarsakkon
bo'lishi kerak. Mahalliy xalq tulkining bir turini qarsak deb atagan. Qadimgi turkiy   tilda
Mahmud   Koshg'ariyning   «Devonu   lug'atit   turk»   asarida   ham   qarsak   tulkilar   jinsidan
bo'lgan bir hayvon, uning oq o'siq terisidan po'stin qilinadi, deb aytilgan. Agar   bu   so'zni
«qarasagan»   tarzida oladigan bo'lsak,   «qarsak»   tulkining bir turi,   «gan»   tojikcha ko'plik
affiksidir.
YUrchi   —   Denov   rayonidagi   qishloq.   Aslida   «yurtchi»   bo'lishi   kerak.   «YUrtchi»
so'zining   o'zini   esa   quyidagicha   izohlash   mumkin:   a)   ko'chib   qo'nadigan   joy;   b)
ko'chmanchilar yashay   digan   joy; v) yaylov. Bu qadimgi turkiy so'z bo'lib, chorvadorlar
va   ko'chmanchilar   yashaydigan   joyga   nisbatan   ishlatilib   kelingan.   Fikrimizcha,   yurchi
«yurtjo»,   ya'ni   yurtjoy   o'rin   demakdir.   «YUrtjoy»,   «yurtchi»   shaklida   qo'llanib
kelinmoqda.   YUrchi   so'zining   kelib   chiqish   tarixini   B.   A.   Ahmedov   o'zining   «Istoriya
Balxa»  kitobida ilmiy  ravishda  isbotlab  bergan.
Boldir   —   Surxondaryo   viloyatidagi   qishloq   nomy.   etimologik   jihatdan   bu   so'z
qadimgi   turkiy   so'z   bo'lib,   asl   ma'nosi   tog'   burniga   o'xshagan   ko'tarilib   chiqqan   narsa,
demakdir.   Maxmud   Koshg'ariyning   «Devonu   lug'atit   turk»   asarida   boldir   —   tog'   burni
tarzida   uchraydi.   SHuningdek,   devonda   «boldir»   boshqa   komponentlar   bilan   qo'shilib,
boldir o'g'il, qiz (O'gay o'g'il, o'gay qiz) ma'nosida ham qo'llanilgan.
Dehbolo   —   Boysun   rayonidagi   qishloq.   Erli   xalq   «diybola»,   «dibolo»   tarzida
talaffuz   qiladi.   Bu   so'z   tojikcha   deh,   (qishloq),   bolo   (baland   yuqori)   komponentlaridan
tashkil   topgan,   dehbolo   —   «yuqori   qishloq”   demakdir.   Dehbolo   nomi   bilan   ataladigan
qishloqlar respublikamizning Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida ham uchraydi. Pulxokin  — Boysun rayonidagi qishloq. Qishloqning shimoliy qismida  er  osti sizot
suvlarining   qo'shilishi   natijasida   katta   ariq   paydo   bo'lgan   va   tabiiy   holda   er   qatlami
tagidan oqib o'tib ko'prik shakliga kelib qolgan. Pulxokin fors-tojikcha pul (ko'prik), xok
(tuproq)   komponentlaridan   tashkil   topgan,   «kin»   esa   tojikcha   sifat   yasovchi
qo'shimchadir.   SHunga   ko'ra   Pulxokin   —   tuproqli   ko'prik,   degan   m a n o   ni   bildiradi.
Qishloqqa ham  «tuproq  ko'prik» nomi berilgan.
Egarchi   —   Boysun   rayonidagi   qishloq.   Mahalliy   xalq   «iyarchi»   deb   ataydi.
Aytishlaricha,   bu   qishloq   joylashgan   er   otning   egariga   o'xshagan   bo'lganligi   uchun
«iyarchi»   deb   atalgan.   Fikrimizcha,   bu   qishloqda   qachonlardir   egar   yasovchi   kosiblar
bo'lgan  va  shuning uchun  «egarchilar»  yashaydigan joy deb nomlangan bo'lsa kerak.
S   mart   qishlog'ining   tarixi.   Bu   qishloq   Sariosiyo   rayonida   joylashgan.   Oktyabr’
to'ntarishidan oldin u qishloq o'rnini to'qay  va  mayda ko'llar qoplab yotar edi. U erda har
xil   vahshiy   hayvonlar   ko'p   bo'lgan.   Keyinchalik   bu   erlar   asta-sekin   o'zlashtirilib,   yangi
erlar   ochildi,   yangi   uylar   qurildi   va   odamlar   yashay   boshladilar.   Qishloqda   avval   juda
ko'p   ko'l   bo'lganligi   sababli   «Ko'l   qishlog'i»   deb   ham   atalib   kelgan.   2-jahon   urushi
yillarida qishloq xo'jalik ishlarini boshqarish xotin-qizlar zimmasiga tushganligi, hamma
ishlarni xotin-qizlar bajarganligi uchun   «Ko'l»   qishlog'iga 1946 yili Xalqaro xotin-qizlar
kuni bayrami  «8  mart  qishlog'i»  deb  nom  berilgan.
Sho'rchi   —   Surxondaryo   viloyatining   rayonlaridan   biri,   u   1935   yilda   tashkil
topgan. Sho'rchi deb nomlanishiga asosiy sabab rayon hududidagi erlar hech narsa ekib
bo'lmaydigan darajada sho'r bo'lgan. SHuning uchun ham Sho'rchi nomini olgan. Hozirga
qadar ekin ekishdan avval sho'ri yuvilib, so'ng ekin ekiladi.
Boysun   — Surxondaryo viloyatining rayonlaridan biri. Uning nomi haqida har xil
fikrlar mavjud. Ayrim tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, Boysun toponimi kishi nomi
bilan,   ya'ni   tarixiy   shaxs   bo'lgan   Amir   Temurning   nevarasi   Boysunqur   nomi   bilan
aloqador   deb   hisoblaydilar.   Boysunqur   —   SHohruhning   uchinchi   o'g'li.   Onasi
Gavharshodbegim.   Astrobod   va   Jurjon   viloyatlarining   hokimi   bo'lgan.   Boysunqur
so'zining qur affiksi tushib qolib Boysun bo'lib qolgan, degan fikrlar ham mavjud.
Bu rayon hududida toponimikasi qiziq bo'lgan qishloqlar ko'p uchraydi. Masalan:
Ajrim   —   6u   qishloq   nomining   ma'nosi   ajratilgan   bo'lib,   berilgan   degan   ma'noni
anglatuvchi   o'zbekcha   nomdir.   Qishloq   geografik   joylashishiga   ko'ra   markazdan   juda
chekkada, aholi soni  kam.  To'ntarishdan oldin boy-imomlar erlarni dehqonlarga chorikor
sifatida   bo'lib-   bo'lib,   ajratib,   chegaralarini   ajrim   qilib   bergan.   Erdan   olingan   hosilning
to'rtdan   birini   o' sha   boylarga   berishgan.   CHorikorlar   o'z   erlarini   aniq   ajratib   olganlar,
shuning uchun bu qishloq nomi Ajrim bo'lib qolgan deyishadi.
Dashtig'oz   —   bu   qishloq   nomining   ma'nosi   ikki   tarkibiy   qismdan:   «dasht»   va
«g'oz»   so'zidan   iborat.   Bu   erdan   soy   o'tgan,   soy   er   sathidan   juda   chuqur   bo'lib,   o'z
sohillariga suv bermagan. Suvdan dasht tomonlardan uchib kelgan o'rdak   va   g'ozlargina
naflanganlar,   xolos.   SHuning   uchun   bu   joyni   dashtdan   kelgan   g'ozlar   yashaydigan   joy,
deb   ataganlar.   Mahalliy   xalq   (tojiklar)   bu   so'zlarni   birga   qo'shib   Dashtig'oz   deb
yuritganlar. Hozir ham shu  nom bilan  ataladi.
DUGOBA   —   (duoba)   —   tog'   qishlog'i   bo'lib,   ikki   soy   qo'shilishi   joyida
joylashganligi   uchun   shu   nom   berilgan.   Haqiqatan   ham   qishloq   Qayroq   va   Xo'janpok
daryosi qo'shilgan joyda joylashgan. Tojikcha Dugoba bo'lib o'zlashtirilgan.
Jarqishloq   —   o'zbekcha   nom   bo'lib,   jar   bo'yidagi   qishloq   ma'nosini   bildiradi   va
hozir ham shu nomda ataladi.
Jo'ja   buloq   —   tog'  oldi   yaylovi.   Sero't,   sersuv   erda   joylashgan.   Bu   erga   berilgan
nom   o'zbekcha bo'lib, ma'nosi joy sharoitiga qarab berilgandir. CHunki bu   er   ovloq joy
bo'lib,   yozda   qushlar   bemalol   bola   ochishgan.   YOz   mobaynida   jo'jalarning   chiy-chiyi
tinmagan,   jo'ja   —   kichik   ma'nosida   qo'llanilgan.   Bu   kichik   buloq   degan   ma'noni   ham
bildiradi.
Zarang buloq.   Afsonalarga ko'ra, bu erda chorvadorlarning homiysi xalok bo'lgan
emish.   Uning   qabri   buloq   boshida   bo'lib,   buloq   ustidan   zarang   daraxti   o'sib   chiqqan. Zarang   tagida   buloq   bo'lgani   uchun   bu   joyni   Zarang   buloq   deyishgan.   Haqiqatan   ham
buloq   atrofida   odam   quchog'iga   sig'maydigan   zarang   daraxti   hozir   ham   qad   ko'tarib
turibdi.
Omonxona. Afsonada aytilishicha hazrati Ali Boysun tog'larini tomosha qilib yurib,
shu   qishloqda   dam   olgan   va   yotishda   doimo:   «omon   bo'l»,   «dushman   tegmasin»,   deb
yotar erkan. Qishloq chuqur darada joylashganki, hozirda ham  bu  erni topish  ancha  qiyin.
Qishloq janjal- to'polonlardan xoli bo'lgani uchun ham shunday atalgan bo'lishi mumkin.
Qishloqning   shimol   tarafida   shifobaxsh   suv   chiqadigan   joy   va   tabiiy   muzxona   bor.   Bu
shifobaxshlik   xususiyatidan   din   arboblari   ustalik   bilan   foydalanganlar   va   o'sha   erni
boylik   to'plash   manbaiga   aylantirganlar.   YUqoridagi   afsonalar   haqiqatga   juda   yaqin.
Qishloq hamma tomondan tog'   bilan   o'ralgan, xotirjam yashash mumkin bo'lgani uchun
ham unga Tinxona, Omonxona deb  nom  bergan  bo'lishlari mumkin.
Sariqamish   —   qishloq   ikki   xil   nomlanishiga   sabab   eskidan   hunarmandchilik
rivojlanib,   bo'yra   to'quv   chilar   (bo'yra   esa   qurigan   qamishdan   to'qilgan)   markazi
bo'lganligi dir. Qishloqning shimolidagi changalzorlarda o'sadigan qamishzorga nisbatan
—   qamish,   changalzor   qurigach   bu   erdagi   qamishlar   uzoq   vaqt   sarg'ayib   yotishiga
nisbatan sariq, ya'ni Sariqamish bo'lib qolgan.
Qizil   to'lqin   —   40-yillarda   qurilgan   qishloq.   Dastlab   bu   er   «Qizil   to'lqin»   kolxozi
hududi   bo'lgan   va   aholi   kelib   joylashgan.   Kollektivlashtirish   to'lqini   ommaviy   tus
olganligi uchun shunday  nom  olgan.
Qayroq   —   tog'liq   qishloq.   Tog'ning   etagida   joylashganligi   uchun   bu   erda   tabiiy
sharoit   natijasida   toshlar   silliqlashib,   mehnat   qurollarining   tig'ini   o'tkirlash   uchun
ishlatilgan. SHuning uchun bu erdan qayroq toshlar ko'plab olib ketilgan. Balkim qayroq
tosh   ko'p   uchraganligi   uchun   shu   nomni   olgan   bo'lishi   mumkin.   Natijada   qishloq   shu
nomni olgan.
Qo'rg'oncha   —   uzoq   tog'liq   qishloq   bo'lib,   kichik   qo'rg'on   degan   ma'noni   beradi.
Aytishlaricha,   bu   atrofda   ikkita   qo'rg'on   bo'lgan.   Bittasi   mustahkam   katta   qo'rg'on
bo'lgan,   ikkinchisi   kichkina.   Bir   kuni   tabiiy   ofat   natijasida   qattiq   sel   kelib,   katta
qo'rg'onni olib ketgan. Kichik qo'rg'on  esa  chetroqda bo'lgani uchun omon qolgan.
Qilichbot — bu joy shu erning ko'rinishiga qarab berilgan. Agarda biron balandlik
joydan qishloqqa nazar solinsa, uy  va  bog'lar cho'zilib qilichga o'xshab ketadi.
Qo'shbuloq   —   ikki   buloq   suvining   qo'shilishiga   qarab   nomlangan.   Zarang   buloq
bilan   Ko'kbuloq   o'rtasida   joylashgan.   Buloq   o'rtasi   sero't,   ajoyib   yaylov.   Bu   er   yashash
uchun   qulay   bo'lganligi   sababli   qadimdan   axoli   istiqomat   qilgan.   Demak,   qo'shbuloq
nomi  bilan  YAngiobod qishlog'i vujudga kelgan. Hozir ham shu  nom bilan  ataladi.
Morbuloq — ajoyib, manzarali yaylov markazidagi buloq nomi. Aytishlaricha, shu
buloqdan   kechaning   malum   paytida   katta   bir   ilon   chiqib   turar   ekan.   Tasodifan   uni   bir
kishi   ko'rib   qolib,   yuragi   yorilib   o'lganmish.   SHundan   so'ng,   bu   buloq   morbuloq,   ya'ni
ilonbuloq deb atala boshlagan. SHu  nom  hozir ham saqlanib qolgan.
O'rtabo'z — markazdagi qo'riq degan ma'noni bildiradi. CHunki qishloq atrofi katta
suvsiz   tekislikdan   iborat.   O'sha   qishloq   joylashgan   hududgina   o'zlashtirilgan   bo'lib,
o'rtabo'z,   ya'ni   markaziy   bo'z   er   deb   atalgan.   Keyinchalik   boshqa   erlar   ham
o'zlashtirilgan, ammo qishloqning nomi o'rtabo'z bo'lib qolgan.
Selga   —   Surxondaryo   viloyatidagi   Bobotog'   etagidagi   dara   va   qishloq   nomi.
Ko'klam   paytida   sel   keladi   gan   soylik   va   shuningdek   dara   og'zida   sel   kelgan   loyqa
chirindi qumlardan hosil bo'lgan unumdor erlar  «selga»  yoki  «selcha»  erlar deyiladi.
Gilambop   —   Surxondaryo   viloyati   Angor   rayonidagi   qishloq   nomi.   Tojikcha
gilambop — gilam to'quvchi demakdir. Gilambopli degan urug' ham bo'lgan.
Guliob —  Surxondaryo  viloyati Sariosiyo  rayonidagi qishloq nomi.  Guliob,  gulob
— atirgul suvi. Ilgari atirgul bargini qaynatib, bug'latib tayyorlangan xushbo'y suv gulob
deyilgan.   Ko'chma   ma'nodagi   toponim,   ammo   hozir   qishloqda   «gulob»   tayyorlanmasa
ham atirgul ko'p o'sadi. 4. Samarqand viloyati toponimikasi  va  uni o'rganish
O'zbekiston   tarixi   kursidagi   «Temur   davlatining   tashkil   topishi»   deb   nomlangan
mavzuni   o'tish   jarayonida   Samarqand   viloyati   kolxoz,   sovxoz,   qishloq   rayonlari
toponimikasini   o'rganish   va   undan   darsda   foydalanishga   bag'ishlangan   namunaviy   dars
rejasi.
Darsni tashkil qilish: a) sinfning darsga hozirligini kuzatish: b) o'quvchilar diqqatini
darsga jalb qilish.
O'tilgan   mavzu:   «XVI   asrda   madaniyatning   rivojlanishi»   mavzusi   yuzasidan
o'qituvchi   o'quvchilardan   so'raydi,   o'tilgan   mavzuga   qisqacha   yakun   yasab,   yangi
mavzuni boshlaydi.
Jom qishlog'i — Samarqand viloyatining Nurobod rayonidagi qishloqning nomi. Bu
so'z   fors   tilidan olingan bo'lib, qadah, metalldan yoki sopoldan yasalgan idish demakdir.
CHunki qishloqning hamma tomoni tog'   bilan   o'ralgan bo'lib, xuddi jomga, ya'ni kosaga
o'xshaydi. Jom deyilishining boisi xam ana shu o'xshashlikdan kelib chiqqan.
Kattaqo'rg'on   —   Samarqand   viloyatiga   qarashli   shahar.   Zarafshon   vodiysining
tekislik  qismida, Narpay arig'ining  chap sohilida,  dengiz  sathidan 485  metr balandlikda
joylashgan.   Ko'pgina   arxeologiyaga   oid   qazishma   ishlari   olib   borilganligi   natijasida
Kattaqo'rg'onda   ko'pgina   ossuariy,   ya'ni   ostadonlar   (sopol   tobutlar)   topilgan.   Tobutda
suyaklar,   dafn   marosimining   urf-odatlarini   tasvirlovchi   rasmlar   saqlanib   qolgan.
Kattaqo'rg'on yaqinida qadimgi Rabinjon shahri qoldi qlari topildi. Rabinjon shahrini XII
asrda   Xorazm   xoni   talab,   vayron   qilgan.   Kattaqo'rg'onning   eski   shahar   qismi   XVII
asrning   so'ngida   vujudga   kelgan.   XVIII   asrda   katta   shaharlar   qatorida   hisoblangan.
SHahar   qalin   paxsa   devor   bilan   o'rab   olingan,   uning   to'rtta   darvozasi   bo'lgan.   SHahar
katta bo'lganligi uchun ham Kattaqo'rg'on deb  nom  olgan.
Nurota   —   Samarqand   viloyatiga   qarashli   rayonlardan   biri   bo'lib,   shu   nom   bilan
ataluvchi   rayon   markazidir.   Rayon   tog'   bilan   o'ralgan,   xushtabiat,   go'zal   manzarali   joy
dir.   Nurota   rayonining   tashkil   topish   tarixi   haqida   ba'zi   bir   afsonalar   saqlanib   qolgan.
SHu   afsonalarga   qaraganda,   dastlab   uning   hududida   hech   kimsa   yashamagan.   To'rt
tomoni tog'  bilan  o'ralgan, suvsiz bir sahro ekan. Savdogarlarning karvon yo'li shu erdan
o'tar   ekan.   Kunlardan   bir   kuni   karvondan   bir   chol   adashib,   qolib   ketibdi.   CHO'lning
jazirama issig'iga dosh berolmay suv izlab ko'p yo'l bosibdi. Oxiri  bir  baland qirga etib
kelibdi.   CHol   qirning   tepasiga   chiqib   atrofni   kuzatibdi.   SHunda   uning   ko'ziga   qirning
yonida ko'karib turgan bir tutamgina o't ko'rinibdi. CHol oldin shunday yozning jazirama
kunida ko'karib o'sib turgan o'tni ko'rib hayron bo'libdi. Qirdan tushib, o'tga yaqinlashib
kelgan sari u namlikni sezibdi. Keyin o't atrofini qo'li   bilan   kovlab ko'rgan ekan, ozgina
kovlagandan   keyin   loy   chiqibdi.   CHol   charchashni   ham   bilmay   kovlayveribdi.   SHunda
kovlagan eridan jimirlab suv chiqibdi. CHol bundan juda ham xursand bo'lib ketibdi. U
kovlab   suv   chiqargan   joyning   atrofini   tosh   bilan   o'rab,   shu   erda   yashay   boshlabdi.   Bu
erdan   o'tayotgan   savdogarlar   shu   qir   atrofida   to'xtab,   bir-ikki   kun   dam   olib   suv   ichib,
keyin   ketishadigan   bo'libdi.   CHolning   oti   Nur   bo'lgan   ekan.   Undan   minnatdor   bo'lgan
odamlar   uni   hurmat   qilishib   Nurota   deb   murojaat   qilishar   ekan.   SHu-shu   suv   chiqqan
joyga   «Nurota   bulog'i»   deb   nom   berilibdi.   Vaqt   o'tishi   bilan   bu   joyga   odamlar   kelib
yashay   boshlabdi.   Hudud   kengayibdi.   Bu   erga   buloq   nomi   bilan   Nurota   deb   nom
berilibdi.
Narpay — Samarqand viloyatiga qarashli rayon. 1926 yili tashkil topgan. Markazi
Mirbozor  bo'lgan. 1939  yili  markaz Oqtosh posyolkasiga  ko'chirilgan.  Rayon  o'rtasidan
Narpay arig'i oqib o'tadi. Rayon nomi shu ariq nomi  bilan  ataladi. Ariq Kattaqo'rg'on suv
omboridan boshlanib,  Navoiy  rayonigacha oqib  boradi. Bu ariq  dasht  joylarni  sug'orish
uchun   qazilgan;   chuqurligi   20   metrcha,   eni   esa   25   metr.   Vaqf   hujjatlarida
ta'kidlanishicha,   Narpay   so'zi   fors   tilidan   olingan   bo'lib,   nor-tuya,   poy-qadam   degan
ma'noni anglatadi. YAna bir joyda nor — erkak   tuya,   demak, poy — katta qadam, ya'ni
Katta   tuya   nomiga   qo'yilgan,   deyishadi.   YAna   bir   hujjatda   shunday   deyiladi:
ko'chmanchi   qabilalarning   nor   tuyasi   yo'qolgan,   tuyani   shu   dashtda   o'tlab   yurganda topishgan.   Bu   dasht   boshqa   dashtlarga   qaraganda   sero't,   chorva   mollarining   yashashi
uchun   qulay   bo'lganligi   tufayli   bu   erlarda   xalq   chorvachilik   bilan   shug'ullangan.
Keyinchalik  esa  odamlar bu erlarda o'troq holda yashab hayot kechira boshlaganlar.
Narpay tarixiy hujjatlarda  va  arab geografi ibn Havqal asarlarida Nahri pay shaklida
tilga   olingan.   V.   L.   Vyatkin   vaqf   hujjatlarini   o'rganib,   Sug'dning   eng   obod   qismini
sug'orib kelgan bu ariqning nomi aslida Nahri pay ekanligini isbot qildi. Nahri pay (naxr
— arabcha  «ariq-kanal»)
—   bora-bora   Narpay   (mahalliy   talaffuzda   Norpoy)   bo'lib   ketgan.   Sal   yuqoridagi
Zarafshondan boshlanadigan Payariq arig'i Narpay nomining turkiycha shaklidir.
Beshqozoq   —   Samarqand   viloyati   Narpay   rayonidagi   qishloq.   Qishloqning   kelib
chiqish tarixini rayon arxividagi manbalardan ham bilish mumkin. Qishloq 500 yil ilgari
paydo   bo'lgan.   Bu   qishloqning   o'rni   bundan   500   yil   ilgari   chol   bo'lgan.   CHO'lga
ko'chmanchilar   va   chorvador   qabilalardan   beshta   tuyachi   qozoq   kelib,   o'zining   qora
chodirini   qurib,   yashay   boshlagan.   Bu   erlar   yashash   uchun   qulay,   suv   manbai   quduq
bo'lgan.   Suv   11   —12   metr   chuqurlikdan   chiqadi.   Keyinchalik   har   erdan   odamlar   kelib
o'rnasha   boshlaganlar   va   bu   joy   qishloqqa   aylangan.   Qishloqning   nomi   qadimdan
joylashib   qolgan   «beshta   qozoq»   so'zidan   olingan.   O'shandan   beri   «Beshqozoq»   deb
ataladi.
Urgut   —   Samarqand   viloyatidagi   rayon   nomi.   Urgut   tarixi   tosh   asrlardan
boshlanadi. Urgut toponimikasi etimologiyasiga olimlarimiz ko'p yillardan buyon qiziqib
keladilar. Mashhur  rus  sharqshunos olimi V. L. Vyatkin mang'itlar hukmronligi davridan
boshlab   tarixiy   hujjatlarda   uchraydigan   Arkut   qishlog'i   Urgut   deb   atala   boshlaganini
aytadi. Ikkinchi toponimist S. Qoraev o'zining «Geografik nomlar ma'nosini bilasizmi?»
asarida bu nomning ma'nosi aniqlanmaganini qayd etadi. Ayrim kishilar  esa  Urgut nemis
tilida   yaxshi   soat,   yaxshi   havo   degan   ma'noni   anglatadi,   deyishadi   va   o'z   fikrlarining
isboti sifatida rivoyatlar aytishadi. Ba'zilar Urkentni ur
—  o'rta, kent — shahar, qishloq so'zining buzilishidan kelib chiqqan, deyishadi. Biz
esa   Vyatkinning   Urgut   so'zi   mang'itiylar   davrida   paydo   bo'lgan   degan   fikrlarini,   o'sha
davr   tarixchisi   Muhammad   YOqubning   «Gulshan   ul-mulk»   asarida   Urgut   to'g'risidagi
so'zlarini,   geograf   olim   N.   G.   Mallitskiyning   Farg'ona   vodiysidagi   Mang'it   g'ori
to'g'risidagi   ma'lumotlarini   hisobga   olib,   Urgut   toponimi   mang'itiylar   hukmronligi
davrida   paydo   bo'lgan,   degan   so'zlarini   e'tirof   etgan   holda,   V   arabcha   Urgut   —   ofat,
faloqat,   ya'ni   yalang'och,   ochiq,   ship-shiydon   bo'lgan   joy,   degan   ma'noni   bildiri-shini
aytmoqchimiz.   Lekin   Urgut   toponimi   etimologiya-sini   aniqlashga   hali   nuqta   qo'yilgan
emas.   Urgut   rayon   1926  yilda   tashkil   topgan.   Urgutliklar  hozirgacha   o'z   tamakisi   bilan
mamlakatimizda mashhur.
Jumabozor   —   Samarqand   viloyati   Urgut   rayonidagi   qishloq   nomi.   Urgutdan   4
kilometr   pastroqda   joy-lashgan.   Rivoyatlarga   qaraganda,   qadim   zamonlarda   Juma-
bozorda odam yashamagan. U erlar qamishzor bo'lgan. Keyinchalik Jumabozorga ikkita
odam   kelib   qamishdan   o'zlariga   uy   yasab   olishgan.   Mol   boqib   tirikchilik   qilishgan,
chunki   bu   er   chorvachilik   uchun   qulay   bo'lgan.   SHuning   uchun   bu   erga   asta-sekin
odamlar   yoz   vaqtlarida   kelib   turadigan   bo'lishgan.   Bora-bora   odamlar   ko'payib,
dehqonchilik   bilan   ham   shug'ullana   boshlaganlar.   Suv   kam   bo'lganligi   sababli   Uramas
qishlog'idan  o'tadigan ka-naldan Jumabozorga suv olib kelishgan. endi bu erda odamlar
dehqonchilik   qila   boshlaganlar.   Lekin   bu   erda   hali   bozor   yo'q   edi.   Haftaning   har
yakshanba kuni Bog'izog'on qishlog'ida bozor bo'lgan. Bu bozorga borib kelish Uramas,
Jumabozor,   Uroqbayjar   qishlog'ida   istiqomat   qiluvchi   odamlarga   uzoqlik   qilgan.
SHuning   uchun   odamlar   xdr   jumada   bozor   qilishga   ruxsat   olishgan,   SHu   bilan
qishloqning   nomi   xdm   Jumabozor   bo'lib   ketgan.   Hozir   xdm   bu   qishloqning   nomi
Jumabozor,
Sultonobod — Samarqand viloyatidagi qishloq nomi. Qishloqning Sultonobod deb
atalishiga   sabab,   ba'zi   bir   keksa   otaxonlarimizning   so'zlariga   qaraganda   bu   erda   Sulton
degan kishi o'tgan. Usha vaqtlarda bu erlar cho'li-biyobon bo'lib yotgan. Sulton bu erga ko'pgina   kishilarni   to'plab,   suv   chiqargan   hamda   serhovuzlar   qazishgan,   imoratlar
qurishgan. SHu tariqa qishloqni obodonlashtirishgan. Ana shuning uchun bu qishloq shu
kishining nomi  bilan  Sultonobod bo'lib qolgan.
Ba'zi bir kishilarning aytishicha, Sultonobod Buxoro amirining sayohatga o'tadigan
yo'lida bo'lgan. Buxoro amiri ovga ketayotganda shu erga tushgan. Bu erda Sulton degan
kishining saroyi bo'lgan. SHunda amir boboni chaqirib, unga   «bu   erni rabod qiling» deb
aytgan.   Rabod   so'zi   tojikcha   so'z   bo'lib,   obod   degan   ma'noni   bildiradi.   SHundan   so'ng,
shu   kishining   nomi   bilan   Sulton   rabod   bo'lib   ketgan.   Ko'p   vaqtlar   o'tishi   bilan   qishloq
tobora obodonlashtirilgandan so'ng Sultonobod deb atala boshlangan.
Qorakissa   —   Samarqand   viloyatidagi   qishloqlardan   biri.   Qishloqning   o'tmishiga
to'xtaladigan   bo'lsak,   uning   tarixi   mashhur.   Qo'rg'on   qishlog'i   tarixi   bilan   bog'liqdir.
SHuning uchun ham avvalo Qo'rg'on qishlog'i tarixi ustida to'xtalamiz. Qadim davrlarda
yashagan   qabilalar   bu   erda   Qurg'on   barpo   qilishib,   yov   bosib   kelganda   unda   jon
saqlashgan. Bora-bora Qo'rg'onga kishilar ko'plab o'rnasha boshlaganlar. SHunday qilib,
Qo'rg'on qishlog'i bunyodga kelgan. Bu qishloq Nurotadan keyin ikkinchi o' rinda  turgan.
Uning   axoli   yashaydigan   yirik   manzil   bo'lganligini   quyidagi   taxminlar   bilan   tasdiqlash
mumkin.   Birinchidan,   hozirgi   Qo'rg'on   qishlog'idan   ikki   kilometr   g'arbroqda   kichik
Rabod   degan   qishloq   bo'lgan.   Ma'lumki,   o'rta   asrlarda   shaharning   tashqarisi   rabod   deb
aytilgan.   Balki   Qo'rg'onning   chetki   qismi   hozirgi   Rabod   hududigacha   etgan   bo'lishi
mumkin.
Qorakissa qishlog'ining bunyodga kelishi shunday bo'lganki, taxminan XVI asrning
oxiri   —   XVII   asrning   boshlariga   kelib   Qo'rg'on   qishlog'i   atrofidagi   aholi   tarqalib   keta
boshlagan.   Bunga   qurg'oqchilik   sabab   bo'lgan   bo'lsa   kerak.   SHulardan   bir   guruhi
janubroqqa Oqtog' tomonga siljigan. CHunki suv tog'dan kelgan. Suv kamaygach, aholi
suvning boshlanishi tomonga siljigan. Bu toifadagi kishilar oq bo'z ko'ylakka qilinadigan
cho'ntak   og'zini   qora   mato   bilan   aylantirib,   tikib   chiqishgan.   Ana   shu   sabab   bo'lib
Qorakissa   qishlog'i   qora   kistaliklar   (qora   cho'ntakliklar)   nomi   bilan   atala   boshlagan.
Qishloq hozir ham shu  nom bilan  ataladi.
Abdal   —   Samarqand   viloyati   Kattaqo'rg'on   rayonidagi   qishloq   nomi.   Abdal   —
o'zbeklar tarkibiga kirgan etnik guruh.
Adas   —   Samarqand   viloyati   Urgut   rayonidagi   qishloq.   Kenagas   urug'ining   bir
qismi   andas,   yana   bir   qismi   kalpis   deyilgan.   Andas   bora-bora   adas   bo'lib   ketgan   bo'lsa
kerak.
Achamayli — Samarqand viloyati Bulung'ur, Urgut rayonlaridagb qishloqlar nomi.
Ba'zan   Ochamayli,   Achamoyli   shakllarida   talaffuz   qilinadi.   Qo'ng'irot   qabilasining
vaxtamg'ali   qismi,   kenagas,   yuz   do'rman,   nayman,   qurama,   marqa   qabilalarining   bir
urug'i achamayli deb atalgan. Achamayli boshqa  «j»  lovchi turkiy shevalarda, jumladan,
qoraqalpoq tilida, ashamayli shaklida uchraydi. YOsh bolalar minishi uchun ho'kiz yoki
qo'tosga   uriladigan   egar   achamay   deyilgan.   Achamayli   (ochamayli)   «egarli»,   «tamg'asi
egar   shaklidagi   urug'»   demakdir.   etnograf   N.   A.   Aristovning   fikricha,   achamayli
etnonimi ach degan qadimgi qabila nomi  bilan  aloqador bo'lsa kerak.
Ayuchi   —   Samarqand   viloyati   Poyariq   rayonidagi   qishloq   nomi.   Dashti   qipchoq
urug'laridan   biri   parchalanib   o'zbek   va   qirg'izlarning   tarkibiga   kirgan.   Zarafshon
qipchoqlarning bir urug'i ayuvchi (ayuchi) deb atalgan. SHundan qishloq nomi olingan,
hozir xam shu  nom bilan  ataladi.
Badal   —   Samarqand   viloyati   Samarqand   rayonida   joylashgan   qishloq.   Badal
«chakalakzor», «butazor»   degan so'z. Laqay qabilasining kichik bir tarmog'i  ham   badal
deb atalgan. Qishloq hozir ham shu  nom bilan  ataladi.
Barlos   —   Samarqand   viloyat   Bulung'ur,   Ishtixon   rayonlaridagi   qishloqlar   nomi,
Surxondaryo viloyati Sariosiyo rayonida ham barlos qishlog'i bor.   Barlos   O'rta Osiyoda
qadimdan   yashab   kelgan   va   o'zbeklarning   tarkibiga   kirgan   qabila.   Hozirgi   vaqtda
barloslarning avlodlari Ozbekistonning CHiroqchi, Koson, SHahrisabz, Boysun, Denov,
Sariosiyo, Forish, Jizzah Zomin, Marhamat, Xo'jaobod, Ishtixon, Navoiy, Nurota, Urgut, G'allaorol   rayonlarida   istiqomat   qiladilar.   «Badoi   al-lug'at»   asarida   barlos   so'zi   «mard,
botir, qo'mondon» deb izohlangan.
Batal   —   Samarqand   viloyati   Pastdarg'om   rayonidagi   qishloq.   Zarafshon
vodiysidagi  qoraqipchoqlarning  kichikrok  urug'i  batal  deb atalgan  Qishloq  shu  nomdan
kelib chiqqan.
Boyqut   —   Samarqand   viloyati   Narpay   rayonida   boyqut   degan   urug'   bor.   Qishloq
o'z nomini shu urug' nomidan olgan.
Boldir   —   Samarqand   viloyati   Pastdarg'om   rayonidagi   qishloq,   Surxondaryo
viloyati   Muzrabod   tumanida   ham   shunday   qishloq   bor.   Boldirdo'ng,   tumshuq.   Boldir
degan etnonim ham bo'lsa kerak. Qishloq hozir ham shu  nom bilan  ataladi.
Bolg'ali   —   Samarqand   viloyati   Bulung'ur,   Narpay,   Oqdaryo,   Pastdarg'om,
Paxtakor,   Xatirchi   rayonlaridagi   qishloqlarning   nomi.   Sirdaryo   viloyati   Zomin,   Forish,
G'allaorol   rayonlarida   ham   shu   nom   bilan   ataluvchi   qishloqlar   mavjud.   Qo'ng'irot,
qoraxitoy, yuz qabilalari tarkibidagi urug' lardan  biri tamg'asi bolg'a shaklida bo'lganidan
bolg'ali   deb   atalgan.   Bolg'a,   bolg'ali   urug'i   boshqird,   qozoq   va   boshqa   turkiy   xalqlar
tarkibida ham tilga olinadi.
CHelak   —   Samarqand   viloyati   Payariq   rayonida   joy-lashgan   qishloq.   Toshkent
viloyati   Bekobod   rayonida   ham   shunday   qishloq   bor.   CHelak,   to'g'risi,   chelakli   urug'i
bo'lgan. Masalan, do'rman qabilasining bir shoxobchasi ko'kchelak deb atalgan. Payariq
rayonida   Oqchelak   degan   qishloq   bor.   Urgut   nomlari   ko'pincha   juft-juft   bo'lgan:   oq
mang'it, qora mang'it, oq qo'yli, qora qo'yli, oq nayman, qora nayman  va  hokazo. Demak
chelak urug'i oq chelak, ko'k chelakka bo'lingan. Ko'rinib turibdiki, mazkur qishloqning
nomi urug' nomidan olingan. Hozir ham shu  nom bilan  yuritiladi.
Ulus   —   Samarqand   viloyati   Pastdarg'om   rayonidagi   qishloq.   Ulus   so'zining   xalq,
yurt ma'nolari ham bor: har ulus necha ela  va  har el necha uymog'a  va  har uymo haymoq
(necha bo'ya) bo' y va   urug'ga taqsim qilinur, deb ta'kidlanadi Muhammad an-Narshaxiy
asarida. Bu so'zlarning ma'nosidan qat'i nazar, qanjig'ali  va  qo'shtamg'ali urug'larning bir
qismi, dahasi ulus deb atalgan, qishloq shu nomdan olingan.
Xilboshi  — Samarqand viloyati Xatirchi rayonidagi qishloq nomi.   «Xil»   so'zining
bir   necha   ma'nosi   bor:   nav,   tur,   zot   va   hokazo.   Bu   so'z   avlod,   toifa,   urug',   irsiyat
ma'nolarida  ham  qo'llaniladi.   Masalan,   qabristonda   bir   ajdoddan  tarqalgan  kishilar   dafn
qilinadigan   joy   xilxona   deyiladi.   Tojik,   fors,   pushtu   (afg'on)   tillaridan   xil   so'zi   xel
shaklida   talaffuz   qilinadi.   Xilboshi   yoki   Xeylboshi   bo'lishi   ham   mumkin,   chunki
Nizomulmulkning  «Siyosatnoma»  asarida ham bu so'z Xeylboshi sifatida yozilgan bo'lib,
avlodning boshi, urug' boshlig'i demakdir. Qishloq nomi shu so'zdan kelib chiqqan.
Xoncharvoq   —   Pastdarg'om   rayonidagi   qishloq.   Xoncharvoq   —   «Xonning
chorbog'i» degan ma'noni bildiradi. Qishloq hozir shu  nom bilan  ataladi.
Qoraguzar   —   Samarqand   viloyatidagi   dovon.   Suvdan   o'tiladigan   joy   —   kechik,
guzar   deyiladi,   tog'dan   oshib   o'tiladigan   joy   —   dovon   ham   ba'zi   joylarda   guzar   deb
ataladi.   Aniqrog'i   tog'dan   oshib   o'tiladigan   joy   dovon   deyiladi.   Qorong'i   joydan,   tog'
darasidan o'tilgan joyni Qoraguzar deb ataganlar.
Talli   Barzu   —   Samarqand   yaqinidagi   tepalik:   «baland   tepalik»   (tall   —   arabcha
«tepalik»,   bara   —   so'g'dcha   «baland»   yoki   «Barzu   tepaligi»)   demakdir.   Barzu   —
Firdavsiyning   «SHoxnoma»   dostoni   qahramonlaridan   biri   —   afsonaviy   paxlavonning
nabirasi (Barzu degan ism uzun bo'yli yoki martabali demakdir).
Tallak   —   Samarqand   viloyati   Ishtixon   rayonidagi   qishloq   nomi.   Tall   —   tepalik,
do'nglik,   ak   —   kichraytirish   affiksi,   kichik   tepalik   degan   ma'noni   bildiradi.   Mazkur
qishloq nomi shundan kelib chiqqan.
Taxdso'h   —   Samarqand   viloyati   Nurota   rayonidagi   tog'.   Tahko'h   taxt,   ya'ni
«baland»,   «yuksak»   hamda   ko'h   —   «tog'»   so'zlaridan   olingan   bo'lib,   baland   tog'   degan
ma'noni bildiradi.
Temirqopuq   —   Samarqand   viloyati   Nurota   rayonidagi   qishloq   nomi.   Temirqopuq
qadimgi   so'z   bo'lib,   «temir   darboza»   demakdir.   Tor   daradan   o'tgan   tog'   yo'li   turkiycha Temirqopuq, tojikcha Darbandi ohanin, arabcha Bobili hadid deb atalgan  va  bu tillarning
hammasida   «Temir   darvoza»   degan   ma' no   yotadi.   Surxondaryo   viloyatidagi
Bo'zg'olaxona   (Koxlug)   darasi,   Jizzax   yaqinidagi   Ilono'tdi   darasi   ham   ilgarilari
Temirqopuq deb atalar edi. Demak, Temirqopuq juda qadimiy nomlardandir.
Tim   —   Samarqand   viloyati   Narpay   rayonidagi   qishloq.   Tim   juda   qadimiy   so'z
bo'lib,   usti   yopiq   bozor   yoki   rasta   degan   ma'noni   anglatgan.   Arablar   kelmasdan   oldin
O'rta Osiyoda tim deganda har qanday bozor tushunilgan  va  bu  so'zning  «bozor»  ma'nosi
so'nggi vaqtlargacha saqlanib qolgan. Tim so'zi Tojikistondagi Mug' tepaligidan topilgan
qadimgi (VIII asr) sug'd yozuvlarida   va   arab tilida yozilgan manbalarda uchraydi. Sug'd
tilida ham  tim  «do'kon», «savdo binosi»  ma'nosini bildiradi.
Arab   sayyohi   Equtning   (taxm.   1179—1229)   yozishicha,   Xurosonda   tim
karvonsaroy   ma'nosini   anglatgan.   Fors   lug'atlarida   ham   tim   so'ziga   «karvonsaroy»   deb
izoh berilgan. Mazkur qishloq nomi shundan olingan.
Toshqoq   —   Samarqand   viloyati   Narpay   rayonidagi   qishloq   nomi.   Tog'lardagi
toshlar   orasida   yig'ilgan   ko'lmak   suv   toshqoq   deyiladi.   Qishloq   nomi   ana   shu   so'zdan
olingan.
Suluk   —   Samarqand   viloyati   Nurota   rayonidagi   qishloq   nomi.   Farg'ona   viloyati
Oxunboboev   rayonida,   Qashqadaryo   viloyati   CHiroqchi   rayonida   suvda   yashaydigan
jonivor   —   zulukni   shevalarda   suluk   deyishadi.   Agar   shunday   bo'lganda,   bu   so'z
qandaydir   boshqa   komponent   bilan   birga   qo'shilgan   bo'lar   edi   (Sulukli,   Zulukli   va
hokazo).   So'g'd,   So'g'diyona   o'lkasining   dialektal   shakli   Sulik   bo'lgan   va   mazkur
toponimlar  shaklida  bizgacha  etib  kelgan  bo'lishi  mumkin,  chunki  bu  toponimlar  aslida
So'g'd hududida qayd qilingan.
So'g'd, So'g'diyona — Zarafshon va Qashqadaryo vohalarini o'z ichiga olgan tarixiy
o'lka.   Dastlab   eron   shahanshohi   Doriyning   mixxatida   (miloddan   oldingi   VI   asr)   tilga
olingan.
Arab   geograflari   asarlarida,   shu   jumladan,   Istaxriy   asarining   AGK,   1,   286,   288,
289,   295   va   boshqa   betlarida   hamda   O.   I.   Smirnova   va   nemis   sharqshunosi   I.
Markvartlarning yozishicha,  «so'g'd»  so'zi umumeron tillariga xos  «sux»  so'zidan olingan
bo'lib,   «yaltiramoq»,   «yonmoq»,   «nur   sochmoq»   degan   ma'noni   bildiradi.   «Giyos   al-
lug'at»   va   boshqa   qadimiy   lug'atlarda   suv   to'planib   qoladigan   pasttekislik   «so'g'd»
deyiladi.   SHarqshunos   V.   L.   Vyatkin   keltirgan   ma'lumotlarga   qaraganda   maxalliy   xalq
sug'oriladigan,   unumdor   pastlik   erlarni   «sug'ud»   deb   atagan.   Tarixchi   olima   O.   I.
Smirnova   «Katalog   monet   s   gorodisha   Pendjikent»   degan   asarida   sug'ud   so'zi   tojikcha
«so'g'ud», ya'ni «sersuv obod joy» ma'nosini bildiradi, deydi.
Po'latchi   —   Samarqand   viloyati   Kattaqo'rg'on   rayonidagi   qishloq   nomi.   Po'latchi
degan urug' bo'lgan, qishloq o'sha nomdan kelib chiqqan.
Sanguzar   —   Samarqand   viloyati   Nurota   rayonida   joylashgan   qishloq   «Toshloq
kechik»   ma'nosidagi   Sangguzar   yoki   «toshloq   ma'nosidagi   Sangzor   (qishloq)   bo'lsa
kerak.
Sanjarfag'on   —   Urta   asrlarda   Samarqand   yaqinida   qurilgan   qishloq.   O.   I.
Smirnovning fikriga qaraganda, bu nom ikki qismdan iborat: sangarama — «monastir’»
va fag'an «ibodatxona» (O.  I. Smirnova,  «Mesta domusul’manskix kul’tov», 94-bet).
Saronan   —   Samarqand   viloyati   Narpay   rayonidagi   qishloq   nomi.   Tojikcha   sarona
jon boshidan olinadigan soliq. Saronon (saronagan) soliqlar, saron so'zining «harbiylar»,
«sarkardalar» degan ma'nosi ham bor. Qishloq hozir ham shu nom bilan ataladi.
Sebiston — Samarqand viloyati Xatirchi rayonidagi qishloq nomi. Tojikcha seb —
olma, Sebiston — olmazor. Toshkent shahrida Sebzor toponimi ham bor.
Sinchi   —   Samarqand   viloyati   Pastdarg'om   rayonidagi   qishloq   nomi.   Otni   yaxshi
biladigan kishi sinchi deb atalgan. Hozir ham shu nom saqlangan.
Suluvqo'rg'on   —   Samarqand   viloyati   Narpay   rayonidagi   qishloq.   «Suluv»   so'zi
toponimlar   tarkibida   ko'proq   uchraydi.   Masalan,   Jizzax   viloyati   Zomin   rayonida
Suluvjo'na  degan  joy bor  (jo'na  — uzunasiga  cho'zilgan  tepalik),  chiroyli  tepalik degan ma'noni anglatadi. Qadimgi chiroyli qilib qurilgan qo'rg'onni suluvqo'rg'on deb atashgan.
SHu qishloq o'rnida VI asrda qurilgan qo'rg'on qoldiqlari topilgan.
Nog'oraxona — Samarqand viloyati Narpay rayonidagi qishloq. Saroylarda musiqa
asboblari   (nog'ora,   karnay,   surnay)   saqlanadigan   va   shu   asboblarning   ijrochilariga
mo'ljallangan   maxsus   joy   nog'oraxona   (nakkoraxona)   deyilgan.   Saxnaga   o'xshagan   bir
tomoni ochiq xonada maqomlar, har xil kuylar ijro etilgan. Qishloqdan nog'orachilar ko'p
chiqqanligidan qishloq shu nomni olgan bo'lishi mumkin.
Ovxona   —   Samarqand   viloyat   Pastdarg'om   rayonidagi   qishloq   nomi.   «Ov»
qilinadigan joy yoki «suv ombori» (obxona) ma'nosida bo'lsa kerak. Obxona — ovxona
bo'lib buzilib ketgan bo'lishi mumkin. Aslida suv ombori ma'nosi haqiqatga yaqin.
Orlot   —   Samarqand   viloyat   Ishtixon,   Nurota   rayonlaridagi   qishloqlar   nomi.   Orlot
— CHingizxon o'z o'g'li CHig'atoyga taqdim etgan to'rtta Mogul qabilasidan biridir. Bu
qabila   hozirgi   Afg'onistonning   shimoliy   qismiga   o'rnashib   qolgan.   Movarounnahrda
orlotlar   kam   bo'lsa   ham   nufuzli   qabilalardan   hisoblangan,   deb   ta'kidlaydi   o'zining
«Ocherklari»da   B.   X.   Karmisheva.   Orlot   qabilasi   92   bovli   o'zbek   «qavmlari»   qatorida
ko'plab   tarixiy   manbalarda   tilga   olingan.   Qabila   pilot,   olot   shakllarda   ham   talaffuz
qilingan.   Buxoro   viloyati   Qorako'l   rayonidagi   Olot   qishlog'i   ham   o'sha   etnonimdan
olingan.
Oytamg'ali   —   Samarqand   viloyati   Narpay   rayonidagi   qishloq.   Oqdaryo,   Payariq
rayonlarida,   Jizzax   viloyatining   Forish   rayonida   Oytamg'ali,   do'rmon,   qipchoq,   kurma,
qo'ng'irot   kabi   o'zbek   qabilalari   tarkibiga   kirgan   urug'lar   bor.   Ulug'   tamg'asi   yangi   oy
(taqa)   shaklida   bo'lgan   uchun   Oytamg'ali   deb   atalgan.   Qishloq   ham   shu   nom   bilan
atalgan.
Oqqo'yli — Samarqand viloyati Pastdarg'om rayonidagi qishloq nomi. Oqqo'yli —
urug' nomi. Qoraqo'yli nomlar ham mavjud.
Og'aliq   —   Samarqand   viloyati   Samarqand   rayonidagi   qishloq   va   tog'   nomlari.
To'g'risi, Ohaklik bo'lgan. CHunki, bu tog' dan   XIV — XV asrlarda Samarqandda   jome'
masjidi   qurish   uchun   ohaktosh   qazib   olingan.   SHu   bilan   birga   og'alik   degan   ijtimoiy
atama bo'lgan. Farg'ona vodiysida  esa  og'alik degan urug' (etnonim) qayd qilingan.
Mavlush   —   Samarqand   viloyati   Oqdaryo   rayonidagi   qishloq   nomi.   Qo'ng'irot
qabilasining   bir   urug'i   mavlish   deb   atalgan   (I.   Magidovich).   Qishloq   nomi   mana   shu
so'zdan kelib chiqqan.
Mojor   —   Samarqand   viloyati   Narpay   va   Paxtachi   rayonlaridagi   qishloqlarning
nomlari   mojor   (mojar)   —   o'zbek   xalqi   tarkibiga   kirgan   qabilalardan   biri.   Ular   XIX   asr
boshlarida Samarqand atrofida tog' yonbag'irlarida, Narpay arig'i bo'ylarida, SHahrisabz
vohasida yashaganlar. Ba'zi bir olimlar moj orlar   Vengriyaning asosiy aholisi mad’yarlar
bilan  qon- qarindosh deb hisoblaydilar.
Minglar   —   Samarqand   viloyati   Ishtixon   rayonidagi   Kattaming,   Kattaqo'rg'on
rayonidagi Mingqishloq, Sirdaryo viloyati G'allaorol rayonidagi ming urug'i yashaydigan
qishloq   nomlari.   Ming   (mingli)   o'zbek   xalq   tarkibiga   kirgan   yirik   qabilalardan   biridir.
1917   yilgacha   minglarning   ko'pchilik   qismi   Farg'ona   vodiysi   hamda   Buxoro   vohasida,
tarqoq   holda   Surxondaryo   viloyati   Boysun,   SHerobod   rayonlarida,   Xorazmda   va
Tojikistonning   Xisor   rayonida   yashagan.   Minglarni   ba'zan   tumon   yoki   tumonming   deb
ham ataganlar.
Misr   —   Samarqand   viloyati   Narpay   rayonidagi   qishloq   nomi.   Amir   Temur
Samarqand   atrofida   bir   necha   shaharlar   qurib,   ularni   chet   mamlakatlarning   bosh
shaharlari nomi  bilan  Bag'dod, Dimishq (Damashq), Misr (Qohira), SHeroz va Sultoniya
deb atagan.
Kamongaron   —   Samarqand   viloyati   Urgut   rayonidag'i   qishloq   nomi.   «Kamon
ustalari»   demakdir.   Ohangaron   —   «temirchilar»,   «So'zangaron»   —   «nina   ustalari»   ana
shu   turdagi   toponimlardir.   (3.   Dusimov   kamongaron   toponimlarni   kom   (katta   ariq)   —
ango (angiz) so'zlaridan va-on affiksidan iborat deb izohlaydi).
Kasovli   —   Samarqand   viloyati   Ishtixon   rayonidagi   qishloq   nomi.   Qo'ng'irot qabilasining   bir   shoxobchasi   kesavli   deb   atalgan   (tamg'asy   kosov   shaklida   bo'lgan),
qishloq nomi shu so'zdan olingan.
Kovon — Samarqand viloyati Pastdarg'om rayonidagi qishloq nomi. etimologiyasi
noma'lum.   Zarafshon   vodiysida   yashaydigan   qoraqipchoqlarning   bir   urug'i   kovon   deb
atalgan.
Koreys   —   Samarqand   viloyati   Kattaqo'rg'on   rayonidagi   qishloq.   Koreys   qishloq
Poyariq rayonida ham bor. O'zbekistonga koreyslar 1920 yildan ko'chib kela boshlagan.
Ular yashagan joylarni koreys qishlog'i deb ataganlar.
Ko'kqarg'a   —   Samarqand   viloyati   Narpay   rayonidagi   qishloq.   Qarg'a   urug'i   ko'k
qarg'a, qora qarg'a kabi tarmoqlarga bo'lingan bo'lsa kerak.
Ko'kqovg'a   —   Samarqand   viloyati   Nurota   rayonidagi   qishloq.   Qo'ng'irot
qabilasining   bir   urug'i   qavqa   deb   atalgan.   To'g'risi   qovg'a   bo'lsa   kerak.   Qovg'a   —
quruqdan   suv   tortadigan   charm   idish.   Osmondagi   12   burjdan   biri   —   dalv   yulduzlar
turkumi   xam   qovg'a   deyilgan.   Idish-   tovoq,   uy-ro'zg'or   asboblari   nomlari   bilan   atalgan
urug'lar   kam   emas. Masalan, boltali, bolg'ali, cho'michli, kosovli va hokazo. Ko'kqarg'a
— qovg'a (to'g'risi qovg'ali) urug'ining bir tarmog'i.
Og'aliq   —   Samarqand   shahridan   20—22   km   masofada   joylashgan   oromgoh.
Hozirgi   kunda   u   erda   turistik   baza   joylashgan.   Bu   erdan   to   1920   yillarga   qadar
samarqandliklar   ohak   olib   ketishgan,   shu   sababdan   bu   joyni   ohakli   deb   atashgan.
Keyinchalik   ohakli   so'zi   buzilib,   joy   ma'nosiga   mos   kelmay   digan   nom   —   Og'aliq   deb
atala boshlagan. Hozir xdm shu  nom bilan  yuritiladi.
Loyqa   —   Samarqand   viloyati   Bulung'ur   rayonidagi   qishloq.   Tog'lardan   sel   olib
kelgan jinslardan xosil bo'lgan maydon loyqa deyiladi. Lekin bu qishloq Bulungur arig'i
yoqasida   joylashgan.   Bulung'ur   Mo'g'ul   tilida   «loyqa   suv»   demakdir.   Demak,   loyiqa
bilan  Bulung'ur  «adash»  nomlardir.
Zambar — Samarqand viloyati Nurota rayonidagi tog. Biron narsaning o'rta qismi
chuqur,   ikki   chekkasi   baland   bo'lsa   zambar   (zanbar,   zambil)   deyiladi.   Masalan,
zambarbel (zambilbel) ot.
Zanjirbog' — Samarqand yaqinidagi qishloq. Arab jug'rofiy olimlarining asarlarida
Samarqand   viloyatining   12   rustaqlaridan   biri   Sanjarfag'n   deb   atalgan.   Sanjarfag'n
toponimi   YAngiariq   arig'ining   o'ng   tomonidagi   Zanjirbog'   qishlog'i   nomida   saqlanib
qolgan   vaqf   hujjatlarida   «Sanjarfag'n   degan   joy   Zanjirbog'   nomi   bilan   mashxurdir»,
deyiladi.   Sanjarfag'n   nomi   qompo-nentdan   iborat,   sangarma   —   sanskritcha   «budda
monastiri»  va fag'n (vag'i)  «ibodatxona»  so'zlaridan tashkil topgan.
Ishtixon   —   Samarqand   viloyati   Ishtixon   rayonining   markazi.   Rivoyatga   ko'ra,
Samarqanddan   Ishtixongacha  maxsus   quvurda   oqizilgan  qimizdan  podsho  totib   ko'rgan
emish,   xalq   o'shanda   «Qimizni   ichdi   xon,   xon   ichdi»   degan   emish.   SHundan   buyon
qishloq Ichta xon, keyinchalik Ishtixon bo'lib qolgan emish. Ishtixon O'rta Osiyodagi eng
qadimiy   toponimlardan   biri.   X   asrdayoq   Ishtixon   kattagina   shahar   bo'lgan.   O.   I.
Smirnovaning   fikricha,   Ishtixon   so'zi   sug'dcha   «Sakkiz   ariqli»,   «Sakkiz   kanalli»
ma'nosini   bildiradi.   Isht   —   xasht   —   sakkiz,   xon   —   ariq,   demak   sakkiz   ariq   degan
ma'noni bildiradi. Qishloq shu so'zdan olingan.
Yo'g'otepa   —   Samarqand   viloyat   Ishtixon   rayonidagi   qishloq.   Toshkent   yaqinida
ham Yo'g'ontepa degan joy bor (yo'g'on — katta, semiz, ulkan demakdir; ingichka nomli
joylar ham bor). Yo'g'ontepa — katta tepa degan ma'noni anglatadi.
Kavsar   —   Samarqand   viloyati   Ishtixon   rayonidagi   qishloq   nomi.   Aslida   biron-bir
suv — buloq yoki ko'l nomi bo'lsa kerak. Qishloq   suvi   shirin bo'lganligi sababli   «jannat
suvi» —  «jannat  bulog'i» degan  nom  olgan.
Gumbaz — Samarqand viloyati Pastdarg'om rayonidagi qishloq nomi. Qubbali  bino
gumbaz   deyilgan,   shu   bilan   birga   toza   suv   saqlanadigan   sardobalar   ham   usti   pishgan
g'ishtdan   gumbazli   qilib   ishlanganligi   sababli   qisqagina   gumbaz   deb   atalgan.   Qishloq
nomi   xam   o'sha   so'zdan   olingan.   Zarafshon   vohasida   yashaydigan   qora   qipchoqlarning
bir urug'i gumbaz deb yuritilgan va qadimdan Pastdarg'om rayonida yashab kelgan. Go'rxokasoy   —   Samarqand   viloyati   Nurota   rayonidagi   soy.   Go'rxona   mozor,
qabriston degan ma'noni anglatadi; qabristonga o'xshagan joydan o'tganligi sababli soyga
ham Go'rxonasoy deb  nom  berilgan.
Davlatobod   —   Samarqand   viloyati   Samarqand   rayonidagi   qishloq   nomi.
Temurning   Samarqand   shahridagi   bog'laridan   biri   Davlatobod   nomi   bilan   atalgan.
Buning o'rnida tashkil topgan qishloq xam o'sha Temur bog'ining nomi  bilan  Davlatobod
deb nomlangan.
Dahbed — Samarqand viloyati Oqdaryo rayonidagi qishloq. Tojikcha — dah — on,
bed — tol, ya'ni o'ntol degan ma'noni anglatadi. Qishloq ham shu  nom bilan  yuritiladi.
Deybaland   —   Samarqand   viloyati   Nurota   rayonidagi   qishloq   nomi.   Tojikcha
Dehibaland   baland   joydagi   qishloq,   ya'ni   baland   qishloq   degan   ma'noni   bildiradi.
Qishloq shu  nom bilan  ataladi.
Dukchilik   —   Samarqand   rayonidagi   qishloq.   Bu   erda   dukchilik   (yikchilik),   bo'z
to'qish uchun duk (yik)  yasash kasbi   bilan   shug'ullanishgan. SHu sababdan kishlok  shu
nomni olgan.
Jaylov — Samarqand viloyati Xatirchi rayonidagi qishloq nomi. Jaylov — yaylov
so'zining   shevada   talaffuz   etilishi.   YAylov   asli   yozda   mol-qo'y   boqiladigan   joy
demakdir. Qishloq nomi o'sha so'zdan olingan.
Jalpaqteva   —   Samarqand   viloyati   Urgut   rayonidagi   qishloq.   Ba'zilar   yalpoqtepa
deb   to'g'ri   talaffuz   qiladilar.   O'zbek-qipchoqlar   tepa   deyish   o'rniga   «teva»   deb   talaffuz
qiladilar. Qishloqda jarat urug'i yashagani uchun uni Jarat ham deyishadi. YAlpoq tepani
erli xalq shevasida Jalpoqtepa deyishadi.
Jo'gi   -   Samarqand   viloyati   Narpay   rayonidagi   qishloq   nomi.   Jo'gi   —   O'rta   Osiyo
lo'lilarining bir qavmi. Jo'gi so'zining  «qashshoq», «kambag'al»  ma'nosi ham bor.
Dapsan   —   tog'   yonbag'ridagi   tekis   maydoncha,   supa   degan   ma'noni   anglatadi.
Farg'ona viloyati O'zbekiston rayonida Depsan degan qishloq bor. Surxondaryo viloyati
Jarqo'rg'on rayonida Jo'gidapsan degan tepalik ham bor.
Qo'shxavut   —   Samarqand   viloyati   Xatirchi   rayonidagi   qishloq   nomi.   SHu
qishloqliklar va Nurota rayonining qo'shni qishloqlarida yashaydiganlar hovuzni  «hovut»
deyishadi.   Hovuz   so'zi   o'zbek   tilining   barcha   shevalarida   arabchaga   aslida   yaqin
shakllarda   («ovuz»,   «avuz»   deb)   tallaffuz   etiladi.   Qishloqda   ikkita   hovuz   bo'lganligi
sababli erli xalq Qo'shhovuz — Qo'shhavut deb atay boshlaganlar.
Gonchi — Samarqand viloyati  Oqdaryo rayonidagi ariq va Tojikiston  Jumhuriyati
Xo'jand   rayonidagi   qishloq   nomi.   Gon   (gonchi)   so'zi   tarixiy   manbalarda,   jumladan
Alisher   Navoiy   asarlarida   ko'p   uchraydi.   Gonchi   —   it   g'ajib   uzmasin   uchun   o'ning
arqoniga   bog'lanadigan   yog'och,   jun   to'qimini   tishlab   iflos   qilmasin   uchun   otning
bo'yniga bog'lanadigan tayoq ham gonchi deyiladi.
Afrosiyob   —   Samarqand   shaxrining   dastlabki   nomi.   Hozir   arxeologiyaga   oid
kurikxona shu tepalikdan topilgan arxeologiyaga oid topilmalar  Samarqandning yoshini
aniqlashda   asos   bo'lib   xizmat   qiladi.   Sug'dcha   par   siyov   (par   siyoh   ob)   —   qora   suv
tepaligi   degan   ma'noni   bildiradi.   YA.   G'.   G'ulomovning   fikricha,   Solor,   Kaykovus,
Zolariq va Afrosiyob nomlari   «SHohnoma»   kitobi ta'siri ostida maydonga kelgan bo'lsa
kerak.
Varaksar — Samarqand yaqinidagi Robotxoja qish-log'ining oldingi nomi. Bu so'z
«varg»,   «bandivarg»   shaklida   Rudakiy   asarlarida   ham   tilga   olingan,   Varaksar   «to'g'on
boshi» demakdir. Haqiqatan ham o'rta asrlardayoq bu qishloq yonida Zarafshonga to'g'on
qurilib,   daryo   suvi   uch   tarmoqqa   bo'lingan.   Bu   ariqlar   keyinchalik   Darg'om,   Abbos   va
Qoraunus   deb   atalgan.   YAqin   vaqtlargacha   Zarafshon   vodiysidagi   Barkbon   shahri
yaqinidagi   Varakdex   —   To'g'on   qishlog'i   bo'lgan.   Qishloq   hozir   ham   shu   nom   bilan
ataladi.
SHunday   qilib   o'qituvchi   keltirilgan   tarixiy-geografik   joylarning   nomlari   va
toponimlaryga   asoslanib,   mazkur   darsda   Samarqand   va   uning   vohasida   juda   ajoyib   va
turli-tuman   nomlarning   bir   guruhinigina   ko'rib   chiqishga   muvaffaq   bo'linganini, o'quvchilar   ham   o'z   jonajon   maktabi,   jamoa   va   davlat   xo'jaligi,   qishloq   va   rayon
hududidagi   nomlarning   kelib   chiqishi   bilan   qiziqishi   hamda   mana   shunday   toponimik
ma'lumotlar   yig'ishi   zarurligi,   bu   esa   ularga   jonajon   o'lka   tarixini   o'rganishda,   mustaqil
ijod qilishda olgan bilimlarini chuqurlashtirishda yaqindan yordam berishini ta'kidlaydi.
5. Xorazm viloyati toponimikasidan darsda foydalanish
Xorazm O'rta Osiyodagi eng qadimgi madaniyat markazi serunum vohalardan biri.
U   hozir   paxtachilik   sohasidagi   erishgan   yutuqlari   tufayli   mash'al   viloyatga   aylandi.
Uning   tarixi   zardushtiylarning   muqaddas   kitobi   «Avesto»da   miloddan   avvalgi   IX   —   X
asrlarda qayd etilgan.
Bu   viloyat   tarixi   va   uning   toponimikasi   haqida   fikr   yuritilganda   o'quvchilarga,
avvalo,  «Xorazm»  so'zining etimologiyasi haqida batafsil ma'lumot berish zarur.
O'qituvchi bir qator viloyatlar tarixi va uning rayon, qishloq va ovullari nomlarining
kelib   chiqish   manbalari   ustida   to'xtalar   ekan,   Xorazm   viloyati   rayonlari,   qishloq   va
ovullarining nomlari toponimikasiga ham batafsil to'xtalishi lozim. Masalan  «XII  —XIII
asrlarda   Xorazm   davlatining   kuchayishi»   mavzusi   quyidagi   mavzuchalarga   bo'lib
o'rganilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Mavzu quyidagi  reja  asosida bayon etiladi:
a)  Xorazmning kuchayishi;
b)  Xorazmshohlar davlatining ijtimoiy va xo'jalik hayoti;
v)   Buxoro   va   Samarqanddagi   qo'zg'olonlar.   SHundan   song   o'qituvchi   Xorazm
viloyati tashkil topgandan to hozirgi kunga qadar bosib o'tilgan tarixiy jarayon va uning
kelajagi   haqida   qisqacha   ma'lumotlar   keltirib,   viloyat   va   uning   hududidagi   jamoa
xo'jaliklari,   ovul,   qishloq,   rayon,   shaharlar   nomlarining   kelib   chiqishi   haqidagi
masalalarga batafsil to'xtalishi lozim.
Biz   quyida   O'zbekiston   tarixi   kursini   o'qitish   jarayonida   Xorazm   vohasi   bo'yicha
toponimikaga   oid   ma'lumotlardan   qanday   foydalanish   mumkin?   degan   savolga   javob
berishni   maqsad   qilib   qo'ydik.   Toponimikaga   oid   ma'lumotlardan   foydalanib
o'tkaziladigan bir soatlik tarix darsining taxminiy rejasi keltiriladi.
Darsni tashkil qilish: a) sinfning darsga hozirligini kuzatish; b) o'quvchilar diqqatini
darsga jalb qilish.
O'tgan   mavzu:   «Turkiy   tilda   so'zlashuvchi   xalqlarning   shakllanishi»   degan   mavzu
yuzasidan   o'quvchilarga   beriladigan   savollar:   a)   Xaritadan   turkiy   tilda   so'zlashuvchi
o'zbek   xalqlarining   dastlabki   ajdodlari   yashagan   joylarni   ko'rsating;   b)   Turkiy   tilda
so'zlashuvchi   xalqlar  ajdodlari  shakllanishini  necha  bosqichga  bo'lish  mumkin?  Har  bir
bosqichga   ta  rif   bering;   v)  o'zbek  tilining  dastlabki  shakllanishi  qaysi   lahja  va  tillardan
kelib   chiqqan   edi?   g)   IX   —   XII   asrlarda   o'zbek   xalqi   va   uning   tilining   shakllanish
jarayoni xususiyatlarini aniqlang; d) Tilning aniq shakllanishi qaysi rayon, shahar, voha
va vodiylarda aniq sezilgan?
O'quvchilar   yuqoridagi   savollarga   javob   berganlaridan   so'ng   o'qituvchi   ulardan
Xorazmning   qaysi   hududlarida   hozirgacha   o'sha   turkiy   til   elementlari   saqlanib
kelayotganligi   va   Xiva,   Xo'jayli   shaharlarining   hamda   Xorazm   so'zi   qanday   ma'noni
anglatishini so'raydi.
SHu   savollarga   olingan   javoblar   o'quvchilarning   shahar   tarixini   va   uning   nomini
o'rganishga   bo'lgan   qiziqishini   orttiradi.   Demak,   o'qituvchi   o'quvchi   to'g'ri   yorita
Olmagan savollarni to'ldirib, o'tilgan mavzuni yangi mavzuga bog'laydi.
YAngi mavzu.  «XII  — XIII asrlarda Xorazm davlatining kuchayishi».
Mavzuning   maqsadi:   o'quvchilarga   Xorazmning   qadim-qadimdan   ma'lum   va
mashhur   bo'lganligi,   Somoniylar   davrida   yarim   mustaqil   davlat   sifatida   uning   tarkibiga
kirganligi,   uning   Ma'mun   ibn   Muhammad   davrida   qudratli   davlatga   aylangani,   ayniqsa
Ma'mun   ibn   Ma'mun   davrida   fan   va   madaniyat   g'oyat   rivojlanib   Xorazm   akademiyasi
tashkil topganligi tushuntiriladi.
Darsning tarbiyaviy vazifasi: Bunda o'quvchilarga Xorazm yuksalgan davrda fan va
madaniyatning   nihoyatda   rivojlanganligi,   XI   asrning   eng   mashhur   qomusiy   olimlari   bu erga jalb etilganligi,  bu  erda  Abu Ali  ibn  Sino,  Abu Rayhon Beruniy, Abu Sahl Masihiy,
mashhur   tabib   Abulxayr   Hammor,   yirik   riyoziyun   Abu   Nosir   A'rrk   va   boshqa   atoqli
olimlarning Ma'mun ibn Ma'mun akademiyasini yaratganligi so'zlanib, o'quvchilarni o'z
avlod-ajdodlariga mehr- muhabbat   va   ona diyoriga sadoqatli inson bo'lib etishish ruhida
tarbiyalashdan iborat.
Dars o'tish uslubi: dars og'zaki bayon qilish uslubi  bilan  olib boriladi.
Darsni jihozlash: O'zbekiston xalqlar tarixining IV jildligi A. Asqarov tahriri ostida
chop   etilgan  3   jildlik  O'zbekiston  xalqlari   tarixining  1-jildi,  uning   5-sinf  uchun  yozgan
O'zbekiston   tarixi,   SH.   Karimov   rahbarligida   chop   etilgan   «O'zbekiston   tarixi   va
madaniyati» (ma'ruzalar to'plami) ko'rsatiladi. O'zbekiston xaritasi atlas va al’bomlardan
foydalaniladi.
YAngi mavzuni o'tish rejasi
1.  Xorazm davlatining kuchayishi.
2.  Xorazmshohlar davlatining ijtimoiy-siyosiy va xo'jalik hayoti.
3.  Buxoro va Samarqand shaharlarida bo'lib o'tgan qo'zg'olonlar.
4.   Xorazm   hududidagi   jamo   xo'jaliklari,   qishloq   va   rayonlar   nomlarining
kelib chiqish
tarixi.
5.  o'tgan mavzuni zamonga bog'lash.
YAngi mavzuning konspekti
Xorazm   X   asrda   Somoniylar   davlati   tarkibiga   kirardi.   Somoniylar   davlati   bo'linib
ketgan   vaqtda   u   o'z   mustaqilligini   saqlab   qolishga   va   Qoraxoniylar   va   G'aznaviylar
davlatlari   tarkibiga   kirmay   qolishga   muvaffaq   bo'ldi.   Bu   davrda   Xorazm   xo'jalik   va
madaniy   hayotda   katta   yutuqlarga   erishdi.   Biroq   1017   yilda   Mahmud   G'aznaviy
qo'shinlarini   tor-mor   keltirib,   uni   o'z   davlatiga   qo'shib   oldi.   1240   yilda   g'aznaviylar
Xurosonni qo'ldan boy bergach, Xorazm Saljuqiylar davlati tarkibiga kiradi. Saljuqiylar
bilan   qoraxoniylar   o'rtasidagi   o'zaro   urushlar   bu   davlatlarning   kuchsizlanishiga   olib
keladi   va   XII   asr   boshlaridan   Xorazm   mustaqil   davlat   sifatida   yana   taraqqiy   eta
boshlaydi. Uning hududi unchalik katta bo'lmasada, iqtisodiy jixdtdan  kuchli va  boy  edi.
Ko'chmanchi   turkmanlar,   eron,   Volgabo'yi   va   Uzoq   SHarq   bilan   olib   borilgan   savdo-
sotiq aloqalarining qizg'in rivojlanishi shunga imkoniyat tug'dirgan edi.
Hunarmandchilik   mahsulotlari   ishlab   chiqarish   va   qishloq   xo'jaligi   Xorazmda
yuqori   darajaga   ko'tariladi.   Bularning   barchasi   mustaqillik   uchun   kurashda   qulay   shart-
sharoitlar   yaratdi.   1141   yilda   Samarqand   yaqinida   qoraxoniylar   qo'shini   bilan
ko'chmanchi   qoraxitoylar   o'rtasida   jang   bo'ladi.   Jangda   qoraxitoylarning   qo'li   baland
kelib,   g'alaba   qozonadilar.   Bundan   foydalangan   Xorazm   sultoni   Otsiz   Marvni   bosib
oladi. Takesh (1172 —1200) hukmronligi davrida Xorazm kuch-qudratga to'lgan davlat
edi.   Bu   vaqtda   davlat   xududi   eron   sharqiy   qismining   bosib   olinishi   evaziga   ikki   marta
kengaygan edi.
Gurlan — Gurlan so'zining asl ma'nosi hali malum emas. Bu so'zning kelib chiqishi
haqida   bir   rivoyatda   shunday   deyiladi:   bir   vaqtlar   bu   hududga   ko'r   chol   bilan   cho'loq
kampir   ko' chib kelishibdi. Ular juda mohir hunarmand ekanlar. Ular tuzatgan narsalarini
bozorga   olib   chiqib   sotar   ekanlar.   Bozorda   hech   kimning   narsasi   o'tmasa   ham   ularniki
bemalol sotilaverarkan. SHunda odamlar ikkalalarida biron sir bor, deb ularning atrofiga
kelib   joylasha   boshlabdilar.   O'sha   hududni   esa   «ko'r   va   lang»   deb   atay   boshlabdilar.
Vaqtlar o'tishi   bilan   bu so'z o'zlashtirilib «Gurlan» bo'lib ketibdi. Xorazm lahjasida k —
tovushi   ko' pincha   «g»   shaklida   ishlatiladi.   SHuning   uchun   «ko'r»   so'zi   «gur»   shaklida
ishlatilib «gurlan» bo'lib ishlatilib kelinmoqda Hozir ham shu  nom bilan  yuritiladi. YAna
bir   manbada   —   «Qadimgi   mualliflar   O'rta   Osiyo   haqida»   degan   kitobda   aytishlaricha,
qadimgi   yunon   tarixchisi   Gerodot   Xorazm   haqida   ko'p   ma'lumotlar   yozib   qoldirgan.
Gerodotning yozishicha, xorazmliklar, girkaniyaliklar, parfiyaliklar  bilan  bir-biriga yaqin
joyda istiqomat qilganlar. YUnon tarixchisi tilga olgan «girkaniya» so'zi qadimgi turkiy
yozuvlaridagi   «Kurikan»   qabilasining   nomi   bilan   uzviy   bog'liq   bo'lib,   ularning   asrlar davomida   fonetik   o'zgarishidan   «Gurlan»   varianti   kelib   chiqqan   bo'lishi   ham   mumkin.
Ammo   bundan   Gurlandagi   aholining   nomi   girkanlardan   kelib   chiqqan   ekan,   degan
xulosaga  kelib   bo'lmaydi.  Kichik  bir   ovulning  nomi  ham  yoki  oila  boshlig'i   yoki  uning
bir a'zosi nomi toponimikada asos bo'lib ketaverishi mumkin.
Hazorasp   —   shu   nomli   rayon   markazi.   Hazorasp   so'zining   ma'nosi   quyidagi   cha:
Hazor   degani   fors-tojik   tilida   «ming»,   asp   degani   “ot”   ya'ni   ming   ot   degan   ma'noni
bildiradi.   Hazorasp   Xorazmning   janubiy   chegara   qal'asi   bo'lib,   unda   ming   otliq
saqlangan.   Dushman   hujum   qiladigan   bo'lsa,   Hazorasp   qal'asi   zarbani   birinchi   bo'lib
o'ziga   olgan.   Xivadan   madad   kelgunga   qadar   dushman   bilan   kurashgan.   Asta-sekinlik
bilan   qal'a   ichida   aholi   ko'payib,   qal'adan   tashqarida   o'rnasha   boshlagan.   Qal'adan   bir
necha kilometr beriroqda ham qishloq qurila boshlagan.
YAngibozor — aholining savdo-sotiq ishlari faqat qal'a bozorida bo'lgan, so'ngra u
chekka qishloqlarning  birida to'planib, savdo-sotiq ishlarini  olib borganlar. Qal'a bozori
bilan  bu bozorni bir-biridan farq qilish uchun qishloq bozoriga «YAngi bozor» deb   nom
qo'yishgan. SHu-shu bo'lib qishloqning nomi YAngibozor bo'lib qolgan.
Qo'shko'pir   —   rayoni   Xorazm   viloyatining   yirik   rayonlaridan   biri.   Hozirgi   kunda
rayonda 9   ta   qishloq bo'lib, bu qishloqlar nomlarining kelib chiqishi juda qiziq. Quyida
biz bu haqda fikr yuritamiz:
Kenagas   —   bu   qishloq   mahalliy   xalq   orasida   Kanayas   deb   yuritiladi,   chunki
hududdan   Kanayas   arig'i   oqib   o'tadi.   Qishloqning   markaziy   qismiga   Karaman   qal'asi
deyishadi.   Karaman   —   Xorazmda   o'suvchi   ulkan   daraxt.   Qariyalarning   so'zlariga
qaraganda, bu erda Xiva xonligi davrida mudofaa vazifasini bajaruvchi kichik, o'ziga xos
qal'acha bo'lgan. Kenagas degan qabila ham bo'lgan.
Xadra   —   Qo'shKo'pir   rayonidagi   ikkinchi   qishloqning   nomi.   Xadra   so'zining
ma'nosi   qal'a   yoki   shaharning   cheti   demakdir.   Xadra   qishlog'i   Xiva   qal'asining   shimol
tomonida joylashgani uchun ham Xadra nomini olgan bo'lishi mumkin.
O'zbekyop   —   shu   rayondagi   uchinchi   qishloq   bo'lib,   uning   ma'nosini   shunday
tushuntirish   mumkin.   O'zbek   —   shu   qishloqda   yashovchi   xalqning   millati.   «yop»   so'zi
xorazmcha bo'lib, ariq yoki kanal ma'nosini bildiradi. Bu qishloq  qo'shni Turkmaniston
erlariga   yaqin   bo'lgani   uchun   ular   bu   ariqni   o'zbekning   yopi,   ya'ni   arig'i   deyishgan.
O'zbekyop   qishlog'ining   markazi   Qorovul   deb   ataladi.   Bu   so'zni   mahalliy   sheva   tili
ma'nosida qora va ovul deb tushunish mumkin, u bora-bora Qoravul bo'lib qolgan.
Hayrovot   —   rayondagi   beshinchi   qishloq   bo'lib,   Xiva   qal'asining   shimoli-g'arbiy
tomonida   joylashgan.   Ma'lumki,   rovot   —   bu   darvoza   degani.   Demak,   qishloq   Xiva
xonligining   shimoli-g'arbiy   tomondagi   darvozasi   bo'lgan.   Hayrovot   balki,   odamlar
aytganlariday,  xayrli  darvoza,  fayzli  darvoza, yaxshi darvoza  ma'nolarini  bildirishi ham
mumkin.
O'rtayop   —   rayondagi   oltinchi   qishloq,   o'rtayop   cho'zilib   ketgan   ariqning   o'rta
markaziy   qismida   joylashgan   qishloq   ma'nosini   ham   bildiradi.   Qishloq   hozir   ham   shu
nom bilan  ataladi.
Qatag'on — rayondagi ettinchi qishloqning nomi. SHevada qatag'on so'zi yo'q. Bu
so'z   fors   tilida   —   yo'qolgan,   qurilgan   va   topib   bo'lmaydi,   degan   ma'noni   bildiradi.
Urganch,   SHovot   va   Qo'shKo'pir   rayonlari   hududiga   o'xshash   qumlik   sahrolar   shu
qishloqning   yo'q   bo'lib   ketishiga,   nomi   esa   Qatag'on   bo'lib   ketishiga   sababchi   bo'lishi
mumkin.   Suv   chiqarish   qiyin   bo'lgan   paytlarda   qum   barxanlari   qishloq   erlarini   ko'mib
yuborgan,   natijada   qurg'oqchilik   bo'lib   turgan.   Qatag'on   nom   albatta   bejiz   berilmagan.
Mahalliy aholi orasida bu qishloq to'g'risida ma'lumotlar deyarli saqlanmagan.
Qo'shKo'pir   —   rayondagi   sakkizinchi   qishloq   bo'lib,   hozirgi   kunda   rayon
markazidir. Nomining o'zidan ko'rinib turibdi, qo'sh — juft, ko'pir — ko'prik ma'nosini,
ya'ni   qo'shma   ko'prikli,   degan   ma'noni   bildiradi.   Marhum   akademik   Muhammadjon
YO'ldoshevning «Xiva xonligida feodal   er   egaligi va davlat tuzilishi» degan kitobida   bu
haqda   ancha   ma'lumotlar   bor.   eng   avval   Qo'shKo'pir   qo'sh   ko'prik   deb   nomlangan.   U
erda katta G'azovon arig'i bor. Bu ariqning  u  tomoni  bilan  bu tomoniga o'tish uchun ikki joyiga katta ko'prik kurilgan. Qo'shKo'pir degan so'z shundan olingan.
G'azovot — rayondagi to'qqizinchi qishloq nomi. O'rta Osiyoda suv masalasi og'ir
bo'lgani   uchun   Xiva   xonlari   ming-minglab   odamlarni   ariq   qazishga   safarbar   qilganlar.
Xon amaldorlari  mehnatkash xalq ommasini  ayamasdan ishlatganlar. Ariq qazish oddiy
xalqqa   ko'p   mashaqqatlar   keltirgan.   Bu   qishloq   esa   o'sha   G'azovot   arig'i   bo'yida
joylashgan bo'lgani uchun ham G'azovot nomini olgan, degan fikrlar bor.
Bog'ot   —   Xorazm   viloyatidagi   rayon   markazi.   Bog'ot   etimologiyasini   bog'zor,
bog'lar, bog'  va  arabcha ot ko'plik affiksi «arz so'ray  digan  bog'» so'zi  bilan  bog'lay  dilar.
Mahalliy xalqning aytishicha  «bog'ot»  poliz, polizchi degan ma'noni bildiradi.
Amudaryo   —   uni   yunonlar   hamda   rimliklar   Oksus   yoki   Oqsus,   arablar   esa
«Jayhun»   (telba)   deb   ataganlar.   Daryoning   hozirgi   nomi   esa   Amuya   shahri   (XVI   asr)
nomidan olingan; bu shahdr keyinchalik Amudaryo deb atala boshlagan.
Xo'jayli — XII — XIII asrlarda barpo qilingan. Xo'jayli so'zining leksik mazmuni
xo'jarlar, ya'ni katta  er  egasi bo'lgan kishilar ma'nosidadir. Xo'jayli so'zini xo'ja eli degan
xalq nomidan olingan, deb ta'riflaydi sharqshunos olim B. A. Ahmedov.
Mo'ynoq — Orol dengizi janubidagi yarim orol, shahar. Mo'yin (bo'yin), oq aslida
— ak
—   «kichik»   so'zlaridan   yasalib,   «kichik   bo'yin»,   «bo'yincha»,   «yarim   orol»
ma'nosida.
Tuyamo'yin   —   Amudaryo   quyi   oqimidagi   joy.   Sirtdan   qaraganda   «tuya   bo'yini»
dek   tuyuladi.   Aslida   tog',   daryo   va   qumlik   joylarning   tor   qismini   —   yo'lagini
«Tuyamo'yin»   deb   atashgan.   Tuyaning   qing'ir   va   tor   bo'yniga   o'xshatilgan   bo'lsa   ajab
emas.
To'rtko'l — Qoraqalpog'iston jumhuriyatining janubidagi shahar. SHaharning yaqin
yillarga qadar tort tomoni ko'l bo'lgan. SHuning uchun ham shunday  nom  berilgan. Hozir
ham To'rtko'lligicha saqlanib kelmoqda.
Farg'ona   vodiysida   eng   katta,   serxosil,   qadimdan   paxta   etishtirib   kelayotgan,
O'zbekistonning gullagan viloyatlaridan uchtasi, ya'ni Andijon, Farg'ona va Namangan.
Andijon — O'zbekistonning xushmanzara   va   qo'hna shaharlaridan biri. U Farg'ona
vodiysining j anubi-sharqida j oylashgan.
SHahar   nomining   kelib   chiqishi   to'g'risida   bir   qancha   fikrlar   bor.   Bir   afsonada
aytilishicha,   shaharning   nomi   Afrosiyob   noibining   qizi   Andijon   nomidan   kelib   chiqqan
deyiladi. Boshqa bir rivoyatda  bu  so'zning birinchi qismi  «Andi»  — shaharga asos solgan
kishining nomi, ikkinchi
—   «jon»   qismi   esa   jon degan ma'noni  anglatadi, deyiladi.  Birovlar qachonlardir   bu
erlarni «andi   —   hind» lar   ishg'ol qilganlar,   bu   hindlar makoni deydilar. YAna bir guruh
kishilar  esa «Andi»  shaharga asos soluvchi,  «jon» esa  baxsh etmoq demakdir, deyishadi.
YAna   bir   guruh   kishilar   karvon   yo'lida   ketayotganda   qaroqchilar   xujum   qilib   «O'nta
jonni»   o'ldirganlar.   Andijon   so'zi   o'nta   jon   so'zining   buzilganligidan   kelib   chiqqan,   deb
ta'kidlaydilar.   X   asrda   yashagan   arab   geografi   va   sayyohi   Ibn   Havkal   Andijon   shahri
to'g'risida   «Dehqonchiligi   rivojlangan   shahdr,   iqtisodiy   va   siyosiy   jihatdan   ham
rivojlangan, katta hunarmandlar shahri» deb yozgan.
Andijon shahrining paydo bo'lishi va nomi haqida tarixchilarimiz quyidagicha fikr
yuritadilar.   Masalan,   mashhur   tarixchi   V.   Nalivkin   o'zining   «Kratkaya   istoriya
Kokandskogo   xanstva»   degan   kitobida   «Andijon»   so'zi   hozirgi   shahar   hududida
yashagan   «andi»   qabilasi   nomidan   olingan,   deb   ko'rsatadi.   «Andi»   so'ziga   «gan»
qo'shimchasini qo'shish   bilan   «Andigan»   yasalgan   va   keyinchalik bu Andijonga aylanib
ketgan, deb yozadi. SHahar IV asrdan V asrgacha Andukon, XII asrdan to XIX asrgacha
Andijon deb yuritiladi.
Andijon   shahri   toponimikasi   haqida   ba'zi   bir   tarixchi   olimlar,   jumladan,   S.
Jalilovning shu sohadagi fikri ham haqiqatga yaqindir. YAqin yillarga qadar, hatto hozir
ham   ayrim   kishilar   bu   shaharni   Anjon   deb   keladilar.   Ayrim   kishilarning   aytishlari
bo'yicha O'rta Osiyo chorizm tarafidan bosib olingandan so'ng ruslar   «j»   tovushi oldiga «d»   qo'shib aytishlari natij asida «Anjon»   Andijon bo'lib qolgan. Xullas, Andijon shahar
tarixi   qadimiy   yozma   manbalarda   aniq   ta'riflangan   bo'lsa-da,   Andijon   so'zining
etimologiyasi haliga qadar ilmiy ravishda isbotlangan emas.
Qo'qonboy — Qo'qonboy qishlog'ining tashkil topish davri qariyalarning va qishloq
ziyolilarining shoxidligi bo'yicha, Qo'qon xonligi davriga to'g'ri keladi. Qishloq Toshkent
—   Andijon   temir   yo'li   va   Xo'jand   —   Qo'qon   karvon   yo'llari   yoqasiga   joylashgan.
Qishloqdagi   katta-katta,   eng   hosildor   erlar   Qo'qonlik   boylardan   PO'stin-purushboy,
Tovoqchiboy, Pichaqchiboy, Olloboy va shu kabilarga qarashli bo'lib, yaqin kunlargacha
o'sha   boylarning   nomi   bilan   atalib   kelar   edi.   Qariya   otaxonlarning   aytishicha,   qishloq
erlari suv boshida bo'lib, eri juda unumli bo'lgan. SHu sababli bu erlarni Qo'qonlik boylar
egallab   olib,   chorikorlarga   bo'lib   bergan   va   bu   erda   asta-sekin   aholi   to'planib,   qishloq
paydo   bo'lgan.   Qishloq   asosan   Qo'qonlik   boylarning   eridan   iborat   bo'lgani   uchun
Qo'qonboy deb atala boshlagan degan fikr bor.
Savay   —   1930   yili   tashkil   topgan   sovxoz   nomi.   U   Farg'ona   vodiysining   shimoli-
sharqidagi   Andijon   viloyati   Qo'rg'ontepa   rayonida   joylashgan   bo'lib,   Qirg'iziston
Respublikasi   bilan   chegaradoshdir.   Bu   er   nomining   kelib   chiqishi   quyidagicha   bo'lgan.
Sovxoz tashkil topmay turib, shu erga yaqin joyda Isavay degan odam yashagan ekan. U
o'z tomorqasiga Qoradaryodan bosh oladigan ariqdan suv ochgan. Keyinchalik  mana  shu
joyda davlat  xo'jaligi tashkil topgan, xuddi shu ariq o'rnida kanal qazilgan. Odamlar  bu
kanalni   xaligi   ariq   o'rnidan   ochilgani   uchun   «Isavoy   ariq»   deb,   keyinchalik   bu   so'z
buzilib   Savay   ariq   deb   atay   boshlangan.   «Savay   ariq»   atrofida   tashkil   topgan   davlat
xo'jaligi   nomi   ham   «Savay»   bo'lib   qolgan.   Hozir   ham   shu   nom   bilan   mashhur.   Mo'g'ul
urug'laridan biri ham Savay deb yuritilgan deydi B. Ahmedov.
Xo'jand   —   Tojikiston   respublikasidagi   shahar.   1936   yilga   qadar   shu   nom   bilan
atalib   kelingan.   Nima   uchun   Xo'jand   deb   atalganligi   to'g'risida   bir   qancha   rivoyatlar
mavjud.
Bir   vaqt   Sirdaryo   toshib,   kechasi   bu   shaxarni   suv   olib   ketgan   emish.   Podsho
Nushirvon mamlakatdagi eng yaxshi odamlarni yig'ib, eski shahar o'rnidan sal nariroqda
yangi   shahar   barpo   qilishga   buyruq   bergan   ekan.   SHunda   oldingi   shaharning   nomi
unutilib, XO'bchand (tojik tilida bir so'zi chand, yaxshi so'zi — xo'b) deyilgan, ya'ni bir
qancha   odam   kelib   o'rnashgan   shaxar   degan   ma'noni   bildiradi.   Bora-bora,   vaqt   o'tishi
bilan,   XO'bchand   so'zi   Xo'jand   bo'lib   ketgan,   deyishadi.   YAna   boshqa   bir   rivoyatda
Xo'jand   so'zi   bu   shaharda   «oq   suyaklar»   ko'p   bo'lganligi   sababli   «Xo'jalar   shahri»
so'zidan olingan, deyiladi.
SHunday qilib, shaharning nima uchun Xo'jand deb atalganligi to'g'risida ishonchli
bir fikr yo'q.
Namangan   —   Farg'ona   vodiysining   go'zal   shaxarlaridan   biri.   Namangan   soy,
YAngiariq   va   SHimoliy   Farg'ona   kanalidan   suv   ichadi.   Namangan   haqidagi   dastlabki
ma'lumotlar   Zaxiriddin   Muhammad   Boburning   «Boburnoma»   kitobida   tilga   olinadi.
Namangan qishlog'i tuz koniga yaqinligidan   «Namak   kon» deb atalgan. Keyinchalik   bu
nom   o'zgarib   Namangan   bo'lib   ketgan.   Novmakon   (yangi   joy)   degan   rivoyat   ham   bor.
SHaharning   vujudga   kelishiga   qadimgi   Axsikent   shaxridan   ko'chib   kelgan   aholi   ham
ta'sir   qilgan   bo'lsa   kerak.   Axsikent   shahri   Namangan   yaqinida   Sirdaryoning   o'ng
qirg'og'ida  bo'lgan.  U   1620  yilgi  zilziladan   yakson  bo'lib  ketgan.   Namangan   shahrining
rivojlanishida Norin daryosidan 1818—1822 yillarda o'tkazilgan YAngiariq kanali katta
rol   o'ynadi.   Bu   erda   hunarmandchilik   va   savdo-sotiq   rivojlanadi.   Farg'ona   viloyati
tuzilgach,   Namangan   uning   uezd   shaharlaridan   biri   bo'lib   qoldi.   1877   yili   yangi   shaxar
qurilishi boshlanadi. Bu erda dastlab Andijon va Farg'ona shaharlaridagi singari qo'rg'on
qurilgan.   YAngi   shahar   uchastkasida   harbiy   mashqlar   o'tkaziladigan   maydon,   shahar
bog'i va bozor uchun joy ajratilgan. 1894—1895 yillarda shahar aholisi 60 ming kishidan
ko'proq   bo'lgan.   XX   asrning   boshlarida   Namangan   temir   yo'l   orqali   Qo'qon   bilan
bog'lanadi.   SHundan   keyin   paxta   va   yog'   zavodlari   paydo   bo'ladi.   60-   yillarga   kelib
Namangan   juda   katta   shaharlardan   biriga   aylandi.   Hozir   shahar   Farg'ona   vodiysidagi yiriq shaharlardan biri,  Namangan  viloyatining markazi.
Haqqulobod   —   Norin   rayonidagi   qishloq.   Arxeologlarning   va   erli   keksalarning
so'zlariga   qaraganda,   bu   qishloq   XVIII   asrning   oxirida   tashkil   topgan.   O'sha   vaqtda   bu
joylarning   o'rni   botqoqlik   va   balchiq   bo'lgan.   SHuning   uchun   bu   erda   odamlar
yashamagan. Rayon markazidan 6 km nariroqda «Eski Haqqulobod» degan qishloq bor.
XVIII asrning oxirida bu erda juda boy va johil Haqqulibek degan kishi yashagan. U   er
mulkini   ko'paytirish   uchun   o'z   odamlarini   to'qayzor   va   balchiq   erlarni   o'zlashtirishga
majbur   qilgan:   Uning   buyrug'i   bilan   odamlar   botqoqlarni   quritib,   ekin   ekkanlar.   Bu
qishloq uning xo'jayini Haqqulibek nomi bilan Haqqulobod deb atalgan. 20 -30- yillarda
undan   keyingi   davrlarda   bu   erda   ijtimoiy   o'zgarishlar   yuz   berdi.   Hozir   Xaqqulobod
Namangan  viloyatining eng go'zal qishloqlaridan biri bo'lib, Norin rayonining markazi va
shaxar tipidagi aholi yashaydigan manzilga aylantirildi.
Qo'qon.   Bu   so'zning   etimologiyasi   xaqida   ham   turli-tuman   ma'lumotlar   bor.
Aytishlaricha,   shahar   joylashgan   hudud   botqoqlik,   qamishzorlardan   iborat   bo'lgan   va   u
erlarda ho'k (yovvoyi cho'chqa)  lar  juda ko'p bo'lgan. SHuning uchun u erni cho'chqalar,
ya'ni   to'ng'izlar   makoni   —   ho'kkon   deb   ataganlar.   Keyinchalik   bu   so'z   Qo'qon   bo'lib
qolgan,   degan   fikr   soxtadir.   Akademik   A.   N.   Kononov:   Xo'   so'zi   «shamod»   ma'nosida
keladi   va   Qo'qon   (HO'qand)   «SHamol   shahri»,   «sershamol   shaxdr»   ma'nosida   bo'lishi
mumkin, deb ta'kidlaydi.
Dastlab   «Hudud   al-olam»   da   Xo'kand,   Xuvakand   —   xalq   zich   yashaydigan
shaharcha deyilgan. Ibn Havqal, Muqaddasiy asarlarida Xo'kand (Xuvokand) va Xo'qand
(Xuvoqand)   shakllarida   qayd   qilingan.   «Boburnoma»   da   Xo'qon   viloyati   deb   tilga
olingan.  Hozirgi  Qo'qon  shahri  tarixiy  Xo'qand  o'rnida   XVIII  asrda  o'zbeklarning  ming
urug'i   boshlig'i   SHohruhbiy   tomonidan   barpo   etilgan.   V.   V.   Bartol’d   shaxdr   nomining
adabiy   jihatdan   to'g'ri   shakli   Xo'kand   bo'lib,   Qo'qon   jonli   tilda   talaffuz   etilishidir,   deb
hisoblaydi.
YUqoridagi   olimlarning   turli   izohlaridan   qat'i   nazar,   hozirgi   kunda   qadar   Qo'qon
so'zining etimologiyasi ilmiy asosda o'rganilgan emas.
Farg'ona   —   antik   davr   yunon   olimlari   bu   viloyatdan   deyarli   bexabar   qolganlar.
Makadoniyalik   Iskandarning   Xo'jandgacha   kelgani   aniq.   Ammo   undan   sharqqa,
Farg'onaning   ichiga   o'ta   olmagan.   SHuning   uchun   bo'lsa   kerak,   yunoncha   kitoblarda
qadimiy   Farg'onaning   tavsifi   yo'q.   U   tomonda   «YAksart   orqasida»   allaqanday   o'troq
aholi   borligigina   qayd   etilgan,   xolos.   Faqat   ilk   o'rta   asr   adabiyotidagina   Farg'ona   nomi
qayd etilgan.
Farg'ona   nomining   ma'nosi   shu   choqqacha   aniqlangan   emas.   Lekin   bu   haqda   bir
qancha   izoh,   taxmin   va   mulohdzalar   bor:   Gerodotning   yozishicha,   qadim   zamonlarda
O'rta Osiyoda Parikan nomli qabila bo'lgan; sanskrit tilida parkana deb kichik viloyatga
aytiladi;   pari   xona,   ya'ni   «go' zallar   yurti»   degan   ma'nosi   xam   bor;   forscha   parand
(arabcha farand)  —  «shoyi», «ipak» so'zlaridan kelib  chiqqan  (farandxona  — ipakxona
degani);   qadimiy   fors-tojikchada   pargona   —   «tog'   oralig'idagi   vodiy»   demakdir.   Bu
so'zni   mahalliy   qabilalar   o'rganib   olib,   o'z   yurtlarini   Farg'ona   deb   atay   boshlaganlar;
Farg'ona   «har  xona»  so'zlaridan  olingan  ham   deyiladi.  Bu   erning  yaxshiligini  bilib,  har
joydan   turli   qavmlar   ko'chib   kelgan,   ekinzor   barpo   qilib,   turg'un   bo'lib   qolgan.
Xonadonlari har joy-har joyda, tillari ham har xil bo'lgan. Ularni «xar xona» deganlar. Bu
so'zlar iste'molda Farg'ona bo'lib ketgan, deydi  Najib Bakron   (XIII asr   boshlari) o'zining
«Jahonno-ma»   kitobida.   Buni   YOqut   Hamaviy   boshqacharoq   izohlaydi:   xar   xonadan
bittadan   kishi   ko'chirilib   keltirilgan,   shundan   «az   har   xona»   (har   xonadan)   deyilgan,
keyinchalik   bu   so'z   Farg'ona   bo'lib   qolgan,   deydi   u;   Tojikiston   tog'lari   (Turkiston,
Zarafshon tizmalari) Falg'ar deb atalgan.  Bu  so'zning «tog' etagi» degan ma'nosi ham bor.
SHundan Farg'ona nomi yasalgan deydi N. G. Mallitskiy; parkana — qadimgi tojik tilida
«berk   vodiy»   degan   so'z.   Pomirdagi   rushon   shevasida   parkana   deb   «har   tarafi   tog',   bir
yonigina ochiq bo'lgan vodiyga aytiladi» deydi prof.  M.  S. Andreev.
Zahiriddin   Muhammad   Bobur   Farg'ona   viloyatini   tasvirlar   ekan,   M.   S.   Andreev aytgan rushoncha iborani o'zbekcha bayon etgan: «Girdogirdi tog' voqe' bo'libtur. G'arbiy
tarafidan.   .   .   tog'   yo'qtur.   Ushbu   jonibtin   o'zga   hech   jonibtin   qish   yog'i   kelaolmas»
(Boburnoma).   Bir   mulohaza.   Antik   dunyo   tarixchilarining   ma'lumotiga   ko'ra,
«parfiyaliklar»   (Janubiy   Turkmaniston)   bir   zamonlar   skiflar   orasidan   quvilgan   qabila
edilar, parf so'zi skifcha «quvilgan kishilar» demakdir ... ularning kiyimi tiniq (ipak) va
burmalidir.   ..   Ko'pincha   ot   minib   yuradilar   ...   Parfiyaliklarning   biridan-biri   ko' chili   —
otliq askarlardir. . . Davan’ (Farg'ona)  bilan  An’si (Parfiya) shevalari o'rtasida  ancha  farq
bo'lmasa-da,   ularning   tili   xiyla   o'xshash   va   ular   gaplashganda   bir-birini   tushunadilar».
Parf   qabilasining   ko'p   xususiyatlari   Farg'onada   ham   bor:   yaxshi   otlar,   ipak   kiyim,   til
o'xshashligi.   «Farg'ona»   nomi   Parfiyona   —   Parfona   —   Farg'ona   transformatsiyasi
bo'lmaganmikan, degan fikr ham xayolga keladi.
Ammo   yuqoridagi   10   ta   izohning   birortasini   ham   qat'iy   deb   aytolmaymiz.   Faqat
shunisi   aniqki,   bu   viloyatning   eng   dastlabki   nomi   Farg'ona   yoki   Parfona   bo'lganligini
yirik sharqshunos V. A. Livshits isbotlab  bergan.
Damariq   —   Andijon   viloyati   Xo'jaobod   rayonidagi   Xo'jaobod   qishlog'iga   qarashli
«O'zbekiston»   nomli   jamoa   xo'jaligi   hududida   joylashgan.   Avvallari   bu   ariqni
«YOmonyor»   deb atashardi. Bu ariq asli o'sh soyidan bosh olardi, deb hikoya qiladi shu
qishloqlik Turdiboy  ota  Usmonov. Biz bolalik davrimizda Xo'jaobod qishlog'ini va uning
erlarini   shu   ariq   sug'orardi.   Bahor   oyi   yoki   olma   gullagan   paytda   bu   qishloq   ahlini
vahima   bosardi,   chunki   o'sh   soyi   toshib   ariq   boshini   oqizib   ketardi   yoki   SHahrixon
soyiga   qo'shib   yuborardi.   Natijada   Xo'jaobod,   Buloqboshi,   Qoratayit   qishloqlari   suvsiz
qolardi, hatto ichishga suv topilmas edi.
Suvsizlik   azobidan   qutulish   maqsadida   shu   qishloq   oqsoqollari   Abdusamad   ota
Boymatov,   mulla   Sobirjon   YUsupov,   Mavlon   ota,   Mamaroziq   otalar   boshchiligida
to'g'onni qayta qurish uchun hashar uyushtirilar edi. Hashar boshlashdan avval bu ishga
kimlarni jalb qilish, qaysi xonandondan nechta odam ishtirok etishi mumkinligi belgilab
olinardi. SO'ng Xo'jaobod volost’ boshlig'iga xabar qilinardi. Hasharda deyarli kambag'al
dehqonlar ishtirok etardilar, ammo suvning ko'pidan boylar foydalanardilar. To'g'onni bir
yil   ichida   bir   necha   marta   suv   buzib   ketardi.   Har   safar   to'g'onni   qayta   tiklash   uchun
kambag'al   dehqonlar   o'z-O'zlaridan   to'g'on   qurish   uchun   asosiy   material   hisoblangan
shox-shabba,   yog'och,   xashak   pichan,   poxol   kabi   qurilish   materiallari   olib   borishar   edi.
Volost’ rahbarlari quruvchilarga hech qanday yordam   bermas   edilar. To'g'on qurilishiga
yordam   bera   olmagan,   ilojsiz   kambag'al   dehqonlarni   urishar   edilar.   Asrimizning   20-
yillariga qadar  bu «YOmon yor»  deb  nom  olgan joydan suv olish juda ham yomon, og'ir
edi. SHuning uchun odamlar bu joyni YOmon yor, suv soydan juda damlanib chiqqanligi
sababli ariqqa Dam arig'i deb  nom  bergan,  deb hikoya qilishadi keksa otaxonlarimiz.
Xo'jaobod — Andijon viloyatiga qarashli shu nomdagi rayon markazi. 1981 yildan
boshlab shahar   nomini   oldi.   «Boburnoma»   muallifi o'sh   bilan   Andijon o'rtasida bir obod
joy   bo'lganligini   eslatadi.   SHu   erlik   7   marta   haj   qilgan   Abdunabi   Sayfuddin   hoji
o'g'lining   hikoyasiga   qaraganda,   qadimgi   O'rta   Osiyo   shaharlarini   Xitoy   bilan   bog'lay
digan  savdo yo'li shu Xo'jaobod orqali o'tgan. Buning guvohi sifatida to hozirgi kungacha
saqlanib   qolgan   Andijon   shahridagi,   shu   Xo'jaoboddan   boradigan   yo'l   boshiga   qurilgan
Xitoy konsulining binosini ko'rsatadilar.
Xo'jaobod so'zining kelib chi qish tarixi haqida aniq fikr va dalil bo'lmasa-da, ayrim
taxminlar   bor.   YUqorida   ta'kidlanganicha,   Xitoyga   boradigan   savdo   yo'lida
joylashganligi   tufayli   bu   joyga   bir   guruh   xo'jalar   kelib   joylashib   qolishgan.   SHundan
so'ng   qishloq   kengayib   xo'jalar   obod   qilgan   deyishyb,   nomini   Xo'jaobod   qo'yishgan
desalar,   ayrim   kishilar,   bu   erdan   xajga   borganlar   ko'p   bo'lganligi   tufayli   hojilar   obod
qilgan,   deydilar.   Xullas,   Xo'jaobod   shahri   tarixi   hali   ilmiy   asosda   tadqiq   qilinmagan.
Xojiobod deyish haqiqatga  ancha  yaqindir. 1993 yili  «Mehnat»  nashriyotida chop etilgan
A.  Nabievning  «Bobur  tavof aylagan diyor» nomli risolasida (10 bosmataboq) Xo'jaobod
tarixi, eng qadimgi davrlardan to hozirgi  kungacha bo'lgan tarixi mukammal yoritilgan.
Xo'jaobod   nomining   kelib   chi   qish   tarixi   haqida   jumladan   shunday   deyilgan: «Boburnoma»   ning   50—51-betlarida   Bobur   Mirzoning   ustozi   va   piri   Xo'ja   Abdullo
Mavlonai   qozi   nomi   bir   necha   bor   tilga   olingan.   endilikda   shunday   tarixiy   ma'lumotlar
aniqlanmoqdaki,   xatto   Xo'jaobod   vohasining   nomi   ham   ayni   shu   tarixiy   shaxs   —   Xoja
Abdullo Mavlonai qozi nomi  bilan  bog'liq bo'lib chiqdi. Binobarin, Bobur ta'riflaganidek,
voha   nomi   uni  bog'-rog'larga   aylantirgan   tarixiy  bir  shaxsning   nomi   bilan   bog'liq   ekan.
Bu fikrni yozuvchi Qo'ldosh Mirzoning 1990 yili   «SHarq   YUlduzi» da bosilgan «Bobur
Mirzoning toylog'i»  nomli qissasi voqealari yana bir karra tasdiqladi. Qissa muallifi o'z
asarida   Xo'jaobod   Oqbo'ra   daryosidan   suv   ichganligini,   undan   yangi-yangi   ariqlar
chiqarilganligini aytadi. YAna ta'riflaydiki, shu ariqlar suvidan bahra olgan bog'-rog'larni
ko'rgan, shirin-shaqar mevalaru qovun-tarvuzlaridan totib ko'rgan Zahiriddin Muhammad
Bobur nihoyatda ilhomlanib ketadi va bu jannatmakon yurt boshlig'ini chaqirib: «Siz yurt
aylagan   ushbu   navohi   Xoja   Abdullo   Mavlonai   qozi   ruhi   pokining   hurmati   vajidin
Xojaobod bo'lsun. Bu tilagi ixlosmandlaru hukmi podshohdur. Ongladingizmu, sardor»,
—   deydi.   SHundan   so'ng   sardor   axli   yurtni   to'plab,   podsho   hukmini   e'lon   qiladi:   «SHu
bugundan   boshlab,   bu   yurt   Xojaobod   deb   nomlansin»,—   deydi.   SHu   tariqa   qadimdan
obod maskanlardan biri bo'lgan bu yurt Xojaobod deb yuritiladi.
CHortoq — Namangan yonidagi qishloq. Buni «to'rt tog'» deb izohlaydilar, ammo
shunday   emas.   To'rt   gumbazli   (to'rt   toqisi   bo'lgan)   inshoot,   ark,   qo'rg'on,   qorovulxona
chortoq   deyilgan.   Ba'zan   to'rt   tomonidan   ko'rinib   turadigan   qorovulxonalar,   baland
minoralar ham chortoq deb atalgan. Demak, chortoq deb shu qishloq o'rtasida joylashgan
baland ark, qorovulxona tufayli atalgan.
Uchqo'rg'on   —   Namangan   viloyati   Norin   daryosi   bo'yida   joylashgan.   Uchqo'rg'on
deb   nom   olishiga   asosiy   sabab   ilgari   Uchqo'rg'onda   uchta   katta   qo'rg'on   bo'lib,   uni
qurgan   egalari   bo'lgan   ekan.   Bu   qo'rg'on   egalari   XIX   asrlarda   hozirgi   Uchqo'rg'on
hududiga   hukmronlik   qilishgan.   Asrimizning   20-   yillaridan   so'ng   bu   qo'rg'onlar   yo'q
bo'lib   ketgan.   Ammo   qo'rg'on   bo'lganligi   sababli   uning   nomi   Uchqo'rg'on   nomi   bilan
saqlanib qolgan.
Sulduz   —   Andijon   rayonidagi   qishloq;   sulduz   qabilalaridan   birining   nomi.
Sulduzlar   CHingizxon   davrida   o'rmonda   yashagan   ko' chmanchilar   bo'lishgan;   sulduz
aslida suldez bo'lgan.  «Sulde»  mongolcha  «bayroq», «s» esa  ko'plik qo'shimchasi, demak
«suldes»  — bayroqlar demakdir.
Qaqir   —   Andijon   viloyati   Xo'jaobod   rayonida   hamda   Farg'ona   viloyati   Quva
rayonidagi qishloqlar nomi. Qaqir suv etib bormaydigan, qaqrab yotgan  er  degan ma'noni
bildiradi.
CHuvalachi —  Farg'ona viloyati  Bag'dod  rayonidagi  qishloq. Toshkent  shahridagi
ko'cha nomi. Tojikcha   «katta   qop» ma'nosidagi juvol so'zidan kelib chiqqan, degan fikr
bor.
Dilkushod   —   Andijon   viloyati   Xo'jaobod   rayonidagi   qishloq.   Hozirgi   Dilkushod
davlat   xo'jaligi   hududida   joylashgan   Dilkushod   qishlog'ining   o'rni   avval,   ya'ni   XVI   —
XVII   asrlarda   katta   karvonsaroy   bo'lgan   ekan.   Xitoyga   Arabistondan   ketayotgan
savdogarlar shu karvonsaroyda tunab o'tar ekanlar. Xullas, Dilkushod katta savdo yo'lida
joylashgan  ekan.   Dilkushod   nomi   qaerdan  kelib   chiqqanligi   haqida   rivoyatlardan   birida
shunday   deyiladi:   Andijon   hokimi   Zahiriddin   Muhammad   Bobur   tez-tez   Ush   shahri   ga
borib   turar   ekan.   Doim   yo'lda   shu   Dilkushod   qishlog'ida   to'xtab   dam   olar   ekan.   Bobur
Dilkushodda   qo'nganda   qishloqni   tomosha   qilar,   undagi   go'zal   tabiat   manzarasidan
ilhomlanib   she'r   yozar   ekan.   Dillarni   shod   etuvchi   so'lim   dam   olish   joyi   ekanligidan
mamnun bo'lib, qishloq nomini  «Dilkushod»  bo'lsin degan ekan. Dilkushod qishlog'ining
qadimiyligi   yana   shundaki,   u   erda   er   haydayotgan   paytda   bir   xumcha   chiqqan.
Xumchaning   ichidan   XVI   —   XVII   asrga   oid   taygalar,   oltin   buyumlar   topilgan.   SHu
narsalar bu qishloqning qadimiy ekanligini isbot qiladi. Qishloq tog' bag'rida bo'lganligi,
manzarasi, iqlimi  va  bahavoligi  bilan  darhaqiqat dilni shod etadi.
Bag'dod — Farg'ona viloyatidagi rayonlardan biri. Viloyat markazidan 10 kilometr
narida joylashgan. Bag'dod nomining etimologiyasi qadimiy tarixga ega. Ma'lumki, Iroq davlatining   markazi   hisoblangan   Bag'dod   XII   asrdayoq   madaniyati   gullagan   shahar
bo'lgan.   Bag'dod   —   xudo   bergan   joy   ma'nosidadir   deb   ta'kidlaydi   filologiya   fanlari
nomzodi Haydarali Uzoqov.
Mavzuga oid tayanch so'z va iboralar:
Toponomika
Mikrobika
Nom
Etnografiya
Semantik
Mikro toponomika 
Ob'ekt Eksplikatsiya Etimologik
Mavzu yuzasidan nazorat savollari.
1.  Toponomik tushunchasi  va  uni moxiyati nimadan iborat?
2.  O'lkashunoslikda toponomikaning roli qanday?
3.  Xozirgi vaqtda toponomikaning yutuqlari nimalardan iborat?
4.  Nomsiz ob'ekt toponim bo'la oladimi?
5.  Toponomikani o'rganish qanday axamiyatga ega.
6.  YAshash joylarini toponim joylarning nomini ma'nosini bilasizmi?
7.  Toponimik materiallar yigishda qaysi fanlar muhim  rol  o'ynaydi?
8.  O'rta Osiyo toponimlarini o'rganilishi tarixi xaqida ma'lumot  bering.
9.  Toponimikani o'rganish qanday jarayonlarni o'z ichiga oladi?
10.   Tarix   va   geografiya   o'qituvchilari   toponimikani   o'rganishda   nimalarga
e'tibor berishlari kerak?
11.  Marg'ilon shaxri toponimikasi xaqida nimalarni bilasiz?
12.  Farg'ona shaxri toponimikasi xaqida nimalarni bilasiz?
13.  Qo' qon shaxri toponimikasi xaqida nimalarni bilasiz?
14.  O'zbek urug'lari nomlari  bilan  ataladigan joylarni aniqlang.
15.  Oqtepa termini qaysi so'z  bilan  bevosita aloqador?
16.   O'zingiz   yashayotgan   qishloq   yoki   rayon   xududidagi   toponimik   nomlar
xaqida ma'lumot  bering.
17.   Farg'ona   vodiysidagi   joy   nomlari   bilan   bog'liq   bo'lgan   axoli   punktlariga
misollar keltirin.
18.  Mikrotoponimika deganda nimani tushunasiz?
ASOSIY ADABIYOTLAR:
Asosiy adabiyotlar:
1. Очилдиев Ф.Б. Тарихий ўлкашунослик. Ўқув-қўлланма.  Т.: “Университет”  2008.  
pdf. 
2. Саидбобоев З.А. Тарихий география. Дарслик. Т., 2010. pdf.
3. Эшов Б.Ж. Ўрта Осиёнинг қадимги шаҳарлари тарихи. Дарслик.   Тошкент. 2008. 
pdf. 
4. History of civilizations of Central Asia. UNESCO publishing. 1996
5. Tiller Kate English Local History: an introduction. London, 2002.
Qo‘shimcha adabiyotlar
6.	
Алимов И.,   Эргашев Ф., Бутаев А.   Архившунослик. - Т1997. 
7. Анарбаев А.А. Благоустройство средневекового города Средней Азий ( V-  нач.  XIII  
вв). Т.,1981. pdf . 8. Аннаев Т.Ж., Шайдуллаев Ш.Б. Сурхондарё тарихидан лавҳалар.       
Самарқанд, 1997.
9. Мовлонов Ў. Марказий Осиёнинг қадимги йўллари. Т., 2008 й 
10. Караматов Ҳ. Ўзбекистонда мозий эътиқодлар тарихи. 2009 й.  
11. Эшов Б.Ж., Одилов А.А.  Ўзбекистон тариxи.  Дарслик.  I - жилд. (Энг  қадимги 
даврдан ХIХ аср ўрталаригача ).  Т. 2013.  pdf.
12.   Saidov Sh. J. Markaziy Osiyo xalqlari tarixi (Eng qadimgi davrlardan milodiy VII-VIII 
asrlargacha). O’quv qo’llanma. T.: ToshDSHI. 2010. pdf.
13.Асанова    Г.,    Набиханов    М.,    Сафаров    И.    	Ўзбекистоннинг 	     	
иқтисодий ва ижтимоий ж	ўғрофияси. — Т., 1994.
14. Байпаков К. Средневековые города юга Казахстана. Алматы, 1980.  pdf .
15. Беленицкий А.М., Бентович И.Б., Большаков О.Г. Средневековый город Средней 
Азии. Л., 1973. Djvu
16. Буряков Ю.Ф. Генезис и этапы развития городской культуры Ташкентского оазиса.
Т., 1982. Pdf
17. Ғуломов Я.Ғ. Хоразмнинг суғорилиш тарихи. Т.1959.
18. Древняя и средневековая культура Сурхандарьи.  Т. 2001. pdf
19. Древняя и средневековая культура Чача. Т.1979.pdf
20.	
Жабборов И. М. Жа	ҳон халқлари этнографияси. - Т., 1985. 
21. З.Чориев, Т.Аннаев   ва бошқалар. Ал-Ҳаким Ат- Термизий. 2008 й. 
22. Кабиров А., Сагдуллаев А. Ўрта Осиё археологияси. Ўқув қўлланма. Т.: Ўқитувчи, 
1990. pdf.
23. Набиев А. Тарихий ўлкашунослик. Ўқув қўлланма. Т.: Фан, 1996. pdf. 	
Жабборов 	
И. М. Ўзбек халқи этнографияси. — Т., 1994.
24.
Нафасов Т. 	Ўзбекистон топонимларининг изо	ҳли луғати. Т.,	1988.
25. Сагдуллаев А.С. Қадимги Ўзбекистон илк ёзма манбаларда. Ўқув қўлланма. Т.: 
Ўқитувчи, 1996. pdf.  
26. Сагдуллаев А.С. Қадимги Ўрта Осиё тарихи. Ўқув қўлланма. Т., 2004. pdf.
27. Сагдуллаев А.С., Аминов Б.Б., Якубов Б.С. Қашқадарё тарихидан лавхалар. Қарши.
1997.
28. Сулейманов Р.Х. Древний Нахшаб.  Т., 2000.
29. Сулейманов Р.Х. Древний Нахшаб.  Т., 2000. Pdf
30. Сухарева О.А. К истории городов Бухарского ханства. Ташкент, 1958. pdf .
31. Сухарева О.А. Позднефеодальный город Бухара. Ташкент, 1962. pdf .
32. Толстов С.П. Древний Хорезм.  М.1948. pdf
3 3 . Х у ж а й о в   Т .     Х у ж а й о в а   Г .   Ў з б е к   х а л қ и н и н г   а н т р о п о л о г и я с и   в а               этник 
тарихи. — Т., 1995.
34. Erica Hun    t.         Local History.  Segue Foundation .  New York .  –  1993 .
35. Хужайов Т. Қадимги аждодларимиз қиёфаси. — Т., 1992.
36. Ornament as Art: Avant-Garde Jewelry from the Helen Williams Drutt Collection. 
Hardcover  Bargain Price, 2007
37.    Ardi Kia.    Central Asian Cultures, Arts, and Architecture   London SEE II   Lextington 
Books. 2015
38.  Gülru Necipoğlu & Alina Payne.  Histories of Ornament: From Global to   
 Local.  Hardcover. 2016
AXBOROT MANBALARI :
1. www.history.ru   
2. www.natura.com   
3. www.archaelogy.ru   
4. www.archaelogy.com   
5. www.ziyonet.uz 6. www. cambridge.co.uk
7. www. oxford. co.uk

TOPONIMIK MANBALARNING O‘LKA TARIXINI O‘RGANISHDAGI AHAMIYATI REJA: 1. Toponimika tushunchasi va uning mohiyati haqida 2. O'lka tarixini o'rganishda toponimikaga oid ma'lumotlar to'plash va ulardan foydalanish 3. Buxoro, qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari toponimikasini o'rganish 4. Samarqand viloyati toponimikasi va uni o'rganish 5. Sirdaryo viloyati toponimikasidan O'zbekiston xalqlari tarixi darsida foydalanish 6. Xorazm viloyati toponimikasidan darsda foydalanish 7. Farg'ona vodiysidagi qishloq, shahar nomlarining kelib chiqish tarixini dars jarayonida o'rganish. 1. Toponimika tushunchasi va uning mohiyati haqida 1917 yilga qadar toponimika mustaqil fan sifatida o'rganilmay, uning vazifasini tarixiy geografiya fani bajarib kelardi. Toponimika geografik nomlar, kishi ismlarini o'rganadigan fan sifatida maydonga keldi. Toponimikani «zamin tili», ya' ni er tili deb ham atashadi. Toponimika atamasi lotin tilidan olingan bo'lib, «topos» — joy, «onom» yoki «onima» — nom, umuman joy nomini o'rganadigan fan degan ma'noni bildiradi. Geografik nomlar va zamin qa'rida o' rganilmayotgan nomlar, insonlarga qo'yilgan ismlar toponimikaning o'rganish manbai hisoblanadi. Toponimika ikki ob'ektdan: mikro va makro toponimlardan iborat bo'lib, mikrotoponimika — grammatik jihatdan mayda ob'ektlarni, ya'ni «turdosh otlarni», mikroob'ektlarning' nomlarini, makrotoponimika esa atoqli otlar, ya'n yirik ob'ektlarning nomlarini tadqiq qiladi. Hozirgi vaqtda toponimika faqat katta va yirik ob'ektlarning: tog'lar, o'rmonlar, vodiylar, vohalar, shaharlarning nomlarinigina emas, balki kichik ob'ektlarning — mahallalar, daralar; jarliklar, anhorlar, daryo irmoqlari, ariqlar va ko'llarning nomlarini Geografiyaga oid atamalar turdosh otlar toponimika tarkibiga to'lig'icha kirmaydi, ammo ular toponimikani o'rganishda katta ahamiyatga egadir. Nomsiz «ob'ekt» — toponim emas. Toponimika geografiyaga oid joylarni emas, balki ularning nomlarini o'rganadi. Toponimikaning tilshunoslik, tarih geografiya, arxeologiya va boshqa fanlarga aloqadorligi uning muhim xususiyatlaridandir. Toponimikaga oid ma'lumotlar tadqiq qilinayotganda tarixiy ma'lumotlarga, ayniqsa arxeologiyaga oid tekshirish natijalariga suyangan holda ish ko'rish zarur. CHunki toponimika ko'pincha tarixiy dalillarga va isbotlarga muhtoj. Masalan, biror yodgorlmkning nomini o'rganish uchun, albatta, uning qaysi davrda yaratilganligini va nima sababdan shu nom berilganligini tarixiy davr sharoiti muhiti nuqtai nazaridan tadqiq qilish talab etiladi. Tadqiqotning yozma manbalarga ko'pincha arxeologiyaga oid ma'lumotlarga suyangan holda ish ko'rish usuli nomlarning qo'yilgan davrini aniqlashga va nomlarning paydo bo'lishini o'rganishga qo'l keladi. Bir nomning o'zgarishini kuzatmoq uchun birmuncha vaqt ketadi. SHuni unutmaslik kerakki, geografik nomlar ijtimoiy hodisa bo'lib, jamiyat taraqqiyoti bilan mustahkam bog'liqdir. Ma'lum bo'lishicha, har bir rayon toponimikasi murakkab tarixiy jarayon bilan bog'liq bo'lib, er ostida ko'plab madaniy qatlamlar mavjudligi uni siichiklab tadqiq qilishni talab etadi. Toponimika mstodologiyasiga muvofiq uni fan sifatida o'rganish uchun toponimlarning paydo bo'lishiga doir ma'lumotlardan foydalanish, nomlarning mavjud bo'lgan barcha formalarini aniqlash,

nom va atamalarni o' sha joy bilan bog'liq holda tanlash va eng muhimlarini o'rganish zarur. Toponimik asoslarga vaqt, manbalar va yo'nalishlar bo'yicha joylarga aholining ko'chishi, o'rnashishi kiradi. Toponimlar aniq tarixiy jarayon bo'lib, u aholining ko'chishi, madaniy, iqtisodiy vatil munosabatlari bilan vujudga keldi, so'ng tarqala boshlaydi. Toponimika jamiyatning muomala vositasi bo'lgan tilni, uning iqtisodiyotini, madaniyatini va tarixiy taraqqiyotini o'rganish jarayonida o'sib, rivojlanib boradi. Toponimik nomlar manbai va ularni o'rganishda qo'llanilgan uslub va usullarning to'g'riligini aniqlash maqsadida yozma va boshqa manbalar qo'lyozmalar, akt materiallari, aholi j oylashgan chegaralarni aks ettiruvchi bosh (asosiy) va maxsus xaritalar hamda ilmiy safar xaritalari bilan solishtirib chiqiladi. Toponomikada xam, moddiy va madaniy yodgorliklar o'rganilganidek, oddiydan murakkabga, ya'ni bugungi kundan asrlar ichkarisiga kirib borish zarur. Bilish murakkab dialektik jarayondir, chunki bu usul bilan madaniy qatlamlarning eng qadimiysidan boshlab, to navqironigacha momlarning manbai asta-sekinlik bilan ochiladi nomlarning «yoshi» aniqlanadi. O'z navbatida toponimik nomlar tarix uchun ham bebaho manbadir. Geografik nomlar uzoq muddatli bo'lib, ma'lum hududdagi u yoki bu xalqning tili haqida guvoxlik beradi. Nomlar ma'lum bir aholining hamjihatligi yoki tarqoqligiga ham bog'liqdir. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida nomlar juda kam bo'lgan, keyinchalik aholi paydo bo'lib, qo'yilgan nomlar xam ko'p vaqtlar o'tishi bilan boshqa nomlarga o'zgartirilib yuborilgan yoki butunlay yo'q bo'lib qetgan. Ezma manbalardagi toponimikaga oid ma'lumotlar tahlil qilinganda buni yaqqol ko'rish mumkin. Bu noqeani hozirgi vaqtda xam aniq ko'rishimiz mumkin. Ayrim shahar va qishloqlarning eski nomlari o'rniga yangi nomlar qo'yiladi, bu eski nom nima uchun yo'qotildi-yu, nima uchun yangi nom qo'yildi, buning sabablarini ham aniqlash mumkin. O'tmishda esa yangi zamindor (er egasi) paydo bo'lishi bilan ko' pincha aholi eski geografik nomlar o'rniga shu zamindorning nomini qo'yishgan. Dialektologiyadan farqli o'laroq toponimikaga oid ma'lumot to'plashda, joylarning nomlarini o'rganishda aholidan yoppasiga so'rash uslubi qo'llaniladi. Faqat shunday uslub bilangina turli daralar, kichik soy va anhorlar, jarliklar, ko' llar va boshqa shunga aloqador bolgan nomlarning miqdorini aniqlash mumkin, xolos. SHunday joylarning hammasi aholi yashaydigan joylarning kartasiga yoki aholi joylari ro'yxatiga kiritilmagan, ehtimol kiritilmasa ham kerak. Toponimikaning eng katta xizmati shundaki, u hujjatxona hujjatlarini sinchiklab o'rganish, xalq og'zaki ijodi asosidagi ayrim tomonlar va nihoyat hech qanday manbalarda aks ettirilgan noma'lum joylarni bizga ma'lum qiladi. Toponimikaga oid ma'lumotlar yig'ishda va joy nomlarining kelib chiqishini o'rganishda etnografiya ham katta rol’ o'ynaydi. Toponimikaning ayrim toifalari va tizimlari o'rtasidagi o'zaro aloqalarni o'rganish yo'li bilan toponimlarni tavsiflash toponimik tadqiqotlarning asosini tashkil etadi. Ko'pgina mutaxassis toponimistlar mahalliy toponimlarni har tomonlama regional tadqiq qilishga katta e' tibor beradilar. Bunda, albatta, mikro va makro toponimikani o'zaro taqqoslash zarur. Toponimika vazifalarini aniqlar ekanmiz, ma'lum joyning geografik nomi tarixi to'laroq, shu o'lkada yashagan xalqlar tarixi bilan bog'liq xolda aniqlanishini uning asosiy maqsadi qilib olishimiz zarur. Bundan tashqari, toponimikaga oid tadqiqog ma'lumotlaridan foydalanilayotganda o'sha o'lka xalqlarining tilini o'rganish, arxeologiya va etnografiyaga oid ma'lumotlarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Toponimikaga oid tadqiqot olib borilayotgan rayonning tabiiy geografiyasini, o'tmish tarixini, til tarixini yaxshi bilish shart. Toponimikani o'rganishda yuqoridagilarga amal qilingan taqdirdagina tadqiqotchi o'z maqsadiga erishishi mumkin. Tadqiqotni toponimikaga oid ma'lumotning yaratilgan davri va tarixini aniqlashdan boshlash kerak. Hozirgi vaqtda toponimistlar joy nomlarini faqat etimologik va semantik jihatdangina emas, balki so'z yasalishi jihatidan ham tahlil qilmoqdalar. Antrotoponim kishining ismi, familiyasi, laqabini (masalan, Mahmud Koshg'ariy, Munis Xorazmiy),

antrotoponimika kishi ismi, shahar, qishloq, ovul va shu kabi joylarning nomidan olingan toponimlarni (masalan, Toshkentboy, Qo'qonboy, Xo'jaqul, etnotoponim esa qabila, urug'-aymoq nomiga qo'yilgan nomlarni (masalan, Qozoqboy, Qirg'izboy, o'zbek) o'rganadi. Dalvarzin, Qo'ng'irot, Nukus, Mitan va hokazolarni istisno qilganda, barcha toponimlar ikki va undan ortiq tarkibiy qismdan (komponentdan) iborat. Bunday qaraganda hech qanday qo'shimchasiz faqat bir so'zdan iboratday tuyuladigan Jizzah Qo'qon, YOzyovon, G'alcha kabi toponimlar aslida ikki komponentdan tuzilgan. Biroq, Qarshi (saroy, qasr), Hisor (qo'rg'on), Buxero (bixara — ibodatxona), chim (qo'rg'on),(yon (bekat), yop (kanal) kabi nomlar mustaqil toponimlar shaklida uchraydi. Ba'zan esa qum, zah supa kabi geografik atamalar ham hech qanday qo'shimchasiz toponimlar hosyl qilgan. Biroq ana shunday birgina geografik atamadan tuzilgan nomlar ko' pincha shu toponimlarning xalq og'zida qisqartirilgan shakli bo'lib chiqadi. Masalan, Qumqishloq deyish o'rniga Qum; Zaxariq deyish o'rniga Zah Supatepa deyish o'rniga Supa deb qo'ya qodishadi. Biroq hech qanday qo'shimchasiz Tol, Pidana (yalpiz), YAntoq, Tulki kabi nomlar ma'naviy jihatdan aslida bu o'simlik va hayvonlarga hech qanday aloqasi bo'lmasligi, ko'pincha tamomila boshqa so'zlarning fonetik jihatdai o'zgarishi natijasida shu shaklni olgan bo'lishi mumkip. YUqorida aytilganlardan shunday xulosaga kelish mumkin: toponimika uch printsipga asoslanadi: 1) toponimlarning paydo bo'lish tarixini o'rganish; 2) toponimlarning geografiyaga oid ma'lumotlarini aniqlash; 3) asosiy qidirilayotgan toponimlarning barcha nomdagilarini ilmiy asosda alohida-alohida o'rganib, ulardan xulosa chiqarishdir. Bu printsiplar qo'llanmaning muqaddimasidan to xotimasigacha yoritib borilgan. O'zbekiston toponimikasi Geografik nomlarni ularning kelib chiqishi va tarixi bilan bog'liq holda o'rganish, ularni klassifikatsiya qilish nisbatan yaqin vaqtlarda boshlangan. Bu sohada atoqli toponimikachi A.X.Vostokovning xizmati kattadir. U Rossiyadagi daryo nomlarini ularning oxirgi qo'shimchalariga qarab guruhlarga bo'ladi va bu qo'shimchalar hozir biron ma'noni anglatmasa ham qadimgi xalqlar tilida ma'lum ma'noni bildirgan bo'lsa kerak, deb to'g'ri xulosaga keladi. A.X.Vostokovning fikri XIX asr oxiri — XX asr boshlaridagi ba'zi bir toponimikachilarning asarlarida o'z rivojini topdi. XX asr boshlarida toponimik tadqiqotlar ancha keng quloch yoydi. 2-jahon urushidan oldingi davrda olimlardan A.I.Sobolevskiy, N.YA.Marr, S.V.Veselovskiy, V.V.Bartol’d, V.P.Semyonov-Tyanshanskiy, V.G.SHostakovich toponimika sohasida ayniqsa samarali ishlar qildilar. Orta Osiyo, jumladan, O'zbekiston toponimikasini o'rganish sohasida V.V.Bartol’dning xizmatlarini alohida qayd qilib o'tish kerak. Urushdan keyingi yillarda toponimika rivojida katta bir o'sish davri bo'ldi. endilikda toponimika soxasida ayrim olimlargina emas, balki butun-butun olimlar jamoasi ish olib bormoqdalar. Endilikda o'lkamizda toponimik tadqiqotlar avj oldirilmoqda. Toponimikaga, uning nazariyasiga doir ko'pgina asarlar yaratildi. Bir necha o'nlab yosh olimlar ham toponimika sohasida samarali ish olib bormoqdalar. CHunonchi, T.Nafasov «Qashqadaryo toponimikasi», SH.Qodirova «Toshkent mikrotoponimikasi», e.Begmatov esa antrotoponimika — kishi nomlarini o'rganish sohasida ilmiy ish olib bormoqdalar. O rta Osiyo, jumladan, O'zbekiston toponimlarini o'rganish ham uzoq tarixga ega. O'zbekiston toponimikasini o'rganishda mashhur rus sharqshunos olimlari hamda tarixchilari: V.L.Vyatkin, N.F.Sityakovskiy, L.N.Sobolev, V.V.Bartol’d, S.P.Tolstov, P.P.Ivanov. M.E.Masson, O.A.Suxareva va boshqalar bu sohada juda katta ishlarni amalga oshirdilar. Respublika joy nomlarining kelib chiqishi tarixini va millat, qabila, elat, urug'-

aymoq nomlarining kelib chiqish tarixini (etnogeneziyani) hamda geografiyaga oid atamalarni o'rganishda YA.G'.G'ulomov, R.N. Nabiev, A.R.Muhammadjonov, F.Abdullaev, S.Ibrohimov, O'zbekistonda birinchi toponimik kartoteka tuzishda ishtirok etgan X.T.Zarifov; etnonimlar — E.Fozilov M.SHoabdurahmonov, X.Doniyorov, R.Qo'ng'irov; geograflardan H. Hasanov, S.Qoraev kabilarning ishlari diqqatga sazovordir. 2. O'lka tarixini o'rganishda toponimik mate-rial to'plash va ulardan foydalanish Toponimik ma'lumot to'plash uslublari Toponimikani o'rganish ma'lumot to'plashdan boshlanadi. Bu ish odatda o'lkashunoslik bo'yicha tadqiqot olib borilayotgan mikrorayon qishloq, ovul, kolxoz- sovxoz hududida, keyinchalik ma'muriy rayon xamda viloyat va nihoyat jonajon o'lka miqyosida amalga oshiriladi. Toponimik ma'lumot yig'ish ishini boshlashdan avval ma'lumotlarni qanday va qaerlardan to'plash hamda kimlar bilan qanday mavzuda suhbatlar o'tkazishning hech bo'lmaganda taxminiy ish rejasi va dasturi ishlab chiqilishi shart. Mana shu reja va dastur asosida puxta tayyorgarlik ishlari olib boriladi, so'ng dala tadqiqot ishlariga o'quvchi va studentlar jalb qilinadi. Dalada tadqiq ishlarini amalga oshirish jarayonida aholidan eshitgan hikoya, afsona va o'tmish haqidagi suhbatlarni xamda boshqa materiallarni muntazam yozib boradigan maxsus daftar bo'lishi shart. SHundan so'ng surishtirish va suhbat natijasida olingan ma'lumotlarni tadqiq qilishda toponimik toifalar bo'yicha maxsus kartotekalar tuziladi. Keyin shu asosda lug'atlar tuziladi. Keyinchalik tadqiqotchilarning fikrini hisobga olgan holda bir tipdagi ommaviy toponimlarni sinchiklab o'rganish katta ahamiyatga ega. Tadqiq qilingan va to'plangan toponimik ma'lumotlar o'lkashunoslik muzeylarida aniqlanadi. SHuningdek, bu ma'lumotlar maxsus kutubxonalarda alohida bo'lim qilib saqlanadi. Toponimik ma'lumotlar to'plash ko' pincha shu o'lka tarixini o'rganish ishi bilan parallel holda olib boriladi. Turistik sayohatlarda va poxodlarda, ilmiy safarlarda qatnashgan, shuningdek muzeylar, arxeologik yodgorliklar, tarixiy obidalar va arxitektura yodgorliklariga borgan o'lkashunoslar arxeologik, etnografik ma'lumotlar bilan bir qatorda toponimik ma'lumot ham to'playdilar. V. A. Nikonovning «Vvedenie v toponimiku» (M., 1965) asarida toponimika bo'yicha tadqiqotni qanday olib borish, uni nimadan va qachon, qaerdan boshlashning uslubi va usullari aniq ko'rsatib berilgan. Demak, toponimika o'lkashunoslikning ajralmas bir qismi hisoblanadi. Tarixiy o'lkashunoslik fani esa tarix fanining bir bo'limi sifatida rivojlanib bormoqda. Bu fan har bir o'lkashunos va ziyolidan o'z o'lkasining tarixini har tomonlama va chuqur o'rganishni talab qiladi. Hozirgi vaqtga kelib, o'lkashunoslik bo'yicha olib borilayotgan tadqiqot ishlari bilan bir qatorda uning ajralmas qismi bo'lgan toponimika ham asta-sekin ijtimoiy fanlar qatorida rivojlanib bormoqda. Toponimik ma'lumotlar to'plash va o'rganishda tarih geografiya inson va jamiyat fanlari o'qituvchilari bilan tilshunoslarning hamkorlikda ishlashi muhim ahamiyatga ega. O'lka tarixini yaxshi o'rganmay Turib toponimik ma'lumotlardan o'lkashunoslikning muhim manbai sifatida foydalanish nihoyatda qiyin. O'lkashunoslik bilan shug'ullanadigan o'qituvchilar toponimikaga doir adabiyotlar bilan yaxshi tanishib chiqishlari zarur. O'zbekiston tarixini o'rganishda toponimik ma'lumotlardan foydalanish, toponimik va geografik lug'atlar tuzish, mavjudlaridan foydalanish dars mazmunmni yanada boyitadi. Biz shu maqsadda V. A. Nikonovning «Vvedenie v toponimiku» va «Kratkiy toponimicheskiy slovar’» asarlari, H. Hasanovning «O'rta Osiyo joy nomlari tarixidan», Hodi Zarifning «Lug'at va termin to'plovchilarga yordam», e. M. Mirzaev va V. G. Mirzaevalarning «Slovar’ mestno'x geograficheskix terminov» va S. Qoraevning «Geografik nomlar ma'nosini bilasizmi?» kabi asarlaridan foydalanishni tavsiya qilamiz. Bu asarlarda toponimlar xaqida har xil

bahslar va munozaralar yuritilgan bo'lib, o'lka tarixini o'rganishda o'qituvchiga juda qo'l keladi. Toponimlardan nom olgan buyumlar, o'simlik, hayvonlar shu qadar ko'pki, ba'zan hattoularning etimologiyasi to'g'risida o'ylab ham o'tirmaymiz. Qo'qon arava, buxori qovun, chust pichog'i kabi so'zlarda o'sha joy nomlari hamon esga kelishi mumkin. Biroq akademiya (Afina yaqinidagi changalzor), vulkan (Tirren dengizidagi Vulkano oroli nomidan), jersi (Normandiyadagi shahar), kofe (Afrikadagi Kaffa o'lkasi nomidan), olimpiada (Gretsiyadagi eng baland Olimp tog'i nomidan), roman (Rim shahri nomidan olingan) kabi so'zlarning ham aslida toponimlar ekanini ko' pincha xayolimizga ham keltirmaymiz. quyida toponim nomlarga bir qancha maqollar keltiramiz. Kimyoviy elementlar. Ko'pgina kimyoviy elementlar joy nomlari bilan atalgan: ameritsiy (Amerika), galliy (Frantsiyaning lotincha nomi — Galliya), germaniy (Germaniya), gol’miy (SHvetsiyaning poytaxti Stokgol’mning lotincha nomi — Gol’miya), evropiy (Evropa), indiy (Hindiston), lyutetsiy (Parijning lotincha nomi — Lyutetsiya), poloniy (Pol’sha), ruteniy (Rossiya), ittriy (SHvetsiyadagi Itterbo qishlog'i) va hokazolar. Qit'alar (materiklar) va dengizlar nomlaridan hosil bo'lgan toponimlar. Avstraliya — grekcha «Janubiya quruqlik» degan so'z. Antik dunyo olimlarining faraz qilishicha, janubiy yarim sharda noma'lum quruqlik Terra australis inkognito bo'lishi kerak edi. XVII asr o'rtalarida bu quruqlik kashf etilgach, inkognito (noma'lum) so'zi tushib qoladi va janubiy erni Terra Australis deya boshlaydilar. Bir vaqtlar uni «YAngi Gollandiya» deb ham ataganlar. XIX asrdan e'tiboran qisqacha Avstraliya (Janubiya) shakli qaror topdi. Evropa — osuri tilida ereb — «kun botish», «qorong'ulik», «g'arb» demakdir. Osiyo — ruscha Aziya, xitoycha YAsiya, yaponcha Adziya. Bu nom dastlab Gomer dostonlarida tilga olingan. Miloddan oldingi V asrda Gerodot asarlarida Osiyo deb hozirgi Turkiyaning g'arbiy qismi anglashilgan. Xullas, Osiyo nomi o'rta dengiz sohillariga xos atoqli otdir. Bora-bora bu nom sharqiy erlarga ham yoyilib, umumlashib ketadi va avvali quyi Osiyo, so'ngra Buyuk Osiyo nomlari, XVIII — XIX asrlarda Kichik Osiyo, O'rta Osiyo, Markaziy Osiyo singari ayrim qismlarni anglatuvchi nomlar paydo bo'ladi. Osiyo nomining ma'nosi turlicha manba va adabiyotlarda turlicha izohlangan: Aziya shahri nomidan, filosof Aziya ismidan, Aziya vodiysi nomidan kelib chiqqan deb faraz qilinadi, osuri tilida asu «kun chiqish tomon». «SHarq» ma'nosida qo'llanilgan. Qora dengiz — janubiy xalqlar tomonidan berilgan nom qora so'zining «shimol», «salqin» degan ma'nosi ham bor. Uning suvi qoramtir bo'lgani uchungina qora dengiz deyiladi deb izoxlash noto'g'ri. Milodimizdan avvalgi IX — VII asrlarda yunonlar qora dengizni yoki mamlakatimizning janubiga joylashgan bu dengizni «uzoq shimol» deb ham ataganlar. Qizil dengiz — arabcha «Bahri axmar, grekcha eritreya. Afsonaga ko'ra, eron shohi eritr (qizil qalpoq) bosib olgan va Nil tomon kanal qazitgan ekan. Boshqacha izohi ham bor: qirg'oqlarida qizg'ish suv o'tlari va chig'anoqlar ko'p bo'lganidan shunday nom olgan. O'rta dengiz — Evropa, Afrika va Osiyo o'rtalarida joylashgan dengiz. Grekcha Mediterrano — «O'rta er» so'zlaridan ruschaga aynan tarjima qilingan, o'zbekcha shakli shundan qisqartirib olingan. Tarixiy sharq manbalarida ko' pincha Rum dengizi, SHom dengizi nomlari bilan ham mashhur bo'lgan. O'lik dengiz — g'arbiy Osiyodagi ko'l. Suvi juda sho'r va unda hayot yo'qligidan «hayotsiz», «jonivorsiz», «o'lik dengiz» deb atalgan. Lotin Amerikasi — Markaziy va Janubiy Amerikada ispan va portugal tillari tarqalgan. Bu tillar lotin yoki roman tillar guruhiga kiradi. Bu erda yashovchi xalqlarning asosiy qismi lotin tilida so'zlashganligi uchun shunday nomni olgan. Bolqon — Evropadagi yarim orol. Turkiy tillarda balqon, balxan «tog'», «tog'li er» degan ma'noni anglatadi. Turkmanistondagi Balxan nomini turklar Evropaga ko'chirgan bo'lishi ham mumkin (V. F. Minorskiy).