logo

TUPROQNING AGROFIZIK XOSSALARI VA ULARNING DEHQONCHILIKDAGI AHAMIYATI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

159.8486328125 KB
MAVZU:  TUPROQNING AGROFIZIK XOSSALARI VA ULARNING
DEHQONCHILIKDAGI AHAMIYATI
Reja:
1. T u p r o q n i n g   a g r o f i z i k   x o s s a l a r i   v a   u l a r n i n g   a h a m i y a t i
2 . H a y d a l m a   q a t l a m n i n g   t u z i l i s h i   v a   u n i   y a x s h i l a s h   u s u l l a r i .
3.Tuproqning strukturasi   v a   u n i   y a x s h i l a s h   u s u l l a r i
  1. T u p r o q n i n g   a g r o f i z i k   x o s s a l a r i   v a   u l a r n i n g   a h a m i y a t i
Tuproqning mexanik tarkibi va struktura holati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan
agrofizikaviy   xossalari   hamda   unda   kechadigan   fizikaviy   jarayonlar   tuproqning
suv,   havo   va   issiqlik   rejimlari,   shuningdek
o‘simliklarning   o‘sib   rivojlanishida   juda   katta
ahamiyatga ega.
Tuproqning agrofizikaviy xossalari  ko‘plab
omillar,   jumladan,   tuproqning   qattiq,   suyuq,
gazsimon   qismi   va   tirik   fazalari   tarkibi,   ular
nisbati   va   o‘zaro   ta’siri   kabilar   bilan   bevosita
bog‘liqdir.
Tuproqning qattiq qismi 45 %, suyuq qismi
25 %, gazsimon qismi 25 % va organika qismi 5
% ni tashkil qilsa eng yaxshi strukturani tashkil qiladi.
Tuproqning   agrofizik   xossalariga   tuproqning   solishtirma   og‘irligi,   hajmiy
og‘irligi, haydalma qatlam tuzilishi, plastikligi, yopishqoqligi kabilar kiradi.
                                                                             3-rasm. Tuproq qatlamlari.
Ma’lum   hajmdagi   absolyut   quruq   tuproq   qattiq   qismi   og‘irligining   +4 
haroratdagi   xuddi   shunday   hajmdagi   suvning   og‘irligiga   bo‘lgan   nisbatiga
tuproqning solishtirma og‘irligi  deyiladi.
Tuproqning   solishtirma   og‘irligi   uning   minyeralogik   tarkibi   va   chirindi
miqdoriga bog‘liq. Tuproq tarkibidagi minyerallarning solishtirma og‘irligi 1,25 -
5,3 oralig‘ida bo‘lib, organik moddalarniki 1,25 - 1,80 atrofidadir.
Turli tipdagi tuproqlar va ularning ayrim genetik gorizontlarining solishtirma
og‘irligi   bir   xil   bo‘lmaydi.   Umuman   tuproqlarning   o‘rtacha   solishtirma   og‘irligi
2.5 - 2,6 atrofida bo‘ladi.
Tabiiy   tuzilishi   bu   holatdagi   absolyut   quruq   tuproq   vaznining   shunday
hajmdagi suv og‘irligiga nisbati  tuproqning hajmiy og‘irligi  deyiladi va g/sm 3
 da
ifodalanadi.   Hajmiy   og‘irlik   tuproqning   mexanikaviy   va   minyeralogik   tarkibiga, chirindi   modda   miqdoriga,   strukturasi,   qovushmasi,   shuningdek   ishlanish
darajasiga bog‘liqdir.
SHuning   uchun   ham   tuproqning   hajmiy   og‘irligi   tuproq   tipi,   turiga,
qatlamlarning   tarkibi   va   xususiyatlariga   ko‘ra   0,9   dan   1,8   gacha   o‘zgarib   turadi;
sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarning hajmiy og‘irligi o‘rtacha 1,2-1,4, og‘ir mexanik
tarkibli botqoq tuproqlarda esa 1,7-1,9 atrofida bo‘ladi.
2. Haydalma qatlam tuzilishi va uni yaxshilash usullari
Haydalma   qatlam–tuproqning   eng   ustki   o‘simlik   ildizining   asosiy   va
mikroorganizmlar   faoliyat   olib   boradigan   qismi   bo‘lib   hisoblanadi.   O‘simlikning
o‘sish   va   rivojlanishi   haydalma   qatlam   va   undagi   faol   oziqa   elementlari   hamda
mikroorganizmlar faoliyatiga bog‘liq. O‘simlik ildizlarini yerga chuqurroq borishi
va   yon   tomonga   taralishi   faqat   haydalma   qatlam   qalinligiga   emas,   balki   o‘simlik
turiga,   naviga,tuproq   xususiyatiga,   iqlim   sharoiti   va   boshqa   omillarga   bog‘liq
bo‘ladi. 
Kapillyar   va   nokapillyar   g‘ovakliklar   nisbati   1:1   bo‘lganda   tuproqning   suv,
havo   va   oziq   rejimi   eng   qulay   bo‘ladi.   Tuproqning   havo   suv,   oziq   va   issiqlik
rejimlari   haydalma   qatlam   tuzilishiga   bog‘liq   bo‘ladi.   Tuproq   uchta   fazadan:
qattiq,suyuq va  havodan iborat.
M.   V.   Muhammadjonov   ma’lumotlariga   qaraganda,   g‘o‘zaning   vegetatsiya
davri   oxirida   1   tupining   umumiy   ildiz   massasi   65,68   g   bo‘lgan,   shundan
40,36   g,   Fedchenko   tajriba   stansiyasida   o‘tkazilgan   tajribada   esa   umumiy   ildiz
massasi 61,78 g bo‘lgani xolda buning 39,78 g xaydalma qatlamda joylashganligi
aniqlandi. 
Haydalma qatlam qanchalik qalin, unumdor bo‘lsa o‘simliklarning ildiz tizimi
shunchalik chuqur qatlamlarga taralib o‘sadi va syerhosil bo‘lib etiladi.
Haydalma   qatlami   qalin   yerlarda   nam   tuproqning   pastki   qatlamlariga   o‘tadi
va atmosfyera bilan tuproq o‘rtasida havo almashinishi yaxshilanadi.
Tuproqning qattiq fazasi va undagi bo‘shliqlar hajmlarining nisbati haydalma
qatlam tuzilishi deyiladi.  Tuproq   bo‘shliqlari   (g‘ovaklari)   shartli   nokapillyar   va   kapillyarga   bo‘linadi.
Bunda   tuproq   agregatlari,   strukturlari   va   yirik   qum   zarrachalari   orasidagi
bo‘shliqlar   nokapillyar   g‘ovaklikka,   tuproq   agregatlari   ichidagi   hamda   mayda
zarachalarning   bir-biriga   tegib   turgan   tor   qilsimon   oraliqlari   esa   kapillyar
g‘ovaklikka mansubdir.
Nokapillyar   va   kapillyar   g‘ovakliklarning   yig‘indisi   tuproqning   umumiy
g‘ovakligini   tashkil   etadi.   Qanday   g‘ovakliklarni   kapillyar   eki   nokapillyar   deyish
ancha   murakkab   masala.   SHuning   uchun   ishlab   chiqarishda   qo‘llanilayotgan
ma’lumotlarga   amal   qilamiz.   Masa-lan,   diametri   1-2   mm   dan   kichik   g‘ovakli
kapillyar, undan kattalari esa nokapillyar g‘ovaklik deyiladi.
Tuproq   g‘ovakliklarini   noka-pillyar   va   kapillyarlarga   ajratish   uning   ayrim
fizik xossalarini aniqlashga imkoniyat yaratadi.
Tuproq   tuzilishi   muhim   unumdorlik   ko‘rsatkichi   hisoblanadi.   CHunonchi,
tuproqning   nokapillyar   va   kapillyar   g‘ovakliklar   xajmining   nisbati   uning   suv
o‘tkazuvchanligiga,   suv   ko‘taruvchanligiga,   nam   sig‘imiga,   nam   bug‘lanishiga,
havo   almashinishiga   va   mikroorganizmlarning   faoliyatiga   ta’sir   etadi.   Tuproq
tuzilishini   o‘zgartirish   yo‘li   bilan   ayerob   va   anayerob   mikroorganizmlarning
faoliyatini   kuchaytirirish   yoki   susaitirish   mumkin.   Ayerob   baktyeriyalarning
faoliyati   rivojlantirilsa,   organik   moddalarning   minyerallashishi   tezlashadi.
Aksincha,   anayerob   jarayonlar   kuchaytirilsa,   organik   moddalarning   parchalanishi
sekinlashadi.
Nokapillyar   g‘ovakliklar   ko‘paysa,   namning   tuproqni   ustki   qatlamidan   quyi
qatlamiga harakati tezlashadi va aksincha.
Agronomik   nuqtai   nazardan   bu   ikki   xil   g‘ovaklikning   nisbati   katta
ahamiyatga   ega.   Kapillyar   g‘ovaklik   suvni   botiq   yoki   bo‘rtma   kuch   bilan   o‘zida
ushlab   turish   xususiyatiga   ega,   nokapillyar   g‘ovaklik   esa   suvni   o‘zida   ushlab
turolmaydi va gravitatsion kuch bilan quyi qatlamlarga harakat qiladi.
Kapillyar   g‘ovakliklar   tufayli   ekinlar   sug‘orilgandan   keyin   yana   suv
qo‘yg‘unga  qadar  o‘tgan  vaqt   mobaynida  tuproqning  quyi  qatlamlaridan  o‘simlik
ildizi taralgan qatlamlarga nam ko‘tarilib uni suv bilan ta’minlaydi. Tuproq suvni quyi   katlamlarga   yaxshi   o‘tkazsa-yu,   kapillyar   g‘ovaklik   yaxshi   bo‘lmasa   nam
yukori qatlamlarga ko‘tarilmaydi, demak sug‘orishning nafi yaxshi bo‘lmaydi.
Tuproqning tuzilishi mexanik tarkibiga, donadorligiga va uning joylashishiga
bog‘liqdir.   Tuproq   (zarrachasi)   agregatning   yiriklashishi   bilan   umumiy,   ayniqsa
nokapilyar   g‘ovaklik   orta   boradi.   Buni   Doyarenko   ma’lumotlaridan   ham   ko‘rish
mumkin. (1.2- jadval)
1.2-jadval
Agregatlarning yirik-maydaligiga ko‘ra tuproq tuzilishi (tuproq xajmiga
nisbatan % hisobida)
G‘ovaklar Agregatlarning diametri (mm)
0,5 0,5-1,0 1-2 2-3 3-5
K apillyar 44,8 25,5 25,1 24,5 23,9
Nokapillyar 2,7 24,5 29,6 35,1 38,7
Umumiy g‘ovaklik 47,5 50,0 54,7 59,6 62,6
Tuproqning   zichligi   uni   agronomik   nuqtai   nazardan   ta’riflashda   etarli
ko‘rsatkich   bo‘lolmaydi,   ammo   uning   muhim   tabiiy   xossalarini   aniqlashda   bu
ko‘rsatkichdan   foydalaniladi.   Tuproqning   o‘rtacha   zichligi   yoki   hajm   massasi
muhim ahamiyatga ega. 
Ammo   tuproqning   zichligi   tushunchasini   uning   qattiqlik   tushunchasi   bilan
chalkashtirmaslik   kyerak.   Yerga   botib   yoki   suqilib   kirayotgan   biror   narsaga
ko‘rsatayotgan qarshiligi tuproqning qattiqligi deyiladi va kg/sm 2
 bilan ifodalanadi.
Tuproqning qattikligi zichligi, yopishqoqligi va namligiga bog‘liq holda o‘zgaradi.
Mexanik   tarkibi   og‘ir,   ya’ni   ishlash-haydash,   kulьtivatsiyalash   va   hokazolar
qiyin   bo‘lgan   tuproq   zich   tuproq   deyiladi.   Bunday   tuproqlarga   ko‘p   miqdorda
organik   o‘g‘itlar   solib,   qumoq   tuproqlarga   qaraganda   zichligini   birmuncha
kamaytirish   mumkin.   SHunda   zichlik   agrotexnika   tadbirlarining   sifatli
o‘tkazilishiga   to‘sqinlik   qiladi.   SHuning   uchun   ham,   masalan,   kuzgi
shudgorlashdan oldin yerning holatiga qarab, zarur bo‘lsa sug‘orib, yer etilgandan
keyin haydash lozim. Tuproqning   agrofizikaviy   xossalari   ko‘plab   omillar,   jumladan,   tuproqning
qattiq, suyuq, gazsimon qismi va tirik fazalari tarkibi, ular nisbati va o‘zaro ta’siri
kabilar bilan bevosita bog‘liqdir.
Tuproqning   agrofizik   xossalariga   tuproqning   solishtirma   og‘irligi,   hajmiy
og‘irligi, haydalma qatlam tuzilishi, plastikligi, yopishqoqligi kabilar kiradi.
Mexanik   tarkibi   og‘ir   tuproqli   yerlarda   yerning   ustki   qatlami   zichlashishi
natijasida   o‘simliklarga   oziq   moddalarning   kelishi   kamayadi.   Bu   tuproqda
ayeratsiyaning susayishi va organik moddalarning minyerallashishi pasayishi bilan
bog‘liq.   Bundan   tashqari,   zich   tuproqlarda   bog‘langan,   ya’ni   o‘simliklar   bemalol
o‘zlashtira olmaydigan nam miqdori ortib boradi. 
Tadqiqot   natijalariga   ko‘ra   tuproqning   hajm   massasi.   1,1   g/sm 3
  bo‘lganda
11%;   1,6   g/sm 3
  bo‘lganda   esa   19%   o‘simlik   so‘lish   namligida   bo‘lganligi
aniqlangan.   Tuproqni   zichlashtirish   issiq   o‘tkazuvchanlikni   oshiradi,   bu   esa   o‘z
navbatida  tuproqning  issiqligiga  ta’sir   etadi.  Masalan,   chigit  ekish  bilan  bir   yo‘la
chigit ekilgan qatorga seyalkaga o‘rnatilgan silliq gardishli g‘altak mola bostiriladi.
Bunda   yirik   kesaklar   maydalanadi   va   tuproq   yuzasi   bir   oz   zichlashadi.   Natijada
zichlashgan   qatlamda   havo   ochiq   paytda   harorat
3-4° yuqori bo‘ladi.
O‘zPITI   ma’lumotlariga   qaraganda   mexanik   tarkibi   o‘rtacha   tipik   bo‘z
tuproqli   yerlarda   har   xil   hajmdagi   massa   chigitning   unishiga   turlicha   ta’sir   etadi.
CHunonchi,   ekilgandan   keyin   12/V   da   kuzatilganda   sig‘imi   1,0   g/sm 3
  li   idishda
chigitning   50%   sig‘imi   1,1   va   1,2   g/sm 3
  li   idishda   undan   2   marta   kam   unib
chiqqanligi,   1,4-1,5   g/sm 3
  li   idishlarda   esa   chigit   umuman   unib   chiqmaganligi
aniklandi.   7   kundan   keyin   kuzatilganda   esa   tuproq   hajm   massasining   ortishiga
ko‘ra- 80,0; 74,0; 66,0; 64,0; 54,0 va 58,0 % chigit unib chiqqanligi qayd qilindi.
Och   tusli   bo‘z   tuproqli   yerlarda   tuproqning   hajm   massasi   1,0-1,6   g/sm 3
bo‘lganda, chigit unib chiqishi uchun sig‘imi 1,3 g/sm 3
  li idish eng qulay ekanligi
aniklandi. Tuproqning xajm massasi  1,1 -1,4 g/sm 3
  bo‘lgan idishlarda chigit  unib
chiqishi va g‘o‘zaning o‘sishi uchun qulay sharoit mavjudligi qayd qilindi. Tuproqning   hajm   massasi   1,6   g/sm 3
  li   idishlarda   dastlabki   kuzatuvda   chigit
umuman   unib   chiqmagan,   keyinchalik   esa   26%   unib   chiqqanligi   ma’lum   bo‘ldi.
Mexanik   tarkibi   og‘ir   tuproqli   yerlarda   hajm   massasining   ortishi   bilan   chigitning
unib   chiqishi   kechikkanligi,   keyinchalik   ham   g‘o‘za   uchun   qulay   imkoniyat
bo‘lmaganligi aniqlandi.
SHu   o‘rinda   A.   Zokirovning   lizimetrlarda   (bo‘yi   2,5   m,   eni   1,5   m   va
chuqurligi 0,9 m) olib borgan tajribasi diqkatga sazovordir. Bunda har bir seksiya
tabiiy sharoitga muvofiq qilib tuproq bilan to‘ldirildi va tegishli organik-minyeral
o‘g‘itlar solindi. 
Olingan ma’lumotlarga qaraganda, g‘o‘za tuproqning o‘rtacha zichligiga juda
sezgir   ekanligi   aniqlandi.   Tuproqning   har   xil   xajm   massasi,   birinchi   navbatda,
g‘o‘za   ildiz   tizimning   o‘sishi   va   taralishiga,   ular   orqali   esa   o‘simliklar   yer   usti
qismining o‘sishi, rivojlaiishi va xosil elementlari-ga foydali ta’sir etishi aniqlandi.
Tuproqning xajm massasi 1,2 va 1,3 g/sm 3
 bo‘lgan lizimetrlardagi g‘o‘zalar 1,4 va
1,5   g/sm 3
  lizimetrlardagiga   qaraganda   ancha   jadal   o‘sdi,   vegetativ   va   genyerativ
massa hamda hosil elementlari ko‘p to‘plandi.
Mexanik tarkibi o‘rtacha och bo‘z tuproqli  yerlarda hajm massasi  1,0 g/sm 3
bo‘lganda, umumiy g‘ovaklik 63,0; to‘liq nam sig‘imi 40,9, ayeratsiya g‘ovakligi
34,4%; xajm massasi 1,6 g/sm 3
 bo‘lganda esa yuqo-ridagiga muvofiq 40,8; 25,0 va
12,8%   bo‘lganligi   aniqlandi.   Haqiqatdan   xam   hajm   massasining   ortishi   bilan
tuproqning suv-fizik xossalari keskin yomonlashgan.
Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, tipik bo‘z va o‘tloki allyuvial tuproqlarda
biologik  jarayonlarning   me’yori   rivojlani-shi   uchun  optimal   zichlik  1,1-1,3  g/sm 3
atrofida, och tusli bo‘z tup-roqlarda esa 1,0 va 1,4 g/sm 3
 bo‘lishi kyerak.
Keyingi   yillarda   chop   etilgan   adabiyotlarda   (A.F.Ustinovich,   V.P.
Kondratyuk,   A.Zokirov   va   boshqalar)   yerning   yumshoqligi   optimal   g‘ovaklik
ko‘rsatkichi   o‘rniga   tuproqning   optimal   tuzilishi,   ya’ni   o‘rtacha   zichlik   xajm
massasida byerilgan. Fikrimizcha, bu noto‘g‘ri bo‘lsa kyerak, chunki hajm massasi
faqat   tuproqning   yumshoqligiga   emas,   bal-ki   uning   solishtirma   og‘irligiga   xam
bog‘liqdir.   Ekinlardan   yuqori   hosil   olishda   tuproq   holatini   ifodalashda   g‘ovaklik byerilgani   ma’qul.   CHunki   tuproq   g‘ovakligi   uning   xajm   massasi   va   solishtirma
og‘irligiga ko‘ra aniqlanadi.
Madaniy   o‘simliklar   tuproqning   tuzilishiga   har   xil   talabchan   bo‘ladi.
Ayniqsa, ildizmevalar, ya’ni kartoshka, sabzi, piyoz, lavlagi, sholg‘om, turp kabi
ekinlar   mexanik   tarkibi   engilroq   yumshoq   tuproqli   yerlarda   yaxshi   o‘sib
rivojlanadi va yuqori hosil olinadi.
Ko‘p   yillik   dukkaklli   ekinlar,   o‘q   ildizli   va   boshoqdosh   don   ekinlarining
tuproq zichligiga munosabati ularning yoshiga bog‘liq. 
Ekinlarni   ilmiy   asoslangan   to‘g‘ri   navbatlab   ekish   texnologiyasiga   to‘liq
amal qilgan xolda parvarish qilinganda tuproq unumdorligi va uni agrokimyoviy,
agrofizikaviy, mikrobiologik xususiyatlari saqlanadi . 1  
Tuproqning   muhim   agrofizik   xossalarida   biri   bu   uning   zichligi   hisoblanadi.
Tuproqning   zichligi   yoki   uning   hajm   massasi   uning   mexanik   va   mineorologik
tarkibiga, chirindi miqdoriga, donadorligiga hamda ishlanish darajasiga bog‘liq.
CHunonchi,   sturukturali,   syerchirindi ,   g‘ovak   tuproqlarning   hajm   massasi
sturukturasiz, kam chirindi, zichroq tuproqlarnikiga nisbatan kichikroq bo‘ladi . 2
Tuproqning
solishtirma
og‘irligi Ma’lum   hajmdagi   absolyut   quruq   tuproq   qattiq   qismi
og‘irligining   +4 0
  haroratdagi   xuddi   shunday   hajmdagi
suvning og‘irligiga bo‘lgan nisbatiga  tuproqning solishtirma
og‘irligi  deyiladi. 
Tuproqning   solishtirma   og‘irligi   uning   minyeralogik   tarkibi   va   chirindi
miqdoriga bog‘liq. Tuproq tarkibidagi minyerallarning solishtirma og‘irligi 1,25
- 5,3 oralig‘ida bo‘lib, organik moddalarniki 1,25 - 1,80 atrofidadir.
Turli   tipdagi   tuproqlar   va   ularning   ayrim   genetik   gorizontlarining
solishtirma   og‘irligi   bir   xil   bo‘lmaydi.   Umuman   tuproqlarning   o‘rtacha
solishtirma og‘irligi 2.5 - 2,6 atrofida bo‘ladi.
Tuproqning Tabiiy   holatdagi   absolyut   quruq   tuproq   vaznining
1
  Ҳасанова Ф.Эсанбеков Ю.Ҳасанов М. ва бошқалар Ҳар хил технологиялар қўллаб кузги буғдой,
маккажўхори   ва   ғўза   етиштириш.   Ўз   ЎзПИТИнинг   “Қишлоқ   хўжалигида   янги   тежамкор
агротехнологияларни   жорий   этиш   “мавзусидаги   Республика   илмий-амалий   конференцияси   маърузалар
тўплами. Тошкент-2011 йил 203-205 бет.
2
  Я.Бўриев.”Дуккакли   экинлар   ва   тупроқ   унумдорлиги”.   Ўзбекистон   қишлоқ     хўжалиги   журнали   Т.:
№6.2010й. 19 б. hajmiy og‘irligi shunday hajmdagi suv og‘irligiga nisbati   tuproqning hajmiy
og‘irligi   deyiladi   va   g/sm3   da   ifodalanadi.   Bo‘z
tuproqlarning   hajmiy   massasi   haydalma   qatlamda   1,2-1,4
g/sm 3
 atrofida bo‘ladi. 
Hajmiy og‘irlik tuproqning mexanikaviy va minyeralogik tarkibiga, chirindi
modda   miqdoriga,   strukturasi,   qovushmasi,   shuningdek   ishlanish   darajasiga
bog‘liqdir.
SHuning   uchun   ham   tuproqning   hajmiy   og‘irligi   tuproq   tipi,   turiga,
qatlamlarning tarkibi va xususiyatlariga ko‘ra 0,9 dan 1,8 gacha o‘zgarib turadi;
sugoriladigan   bo‘z   tuproqlarning   hajmiy   og‘irligi     o‘rtacha   1,2-1,4,   og‘ir
mexanik tarkibli botqoq tuproqlarda esa 1,7-1,9 atrofida bo‘ladi.
Haydalma
qatlam tuzilishi Tuproqning   qattiq   fazasi   va   undagi   bo‘shliqlar
hajmlarining   nisbati   haydalma   qatlam   tuzilishi   deyiladi.
Tuproqdagi  g‘ovaklarning diametri  1-2 mm  dan kichiklarini
kapillyar, undan  kattalarini nokapillyar g‘ovaklik deyiladi. 
Nokapillyar   g‘ovakliklardan   suv   faqat   pastga   harakat   qiladi.   Kapillyar
g‘ovakliklar   ko‘paysa,   ya’ni   tuproq   zichlashsa   suvning   yuqoriga   harakati
tezlashadi.   Kapillyar   va   nokapillyar   g‘ovakliklar   nisbati   1:1   bo‘lganda
tuproqning   suv,   havo   va   oziq   rejimi   eng   qulay   bo‘ladi.   Tuproqning   havo   suv,
oziq va issiqlik rejimlari haydalma qatlam tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi.
 
Oziq   moddalarning   harakatchan   shaklida   ham   shunday   qonuniyat   borligini
farqlay olish mumkin. Harakatchan azotning miqdori tariq parvarishlangan 2 va 4-
variantlarda tegishlicha 15,5 va 15, harakatchan fosfor 25 va17,1, kaliy 220 va 200
mg/kg   bo‘lganligi,   nazorat   variantdagidan   ko‘pligidan   darak   byeradi.   Bu
ma’lumotlar   ekinlarni   almashlab   ekish   zaruriy   e’tibor   ekanligiga   ilmiy   dalil
bo‘ladi.
SHuni   hisobga   olib,   sug‘oriladigan   maydonlarda   almashlab   ekish   tizimlarini
joriy etishda asosiy e’tiborni tuproq unumdorligini oshiradigan, aholining kundalik
oziq- ovqat talablarini qondiradigan dukkakli-don, don hamda sabzavot  ekinlarini ekish,   ushbu   ekinlarni   asosan   takroriy   va   oraliq   ekin   sifatida   etishtirish   ham
maqsadga muvofiqdir.
Umarov  M.   U   va  boshqalarning   kuzatishlariga   qaraganda,   Qarshi   cho‘lining
yangidan   sug‘orilmaydigan   och   tusli   bo‘z   tuproqlari   va   taqir   tuproqlarda
tuproqning   hajm   massasi   1,3-1,4   g/sm 3
  ni   tashkil   qiladi,   tuproq   zichligining   bu
holati g‘o‘za o‘stirish uchun juda mos keladi.
3.  Tuproq strukturasi va uni yaxshilash usullari
Tuproqning   suv,   havo,   issiqlik   xossalari   ham   tuproq   strukturasiga   bog‘liq.
Tuproq   strukturasini   o‘zgarishiga   zichlik,   sizot   suvlarining   joylashuvi,   suvning
muzlashi   va   boshqalar   ta’sir   etadi.   Tip   bunda   tuproqning   struktura   bo‘lakchalari
uch o‘q yo‘nalishi bo‘yicha bir xilda tarqalgan.
Tuproq   tarkibidagi   minyeral   zarachalarining   chirindi   va   boshqa   birikmalar
ta’sirida   donador   holatga   o‘tishi   natijasida   struktura   agregati   deb   ataladigan
donachalar paydo bo‘ladi. SHakli va yirik maydaligi turlicha bo‘lgan bu agregatlar
to‘planishidan tuproq strukturasi hosil bo‘ladi.
Tuproq strukturasini tiklashda yerni ishlash tizimi yerga organik va minyeral
o‘g‘itlar solish va boshqa agromeliorativ tadbirlarni qo‘llash orqali yerishiladi.
Tekistura-bu tuproqning bir bo‘lagi bo‘lib (qum, tuproq).
Tuproqda o‘simliklar uchun suv havo va oziq rejimining qulay holda bo‘lishi,
shuningdek   ekin   maydonlarida   qo‘llaniladigan   agrokopleks   tadbirlar   samarasi
tuproq strukturasiga bog‘liq.
CHunki   tuproqda   suvga   chidamli   donador   struktura   qancha   kun   bo‘lsa   u
shuncha   unumdor   bo‘ladi.   Demak,   struktura   tuproqning   mu-him   agronomik
xossasi   hisoblanadi.   Tuproqda   o‘simliklar   uchun   qulay   sharoit   kelishiga   yordam
byeradi. Agregatlarning yirik-maydaligiga ko‘ra strukturali tuproqlar yirik g‘ovakli
va   mayda   g‘ovakli   bo‘ladi.   Tuproq   zarracha-lari   o‘zaro   birikib,   yopilishi   yoki
minyeral  va organik kolloidlar ta’sirida birikishi  natijasida dastlab mikrostruktura
(mikro   agregat)   paydo   bo‘ladi.   Tuproqda   paydo   bo‘lgan   bu   mikroagregatlar
keyinchalik   birikib   har   xil   kattalikdagi   makro   agregatlar   hosil   qiladi.   Tuproq
strukturasini   vu-judga   kelishida   ayniqsa,   chirindi-ning   ahamiyati   katta.   YAngi paydo   bo‘lgan   kolloid   holatdagi   chirindi   ta’sirida   eng   yaxshi   sifatli   va   suvga
chidamli agregatlar hosil bo‘ladi.
Prizmasimon – Bunda   struktura   bo‘lakchalarida   vyertikal   o‘q
gorizontal o‘qlar yo‘nalishiga qaraganda ancha kattadir.
Plitasimon – Tipda   struktura   bo‘lakchalaridagi   vyertikal   o‘q
keskin   qisqargan   bo‘lib,   gorizontal   yo‘nalishdagi   o‘q
ancha taraqqiy etgandir
Plastinkasimon – Mexanik   ta’sirlarga   chidamli   emas,   emirilganda
unsimon massa hosil bo‘ladi.
Tuproq   strukturasining   sinfi .   Har   bir   tuproq   tipi   dastlabki   5   sinfga   o‘zining
katta-kichikligiga ko‘ra ajratiladi.
 O‘ta yupqa (ingichka) yoki juda yupqa (ingichka)
 YUpqa (ingichka)
 O‘rta
 Dag‘al yoki yirik
 Juda dag‘al yoki juda yo‘g‘on.
Tuproq strukturasiga quyidagicha agronomik baho byeriladi.
Kam   struktura
– Kam   strukturaga   ega   tuproqlarda   tuproqning   agregati
holati   kuzatilmaydi,   ta’riflash   uchun   etarli   ko‘rsatkich   bo‘la
olmaydi.   Mexanik   zarrachalar   bir-biriga   mustaxkam
yopishmaydi, to‘zg‘oq bo‘ladi.
Mustaxkam
struktura – Tuproqning   mexanik   zarrachalari   bir-biriga   maxkam
yopishgan holatda bo‘ladi.
Kuchli
struktura- T upro q   unimdorligiga   doir   qo‘yilgan   asosiy   talablarga
mos   keladi.   Tuproqning   qulay   fizik   xossalarini   ta’minlaydi
va   madaniylashni   tariflaydigan   muhim   ko‘rsatkich
hisoblanadi. Sug‘orishni
boshqarishda   tuproq
strukturasining roli. Tuproq   suv   rejimini   boshqarishda   qo‘llaniladigan
tadbirlardan   eng   muhimi   tuproqni   sifatli   ishlashdir.
Bu   sifatli   ishlanganda   tuproq   tuzilishi   yaxshilanadi,
uning g‘ovak kesakli strukturasi saqlanadi. 
Tuproqning  suv  rejimini  boshqarishda   sug‘orishni   to‘g‘ri   tashkil  etish  va  va
sug‘organdan so‘ng yer etilishi bilan sifatli ishlob byerish muxim ahamiyatga ega . 3
Tuproq   suv   rejimini   boshqarishda   qo‘llaniladigan   tadbirlardan   eng   muhimi
tuproqni sifatli ishlashdir. Bu sifatli ishlanganda tuproq tuzilishi yaxshilanadi, uning
g‘ovak   kesakli   strukturasi   saqlanadi.   Tuproqning   suv   rejimini   boshqarishda
sug‘orishni   to‘g‘ri   tashkil   etish   va   va   sug‘organdan   so‘ng   yer   etilishi   bilan   sifatli
ishlob byerish muxim ahamiyatga ega.
Tuproq strukturasi deb  -  Mayda   chang   zarrachalarini   bir   -   biri   bilan
yopishib,   har   xil   kattallikdagi   agregatlar   (kesaklar)
hosil qilishi tuproq strukturasi deyiladi. 
Struktura hosil bo‘lishida organik modda elimlovchi vazifasini o‘taydi. CHirindi
qancha   ko‘p   bo‘lsa   tuproq   strukturasi   shuncha   yaxshi   bo‘ladi.   Kesakchalar   yirik
maydaligiga   qarab   quyidagilarga   bo‘linadi:   megastrukturali   (diametri   10   mm   dan
ortiq), makrostrukturali (diametri 10-0,25 mm) va mikrosturturali (diametri 0,25 mm
dan kichik). Mikrostruktura o‘z navbatida dag‘al mikrostruktura (0,25-0,01) va nozik
mikrosturukturaga  (0,01  mm   dan  kichik)   bo‘linadi.   Diametri   1-3 mm  li   kesakchalar
eng yaxshi kesakchalar hisoblanadi.
M ustahkam struktura  - Suvga   chidamli   kesakchalardan   tashkil   topgan
tuproqlar   mustahkam   strukturali  deyiladi.  Tuproqning
donadorligi   suv,   havo,   issiqlik   va   oziq   rejimlariga
ta’sir   etadi.   Struktura   mexanik,   fizik-kimyoviy,
biologik omillar ta’sirida bo‘ziladi.
Mexanik omillarga Kesakchalarning   qishloq   xo‘jalik   mashinalarining
g‘ildiraklari,   ishchi   organlari   va   boshqa   kuchlar
3
  Chandrasekaran B., Annadurai K., Samasundaram E. A textbook of agronomy. New Delhi. 2010.246 -
247  бетлар ta’sirida ezilishi kiradi.
Fizikaviy omilga Bostirib   sug‘organda   tuproq   ichidagi   havoni   suv
bosim   bilan   siqib   chiqarishi   natijasida   strukturani
bo‘zishi   kiradi.   Bir   valentli   kationlar   (N +
,   N +
,   K +  
,
Na +
)     tuproq   strukturasini   bo‘zadi,   bu   kimyoviy
omilga kiradi.
B iologik omilga Mikroorganizmlarning   organik   moddani   parchalab
strukturani b u zishi kiradi.
Strukturali   tuproq  qatlamlarida  havo   ham   almashinadi.   Bunday   tuproqlarda
mikro   organizmlar   xayoti   uchun   ham   juda   qulay   sharoit   vujudga   keladi.
Tuproqning   suv   o‘tkazuvchanligiga   undagi   yirik   va   mayda   g‘ovaklik-larning
nisbati  ta’sir   etadi.  Tuproqning  suv   o‘tkazuvchanlgi   asosan   yirik  g‘ovaklik  orqali
sodir   bo‘ladi.   CHunki   suvni   o‘zida   ushlab   tura   olmaydi.   Biroq   mayda
bo‘shliqlardan iborat bo‘lgan agregatlarda suv (namlik) uzoq saqlanib turadi.
Struktura holatidagi agregatlar quyidagi talablarga ega bo‘lishi kyerak:
Ma’lum bir miqdorda nam saqlash;

Tuproq havosi rejimini me’yorda bo‘lishi;

Donadorligi va yumshoqligi bilan farqlanishi;

Suv o‘tkazuvchanligi yaxshi;
 Mexanik   zarrachalarining   bir-biriga   mustaxkam   yopishishi,   to‘zg‘oq
bo‘lmasligi. 4
Dehqonchilikda   tuproq   strukturasini   tiklashda   inson   faoliyatining   ta’siri,
agrotexnika   va   melioratsiya   tadbirlarini   amalga   oshirish   katta   ahamiyatga   ega.
Tuproq   strukturasini   tiklashda   ekinlarni   navbatlab   ekishda   ularni   to‘g‘ri   tanlash,
tuproq tuzilishi va strukturasini yaxshilashga qaratilgan yerni ishlash tizimi, yerga
organik va minyeral o‘g‘itlar solish, sidyerat ekinlar ekish, botqoq yerlarni quritish
kabi eng muhim tadbirlar hisoblanadi.
Qishloq   xo‘jaligida   tuproq   sifatli   va   suvga   chidamli   struktura   holatida
bo‘lishini ta’minlaydigan agrotexnika tadbirlarini to‘g‘ri qo‘llash juda muhimdir.
4
  Chandrasekaran B., Annadurai K., Samasundaram E. A textbook of agronomy. New Delhi. 2010.246 -
247  бетлар Tuproq strukturasini boshqarish.
Tuproq   strukturasini   tiklashda   inson   faoliyatining   ta’siri   agrotexnika   va
melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish katta ahamiyatga ega. Ekinlarni navbatlab
ekishda   ularni   to‘g‘ri   tanlash   tuproq   tuzilishiga   qaratilgan   yerni   ishlash   tizimsi,
yerga   organik   va   minyeral   o‘g‘itlar   solish,   mulchalash,   sug‘orish   tizimini   to‘g‘ri
tashkil etish eng muxim tadbirlardan hisoblanadi.
Tuproqni   fizik   xossalari   uning   hajm   og‘irligiga   mos   xolda   keladi.   Bu   mos
kelishini quyida   odidy elektrik sxema asosida ko‘rish mumkin :
Tuproq   qatlamlari   mayda   zarralar   va   mikroagregatlardan   tuzilganligi   uchun
har   qancha   zich   qovushmali   bo‘lsa   ham,   zarrachalar   va   agregatlar   ichida   ozmi-
ko‘pmi   bo‘shliqlar   bo‘ladi.   Ana   shu   bo‘shliqlar   va   turli   jonivorlar   faoliyati   va
o‘simliklar ildizi hisobiga hosil bo‘lgan bo‘shliqlarning umumiy xajmiy yig‘indisi
tuproqning   kovakligi   deyiladi.   Tuproqning   kovakligi   kapillyar   va   nokapillyar
bo‘ladi.  Kapillyar  kovaklik  tuproqda  mayda  loyqa  zarrachalar  va  mikroagregatlar
oralig‘ida   nokapillyar   kovaklik   esa   yirik   mexanikaviy   elementlar   va
makrostrukturalar   oralig‘ida   vujudga   keladi.   Nokapillyar   g‘ovakliklar   ko‘paysa, 1.1-расм. Тупроқ структураси шакллариКичик заррачалар Палахса -йирик заррачалар Дисксимон заррачалар
Донодор заррачалар Призмасимон заррачалар Жуда катта-дағал заррачаларЮқори сув 
ўтказувчанлик Ўрта сув 
ўтказувчанлик Паст сув 
ўтказувчанлик
Юқори сув 
ўтказувчанлик Ўрта сув 
ўтказувчанлик Паст сув 
ўтказувчанлик namning   tuproqni   ustki   qatlamidan   quyi   qatlamiga   xarakat   tezlashadi   va   ayniqsa
bu ikki g‘ovaklikni nisbati katta ahamiyatga ega.
Kapillyar g‘ovaklik suvni botiq yoki bo‘rtma kuch bilan o‘zida ushlab turish
xususiyatiga ega, nokapillyar kovaklik esa suvni o‘zida ushlab tura olmaydi 5
5
  Chandrasekaran B., Annadurai K., Somasundaram E.  A textbook of  Agronomy 2010. р. 246-247. Foydalanilgan adabiyotlar
1.   Chandrasekaran   B.,   Annadurai   K.,   Somasundaram   E.   A   textbook   of
Agronomy. New Delhi. 2010. New a ge Intyernational (p) Limited, Publi-shyers.
                        2 .   Crop   Rotation   on   Organic   Farms:   A   Planning   Manual,   NRAES   177
Charles L. Mohlyer and Sue Ellen Johnson, editors Published by NRAES, July 2009.
3.   Azimboev   S.A.   Dehqonchilik,   tuproqshunoslik   va   agrokimyo   asoslari.
(Darslik). T. Iqtisodiyot-moliya 2006. – 180 b.
4. Mo‘minov K., Azimboev A., Sanaqulov A., Byerdiboev E., Kenjaev YU
Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan. (O‘quv qo‘llanma) – T.: “Turon-iqbol”,
2014. – 240 b.
5.   Artukmetov   Z.A.,   SHyeraliev   X.SH.   Ekinlarni   sug‘orish   asoslari.
(Darslik). T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. 2007.-312 b. 
6. Norkulov U., SHyeraliev X. Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi. (Darslik). T.:
ToshDAU tahr.-nashr. bo‘limi, 2003. – 214 b.
7. To‘xtashev B., Azimboev S., Qarabaeva T., Byerdiboev E., Nurmatov B.
Qishloq   xo‘jalik   melioratsiyasi   va   yer   tuzish   fanidan   amaliy   va   tajribaviy
mashg‘ulotlar.   (O‘quv   qo‘llanma).   -   T.:   “ToshDAU   nashr-tahririyat   bo‘limi”,
2012. – 187 bet.

MAVZU: TUPROQNING AGROFIZIK XOSSALARI VA ULARNING DEHQONCHILIKDAGI AHAMIYATI Reja: 1. T u p r o q n i n g a g r o f i z i k x o s s a l a r i v a u l a r n i n g a h a m i y a t i 2 . H a y d a l m a q a t l a m n i n g t u z i l i s h i v a u n i y a x s h i l a s h u s u l l a r i . 3.Tuproqning strukturasi v a u n i y a x s h i l a s h u s u l l a r i

1. T u p r o q n i n g a g r o f i z i k x o s s a l a r i v a u l a r n i n g a h a m i y a t i Tuproqning mexanik tarkibi va struktura holati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan agrofizikaviy xossalari hamda unda kechadigan fizikaviy jarayonlar tuproqning suv, havo va issiqlik rejimlari, shuningdek o‘simliklarning o‘sib rivojlanishida juda katta ahamiyatga ega. Tuproqning agrofizikaviy xossalari ko‘plab omillar, jumladan, tuproqning qattiq, suyuq, gazsimon qismi va tirik fazalari tarkibi, ular nisbati va o‘zaro ta’siri kabilar bilan bevosita bog‘liqdir. Tuproqning qattiq qismi 45 %, suyuq qismi 25 %, gazsimon qismi 25 % va organika qismi 5 % ni tashkil qilsa eng yaxshi strukturani tashkil qiladi. Tuproqning agrofizik xossalariga tuproqning solishtirma og‘irligi, hajmiy og‘irligi, haydalma qatlam tuzilishi, plastikligi, yopishqoqligi kabilar kiradi. 3-rasm. Tuproq qatlamlari. Ma’lum hajmdagi absolyut quruq tuproq qattiq qismi og‘irligining +4  haroratdagi xuddi shunday hajmdagi suvning og‘irligiga bo‘lgan nisbatiga tuproqning solishtirma og‘irligi deyiladi. Tuproqning solishtirma og‘irligi uning minyeralogik tarkibi va chirindi miqdoriga bog‘liq. Tuproq tarkibidagi minyerallarning solishtirma og‘irligi 1,25 - 5,3 oralig‘ida bo‘lib, organik moddalarniki 1,25 - 1,80 atrofidadir. Turli tipdagi tuproqlar va ularning ayrim genetik gorizontlarining solishtirma og‘irligi bir xil bo‘lmaydi. Umuman tuproqlarning o‘rtacha solishtirma og‘irligi 2.5 - 2,6 atrofida bo‘ladi. Tabiiy tuzilishi bu holatdagi absolyut quruq tuproq vaznining shunday hajmdagi suv og‘irligiga nisbati tuproqning hajmiy og‘irligi deyiladi va g/sm 3 da ifodalanadi. Hajmiy og‘irlik tuproqning mexanikaviy va minyeralogik tarkibiga,

chirindi modda miqdoriga, strukturasi, qovushmasi, shuningdek ishlanish darajasiga bog‘liqdir. SHuning uchun ham tuproqning hajmiy og‘irligi tuproq tipi, turiga, qatlamlarning tarkibi va xususiyatlariga ko‘ra 0,9 dan 1,8 gacha o‘zgarib turadi; sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarning hajmiy og‘irligi o‘rtacha 1,2-1,4, og‘ir mexanik tarkibli botqoq tuproqlarda esa 1,7-1,9 atrofida bo‘ladi. 2. Haydalma qatlam tuzilishi va uni yaxshilash usullari Haydalma qatlam–tuproqning eng ustki o‘simlik ildizining asosiy va mikroorganizmlar faoliyat olib boradigan qismi bo‘lib hisoblanadi. O‘simlikning o‘sish va rivojlanishi haydalma qatlam va undagi faol oziqa elementlari hamda mikroorganizmlar faoliyatiga bog‘liq. O‘simlik ildizlarini yerga chuqurroq borishi va yon tomonga taralishi faqat haydalma qatlam qalinligiga emas, balki o‘simlik turiga, naviga,tuproq xususiyatiga, iqlim sharoiti va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Kapillyar va nokapillyar g‘ovakliklar nisbati 1:1 bo‘lganda tuproqning suv, havo va oziq rejimi eng qulay bo‘ladi. Tuproqning havo suv, oziq va issiqlik rejimlari haydalma qatlam tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Tuproq uchta fazadan: qattiq,suyuq va havodan iborat. M. V. Muhammadjonov ma’lumotlariga qaraganda, g‘o‘zaning vegetatsiya davri oxirida 1 tupining umumiy ildiz massasi 65,68 g bo‘lgan, shundan 40,36 g, Fedchenko tajriba stansiyasida o‘tkazilgan tajribada esa umumiy ildiz massasi 61,78 g bo‘lgani xolda buning 39,78 g xaydalma qatlamda joylashganligi aniqlandi. Haydalma qatlam qanchalik qalin, unumdor bo‘lsa o‘simliklarning ildiz tizimi shunchalik chuqur qatlamlarga taralib o‘sadi va syerhosil bo‘lib etiladi. Haydalma qatlami qalin yerlarda nam tuproqning pastki qatlamlariga o‘tadi va atmosfyera bilan tuproq o‘rtasida havo almashinishi yaxshilanadi. Tuproqning qattiq fazasi va undagi bo‘shliqlar hajmlarining nisbati haydalma qatlam tuzilishi deyiladi.

Tuproq bo‘shliqlari (g‘ovaklari) shartli nokapillyar va kapillyarga bo‘linadi. Bunda tuproq agregatlari, strukturlari va yirik qum zarrachalari orasidagi bo‘shliqlar nokapillyar g‘ovaklikka, tuproq agregatlari ichidagi hamda mayda zarachalarning bir-biriga tegib turgan tor qilsimon oraliqlari esa kapillyar g‘ovaklikka mansubdir. Nokapillyar va kapillyar g‘ovakliklarning yig‘indisi tuproqning umumiy g‘ovakligini tashkil etadi. Qanday g‘ovakliklarni kapillyar eki nokapillyar deyish ancha murakkab masala. SHuning uchun ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan ma’lumotlarga amal qilamiz. Masa-lan, diametri 1-2 mm dan kichik g‘ovakli kapillyar, undan kattalari esa nokapillyar g‘ovaklik deyiladi. Tuproq g‘ovakliklarini noka-pillyar va kapillyarlarga ajratish uning ayrim fizik xossalarini aniqlashga imkoniyat yaratadi. Tuproq tuzilishi muhim unumdorlik ko‘rsatkichi hisoblanadi. CHunonchi, tuproqning nokapillyar va kapillyar g‘ovakliklar xajmining nisbati uning suv o‘tkazuvchanligiga, suv ko‘taruvchanligiga, nam sig‘imiga, nam bug‘lanishiga, havo almashinishiga va mikroorganizmlarning faoliyatiga ta’sir etadi. Tuproq tuzilishini o‘zgartirish yo‘li bilan ayerob va anayerob mikroorganizmlarning faoliyatini kuchaytirirish yoki susaitirish mumkin. Ayerob baktyeriyalarning faoliyati rivojlantirilsa, organik moddalarning minyerallashishi tezlashadi. Aksincha, anayerob jarayonlar kuchaytirilsa, organik moddalarning parchalanishi sekinlashadi. Nokapillyar g‘ovakliklar ko‘paysa, namning tuproqni ustki qatlamidan quyi qatlamiga harakati tezlashadi va aksincha. Agronomik nuqtai nazardan bu ikki xil g‘ovaklikning nisbati katta ahamiyatga ega. Kapillyar g‘ovaklik suvni botiq yoki bo‘rtma kuch bilan o‘zida ushlab turish xususiyatiga ega, nokapillyar g‘ovaklik esa suvni o‘zida ushlab turolmaydi va gravitatsion kuch bilan quyi qatlamlarga harakat qiladi. Kapillyar g‘ovakliklar tufayli ekinlar sug‘orilgandan keyin yana suv qo‘yg‘unga qadar o‘tgan vaqt mobaynida tuproqning quyi qatlamlaridan o‘simlik ildizi taralgan qatlamlarga nam ko‘tarilib uni suv bilan ta’minlaydi. Tuproq suvni

quyi katlamlarga yaxshi o‘tkazsa-yu, kapillyar g‘ovaklik yaxshi bo‘lmasa nam yukori qatlamlarga ko‘tarilmaydi, demak sug‘orishning nafi yaxshi bo‘lmaydi. Tuproqning tuzilishi mexanik tarkibiga, donadorligiga va uning joylashishiga bog‘liqdir. Tuproq (zarrachasi) agregatning yiriklashishi bilan umumiy, ayniqsa nokapilyar g‘ovaklik orta boradi. Buni Doyarenko ma’lumotlaridan ham ko‘rish mumkin. (1.2- jadval) 1.2-jadval Agregatlarning yirik-maydaligiga ko‘ra tuproq tuzilishi (tuproq xajmiga nisbatan % hisobida) G‘ovaklar Agregatlarning diametri (mm) 0,5 0,5-1,0 1-2 2-3 3-5 K apillyar 44,8 25,5 25,1 24,5 23,9 Nokapillyar 2,7 24,5 29,6 35,1 38,7 Umumiy g‘ovaklik 47,5 50,0 54,7 59,6 62,6 Tuproqning zichligi uni agronomik nuqtai nazardan ta’riflashda etarli ko‘rsatkich bo‘lolmaydi, ammo uning muhim tabiiy xossalarini aniqlashda bu ko‘rsatkichdan foydalaniladi. Tuproqning o‘rtacha zichligi yoki hajm massasi muhim ahamiyatga ega. Ammo tuproqning zichligi tushunchasini uning qattiqlik tushunchasi bilan chalkashtirmaslik kyerak. Yerga botib yoki suqilib kirayotgan biror narsaga ko‘rsatayotgan qarshiligi tuproqning qattiqligi deyiladi va kg/sm 2 bilan ifodalanadi. Tuproqning qattikligi zichligi, yopishqoqligi va namligiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Mexanik tarkibi og‘ir, ya’ni ishlash-haydash, kulьtivatsiyalash va hokazolar qiyin bo‘lgan tuproq zich tuproq deyiladi. Bunday tuproqlarga ko‘p miqdorda organik o‘g‘itlar solib, qumoq tuproqlarga qaraganda zichligini birmuncha kamaytirish mumkin. SHunda zichlik agrotexnika tadbirlarining sifatli o‘tkazilishiga to‘sqinlik qiladi. SHuning uchun ham, masalan, kuzgi shudgorlashdan oldin yerning holatiga qarab, zarur bo‘lsa sug‘orib, yer etilgandan keyin haydash lozim.