Xamsanavislik. Muqadima va xotimalarning dostonlar g‘oyaviy mundarijasi bilan bog‘liqligi
Xamsanavislik. Muqadima va xotimalarning dostonlar g‘oyaviy mundarijasi bilan bog‘liqligi Reja: I.Kirish Xamsa haqida ma`lumot Xamsachilik an`anasi haqida ma’lumot II.Asosiy qism Xamsa muqaddimalarining dostonlar g ‘oyaviy mundarijasi bilan bog‘liqligi Xamsa xotimalarining dostonlar g ‘oyaviy mundarijasi bilan bog‘liqligi III.Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Kirish XV asrda Sohibqiron Amir Temur bobomiz asos solgan va uning munosib avlodlari davom ettirgan muhtasham saltanat yurtimizda ikkinchi uyg ‘onish davri ,ya’ni ikkinchi Renessans davrini boshlab berdi. Bu davrda Qozizoda Rumiy , Mirzo Ulug‘bek, G ‘iyosiddin Koshiy, Ali Qushchi singari benazir olimlar, Lutfiy, Sakkokiy, Hofiz Xorazmiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo kabi mumtoz shoir va mutafakkirlar maydonga chiqdi. Sharfiddin Ali Yazdiy, Xondamir kabi tarixchilar, Mahmud Muzahhib, Kamoliddin Behzod singari musavvirlar, ko‘plab xattot va sozandalar, musiqashunos va me’morlarning shuhrati dunyoga yoyildi. 1 Sharqda xamsachilikning o‘ziga xos tarixi va an’anasi mavjud. “Xamsa” yozishni ozarbayjonlik ulug‘ shoir Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan. Lekin u bu asarini avvaldan niyat qilib, ma’lum bir reja asosida yaratmagan. Nizomiy 1173—1179- yillarda Arzinjon hokimi Faxriddin Bahromshohga bag‘ishlab “Maxzan ul-asror” (“Sirlar xazinasi”) nomli pandnoma yozadi. 1180—1181- yillarda Iroq hukmdori To‘rg‘ul II ning iltimosiga ko‘ra “Xusrav va Shirin” dostonini yaratadi. 1188- yilda Shirvonshohlardan AxsatanI Nizomiyga “Layli va Majnun” dostonini yozishni buyuradi. 1196- yilda hukmdor Alovuddin Ko‘rpa Arslonning topshirig‘i bilan Bahrom haqida “Haft paykar” (“Yetti go‘zal”) yoziladi. 1196—1201- yillarda “Iskandarnoma” yaratiladi. Shu tariqa 1173—1201- yillar oralig‘ida – 28 yil davomida muallifning besh dostoni dunyo yuzini ko‘rdi. Shundan so‘ng adibda turli yillarda bitilgan bu dostonlarni jamlab, yagona bir nom bilan atash fikri tug‘ilgan va “Panj ganj” (“Besh xazina”) nomi bilan mashhur bo‘lgan birinchi “Xamsa” vujudga kelgan. 1 Mirziyoyev Sh.M. o ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O ‘qituvchilar va murabbiylar kuniga bag‘ishlamgan tantanali narosimdagi nutqi -2020 30-sentabr
Nizomiy Ganjaviyning dostonlari turli davrlarda alohida asar sifatida maydonga kelgan. Biroq u ulkan an’anaga asos solayotganligini his etgan, unga ergashuvchilar bo‘lishini bashorat qilgan. U shunday yozadi “ Menki bu manzilga hammadan oldin qadam qo‘ydim, so‘z olmosidan o‘tkir tig‘ yasadim. Bu tig‘ ortdan keluvchilarning boshini tanasidan judo qiladi. Nizomiyning keskir qilichi qancha eskirsa ham, o‘tkirligicha qolaveradi. Akademik B.Valixo‘jaev bu haqda shunday yozadilar: “Nizomiy yaratgan besh poemaning yaxlit, monumental asarligi va uning yangi adabiy hodisa ekani keyinchalik aniqlanib, shoir yaratgan asarlar sikliga “Panj ganj” – “Besh xazina” nomi berilgan edi”. “Sirlar xazinasi” Nizomiy Ganjaviyning ilk yirik hajmdagi asaridir. Yaqin va O’rta Sharq adabiyotida didaktik poema janrining eng qimmatli namunalaridan biri bo’lgan bu asar shoir ijodida epik she’r sohasida ilk qalam tajribasi edi. Asar hijriy sana bilan 570 -yilda yozilgan, bu esa milodiy taqvimda 1174 - 1175 -yillarga to’g’ri keladi. “Sirlar xazinasi” zohiran Nizomiygacha yozilgan Yaqin va O’rta Sharq adabiyotida keng tarqalgan didaktik asarlar silsilasiga kiradi. Mavzu va maqsad bo’yicha muayyan darajada “ Kalila va Dimna ”, “Qutadg’u bilik”, “Hadiqat ul-haqiqat”, “ Siyosatnoma ”, “ Qobusnoma ”, “Jahor maqola” va boshqa shu kabi asarlarga yaqin bo’lgan “Sirlar xazinasi” ulardan farqlanib turadi. Nizomiy o’zigacha bo’lgan didaktik adabiyotni tugallab, unga yana-da yuksak gumanis va demokratik tomonga yo’naltirgan. Nizomiy Ganjaviy “Sirlar xazinasi”ni yozganda, o’zigacha bo’lgan Sharq adabiyotida qotib qolgan bir qator an’analarni takomillashtirgan holda original mavqedan yondashgan. Bu jihat birinchi marta hind olimi A. A. Ahmadning diqqatini jalb etdi. Uning qayd etishicha, “ Xoja Nizomiy Ganjaviy qadimiy uslubni o’zgartirib, masnaviy aytishda yangi tarz ixtiro etdi, so’zni bezadi va birinchi bo’lib u bu nozik, qiyin yo’ldan borib, nomunosib so’zning ortiqlarini, noxush, tosh-kesakli va yoqimsiz qofiyalarni bu yo’ldan tozalab, she’r mulkini nizomga solgan ”. Nizomiy “Sirlar xazinasi”da asosiy mohiyatga boshlamasdan avval
tavhid, na’t, meroj, asar bag’ishlangan shaxsga xitob, kitobning yozilish sababi va oxirda xatmi kitob, shuningdek, har bir nazariy maqolaga oid faqat bir didaktik hikoya berish kabi formalarni adabiyotga olib kirish bilan didaktik poema janrini shakl jihatdan takomillashtirgan. Fors-dariy tilida Nizomiyning “Sirlar xazinasi”gacha aruz vaznining sariy bahrida alohida baytlar bo’lsa ham, katta hajmli didaktik poemalarda bu bahrdan foydalanilishi haqida hech qanday ma’lumot yo’q. “Sirlar xazinasi”dan avval yozilgan didaktik poemalar esa aruzning hazaj bahrida yozilgan. Nizomiyning xamsasida ko’p miqdorda maqollar, zarbumasallardan, aforizm va iboralardan foydalangan va o’z asarining badiiy qimmatini orttirgan. Jumladan, uning xalq ijodidan, folklordan olgan ifodalari, asosan, Ozarbayjon xalqiga tegishli bo’lgan. Aynan shu sababli ham Ozarbayjon xalqining odat-an’analarini, til va ibora xususiyatlarini bilmasdan “Sirlar xazinasi”da aforizm va zarbumasallar bilan ifodalangan chuqur ma’noni butunlay qamrab olishning imkoni yo’q. Shuning uchun ham “Sirlar xazinasi”ni chuqur anglab yetish uchun har tomonlama, universal bilimga ega bo’lish lozim. Y. E. Bertels “Sirlar xazinasi”ning bir qator baytlarining G’arb va Sharq tadqiqotchilari tomonidan to’g’ri sharhlanmaganini aytib, chuqur ma’noli aforizmlar bilan ifodalangan baytlarni keng tahlil qilgan. Shu bilan birga Y. E. Bertels “Sirlar xazinasi”da qiyin tushuniladigan tashbeh va tarkiblarning ishlatilganini, shoir asar tilini bilaturib qiyinlashtirganini qayd etadi. “Sirlar xazinasi” xalq ijodidan kelgan ko’p ma’noli ifodalar bilan, idiomalar bilan, frazeologik iboralar bilan boy bo’lgani uchun uning chuqur ma’nosini tushunish chindan ham ba’zi qiyinchiliklar tug’diradi. Y. E. Bertelsning poema tili haqidagi mulohazalaridan shunday natija kelib chiqadiki, “Sirlar xazinasi” oddiy xalq doirasi uchun emas, yuksak savodli zodagon tabaqa uchun yozilgan. "Xusrav va Shirin" Nizomiy Ganjaviyning ikkinchi poemasidir. Asar 1180 -yilda fors tilida yozilgan. Nizomiy Ganjaviy bu asarni Otabey Shamsiddin Muhammad Jahon Pahlavon Eldegizga ( 1173 – 1186 ) bag’ishlangan. Asarda Jahon Pahlavondan
boshqa To’g’rul ibn Arslon Saljuqiy ( 1178 – 1194 ) va Qizil Arslonning ( 1186 – 1191 ) ham nomlari tilga olingan. Asar syujetining asosida Sosoniy shohi II Xusrav Parviz ( 590 - 628 ) va uning turmush o’rtoqlaridan biri bo’lgan Shirin haqida keng tarqalgan “Xusrav va Shirin” afsonasi turadi. Hali Nizomiydan ancha avval “Xusrav va Shirin” dostonini ilk bora Firdavsiy (X asr) “Shohnoma”ning tarkibida nazmda qalamga olgan. Lekin Firdavsiy asarining ichida epizodik sahna yaratish bilan “Xusrav va Shirin” dostoniga qisqa to’xtalib o’tgan. Bu mavzuni keng planda ishlashni Nizomiy Ganjaviy o’z zimmasiga olgan va ilk bora “Xusrav va Shirin” mavzusida masnaviy yozgan. Ba’zi tadqiqotchilarning fikriga ko’ra esa Nizomiy Ganjaviy “Xusrav va Shirin”ni Faxriddin Asad Gurgoniyning “Vays va Ramin” poemasining bevosita ta’siri ostida yozgan. Eronda “ Xusrav va Shirin ” ning ilmiy tanqidiy matnini Vohid Dastgerdi tayyorlab nashr ettirgan . Vohid Dastgerdi tuzgan nusxa o’ttiz qadimiy va mo’tabar qo’lyozmasining muqoyasasi natijasida aniqlangan. Bu nusxalar 1300 - 1689 -yillar orasida yozilgan. Bu va boshqa jihatlarini hisobga olsak, Vohid Dastgerdi nashr etgan nusxa poemaning eng ishonarli nusxalaridan biri desak bo’ladi. Dastgerdi tuzgan nusxada poema misralarining soni 12508 dir. Yana bir muhim manba hisoblangan L. A. Xetaqurov tuzgan nusxada misralar soni 12330 dir. Xetaqurov tuzgan ilmiy-tanqidiy matn dunyoning mashhur kutubxonalarida saqlangan o’nta eng qadimiy, ishonchli nusxa asosida tuzilgan, shuningdek, Dastgerdining nashridan ham foydalangan holda izlanishlar olib borilgan. Dastgerdi tuzgan nusxa Xetaqurov tuzgan nusxadan 278 misra ortiqdir. “Xusrav va Shirin” poemasi Nizomiy Ganjaviy Xamsanining eng qiziqarli asarlaridan biri bo’lsa ham, aynan bu asar tadqiqiga bag’ishlangan tadqiqotlar juda kam. Bu sohada Q. Begdeli va Q. Aliyev asarlari alohida ahamiyatga ega. Eron olimlaridan Vohid Dastgerdi ilk bora shoir asarlarining mukammal ilmiy-tanqidiy matnlarini tayyorlab chop etgan, shuningdek, Nizomiy asarlarida tushunish qiyin bo’lgan so’zlar lug’atini tuzgan. Lekin asarlarning ilmiy tahlili bilan shug’ullanmagan. Eron olimlaridan Nizomiy asarlari tadqiqiga alohida e’tibor bergan. "Ahvolo asare-qasaedo g’azalliyyate-Nizamiy Ganjaviy" asari muallifi Said Nafisiydir. Muallif bu asarida asosan Nizomiy davri, asarlarini kimga