logo

Yog’och materiallarini arralash

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

4126.767578125 KB
Mavzu:  Yog’och materiallarini arralash  
Reja :
1. Durodgarlikda ishlatiladigan arra  turlari.
2. Arralarni ishga sozlash.
3. Arralarda ishlaganda xavfsizlik qoidalari. Durodgarlikda ishlatiladigan arra  turlari.
Yog‘och materiallaridan buyumlar tayyorlashda yog‘ochni turli yo‘nalishlarda
qirqish   ishlarini   bajarish   kerak   bo‘ladi.   Bunda   yog‘ochni   ko‘ndalangiga,   bo‘yiga,
xar xil qiyalikda ham turli egri chiziqlar bo‘ylab qirqiladi. Bu ishlar asosan har turli
arralar yordamida arralash orqali bajariladi. Bu arralar tuzilishiga ko‘ra qo‘l kuchi
ishlatiladigan,   elektr   va   zanjirli   arralarga   bo‘linadi.   Yog‘ochdan   boshqa
materiallarni arralash uchun maxsus arralar ishlatiladi. 
Yog‘och uchun qo‘l kuchi bilan ishlatiladigan arralar kishi ishlatiladigan qo‘l
arra   (dasta   arra)   lar   hamda   ikki   kishi   birgalikda   ishlatiladigan   sarjin   (g‘o‘labo‘r)
arralar va taxtabur arralarga bo‘linadi. Ushbu barcha arralarning xillari ko‘p bo‘lib,
ularning   asosiy   qismi   po‘latdan   tayyorlanadigan   arra   tanasi   xisoblanadi.   Arra
tanasining uzun tomonidagi bir yonidan arra chiqariladi. Arra tanasining uzunligiga
ko‘ra   uzun   va   qisqa,   qalinligiga   ko‘ra   qalin   va   yupqa,   kengligiga   ko‘ra   keng,   tor,
ingichka   va   qil   arra   turlariga   bo‘linadi.   Tishning   tuzilishiga   ko‘ra   bir   tomonga
arralaydigan,   ikki   tomonga   arralaydigan   hamda   tishining   kattaligiga   ko‘ra   yirik,
o‘rta, mayda tishlar arralarga ajratiladi. Bir arra turi o‘zi moslashtirilgan aniqlik va
sifatiga   ega   bo‘lgan   arralash   ishlarini   bajarishga   xizmat   qiladi.   Ularning   ayrimlari
mamlakatimizning   turli   joylarida   bir   necha   xil   maxalliy   nomlari   bilan   ham
nomlanadi. 
Bulardan qo‘l arralarining turlari ko‘p bo‘lib, ular tanasi va unga biriktirilgan
yog‘och,   plastmassa   yoki   metall   dastadan   iborat.   Ular   bir-biridan   tanasining
uzunligi, qalinligi hamda tishlari bilan farqlanadi. Ularning tishi o‘rtacha kattalikda
bo‘ladi. Qo‘l arralarning tishlari qanchalik mayda va tanasi kalta bo‘lsa, shunchalik
nozik   va   yuqori   aniqlanadigan   aralash   ishlari   bajariladi.   Shunday   ishlarda
foydalaniladigan ar r alarni chok arra, kalta arra, turtma arra deb ataladi. Bu arralar
faner va yog‘ochdan shakldor buyumlar aralash uchun ishlatiladi. Bu arralarni dast
arra, shadabo‘r arra deb ham ataladi. 
Qo‘l   arralarning   burcharra,   burama   yoy   arra   deb   ataladigan   hamda   boshqa
turlari ham bor. Burcharralar   tanasi   yupqa   bo‘lib,   tor   iz   hosil   qilish   orqali   aniq   arralash
ishlarini bajarish uchun xizmat qiladi. Shu bilan birga arralash uchun kamroq kuch
sarflash imkonini beradi. Ularni ishlatish vaqtida yupqa tanasini tarang tutib turish
uchun   maxsus   moslamadan   foydalaniladi.   Shunday   moslamaga   o‘rnatilgan
burcharraning tuzilishi arra tanasi, 2 ta quloq, 2 ta dasta, 1 ta kergi chilvir va burov
tayoqchasidan iborat.
Bu   arrani   ishlatish   vaqtida   tanasi   tarang   tutib   turish   uchun   chilvir   orasidan
o‘tkazilgan  burov tayoqchasini  aylantirib  chilvirni  taranglash  kerak.  Bur  arralarni
kashakli arra, yoy arra deb ham ataladi. 
Burilma yoy arralar taqasimon tutqichga maxkamlanadi yupqa ensiz va kalta
arra   tanasidan   iborat   ixcham   qo‘larra   bo‘lib,   faner,   yupqa   taxta   va   boshqa
materiallardan   shakldor   buyumlar   arralash   uchun   ishlatiladi.   Bunday   arralar
tanasining   qalinligi   0,6-1,25   mm   eni   2-10   mm,   uzunligi   200-350   mm   gacha
bo‘ladi. Burilma arralarning lobzik yoki qil arra deb ham ataladi. 
  Sarjin   arra   yog‘och   g‘o‘lalarini   2   kishi   bo‘lib   arralash   uchun   ishlatiladi.   Bu
arralarning   tanasi   uzun   va   keng   bo‘lib,   uning   ikki   uchiga   yog‘och   dastalar
o‘rnatiladi.   Bu   dastalarning   o‘q   chizig‘i   arra   tanasi   bilan   bir   xil   tekislikda
o‘rnatiladi.   Sarjin   arrani   g‘albo‘r   arra   deb   ham   ataladi.   Ularning   tanasi   turli
uzunlikda   tayyorlanadi.   Taxtabo‘r   arra   yo‘g‘on   yog‘ochlardan   ikki   kishi   bo‘lib
taxta   tilishda   ishlatiladi.   Bu   arradan   foydalanishda   yog‘ochni   taxta   tiluvchilarning
biri uning ostida va ikkinchisi ustida turib arralashlari uchun maxsus tayyorlangan
joyga   maxkamlanadi.   Taxtabo‘r   arraning   dastalari   uning   tanasi   tekisligini   ikki
yoniga tik  chiqib turadigan xolatda  o‘rnatiladi.  Yo‘g‘on  yog‘ochlardan  taxta tilish
uchun   ishlatiladigan   taxtabo‘r   arrani   ishlatilayotganda   yuqori   bo‘ladigan   uchidagi
dastasini shu uchidan davom ettirilgan metall tayoqning uchiga o‘rnatiladi. Buning
natijasida taxta tilinayotgan yog‘ochning ustiga arra tortayotgan odamning kamroq
egilishini   ta’minlaydi.   Arralar   vazifasiga   ko‘ra   qirquvchi,   tiluvchi   arralash
arralariga bo‘linadi .  Bu arralar bir-biridan tishlarining shakli bilan farq qiladi.  Qirquvchi   arralar   yog‘ochni   ko‘ndalang   qirqish   uchun   ishlatiladi.   Ularning
tishlari teng yoki uchburchak shaklida bo‘lib, ular arra tanasining davomidan o‘tkir
uchlari tashqariga tik yo‘nalgan xolda chiqariladi. 
Tiluvchi   arralar   yog‘ochni   bo‘yiga   arralab   tilish   uchun   ishlatiladi.   Ularning
tishi   o‘tkir   burchakli   bo‘lib,   ular   arra   tanasi   davomidan   tashqarida   tik   yo‘nalgan
uchburchak shaklida chiqariladi. 
Yoy   arralarni   yog‘ochni   ko‘ndalangiga   ham   da   bo‘yiga   arralash   uchun
ishlatiladi.   Bunday   arra   yog‘ochda   arra   tanasi   qalinligidan   kengroq   yo‘l   ochib
arralaydi.  (36-rasm)
36-rasm
Yog‘ochni   arralayotganda   arra   tanasi   qisilib   qolmasligi   uchun   shunday
qilinadi.   Bunda   tishlar   arra   tanasining   qalinligiga   qarab,   undan   1   yoki   2   mm
kengroq   chiqariladi.   Chappa   rosta   qilishda   arra   tishlari   ikkala   yonga   bir   xilda
burilishi shart. Shunday bo‘lmasa, bunday arra bilan aniq arralash talab qilinadigan
ishlarni   bajarib   bo‘lmaydi.   Mayda   tishli,   tanasi   yupqa   arralarni   ko‘pincha   chappa
rosta qilinmaydi.
Arralarning tishlari egov bilan charxlab o‘tkirlab turiladi. Arrani uning hamma
tishlari   bir   xil   darajada   o‘tkirlanishi   shart.   Shunday   bo‘lmasa,   bunday   arra   bilan
aniq   arralash   zarur   bo‘lgan   ishlarni   bajarib   bo‘lmaydi.   Rejalangan   yog‘ochni   qo‘l
arra bilan arralashda  reja chizig‘i  arra  izining chetida  qolishi  lozim. Arrani  to‘g‘ri
ushlashni  va  uni  ishlatayotganda   reja  chizig‘i  bo‘ylab arralarni   yaxshilab  o‘rganib olish   uchun   arrani   birinchi   xarakatida   45   s   gacha   qiya   ushlanadi.   Lekin   fanera,
karton yoki yupqa yog‘ochlarni arralashda 15 s gacha yotiq xolda ushlanadi.
Yupqa materiallarni arralash uchun mayda tishli arradan foydalaniladi.
Arralanayotgan   materialniushlab   turgan   qo‘l   jaroxatlanmasligi   uchun   birorta
yog‘och bo‘lagidan iborat tirgak qirrasini arralash chizig‘i ustida to‘g‘rilab qo‘yish,
ushlab turish va arrani unga taqab yurgizish lozim.
Yog‘och   materialini   kerakli   burchak   ostida   aniq   aralash   uchun   maxsus
moslamadan   foydalaniladi.   Bu   moslamani   porsi   qolip   deyiladi.   Arralayotgan
yog‘och materialni tutib turishni osonlashtirish uchun bir uchiga tirgak o‘rnatilgan
taglik taxtadan foydalaniladi. 
Arradan foydalanishda quyidagi xavsizlik qoidalariga rioya qilish shart.
1. Arralanadigan   materialni   dastgoh   iskanjasiga   qimirlamaydigan   qilib
o‘rnatish.
2. Arralashni boshlashda arani reja chizig‘i bo‘yicha to‘g‘ri yo‘naltirish uchun
birorta yog‘och bo‘lagidan iborat tirgakdan foydalanish.
3. Arralashni  boshlayotganda  arra tishlarini  qo‘l  barmoqlari  bilan yo‘naltirish
mumkin emas.
4. Arralash vaqtida qo‘lni arraga yaqin qo‘yib turish mumkin emas.
5. Arralash tugagandan keyin arrani dastgohdan o‘z o‘rniga qo‘yish shart.
6. Dastgo h ni qipiqlardan cho‘tka yoki kichik supurgi bilan tozalash.
Qo‘l arralar bilan ishlash
Qo‘l arra bilan yog‘ochni uzunasiga tilish, ko‘ndalangiga arralash mumkin.
Arralash   oldidan   burch   arra   polotnosiniig   tekisligi   va   tarangligini   tekshirib   olish
kerak .  (37-rasm)          
37-rasm
Arralash vaqtida arra tiqilib qolsa, tishlarini n g kerilish darajasini tekshirib
olish   zarur.   Dastgoh   yoki   stolga   mahkamlangan   taxtani   uzunasiga   tilish   uchun
reysmus   bilan   rejalab   olinadi.   Taxtani   stol   yoki   dastgohga,   uning   arralab
olinadigan qismi chetga chiqib turadigan qilib mahkamlash kerak. Shundan keyin
dastgoh yoniga rasmda ko‘rsatilgan vaziyatda turib olinadi. Endi arrani erkin tutib,
arra   tishlarini   yog‘ochga   ohista   tegizib,   pastga   tortish   va   arra   tishlarini   bir   oz
ko‘tarib,   orqaga   itarish   kerak   va   hokazo.   Ishni   shoshmasdan,   bir   tekis,   kesish
harakatlar qilmay hamda arrani keragidan ortiq bosmay bajarish kerak.
Arralash   vaqtida   arrani   raso   tik   tutish   kerak   aks   holda   yog‘och   noto‘g‘ri
arralanadi. Yog‘ochni ko‘ndalang arralaganda taxtani dastgohga  qo‘yib, chap qo‘l
bilan   tutib   turiladi,   o‘ng   qo‘l   bilan   esa   tortqili   arraning   qisqa   brusidan   ushlab,
uncha   qattiq   bosmay   bir   tekis   arralay   boshlanadi.   Arralash   oxiriga   etganda
harakatni sekinlashtirish, arralanib olinadigan qismini esa (sinib ketmasligi uchun)
chap qo‘l bilan tutib turish kerak
Arra   pitirsiz,   ko‘kishsiz   va   lqa   nuqsonlarsiz   charxlanishi   m.   Arralarning
tishlari   qiyshiq   gani   uchun   ularni   charxlashda   mi   60-70°   burchak   ostida   ushlash
kerak. Bittadan tish atib bir tomondan charxlab bo‘lgach, tishlar ikkinchi tomondan
charxlanadi.
Dastarralar odatda egov bilan arralanadi  ( 38 -rasm, a-e). Arralarni yog‘och
bo‘yiga   charxlashda   uch
qirrali,   rombsimon,
dumaloq   va   yassi   egovlar ishlatiladi.   Arralar   tishlarining   uchlari   bir   xil   balandlikda   bo‘lishi   kerak,   buning
uchun   uch   qirrali   kesigi   bo‘lgan   kolodkaga   egov   o‘matiladi,   keyin   arra   kiydirilib
polotnosi bo‘yiga suriladi, natijada tish uchlari tekislanadi (38-rasm, f).
Bo‘yiga   arralanadi-gan   taxta   dastgoh   yoki   stol   ustiga   shunday   o‘rnatilishi
kerakki,   bunda   arralab   olinadigan   qism   chetga   chiqib   tursin.   Xatkash   yoki
chizg‘ich   bilan   arralash   chizig‘i   o‘tkaziladi.   Chap   qo‘l   bilan   tirgakning   orqa
tomoniga   yaqin   joyidan   ushlab,   o‘ng   qo‘l   bilan   tirgakning   ikkinchi   uchidan
polotnoga yaqin joyidan ushlab (39-rasm) dastgoh oldiga turiladi. Erkin harakatlar
bilan   arrani   arralash   tubiga   tirab,   pastga   tortish   arra   tishlarini   biroz   ko‘tarib
yuqoriga   (salt   yurishda)   tortish   kerak.   Arralash   jarayonida   arrani   vertikal   ushlash
lozim, aks holda yog‘och qiyshiq arralanishi mumkin.
Yog‘ochlarni   bo‘yiga   arralashda   mayda   tishli   dastarra   va   burcharralardan
ham   foydalansa   bo‘ladi.   Yog‘ochni   arralayotganda   yog‘ochning   kerak   qismini
chap qo‘l bilan tutib arralashga odatlanish lozim.  
Dastgohda bo‘laklarni ko‘ndalangiga arralash. Tilinadigan yog‘och dastgoh
iskanjasiga siqib o‘rnatilishi ham mumkin. Arralash boshida yog‘ochda iz hosil 
bo‘lguncha arrani bir necha bor orqaga, ya'ni o‘zingizga tortiladi, so‘ng arralash 
davom ettiriladi.
 
Yog‘och   xomashyolarini   arralash   tartibi   quyidagicha:   arraning   ishga
tayyorligini   aniqlash;   rejalangan   yog‘ochni   dastgoh   iskanjasiga   nioslamalaridan
foydalanib   mahkamlash;   reja   chizig‘idan   arrani   bir   yurgizib   iz   tushirish;   arrani
engil bosgan holda bir tekis arralash. Arralash jarayonida vaqti-vaqti bilan ko‘tarib 39-rasm. Taxtani bo‘yiga 
arralash. 40-rasm. Dastgohda bo‘laklarni ko‘ndalangiga 
arralash.38 -rasm. Arrani egovlab o‘tkirlash:   a) egovlaganda egovchining turishi;
b) tishlarni qiyshiq egovlaganda egovning turishi;  d) yoy arrani 
egovlash; 
e) yoy arrani yog‘och qolipiga qisib egovlash; f) yog‘och kolodkaga 
joylashgan egov bilan arra ichipi  tekislash. borish   talab   qilinadi.  Yog‘ochni   navbatdagi   balandlikka   ko‘tarishda   arra  taxtadan
chiqarib olinishi lozim, yoki taxta bilan birga tutib ko‘tarilishi shart. 
Taxtani   ko‘ndalang   arralaganda   (40-rasm),   taxta   dastgoh   ustiga   arralab
olinadigan   qismi   osilib   turadigan   qilib   qo‘yiladi,   keyin   taxtani   chap   qo‘l   bilan
ushlab,   bir   tekis,   bosmasdan
qirqib   tushiriladi.   Arralashni
tugatishdan   oldin   arra
harakatini   sekinlatib,   qirqib
tushiriladigan   qismi   sinib
ketmasligi   uchun   chap   qo‘l
bilan tutib turiladi. 
Torsovkalash   yoki
burchak   ostida   kesishda   yon   devorlarida   to‘g‘ri   va   ma’lum   burchak   ostida
joylashgan kesikli bo‘lgan qirqib tushirish yashigidan foydalaniladi 41-rasm. Arralash yashigiga joylab arralash. Asosiy adabiyotlar
1. N.A.Muslimov,   SH.S.SHaripov,   M.Qodirov.   “Texnik   ijodkorlik   va
dizayn”. - T.: “TDPU”, 2010. 
2. A.S.Iskandarov.   «Materiallarni   kesib   ishlash,   kesuvchi   asboblar   va
stanoklar.-T.: “Fan va texnologiya” 2004.
3. R.S.SHermuxamedov,   S.S.YAxyaev,   A.E.Parmonov.   CHilangarlikdan
amaliy ishlar.-T.: «Iqtisod-moliya» 2007.
4. G‘.M.Abduqodirov. Kasb ta’limi praktikumi.-T.: “Sharq” 2012.
Qo‘shimcha  adabiyotlar
1. V .A. Mirboboev.   “ Konstruksion   materiallar   texnologiyasi ” -   T.:
« O‘qituvchi » 2004 
2. K.B.Usmonov “Metall kesish asoslari” T.: «O‘qituvchi» 2004 y
3. Mangal S.K Mangal Uma. Educational technology Dehli-2012.
4. G’.R.Raxmonberdiyev,   M.T.Primqulov,   Yu.T.Toshpo‘latov.   Qog’oz
texnologiyasi asoslari. Toshkent-2009
5. A.Olimov,   A.qosimov   Mashinasozlik   texnologiyasi.   Toshkent
O‘zbekiston-2003
6. M.A.Babajonov   Texnologik   jarayonlarni   loyixalash   Cho‘lpon
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent-2009
7. Z.Sotvoldiyev Dizayn asoslari 2015
8. D.D.zuparova N.N.Karimov “Dizayn tarixi” 2015
9. D.A.Nozilov “O‘rta Osiyo dizayn tarixi” 1998

Mavzu: Yog’och materiallarini arralash Reja : 1. Durodgarlikda ishlatiladigan arra turlari. 2. Arralarni ishga sozlash. 3. Arralarda ishlaganda xavfsizlik qoidalari.

Durodgarlikda ishlatiladigan arra turlari. Yog‘och materiallaridan buyumlar tayyorlashda yog‘ochni turli yo‘nalishlarda qirqish ishlarini bajarish kerak bo‘ladi. Bunda yog‘ochni ko‘ndalangiga, bo‘yiga, xar xil qiyalikda ham turli egri chiziqlar bo‘ylab qirqiladi. Bu ishlar asosan har turli arralar yordamida arralash orqali bajariladi. Bu arralar tuzilishiga ko‘ra qo‘l kuchi ishlatiladigan, elektr va zanjirli arralarga bo‘linadi. Yog‘ochdan boshqa materiallarni arralash uchun maxsus arralar ishlatiladi. Yog‘och uchun qo‘l kuchi bilan ishlatiladigan arralar kishi ishlatiladigan qo‘l arra (dasta arra) lar hamda ikki kishi birgalikda ishlatiladigan sarjin (g‘o‘labo‘r) arralar va taxtabur arralarga bo‘linadi. Ushbu barcha arralarning xillari ko‘p bo‘lib, ularning asosiy qismi po‘latdan tayyorlanadigan arra tanasi xisoblanadi. Arra tanasining uzun tomonidagi bir yonidan arra chiqariladi. Arra tanasining uzunligiga ko‘ra uzun va qisqa, qalinligiga ko‘ra qalin va yupqa, kengligiga ko‘ra keng, tor, ingichka va qil arra turlariga bo‘linadi. Tishning tuzilishiga ko‘ra bir tomonga arralaydigan, ikki tomonga arralaydigan hamda tishining kattaligiga ko‘ra yirik, o‘rta, mayda tishlar arralarga ajratiladi. Bir arra turi o‘zi moslashtirilgan aniqlik va sifatiga ega bo‘lgan arralash ishlarini bajarishga xizmat qiladi. Ularning ayrimlari mamlakatimizning turli joylarida bir necha xil maxalliy nomlari bilan ham nomlanadi. Bulardan qo‘l arralarining turlari ko‘p bo‘lib, ular tanasi va unga biriktirilgan yog‘och, plastmassa yoki metall dastadan iborat. Ular bir-biridan tanasining uzunligi, qalinligi hamda tishlari bilan farqlanadi. Ularning tishi o‘rtacha kattalikda bo‘ladi. Qo‘l arralarning tishlari qanchalik mayda va tanasi kalta bo‘lsa, shunchalik nozik va yuqori aniqlanadigan aralash ishlari bajariladi. Shunday ishlarda foydalaniladigan ar r alarni chok arra, kalta arra, turtma arra deb ataladi. Bu arralar faner va yog‘ochdan shakldor buyumlar aralash uchun ishlatiladi. Bu arralarni dast arra, shadabo‘r arra deb ham ataladi. Qo‘l arralarning burcharra, burama yoy arra deb ataladigan hamda boshqa turlari ham bor.

Burcharralar tanasi yupqa bo‘lib, tor iz hosil qilish orqali aniq arralash ishlarini bajarish uchun xizmat qiladi. Shu bilan birga arralash uchun kamroq kuch sarflash imkonini beradi. Ularni ishlatish vaqtida yupqa tanasini tarang tutib turish uchun maxsus moslamadan foydalaniladi. Shunday moslamaga o‘rnatilgan burcharraning tuzilishi arra tanasi, 2 ta quloq, 2 ta dasta, 1 ta kergi chilvir va burov tayoqchasidan iborat. Bu arrani ishlatish vaqtida tanasi tarang tutib turish uchun chilvir orasidan o‘tkazilgan burov tayoqchasini aylantirib chilvirni taranglash kerak. Bur arralarni kashakli arra, yoy arra deb ham ataladi. Burilma yoy arralar taqasimon tutqichga maxkamlanadi yupqa ensiz va kalta arra tanasidan iborat ixcham qo‘larra bo‘lib, faner, yupqa taxta va boshqa materiallardan shakldor buyumlar arralash uchun ishlatiladi. Bunday arralar tanasining qalinligi 0,6-1,25 mm eni 2-10 mm, uzunligi 200-350 mm gacha bo‘ladi. Burilma arralarning lobzik yoki qil arra deb ham ataladi. Sarjin arra yog‘och g‘o‘lalarini 2 kishi bo‘lib arralash uchun ishlatiladi. Bu arralarning tanasi uzun va keng bo‘lib, uning ikki uchiga yog‘och dastalar o‘rnatiladi. Bu dastalarning o‘q chizig‘i arra tanasi bilan bir xil tekislikda o‘rnatiladi. Sarjin arrani g‘albo‘r arra deb ham ataladi. Ularning tanasi turli uzunlikda tayyorlanadi. Taxtabo‘r arra yo‘g‘on yog‘ochlardan ikki kishi bo‘lib taxta tilishda ishlatiladi. Bu arradan foydalanishda yog‘ochni taxta tiluvchilarning biri uning ostida va ikkinchisi ustida turib arralashlari uchun maxsus tayyorlangan joyga maxkamlanadi. Taxtabo‘r arraning dastalari uning tanasi tekisligini ikki yoniga tik chiqib turadigan xolatda o‘rnatiladi. Yo‘g‘on yog‘ochlardan taxta tilish uchun ishlatiladigan taxtabo‘r arrani ishlatilayotganda yuqori bo‘ladigan uchidagi dastasini shu uchidan davom ettirilgan metall tayoqning uchiga o‘rnatiladi. Buning natijasida taxta tilinayotgan yog‘ochning ustiga arra tortayotgan odamning kamroq egilishini ta’minlaydi. Arralar vazifasiga ko‘ra qirquvchi, tiluvchi arralash arralariga bo‘linadi . Bu arralar bir-biridan tishlarining shakli bilan farq qiladi.

Qirquvchi arralar yog‘ochni ko‘ndalang qirqish uchun ishlatiladi. Ularning tishlari teng yoki uchburchak shaklida bo‘lib, ular arra tanasining davomidan o‘tkir uchlari tashqariga tik yo‘nalgan xolda chiqariladi. Tiluvchi arralar yog‘ochni bo‘yiga arralab tilish uchun ishlatiladi. Ularning tishi o‘tkir burchakli bo‘lib, ular arra tanasi davomidan tashqarida tik yo‘nalgan uchburchak shaklida chiqariladi. Yoy arralarni yog‘ochni ko‘ndalangiga ham da bo‘yiga arralash uchun ishlatiladi. Bunday arra yog‘ochda arra tanasi qalinligidan kengroq yo‘l ochib arralaydi. (36-rasm) 36-rasm Yog‘ochni arralayotganda arra tanasi qisilib qolmasligi uchun shunday qilinadi. Bunda tishlar arra tanasining qalinligiga qarab, undan 1 yoki 2 mm kengroq chiqariladi. Chappa rosta qilishda arra tishlari ikkala yonga bir xilda burilishi shart. Shunday bo‘lmasa, bunday arra bilan aniq arralash talab qilinadigan ishlarni bajarib bo‘lmaydi. Mayda tishli, tanasi yupqa arralarni ko‘pincha chappa rosta qilinmaydi. Arralarning tishlari egov bilan charxlab o‘tkirlab turiladi. Arrani uning hamma tishlari bir xil darajada o‘tkirlanishi shart. Shunday bo‘lmasa, bunday arra bilan aniq arralash zarur bo‘lgan ishlarni bajarib bo‘lmaydi. Rejalangan yog‘ochni qo‘l arra bilan arralashda reja chizig‘i arra izining chetida qolishi lozim. Arrani to‘g‘ri ushlashni va uni ishlatayotganda reja chizig‘i bo‘ylab arralarni yaxshilab o‘rganib

olish uchun arrani birinchi xarakatida 45 s gacha qiya ushlanadi. Lekin fanera, karton yoki yupqa yog‘ochlarni arralashda 15 s gacha yotiq xolda ushlanadi. Yupqa materiallarni arralash uchun mayda tishli arradan foydalaniladi. Arralanayotgan materialniushlab turgan qo‘l jaroxatlanmasligi uchun birorta yog‘och bo‘lagidan iborat tirgak qirrasini arralash chizig‘i ustida to‘g‘rilab qo‘yish, ushlab turish va arrani unga taqab yurgizish lozim. Yog‘och materialini kerakli burchak ostida aniq aralash uchun maxsus moslamadan foydalaniladi. Bu moslamani porsi qolip deyiladi. Arralayotgan yog‘och materialni tutib turishni osonlashtirish uchun bir uchiga tirgak o‘rnatilgan taglik taxtadan foydalaniladi. Arradan foydalanishda quyidagi xavsizlik qoidalariga rioya qilish shart. 1. Arralanadigan materialni dastgoh iskanjasiga qimirlamaydigan qilib o‘rnatish. 2. Arralashni boshlashda arani reja chizig‘i bo‘yicha to‘g‘ri yo‘naltirish uchun birorta yog‘och bo‘lagidan iborat tirgakdan foydalanish. 3. Arralashni boshlayotganda arra tishlarini qo‘l barmoqlari bilan yo‘naltirish mumkin emas. 4. Arralash vaqtida qo‘lni arraga yaqin qo‘yib turish mumkin emas. 5. Arralash tugagandan keyin arrani dastgohdan o‘z o‘rniga qo‘yish shart. 6. Dastgo h ni qipiqlardan cho‘tka yoki kichik supurgi bilan tozalash. Qo‘l arralar bilan ishlash Qo‘l arra bilan yog‘ochni uzunasiga tilish, ko‘ndalangiga arralash mumkin. Arralash oldidan burch arra polotnosiniig tekisligi va tarangligini tekshirib olish kerak . (37-rasm)