logo

Yog’och materiallarni yo‘nish, o‘yish va teshish usullari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

1119.3154296875 KB
Mavzu:  Yog’och materiallarni yo‘nish ,  o‘yish  va teshish  usullari 
Reja:
1. Bolta bilan yog‘ochni yorish, chopish va yo‘nish .
2. Duradgorlikda ishlatiladigan randalar turlari.
3. Duradgorlikda ishlatiladigan iskanalarning turlari va tuzilishi. Yog‘ochni   yo‘nish   qo‘lda   bajariladigan   va   shu   tufayli   ko‘p   mehnat   talab
qiladigan   ish   bo‘lib,   odatda,   oddiy   duradgorlik   boltasi   bilan   qilinadi.   Bolta   U-7
yoki   U-8   markali   po‘latdan,   yasaladi,   sopi   esa   qayin,   zarang,   qayrag’och
yog‘ochidan   qilinadi.   Bolta   sopining   o‘rta   qismi   sal   bukriroq   bo‘ladi.   Chiqib
ketmasligi uchun sopni yaxshilab ponalanadi.  (28 - rasm)
28 - rasm
Bolta bilan yog‘ochni yorish, chopish va yo‘nish mumkin ( 29 -rasm, b, v).
Yo‘nish   deganda   yog‘ochdan   payraxa   ajratish   tushuniladi.   Bolta   bilan   yog‘och
tolalariga   ko‘ndalang   urib,   uni   bo‘lib   tushirilsa,   bu   operasiya   chopish   deyiladi.
Yog‘ochni,   ko‘pincha,  bir,  ikki,   uch  va   to‘rt   tomonidan,   shuningdek,   dumaloqlab
chopish   yoki   yo‘nish   mumkin.   yog‘ochni   ushbu   texnologik   tartibda   yo‘niladi:
yog‘ochni   tagliklarga   o‘rnatib,   zarur   bo‘lsa,   ponasimon   qistirmalar   bilan
mahkamlab   qo‘yiladi,   so‘ngra   bo‘rli   kanon   bilan   reja   chizig‘i   tortiladi.  
Yog‘ochning faqat bir yonini yo‘nib kanop bilan belgilab olinadi (29-rasm,
a),   buning   uchun:   yog‘och   (g‘o‘la)   uchlarida   yo‘nish   izlari   belgilanadi,   so‘ngra
ikkala   uchidagi.   reja   chiziqlarning   uchlarida   yog‘ochni   sal   kerib,   shu   ikki   o‘yiq
orasiga bo‘rlangan kanon tortiladi.  Endi   kanopning   o‘rtarog‘idan   ushlab   yuqoriga   ko‘tarib   qo‘yib
yuborilsa,   yog‘ochda   iz   qoladi,   o‘sha   chiziq   bo‘ylab   yo‘nish   uchun   usta   g‘o‘lani
ikki   oyog‘i   orasiga   olib,   tik   turadi.   So‘ngra   yo‘niladigan   tomonda,   taxminan,   har
yarim metr oralatib, yo‘nish chizig‘igacha qalinlikda bolta bilan kertib 29-rasm, b)
shu kertiklar orasini yo‘nib chiqadi (29-rasm, v). 
29 - rasm
Bunda reja chizig‘idan chuqurlashmaslikka e’tibor berish kerak. Bolta tegib
ketmasligi   uchun   ustaning   yo‘nish   tomonidagi   oyog‘i   yog‘ochdan   mumkin   qadar
uzoq turishi zarur.
Yog‘ochning  bir  yog‘i  yo‘nilgandan  keyin  uni  burib yotqizib,  to‘rt  qirrasi
yo‘niladigan   qilib   rejalab   olinadi   (29-rasm,   g)   va   galdagi   yo‘niladigai   yoqni
yuqorida aytganimizdek yo‘nib chiqiladi (29-rasm, d,e).
Yog‘ochni dumaloqlab yo‘nish uchun dastlab, uni to‘rt qirrali qilib yo‘nib
olinadi,   so‘ngra   qirralarni   kertib   chiqib,   andaza   (skoba)   yordamida   yo‘nib,
dumaloq   shaklga   keltiriladi   (30-rasm).   Ariqchalar   bolta,   iskana   yoki   randa
yordamida   a rchiladi,   bunda   ariqchaning   yonlari   bolta   bilan,   tubi   esa   iskana   yoki
randa   bilan   tekislanadi.   Bolta   bilan   yog‘och   chetlari   chiqiq   chiqarish   va   uyalar
ochishda ham oldin chizib olingan reja chiziqlaridan foydalaniladi .  
                   30 - rasm
Yog‘och   chetini   burchaklab   yo‘nish   quyidagicha   bajariladi:   reja   chizig‘i
bo‘ylab   chopib   chiqiladi,   chopiqlar   orasidagi   payraxa   olib   tashlanadi,   keyin   esa
reja   chizigiga   moslab   burchak   o‘zil-kesil   tozalanadi.   O‘zil-kesil   tozalashda
randadan ham foydalaniladi.
Ship yoki toresli chiqiq quyidagicha nchiqariladi: rejalab olingandan keyin
shipning asos tomonini ship yoqlariga perpendikulyar tekislik bo‘ylab (arrani ship
yoqlari tekisligidan ichkariga o‘tkazmasdan) aylanib arralab chiqiladi, so‘ngra ship
yoqlari chizigi bo‘yicha yorib olib tashlanadi.
Yog‘ochni   chopish   yoki   yo‘nish   uchun   asbobni   tayyorlashga   alohida
ahamiyat   berish   kerak;   bolta   yaxshilab   charxlanishi,   bolta   sopi   silliq,   yoriqsiz   va
ko‘zsiz   bo‘lishi   zarur.   Bolta   sopining   o‘qi   bolta   tig‘i   bilan   bir   tekislikda   yotishi,
sop   yog‘och   yoki   temir   pona   b i lan   yaxshilab   ponalanishi   shart.   Bolta   avval
charxtoshda   charxlanadi,   keyin   qayroqda   o‘zil-kesil   o‘tkirlab,   tigi   chiqariladi.
Boltani   dumaloq   charxtoshda     charxlaganda     bolta   tig‘ini   charx   toshga   tekizib
turish   kerak,   bunda   charxlash   burchagining   o‘zgarmasligiga   jiddiy   e’tibor   berish
zarur. Charxlash vaqtida bir qo‘l bilan bolta sopining o‘rtasida n , ikkinchi qo‘l bilan
boltaning orqasida n  ushlab turish kerak.
Charxtosh ko‘rsatilgandek, bolta tomo n ga anla n ishi kerak. 
Tog‘aradagi   suv   charxtoshni   ho‘llab   turadi   va   boltani   qizib   ketishdan
saqlaydi.   Charxlash   vaqtida   boltaning   dam   o‘ n g   tomonini,   dam   chap   tomonini
tutish kerak, shu n da bolta ikkala tomondan tek i s charxlanadi.  (31 - rasm)
   31 - rasm
Charxtoshda   charxlanganda   bolta   tig‘ida   g‘adir-budurliklar   hosil   bo‘ladi;
ularni qayroqda qayrab yo‘qotiladi  Bu maqsadda qayroqni suv bilan ho‘llanadi va
bolta   faskasini   qayroqqa   qo‘yib,   boltani   aylanma   harakatlantiriladi,   shu   yo‘sinda
boltaning   goh   bir   tomonini,   goh   ikkinchi   to monini   aylaptirib,   paypaslaganda   tig‘
sillnq   seziladigan   bo‘lguncha   bir   tekis   o‘tkirlanadi.   Endi   bolta   tig‘ining   qirovini
to‘kish   qoladi,   bu   maqsadda   suv   yoki   malina   moyi   surkalgan   qayroqdan
foydalaniladi. Bunda boltani chap qo‘lda, o‘ng qo‘lda esa qayroqni ushlab, faskaga
tekis   tegizib,   aylanma   harakatlantiriladi.   Ikkinchi   tomondagi   faskani   ham   xuddi
shunday  harakatlantirib  o‘zil-kesil qirov  yuqotiladi.  
Duradgorlikda ishlatiladigan randalar turlari
Yog‘ochdan buyum tayyorlash uchun kerakli material arralab olin gandan so‘ng
uning   sirtini   silliqlab   tekislash   va   aniq   o‘lchamga   keltirish   uchun   randalash   ishlari
bajariladi. Bu maqsadda turli  xil randalardan foydalaniladi 
Duradgorlik   randalari   vazifalariga   ko‘ra   sirtlarni   tozalash,   silliqlash,
tekislash maqsadida ishlatiladigan va maxsus randalarga bo‘linadi. Bular sherxebel,
taxta randa, mushranda, japs-randalardan, zakrov randa, chok randa, konish randa,
dila randa,  chorabzal randalar va boshqalardan iborat.   (32 - rasm)
                   
32 - rasm.   Duradgorlik randalar i turlari.
Sherxebel   yog‘och   materiallarning   sirtini   tozalash   va   qalin   payraxa   olish
yo‘li   bilan   xomaki   randalash   maqsadida   ishlatiladi.   Sherxebelning   asosiy   qismlari
kunda, tig‘ va ponadan iborat   bo‘lib, kundasining uzunligi 250-260 mm, eni 40-45
mm,   qalinligi   60   mm   bo‘ladi.   Tig‘ining   eni   30   mm   bo‘lib,   kesuvchi   qirrasi   yoy
shakliga   ega.   Bu   esa   qalin   payraxa   olib   oson   randalash   imkonini   beradi.   Qanday
qalinlikdagi   payraxa   olinishiga   qarab   tig‘ni   kundadan   turlicha   chiqariladi..
Sherxebelda sirtlarni silliq va  tekis randalab bo‘lmaydi.
Taxta randa   s irtlarni silliq randalash uchun taxta randa ishlatiladi.   Taxta
randa sherxebeldan kundasining enliligi va tig‘ining to‘g‘ri  bo‘lishi bilan farq qiladi.
Taxta  randa kundasining  eni  55-60 mm,   tig‘ining   eni   45-50  mm   bo‘ladi.   Bu   randa
yordamida   sirtlarni   sil liq   randalash   uchun   tig‘ni   yupqa   payraxa   oladigan   qilib
kundadan   mumkin   qadar   oz   chiqariladi.   Payraxa   qalin   olinsa,   sirtlar   sil liq
chiqmaydi. 
Ayrim   hollarda  o‘quvchilarning  yoshlarini, jismoniy  qobili yatlarini hisobga
olib   sirtlarni   silliqlash   maqsadida   taxta   randa   o‘rnida   sherxebeldan   foydalanish
mumkin. Buning uchun sherxebelning tig‘ini charxlab, to‘g‘ri tig‘li qilib beriladi.
Bu   holda   tig‘ning   eni   kambar   bo‘lib,   randalash   vaqtida   o‘quvchilar   ortiqcha
qiynalmaydilar.
Mushranda   to‘zilish   jihatidan   taxta   randadan   farq   qilmaydi.   Mushranda
tig‘ida   qo‘shimcha   temir   pushtak   bo‘lib,   u   payraxani   sindirish   vazifasini   o‘taydi. Shuning   uchun   temir   pushtakni   tig‘ning   kesuvchi   qirrasiga   yaqin   o‘rnatiladi.   Shu
tariqa o‘rnatilganda tig‘ chiqargan payraxani darhol qayirib sindiradi va randalashni
yengillashtiradi. Temir pushtak kesuvchi qirradan ortiqcha uzoq lashtirilmaydi. Aks
holda uning taxta randadan farqi qol maydi.
Mushranda yordamida yog‘och materiallarning sirti silliqlanadi, shuningdek,
yig‘ilgan   tayyor   buyumlarga   dastlabki   pardoz   beriladi,   buyum   sirtidagi
notekisliklar randalab tekislanadi.
Japs   randa.   Taxta   randa   va   mushranda   yordamida   uzun   va   enlik
taxtalarning   sirti   silliqlansa   ham,   ular   bilan   tekis   randalab   bo‘lmaydi.   Bunday
sirtlar japs randa bilan randalab tekislanadi.
Japs randa kundasi uzun (700-800 mm), enlik  (70- 80 mm),  tig‘ining eni 55-
60 mm bo‘ladi. Japs randaga, ko‘pincha, temir pushtakli tig‘ o‘rnatiladi. Bu randa
yordamida   randalashda   sirtlar   tekis   chiqishi   uchun   payraxa   yupqa   olinadi,   qalin
payraxa olinsa,  sirt tekis chiqmaydi.
Yog’och-taxta materiallardan kerakli o‘lchamdagi zagotovka arra lab olingandan
so‘ng (zagotovkaning keyinchalik randalanishi va  boshqa ishlovlar berilishini hisobga olib
ma’lum qoldiq-qo‘yim   qoldirib   tayyorlanadi)   ularning   sirtini   silliqlash,   tekislash   aniq
o‘lcham va ma’lum shaklga keltirish uchun randalash ishlari  bajariladi.
Randalashni   mashq   qildirishga   o‘tishda   randalashdan   ko‘zlangan   maqsadni
tushuntirib,   arralash   mashqidagi   singari,   o‘quvchilarga   o‘quv   ustaxonalarida
ishlatiladigan duradgorlik randalarining turlari, tuzilishi, vazifasi, ularni ishga sozlash va
randalash  vaqtida rioya qilinadigan xavfsizlik texnikasi va shaxsiy gigiena qoidalari haqida
qisqacha tushuncha berib, so‘ngra randalashni mashq  qildirishga o‘tiladi.
Buning  uchun dastavval  ishga yaroqsiz  taxta materiallarni  ran dalashni  mashq
qildirib,   randani   tutish,   tortish,   randalarni   ishlatish   ketma-ketligi,   tekislikni   tekshirish
bo‘yicha   boshlang’ich   ko‘nikma   va   malakalar   hosil   qilinib,   o‘quvchilarning   qo‘li
ran dalashga kelgandan so‘ng brusok tayyorlashga o‘tiladi.
Randalashni  texnologik karta asosida  o‘rgatishda randalash   tartibi va tekislikni
tekshirish usullari batartib tushuntiriladi,   imkoniyatga   qarab   amalda   ko‘rsatiladi.   Chunki
duradgorlik   yo‘li   bilan   tayyorlanadigan   barcha   buyumlarning   qismlarini   tayyorlashda randalash   tartibi   bir   xil   bo‘lib,   hamma   hollarda   tekislikni   tek shirish   usuliga   amal
qilinadn.
Duradgorlikda ishlatiladigan iskanalarning turlari va tuzilishi
O‘yish-teshish   ishlari   birikmalar   hosil   qilishda   bajarilishini   hisobga   olib,   bu
ishlarni o‘rgatishni bog’lash usullarini o‘rgatish  jarayonida qo‘shib olib borilishi mumkin.
Lekin bog’lash usulida turli xil birikmalar hosil qilinib, unda bitta brusok yorda mida bir
necha turdagi o‘yish-teshish ishlarini bajarib bo‘lmaydi.  Buning natijasida navbatdagi tur
o‘yish-teshish   ishlarini   olib   borish   uchun   yangi   yog’och   material   talab   etiladi.   Bu   esa
materialning   ko‘plab   isrof   bo‘lishiga   sabab   bo‘ladi.   Shuni   hisobga   olib,   arra lash   va
randalash mashqidan so‘ng bog’lash usullarini o‘rgatishga  o‘tishdan oldin alohida o‘ynsh-
teshish ishlarini o‘rgatish (mashq q ildirish) maqsadga muvofiqdir. Buning uchun birinchi
navbatda   o‘quv   ustaxonalarida   ishlatiladigan   duradgorchilik   iskanalari ning   turlari,
tuzilishi,   vazifasi,   o‘yish-teshish   tartibi   va   bu   vaqtda   rioya   qilinadigan   xavfsizlik
texnikasi   qoidalari   haqida   qisqacha   tushuncha   berib   uya,   teshik,   quloqlarni   rejalash   va
o‘yish –  teshish tartibini amalda ko‘rsatiladi.
O‘yish – teshish ishlarini olib borishda o‘yiladigan yog’och – taxta  materiallarning
turiga   qarab   unga   mos   iskanalar   ishlatiladi.   Yumshoq   va   yupqa   yog’och   –   taxtalarni
o‘yishda   yo‘nuvchi   iskanalardan,   qalin   va   qattiq   yog’ochlarni   o‘yishda   o‘yuvchi
iskanalardan   foydala niladi.   Barcha   turdagi   yog’ochlarni   yo‘nishda   yo‘nuvchi
iskanalardan   foydalaniladi.   Iskanalar   orqa   xalqa,   dasta,   xalqa,   tana   qismi,   tig’
qismidan dan iborat bo‘lib  bir-biridan farq qili nadi.  ( 3 3 - rasm)
33 - rasm Iskanalardan   foydalanishda   o‘yiluvchi   yog’ ochni   dastgohga   o‘rnatish,   unga
nisbatan is kanalarni to‘g’ri tutish va bolg’alashga, pay raxa ko‘chirishga e’tibor beriladi.
O‘yish – teshish vaqtida uya, teshik yoki «qu loq» o‘rinlari aniq rejalab olnib,
ular  asosida o‘yish – teshish ishlari olib boriladi.
1. Uyalar o‘yishda rsja chizig’i go‘niya va  xatkash yordamida faqat bir tomonga
chiziladi   rasm,   a)   O‘yish   rasm,   b,   v   da   ko‘rsatil ganidek   olib   boriladi.   Birinchi   bor
iskanani   reja   chizig’iga   qo‘yib   bolg’alashda   uning   tig’i  reja chizig’idan yog’ochning
qattiq – yum shoqligiga qarab 0,5 – 1 mm gacha ichkariga – o‘yiladigan tomonga surib
o‘rnatiladi. Iska naning orqa yog’i hamma vaqt o‘yiladigan to monga qaratib tutiladi.
Bolg’a urish yog’och to‘qmoq yordamida olib boriladi. Dastlabki   bolg’a urish
iskana yog’ochga botib reja chizig’iga surilib etguncha   (bir – ikki bor) davom ettiriladi.
Ortiqcha bolg’a urishga ruxsat   etilmaydi.   Chunki   iskana   yog’ochga   botgan   sari   orqa
yoq   iskanani   oldinga   surib   rsja   chizig’idan   chiqarib   yuboradi.   Payraxa   ko‘chi rishda
iskana   yog’ochga   qiya   tutilib   bolg’alanadi.   So‘ngra   iskana   ol dinga   tiklanib   payraxa
ko‘chirilgach, orqaga qayirib payraxa chi qariladi. Aks holda bolg’a urishdan so‘ng bir
yo‘la payraxa  chiqa rilsa,   taxtaning   beti   ko‘chib   ketadi.   O‘yish   vaqtida   iskana   har
safar   reja   chizig’i   bo‘yicha   tik   bolg’alanib,   payraxa   ko‘chirishda   orqaga   surib
boriladi.    ( 3 4 - rasm)
34 - rasm 35 - rasm.  O‘yish – teshish tartibi:   a –  tayyor o‘yiqcha ,    b–v - o‘yish - tartibi,    g  o‘yiqcha ochish
O‘yish chuqurligi masshtabli  lineyka yordamida yoki iskananing   botishiga   qarab
taxminiy aniqlanadi.
O‘yish vaqtida iskananing tig’ini yog’och tolalariga parallel   tutmaslik kerak. Aks
holda   yupqa   yog’ochlarni   o‘yish-teshishda   ular   yorilib   ketadi.   Uya,   teshik,   quloq
ochilgandan keyin tozalab ken gaytirish hollaridagina iskanani tola yo‘ialishida tutib yo‘nish
ishlarn olib boriladi.
Teshik ochishda «bet» dagi reja chizig’i go‘niya va xatkash yordamida orqa tomonga
simmetrik ko‘chiriladi. Buning uchun «yordamchi bet»dan   foydalaniladi. Bunday hollarda
ikki   cho‘pli  xatkash   ishlatiladi.  Chunki   ikkala  cho‘p  bir  yo‘la  o‘lchamga   sozlanib,  reja
chizig’ini sim metrik ko‘chirish imkonini beradi.
O‘yish   ikki   tomonlama   olib   boriladi.   «Bet»   tomondan   yog’och   qalinligining   2/3
qismicha o‘yilib, qolgan qismi orqa tomondan o‘yiladi. Aksincha, o‘yish bir tomonlama
olib   borilsa,   iskananing   tik   tushmasligi   orqasida   teshik   to‘g’ri   ochilmasligi,   reja
chizig’i ning bo‘zilishi, shuningdek, iskana yog’ochni ko‘chirib yuborib, buyumni ng sifati
bo‘zilishi mumkin.
Teshik   ochish   vaqtida   dastgoh   ish   taxtasi   o‘yilib   ketmasligi   uchun   o‘yiladigan
yog’och ostiga ehtiyot taxta qo‘yib olinadi.
Quloq  ochishda   reja   chizig’i   teshik   ochishdagi   singari   qarama- qarshi tomonga
simmetrik ko‘chirib olinadi va o‘yish ikki tomonla ma olib boriladi 
Teshik va quloqlar to‘g’ri ochilishi uchun o‘yish reja chizig’i  bo‘yicha tik olib
borilishi kerak. Lekin amalda reja chizig’i bo‘yi cha tik o‘yish qiyin. SHuning uchun o‘yish
vaqtida   teshiklarning   boch kasimon,   quloqlarning   botiq   o‘yilishiga   e’tibor   beriladi.
Te shik va quloqlarning do‘ng (qavariq) ochilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.   Bunday  hollarda
birikmaning jipsligi, puxtaligi ta’min lanmaydi, buyumning sifati bo‘ziladi.  Asosiy adabiyotlar
1. N.A.Muslimov,   SH.S.SHaripov,   M.Qodirov.   “Texnik   ijodkorlik   va
dizayn”. - T.: “TDPU”, 2010. 
2. A.S.Iskandarov.   «Materiallarni   kesib   ishlash,   kesuvchi   asboblar   va
stanoklar.-T.: “Fan va texnologiya” 2004.
3. R.S.SHermuxamedov,   S.S.YAxyaev,   A.E.Parmonov.   CHilangarlikdan
amaliy ishlar.-T.: «Iqtisod-moliya» 2007.
4. G‘.M.Abduqodirov. Kasb ta’limi praktikumi.-T.: “Sharq” 2012.
Qo‘shimcha  adabiyotlar
1. V .A. Mirboboev.   “ Konstruksion   materiallar   texnologiyasi ” -   T.:
« O‘qituvchi » 2004 
2. K.B.Usmonov “Metall kesish asoslari” T.: «O‘qituvchi» 2004 y
3. Mangal S.K Mangal Uma. Educational technology Dehli-2012.
4. G’.R.Raxmonberdiyev,   M.T.Primqulov,   Yu.T.Toshpo‘latov.   Qog’oz
texnologiyasi asoslari. Toshkent-2009
5. A.Olimov,   A.qosimov   Mashinasozlik   texnologiyasi.   Toshkent
O‘zbekiston-2003
6. M.A.Babajonov   Texnologik   jarayonlarni   loyixalash   Cho‘lpon
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent-2009
7. Z.Sotvoldiyev Dizayn asoslari 2015
8. D.D.zuparova N.N.Karimov “Dizayn tarixi” 2015
9. D.A.Nozilov “O‘rta Osiyo dizayn tarixi” 1998

Mavzu: Yog’och materiallarni yo‘nish , o‘yish va teshish usullari Reja: 1. Bolta bilan yog‘ochni yorish, chopish va yo‘nish . 2. Duradgorlikda ishlatiladigan randalar turlari. 3. Duradgorlikda ishlatiladigan iskanalarning turlari va tuzilishi.

Yog‘ochni yo‘nish qo‘lda bajariladigan va shu tufayli ko‘p mehnat talab qiladigan ish bo‘lib, odatda, oddiy duradgorlik boltasi bilan qilinadi. Bolta U-7 yoki U-8 markali po‘latdan, yasaladi, sopi esa qayin, zarang, qayrag’och yog‘ochidan qilinadi. Bolta sopining o‘rta qismi sal bukriroq bo‘ladi. Chiqib ketmasligi uchun sopni yaxshilab ponalanadi. (28 - rasm) 28 - rasm Bolta bilan yog‘ochni yorish, chopish va yo‘nish mumkin ( 29 -rasm, b, v). Yo‘nish deganda yog‘ochdan payraxa ajratish tushuniladi. Bolta bilan yog‘och tolalariga ko‘ndalang urib, uni bo‘lib tushirilsa, bu operasiya chopish deyiladi. Yog‘ochni, ko‘pincha, bir, ikki, uch va to‘rt tomonidan, shuningdek, dumaloqlab chopish yoki yo‘nish mumkin. yog‘ochni ushbu texnologik tartibda yo‘niladi: yog‘ochni tagliklarga o‘rnatib, zarur bo‘lsa, ponasimon qistirmalar bilan mahkamlab qo‘yiladi, so‘ngra bo‘rli kanon bilan reja chizig‘i tortiladi. Yog‘ochning faqat bir yonini yo‘nib kanop bilan belgilab olinadi (29-rasm, a), buning uchun: yog‘och (g‘o‘la) uchlarida yo‘nish izlari belgilanadi, so‘ngra ikkala uchidagi. reja chiziqlarning uchlarida yog‘ochni sal kerib, shu ikki o‘yiq orasiga bo‘rlangan kanon tortiladi.

Endi kanopning o‘rtarog‘idan ushlab yuqoriga ko‘tarib qo‘yib yuborilsa, yog‘ochda iz qoladi, o‘sha chiziq bo‘ylab yo‘nish uchun usta g‘o‘lani ikki oyog‘i orasiga olib, tik turadi. So‘ngra yo‘niladigan tomonda, taxminan, har yarim metr oralatib, yo‘nish chizig‘igacha qalinlikda bolta bilan kertib 29-rasm, b) shu kertiklar orasini yo‘nib chiqadi (29-rasm, v). 29 - rasm Bunda reja chizig‘idan chuqurlashmaslikka e’tibor berish kerak. Bolta tegib ketmasligi uchun ustaning yo‘nish tomonidagi oyog‘i yog‘ochdan mumkin qadar uzoq turishi zarur. Yog‘ochning bir yog‘i yo‘nilgandan keyin uni burib yotqizib, to‘rt qirrasi yo‘niladigan qilib rejalab olinadi (29-rasm, g) va galdagi yo‘niladigai yoqni yuqorida aytganimizdek yo‘nib chiqiladi (29-rasm, d,e). Yog‘ochni dumaloqlab yo‘nish uchun dastlab, uni to‘rt qirrali qilib yo‘nib olinadi, so‘ngra qirralarni kertib chiqib, andaza (skoba) yordamida yo‘nib, dumaloq shaklga keltiriladi (30-rasm). Ariqchalar bolta, iskana yoki randa yordamida a rchiladi, bunda ariqchaning yonlari bolta bilan, tubi esa iskana yoki randa bilan tekislanadi. Bolta bilan yog‘och chetlari chiqiq chiqarish va uyalar ochishda ham oldin chizib olingan reja chiziqlaridan foydalaniladi .

30 - rasm Yog‘och chetini burchaklab yo‘nish quyidagicha bajariladi: reja chizig‘i bo‘ylab chopib chiqiladi, chopiqlar orasidagi payraxa olib tashlanadi, keyin esa reja chizigiga moslab burchak o‘zil-kesil tozalanadi. O‘zil-kesil tozalashda randadan ham foydalaniladi. Ship yoki toresli chiqiq quyidagicha nchiqariladi: rejalab olingandan keyin shipning asos tomonini ship yoqlariga perpendikulyar tekislik bo‘ylab (arrani ship yoqlari tekisligidan ichkariga o‘tkazmasdan) aylanib arralab chiqiladi, so‘ngra ship yoqlari chizigi bo‘yicha yorib olib tashlanadi. Yog‘ochni chopish yoki yo‘nish uchun asbobni tayyorlashga alohida ahamiyat berish kerak; bolta yaxshilab charxlanishi, bolta sopi silliq, yoriqsiz va ko‘zsiz bo‘lishi zarur. Bolta sopining o‘qi bolta tig‘i bilan bir tekislikda yotishi, sop yog‘och yoki temir pona b i lan yaxshilab ponalanishi shart. Bolta avval charxtoshda charxlanadi, keyin qayroqda o‘zil-kesil o‘tkirlab, tigi chiqariladi. Boltani dumaloq charxtoshda charxlaganda bolta tig‘ini charx toshga tekizib turish kerak, bunda charxlash burchagining o‘zgarmasligiga jiddiy e’tibor berish zarur. Charxlash vaqtida bir qo‘l bilan bolta sopining o‘rtasida n , ikkinchi qo‘l bilan boltaning orqasida n ushlab turish kerak. Charxtosh ko‘rsatilgandek, bolta tomo n ga anla n ishi kerak. Tog‘aradagi suv charxtoshni ho‘llab turadi va boltani qizib ketishdan saqlaydi. Charxlash vaqtida boltaning dam o‘ n g tomonini, dam chap tomonini tutish kerak, shu n da bolta ikkala tomondan tek i s charxlanadi. (31 - rasm)

31 - rasm Charxtoshda charxlanganda bolta tig‘ida g‘adir-budurliklar hosil bo‘ladi; ularni qayroqda qayrab yo‘qotiladi Bu maqsadda qayroqni suv bilan ho‘llanadi va bolta faskasini qayroqqa qo‘yib, boltani aylanma harakatlantiriladi, shu yo‘sinda boltaning goh bir tomonini, goh ikkinchi to monini aylaptirib, paypaslaganda tig‘ sillnq seziladigan bo‘lguncha bir tekis o‘tkirlanadi. Endi bolta tig‘ining qirovini to‘kish qoladi, bu maqsadda suv yoki malina moyi surkalgan qayroqdan foydalaniladi. Bunda boltani chap qo‘lda, o‘ng qo‘lda esa qayroqni ushlab, faskaga tekis tegizib, aylanma harakatlantiriladi. Ikkinchi tomondagi faskani ham xuddi shunday harakatlantirib o‘zil-kesil qirov yuqotiladi. Duradgorlikda ishlatiladigan randalar turlari Yog‘ochdan buyum tayyorlash uchun kerakli material arralab olin gandan so‘ng uning sirtini silliqlab tekislash va aniq o‘lchamga keltirish uchun randalash ishlari bajariladi. Bu maqsadda turli xil randalardan foydalaniladi Duradgorlik randalari vazifalariga ko‘ra sirtlarni tozalash, silliqlash, tekislash maqsadida ishlatiladigan va maxsus randalarga bo‘linadi. Bular sherxebel, taxta randa, mushranda, japs-randalardan, zakrov randa, chok randa, konish randa, dila randa, chorabzal randalar va boshqalardan iborat. (32 - rasm)