logo

ABDULLA QODIRIY

Загружено в:

16.08.2023

Скачано:

0

Размер:

4469 KB
ABDULLA 
QODIRIY
(1894–1938) Reja:
•
1. Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi 
•
2. Abdulla Qodiriy hikoyalari tahlili
•
3. “Jinlar bazmi”, “Uloqda”, “Juvonboz” 
hikoyalari tahlili 
•
4. Abdulla Qodiriy hajviy hikoyalari tahlili   Abdulla  Qodiriy  adabiy  siymosi  XX  asr  o‘zbek 
adabiyoti  tarix  ida  o‘ziga  xos  o‘rin  tutadi.  U  o‘zbek 
romanchiligining asoschisi sanaladi.
Abdulla  Qodiriy  1894-yili  10-aprelda  Toshkentda 
bog‘bon oilas ida tug‘ilgan. Dastlab  musulmon  maktabida,  keyin  rustuzem 
maktabi  hamda  Abulqosim  shayx  madrasasida  ta’lim 
olgan; Moskvadagi adabiyot kursida o‘qigan. 1917-yilgi  oktabr  oyidagi  davlat  to‘ntarishidan 
so‘ng  Eski  shahar  oziqa  qo‘mitasining  sarkotibi, 
« Oziq  ishlari »  gazetasining  muharriri,  « Mushtum » 
jurnali  tashkilotchilaridan  biri  sifatida  ijtimoiy 
hayotga faol aralashadi. Uning  asarlari  vaqtli 
matbuotda  Julqunboy,  Juboy, 
Dumbulboy,  Dumbulnisa, 
Kalvak    Mahzum,    Toshpo‘lat   
tajang,    Ovsar    kabi    o‘nlab   
maxfiy  imzolar  bilan  bosilib 
turadi. Abdulla  Qodiriy  1914-yili  Rahbarnisa 
Rasulmuhammadboy  qiziga  uylanadi.  Ulardan  Nazifa 
(1916),  Habibulla  (1918),  Adiba  (1924),  Mas’ud  (1926) 
hamda Anisa (1928) ismli farzandlar dunyoga keladi.
Abdulla  Qodiriy  ijodiy  faoliyatining  boshlanishi  1910-
yillarning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Dastlab  millatparvarlik,  ma’rifatparvarlik 
ruhi  bilan  sug‘orilgan  « To‘y »,  « Ahvolimiz », 
« Millatimga »,  « Fikr  aylagil »  kabi  she’rlar, 
« Baxtsiz  kuyov »  nomli  drama  hamda 
« Juvonboz »  hikoyasini  yozdi.  Abdulla 
Qodiriy ana  shunday  jadidona  kayfiyatdagi  
asarlarida    millatni    ichdan  yemiradigan 
xurofotlarni  tanqid  qiladi;  xalqni  o‘zligini 
anglashga, yangilikka chaqiradi.  Qodiriy tez orada she’riyatni tashlab, dramaturgiya, nasrga o’tdi, 
birin-ketin “Baxtsiz kuyov”, “Juvonboz” asarlarini e’lon qildi. 
Muallifning e’tirof etishicha, “Baxtsiz kuyov” “Padarkush” pyesasi 
ta’sirida, “Juvonboz” esa tatarlarda chiqib turgan jadidchilik ruhidagi 
hikoya va romanlarga taqlidan yozilgan. Bu ikki asarda ham Qodiriy 
o’z she’rlaridagi motivni davom ettiradi, jadid adabiyotiga xos 
g’oyalarni ilgari suradi. Oradan sal o’tmay “Uloqda” hikoyasi yuzaga 
keldi. Oybek bu hikoyaga juda yuksak baho beradi. “Uloqda” nomli 
hikoyasi “Juvonboz” va boshqa asarlariga nisbatan tenglashtirilmas 
darajada yuqori bir asar”, – deb yozadi u.  Bu asardan yozuvchi hikoya texnikasi, priyomlarini 
egallaganligi yaqqol ayon bo’ladi. Qodiriy “Uloqda” hikoyasi 
bilan o’zbek nasrida realistik metodning qaror topishiga 
asos soldi. “Uloqda” hikoyasi xalq so’zlari va ifodalari 
asarning badiiy to’qimasiga uzviy kirib ketganligi bilan ajralib 
turadi. Hikoya jonli, obrazli til bilan yozilgan. Shaxslar ham 
o’ziga xos til bilan so’zlaydilar. Hikoyada tashviqotchining, 
voizning o’rnini san’atkor oladi. Yozuvchi bu asarda 
voqealar ustida muhokama qilmaydi, tushuntirmaydi, balki 
obrazlar orqali ko’rsatadi. Abdulla  Qodiriy  o‘z  ijodiy  taqdirini  matbuot  bilan 
bog‘ladi.  Yu zlab  publitsistik  maqolalar,  «Kalvak 
Mahzumning  xotira  daftaridan»,  « Toshpo‘lat  tajang  nima 
deydir? »  kabi  hajviy  asarlar  yozdi.  Hayotni  kuzatib, 
voqealarga  nisbatan  turli  yo‘sinda  hajviy-tanqidiy 
munosabatlar bildirdi.  Shu  jarayonda  « felyetonlar  qiroli » 
nomini oldi. 
Abdulla  Qodiriyning  mashhur 
« O‘tkan  kunlar »  romanining  ayrim 
fasllari  dastlab  1923–1924-yillari 
« Inqilob » jurnalida e’lon etildi. 1925–
1926-yillari romanning har bir bo‘limi 
alohida kitob holida bosildi.  « O‘tkan  kunlar »  yaratilgan  davr 
o‘zbek  xalqi  uchun  millatning  erki, 
ozodligi,  mustaqilligi,  jahondagi  o‘rni 
masalasi  hayot-mamot  ahamiyatiga  molik 
edi. 
Adib  bu  roman  orqali  xalqning  milliy 
ongini uyg‘otmoqchi bo‘ldi. 
« Tariximizning  eng  kirlik,  qora 
kunlari »  –  yurtni  mustamlaka  balosiga 
giriftor  etgan  keyingi  « xon  zamonlari »  – 
XIX  asr  miqyosidagi  mudhish  tarixiy 
jarayonlarning  haqiqatidan  xalqqa  saboq 
bermoqchi bo‘ladi.  « O‘tkan  kunlar »  romanining  ma’no-mundarija  doirasi, 
aslida,  ancha  keng.  Unda  xilma-xil  insoniy  taqdirlar  ijtimoiy-
siyosiy, ma’naviy-axloqiy, oilaviy-ishqiy muammolar qalamga 
olingan. 
Bir  oq  ular  orasida  yurtning,  millatning  taqdiri  mustaqilligi 
masalasi alohida ajralib turadi. El-yurtning  mustaqilligi,  birligi  masalasi  romanning  pafosini  tashkil  etadi. 
Asarning  bosh  qahramonlari  Otabek  va  Yu sufbek  hojilar  shu  yurt  istiqloli, 
farovonligi, osoyishtaligi yo‘liga hayotini, jonini tikkan fidoyi  kishilardir.
«O‘tkan  kunlar»  romanining  eski  o‘zbek 
yozuvidagi (1926) hamda yangi o‘zbek alifbosidagi 
nashrlari muqovasi (2004) « O‘tkan  kunlar »da  Otabek  bilan 
Kumushning  ishqiy  sarguzashtlari 
juda  katta  mahorat  bilan  tasvirlanadi. 
Muallif  oshiql  arning  ishqiy 
sarguzashtlari  bahonasida  muayyan 
tarixiy  davrni  –  Turkistonning  rus 
bosqini  arafasidagi  ahvoli,  qora 
kunlarini  ko‘z  oldimizda 
gavdalantiradi.  Qodiriy  ishq 
sarguzashtlari  fonida  o‘lkaning 
tutqunlikka  yuz  tutishining  bosh 
sababi    jaholat,    qoloqlik    va    o‘zaro   
ichki    nizolar    degan    fikrni  g‘oyat 
ustalik bilan bayon qiladi.

ABDULLA QODIRIY (1894–1938)

Reja: • 1. Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi • 2. Abdulla Qodiriy hikoyalari tahlili • 3. “Jinlar bazmi”, “Uloqda”, “Juvonboz” hikoyalari tahlili • 4. Abdulla Qodiriy hajviy hikoyalari tahlili

Abdulla Qodiriy adabiy siymosi XX asr o‘zbek adabiyoti tarix ida o‘ziga xos o‘rin tutadi. U o‘zbek romanchiligining asoschisi sanaladi. Abdulla Qodiriy 1894-yili 10-aprelda Toshkentda bog‘bon oilas ida tug‘ilgan.

Dastlab musulmon maktabida, keyin rustuzem maktabi hamda Abulqosim shayx madrasasida ta’lim olgan; Moskvadagi adabiyot kursida o‘qigan.

1917-yilgi oktabr oyidagi davlat to‘ntarishidan so‘ng Eski shahar oziqa qo‘mitasining sarkotibi, « Oziq ishlari » gazetasining muharriri, « Mushtum » jurnali tashkilotchilaridan biri sifatida ijtimoiy hayotga faol aralashadi.