Abu Hafs Kabir Buxoriy
ABU HAFS KABIR BUXORIY
Re ja Abu Hafs Kabir hayot yo’li Abu Hafs Kabir shogirdlari Abu Hafs Kabir asarlari haqida Abu Hafs Kabir Buxoriyning 1255 yilligi xalqaro miqiyosida nishonlanishi
Abu Hafs Kabir hayot yo’li ‘’ Abu Hafs Kabir’’ nomi bilan tanilgan Ahmad ibn Hafs Buxriy 150 hijriy (767 milodiy yili buxoro shahrining Fagsodara mahhallasida tug;ililib , 216 hijriy (832 milodiy) yili o’sha yerda vafot etgan. Ahmad ibn Hafs ilm izlab Bog’dodga boradi. U yerda Imom Muhammad ibn Hasan Shayboniy bilan uchrashadi va undan dars ola boslaydi. Hanfiy mazhabi fiqhini o’rganib, boshqa diniy ilmlarda ham kamolga yetganidan keyin Buxoroga qaytib keladi. U Buxoroning yetuk olimlari jumlasidan edi. Buxoro shu kishi tufayli “Qubbat-ul Islom” (“Islom dini gumbazi”) deb atalgan. Buxoro ahlining ilmli bo‘lishiga, Buxoroda ilm keng tarqalishiga ko‘p jihatdan shu kishi sabab bo‘lgan. Sam’oniyning aytishicha, Abu Hafs Kabir ko‘plab faqihlarni tarbiyalab yetishtirgan. Abu Hafs Kabir hanafiy mazhabi fiqhining Movarounnahrda tarqalishida qancha jonbozlik ko‘rsatgan bo‘lsa, uning o‘g‘li Abdullohning ham bu borada xizmati katta bo‘lgan. Shuning uchun ham Abdullohni “Abu Hafs Sag‘ir”, ya’ni “Kichik Abu Hafs” deb atashgan.
Narshaxiy aytishicha, hojilar karvonidan bir kishi Abu Hafs Kabirni yoniga kelib, masala so‘ragan ekan. Abu Hafs Kabir hayratlanib: «“O‘zing-ku Iroqdan kelyapsan, nima uchun Iroq olimlaridan so‘ramading?” debdi, U kishi: “Bu masalada Iroq olimlari bilan munozara qildim, lekin javob bera olishmadi va menga “Buxoroga borib, Abu Hafs Kabir yoki uning farzandlaridan so‘ra, ular javob bera oladi”, deb aytishdi», dedi.
Abu Hafs Kabr Muhammad ibn Hasandan qilgan rivoyatida: “Barcha narsalarni yaxshi va yomon tarzda taqdir qilingandir. Ahli sunnaning barcha faqihlari shunga ittifoq qilishgan. Qadar borasida tortishmanglar. Muhammad (a.s) sahobalari haqida faqat yaxshi gapirganlar. Yo’l topish maqsadida yulduzlarga qarashda zara yo’q” degan. Demak, Abu Hafs islom ilohiyatida mo’tadil yo’ni tanlab, turli adashgan aqidaviy oqimlarga qarshi raddiyalar bergan.