Afrika materigining ichki suvlari
![A frik a mat erigining ichk i suv lari Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм](/data/documents/1d25deca-f424-441b-8308-3d6fe3010a9a/page_1.png)
![](/data/documents/1d25deca-f424-441b-8308-3d6fe3010a9a/page_2.png)
![Afrikaning ichki suvlariga daryolari, ko‘llari, muzliklari,
botqoqliklari va yerosti suvlari kiradi.](/data/documents/1d25deca-f424-441b-8308-3d6fe3010a9a/page_3.png)
![Dary olari.
Materikda yirik daryolar
ko‘p. Lekin ular materik
hududida notekis
taqsimlangan. Bu relyef
va iqlim sharoitiga
bog‘liq. Ular uchta
havzaga — Atlantika
okeani havzasiga, Hind
okeani havzasiga va
berk havzaga tegishli.](/data/documents/1d25deca-f424-441b-8308-3d6fe3010a9a/page_4.png)
![Dunyodagi eng uzun daryolardan biri Nil (6671 km) daryosi bo‘lib,
u
Sharqiy Afrika yassitog‘ligidan boshlanadi.](/data/documents/1d25deca-f424-441b-8308-3d6fe3010a9a/page_5.png)
![Daryo yuqori oqimida ostonalar va sharsharalar hosil qiladi va
Viktoriya ko‘li orqali oqib o‘tadi. Oq Nil va Ko‘k Nil daryolari
qo‘shilgandan keyin u ikki barobar kengayadi va bu yerda Nil
nomini oladi (53-rasm).
Viktoriya ko ‘lidan Nilning oqib chiqishi Oq NilKo‘k NilViktoriya Ko‘k Nil
Oq Nil](/data/documents/1d25deca-f424-441b-8308-3d6fe3010a9a/page_6.png)
![Nil O‘rta dengizga quyiladigan joyda katta delta hosil
qiladi.](/data/documents/1d25deca-f424-441b-8308-3d6fe3010a9a/page_7.png)
![Daryo suvidan juda qadim zamonlardan boshlab hosildor yerlarni
sug‘orishda foydalanib kelingan. Vatandoshimiz Ahmad Farg‘oniy
birinchi bo‘lib Nil daryosi misolida suv sarfini o‘lchaydigan nilometr
qurilmasini bunyod etgan.](/data/documents/1d25deca-f424-441b-8308-3d6fe3010a9a/page_8.png)
![Afrikaning eng sersuv va uzunligiga ko‘ra ikkinchi daryosi —
Kongo (Zair),
uning uzunligi — 4320 km. Sersuvligi va havzasining maydoniga
ko‘ra u faqat Amazonkadan keyin turadi.](/data/documents/1d25deca-f424-441b-8308-3d6fe3010a9a/page_9.png)
![Daryo ekvatorni ikki marta kesib o‘tadi va yil bo‘yi sersuv bo‘ladi.
Kongo quyi va yuqori oqimida ko‘plab ostonalar va sharsharalar
hosil qilgan. U Nil daryosidan farq qilib, delta hosil qilmaydi (54-
rasm).](/data/documents/1d25deca-f424-441b-8308-3d6fe3010a9a/page_10.png)
![Kongo daryosining quyi oqimida 32 ta zinadan iborat sharsharalar
guruhi mavjud bo‘lib, uni David Livingston kashf etgan. Shu
sababli u Livingston
sharsharalari deb ataladi.](/data/documents/1d25deca-f424-441b-8308-3d6fe3010a9a/page_11.png)
![Afrikaning uzunligi va havzasining maydoniga ko‘ra uchinchi daryosi —
Niger (4160 km).](/data/documents/1d25deca-f424-441b-8308-3d6fe3010a9a/page_12.png)
![Bu daryo o‘rta oqimida tekislik daryosi, lekin yuqori va o‘rta
oqimlarida ostonalar, sharsharalar ko‘p. Daryoning kattagina qismi
qurg‘oqchil yerlardan oqib o‘tadi.](/data/documents/1d25deca-f424-441b-8308-3d6fe3010a9a/page_13.png)
![Shuning uchun daryo suvi yerlarni sug‘orishdagi ahamiyati katta.
Shu maqsadda daryoga to‘g‘onlar qurilgan, kanallar qazib, suv
chiqarilgan. Daryo Atlantika okeani havzasiga tegishli.](/data/documents/1d25deca-f424-441b-8308-3d6fe3010a9a/page_14.png)
![Senegal, Oranj daryolari ham Atlantika okeaniga quyiladi.Сенегал
Senegal
Oranj](/data/documents/1d25deca-f424-441b-8308-3d6fe3010a9a/page_15.png)
![Zambezi — Afrikaning Hind okeaniga quyiladigan eng katta
daryosi (uzunligi 2 660 km).](/data/documents/1d25deca-f424-441b-8308-3d6fe3010a9a/page_16.png)
![Daryo o‘rta oqimida ko‘p ostona va sharsharalar hosil qiladi. Bu
daryoda mashhur sharsharalardan biri — Viktoriya sharsharasi
bor
(55-rasm).](/data/documents/1d25deca-f424-441b-8308-3d6fe3010a9a/page_17.png)
![Viktoriya sharsharasining kengligi 1800 m, balandligi 120 metr. Bu
sharshara mahalliy aholi tilida Mozi-oatunya, ya’ni “gumburlovchi
tutun” deb ataladi.](/data/documents/1d25deca-f424-441b-8308-3d6fe3010a9a/page_18.png)
![Bundan tashqari, Afrikaning Limpopo, Rufiji, Tana, Jubba, Uebi
Shebelle va
boshqa ko‘plab kichik daryolari Hind okeani havzasiga tegishli.Тана
Руф идж и
Уеби Ш ебелле
Limpopo Rufiji
TanaJubba
Uebi Shebelle
Ж убба
Л им попо](/data/documents/1d25deca-f424-441b-8308-3d6fe3010a9a/page_19.png)
![Berk havzadagi Shari daryosi Chad ko‘liga quyiladi.Ш ари
Shari](/data/documents/1d25deca-f424-441b-8308-3d6fe3010a9a/page_20.png)
![Ko‘llari
Afrikdagi ko‘llarning katta
qismi Sharqiy Afrika
yassitog‘ligidagi yoriqlar
zonasida joylashgan. Shu
sababli ko‘l suvi to‘ldirilgan
chuqurliklar uzunasiga
cho‘zilgan. Ko‘llar juda
chuqur va uzun.](/data/documents/1d25deca-f424-441b-8308-3d6fe3010a9a/page_21.png)
![Tanganika ko‘lining uzunligi 650 km, eni 50–80 km. Tanganika ko‘li
chuqurligiga (1435 m) ko‘ra dunyoda Baykal ko‘lidan keyin ikkinchi
o‘rinda turadi. Ko‘lning atrofini 2000 m gacha balandlikdagi tog‘lar
o‘rab turadi
(56-, 57-rasmlar).](/data/documents/1d25deca-f424-441b-8308-3d6fe3010a9a/page_22.png)
![Nyasa ko‘lining uzunligi 560 km, chuqurligi 706 m. Bu ko‘l ham
Buyuk Afrika
yorig‘ida joylashgan. Ko‘lni Malavi ko‘li ham deyishadi.](/data/documents/1d25deca-f424-441b-8308-3d6fe3010a9a/page_23.png)
![Viktoriya ko‘li — maydoniga ko‘ra Afrikadagi eng katta ko‘l. U
platformaning yassi bukilmasida joylashgan. Shu sababli ko‘l
sayoz, o‘rtacha chuqurligi 40 metr.](/data/documents/1d25deca-f424-441b-8308-3d6fe3010a9a/page_24.png)
![Chad ko‘li — sayoz, chuqurligi 4–7 metr. Uning maydoni yog‘in
miqdori va
Shari daryosining toshishiga qarab o‘zgarib turadi. Ba’zan
yomg‘irlar davrida ko‘l maydoni ikki barobar kengayadi.
Qurg‘oqchil davrda qirg‘oqlari kichrayadi.](/data/documents/1d25deca-f424-441b-8308-3d6fe3010a9a/page_25.png)
![](/data/documents/1d25deca-f424-441b-8308-3d6fe3010a9a/page_26.png)
![](/data/documents/1d25deca-f424-441b-8308-3d6fe3010a9a/page_27.png)
![© Foydalanilgan adabiyotlar:
•
M. T. MIRAKMALOV, SH. M. SHARIPOV, M. M. AVEZOV, M. T.
HOJIYEVA , umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik,
Respublika ta’lim markazi.
•
@ edutrm_uz](/data/documents/1d25deca-f424-441b-8308-3d6fe3010a9a/page_28.png)
A frik a mat erigining ichk i suv lari Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм
Afrikaning ichki suvlariga daryolari, ko‘llari, muzliklari, botqoqliklari va yerosti suvlari kiradi.
Dary olari. Materikda yirik daryolar ko‘p. Lekin ular materik hududida notekis taqsimlangan. Bu relyef va iqlim sharoitiga bog‘liq. Ular uchta havzaga — Atlantika okeani havzasiga, Hind okeani havzasiga va berk havzaga tegishli.
Dunyodagi eng uzun daryolardan biri Nil (6671 km) daryosi bo‘lib, u Sharqiy Afrika yassitog‘ligidan boshlanadi.