logo

AKSIYADORLIK JAMIYATI

Загружено в:

16.08.2023

Скачано:

0

Размер:

1580.7626953125 KB
AKSIYADORLIK JAMIYATI  Birinchi aksiyadorlik jamiyati XVI asrda Niderlandiyada 
tashkil qilingan “Ost-Ind” kompaniyasi bo‘lib, u Hindiston 
bilan Yevropa o‘rtasida savdo-sotiq ishlarini olib borgan.  •
Aksiyadorlik jamiyati  — nizom jamg‘armasi aksiyalarini sotish yo‘li bilan 
shakllanadigan, mas’uliyati cheklangan yirik firma. 
•
Aksiya  — firma nizom jamg‘armasiga hissa qo‘shilganini tasdiq-lovchi va egasiga firma 
foydasidan ma’lum daromad olish huquqini beruvchi hujjat — qimmatbaho qog‘oz. 
•
Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati  — aksiyalari istalgan shaxsga sotiladigan jamiyat. 
•
Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati  — aksiyalari faqat oldindan belgilab qo‘yilgan 
shaxslar guruhiga sotiladigan jamiyat.  •
Aksiyaning nominal qiymati —  aksiya ustiga yozib qo‘yilgan baho. 
•
Aksiya kursi  — aksiyaning bozordagi narxi. 
•
Dividend  — aksiya egasining firma foydasidan oladigan ulushi.  Aksiya doir masalani ishlash usuli
•
Tasavvur qiling, siz Bayram-Grand nomli daftar ishlab chiqaradigan daftar 
korxonangzi bor. Sizning korxonangiz aksiyalar quyidagicha bo`lingan:
Baxtiyor – 20 % aksiyaga egalik qiladi
Samandar – 40 % 
Rahimjon ham 40 %
Agar yillik foyda 100 000 000 bo`lsa, ular foydani qanday taqsimlaydi?
Javob; albatta korxonadagi aksiya miqdoriga qarab: 
1) 100 000 000   - 100 %
            X                   -   20 %
100x=2 000 000 000      x=20 000 000  ya’ni Baxtiyorga sof foydadan 20 000 000 
so`m beriladi. Qolganlarini ham shunday proporiya shaklda ishlaysiz. •
Aksiyalar ikki xil — oddiy va imtiyozli bo‘ladi.  Oddiy aksiyalar  ulardan keladigan 
daromad — dividendni kafolatlamaydi. Lekin aksiyadorlik jamiyati umumiy 
majlisida ovoz berish huquqini, ya’ni boshqaruvda qatnashish huquqini beradi. 
Imtiyozli aksiyalar  esa ulardan keladigan har yilgi dividendni aksiya narxining 
ma’lum foizi miqdorida kafolatlaydi. Imtiyozli aksiya egasi aksiyadorlar jamiyatini 
boshqarishda qatnasha olmaydi, chunki u aksiyadorlar umumiy majlisida ovozga 
ega bo‘lmaydi.  Topshiriqlar 
•
1. mavzuni o`qish. 
•
2. Dars davomida qo‘llaniladigan tayanch atamalarning ta’rifi 
(undov)larni yozamiz dafratrimizga.
•
3. Abdullayev aksiyadorlik jamiyatining 16 ta oddiy aksiyasi sohibi. Yil 
yakuniga ko‘ra, jamiyat 20 000 000 so‘m foyda ko‘rdi va uning yarmini 
dividend sifatida taqsimlamoqchi. Agar jamiyatning jami 2000 dona 
oddiy aksiya sotgani ma’lum bo‘lsa, Abdullayev aksiyalaridan qancha 
dividend oladi? “ Ziyo” aksiyadorlik jamiyati 
•
Nizom jamg‘armasi – 40 000 000 000 so‘m. 
•
Aksiyalar turi – oddiy. 
•
Aksiyalar nominal qiymati – 10 000 so‘m. 
•
Aksiyalar soni – 4 000 000 dona. 
•
Aksiyadorlari: 
•
–  Dilorom – 10 % aksiya egasi; 
•
–  Dilshod – 20 % aksiya egasi; 
•
–  Botir – 35 % aksiya egasi; 
•
–  boshqalar (20 kishi) – 35 % aksiya egasi. 
•
Bir yillik sof foyda – 5 000 000 000 so‘m 
•
Savol: Dilorom, Dilshod, Botir va boshqalar bir yillik sof foydadan qanchadan 
daromad olgan?

AKSIYADORLIK JAMIYATI

Birinchi aksiyadorlik jamiyati XVI asrda Niderlandiyada tashkil qilingan “Ost-Ind” kompaniyasi bo‘lib, u Hindiston bilan Yevropa o‘rtasida savdo-sotiq ishlarini olib borgan.

• Aksiyadorlik jamiyati — nizom jamg‘armasi aksiyalarini sotish yo‘li bilan shakllanadigan, mas’uliyati cheklangan yirik firma. • Aksiya — firma nizom jamg‘armasiga hissa qo‘shilganini tasdiq-lovchi va egasiga firma foydasidan ma’lum daromad olish huquqini beruvchi hujjat — qimmatbaho qog‘oz. • Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati — aksiyalari istalgan shaxsga sotiladigan jamiyat. • Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati — aksiyalari faqat oldindan belgilab qo‘yilgan shaxslar guruhiga sotiladigan jamiyat.

• Aksiyaning nominal qiymati — aksiya ustiga yozib qo‘yilgan baho. • Aksiya kursi — aksiyaning bozordagi narxi. • Dividend — aksiya egasining firma foydasidan oladigan ulushi.

Aksiya doir masalani ishlash usuli • Tasavvur qiling, siz Bayram-Grand nomli daftar ishlab chiqaradigan daftar korxonangzi bor. Sizning korxonangiz aksiyalar quyidagicha bo`lingan: Baxtiyor – 20 % aksiyaga egalik qiladi Samandar – 40 % Rahimjon ham 40 % Agar yillik foyda 100 000 000 bo`lsa, ular foydani qanday taqsimlaydi? Javob; albatta korxonadagi aksiya miqdoriga qarab: 1) 100 000 000 - 100 % X - 20 % 100x=2 000 000 000 x=20 000 000 ya’ni Baxtiyorga sof foydadan 20 000 000 so`m beriladi. Qolganlarini ham shunday proporiya shaklda ishlaysiz.