logo

Fuqarolik jamiyati nazoratini kuchaytirishda davlat hokimiyati organlari faoliyati ochiqligining ahamiyati

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

420.8125 KB
M AV Z U : F U QA R O L I K   J A M IYAT I 
N A ZO R AT I N I  K U C H AYT IR IS H DA  
DAV L AT   H O K IM I YAT I  O R G A N L A R I 
FAO L IYAT I  O C H IQ L IG I N I N G  
A H A M I YAT I R E J A :
1. Oʻzbekistonda  ijtimoiy tartibni oʻrnatishning demokratik 
yoʻlini tanlanishi.
  2. Ijtimoiy tartibni oʻrnatishda davlat hokimiyati va boshqaruvi 
organlari faoliyatining ochiqligining ahamiyati.
3.Ragʻbatlantirish jarayonida  fuqarolik jamiyati nazoratni 
samarali qilishda  ochiqlikninng oʻrni.            Bugungi kunda dunyoning barcha davlatlari, jumladan, 
Oʻzbekiston ham ijtimoiy tartibni oʻrnatishning demokratik 
yoʻlini tanladi. Chunki hozircha insoniyat demokratiyadan 
afzalroq boʻlgan taraqqiyot yoʻlini hali-hanuz oʻylab topgani 
yoʻq. Demokratiya hokimiyatning xalq tomonidan 
shakllantirilishi va nazorat qilinishidir. Xalq hokimiyatni 
shakllantirishda ishtirok etsayu, lekin nazorat qilishda ishtirok 
etmasa, hokimiyat halqning manfaatini ifodalamay qoʻyadi. 
Nazorat boʻlmagan joyda esa hokimiyat xalqqa xizmat qilmaydi, 
balki hukmronlik qila boshlaydi va bunday joyda ertami-kechmi 
demokratiya oʻrnini diktatura egallaydi. Diktatura – bu 
zuravonlik, zoʻravonlik boʻlgan joyda adolatsizlik kelib chiqadi, 
adolatsizlik boʻlgan joyda odamlar norozi boʻladi, norozilik 
parokandalikka olib keladi va mustaqillikning bardavomligini 
gumon qilib qoʻyadi. Shunga asosan milliy xavfsizligimizga eng 
kuchli tahdid – bu adolatsizlik deb aytish mumkin. Jamiyat nazoratini kuchli qilish uchun jamiyat hokimiyat faoliyatidan 
xabardor boʻlishi kerak va buning uchun xalqqa hokimiyat faoliyati 
toʻgʻrisida axborot berish lozim. Agar xalq davlat hokimiyati va 
boshqaruvi organlari faoliyati toʻgʻrisida axborotga ega boʻlmasa, u 
oʻzining nazorat funksiyasini amalga oshira olmaydi. Jamiyat nazorati 
boʻlmagan joyda ijtimoiy tartibning barqarorligini taʼminlab boʻlmasligini 
tarix yaqqol koʻrsatib bergan. Buni anglab olgan sobiq shoʻrolar davlati 
rahbariyati “Xalq nazorati toʻgʻrisida” qonun qabul qilib, uni amalga tatbiq 
etishga xarakat qiladi. Lekin bu qonun asosida tuzilgan xalq nazorati 
komitetlari jamiyat nazoratini tashkil qila olmadi, oqibatda ijtimoiy 
tartibsizlik kuchayib bordi va dunyodagi qudratli davlatlardan biri boʻlgan 
shoʻrolar davlati barham topdi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi 
organlari faoliyatining ochiqligi 
taʼminlanishi uchun axborot beruvchi 
va axborot oluvchi ochiqlikdan 
manfaatdor ekanligini anglab olgan 
boʻlishi lozim. Buning uchun davlat 
ham, jamiyat ham bir oddiy haqiqatni, 
yaʼni jamiyatning mavjud boʻlishi va 
taraqqiy topishining muhim sharti 
ijtimoiy tartib ekanligini bilishlari 
kerak. Ijtimoiy tartib deganda 
adolatning qaror topganligi 
tushuniladi. Adolatsizlik boʻlgan joyda 
odamlar norozi boʻladi va ertami-
kechmi bunday holat mustaqillikning 
qoʻldan ketishiga olib keladi. 
Mustaqillik inson baxtli boʻlishining 
muhim sharti hisoblanadi, chunki 
inson baxtli boʻlishi uchun u erkin 
boʻlishi kerak, lekin erkin boʻlishi 
uchun u oldin mustaqil boʻlishi kerak. 
Demak, mustaqillikni asrash uchun 
ijtimoiy tartib oʻrnatilgan va adolat 
qaror topgan boʻlishi kerak. Ijtimoiy tartib – bu huquq va axloq 
normalariga rioya qilishning 
taʼminlanganlik holatidir. Huquq va 
axloq oʻz-oʻzidan tartibni oʻrnatmaydi, 
buning uchun ularga rioya qilish 
taʼminlangan boʻlishi lozim. Buning 
uchun esa ularga rioya qilish nazorat 
qilinishi kerak, nazorat qilinganda ham 
faqat yuqoridan emas, balki quyidan 
ham nazorat qilinishi kerak. Yuqoridan 
ijtimoiy tartibni oʻrnatishga masʼul 
boʻlgan hokimiyat tarmogʻi sud 
hokimiyati hisoblanadi, shuning uchun 
jamiyat nazorati asosiy eʼtiborni sud 
hokimiyati faoliyatini nazorat qilishga 
qaratishi lozim. Hokimiyat tarmoqlari, 
yaʼni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va 
sud hokimiyati oʻz funksiyalarini toʻgʻri 
bajarishlari uchun ularning oʻzlari 
jamiyat nazorati ostida boʻlishlari kerak. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini 
taʼminlashda sud hokimiyatining ochiqligini taʼminlash bilan birga, 
hokimiyatning har uchala tarmogʻida kadrlarni tanlash va joy-joyiga 
qoʻyish jarayonidagi ochiqlikni taʼminlashga ham alohida eʼtibor qaratish 
lozim. Chunki aynan ana shu jarayonda pora berish ehtimoli kuchli. 
Qayerda pora berib ishga kirildimi, oʻsha yerda kadrlarning saviyasi 
pasayib boradi, natijada taraqqiyotni taʼminlab boʻlmaydi va ertami-
kechmi inqiroz boshlanib, jamiyat parokanda boʻla boshlaydi. Chunki 
poraxoʻrlikka asoslangan kadrlar tanlash tizimida kuchli kadrlar oʻz-
oʻzidan chetga chiqib qoladi. Bunday ayanchli holat roʻy bermasligi uchun 
kadrlarni tanlash tizimida maʼlum bir mezonlarga rioya qilish nazorat 
ostiga olinishi lozim. Maʼnaviy yuksaklik insonga oʻz ustidan hokimiyatga ega boʻlishni 
taʼminlaydi va oʻz ustidan hokimiyatga ega boʻlgan odamgina 
oʻzgalar ustidan hokimiyatga ega boʻlishi mumkin. Oʻzini boshqara 
olmagan odam oʻzgalarni ham boshqara olmaydi va u rahbar qilib 
qoʻyilgan jamoada tartib boʻlmaydi. Tartib boʻlmagan joyda odamlar 
norozi boʻladilar, norozilik boʻlgan joyda parokandalik kelib chiqadi. 
Kadrlarni tanlashda nomzodning oiladagi muhitining sogʻlomligi 
shunisi bilan muhimki, agar oilada muhit nosogʻlom boʻlsa, demak, 
u oʻz oilasini boshqara olmagan boʻladi. Oʻz oilasini boshqara 
olmagan odam qanday qilib biror-bir jamoani boshqara oladi? 
Barcha darajadagi rahbarlarni tanlashda ana shu mezonlarga rioya 
qilishni taʼminlash uchun ushbu jarayonlarning ochiqligi va 
oshkoraligi taʼminlangan boʻlishi lozim. Kadrlarni tanlash 
jarayonidagi ochiqlik va oshkoralik ushbu jarayondagi jamiyat 
nazoratini taʼminlab, kuchli kadrlarning shakllanishi uchun asos 
boʻladi. Kuchli kadrlar islohotlarni amalga oshirishga va jamiyat 
taraqqiyotini taʼminlashga qodir boʻladi. Davlat hokimiyati va boshqaravi organlari faoliyatining ochiqligi yana bir 
sohada, yaʼni ragʻbatlantirish tizimida kuchayishi muhim ahamiyatga ega. 
Ragʻbatlantirish tizimida ochiqlik taʼminlanmasa va buning natijasida nazorat 
kuchaymasa, nomunosib kadrlarni qadrlash va taqdirlash holati kelib chiqadi. 
Bunday holat roʻy bermasligi uchun kim nima uchun va qaysi xizmatlari uchun 
taqdirlangan boʻlsa, oʻshandan jamiyat xabardor boʻlishi lozim. Boshqacha 
qilib aytganda, agar biror-bir kishi, biror-bir mukofotga sazovor boʻlsa, u oʻsha 
mukofotga sazovor boʻlishga munosib ekanligini jamiyatga isbotlab berishi 
kerak. Ana shunday tartibni joriy qilish turli xil noqonuniy yoʻllar bilan 
ragʻbatlantirishga intiladigan odamlarning kamayishiga olib keladi, chunki 
hech kim pora berib, yaʼni nomunosib tarzda mukofotga erishganligining 
jamiyat oldida oshkor boʻlishini xohlamaydi. Ming afsuski, turli xil noqonuniy 
yoʻllar bilan, jumladan, pora berib ragʻbatlantirishga intiluvchi nomunosib 
odamlar, albatta, topiladi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash 
mexanizmini aniq tassavvur qilish va tushunish uchun biror-bir konkret muammo 
misolida koʻrib chiqish maqsadga muvofiqdir. Masalan, bugungi kunda mavjud ijtimoiy 
muammolardan biri – yoʻllardagi ayanchli holat muammosini hal qilishda ochiqlikni 
taʼminlash mexanizmini koʻrib chiqsak. Albatta, mustaqillik yillarida shaharlarimiz obod 
boʻlib bormoqda, shaharning obodligini yoʻllarning obodligisiz tasavvur qilib boʻlmaydi, 
lekin ayrim koʻchalar, ayniqsa, markaziy boʻlmagan koʻchalarda ahvol yaxshi emas. 
Yoʻllarning soz holatiga masʼul boʻlgan davlat organlari faoliyatidan xabardorlikni 
taʼminlashda asosan nimaga eʼtibor qaratish lozim. Yoʻllarni yaxshi holatda saqlash 
uchun byudjetdan qancha mablagʻ ajratilayotganligi va u qanday maqsadda 
sarflanayotganligi ochiqligi taʼminlanib, bundan xalq xabardor boʻlishiga erishish 
kerak. Yoʻllar muammosini hal qilish uchun faqat yuqoridan davlat nazorati emas, balki 
quyidan jamiyat nazorati ham amalga oshirilishi lozim. Ayni paytda jamiyat – bu 
haydovchilardir va ular nazorat funksiyalarini amalga oshirishlari uchun birlashgan 
boʻlishlari lozim. X U LO S A  
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, davlat hokimiyati va 
boshqaruvi organlarining faoliyati ochiqligi toʻgʻrisidagi qonun 
axborot sohasidagi munosabatlarni tartibga solishi uchun 
fuqarolik jamiyati institutlari ijtimoiy hayotning barcha sohalarini 
qamrab olgan boʻlishlari lozim va, eng avvalo, sud hokimiyati, 
kadrlarni tanlash va ragʻbatlantirish tizimida ochiqlikni 
taʼminlashda fuqarolik jamiyati institutlari faol boʻlishlari lozim. 
Bunda asosiy masʼuliyat ommaviy axborot vositalariga yuklatiladi, 
chunki agar ommaviy axborot vositalari jamiyatga oʻz vaqtida 
tezkor axborotlarni berib bormasa, jamiyat xabardor boʻlmaydi 
va, demak, oʻz nazorat funksiyasini amalga oshira olmaydi. 
Ochiqlikni taʼminlashda OAVlari bilan fuqarolik jamiyatining 
boshqa institutlari oʻrtasida hamkorlik va sheriklikni 
mustahkamlash lozim. Umuman, OAVlari ochiqlik va oshkoralikni 
taʼminlamasalar, demokratiya namoyon boʻlmaydi. E T I B O R I N G I Z   U C H U N   R A H M AT

M AV Z U : F U QA R O L I K J A M IYAT I N A ZO R AT I N I K U C H AYT IR IS H DA DAV L AT H O K IM I YAT I O R G A N L A R I FAO L IYAT I O C H IQ L IG I N I N G A H A M I YAT I

R E J A : 1. Oʻzbekistonda ijtimoiy tartibni oʻrnatishning demokratik yoʻlini tanlanishi. 2. Ijtimoiy tartibni oʻrnatishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligining ahamiyati. 3.Ragʻbatlantirish jarayonida fuqarolik jamiyati nazoratni samarali qilishda ochiqlikninng oʻrni.

Bugungi kunda dunyoning barcha davlatlari, jumladan, Oʻzbekiston ham ijtimoiy tartibni oʻrnatishning demokratik yoʻlini tanladi. Chunki hozircha insoniyat demokratiyadan afzalroq boʻlgan taraqqiyot yoʻlini hali-hanuz oʻylab topgani yoʻq. Demokratiya hokimiyatning xalq tomonidan shakllantirilishi va nazorat qilinishidir. Xalq hokimiyatni shakllantirishda ishtirok etsayu, lekin nazorat qilishda ishtirok etmasa, hokimiyat halqning manfaatini ifodalamay qoʻyadi. Nazorat boʻlmagan joyda esa hokimiyat xalqqa xizmat qilmaydi, balki hukmronlik qila boshlaydi va bunday joyda ertami-kechmi demokratiya oʻrnini diktatura egallaydi. Diktatura – bu zuravonlik, zoʻravonlik boʻlgan joyda adolatsizlik kelib chiqadi, adolatsizlik boʻlgan joyda odamlar norozi boʻladi, norozilik parokandalikka olib keladi va mustaqillikning bardavomligini gumon qilib qoʻyadi. Shunga asosan milliy xavfsizligimizga eng kuchli tahdid – bu adolatsizlik deb aytish mumkin.

Jamiyat nazoratini kuchli qilish uchun jamiyat hokimiyat faoliyatidan xabardor boʻlishi kerak va buning uchun xalqqa hokimiyat faoliyati toʻgʻrisida axborot berish lozim. Agar xalq davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati toʻgʻrisida axborotga ega boʻlmasa, u oʻzining nazorat funksiyasini amalga oshira olmaydi. Jamiyat nazorati boʻlmagan joyda ijtimoiy tartibning barqarorligini taʼminlab boʻlmasligini tarix yaqqol koʻrsatib bergan. Buni anglab olgan sobiq shoʻrolar davlati rahbariyati “Xalq nazorati toʻgʻrisida” qonun qabul qilib, uni amalga tatbiq etishga xarakat qiladi. Lekin bu qonun asosida tuzilgan xalq nazorati komitetlari jamiyat nazoratini tashkil qila olmadi, oqibatda ijtimoiy tartibsizlik kuchayib bordi va dunyodagi qudratli davlatlardan biri boʻlgan shoʻrolar davlati barham topdi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi taʼminlanishi uchun axborot beruvchi va axborot oluvchi ochiqlikdan manfaatdor ekanligini anglab olgan boʻlishi lozim. Buning uchun davlat ham, jamiyat ham bir oddiy haqiqatni, yaʼni jamiyatning mavjud boʻlishi va taraqqiy topishining muhim sharti ijtimoiy tartib ekanligini bilishlari kerak. Ijtimoiy tartib deganda adolatning qaror topganligi tushuniladi. Adolatsizlik boʻlgan joyda odamlar norozi boʻladi va ertami- kechmi bunday holat mustaqillikning qoʻldan ketishiga olib keladi. Mustaqillik inson baxtli boʻlishining muhim sharti hisoblanadi, chunki inson baxtli boʻlishi uchun u erkin boʻlishi kerak, lekin erkin boʻlishi uchun u oldin mustaqil boʻlishi kerak. Demak, mustaqillikni asrash uchun ijtimoiy tartib oʻrnatilgan va adolat qaror topgan boʻlishi kerak.