Davlat organlari faoliyatida qonuniylikni ta’minlashda yuridik xizmatning roli
Mavzu:Davlat or ganlar i faoliyat ida qonuniylik ni ta’minlashda yur idik x izmatning r oli
• O`zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlari yuridik xizmatini O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashining yuridik xizmatlari tashkil etadi. • O`zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlari yuridik xizmatining vazifalari, funksiyasi, huquq va majburiyatlari mazkur organlar tomonidan tasdiqlangan huquqiy hujjatlar bilan belgilangan. • O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi yuridik xizmati
• O`zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrdagi “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to`g`risida”gi Konstitutsiyaviy qonuniga, 2004 yil 2 dekabrdagi “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a`zosining maqomi to`g`risida”gi hamda 2003 yil 29 avgustdagi “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to`g`risida”gi qonunlariga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, uning organlari va deputatlar faoliyatiga tashkiliy- huquqiy xizmat ko`rsatish O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Devoni tomonidan amalga oshiriladi.
• O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining yuridik xizmati O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining 2005 yil 7 apreldagi farmoyishi bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Devoni to`g`risida”gi Nizomga muvofiq Qonunchilik palatasi Devoni tarkibiga kiradi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi yuridik xizmatining asosiy vazifalari va funksiyalari ham bevosita mazkur Nizomda o`z ifodasini topgan.