O‘zbekistonda mustaqillik yillari demokratik davlat va fuqarolik jamiyati shakillari
MAVZU: O‘ZBEKISTONDA MUSTAQILLIK YILLARI DEMOKRATIK DAVLAT VA FUQAROLIK JAMIYATI SHAKILLARI
RE JA: 1.O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI 2.O‘ZBEKISTONNING DAVLAT MUSTAQILLIGINI QO‘LGA KIRITISHI TOMON YO‘L TUTISHI 3.SOVET IMPERIYASINING TANAZZULGA YUZ TUTISHI
• MUSTAQILLIK YILLARI IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLARNING TEZKORLIGI, VOQEA VA HODISALARNING SHIDDATLILIGI, OLAM-U ODAM TAQDIRIGA DAXLDOR BO‘LGAN DUNYOVIY MUAMMOLAR-U SERQIRRA HAYOTNING BARCHA JABHALARINI QAMRAB OLGAN UMUMIY QARASHLARIMIZDAN TORTIB, ENG KICHIK, ENG SHAXSIY YUMUSHLARIMIZGACHA BO‘LGAN BARCHA HODISALARNI O‘ZIDA MUJASSAM ETADI. TABIIYKI, BUNDAY YALPI YANGILANISHLAR JARAYONI IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR QATORIDA TARIX FANI OLDIGA HAM YANGI VAZIFALAR QO‘YADI. TADQIQOTCHILAR BIRINCHI NAVBATDA XALQIMIZNING MUSTAQILLIKKA ERISHISH YO‘LIDAGI ASRLAR OSHA OLIB BORGAN TINIMSIZ KURASHINI, UNI QO‘LGA KIRITISH YO‘LLARI VA VOSITALARINI, MILLIY DAVLATCHILIK QURILISHIGA DOIR TA JRIBANI, MUSTAQILLIKNI MUSTAHKAMLASHNING SIYOSIY, IQTISODIY, IJTIMOIY VA MA’NAVIY OMILLARINI O‘RGANISH VA MILLIY G‘OYANI YARATISH KABI BIR QATOR MUHIM MUAMMOLARNI HAR TOMONLAMA MUSHOHADA QILMOQLARI LOZIM. DARHAQIQAT, TARIX XOTIRASI INSON TARAQQIYOTIGA KUCHLI TA’SIR O‘TKAZADI, MILLIY G‘OYANING SHAKLLANISHIDA MUHIM OMIL BO‘LIB XIZMAT QILADI. MILLIY ONG, MILLIY TAFAKKUR XALQ TARIXI, UNING RIVOJLANISH BOSQICHLARINI NECHOG‘LI O‘RGANISH, UNDAN SABOQ CHIQARISH BILAN BOG‘LIQ. ULUG‘ ALLOMALAR AYTGANIDEK, TARIX INSONNI ISTIQBOLGA DA’VAT ETADI, ULKAN YARATUVCHILIKNI RAG‘BATLANTIRADI. “O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI” FANINING VAZIFASI – O‘ZBEKISTON MILLIY DAVLATCHILIGINING VUJUDGA KELISHI VA TARAQQIY TOPISHINING ENG YANGI TARIXINI TADQIQ ETISH VA O‘QITISH, ILMIY, ILMIY-OMMABOP, O‘QUV-METODIK, MA’RIFIY ADABIYOTLARNI TAYYORLASH VA CHOP ETISH, ILM-FANNING TA’LIM VA BOSHQA IJTIMOIY SOHALAR BILAN INTEGRATSIYASI MEXANIZMLARINI MUSTAHKAMLASH VA RIVOJLANTIRISH BORASIDA ILMIY, MADANIY, TA’LIM, JAMOAT MUASSASALARI VA TASHKILOTLARI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH ISHLARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH, YOSHLARDA, AVVALAMBOR, UMUMTA’LIM MAKTABLARI, KASB-HUNAR KOLLE JLARI, AKADEMIK LITSEYLAR O‘QUVCHILARIDA, OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARIDA MAMLAKAT TARIXI HAQIDAGI CHUQUR BILIMLARNI SHAKLLANTIRISHDIR