logo

Al-Xorazmiy hayoti va ijodi

Загружено в:

16.08.2023

Скачано:

0

Размер:

725.28515625 KB
“ Al-Xorazmiy hayoti va 
ijodi ”  MUHAMMAD IBN MUSO AL-XORAZMIY
• X orazmiy ,  Abu J aʼfar (A bu 
Abdulloh) Muhammad ibn 
Muso al 
X orazmiy  (783, Xiva — 
850, Bag‘dod) — 
xorazmlik matematik, astrono
m, geograf, fan tarixidagi ilk 
qomusiy olimlardan. 
Zahiriddin va Firdavs qoʻlida 
tahsil olgan bilan birga 
ishlagan.  • Dastlabki maʼlumotni  Xiva
 shahrida olgan va yetuk olim 
boʻlib shakllangan. Bunda arab 
istilosidan soʻng muayyan 
darajada saqlanib qolgan 
qadimgi  Xorazm fani  anʼanalari 
asosiy rol oʻynagan.  Xalifa 
Horun  ar Rashidning  oʻgʻli va 
uning  Xurosondagi  voliysi  al  
Maʼmun  huzuriga —  Marvga
 taklif etilgan.   AL-XORAZMIY VA ALGEBRA
• Xorazmiy  algebra  faniga asos solgani, bu fan atamasi uning 
„Kitob muxtasar min hisob  aljabr   valmuqobala “  („Aljabr 
valmuqobala hisobi haqida qisqacha kitob“) asari nomidan 
kelib chiqqani yaxshi maʼlum. Lekin baʼzan Xorazmiy faqat 
oʻzidan avval maʼlum boʻlgan  chiziqli  va  kvadrat  tenglamalar 
yechish usulini tizimga solgan, degan nuqtai nazar uchraydi. 
Bu fikr Xorazmiy asari shu mavzudan boshlanganligi tufayli 
paydo boʻlgan. Holbuki, Xorazmiyning kitobi, birinchi 
navbatda, algebraik hisobga bagʻishlangan. Bu shundan ham 
koʻrinadiki, kitob nomi ikki muhim algebraik amal —  aljabr  va 
almuqobala  bilan atalgan. Xorazmiy algebraik amallarni, avval 
tenglamalarni yechishda qanday qoʻllanishini bayon etib, 
soʻng algebraik shakl almashtirishlariga oʻtgan. Aks holda 
kitobning maqsadini tushunish qiyin boʻlar edi.  „ ALJABR VAL MUQOBALA“ KITOBI
• Uning muqaddimasida kitob nima maqsadda 
yozilgani bayon qilinadi: "Men arifmetikaning 
oddiy va murakkab masalalarini oʻz ichiga 
oluvchi „Aljabr val muqobala hisobi haqida 
qisqacha kitob“ni taʼlik qildim, chunki meros 
taqsimlashda, vasiyatnoma tuzishda, mol 
taqsimlashda, adliya ishlarida, savdoda va har 
qanday bitimlarda, shuningdek, yer 
oʻlchashda, kanallar oʻtkazishda,  geometriyada
 va boshqa shunga oʻxshash turli ishlarda 
kishilar uchun bu zarurdir".  Kitob uch qism (kitob)dan iborat. Uning 15 bobli birinchi qismi 
„Kitob  almuxtasar   filjabr   valmuqobala “  deb nomlangan va sof 
matematik faktlar bayoniga bagʻishlangan. Xususan, unda 
Qadimiy Bobildan maʼlum boʻlgan birinchi va ikkinchi darajali 
tenglamalarni yechish usullari bayon qilingan. Xorazmiy manfiy 
sonlardan foydalanmagani uchun tenglamalarni quyidagi 
koʻrinishda qaraydi: ax2=bx, ax1=c, bx=c, ax2+bx=c, ax2+c=bx, 
ax2=bx+c. (Ular hozirgi fan tilida 
birinchi va ikkinchi darajali tenglamalarning  musbat sonlar 
yarimmaydoni ustidagi kanonik koʻrinishlaridir).  „ ARIFMETIKA“ ASARI
• Sivilizatsiya taraqqiyotida sonlar va arifmetik amallar qanday oʻrin tutishi ravshan, busiz jamiyat 
taraqqiyotini tasavvur qilib ham boʻlmaydi. Bugun umumbashariy madaniyatning eng oddiy unsuriga 
aylanib ketgan sonlarni  oʻnli  sanoq sistemasida  yozish va ular ustida arifmetik amallarni bajarish 
qoidalari Xorazmiyning „Arifmetika“ asari tufayli joriy boʻlgan.
• Gap shundaki, hind olimlari tomonidan kashf etilgan sonlarni oʻnta raqam yordamida yozish usuli 
Xorazmiygacha ham Yaqin Sharq olimlariga maʼlum edi. Lekin shunga qaramay hind hisobi keng 
yoyilmagan. Xorazmiyning buyuk xizmati shundaki, u oʻnli sanoq sistemasining ahamiyatini birinchi 
boʻlib payqab, sodda va loʻnda uslubda bayon qilib bergan. Shu tufayli Xorazmiyning kitobi ham, oʻnli 
sanoq sistemasi ham tez orada  Sharqiy Turkistondan   Ispaniyagacha  boʻlgan hududdagi musulmon 
dunyosiga, 12-asrdan boshlab  Yevropaga  tarqalgan. Shuning uchun Xorazmiyni butun insoniyatni 
arifmetika x* oʻrgatgan ustoz hisoblash mumkin.  • Oʻrta asrlarda matematika, astronomiya va boshqa fanlar sohasida yozilgan yuzlab olimlarning kitoblari orasida aynan 
Xorazmiy asarlari Sharqda ham, Gʻarbda ham eng koʻp tarqalgani va umuminsoniy taraqqiyotga eng koʻp hissa 
qoʻshgani bilan ajralib turadi. Bunga Xorazmiy keng qoʻllagan original bayon uslubi sabab boʻlgan. Bu uslub tagida 
algoritm gʻoyasi yotadi. Xorazmiyning bu gʻoyasi zamonlar oʻtishi bilan koʻproq ahamiyat kasb etib bormoqda va 
bugunga kelib jamiyat taraqqiyotining eng muhim omillaridan biriga aylandi — raqamli axborotni qayta ishlash shunga 
asoslanadi.
• Algoritm namunalari (masalan  Evklid  algoritmi ) yunon matematikasida uchraydi. Xorazmiy algoritmik mushohadaning 
qiyin va murakkab mavzularni bayon qilishdagi ahamiyatni toʻgʻri baholab, uni oʻz asarlarida muntazam ravishda 
qoʻllagan, mushohada va bayon uslubiga aylantirgan. Oʻrta asrlarga kelib, Yevropada avval toʻrt amalni bajarish 
qoidalari, soʻng umuman arifmetika, 18-asrdan har qanday qatʼiy tartibdagi matematik qoidalar, 19-asrdan hisoblash 
mashinalari uchun dasturlar „algoritm“ deb atala boshlagan.
• 20-asr oʻrtalarida algoritm tushunchasi komputerlar fanining oʻzak konsepsiyasiga aylangan boʻlsa, asr oxirida u 
matematika va informatika doirasidan chiqib, barcha  tabiiy fanlar  va texnikada tafakkurning zaruriy unsuri — 
algoritmik mushohada qobiliyati darajasiga yetdi. Xorazmiyning nisbasi algoritm atamasiga aylangani tarixiy adolatdir.
• Xorazmiy „Arifmetika“si sonlar tabiati haqidagi umumiy mushohadalardan boshlanadi. Soʻng istalgan butun musbat 
sonni oʻnta raqam orqali yozish usuli, yaʼni oʻnlik sanoq sistemasi va uning afzalliklari bayon qilinadi. Soʻng bu sanoq 
sistemasida yozilgan sonlarni qoʻshish, ayirish, koʻpaytirish va boʻlish qoidalari bayon qilinib, misollar bilan 
tushuntiriladi. Shundan keyin Xorazmiy kasr sonlar haqida tushuncha beradi va ular ustida arifmetik amallarni oltmishli 
sanoq sistemasiga asoslanib bajarish qoidalarini aytadi.  „ ZIJ“ ASARI
• Xorazmiyning fan taraqqiyotida chuqur iz qoldirgan yana bir asari  „ Zij“dir . U 
nazariy astronomiya va astronomik jadvallardan iborat boʻlib, arabcha 
qoʻlyozmalari saqlanmagan,  Maslama   alMajritiy  (10-asr) tomonidan qayta 
ishlangan variantning lotinchaga va  yahudiychaga  tarjimalari yetib kelgan.
• Xorazmiy „Zij“i oʻrta asrlar fanidagi astronomiyaga oid dastlabki asar boʻlib, 37 
bobdan iborat va 116 ta jadvalni oʻz ichiga oladi. Unda turli taqvimlar, 
xronologiya, Quyosh, Oy, sayyoralarning harakati, burjlar va boshqalar haqida 
maʼlumotlar keltirilgan. Xususan, Quyosh va Oy harakati tenglamalari va 
tutilish muddatlarini aniqlash qoidalari, sinuslar jadvallari, geografik nuqtalarni 
topish qoidalari beriladi. „Zij“da birinchi marta  tangens funksiyasi  kiritilgan.  ILMIY ASARLARI
Xorazmiyning „Kitob attarix“ (Xorazmiy „Tarix“i) asarida Muhammad 
(as) hayoti bilan bogʻliq sanalar,  islom  tarixidagi muhorabalar, 
Quyosh  tutilishlari, 713-yil 10-martda  Antioxiya  shahrida  yuz bergan 
dahshatli zilzila, xalifalikdagi siyosiy hodisalar qayd etilgan. Afsuski, 
bu asar bizgacha yetib kelmagan. Lekin undan olingan koʻchirmalar 
juda koʻp tarixnavis olimlar ( Beruniy ,  Yoqut  Rumiy ,  Yaʼqubiy ,  Elias
 Bar  Shinoyi ,  Hamza  Isfahoniy ,  At-Tabariy ,  Al-Masʼudiy  va boshqalar) 
kitoblarida uchraydi. Bundan koʻrinadiki, Xorazmiyning „Tarix“i uz 
davrida mashxur boʻlgan va keng tarqalgan. Asar usha davrning 
boshqa tarixchilar yozgan kitoblaridan voqealarni aniq qayd etilishi 
bilan ajralib turadi.  Ahmad al-Fargʻoniy astrolyabiyaga oid asarida Xorazmiyga tegishli sfera 
geometriyasi haqidagi asarni eslatadi, ammo u hozirgacha topilmagan. Xorazmiy 
fanning beshdan ortiq sohasini fundamental yangiliklari bilan boyitgani sababli fan 
tarixidagi ilk  qomusiy olim  deb sanalishga haqli. Xorazmiy boshlagan bu anʼana 
keyinchalik  Ibn Sino , Beruniy,  Leonardo   da   Vinchi ,  Leybnits ,  Lomonosov ,  Franklin
 kabi olimlar tomonidan davom ettirilgan.

“ Al-Xorazmiy hayoti va ijodi ”

MUHAMMAD IBN MUSO AL-XORAZMIY • X orazmiy ,  Abu J aʼfar (A bu Abdulloh) Muhammad ibn Muso al X orazmiy  (783, Xiva — 850, Bag‘dod) — xorazmlik matematik, astrono m, geograf, fan tarixidagi ilk qomusiy olimlardan. Zahiriddin va Firdavs qoʻlida tahsil olgan bilan birga ishlagan.

• Dastlabki maʼlumotni  Xiva  shahrida olgan va yetuk olim boʻlib shakllangan. Bunda arab istilosidan soʻng muayyan darajada saqlanib qolgan qadimgi  Xorazm fani  anʼanalari asosiy rol oʻynagan.  Xalifa Horun ar Rashidning  oʻgʻli va uning  Xurosondagi  voliysi  al Maʼmun  huzuriga —  Marvga  taklif etilgan. 

AL-XORAZMIY VA ALGEBRA • Xorazmiy  algebra  faniga asos solgani, bu fan atamasi uning  „Kitob muxtasar min hisob aljabr valmuqobala “  („Aljabr valmuqobala hisobi haqida qisqacha kitob“) asari nomidan kelib chiqqani yaxshi maʼlum. Lekin baʼzan Xorazmiy faqat oʻzidan avval maʼlum boʻlgan  chiziqli  va  kvadrat  tenglamalar yechish usulini tizimga solgan, degan nuqtai nazar uchraydi. Bu fikr Xorazmiy asari shu mavzudan boshlanganligi tufayli paydo boʻlgan. Holbuki, Xorazmiyning kitobi, birinchi navbatda, algebraik hisobga bagʻishlangan. Bu shundan ham koʻrinadiki, kitob nomi ikki muhim algebraik amal —  aljabr  va  almuqobala  bilan atalgan. Xorazmiy algebraik amallarni, avval tenglamalarni yechishda qanday qoʻllanishini bayon etib, soʻng algebraik shakl almashtirishlariga oʻtgan. Aks holda kitobning maqsadini tushunish qiyin boʻlar edi.

„ ALJABR VAL MUQOBALA“ KITOBI • Uning muqaddimasida kitob nima maqsadda yozilgani bayon qilinadi: "Men arifmetikaning oddiy va murakkab masalalarini oʻz ichiga oluvchi „Aljabr val muqobala hisobi haqida qisqacha kitob“ni taʼlik qildim, chunki meros taqsimlashda, vasiyatnoma tuzishda, mol taqsimlashda, adliya ishlarida, savdoda va har qanday bitimlarda, shuningdek, yer oʻlchashda, kanallar oʻtkazishda,  geometriyada  va boshqa shunga oʻxshash turli ishlarda kishilar uchun bu zarurdir".