Amerika Qo‘shma Shtatlari xo‘jaligi va iqtisodiy rayonlari
Amerika Qo‘shma Shtatlari xo‘jaligi va iqtisodiy rayonlari
• AQSH YIM hajmi bo'yicha jahonda Xitoydan keyingi ikkinchi o'rinda turadi va jahonning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlatlaridan biri hisoblanadi. AQSHning yuzlab transmilliy korporatsiyalarining ko'plab xorijiy davlatlarda keng tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi mamlakatning iqtisodiy qudratini va jahon xo'jaligidagi o'rnini yanada yuksaltiradi. Shuningdek, AQSH moliyaviy tizimining ulkan salohiyati hamda AQSH dollarining asosiy xalqaro valyuta funksiyasini bajarayotgani mamlakatning jahon iqtisodiyotiga kuchli ta'sir qilishini ta'minlaydi.
Sanoati • Yalpi sanoat mahsulotining hajmi bo'yicha AQSH jahonda Xitoydan so'nggi 2-o'rinda turadi. AQSHda sanoatning barcha tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Ayniqsa, aerokosmik sanoat, avtomobilsozlik, elektrotexnika, elektronika, tibbiyot asbob-uskunalarini ishlab chiqarish, atom mashinasozligi, harbiy-sanoat majmuasi, neft-kimyo sanoati kabi zamonaviy texnologiyalarga tayanib rivojlanayotgan sanoat tarmoqlarida AQSHning jahon miqyosida yetakchiligi yaqqol ko'zga tashlanadi.
• Oxirgi yillarda AQSH jahonda tabiiy gazni qazib olishda 1- (yiliga 800 mlrd m3dan ziyod), ko'mirni qazib olish bo'yicha 2- (yiliga 800 mln. tonnadan ortiq), neftni qazib olish bo'yicha 2-3- (yiliga 500 mln. tonnadan ko'p) o'rinlarni egallamoqda. Neft-gaz sanoatining eng yirik rayonlari Texas, Kaliforniya va Alyaska shtatlarida shakllangan. Ko'mir eng ko'p miqdorda mamlakat janubi-sharqida joylashgan Appalachi ko'mir havzasidan qazib olinadi.