logo

Jahon xo‘jaligi va xalqaro mehnat taqsimoti

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

12723.796875 KB
Jahon  xo‘jaligi  va  
xalqaro  mehnat  
taqsimoti •
Jahon xo‘jaligi (iqtisodiyoti)turli ko‘rinishdagi 
savdo-iqtisodiy aloqalar  bilan  o‘zaro  bog‘langan  
barcha  mamlakatlarning  milliy  iqtisodiyotlari 
majmuyi  hisoblanadi. 
•
Milliy  xo‘jaliklar  umumlashgan  holda  jahon  
xo‘jaligi  sifatida  faoliyat ko‘rsata  boshlagan  davr  
XV–XVI  asrlar,  ya’ni  Buyuk  geografik  
kashfiyotlar  davri  bilan  bog‘liq.  Aynan  ushbu  
davrda  qimmatbaho  metall  va toshlar,  ziravorlar,  
qullar  bilan  xalqaro  savdo  tez  rivojlanib  bordi.   •
Jahon  xo‘jaligining  rivojlanishi  ishlab  
chiqarish  tarmoqlarining  taraqqiyoti  
bilan  bog‘liq.  Ma’lumki,  jahon  
iqtisodiyoti  uchun  XVIII  asrgacha bo‘lgan 
davrda qishloq xo‘jaligi yetakchi tarmoq 
bo‘lgan. Shu bilan birga hunarmandchilik  
sohasi  ham  ma’lum  darajada  rivojlangan 
 edi.    •
Yevropada  yuz  bergan  sanoat  inqilobi  sanoat  
ishlab  chiqarishining  rivojlanishi  uchun  zamin  
yaratdi.  XVIII  asr  oxirida  J.Uatt  tomonidan  bug‘ 
mashinasining  ixtiro  qilinishi  turli  mahsulotlar  
ishlab  chiqaruvchi  yirik sanoat  korxonalarining  
ishga  tushirilishiga  yordam  berdi. 
•
1960-yillarga  kelib  ishlab  chiqarish  tarmoqlarida  
avtomatlashtirish  jarayoni boshlandi. Bu holat, o‘z 
navbatida, nomoddiy ishlab chiqarish 
tarmoqlarining  rivojlanishiga  sababchi  bo‘ldi.  
Natijada  jahon  iqtisodiyotida xizmat  ko‘rsatish  
tarmoqlari  katta  ahamiyatga  ega  bo‘la  boshladi.  •
Jahon xo‘jaligining rivojlanishida uning asosiy 
sohalari katta ahamiyatga ega. Ular odatda uchta 
sektorga ajratiladi. Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, 
baliqchilik,  ovchilik,  shu  bilan  birga  tog‘-kon 
 sanoati birlamchi sektor   tarkibiga  kiradi.  Bu  
sektor  tarmoqlari,  asosan,  sanoat  tarmoqlari  
uchun zaruriy  xomashyoni  tayyorlab  berishga  
ixtisoslashgan. Ikkilamchi sektor   tarmoqlari 
tayyor mahsulot yaratishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, 
aholiga xizmat ko‘rsatish uchlamchi sektorning  
asosiy  vazifasi  hisoblanadi   •
Qishloq  xo‘jaligi,  sanoat  va  xizmat  ko‘rsatish  
tarmoqlarining  iqtisodiyotda  tutgan  o‘rniga  ko‘ra  
davlatlarni  turli  guruhlarga  ajratish  mumkin. Hozirda  
jahon  davlatlari  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  holatiga  
ko‘ra  agrar  (iqtisodiyotning  tarmoq  tarkibida  qishloq  
xo‘jaligi  salmog‘i  yuqori), industrial  (iqtisodiyotning  
tarmoq  tarkibida  sanoat  va  qurilish  sohalari salmog‘i 
yuqori) va postindustrial (iqtisodiyotning tarmoq 
tarkibida xizmat ko‘rsatish,  ayniqsa,  intellektual  soha  
tarmoqlari  salmog‘i  yuqori)  tiplarga ajratiladi.    •
.  Shu  bilan  birga  iqtisodiyotida  
qishloq  xo‘jaligi  va  sanoat  
salmog‘iga  ko‘ra  agrar-industrial 
 yoki  industrial-agrar  davlatlar  
ham  ajratiladi.  Senegal  agrar,  
Braziliya  industrial,  GFR  
postindustrial,  O‘zbekiston 
industrial-agrar,  Kambodja  
agrar-industrial  davlatlarga  misol 
 bo‘la  oladi.   •
Jahon  xo‘jaligining  yagona  tizim  sifatida  rivojlanishi  
xalqaro  mehnat taqsimotiga  tayanadi.  Xalqaro  mehnat 
 taqsimoti deb,  ayrim  davlatlar xo‘jaligining  ma’lum  
mahsulotlarni  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashishi  va bu  
mahsulotlarni  boshqa  davlatlar  bilan  ayirboshlashiga  
aytiladi.  Davlatlarning  xalqaro  mehnat  taqsimotidagi  
o‘rniga  ularning  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyoti,  
iqtisodiy  geografik  o‘rni  xususiyatlari  (ayniqsa,  
dengiz  yo‘llariga  nisbatan  joylashishi),  tabiiy  
resurslari  kabi  omillar  ta’sir ko‘rsatadi. •
Har bir davlatda xalqaro ixtisoslashuv tarmoqlari, ya’ni 
eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchitarmoqlar 
shakllanadi. Masalan, Yaponiya jahondagi  
radioelektronika,  robottexnikasi  mahsulotlari,  avtomobil  
va  dengiz kemalari  eksporti  bo‘yicha  peshqadam  bo‘lsa, 
 Saudiya Arabistoni,  BAA, Kuvayt  kabi  davlatlar  
yoqilg‘i  xomashyosining  asosiy  eksportyorlari  
hisoblanadi.  Peru,  Zambiya  va  Kongo  Demokratik  
Respublikasi  mis  rudasi va  tozalangan  misni,  Burundi  
va  Uganda  esa  kofe  xomashyosini  jahon bozoriga  ko‘p  
miqdorda  olib  kiradi. Aynan  xalqaro  ixtisoslashuv  
davlatlarning  jahon  iqtisodiyotidagi  o‘rnini  belgilaydi.

Jahon xo‘jaligi va xalqaro mehnat taqsimoti

• Jahon xo‘jaligi (iqtisodiyoti)turli ko‘rinishdagi savdo-iqtisodiy aloqalar bilan o‘zaro bog‘langan barcha mamlakatlarning milliy iqtisodiyotlari majmuyi hisoblanadi. • Milliy xo‘jaliklar umumlashgan holda jahon xo‘jaligi sifatida faoliyat ko‘rsata boshlagan davr XV–XVI asrlar, ya’ni Buyuk geografik kashfiyotlar davri bilan bog‘liq. Aynan ushbu davrda qimmatbaho metall va toshlar, ziravorlar, qullar bilan xalqaro savdo tez rivojlanib bordi.

• Jahon xo‘jaligining rivojlanishi ishlab chiqarish tarmoqlarining taraqqiyoti bilan bog‘liq. Ma’lumki, jahon iqtisodiyoti uchun XVIII asrgacha bo‘lgan davrda qishloq xo‘jaligi yetakchi tarmoq bo‘lgan. Shu bilan birga hunarmandchilik sohasi ham ma’lum darajada rivojlangan edi.