logo

Jahon iqtisodiyoti va xalqaro integratsiya jarayonlari

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

10915.813476562 KB
J ahon iqt isodiy ot i v a xalqaro int egrat siy a 
jaray onlariБисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм     Jahon xo‘jaligi rivojlanishi uning muhim iqtisodiy markazlari 
faoliyati bilan bog‘liq. Iqtisodiy, ilmiy-texnologik va moliyaviy 
resurslari katta bo‘lgan hamda jahon xo‘jaligida alohida o‘rin 
egallagan davlat va mintaqalar jahonning asosiy iqtisodiy 
markazlari sifatida ajratib olinadi.    XVII-XIX asrlar mobaynida jahon iqtisodiyotida Angliya alohida 
o‘rin tutgan edi. O‘zining siyosiy va iqtisodiy qudratiga, shu bilan 
birga ko‘psonli mustamlaka hududlariga ega bo‘lgan mazkur 
davlat XVII asrdan boshlab asosiy iqtisodiy markaz sifatida tan 
olingan.    O‘sha davrning rivojlangan davlatlari hisoblangan Niderlandiya, 
Fransiya, Ispaniya, Portugaliya kabilar Angliya bilan birgalikda 
Yevropaning jahon iqtisodiyotida peshqadam mintaqaga 
aylanishiga katta hissa qo‘shgan  (25-rasm).   XX asrning boshiga kelib, Angliya o‘z mavqeini sekin-astalik bilan 
boshqa davlatlarga boy bera boshladi. 1810-yili jahon 
savdosining 21,6% i Angliya  hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, oradan 
bir asr vaqt o‘tib, bu ko‘rsatkich 15,3%  ga tushib qolgan.    Bu davrga kelib, AQSH jahon iqtisodiyotining markazlaridan
biri sifatida tan olina boshlandi. Birinchi Jahon urushida g‘oliblar 
tomonidan  janglarda qatnashgan mazkur davlat o‘z mavqeini 
yanada mustahkamlab oldi.    Birinchi Jahon urushidan keyingi davrlarda jahon iqtisodiyotida 
ikki markazlilik holati (Yevropa va AQSH) yuzaga kelgan.    Oradan o‘ttiz yilga yaqin vaqt o‘tgach, ya’ni Ikkinchi Jahon 
urushidan keyingi davrda jahon iqtisodiyotida ikki tizim — jahon 
kapitalistik va sotsialistik tizimi rivojlandi.   1945–1990-yillarda birinchi tizim davlatlarida erkin iqtisodiy 
munosabatlarga asoslangan turli xo‘jalik shakllari rivojlantirilgan 
bo‘lsa, ikkinchi guruh davlatlar iqtisodiyoti asosan davlat nazorati 
ostida faoliyat ko‘rsatdi.    Ikki tizim o‘rtasidagi harbiy-siyosiy va iqtisodiy raqobat 1990-
yillar boshigacha davom etdi. O‘sha davrga kelib, sotsializmdan 
voz kechgan ko‘plab davlatlarda erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tish 
jarayoni boshlandi. Shu bois jahon xo‘jaligida ikki tizimlilik 
holatiga barham berildi.    XXI asrda bir nechta davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-
texnologik salohiyatining o‘sishi natijasida jahon iqtisodiyotida 
polisentrik — ko‘p markazlilik holati shakllana boshladi.     Hozirgi kunda Yevropa Ittifoqi, Shimoliy Amerika kabi an’anaviy yirik 
markazlar bilan bir qatorda Xitoy, Yaponiya, Osiyoning yangi 
sanoatlashgan davlatlari, Fors qo‘ltig‘i davlatlari, Hindiston, Braziliya, 
Meksika, MDH davlatlari kabi iqtisodiy markazlar ham jahon iqtisodiyotida 
o‘ziga xos  o‘ringa egaligi bilan ajralib turadi  (26-rasm).  Shimoliy Amerika bugungi kunda jahon yalpi milliy mahsuloti 
(YMM) ning ¼ qismini beruvchi muhim iqtisodiy markaz 
hisoblanadi  (27-rasm).   Uning tarkibiga kiruvchi AQSH va Kanada “Katta yettilik” 
guruhiga kiruvchi davlatlari sifatida barchamizga ma’lum.   Yevropa Ittifoqi hozirgi kunda o‘z tarkibiga 27 ta davlatni 
birlashtiradi. Uning tarkibidagi 5 ta davlat (Germaniya, Fransiya, 
Italiya, Ispaniya va Niderlandiya) jahonning YIM hajmi bo‘yicha 
birinchi 20 taligiga kiradi.    Hozirgi vaqtda turli davlatlar iqtisodiyotini Xitoy bilan aloqalarsiz 
tasavvur qilish qiyin. Bugungi kunda jahon mamlakatlari orasida 
ko‘plab mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmiga ko‘ra yetakchi 
bo‘lgan Xitoy jahonning deyarli barcha davlatlari bilan keng 
savdo-iqtisodiy aloqalarni amalga oshirmoqda.    Butunjahon iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarning keskin 
ravishda kuchayishida namoyon bo‘layotgan  globallashuv 
jarayoni barcha mintaqa hamda mamlakatlar xo‘jaligining 
rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Globallashuv jarayoni, o‘z 
navbatida,  xalqaro iqtisodiy integratsiya  jarayonining 
rivojlanishiga sababchi bo‘ldi.  Integratsion uyushmalarning mintaqaviy (masalan, Yevropa 
Ittifoqi), tarmoq (masalan, Neft eksport qiluvchi mamlakatlar 
tashkiloti — OPEK) va xalqaro monopoliyalar ko‘rinishidagi turlari 
mavjud.     Har bir integratsion uyushma jahon xo‘jaligi rivojlanishida 
ma’lum ahamiyat kasb etadi. Ular orasida xalqaro 
monopoliyalarning asosiy ko‘rinishi bo‘lgan  transmilliy 
kompaniyalar (TMK) iqtisodiy imkoniyatlari yuqoriligi bilan ajralib 
turadi.     Hozirgi kunda jahon iqtisodiyotida ko‘plab TMKlar ishlab 
chiqarishning turli sohalarida faoliyat olib boradi. Ularning 60% 
idan ortig‘i sanoatda, 1/3 qismi xizmat ko‘rsatishda, 2–3% i 
qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritadi. 
Sanoat Qishloq xo‘jaligi  Xizmat ko‘rsatish     Sanoatda avtomobilsozlik, neftni qayta ishlash, elektronika va 
elektrotexnika tarmoqlariga ixtisoslashgan kompaniyalar TMKlar 
orasida ko‘pchilikni tashkil qilsa, xizmat ko‘rsatish sohalari ichida 
savdo, telekommunikatsiya, kommunal soha
kompaniyalarining salmog‘i yuqori.    Yillik daromadi, kompaniyalarning bozor qiymati kabi 
ko‘rsatkichlar TMKlarning jahon reytingidagi o‘rnini aniqlab 
beradi.    Unga ko‘ra, AQSHning ko‘p tarmoqli Walmart kompaniyasi, 
Niderlandiya-Buyuk Britaniyaning Royal Dutch Shell,     Xitoyning China Petroleum & Chemical Corp. (Sinopec Group)
va China National Petroleum (PetroChina) kompaniyalari jahonning 
eng yirik TMKlari sifatida tan olinadi  (15-jadval) .     Jahondagi yetakchi 500 ta TMKlarning katta qismi AQSH, Xitoy, 
Yaponiya hududida  ro‘yxatdan o‘tkazilgan.  Ko‘rinib turibdiki, jahon iqtisodiyoti ko‘p asrlik rivojlanish tarixiga 
ega va har bir davrda uning yangi iqtisodiy markazlari paydo 
bo‘lgan.   So‘nggi yillarda shiddat bilan rivojlanib borayotgan globallashuv 
jarayoni jahon xo‘jaligida turli miqyosdagi xalqaro integratsion 
uyushmalarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.  ©  Foydalanilgan adabiyotlar:
•
V. N. Fedorko, N. I. Safarova, J. A. Ismatov, E. Y. Nazaraliyeva – Geografiya 
(Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 
10- sinf o‘quvchilari uchun darslik,  Respublika ta’lim markazi, 2022
•
@ edurtm_uz

J ahon iqt isodiy ot i v a xalqaro int egrat siy a jaray onlariБисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

Jahon xo‘jaligi rivojlanishi uning muhim iqtisodiy markazlari faoliyati bilan bog‘liq. Iqtisodiy, ilmiy-texnologik va moliyaviy resurslari katta bo‘lgan hamda jahon xo‘jaligida alohida o‘rin egallagan davlat va mintaqalar jahonning asosiy iqtisodiy markazlari sifatida ajratib olinadi.

XVII-XIX asrlar mobaynida jahon iqtisodiyotida Angliya alohida o‘rin tutgan edi. O‘zining siyosiy va iqtisodiy qudratiga, shu bilan birga ko‘psonli mustamlaka hududlariga ega bo‘lgan mazkur davlat XVII asrdan boshlab asosiy iqtisodiy markaz sifatida tan olingan.

O‘sha davrning rivojlangan davlatlari hisoblangan Niderlandiya, Fransiya, Ispaniya, Portugaliya kabilar Angliya bilan birgalikda Yevropaning jahon iqtisodiyotida peshqadam mintaqaga aylanishiga katta hissa qo‘shgan (25-rasm).