logo

Jahon iqtisodiyoti markazlari va xalqaro integratsiya jarayonlari

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

13856 KB
Jahon  iqtisodiyoti  markazlari  va  
xalqaro  integratsiya 
jarayonlari •
Jahon  xo‘jaligi  rivojlanishi  undagi  muhim  iqtisodiy  markazlarning  
faoliyati  bilan  bog‘liq.  Ishlab  chiqarish,  fan-texnika  va  moliyaviy  
resurslari  katta  bo‘lgan,  jahon  xo‘jaligi  va  siyosatida  alohida  o‘rin 
 egallagan davlatlar jahon iqtisodiyotining asosiy markazlari sifatida  
tilga  olinadi. Shunday  markazlar  jahon  xo‘jaligi  shakllanishi  va  
rivojlanishiga   katta ta’sir  ko‘rsatgan. •
XXI  asrdagi  jahon  iqtisodiyoti  o‘z  miqyosiga  ko‘ra  globaldir,  
u  to‘liq ravishda bozor iqtisodiyoti tamoyillari, ishlab 
chiqarishning baynalminallashuviga asoslanadi. Bu holat esa 
jahon iqtisodiyotida polisentrik – ko‘p markazlilik holatining  
shakllanishiga  olib  keldi.   •
Hozirgi  kunda  G‘arbiy Yevropa,  Shimoliy  Amerika  bilan  bir  qatorda  
MDH  davlatlari,  Xitoy, Yaponiya,  Osiyoning  yangi  sanoatlashgan  
davlatlari,  Fors  ko‘rfazi  davlatlari, Hindiston, Braziliya, Meksika kabi 
iqtisodiy markazlar ham jahon iqtisodiyotida  o‘ziga  xos  o‘ringa  ega.  
2017-yil  holatiga  ko‘ra,  Xalqaro  va lyutafondi  ma’lumotlari  jahon  yalpi  
milliy  mahsulot  (YMM)ning 28  %i   Shimoliy  Amerika  (25,8  %i  
AQSHga  tegishli),  deyarli  15  %i G‘arbiy  Yevropa,  16  %i  Xitoy  
hissasiga  to‘g‘ri  kelganini  ko‘rsatdi Jahon yalpi milliy mahsulot (YMM) tarkibidagi 
yirik iqtisodiy markazlarning salmog`I (2017-y %) •
Jahon  davlatlari  iqtisodiy,  siyosiy  va  madaniy  aloqalar  orqali  o‘zaro 
yaqinlashishi, yagona axborot muhitida rivojlanishini anglatadigan 
globallashuvjarayoni barcha mintaqalar hamda davlatlar xo‘jaligi 
rivojlanishiga ta’sir  ko‘rsatadi.  Globallashuv  jarayoni  iqtisodiy  
integratsiyaning  yuzaga kelishiga olib kelgan. Xalqaro iqtisodiy 
integratsiyadavlatlarning o‘zaro mustahkam  aloqalarga  hamda  milliy  
xo‘jaliklararo  mehnat  taqsimotiga asoslangan  iqtisodiy  birlashuv  
jarayonidir.  •
Integratsion  uyushmalarning  mintaqaviy  
(masalan,  Ye vropa  Ittifoqi), tarmoq 
(masalan, neft eksport qiluvchi mamlakatlar 
tashkiloti – OPEK) va xalqaro  
monopoliyalar  ko‘rinishidagi  turlari  
mavjud.  Har  bir  integratsion uyushma  
jahon  xo‘jaligi  rivojlanishida  katta  
ahamiyat  kasb  etadi.  Ular orasida  xalqaro 
 monopoliyalarning  asosiy  ko‘rinishi  
bo‘lgan  transmilliy kompaniyalar  iqtisodiy  
imkoniyatlari  yuqoriligi  bilan  ajralib  
turadi.  •
Ikki va  undan  ortiq  davlatda  faoliyat  ko‘rsatadigan  korxonalar  hamda  
katta miqdorda xorijiy aktivlarga ega xalqaro kompaniya transmilliy 
kompaniya hisoblanadi.  Hozirgi  kunda  jahon  iqtisodiyotida  ko‘plab  
TMKlar  ishlab chiqarishning  turli  sohalarida  faoliyat  olib  boradilar.   •
Korporatsiyalarning bozor qiymati, yillik daromadi kabi ko‘rsatkichlari 
ularning jahon reytingidagi o‘rnini aniqlab beradi. Unga ko‘ra, AQSHning 
ko‘p  tarmoqli  «Wal-Mart  Stores»  kompaniyasi,  Niderlandiya  va  Buyuk 
Britaniyaning «Royal Dutch Shell», Xitoyning «China Petroleum & 
Chemical Corp. (Sinopec)» va «China National Petroleum (PetroChina)» 
kompaniyalari  jahonning  eng  mashhur  TMKlari  deb  tan  olinadi.  
Jahonning yetakchi  500  ta TMKlarining  katta  qismi AQSH  (128  ta),  
Xitoy  (106  ta) va  Ya poniya  (53  ta)  hududida  ro‘yxatdan  o‘tkazilgan.

Jahon iqtisodiyoti markazlari va xalqaro integratsiya jarayonlari

• Jahon xo‘jaligi rivojlanishi undagi muhim iqtisodiy markazlarning faoliyati bilan bog‘liq. Ishlab chiqarish, fan-texnika va moliyaviy resurslari katta bo‘lgan, jahon xo‘jaligi va siyosatida alohida o‘rin egallagan davlatlar jahon iqtisodiyotining asosiy markazlari sifatida tilga olinadi. Shunday markazlar jahon xo‘jaligi shakllanishi va rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan.

• XXI asrdagi jahon iqtisodiyoti o‘z miqyosiga ko‘ra globaldir, u to‘liq ravishda bozor iqtisodiyoti tamoyillari, ishlab chiqarishning baynalminallashuviga asoslanadi. Bu holat esa jahon iqtisodiyotida polisentrik – ko‘p markazlilik holatining shakllanishiga olib keldi.

• Hozirgi kunda G‘arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika bilan bir qatorda MDH davlatlari, Xitoy, Yaponiya, Osiyoning yangi sanoatlashgan davlatlari, Fors ko‘rfazi davlatlari, Hindiston, Braziliya, Meksika kabi iqtisodiy markazlar ham jahon iqtisodiyotida o‘ziga xos o‘ringa ega. 2017-yil holatiga ko‘ra, Xalqaro va lyutafondi ma’lumotlari jahon yalpi milliy mahsulot (YMM)ning 28 %i Shimoliy Amerika (25,8 %i AQSHga tegishli), deyarli 15 %i G‘arbiy Yevropa, 16 %i Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelganini ko‘rsatdi