logo

XALQARO MIGRATSIYA JARAYONLARI VA MUAMMOLARI

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

9958.658203125 KB
XALQARO MIGRATSIYA JARAYONLARI 
VA MUAMMOLARI Jahon mamlakatlarida aholi tarkibi va joylashuviga migratsiyalar 
katta ta’sir ko‘rsatadi.  Migratsiya  (lotincha  migratio  – “ko‘chish”) 
– aholining bir hududdan boshqa hududga doimiy yoki vaqtincha 
muddatga ko‘chishi. Bitta manzilgoh ichidagi ko‘chish migratsiya 
hisoblanmaydi.  Migratsiyalar bir necha mezonlarga ko‘ra tasniflanishi 
mumkin. Hududiy miqyosi jihatidan  tashqi  va  ichki 
migratsiyalar ajratiladi.
Migratsiya
Tashqi
Materik ichidagi Vaqtinchalik
Mavsumiy
Vaxtali
MayatniksimonMateriklararoRayonlararo Ichki Muddatiga ko‘ra
Rayon ichidagi Hududiy miqyosiga ko‘ra
Doimiy                Tashqi migratsiya 
deganda, boshqa 
davlatga ko‘chish 
tushuniladi 
(emigratsiya va 
immigratsiya).  Ba’zida 
tashqi migratsiyalar 
materik ichidagi va 
materiklararo 
migratsiyalarga 
bo‘linadi.   Ichki migratsiya bir davlat ichidagi boshqa hududga 
ko‘chish hisoblanadi. U, o‘z navbatida, rayon ichidagi va 
rayonlararo migratsiyalarga bo‘linadi.  Muddatiga ko‘ra migratsiyalar  doimiy  va  vaqtincha 
turlarga bo‘linadi. Vaqtincha migratsiyalar mavsumiy, 
vaxtali hamda mayatniksimon (tebranma) bo‘ladi.  Mavsumiy migratsiyalar 
ko‘proq qishloq xo‘jalik 
ishlari bilan bog‘liq 
bo‘lsa, vaxtali 
migratsiyalar, asosan, 
tabiiy sharoiti noqulay 
hududlar dagi foydali 
qazilma konlari-da yoki 
qurilish obyektlarida 
mehnat qilish bilan 
bog‘liq.  Mayatniksimon migratsiyalar esa shahar va uning  atrofi o‘rtasida 
kunlik va haftalik tartibda kechadi: shaharga uning atrofidagi 
qishloq va kichikroq shaharlardan aholi ishlashga, o‘qishga va 
boshqa maqsadlarda, shaharliklar esa chetga, asosan, dam olish, 
ziyorat qilish yoki dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun tez-tez 
qatnab turishadi.  Aholi migratsiyasiga  iqtisodiy, oilaviy, etnik, diniy, 
siyosiy, ekologik (tabiiy)  kabi omillar sabab bo‘ladi. 
Migratsiyalar, asosan, iqtisodiy sabablar, ya’ni muayyan 
yashash sharoiti va ish o‘rinlarini qidirish bilan bog‘liq.  Oilaviy migratsiyalar 
turli joylarda 
yashayotgan oila 
a’zolarining o‘zaro 
birlashuvi borasida 
amalga oshadi. Etnik va 
diniy migratsiyalar 
deganda, ma’lum millat 
yoki din vakillarining 
boshqa davlat yoki 
hududga ko‘chishi 
tushuniladi.  Siyosiy migratsiyalar 
urush yoki siyosiy 
inqiloblar natijasida 
ro‘y beradi. Ekologik 
migrantlar tabiiy 
muhitning buzilishi 
tufayli yashash 
hududini tark 
etadilar.   Bundan tashqari, aholi migratsiyalari  ixtiyoriy  va 
majburiy, tashkillashtirilgan  va  tashkillashtirilmagan
kabi turlarga ham bo‘linadi.  Hozirgi vaqtda eng katta migratsiya to‘lqini rivojlana-
yotgan mamlakatlardan rivojlangan mamlakatlarga 
tomon yo‘nalgan (8-rasm).  Bunda eng ko‘p xorijiy migrantlarni AQSH qabul qiladi. Oxirgi 
yillarda bu davlatdagi immigrantlar soni 45 mln kishidan oshgani 
qayd etilgan. G‘arbiy Yevropa davlatlari orasida esa eng ko‘p 
immigrantlar Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiyaga kelgan. 
Bu davlatlarning har birida 7–10 mln immigrant yashamoqda.  G‘arbiy Yevropaga 
immigrantlarning 
asosiy qismi Janubi-
g‘arbiy va Janubiy 
Osiyo, Shimoliy Afrika 
hamda Sharqiy 
Yevropa davlatlaridan 
bormoqdalar.  Boshqa rivojlangan davlatlardan Avstraliya, Kanada, 
Yangi Zelandiya, Isroil va JAR ko‘plab xorijiy migrantlarni 
qabul qilmoqda. Shunday ekan, barcha rivojlangan
davlatlarda migratsiya saldosi (balansi) musbat 
hisoblanadi.  Aksariyat qismi manfiy migratsiya balansiga ega bo‘lgan 
rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida ham yirik 
migratsion oqimlar vujudga kelgan.   Jumladan, katta miqdordagi xorijiy migrantlarni Fors 
qo‘ltig‘idagi arab mamlakatlari, ayniqsa, Saudiya 
Arabistoni va BAA hamda Janubiy Koreya, Singapur, 
Malayziya singari yangi sanoatlashgan davlatlar
jalb qilmoqda.   Bu davlatlarga 
Hindiston, Pokiston, 
Bangladesh, Yaman, 
Indoneziya, Vyetnam, 
Misr kabi Osiyo 
hamda Afrika 
mamlakatlaridan 
millionlab 
immigrantlar borib 
mehnat qilishmoqda.  Lotin Amerikasi, Osiyo va Afrika qit’alarida qo‘shni 
davlatlar orasida nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy, 
ekologik, etnik omillarga bog‘liq holda soni jihatidan 
yirik, lekin hududiy ko‘lami nuqtayi nazaridan lokal
(mahalliy) migratsion oqimlar ham ro‘y bermoqda.  Masalan, Suriyadan 
Turkiyaga, 
Afg‘onistondan 
Eronga, Ugandadan 
Keniyaga millionlab 
kishilar ko‘chib 
bormoqdalar. Yirik 
migratsiya oqimlari 
MDH hududida
ham mavjud bo‘lib, 
ko‘proq Rossiyaga 
yo‘nalgan.  Hozirgi zamondagi xalqaro aholi migratsiyalariga qator 
xususiyatlar va muammoli jihatlar xos. Eng ahamiyatlisi 
shundaki, migratsiya jarayonlari  bugungi kunga kelib 
chindan ham globallashdi, deyarli barcha   mintaqa va 
mamlakatlarni o‘z doirasi bilan qamrab oldi.  Tashqi migratsiya 
ayrim hollarda, 
ayniqsa, rivojlangan 
va o‘tish 
iqtisodiyotidagi 
davlatlar uchun 
aholining umumiy 
ko‘payishida katta rol 
o‘ynaydigan
bo‘ldi.   Ammo xalqaro 
migratsiya oqimlari 
immigratsiya markaziga 
aylangan davlatlar 
aholisining tarkibi va 
harakatiga, jamiyatdagi 
etnik va konfessional 
(diniy) xilma-xillikka, 
millatlararo va dinlararo 
munosabatlarga sezilarli 
darajada ta’sir 
o‘tkazmoqda  Ba’zida mahalliy aholi va kelgindilar orasida to‘qnashuv, 
mojarolar ham sodir bo‘lib turibdi.  Shu bilan birga, oxirgi 
yillarda dunyoda aholining 
majburiy migratsiyalari 
kuchayib bormoqda. Bu 
migratsion to‘lqinlarning 
o‘choqlari sifatida Suriya, 
Iroq, Falastin, Liviya, 
Afg‘oniston va boshqa 
harbiy-siyosiy
vaziyati og‘ir va aholining 
keng qatlamlari uchun 
xavfl i bo‘lgan davlatlar 
alohida ajralib turibdi.  Zamonaviy migratsiyaning yana bir muhim jihati 
shundan iboratki, xalqaro migrantlarning sifat tarkibi 
(masalan, ta’lim darajasi nuqtayi nazaridan) o‘zgarib 
bormoqda, davlatlararo migratsiya oqimlarida yuqori
malakali mutaxassislarning ishtiroki faollashmoqda.  Bu vaziyat immigratsiya markazlari bo‘lmish rivojlangan 
davlatlar uchun ijobiy ahamiyat kasb etsa, emigratsiya 
o‘choqlari – rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyotidagi
davlatlar uchun esa buning aksi, ya’ni salbiy holat 
hisoblanadi. © Foydalanilgan adabiyotlar:
•
Sh. M. Sharipov, V. N. Fedorko, N. I. Safarova , V. A. 
Rafiqov– Geografiya – O‘rta ta’lim muassasalarining
     10-sinfi va o‘rta maxsus,kasb-hunar ta’limi 
      muassasalarining  o‘quvchilari uchun darslik , 
     Toshkent,  «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» 
     Davlat ilmiy nashriyoti, 2017/  www.eduportal.uz

XALQARO MIGRATSIYA JARAYONLARI VA MUAMMOLARI

Jahon mamlakatlarida aholi tarkibi va joylashuviga migratsiyalar katta ta’sir ko‘rsatadi. Migratsiya (lotincha migratio – “ko‘chish”) – aholining bir hududdan boshqa hududga doimiy yoki vaqtincha muddatga ko‘chishi. Bitta manzilgoh ichidagi ko‘chish migratsiya hisoblanmaydi.

Migratsiyalar bir necha mezonlarga ko‘ra tasniflanishi mumkin. Hududiy miqyosi jihatidan tashqi va ichki migratsiyalar ajratiladi. Migratsiya Tashqi Materik ichidagi Vaqtinchalik Mavsumiy Vaxtali MayatniksimonMateriklararoRayonlararo Ichki Muddatiga ko‘ra Rayon ichidagi Hududiy miqyosiga ko‘ra Doimiy

Tashqi migratsiya deganda, boshqa davlatga ko‘chish tushuniladi (emigratsiya va immigratsiya). Ba’zida tashqi migratsiyalar materik ichidagi va materiklararo migratsiyalarga bo‘linadi.

Ichki migratsiya bir davlat ichidagi boshqa hududga ko‘chish hisoblanadi. U, o‘z navbatida, rayon ichidagi va rayonlararo migratsiyalarga bo‘linadi.