logo

Migratsiya

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

931.265625 KB
RE JA
•
1.MIGRATSIYA HAQIDA
•
2.MIGRATSIYA TURLARI 
•
3.XULOSA 
•
4.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR M igratsiya Jahon mamlakatlarida aholi  tarkibi  va  joylashuviga 
migratsiyalar  katta ta’sir ko‘rsatadi. Migratsiya (lotincha 
migratio – "ko‘chish”) – aholining  bir  hududdan  boshqa  
hududga  doimiy  yoki  vaqtincha  muddatga ko‘chishi.  Bitta  
manzilgoh  ichidagi  ko‘chish  migratsiya  hisoblanmaydi. 
Migratsiyalar bir necha mezonlarga ko‘ra tasniflanishi 
mumkin. Hududiy miqyosi jihatidan tashqi va ichki 
migratsiyalar ajratiladi. Tashqi migratsiya deganda, boshqa 
davlatga ko‘chish tushuniladi. Ba’zida tashqi migratsiyalar 
materik  ichidagi va materiklararo  migratsiyalarga  
bo‘linadi.  Ichki migratsiya  bir  davlat  ichidagi  boshqa  
hududga  ko‘chish  hisoblanadi.  U, o‘z navbatida, rayon 
ichidagi va rayonlararo migratsiyalarga bo‘linadi.   Muddatiga  ko‘ra  migratsiyalar  doimiy  va  vaqtincha  turlarga  
bo‘linadi. Vaqtincha  migratsiyalar  mavsumiy,  vaxtali  hamda  
mayatniksimon  (tebranma) bo‘ladi. Mavsumiy migratsiyalar 
ko‘proq qishloq xo‘jalik ishlari bilan  bog‘liq  bo‘lsa,  vaxtali  
migratsiyalar,  asosan,  tabiiy  sharoiti  noqulay hududlar dagi 
foydali qazilma konlarida yoki qurilish obyektlarida mehnat qilish  
bilan  bog‘liq.  Mayatniksimon  migratsiyalar  esa  shahar  va  
uning atrofi   o‘rtasida kunlik va haftalik tartibda kechadi: 
shaharga uning atrofidagi qishloq va kichikroq shaharlardan aholi 
ishlashga, o‘qishga va boshqa maqsadlarda, shaharliklar esa 
chetga, asosan, dam olish, ziyorat qilish yoki dehqonchilik bilan 
shug‘ullanish uchun tez-tez qatnab turishadi.  Aholi  migratsiyasiga  iqtisodiy, oilaviy, etnik, diniy, siyosiy, ekologik 
(tabiiy) kabi  omillar sabab  bo‘ladi. Migratsiyalar,  asosan,  iqtisodiy 
sabablar, ya’ni muayyan yashash sharoiti  va ish o‘rinlarini qidirish 
bilan bog‘liq.  Oilaviy  migratsiyalar  turli  joylarda  yashayotgan  oila  
a’zolarining o‘zaro birlashuvi borasida amalga oshadi. Etnik va diniy 
migratsiyalar deganda, ma’lum millat yoki din vakillarining boshqa 
davlat yoki hududga ko‘chishi tushuniladi. Siyosiy migratsiyalar urush 
yoki siyosiy inqiloblar  natijasida  ro‘y  beradi.  Ekologik  migrantlar  
tabiiy  muhitning buzilishi  tufayli  yashash hududini  tark etadilar.  
Bundan  tashqari, aholi migratsiyalari  ixtiyoriy va majburiy, 
tashkillashtirilgan va tashkillashtirilmagan kabi turlarga ham 
bo‘linadi.   Hozirgi   vaqtda   eng   katta   migratsiya   to‘lqini   rivojlanayotgan  
mamlakatlardan  rivojlangan  Mamlakatlarga  tomon  yo‘nalgan.  Bunda  
eng   ko‘p   xorijiy   migrantlarni   AQSH   qabul   qiladi.   Oxirgi   yillarda  bu 
davlatdagi  immigrantlar  soni  45  mln  kishidan  oshgani  qayd  etilgan. 
G‘arbiy  Yevropa  davlatlari  orasida  esa  eng  ko‘p  immigrantlar 
Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiyaga kelgan. Bu davlatlarning har 
birida  7-10  mln  immigrant  yashamoqda.  G‘arbiy  Yevropaga 
immigrantlarning  asosiy  qismi  Janubi-g‘arbiy   va   Janubiy  Osiyo, 
Shimoliy  Afrika   hamda  Sharqiy   Yevropa   davlatlaridan   bormoqdalar.  
Boshqa   rivojlangan   davlatlardan   Avstraliya,   Kanada,   Yangi  
Zelandiya,   Isroil   va   JAR   ko‘plab  xorijiy  migrantlarni  qabul   qilmoqda. 
Shunday   ekan,  barcha   rivojlangan  davlatlarda  migratsiya  saldosi 
(balansi) musbat hisoblanadi.  Zamonaviy  migratsiyaning  yana  bir  muhim  jihati  shundan  iboratki, 
xalqaro  migrantlarning  sifat  tarkibi  (masalan,  ta’lim  darajasi  nuqtayi 
nazaridan) o‘zgarib bormoqda, davlatlararo migratsiya oqimlarida 
yuqori malakali  mutaxassislarning  ishtiroki faollashmoqda. Bu vaziyat  
immigratsiya markazlari bo‘lmish rivojlangan davlatlar uchun ijobiy 
ahamiyat kasb etsa, emigratsiya o‘choqlari – rivojlanayotgan va o‘tish 
iqtisodiyotidagi davlatlar uchun esa buning aksi, ya’ni salbiy holat 
hisoblanadi.

RE JA • 1.MIGRATSIYA HAQIDA • 2.MIGRATSIYA TURLARI • 3.XULOSA • 4.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR M igratsiya

Jahon mamlakatlarida aholi  tarkibi  va  joylashuviga migratsiyalar  katta ta’sir ko‘rsatadi. Migratsiya (lotincha migratio – "ko‘chish”) – aholining  bir  hududdan  boshqa  hududga  doimiy  yoki  vaqtincha  muddatga ko‘chishi.  Bitta  manzilgoh  ichidagi  ko‘chish  migratsiya  hisoblanmaydi. Migratsiyalar bir necha mezonlarga ko‘ra tasniflanishi mumkin. Hududiy miqyosi jihatidan tashqi va ichki migratsiyalar ajratiladi. Tashqi migratsiya deganda, boshqa davlatga ko‘chish tushuniladi. Ba’zida tashqi migratsiyalar materik  ichidagi va materiklararo  migratsiyalarga  bo‘linadi.  Ichki migratsiya  bir  davlat  ichidagi  boshqa  hududga  ko‘chish  hisoblanadi.  U, o‘z navbatida, rayon ichidagi va rayonlararo migratsiyalarga bo‘linadi. 

Muddatiga  ko‘ra  migratsiyalar  doimiy  va  vaqtincha  turlarga  bo‘linadi. Vaqtincha  migratsiyalar  mavsumiy,  vaxtali  hamda  mayatniksimon  (tebranma) bo‘ladi. Mavsumiy migratsiyalar ko‘proq qishloq xo‘jalik ishlari bilan  bog‘liq  bo‘lsa,  vaxtali  migratsiyalar,  asosan,  tabiiy  sharoiti  noqulay hududlar dagi foydali qazilma konlarida yoki qurilish obyektlarida mehnat qilish  bilan  bog‘liq.  Mayatniksimon  migratsiyalar  esa  shahar  va  uning atrofi   o‘rtasida kunlik va haftalik tartibda kechadi: shaharga uning atrofidagi qishloq va kichikroq shaharlardan aholi ishlashga, o‘qishga va boshqa maqsadlarda, shaharliklar esa chetga, asosan, dam olish, ziyorat qilish yoki dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun tez-tez qatnab turishadi.