logo

Aholining zamonaviy migratsiya harakatlari

Загружено в:

16.08.2023

Скачано:

0

Размер:

2504.4033203125 KB
• Mavzu;Aholining  zamonaviy migratsiya 
harakatlari.
•
Reja:
•
1.Migratsiya tushunchasi.
•
2.Migratsiya turlari va hususiyatlari.
•
3.Aholi migratsiyasining yuzaga kelish 
sabablari. Aholining mexanik harakati aholining tabiiy 
harakatidan farq qilib, aholining mexanik harakati 
yoki migratsiya aholining yashash joyini doimiy 
yoki vaqtincha(BMT me’yori bo‘yicha 6 oydan kam 
bo‘lmagan vaqt davomida) 2 o‘zgartirish 
maqsadida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishiga 
aytiladi. Aholi migratsiyasi bu ijtimoiy jarayon 
bo‘lib, u ishlab chiqarish kuchlarining joylashishi 
va aholi sonining o‘sishi bilan bevosita bog‘liq. 
Migratsiya aholining joylashuvi va uning hududiy 
tarkibiga katta ta’sir ko‘rsatadi. SHu bilan birga 
aholi migratsiyasi chuqur geografik jarayon 
hisoblanib, regionlarni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish sharoitlarni ifodalaydi . Aholi migratsiyasi ichki, ya’ni bir mamlakat doirasida, yoki tashqi, 
ya’ni bir mamlakatdan boshqa mamlakatga aholining ko‘chishi 
tushiniladi. Bundan tashqari migratsiya doimiy yoki vaqtincha 
bo‘ladi. SHuningdek aholi bir yorig‘lik kun davomida, ya’ni 
shahardan qishloqqa yoki qishloqdan shaharga ishga borib kelishi 
mayatniksimon harakat deyiladi. Bu jarayon mayatniksimon 
migratsiya emas, balki mayatniksimon harakat, chunki aholi yashash 
joyini o‘zgartirgani yo‘q. Ilmiy adabiyotlarda aholining bir joydan 
ikkinchi joyga ko‘chib yurishini aholi migratsiyasi yoki aholining 
mexanik harakati deyiladi. Dunyoning turli mamlakatlarida ko‘chib 
kelgan va ko‘chib ketgan aholini har xil nomlaydi. Ba’zi 
mamlakatlarda ko‘chib kelganlarni migrantlar, ba’zilarida 
immigrant, ba’zi joylarda emigrantlar deb ataladi. Aholining mexanik 
harakati demografik jarayon hisoblanib, mamlakatlarning ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy holatiga tez ta’sir etadi. SHu bilan birga, aholi 
migratsiyasi-aholi sonining ko‘payishi yoki kamayishiga, aholining 
yosh tarkibi va jinsiy tarkibining o‘zgarishiga, ba’zi mamlakatlarda 
jamiyatning rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi Aholi migratsiyasi har xil sabablarga ko‘ra 
yuzaga keladi. Ularning eng asosiylari 
quyidagilar: - iqtisodiy sabablar, aholining 
hayot darajasini yaxshilash maqsadida 
boshqa rivojlangan mamlakatlarga yoki 
qishloqlardan shaharga ish qidirib borishi 
va h.k; - siyosiy sabablar, urushlar, davlat 
to‘ntarishlari, revolyusiya paytida aholi 
boshqa joyga ko‘chishga majbur bo‘lishi; - 
ekologik sabablar, aholi hayotiga xavf 
bo‘lish; - demografik 
sabablar, masalan, 
oilaviy sharoit tufayli 
erining yashash 
joyiga xotinining 
ko‘chib o‘tishi; - diniy 
sabablar, masalan, 
Hindistondan 
musulmonlarning 
Pokistonga ko‘chishi; 
- milliy sabablar, 
davlatlar o‘rtasidagi 
chegaralar 
o‘tkazishda o‘zining 
davlatiga aholining 
o‘tishi va h.k. XXI asr boshlarida dunyo hududlarida xalqaro 
migratsiya jarayoni kuchaydi. Mutaxasislar 
xalqaro migratsiyada ishtirok etayotgan 
aholini asosan 6 guruhga ajratganlar. 1. Oilaviy 
va boshqa sabablarga ko‘ra, doimiy yashash 
maqsadida bir davlatdan boshqa davlatga 
ketgan immigrantlar. 2. Migrant-
mehnatkashlar. 3. Nolegal-immigrantlar. 4. 
Qochoqlar. 5. Talabalar, stajyor-tadqiqotchilar, 
ilmiy xodimlar va o‘qituvchilar. 6. Turli 
maqsadda ko‘chib yuruvchilar-turistlar, dam 
oluvchilar, anjumanlarda qatnashuvchilar va 
h.k (Bo‘rieva, 2011).  Aholi migratsiyasi har 100 kishi yoki 1000 kishi 
hisobida hisoblab boriladi. Migratsiya saldosi deganda, 
bir yil davomida ko‘chib kelgan aholi bilan, ko‘chib 
ketgan aholining nisbati(ayirmasi)ga tushuniladi. 
Migratsiya saldosi musbat va manfiy bo‘ladi. Masalan, 
O‘zbekistoda 2013 yilda 155084 kishi kelgan, shu yili 
189650 kishi ketgan. YUqorida aytilganidek, kelganlar 
sonidan ketganlar sonini ayiramiz, ya’ni 155084-
189650=-34566 .  Dunyo mamlakatlari ichida aholi migratsiya saldosi manfiy 
bo‘lgan mamlakatlar ham mavjud bo‘lib, eng yuqori 
ko‘rsatkichlar bilan Mikroneziya federal shtatlari -20.95‰, 
Suriya-19,79‰, Nauru-13,63‰, Iordaniya-13,24‰, Maldiv 
respublikasi-12,68‰, Maldaviya-9,67‰ bilan ajralib turadi. 
SHu bilan birga, Gayana, Salvador, Lesoto va Somalida ham 
aholi migratsiyasi manfiyligi yuqoridir. 19-jadvalda faqatgina 
rivojlanayotgan mamlakatlar nomi keltirilgan. Bu 
mamlakatlarda qariyb hammasida aholining tug‘ilishi va 
tabiiy o‘sishi yuqori bo‘lib, mehnat resurslarining bir qismi, 
ba’zi mamlakatlarda esa, asosiy qismi ishsiz hisoblanadi. 
SHuning uchun ular boshqa rivojlangan mamlakatlarga 
yaxshi hayot kechirish uchun, ishlab oilasini boqish uchun 
boradi. Ba’zi mamlakatlar, jumladan Afg‘oniston, Suriya 
fuqarolari urushdan qochib, tinch yashash uchun yashash 
joyini o‘zgartirishga majbur bo‘ladilar .

• Mavzu;Aholining zamonaviy migratsiya harakatlari. • Reja: • 1.Migratsiya tushunchasi. • 2.Migratsiya turlari va hususiyatlari. • 3.Aholi migratsiyasining yuzaga kelish sabablari.

Aholining mexanik harakati aholining tabiiy harakatidan farq qilib, aholining mexanik harakati yoki migratsiya aholining yashash joyini doimiy yoki vaqtincha(BMT me’yori bo‘yicha 6 oydan kam bo‘lmagan vaqt davomida) 2 o‘zgartirish maqsadida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishiga aytiladi. Aholi migratsiyasi bu ijtimoiy jarayon bo‘lib, u ishlab chiqarish kuchlarining joylashishi va aholi sonining o‘sishi bilan bevosita bog‘liq. Migratsiya aholining joylashuvi va uning hududiy tarkibiga katta ta’sir ko‘rsatadi. SHu bilan birga aholi migratsiyasi chuqur geografik jarayon hisoblanib, regionlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sharoitlarni ifodalaydi .

Aholi migratsiyasi ichki, ya’ni bir mamlakat doirasida, yoki tashqi, ya’ni bir mamlakatdan boshqa mamlakatga aholining ko‘chishi tushiniladi. Bundan tashqari migratsiya doimiy yoki vaqtincha bo‘ladi. SHuningdek aholi bir yorig‘lik kun davomida, ya’ni shahardan qishloqqa yoki qishloqdan shaharga ishga borib kelishi mayatniksimon harakat deyiladi. Bu jarayon mayatniksimon migratsiya emas, balki mayatniksimon harakat, chunki aholi yashash joyini o‘zgartirgani yo‘q. Ilmiy adabiyotlarda aholining bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yurishini aholi migratsiyasi yoki aholining mexanik harakati deyiladi. Dunyoning turli mamlakatlarida ko‘chib kelgan va ko‘chib ketgan aholini har xil nomlaydi. Ba’zi mamlakatlarda ko‘chib kelganlarni migrantlar, ba’zilarida immigrant, ba’zi joylarda emigrantlar deb ataladi. Aholining mexanik harakati demografik jarayon hisoblanib, mamlakatlarning ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy holatiga tez ta’sir etadi. SHu bilan birga, aholi migratsiyasi-aholi sonining ko‘payishi yoki kamayishiga, aholining yosh tarkibi va jinsiy tarkibining o‘zgarishiga, ba’zi mamlakatlarda jamiyatning rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi

Aholi migratsiyasi har xil sabablarga ko‘ra yuzaga keladi. Ularning eng asosiylari quyidagilar: - iqtisodiy sabablar, aholining hayot darajasini yaxshilash maqsadida boshqa rivojlangan mamlakatlarga yoki qishloqlardan shaharga ish qidirib borishi va h.k; - siyosiy sabablar, urushlar, davlat to‘ntarishlari, revolyusiya paytida aholi boshqa joyga ko‘chishga majbur bo‘lishi; - ekologik sabablar, aholi hayotiga xavf bo‘lish;

- demografik sabablar, masalan, oilaviy sharoit tufayli erining yashash joyiga xotinining ko‘chib o‘tishi; - diniy sabablar, masalan, Hindistondan musulmonlarning Pokistonga ko‘chishi; - milliy sabablar, davlatlar o‘rtasidagi chegaralar o‘tkazishda o‘zining davlatiga aholining o‘tishi va h.k.