logo

Jahon xo‘jaligi va xalqaro mehnat taqsimoti

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

25744.08984375 KB
J ahon xo‘jaligi v a xalqaro mehnat  
t aqsimot iБисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм     Milliy xo‘jaliklar umumlashgan holda jahon xo‘jaligi sifatida 
shakllanishi XVI-XVII asrlar, ya’ni Buyuk geografik kashfiyotlar davriga 
borib taqaladi. Ushbu tarixiy davrda qimmatbaho toshlar, metallar, 
ziravorlar va qullar bilan xalqaro savdo tez rivojlangan edi.    Jahon xo‘jaligi shakllanishi va rivojlanishi ishlab chiqarish 
tarmoqlari rivoji bilan bog‘liq  (22-rasm).     Ma’lumki, jahon iqtisodiyoti uchun XVIII asrgacha bo‘lgan davrda 
qishloq xo‘jaligi yetakchi tarmoq hisoblangan.     Shu bilan birga kishilar uchun zarur bo‘lgan turli mahsulotlar 
ishlab chiqaruvchi hunarmandchilik ham rivojlangan edi.     Yevropada boshlangan sanoat inqilobi sanoatlashuv davrining 
boshlanishi uchun zamin yaratgan.     XVIII asrda J. Uatt tomonidan bug‘ mashinasining ixtiro qilinishi 
turli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yirik sanoat korxonalari — 
zavod va fabrikalarning ishga tushirilishiga sharoit yaratdi.      Vaqt o‘tishi bilan sanoatlashuv jarayoni dunyoning barcha 
hududlariga yoyila boshladi.     O‘tgan asrning ikkinchi yarmiga kelib  fan-texnika inqilobi ning yuz 
berishi bilan jahon iqtisodiyotida uchinchi — postindustrial davr 
boshlandi. Bu davrda jahon iqtisodiyoti tarkibida xizmat ko‘rsatish 
sohalari katta ahamiyat kasb etadi.     Fan-texnika inqilobining ilk davrida ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirish inson mehnatini mashinalar bilan 
almashtirish orqali amalga oshgan bo‘lsa,      ikkinchi davrda ishlab chiqarishga elektrlashgan murakkab 
jarayonlarning olib kirilishi mahsulotlar hajmining ortishi va 
yangi tarmoqlarning paydo bo‘lishiga zamin yaratdi.      Natijada, avtomobilsozlik sanoati yuzaga keldi, qora metallurgiya, 
kimyo kabi sanoat tarmoqlarida yangi yo‘nalishlar shakllandi, lazer va 
rentgen nurlaridan foydalanish imkoni paydo bo‘ldi.     XX asr oxiri — XXI asr boshi uchinchi davr hisoblanib, bunda 
barcha ishlab chiqarish jarayonlarining to‘liq avtomatlashuvi 
kuzatilmoqda.     Shu bilan birga, biotexnologiya, yangi konstruktiv materiallar 
ishlab chiqarish, robotsozlik kabi tarmoqlar rivojlanishi ushbu 
davrning muhim yutuqlari hisoblanadi.     Fan-texnika inqilobi tufayli jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan 
o‘zgarishlarga qaramay rivojlangan hamda rivojlanayotgan 
davlatlar orasidagi fan va texnologiyalarning rivojlanishi 
borasidagi tafovutlar hali ham kattaligicha qolmoqda.    Masalan, butun jahonda bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlarining 4/5 qismi 
10 ta rivojlangan mamlakatga (Yaponiya, AQSH, Germaniya va boshqalar) 
to‘g‘ri keladi. Rivojlanayotgan davlatlar hissasiga esa jahon-dagi ilm-fanga 
yo‘naltirilgan xarajatlarning atigi 4–5% i to‘g‘ri keladi.   Jahon xo‘jaligining rivojlanishida uning asosiy tarmoqlari katta 
ahamiyatga ega. Ularni mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish 
xususiyatlariga qarab bir necha sektorlarga ajratish mumkin  (23-
rasm).   Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, baliqchilik, ovchilik, tog‘-kon sanoati 
birlamchi sektor tarkibiga kiradi.Bu sektor tarmoqlari, asosan, 
sanoat uchun zaruriy xomashyoni yetkazib beradi.          Ikkilamchi sektor tarmoqlari (qayta ishlovchi sanoat va qurilish) 
tayyor mahsulot yaratishga yo‘naltirilgan bo‘lsa,     aholi va korxonalarga xizmat ko‘rsatish uchlamchi 
sektorning asosiy vazifasi hisoblanadi.     To‘rtlamchi sektortarmoqlari esa yangi bilim, ilmiy-texnik va 
texnologik ishlanmalarni yaratish va amaliyotga tatbiq qilish, 
yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni ta’minlab beradi.     Ishlab chiqarish tarmoqlarining rivojlanishi davlatlarning tabiiy resurs 
imkoniyatlari hamda iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot darajasi bilan 
chambarchas bog‘liq. Shu sababli jahonning iqtisodiy rivojlangan 
davlatlarida xizmat ko‘rsatish sohalari va sanoat (ayniqsa, uning fan-talab 
zamonaviy tarmoqlari) milliy iqtisodiyotda asosiy o‘rin egallaydi.      Rivojlanayotgan davlatlar uchun esa undiruvchi soha (qishloq 
xo‘jaligi va tog‘-kon sanoati) asosiy iqtisodiy sektor sifatida 
namoyon bo‘ladi  (24-rasm).   Qishloq xo‘jaligi, sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining 
iqtisodiyotda tutgan o‘rniga ko‘ra davlatlarni turli guruhlarga 
ajratish mumkin.     Hozirda jahon davlatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatiga ko‘ra agrar 
( iqtisodiyotning tarmoq tarkibida qishloq xo‘jaligi va u bilan bog‘liq ishlab 
chiqarish tarmoqlari salmog‘i yuqori bo‘lgan),  industrial ( iqtisodiyotning 
tarmoq tarkibida sanoat va qurilish sohalari salmog‘i yuqori bo‘lgan ) va 
postindustrial ( iqtisodiyotning tarmoq tarkibida uchlamchi va to‘rtlamchi 
sektor tarmoqlari salmog‘i yuqori bo‘lgan ) tiplarga ajratiladi.
Agrar Industrial Postindustrial    Shu bilan birga, iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi va sanoat 
salmog‘ining nisbatiga ko‘ra, agrar-industrial yoki industrial-
agrar davlatlar ham ajratiladi. 
Agrar-industrial Idustrial-agrar       Senegal agrar,    Braziliya industrial,    Germaniya postindustrial,   O‘zbekiston industrial-agrar,     Kambodja agrar-industrial davlatlarga misol bo‘la oladi.     Jahon xo‘jaligining yagona tizim sifatida rivojlanishi  xalqaro mehnat 
taqsimoti ga tayanadi.     Davlatlarning xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘rniga ijtimoiy-iqtisodiy va 
texnologik taraqqiyoti, iqtisodiy-geografik o‘rin xususiyatlari (birinchi 
navbatda, xalqaro ahamiyatdagi dengiz yo‘llariga nisbatan joylashuvi), 
tabiiy sharoiti va resurslari, aholining xo‘jalik an’analari, arzon va sifatli 
ishchi kuchi bilan ta’minlanganligi kabi omillar katta ta’sir ko‘rsatadi.     Xalqaro mehnat taqsimoti jarayonida mamlakatlarning xalqaro 
ixtisoslashuv tarmoqlari, ya’ni katta hajmda eksportga mahsulot ishlab 
chiqaruvchi tarmoqlar shakllangan.      Masalan, Yaponiya jahonda radioelektronika, robototexnika, 
avtomobil va dengiz kemalari eksporti bo‘yicha peshqadam 
bo‘lsa,      Saudiya Arabistoni, Liviya, Jazoir, Kuvayt kabi davlatlar yoqilg‘i 
xomashyosining asosiy eksportyorlari hisoblanadi.      Peru, Zambiya va Kongo Demokratik Respublikasi mis rudasi va misni,      Burundi va Uganda esa kofeni jahon bozoriga katta miqdorda olib kiradi.   Rivojlanayotgan davlatlar ko‘p hollarda qishloq xo‘jaligi, tog‘-kon 
sanoatiga, rivojlangan davlatlar esa fantalab qayta ishlovchi 
sanoat tarmoqlari, xizmat ko‘rsatish sohalariga ixtisoslashgan.      Marokash jahon bozoriga asosan fosforit, sitrus mevalar taklif 
qilsa,      AQSH turli mashinalar (stanoklardan tortib uchuvchi apparatlargacha), 
plastmassa buyumlari kabi sanoat mahsulotlari hamda transport, axborot-
kommunikatsion xizmatlar eksporti bilan alohida ajralib turadi.    Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi uning xalqaro 
ixtisoslashuviga katta ta’sir ko‘rsatadi, ixtisoslashuv tarmoqlari 
esa uning jahon iqtisodiyotidagi o‘rnini ko‘rsatib beradi.   ©  Foydalanilgan adabiyotlar:
•
V. N. Fedorko, N. I. Safarova, J. A. Ismatov, E. Y. Nazaraliyeva – Geografiya 
(Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 
10- sinf o‘quvchilari uchun darslik,  Respublika ta’lim markazi, 2022
•
@ edurtm_uz

J ahon xo‘jaligi v a xalqaro mehnat t aqsimot iБисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

Milliy xo‘jaliklar umumlashgan holda jahon xo‘jaligi sifatida shakllanishi XVI-XVII asrlar, ya’ni Buyuk geografik kashfiyotlar davriga borib taqaladi. Ushbu tarixiy davrda qimmatbaho toshlar, metallar, ziravorlar va qullar bilan xalqaro savdo tez rivojlangan edi.

Jahon xo‘jaligi shakllanishi va rivojlanishi ishlab chiqarish tarmoqlari rivoji bilan bog‘liq (22-rasm).

Ma’lumki, jahon iqtisodiyoti uchun XVIII asrgacha bo‘lgan davrda qishloq xo‘jaligi yetakchi tarmoq hisoblangan.