Antik davrida O‘rta Osiyodagi etnogenetik jarayonlar
Antik davrida O‘rta Osiyodagi etnogenetik jarayonlar
1. Iskandar Zulqarnay harbiy yurishlaridan keyin O‘rta Osiyodagi sotsial iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishla r. 2. Qang‘, Dovon, YUnon- Baqtriya davlatlar i, YUechji qabilalarining kirib kelishi va xunlarning g‘arbga ko‘chib o‘tishi bilan tarkuiy elementlarning qalinlashishi . 3. Jetiasar va Qovunchi madaniyati , «O`rta Osiyo ikki daryo oraligi tipi»ning shakllanishi va uning antik davr etnik holatiga ta’siri Reja :
Har bir xalqning etnnogenetik tarixi mavjud. Etnogenetik jarayonlar esa juda uzoq davom etadigan ijtimoiy hodisadir. Bu masalani o‘rganishda A.Asqarov 2- ta omilga e’tibor qaratish lozim deydi: 1. O‘rganilayotgan xalq hozirgi yashayotgan hududlari bilan azaldan bog‘liqmi yoki yo‘q: 2. Ushbu xalqning tili azaliy ajdodlar tili bilan birmi yoki bir necha tillar qorishuvining mahsulimi. Shu nuqtai nazardan o‘zbeklar ham xalq bo‘lib shakllanguniga qadar qator tarixiy va etnomadaniy jarayonlarni bosib o‘tgan
Qadimgi yozma manbalar tahliliga ko‘ra neolit va bronza davr O‘zbekistoning tub joy aholisi eroniy tillar oilasining sharqiy lax;asida so‘zlashuvchi so‘g‘diylar, xorazmiylar, bohtariylar va sak qabilalari bo‘lganligi fanda e’tirof etilgan. Mustaqil O‘zbekiston aholisining tili – o‘zbek tili esa turkiy tillar oilasiga kiradi. Demak, o‘zbeklar 2- xil tilda so‘zlashuvchi (sharqiy eroniy va turkiy) qabila va elatlarning qorishuvidan tarkib topgan etnosdir.