logo

arablar tomonidan samarqandning egallanishi

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

5786.5 KB
 Samarqandni egallash arablarning asosiy maqsadiga aylanadi. 
712-yili Qutayba Xorazmdan qaytadi. 
Arablar Xorazmshohdan o‘lja olingan o‘n ming bosh qoramolni 
qo‘shin ketidan haydab kelardilar. Dastlab ular o‘lja bilan 
Marvga yo‘l olmoqchi bo‘ladilar. Ammo Qutayba kutilmaganda 
Samarqandga qarab yuradi.  SA MARQA ND MUDOFA A SI Buxorxudot va Xorazmshoh bilan sulh shartnomasi 
tuzilgan bo‘lib, bu yurishda ularning qo‘shinlari 
Qutaybani kuzatib borishardi.
Bu paytda Gurak Samarqand hukmdori edi. U 
Samarqand mudofaasini tashkil qiladi. Shaharga 
kiraverishda So‘g‘d chavandozlari arablar ustiga selday 
yopiriladilar. Shafqatsiz jang boshlanadi. Gurak 
lashkarlari dushman bilan mardonavor jang qiladilar va 
arablarga katta talofat yetkazadilar. Ammo shu bilan 
birga ko‘plab So‘g‘d piyodalari va otliqlari ham halok 
bo‘ladilar. Gurak shaharga chekinishga majbur bo‘ladi. Samarqand qamali boshlanadi. Arablar 
devordan tuynuk ochish maqsadida shahar 
devorlari qarshisiga 300 ta devorbuzar 
moslama manjaniq o‘rnatadilar. Shahar 
himoyachilari qahramonlarcha mudofaada 
turadilar.
Shu paytda turk hoqoni qamaldagi 
samarqandliklarga yordam berish uchun otliq 
qo‘shin yuboradi   Ammo Samarqandga kelayotgan otliq qo‘shin 
pistirmaga yo‘liqadi va arablar tomonidan qirib 
tashlanadi.
Samarqand himoyachilari shaharni bir oydan 
ortiq himoya qiladilar. Ular katta talofat 
beradilar. Oziq-ovqat va suv zaxiralarning oxiri 
ko‘rinib qoladi. Shahar taslim bo‘ladi. Gurak 
arablar bilan sulh tuzishga hamda ularga katta 
tovon to‘lashga majbur bo‘ladi. Samarqandliklar arablar hukmronilgini tan olmaydilar va 
qo‘zg‘olon ko‘taradilar. Qo‘zg‘olon shafqatsizlarcha 
bostiriladi. Shundan so‘ng 712-yilining kuzida Qutayba o‘z 
qo‘shinini Amudaryodan olib o‘tadi va Marvga qaytadi. 
Qurbonlar sonining ko‘pligiga qaramasdan, kelgusi 
yilning bahorida Qutayba Choch va Farg‘onani istilo 
qilishga otlanadi.
Arablar Chochning katta qismini bosib oladilar. Mahalliy 
aholi bosqinchilarga qattiq qarshilik ko‘rsatadi. Choch 
jangchilari arab qo‘shinlariga kechasi-yu kunduzi 
qo‘qqisdan xujumlar uyushtirib turadilar.  QA RSHI LI K DA VOM ETDI Shunda Qutayba Chochning ko‘plab manzilgohlariga o‘t 
qo‘yishga hamda ularni vayron qilishga buyruq beradi.
  Chochni bo‘ysindirgan arablar 715-yili Farg‘onaga zarba 
beradilar. Ular mahalliy shaharlarni birin-ketin ishg‘ol 
qiladilar. Ammo farg‘onaliklarning qarshiligini sindira 
olmaydilar. Qutayba nafaqat Movarounnahr aholisiga 
nisbatan, balki o‘z qavmdoshlariga nisbatan ham 
shafqatsiz bo‘lgan. U 715-yili Farg‘onada unga qarshi 
isyon ko‘targan arab jangchilari tomonidan o‘ldiriladi. 720-yili Movarounnahrda arablarga qarshi yirik kurash 
o‘choqlari alanga oladi. So‘g‘dlik zodagonlar va 
savdogarlar arablarga soliq to‘lashni istamaydilar. 
Ularning ko‘plari o‘z oilalari bilan Farg‘onaga ko‘chib 
o‘tishga, boshqalari esa Zarafshonning yuqori 
oqimidagi qo‘rg‘onlarga bekinishga qaror qiladilar.
So‘g‘dlik muhojirlar Xo‘jandda paydo bo‘lganlarida 
arablar shaharni o‘rab oladilar va qamalni boshlaydilar. 
Ular shaharni qo‘lga olib, barcha so‘g‘diylarni qirib 
tashlaydilar. Arablar, shuningdek, Xo‘jand muzofotidagi 
ziroatkor qishloqlarni ham yo‘q qiladilar. 720-728 –Y ILLARDAGI    ARABLARGA  
QARSHI  HARAKATLAR Xuroson noibi Said ibn Amr Xaroshiy Zarafshonning 
yuqori oqimidagi tog‘li hududlarga yurish qiladi. 
So‘g‘diylar ko‘plab qo‘rg‘onlarga yashirinadilar. Ular 
daryo bo‘yidagi baland qoyalik va jarliklarda joylashgan 
edi. Arablar qo‘rg‘onlarni uzoq qamal qilganlaridan 
so‘ng qo‘zg‘olonni bostirishga muvaffaq bo‘ladilar.
725-728-yillar arablar uchun ayniqsa qiyin kechadi. 
Buxorodan hamda Zarafshon vodiysidagi ko‘plab 
tumanlardan ularni siqib chiqaradilar.  Farg‘onadagi turk harbiy bo‘linmalari ham 
725-yili arablarga katta talofat yetkazadilar. 
Kesh atroflarida arablarning So‘g‘d, Farg‘ona 
va Choch harbiy bo‘linmalari bilan yirik jangi 
bo‘lib o‘tadi. Bu voqealar Movarounnahrda 
hali arablarga qarshi kuchlar 
sindirilmaganligini ko‘rsatardi. Faqat 729-
yildagina arablar Buxoroni qayta zabt etishga 
va o‘zlariga qaytarishga muvaffaq bo‘ladilar. Arablar bosqini arafasida Movarounnahr ko‘plab mayda 
mulklarga bo‘linib ketgan edi. Tarqoqlik va birlikning 
yo‘qligi tashqi dushmanga qarshi kurashish uchun 
kuchlarni birlashtirishga imkon bermaydi.                     
VII asr o‘rtalariga kelganda arablar Sharqning ko‘plab 
iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarini bosib olgan edilar. 
Arablar yaxshi qurollangan kuchli qo‘shinga ega edilar. 
Qo‘shin yengil va og‘ir qurollangan otliqlar hamda 
piyoda jangchilardan tashkil topgan edi.  MOVAROUN N AHRN IN G ARABLA R 
TOMONI DA N BOSIB OLI NI SHIN IN G 
SA BA BLARI Istilo qilingan halqlarning islomni qabul qilgan 
vakillari ham arab qo‘shinlari tarkibida harbiy 
xizmat o‘taganlar. Ko‘p yillik urushlar natijasida 
arablar yaxshi harbiy va jangovar mahoratga 
ega bo‘lganlar. Ular keng va sersuv 
daryolardan kechib o‘tishni, shahar va 
qal’alarni hujum bilan egallashni, uzoq 
masofalarni bosib o‘tishni mohirona 
o‘zlashtirganlar. Arab jangchilari boy harbiy o‘ljadan manfaatdor bo‘lganlar. Ular 
Movarounnahrning qadimiy shaharlariga talonchilik manbayi 
sifatida qaraganlar. Dastlabki  yurishlariyoq ularni oltin va kumush 
buyumlar, ko‘plab tangalar, turli hunarmandchilik mahsulotlari, 
kiyim-bosh va gazlamalar bilan ta’minlagan. Arablarning Movaraunnahrga dastlabki bosqinlari kezlarida ba’zi mahalliy 
hukmdorlar har gal ularga tovon to‘laganlar va hadyalar tortiq qilganlar. 
Ular shu tariqa o‘z mulklarini bosqinchilardan qutqarmoqchi bo‘lganlar. 
Ammo arablar harbiy yurishlarni davom ettiradilar. Ular 
Movarounnahrning tarqoqligidan ustalik bilan foydalanadilar.
Shularning bariga qaramasdan O‘rta Osiyo xalifalik uchun eng xavfli 
mintaqalardan biri hisoblanardi. Uning istilosi uchun 100 –yilga yaqin vaqt 
kerak bo‘ldi. VIII asrga kelib Movarounnahr Arab xalifaligi tarkibiga kiradi. 
  Qutayba Samarqand bo‘limining arab qo‘shinlari boshlig‘i 
bo‘lgan o‘z ukasiga mana qanday topshiriq yuborgan edi: 
«Birorta ham majusiyni, uning qo‘liga muhr qo‘yilgunga qadar 
Samarqandning birorta darvozasidan chiqib ketishiga yo‘l 
qo‘yilmasin, agar loy muhr u shahardan chiqishidan avval 
qurigan bo‘lsa, uni o‘ldiring, agar kimning yonidan temir pichoq 
chiqsa, uni o‘ldiring. Agar tunda darvozalar yopilgandan keyin 
shaharda kimnidir ko‘rsangiz, uni o‘ldiring.»
Qutayba insonlarni yo‘q qildi va ularni o‘ldirishga buyurdi, 
ammo uning o‘zi o‘lim topdi.

Samarqandni egallash arablarning asosiy maqsadiga aylanadi. 712-yili Qutayba Xorazmdan qaytadi. Arablar Xorazmshohdan o‘lja olingan o‘n ming bosh qoramolni qo‘shin ketidan haydab kelardilar. Dastlab ular o‘lja bilan Marvga yo‘l olmoqchi bo‘ladilar. Ammo Qutayba kutilmaganda Samarqandga qarab yuradi. SA MARQA ND MUDOFA A SI

Buxorxudot va Xorazmshoh bilan sulh shartnomasi tuzilgan bo‘lib, bu yurishda ularning qo‘shinlari Qutaybani kuzatib borishardi. Bu paytda Gurak Samarqand hukmdori edi. U Samarqand mudofaasini tashkil qiladi. Shaharga kiraverishda So‘g‘d chavandozlari arablar ustiga selday yopiriladilar. Shafqatsiz jang boshlanadi. Gurak lashkarlari dushman bilan mardonavor jang qiladilar va arablarga katta talofat yetkazadilar. Ammo shu bilan birga ko‘plab So‘g‘d piyodalari va otliqlari ham halok bo‘ladilar. Gurak shaharga chekinishga majbur bo‘ladi.

Samarqand qamali boshlanadi. Arablar devordan tuynuk ochish maqsadida shahar devorlari qarshisiga 300 ta devorbuzar moslama manjaniq o‘rnatadilar. Shahar himoyachilari qahramonlarcha mudofaada turadilar. Shu paytda turk hoqoni qamaldagi samarqandliklarga yordam berish uchun otliq qo‘shin yuboradi

Ammo Samarqandga kelayotgan otliq qo‘shin pistirmaga yo‘liqadi va arablar tomonidan qirib tashlanadi. Samarqand himoyachilari shaharni bir oydan ortiq himoya qiladilar. Ular katta talofat beradilar. Oziq-ovqat va suv zaxiralarning oxiri ko‘rinib qoladi. Shahar taslim bo‘ladi. Gurak arablar bilan sulh tuzishga hamda ularga katta tovon to‘lashga majbur bo‘ladi.