logo

Podsho Rossiyasi tomonidan Toshkentni bosib olinishi

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

2499.9951171875 KB
Podsho Rossiyasi 
tomonidan Toshkentni 
bosib olinishi                                   Reja :

1. RossiyaningXIX asrning birinchi yarmida ozbek 
xonliklariga tajovuzi.

2. Orta Osiyoni egallash uchun Rossiya va 
Angliyaning kurashi.

3. Toshkent shahrini Rossiya tomonidan bosib 
olinishi                 
Orta Osiyo xonliklarining Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi va 
mustamlaka aylantirilishi hamda podsho Rossiyasining Turkistonda olib 
borgan mustamlaka siyosatiga doir manbalar boy va salohiyatlidir. Bu 
manbalarni bir necha Xilga bolib organishimiz mumkin. Manbalar 
orasida eng ishonarli va nufuzli hisoblanganlari mahalliy 
tarixchilarimiz tomonidan XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida 
yaratilgan. Ular orasidan Muhammad Solix Toshkandiyning «Tarixi 
jadidi Toshkand», Avaz Muhammad Attor Xoqandiyning «Tarixi 
Jahonnamoyi», Muhammad Yunus Toibning «Tarixi Aliquli 
Amirlashkar», Mullo Holiboy Mametovning «Urus lashkarlarining 
Turkistonda  tarixi 1269-1281 sanalarda qilgan futuxotlari», Mullo Olim 
Maxmudxojaning «Tarixi Turkiston», Niyoz Muhammad Xuqandiyning 
«Tarixi shohruXIy», Ibratning «Tarixi Fargona», Muhammad Yunus 
Bayoniyning «Shajarai Xorazmshohiy» va boshqa bir qator asarlarini 
alohida korsatib otishimiz mumkin.                 
Bu manbalar bilan bir qatorda Ozbekiston 
respublikasi Markaziy Davlat arXIVida 
saqlanayotgan koplab hujjatlar, rus 
harbiylari va tarixchilari tomonidan yozib 
qoldirilgan asarlar va hujjatlar ham 
mavzuni organishda muhim  manbalar bolib 
hizmat qiladi. Biroq bu asarlar  va 
hujjatlarni organishda ularga tanqidiy 
nuqtai nazardan yondashib, haqqoniy va 
holis xulosalar chiqarish maqsadga 
muvofiqdir.                                  
XIX  asr ortalariga kelib Chor Rossiyasi  va Angliya 
davlatlarning mustamlakachilik siyosatidagi manfaatlari 
Orta Osiyoda toqnashdi. Har ikki davlatning Turkistonga 
bolgan qiziqishlari bundan ancha avvalroq boshlangan 
bolib, har ikki davlat ham Turkistonni oz manfaatlari 
doirasiga kiritishga harakat qilardilar.           XIX asr 
boshlaridanoq Angliya ozining Hindiston va Afgonistondagi  
mulklaridan turib ozbek xonliklari bilan savdo-sotiq va 
diplomatik aloqalarini boshlab yubordi. Angliya 
siyosatchilari Rossiyaning ozbek xonliklari bilan tobora 
iqtisodiy jihatdan yaqinlashib borayotganidan tashvishga 
tushib, xonliklarning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib 
olinishidan xavsirardi. Oz navbatida Rossiya ham Buyuk 
Britaniyaning Turkiston va Kaspiy dengizi sharqidagi erlarni 
bosib olishdan  tashvishga tushgan edi.                 
XIX asr ortalariga  kelib, Rossiya va Angliya ortasidagi raqobat va 
keskinlik chuqurlashdi. 1856 yil 19 martda har ikki davlat ozaro 
keskinlikni yumshatish maqsadida bitim imzolaydi. Biroq bu bitim ham 
vaziyatning yumshashiga ta`sir korsata olmadi. 1858 yil mart oyida 
Angliya parlamenti Hindistonda mustamlaka siyosatini amalga oshirish 
va Turkiston xonliklari bilan savdo aloqalarini kengaytirish kozda 
tutuvchi qarori va mahsus qomita tashkil etdi. Bu esa rus  
hukumatining qattiq tashvishga soldi va ozbek xonliklarini bosib olish 
masalasini kun tartibidagi birinchi oringa olib chiqdi. Dastlabki harbiy 
harakatlar Qoqon xonligiga qarshi qaratildi. Rossiya imperiyasining 
keyingi yillaridagi olib borgan tashqi siyosati Angliya  bilan keskin 
vaziyatning yuzaga kelishiga olib keldi. Har ikki davlat ham yuz berishi 
muqarrar bolgan harbiy toqnashuvning oldini olib, 1869 yilda 
muzokaralar otkazdi. Bu muzokaralar ikki davlat ortasidagi betaraf 
hududni aniqlab berishi lozim edi.                 
Biroq Rossiya hukumati Angliyaning betaraf hudud 
Afgoniston va Orta Osiyo bolishi kerak degan talabiga 
qarshi chiqib, betaraf hudud Afgoniston bolishi, Orta Osiyo 
esa Rossiya imperiyasi tasir doirasida bolishi kerak degan 
siyosatni ilgari surdi. Oqibatda bu masala ochiq qoldi. 
Keyinchalik Rossiyaning Orta Osiyodagi bosqinchilik 
siyosatini kuzatib turgan Angliya hukumati vakili, Hindiston 
vitse-qiroli Forsayt 1873 yildi yashirincha Toshkentga keldi 
va Kaufman bilan uchrashib, Rossiyaning Orta Osiyoni 
butunlay bosib olishga roziligini va Afgoniston betaraf 
hudud bolib qolishni bildirdi. shu tariqa Angliya va Rossiya 
ortasidagi Orta Osiyo masalasida yuzaga kelgan 
raqobatchilik rus  diplomatiyasining ustunligi bilan tugadi. 
Biroq Angliyaning aralashuvi bilan Buxoro amirligi oz 
mustaqilligini qisman saqlab qolishga erishdi.                                  
XIX-asr oʻrtalarida Rossiya podsho hukumati yirik strategik mavqega ega 
boʻlgan  Toshkentni  bosib olish maqsadida harbiy yurish boshladi. Bu 
vaqtda Toshkent va  Toshkent viloyati   Qoʻqon xonligi  tarkibida edi. 1864-yil 
dekabr  Mixail Chernyayev  boshchiligidagi rus qoʻshinlari  Chimkent  yoʻlidan 
kelib Oqqoʻrgʻon tepaligiga oʻrnashdilar va shaharni qamal qilib toʻplardan 
oʻqqa tutdilar. Toshkentliklar shaharni qattiq turib himoya qildilar. 
Qoʻqondan xonlik lashkarboshisi Mulla Alimqul mingboshi koʻp ming 
kishilik qoʻshin bilan Toshkentga yetib kelgach, Chernyayev qoʻshinlari 
bilan Chimkentga chekinishga majbur boʻldi.

Biroq 1865-yil 27-aprelda Chernyayev qariyb 2000 kishilik qoʻshin bilan 
yana Toshkent tomon yoʻlga chiqib,  Chirchiq daryosi  boʻyidagi Niyozbek 
qalʼasini egallaydi va shaharni suvsiz qoldirish maqsadida Kaykovus arigʻi (
Boʻzsuv  kanali) suv oladigan toʻgʻonni buzdirib tashlaydi. Lashkarboshi 
Alimqul ham oʻz qoʻshinlari bilan  Qoʻqondan  Toshkentga yetib keladi. 
Sulton Saidxon, Alimqul va toshkentlik akobir-ulamolar boshchiligida 
shaharni himoya qilishga katta tayyorgarlik koʻriladi. Chernyayev 7-mayda 
qoʻshinlari bilan Toshkentga yaqinlashadi. Uning qoʻshinlari Salor arigʻini 
kechib oʻtib, Tarxon-Sayyod (hozirgi Darxonota) arigʻining oʻng sohili 
(hozirgi Pushkin koʻchasi)da muqobil turgan Toshkent himoyachilariga 
qarata toʻpdan oʻt ochadilar.                 
9-may kuni shaharning shimoli-sharqidagi 
Shoʻrtepada Toshkent himoyachilari bilan rus 
bosqinchilari oʻrtasida yana qattiq jang boʻladi. 
Jangda Alimqul ogʻir yarador boʻlgach, himoyachilar 
oʻrtasida parokandalik va vahima boshlanadi. 
Qoʻqon xonligi askarlari Alimqul xazinasini olib oʻz 
yurtlariga joʻnab ketdilar. Toshkentda Qoʻqon 
xonligining 60 yillik hukmronligi barham topdi. 
Buxoro   amirligi , Qoʻqon va  Xiva   xonligi|xonliklari
 Toshkent himoyachilarining yordam soʻrab qilgan 
murojaatlariga rad javobini berdilar. Chernyayev 
fursatni boy bermaslik uchun Toshkentni qamal 
qildi. Shahar aholisi suvsiz qoldi, oziq-ovqat zaxirasi 
ham tugadi. 14-iyunda Chernyayev askarlari 
shaharga bostirib kirishga muvaffaq boʻldi, ular 
doʻkon va uylarga oʻt qoʻydilar.                                  
Shahar mudofaasida faol qatnashgan toshkentlik tarixchi 
Muhammad Solih „Jadidai tarixi Toshkand“ asarida yozishicha, 
toshkentliklar dushmanga qattiq qarshilik koʻrsatganlar. 
Bosqinchilar birinchi galda Oʻrda saroyini yondirdilar, keyin 
portlatdilar. Uch kun davom etgan jangdan soʻng 42 kun suvsiz 
qolgan va ochlikdan tinkasi qurigan Toshkent himoyachilari 17-
iyunda ertalab taslim boʻlishga majbur boʻldilar. Chernyayev shahar 
ayonlaridan Toshkentning 12 darvozasi ramziy oltin kalitlarini 
topshirishni talab qildi. Juda koʻp odam qurbon boʻldi. Chernyayev 
buyrugʻi bilan uylar yondirildi, egalari otib tashlandi yoki miltiq 
nayzasi bilan sanchib oʻldirildi. Hech kimga shafqat qilinmadi.

Shunday qilib, podsho Rossiyasi qoʻshinlari maxsus otryadi bilan 
Toshkentni bosib olishga muvaffaq boʻldi. Toshkent va unga 
qarashli atrof yerlarda rus davlatining hukmronligi oʻrnatildi. 
Toshkent Rossiyaning keyinroq Turkiston xonliklarini bosib olishi 
uchun tayanch punktiga aylantirildi.                                  ETIBORINGIZ UCHUN 
RAXMAT

Podsho Rossiyasi tomonidan Toshkentni bosib olinishi

Reja :  1. RossiyaningXIX asrning birinchi yarmida ozbek xonliklariga tajovuzi.  2. Orta Osiyoni egallash uchun Rossiya va Angliyaning kurashi.  3. Toshkent shahrini Rossiya tomonidan bosib olinishi

 Orta Osiyo xonliklarining Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlaka aylantirilishi hamda podsho Rossiyasining Turkistonda olib borgan mustamlaka siyosatiga doir manbalar boy va salohiyatlidir. Bu manbalarni bir necha Xilga bolib organishimiz mumkin. Manbalar orasida eng ishonarli va nufuzli hisoblanganlari mahalliy tarixchilarimiz tomonidan XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida yaratilgan. Ular orasidan Muhammad Solix Toshkandiyning «Tarixi jadidi Toshkand», Avaz Muhammad Attor Xoqandiyning «Tarixi Jahonnamoyi», Muhammad Yunus Toibning «Tarixi Aliquli Amirlashkar», Mullo Holiboy Mametovning «Urus lashkarlarining Turkistonda tarixi 1269-1281 sanalarda qilgan futuxotlari», Mullo Olim Maxmudxojaning «Tarixi Turkiston», Niyoz Muhammad Xuqandiyning «Tarixi shohruXIy», Ibratning «Tarixi Fargona», Muhammad Yunus Bayoniyning «Shajarai Xorazmshohiy» va boshqa bir qator asarlarini alohida korsatib otishimiz mumkin.

 Bu manbalar bilan bir qatorda Ozbekiston respublikasi Markaziy Davlat arXIVida saqlanayotgan koplab hujjatlar, rus harbiylari va tarixchilari tomonidan yozib qoldirilgan asarlar va hujjatlar ham mavzuni organishda muhim manbalar bolib hizmat qiladi. Biroq bu asarlar va hujjatlarni organishda ularga tanqidiy nuqtai nazardan yondashib, haqqoniy va holis xulosalar chiqarish maqsadga muvofiqdir.