Biologiya – hayot haqidagi fan
![BI OLOGI YA –
HAYOT
HAQI DAGI FA N](/data/documents/f086a881-0e98-482a-9b3b-b8d833dbceed/page_1.png)
![Reja
•
Kirish
•
1.Biologiya fani haqida umumiy
ma’lumot.
•
2. Biologiy a fanining t armoqlari.
•
3. Biologiy a fanining muammolari.
•
Xulosa
•
Foydalanilgan adabiyotlar](/data/documents/f086a881-0e98-482a-9b3b-b8d833dbceed/page_2.png)
![•
Biologiya Yerdagi hayotning barcha ko‘rinishlarini,
uning turli darajadagi: molekula, hujayra, organizm,
populatsiya (tur), biogeosenoz (ekosistema), biosfera
darajasidagi tizimlarning barcha xossalarini o‘rganadi.](/data/documents/f086a881-0e98-482a-9b3b-b8d833dbceed/page_3.png)
![•
Biologiyaning asosiy
maqsadi tirik
mavjudotlarning tuzilishi,
o‘ziga xos xususiyatlari,
ko‘payishi, rivojlanishi, kelib
chiqishi, tabiiy jamoalarda
va yashash muhiti bilan
o‘zaro munosabatlarini
o‘rganishdir.](/data/documents/f086a881-0e98-482a-9b3b-b8d833dbceed/page_4.png)
![•
Biologiya atamasi fransuz
olimi J. B. Lamark va nemis
olimi G. R. Trevina rus
tomonidan fanga kiritilgan
bo‘lib, « bios» – hayot,
« logos» – fan degan ma’noni
bildiradi.](/data/documents/f086a881-0e98-482a-9b3b-b8d833dbceed/page_5.png)
![•
Biologiy a fanining
t armoqlari. Biologiya
fundamental va kompleks
fan hisoblanadi.
Fundamental fan
deyilishiga sabab, biologiya
tibbiyot, psixologiya,
agronomiya, oziq-ovqat
sanoati, farmokologiya
uchun nazariy asos bo‘lsa,
kompleks fan sifatida esa
ko‘plab tarmoq fanlarni o‘z
ichiga oladi.](/data/documents/f086a881-0e98-482a-9b3b-b8d833dbceed/page_6.png)
![•
Biologiy a fanining ilmiy t adqiqot
met odlari. Biologiyada tirik organizmlarning
hayotiy xossalarini o‘rganish uchun quyidagi
metodlardan foydalaniladi.](/data/documents/f086a881-0e98-482a-9b3b-b8d833dbceed/page_7.png)
![•
K uzat ish me t odi. Organizmlar va
ularni o‘rab turgan atrof-muhitda
ro‘y beradigan hodisalarni
kuzatish, tasvirlash va tahlil qilish
imkonini beradi. Bu metod qadim
zamonlardan boshlab olimlar
tomonidan daliliy materiallar
yig‘ish va uni tavsifl ash uchun
keng qo‘llanilgan. XVIII asrda bu
metod yordamida biolog olimlar
hayvonlar va o‘simliklarni ta’rifl
ash, tasvirlash va to‘plangan
materiallarni tartibga solish bilan
shug‘ullangan.](/data/documents/f086a881-0e98-482a-9b3b-b8d833dbceed/page_8.png)
![•
Taqqoslash me t odi. Turli biologik tizimlarning tuzilishi, funksiyasi,
tarkibiy qismlardagi o‘xshashlik va farqlar taqqoslash
metodiyordamida o‘rganiladi. Mazkur metoddan sistematika,
morfologiya, anatomiya, paleontologiya, embriologiya fanlarida
foydalaniladi. Taqqoslash metodi yordamida hujayra nazariyasi,
biogenetik qonun, irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatorlar
qonuni kashf etilgan.](/data/documents/f086a881-0e98-482a-9b3b-b8d833dbceed/page_9.png)
![•
Tarixiy met od. Mazkur metod turli
sistematik guruhlarning evolutsion
jarayonda paydo bo‘lishi, takomillashishini
dalillar yordamida tushunish va ularni
avvaldan mavjud bo‘lgan dalillar bilan
qiyoslash, organizmlarning paydo bo‘lishi
va rivojlanishi, ularning tuzilishi va
funksiyalarining murakkablashib borish
qonuniyatlarini bilib olishga imkon beradi.
Shu orqali organizmlarning paydo bo‘lishi
va tarixiy taraqqiyoti qonuniyatlarini
asoslab berish mumkin. Tarixiy metod turli
era va davrlarda organizmlarning paydo
bo‘lishi va organik olam evolutsiyasini
o‘rganishda qo‘llaniladi.](/data/documents/f086a881-0e98-482a-9b3b-b8d833dbceed/page_10.png)
![•
Ek spe rime nt al (t ajriba)
me t odi. Maxsus tashkil etilgan
sharoitda tirik organizmlar tuzilishi,
hayot jarayonlarini o‘rganish
eksperimental metodorqali amalga
oshiriladi. Bu metod organizmlar
xatti-harakati, tuzilishi, xossalari
mohiyatini tajribalar yordamida
chuqurroq tadqiq qilish imkonini
beradi. G. Mendelning irsiylanish
qonu niyatlarini o‘rganishga
bag‘ishlangan ishlari fanda tajriba
usulini qo‘llashning yorqin
namunasidir. Bio logik tadqiqotlar
uchun zamonaviy asbob-
uskunalarning paydo bo‘lishi bu
usuldan keng foydalanish imkonini
berdi.](/data/documents/f086a881-0e98-482a-9b3b-b8d833dbceed/page_11.png)
![•
Mode llasht irish me t odi. Biologik tadqiqotlarda tobora keng qo‘l lanilayotgan
modellashtirish metodining mohiyati tirik tabiatdagi hodisalar va ularning jihatlarini
matematik belgilarga aylantirib, model tarzida qayta tiklab o‘rganishdan iborat. Biologik
jarayonlarni, evolutsiyaning turli yo‘nalishlarini, ekosistemalar hamda biosferaning
rivojlanishini kompyuterda modellashtirish orqali ro‘y berishi mumkin bo‘lgan voqea-
hodisalarni oldindan bilish imkoni yaratildi.](/data/documents/f086a881-0e98-482a-9b3b-b8d833dbceed/page_12.png)
![•
Biologiy a fanining
muammolari. Biologiya fanida hali
o‘z yechimini topmagan bir
qancha muammolar mavjud.
Hayotning, odamning paydo
bo‘lishi, bosh miya faoliyati
mexanizmlarini o‘rganish orqali
tafakkur va xotira qonuniyatlarini
anglash, embrional taraqqiyotda
genetik axborot asosida to‘qima,
organlar va organizm
rivojlanishini o‘rganish shular
jumlasidan.](/data/documents/f086a881-0e98-482a-9b3b-b8d833dbceed/page_13.png)
![•
Dunyo aholisining soni yildan yilga
ortib bormoqda. Binobarin,
biologiya fani oldida turgan muhim
vazifalardan biri insonlarning oziq-
ovqatga bo‘lgan ehtiyojini
qondirishga qaratilgan nazariy va
amaliy muammolarni hal etishdan
iborat. Bu sohada seleksiyada ko‘p
yillardan beri qo‘llanib kelinayotgan
duragaylash, tanlash metodlaridan
tashqari, gen muhandisligi –
genlarni sintez qilish, ko‘chirib
o‘tkazish, somatik hujayralarni
duragaylash, allofen – organizmlar
yetishtirish va boshqa metodlardan
foydalanish nihoyatda samarali
bo‘ladi.](/data/documents/f086a881-0e98-482a-9b3b-b8d833dbceed/page_14.png)
![•
Insonlardagi irsiy
kasalliklarni o‘rganish,
ularning oldini olish
choralarini ishlab chiqish
va amaliyotga tatbiq etish
nihoyatda muhim sanaladi.
Bu muammoni ijobiy hal
etish gen muhandisligi va
biotexnologiya
sohalarining rivoji bilan
uzviy bog‘liq.](/data/documents/f086a881-0e98-482a-9b3b-b8d833dbceed/page_15.png)
![•
Xulosa
•
Hozirgi vaqtda eng xavfl i hodisalardan biri
ekologik muhitning yomonlashayotganligi
hisoblanadi. Bu ayniqsa, inson uchun nihoyatda
foydali bo‘lgan o‘simlik va hayvon turlarining
yildan yilga kamayib ketayotganligida yaqqol
ko‘zga tashlanadi. Biologiya fani oldida turgan
muammolardan biri hayvonlar, o‘simliklar
genofondini saqlash usullarini ishlab chiqish va
amaliyotga tatbiq etishdan iborat.](/data/documents/f086a881-0e98-482a-9b3b-b8d833dbceed/page_16.png)
![Etiboringiz uchun
rahmat](/data/documents/f086a881-0e98-482a-9b3b-b8d833dbceed/page_17.png)
BI OLOGI YA – HAYOT HAQI DAGI FA N
Reja • Kirish • 1.Biologiya fani haqida umumiy ma’lumot. • 2. Biologiy a fanining t armoqlari. • 3. Biologiy a fanining muammolari. • Xulosa • Foydalanilgan adabiyotlar
• Biologiya Yerdagi hayotning barcha ko‘rinishlarini, uning turli darajadagi: molekula, hujayra, organizm, populatsiya (tur), biogeosenoz (ekosistema), biosfera darajasidagi tizimlarning barcha xossalarini o‘rganadi.
• Biologiyaning asosiy maqsadi tirik mavjudotlarning tuzilishi, o‘ziga xos xususiyatlari, ko‘payishi, rivojlanishi, kelib chiqishi, tabiiy jamoalarda va yashash muhiti bilan o‘zaro munosabatlarini o‘rganishdir.
• Biologiya atamasi fransuz olimi J. B. Lamark va nemis olimi G. R. Trevina rus tomonidan fanga kiritilgan bo‘lib, « bios» – hayot, « logos» – fan degan ma’noni bildiradi.