logo

Boshlangʻich sinf matematika darslarida didaktik oʻyinlardan foydalanish

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

1491.6552734375 KB
Mavzu: Boshlangʻich sinf matematika 
darslarida  didaktik oʻyinlardan 
foydalanish
Reja:
1.Didaktik oʻyinlarning matematika 
darslaridagi ahamiyati 
2.Oʻquv - bilish faoliyatini tashkil etish 
metodlari  Barchamizga ma’lumki kichik maktab yoshidagi 
o’quvchilarning asosiy faoliyati o’yinlarga 
qaratilgan. Bolauchun 45 daqiqa o’rnidan 
qimirlamay darsni tinglab, o’qituvchi tomonidan 
berilayotgan barcha ma’lumotlarni o‘zlashtirish 
judamurakkab. Bunday murakkab jarayonni bola 
ongiga qiyinchiliklarsiz singdirish uchun o’yin va 
ta’limfaoliyatlarini chambarchas bog’lash zarur. 
Ya’ni dars jarayonida ta’limiy va harakatga 
keltiruvchi o’yinlardan foydalanish, ta’lim 
samaradorligini biz istagan darajadanda yuqori 
bo’lishiga erishishimiz mumkin Dars jarayonida didaktik o’yinlardan foydalanish 
bolada erkin muloqotga kirishish, o’z fikrini erkin 
bayon etish hamda yangi bilimlarni, tasavvurni 
ishga solgan holda to’laligicha esda saqlab qolish 
imkonini beradi. O’quv-bilim jarayonida yuqori samaradorlikka erishish 
bolada o’qishga bo’lgan motivatsiyani to’g’ri 
yo’naltirilganligiga bog’liq. Didaktik o’yinlar aynan 
shunday motivatsiyani bera oladi. Ta’lim jarayonini 
alohida jarayon sifatida ko’rib uni bolaning asosiy 
faoliyati bo’lmish o’yin faoliyatidan ajratib qo’yish esa 
bolani qafasga solib qo’yish bilan barobar. Ta’limiy o’yinlarning yana bir jihati shuki, u bolada 
ikki miya yarim sharlarining bir vaqtning o’zida 
ishlashini ta’minlaydi. Miyadagi bunday faollik 
berilgan axbarotni bir vaqtning o’zida qabul qiladi, 
esda saqlaydi uni qayta tahrirlab berilgan savolga 
tez va aniq javob berishni ta’minlaydi. O’yin faoliyati g’olib yoki mag’lub tushunchalardan 
iborat bo’lib dars jarayonida qo’llanilganda bola 
g’olib bolish uchun kurashadi va ana shu kurash 
natijasida berilgan axbarotni diqqat bilan tinglab 
bilimlarni osongina egallab oladi. Bir vaqtning 
o’zida bu bilimlarni hayotda qo’llab ko’radi. 1- topshiriq: Ko'rgazmali qurolda ko'rsatilgan 
misollarning javobini topish lozim.
17-2=15, 15+1 = 16, 16—8 = 8, 8 + 9=17 17 + 0=17
18 + 2 = 20, 20-5=15, 15 + 4=19, 19-11=8 8+10=18
Misollarning javobini topganlaridan so'ng uning qiziqarli 
tomonini topishga da'vatetiladi. Qiziqarliligi shundaki, 
o'quvchilar birinchisining javobi, ikkinchisining 
boshlanishi “zanjir”ga o'xshash ekanligiga iqror boladi Misol tariqasida “33ta 33”didaktik o’yinida bola 
ko’paytirish jadvalini yaxshi yodlagan bo’lishi va 
diqqatini ishga solgan holda ishtirok etishi kerak 
bo’ladi.
O’yin sharti sinf o’quvchilari sonlarni tartib bilan 
aytganda 3 raqami ishtirok etgan sonlar va 3 ga 
bo’linadigan sonlar aytilmay o’rniga qarsak chalinadi. 
(1,2, qarsak, 4,5,qarsakvah.). Sanoq 33 soniga qadar 
davom etadi sanoqda adashgan o’quvchi o’yindan 
chiqib ketadi va sanoq qayta boshlanadi. DIDAKTIK 
O’YINLAR Shularni inobatga olgan zamonaviy o’qituvchidan har 
bir darsni didaktik o’yinlar asosida tashkil etish talab 
etiladi. Shuning natijasida esa kun davomida bolada 
charchoq, toliqish kuzatilmaydi. Eʼtiboringiz 
uchun 
rahmat!

Mavzu: Boshlangʻich sinf matematika darslarida didaktik oʻyinlardan foydalanish Reja: 1.Didaktik oʻyinlarning matematika darslaridagi ahamiyati 2.Oʻquv - bilish faoliyatini tashkil etish metodlari

Barchamizga ma’lumki kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning asosiy faoliyati o’yinlarga qaratilgan. Bolauchun 45 daqiqa o’rnidan qimirlamay darsni tinglab, o’qituvchi tomonidan berilayotgan barcha ma’lumotlarni o‘zlashtirish judamurakkab. Bunday murakkab jarayonni bola ongiga qiyinchiliklarsiz singdirish uchun o’yin va ta’limfaoliyatlarini chambarchas bog’lash zarur. Ya’ni dars jarayonida ta’limiy va harakatga keltiruvchi o’yinlardan foydalanish, ta’lim samaradorligini biz istagan darajadanda yuqori bo’lishiga erishishimiz mumkin

Dars jarayonida didaktik o’yinlardan foydalanish bolada erkin muloqotga kirishish, o’z fikrini erkin bayon etish hamda yangi bilimlarni, tasavvurni ishga solgan holda to’laligicha esda saqlab qolish imkonini beradi.

O’quv-bilim jarayonida yuqori samaradorlikka erishish bolada o’qishga bo’lgan motivatsiyani to’g’ri yo’naltirilganligiga bog’liq. Didaktik o’yinlar aynan shunday motivatsiyani bera oladi. Ta’lim jarayonini alohida jarayon sifatida ko’rib uni bolaning asosiy faoliyati bo’lmish o’yin faoliyatidan ajratib qo’yish esa bolani qafasga solib qo’yish bilan barobar.

Ta’limiy o’yinlarning yana bir jihati shuki, u bolada ikki miya yarim sharlarining bir vaqtning o’zida ishlashini ta’minlaydi. Miyadagi bunday faollik berilgan axbarotni bir vaqtning o’zida qabul qiladi, esda saqlaydi uni qayta tahrirlab berilgan savolga tez va aniq javob berishni ta’minlaydi.