logo

Geografiyani o’qitish jarayonida didaktik o’yinli darslardan foydalanish yo’llari.

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

1000.6220703125 KB
GEOGRAFIYA O’QITISHDA  
INNOVATSION 
TEXNALOGIYALAR
Mav zu: 
Geografi y ani o’qit ish 
jaray onida didak t ik  o’y inli 
darslardan foy dalanish 
y o’llari.   R E J A
Geografiya ta'limida didaktik o'yinlardan foydalanish ahamiyati
Geografiya ta'limida didaktik o'yinlardan foydalanish ahamiyati
Geografiya ta'limida didaktik ko'rgazma qurollar tayyorlash
Modellar va undan foydalanish usullari       Geografiya ta'limida didaktik o'yinlardan foydalanish ahamiyati
Didaktik  o'yinlar  o'zining  asosiy  mazmuniga  ko'ra  ma'naviy-ahloqiy,  aqliy  rivojlantiruvchi,  bilish  jarayoniga 
doir  o'yinlar  bo'lishi  mumkin.  Bunday  o'yinlarning  o'ziga  xos  xususiyati  -  guruhiy  jipslashish,  ijodiy  hamkorlik, 
musobaqadir.
Mustaqil hamdo'stlik mamlakatlari va xorijdagi metodist - geograflar uzoq vaqtlardan berli o'yinlar nazariyasi 
bilan qiziqib keladilar, ular bu nazariyani geografiyani o'qitish jarayonida tadbiq etishga urinib ko'rganlar.O'yinlarni 
geografiyani  o'qitishga  kiritish  g'oyasi  60-yillarning  boshlarida Amerika  va Angliyada  paydo  bo'lgan  edi.  Hozirgi 
vaqtda  xorijlik  hamkasblar  tajribasida  imtiatsion  o'yinlarni,  shu  jumladan  komp'yuter  o'yinlarini  amalda  barcha 
sinflarda  keng  tadbiq  etish  mayli  aniq  ko'zga  tashlanadi.  Bundan  ko'zda  tutilgan  asosiy  maqsad  fanga  bo'lgan 
qiziqishni oshirish, ijodiy tafakkurni rivojlantirishdan iboratdir.
Keyingi  yillarda  geografiya  darslarida  o'yinlar  tadbiq  etish  to'g'risida  L.M.Pancheshnikova,  S.N.Proslova, 
P.Musaev,  R.Qurbonniyozov,  V.V.Nikolina,  G.S.Kulinich,  O'.Safarov, A.Hayitov  va  boshqalarning  tadqiqotlari 
paydo bo'ldi. Bu tadqiqotlarda o'yinlarni tasnif qilish, ularni darslarda va darsdan tashqari vaqtlarda tashkil etish va 
o'tkazish  metodikasi  masalalari  qarab  chiqilgan,  lekin  tadqiqotchilardan  hech  kim  geografiya  darsida  o'yinlarni 
tadbiq etish yordamida ta'lim samaradorligini oshirish muammolarini maxsus ravishda ajratib ko'rsatmagan.   Didaktik o'yinlardan foydalanish usullari
Didaktika   -  ta'lim  nazariyasi  tushunchasini  anglatadi.  Ta'lim  nazariyasi  ta'lim  -  tarbiya  jarayonida  amal  qilinishi 
shart bo'lgan tamoyillar, ta'lim usullari, ta'lim-tarbiya shakllari va pedagogikadagi asosiy tushunchalarni o'z ichiga oladi.
Demak,  didaktika  yosh  avlodni  «nimaga  o'qitish?»,  «nimani  o'qitish?»,  «qanday  o'qitish?»  kabi  savollarga  javob 
beradi. Didaktik o'qitishning umumiy qonun va qonuniyatlarini aniqlab berish bilan birga, har bir o'quv fanining o'qitish 
usullari uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
Didaktika  butun  pedagogik  faliyat  uchun,  ya'ni  ta'lim-tarbiya  bilan  shug'ullanuvchilarning  nazariy  va  amaliy 
harakatlari uchun metodologik asos vazifasini o'taydi.
Geografik o'yinlarni qo'yidagi guruhlarga bo'lishimiz mumkin:
a) geografik mashqli o'yinlar, topishmoqlar, chaynvordlar, krossvordlar, rebuslar, viktorina, loto, domino va boshqalar;
b) sayohat  o'yinlari:  berilgan  ma'lum  yo'nalish  bo'yicha,  alohida  region  bo'yicha  kartalar  asosida  sayohat  yoki 
«Ekspeditsiya» tariqasida olib boriladi;
v) musobaqa o'yinlari, sinf o'quvchilari guruhlarga bo'linib, ma'lum topshiriqlar asosida o'zaro musobaqalashadilar, 
topshiriqlarning tez va aniq topilishi g'olibni aniqlab beradi.
g) rolli o'yinlar: o'quvchilar ma'lum muammoni hal qilishda qatnashadilar.
O'quvchilar  o'yinlar  jarayonida  o'lka  materiallaridan  keng  foydalanib,  mavjud  muoammalar:  ekologik;  iqtisodiy  va 
ijtimoiy  masalalarni  ochish,  ularni  bartaraf  qilishning  yo'llarini  o'rganadilar.  Bu  esa  o'yinlar  orqali  o'quvchilarni 
mamlakat miqiyosida sodir bo'layotgan voqealar bilan tanishtirish, Vatanga muhabbat tuyg'usini singdirish, turli kasblar 
bilan tanishtirish, mehnat ko'nikmalarini egallash imkoniyatlarini yaratishga olib keladi.   Geografiya  ta'limida  guruhlararo  o'yinlarning  mazmuni,  unga  tayyorgarlik  bosqichi  va  uning  jarayonini  nihoyatda 
murakkab  bo'lsa  -  da,  o'ning  uziga  hos  xususiyatlarini  ko'rsatishga  harakat  qilamiz.  Yuqorida  aytilganidek,  tayyorgarlik  bosqichida 
ko'yidagilar hal etiladi.
1.  O'yinning maqsadini belgilash, ya'ni o'yin orqali o'quvchilar o'zlashtirishi lozim bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalar hajmi aniqlanadi.
2. Qo'yidagi talablarga javob beradigan vaziyatni yaratish:
a) o'yinning o'quvchilar tayyorgarlik darajalari va yosh hususiyatlariga, o'quv ishlaridagi aniq muammolarga mos bo'lishi;
b) o'yin ko'rinishlarini aniq belgilash, ya'ni o'yin tarkibiga kiruvchi xolatlarni ayrim qismlarga ajiratish;
3. o'yin qoidasini ishlab chiqish, har bir ishtirokchiga alohida-alohida vazifalar belgilash, tasodifiy holatlar sodir bo'lganda nimalar qilish 
kerakligi, o'yinning boshlanishi va tugashi, harakatlar soni ko'zda tutiladi;
4.  o'yin  tafsilotini  yozish.  Bunda  boshqaruvchi  va  har  bir  ishtirokchi  harakatlarini  tasvirlab,  o'yinchilar  uchun  mahsus  ko'rsatma 
tayyorlanadi.
Ikkinchi  bosqich  -  o'yinni  tashkil  etish.  Bunda  avvalo  o'rganilayotgan  bo'limga  oid  o'yinning  boshlanishi  haqida  o'quvchilarga  xabar 
qilish;  o'yinni  tayyorlash  va  o'tkazish  uchun  boshqaruvchi  tanlash  va  saylash  amalga  oshiriladi.  Boshqaruvchi  qilib  odatda  guruh 
boshliqlari ko'rsatilib, ular o'yin qoidasini puxta o'rganadilar, o'yin jarayonidagi holatlarini mustaqil ishlab chiqadilar. O'yinning natijalari 
turlicha bo'lishi mumkinligini oldindan tasavvur qiladilar.
Uchinchi  bosqich  -  o'yinni  o'tkazish.  O'yinni  o'tkazish  uslubiy  qat'iy  belgilanmaydi,  o'quvchilarga  erkinlik  beriladi  va  ularning 
ijodkorligi rag'batlantiriladi.
To'rtinchi  bosqich  -  o'yin  natijalarini  tahlil  qilish.  Bu  o'rinda  o'qituvchi  hal  qiluvchi  mavqega  ega  bo'ladi:  u  o'quvchilarning  o'yin 
jarayonida o'zlashtirgan bilimlarini tartibga solish, o'yin ishtirokchilarning fikrlarini aniqlash singari masalalarni hal qiladi.
Guruhlararo  o'yinlar  o'quvchilarning  ijodkorlik  qobiliyatlarini  o'stiradi,  natijada  geografik  bilimlari  ortib  boradi.  Demak,  har  qanday 
o'yinga  tayyorgarlik  davrida  uning  maqsadini  aniq  belgilash  kerak.  O'yin  qatnashchilariga  uning  qoidasini  tanishtirish  lozim.  Bu 
bosqichda  vazifalar  to'la  bajarilishi  zarur.  O'yin  qoidalarini  og'zaki  tushuntirish  bilan  chegaralanmagan,  aniq  ko'rsatmalar  berish,  estalik 
tuzib o'larga tarqatish ham foydalidir.   Didaktik o'yinlardan foydalanish 
tajribalari
Umumiy  ta'lim  maktablarining  geografiya  o'qituvchilari  o'z  faoliyatlari  davomida  o'quvchilarga  ta'lim  va 
tarbiya berish borasida boy tajriba to'plaganlar. Dastlab geografiyaga oid sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlarda 
turli  o'yinlardan  foydalanish  tajribasi  keng  taralgan  bo'lsa,  keyingi  yillarda  geografiya  darslarida  ham  o'yinning 
ayrim  qismlaridan  foydalanish  ommalashib  bormoqda.  Hatto  ayrim  o'qituvchilar  to'la  bir  darsni  o'yin  bilan 
o'tadilar.
O'yinlarga bu qadar e'tiborning ortib borishiga asosiy sabab o'quvchilar qiziqishini orttirish va ularning darsda 
o'zlarini erkin tutishlarini ta'minlashdan iboratdir.
O'qituvchilarning  fikrlashicha,  geografiya  darslarida  o'yinlar  orqali  o'quvchilar  qiziqishi  ortib  boradi, 
bilimlarni o'zlashtirish jarayonini engillashtiradi, qisqa vaqt ichida sifatli bilim olishga erishadilar.
Ijodiy mehnat qiladigan o'qituvchi, - deb yozadi L.V.Zankov, - ma'lum darajada ta'lim va tarbiyaning ob'ektiv 
qonunlariga  muvofiq  ish  ko'radi.  Bunda  u  qisman  allaqachon  ma'lum  bo'lgan  nazariy  qoidalarga  tayanadi,  qisman 
induktiv yo'l bilan qay yo'sinda bo'lsada, hali ochilmagan qonunlarni sinab ko'radi.
O'quvchilar  qiziqishini  orttirish,  tasavvurlarini  kengaytirish  maqsadida  darsning  takrorlash  va  o'tilganlarni 
kengaytirish  mustahkamlash  qismida  chaynvord,  krossvord,  viktorinalardan  unumli  foydalanadi.  Darslarda  bu 
xildagi  o'yinlardan  foydalanish  orqali  o'quvchilar  faoliyatini  oshirish,  geografiyaga  oid  tushunchalarni  osonlik 
bilan o'zlashtirishiga erishmoqda.   Geografik o'yinlarni qo'yidagi bo'lishimiz mumkin:
mashqli geografik o'yinlar, topishmoqlar, chaynvordlar, 
krossvordlar, rebuslar, viktorina, loto, domino va boshqalar;
sayohat o'yinlar: berilgan ma'lum yo'nalish bo'yicha, alohida 
region bo'yicha kartalar asosida sayohat yoki «Ekspeditsiya» 
tariqasida olib boriladi;
musobaqa o'yinlari: sinf o'quvchilari guruhlarga bo'linib, 
ma'lum topshiriqlar asosida o'zaro musobaqalashadilar, 
topshiriqlarning tez va aniq topilishi g'olibni aniqlab beradi;
rolli o'yinlar: o'quvchilar ma'lum muammoni hal qilishda 
qatnashadilar             Geografiya ta'limida didaktik ko'rgazma qurollar 
tayyorlash
Geografiya  ta'limida  o'quvchilarning  har  tomonlama  etuk  bilimdon  bo'lib  etishishda,  ta'limini  hayot  bilan 
bog'lab  borishda  o'quv  vositalarini  geografik  tasavvur  doiralarini  kengayshida,  mavzuni  tushunarli  bo'lishida  va 
puxta  o'zlashtirishiga  imkon  beradi.  Turli  o'quv  ko'rsatmalari,  asboblar  geografik  bilimlar  o'zlashtirishga  imkon 
beradi.  Bu  haqida  K.D.Ushinskiy  shunday  degan  edi:  «  Biz  ravshan  tassurotlarni  ko'rish  orqali  hosil  qilamiz, 
shunki biz o'zimiz eshitgan narsalardan ko'ra, ko'zimiz bilan ko'rgan narsalarni tassavur qilamiz. Ayni bir 
vaqtda  ham  ko'rish,  ham  eshitish,  ham  mushkul  harakati  yordami  bilan  hosil  qilagan  taasurot  esa... 
ayniqsa ravshan tassavur hosil qiladi va xotirada uzoq saqlanadi ».
Bugungi  kunda  ta'  limning  zamonaviy  ta'  lim  vositalaridan  foydalanish  ta'  lim  jarayoniga  ularni  tadbiq 
qilish  davr  talabidir,  ammo  ta'lim  samaradorligini  oshirishda  har  bir  fanning  o'  ziga  xos  xususiyatlari  mavjuddir. 
Geografiya  fani  kabi  hech  bir  fan  ko'rgazmalilikni  ko'p  talab  qilmaydi.  Unda  o'rganiladigan  har  bir  mavzu  uchun 
tabiatning  bir  bo'lagi  tasviri  yoki  qandaydir  asboblar  zarurdir.  Darsning  mazmunli  bo'lishi  uchun  ana  shu  tabiat 
bo'lagini  sinf  xonasiga  kiritishimiz  lozimdir.  O'quvchilarni  bir  lahza  bo'lsa  ham  tabiatning  voqea,  hodisa  va 
jarayonlarning  guvohi  qilishimiz  mumkin.  Buning  uchun  esa  barcha  geografiya  ta'limida  didaktik  ko'rgazmali 
qurollar tayyorlashni puxta bilishimiz va amalda sinab ko'rishimiz lozim.   Applikatsiyalar
Ranglar  bilan  yomon  chizuvchilar  uchun  applikatsiyalar  ancha  qulay.  Ranglar  bilan  qilingan  xatoni  to'g'rilab  bo'lmaydi. 
Applikatsiyada esa rangli qog'ozlarni oldin o'lchab keyin elimlash mumkin.
Masalan, tog' manzarasini qilish mumkin. Bunda oldingi yasalgan tog'lar qoramtir, orqadagilari esa sal ochiqroq qora rangda, 
eng oxirgi qismi esa ko'kimtir rangda tayyorlanadi. Demak, qog'ozlarni uch xil rangda tayyorlash kerak.
Buning  uchun  chuqurroq  yoyiq  idishda  iliq  suvda  matolarni  bo'yashda  ishlatiladigan  anilin  bo'yog'ini  ishlash  lozim.  Eritma 
sovugach unga kerakli o'lchamdagi qog'ozni tushiriladi va dog' bo'lib bo'yalmasligi uchun idishni tebratib turish kerak.
Applikatsiya  yana  shunisi  bilan  qulayki,  unga  oxirgi  daqiqada  har  biron  narsa  qo'shish,  olib  tashlash  yoki  o'zgartirish 
mumkin.
Rangli bo'rlardan foydalanish va ularni tayyorlash usullari
Bo'rlarni  ishlatganda  har  xil  ranglar  miyaga  bir  xil  ta'sir  etmasligini  hisobga  olish  kerak.  Masalan,  qizil  rang  - 
hayojonlantiradi, to'liqtiradi, yashil rang - nerv sistemasini tinchlantiradi, ko'k rang - sovuqlik hissasini uyg'otadi.
Deyarli  hamma  geografik  hodisalar:  issiqlik,  sovuq,  qor,  suv,  quruqlik,  o'simlik  -  doskada  har  xil  ranglar  bilan  ko'rsatilishi 
mumkin. O'quvchi o'qituvchidan o'z daftariga rangli qalamlar bilan chizadi. Hamma tasvirning aniq bo'lishini kuzatib borishi 
kerak. Rasm o'quvchilar tomonidan daftariga chizilgandan keyin uni nazariy bilimlar bilan mustahkamlash mumkin.     Pape - mashe gipsdan qilinadigan ishlar
Sinfda  ko'rgazmali  qurollar  pape-mashe  uchun  qog'oz  yoki  gips  tanlanadi.  Pape-mashe  tayyorlash 
uchun o'qituvchi e.Belyanivskayaning oddiy retseptini beradi. Retsept shunday tayyorlanadi:
4  kilogramm  maydalangan  qog'oz  olinadi,  uni  bir  sutka  davomida  suvga  ezib  quyiladi.  Ikkinchi  kuni  bu  qog'oz 
bir  soat  mobaynida  suvi  singib  ketguncha  qaynatiladi.  Qaynatilgan  qog'oz  sovutilib,  unga  2  kg  bo'r  solib 
aralashtiriladi.  Bu  aralashmaning  ichiga  bir  bo'lak  yog'och  elimi  solib  aralashtiriladi.  Aralashmani  10-15 
minutdan keyin ishlatiladi.
Pape-mashedan  tepalik,  botiqlar,  tog'lar,  vulqon,  daryo  oqimi,  dengiz  qirg'og'ini  va  boshqa 
modellarni yasasa bo'ladi. Daryo oqimi yoki dengiz qirg'og'ini yasash uchun 40x50 sm.li oyna olinib, uning orqa 
tomonini  ko'k  yoki  ochiq  ko'k  rang  bilan  bo'yaladi,  qora  rang  bilan  qirg'oq  chiziqlari  bo'yaladi.  Undan  keyin 
qirg'oqdan boshlab pape-mashedan tog' yasaladi. Uning ustiga salfetka yopishtirilib rang beriladi.
Pape-mashedan  Shimoliy  muz  okeani  qirg'  oqlari  judayam  chiroyli  model  bo'ladi.  Buning  uchun 
hayqaltoroshlar  ishlatadigan  gipsdan  foydalaniladi.  Gips  olinadi  va  uning  o'zi  bilan  teng  miqdorda  suv  solib 
aralashtiriladi. Aralashma tez quriydigan bo'lishi lozim. Ishlatiladigan gipsni oldindan qancha ishlatishni aniqlab, 
keyin  aralashma  tayyorlash  kerak.  Chunki  gipsdan  tayyorlangan  aralashma  tez  qotib  qolishi  mumkin.  Qirg'oq 
bo'yini  yasayotganimizda  paxta  ham  ishlatamiz.  Paxta  qor  bilan  qoplangan  maydonni  tasvirlashda  zarur  bo'ladi. 
Yasalgan manzara ustiga eskimoslarni, it rasmini yoki bug'i rasmini yasab qirqib qo'yish mumkin. Bug'i yoki itni 
plastilindan ham yasash mumkin.    Pape-mashedan tayyorlanadigan diagrammalar
Barrel'efGeografik ma'lumotlarni o'rganayotganimizda raqamlarga duch kelamiz. Masalan, mamlakatimiz boyligi neftni 
qazib  olishda.  Buni  pape-mashedan  yoki  xamirdan  qilish  mumkin.  Neft'  qozib  olish  hajmini  ko'rsatish  uchun  pape- 
mashedan  yoki  xamirdan  neft'  minoralari  yasaladi.  Yasalgan  minoralar  ustidan  bo'yaladi.  Yoki  qo'mir  qazib  olish  hajmini 
ko'mir bo'lagi shaklida pape-mashe yoki xamirdan tayyorlanib, qora ranga bo'yaladi. Yaltirab turishi uchun uning ustidan lak 
bilan  bo'yaladi.  Bundan  tashqari,  Xitoyni  o'rganayotganimizda  choy  ekspertini,  boshqa  mamlakatlarga  yuboriladigan 
qadoqlangan  shaklini  ko'rsatish  mumkin.  Buning  uchun  choy  bo'lagi  pape-mashedan  yoki  plastilindan  yasaladi.  Bunday 
diagrammani devorga ham osib qo'ysa bo'ladi.
Harakatdagi  vulqon:  Harakatlanuvchi  vulqon  modelini  yasash  uchun  barel'ef  tayyorlash  lozim.  Barel'efda  bug',  ko'l,  vulqon  bombasi  va 
lavani ko'rsatish oson.
O'lchami  50x60  sm  bo'lgan  fanerga  vulqon  konturi  chiziladi.  Fanerni  qolgan  qismi  fon  bo'ladi. Avvalo  kulrangroq  ko'k  rang  bilan  osmon 
bo'yaladi, to'q kulrang bilan kul bo'yaladi, to'q jigarrang bilan vulqon bombasi bo'yaladi.
Bombalarni  fonga  yopishtirib  bo'yash  mumkin.  Bo'yashda  yog'li  buyoqlardan  foydalanish  kerak.  Bo'yalgan  osmon  qurigach  qog'oz  va 
gipsdan vulqon shakli yasaladi. Rel'ef shakllarini hosil qilishda har xil shakldagi pichoqchalarni foydalaniladi.
Vulqon  ostida  esa  kraterda  pastga  qarab  yug'onlashtirilib  qoldiqlar  yopishtiriladi.  Vulqon  tayyor  bo'lgach  uni  sariqroq  jigarrang  ranga 
bo'yaladi. Lavani to'q jigar rangga bo'yaladi. Faqat ba'zi joylarini qizil bilan buyash mumkin. Bunda rel'efli tasvir vujudga keladi. Shunday 
tarzda tog'lar balandligini taqqoslovchi pape-mashedan tayyorlangan modellarni yasash mumkin. Kartalar va geografik kartalarni kattalashtirish
Siz Afrikaning  o'simlik  dunyosi  o'rganyapsiz.  Darslik  kartalari  sizni  qanoatlandirmayapti.  U  unchalik  katta  emas 
va  unchalik  tiniq  emas.  Sizga  devoriy  karta  lozim  bo'lib,  undan  o'qituvchi  o'simliklarni  ko'rsata  bilsin.  Siz  Afrikani 
o'simlik duniyosini devoriy karta qilishga axd qildingiz, lekin bunday kattalikdagi kontur sizda io'q. Nima qilish kerak? 
Buning  uchun  Materiklar  va  okeanlar  tabiiy  geografiyasi  atlasidan  Afrika  materigini  kartasini  topish  yoki  darslikdan 
olib uni kattalashtirish lozim.
Iloji  boricha  kattaroq  masshtabli  karta  olish  kerak,  chunki  karta  masshtabi  qanchalik  kichik  bo'lsa,  u  shunchalik 
noaniq  bo'ladi.  Karta  kvadratlar  orqali  kattalashtiriladi.  Kartaga  qalam  bilan  kvadratlar  to'ri  chiziladi,  qog'ozdagi 
kvadratlar  kerakli  kattalikda  chiziladi.  Buning  uchun  o'qituvchi  o'z  ishini  tezlashtirish  va  atlas  tozaligini  saqlash 
maqsadida  kvadratlarni  yupqa  qog'oz  yoki  kal'ka  qog'ozga  chizib  olishi  maqsadga  muvofiqdir.  Bu  qog'ozni  u  boshqa 
kartalarni chizishda ham foydalanishi mumkin. Yaxshisi selluloidga chizgani maqul.
Selluloid  qog'oz  bukilmaydi,  g'ijimlanmaydi,  yiritilmaydi  va  unga  AVSD  to'ri  chiziladi.  Xar  bir  kvadratning  bir 
tomon  o'lchovi  1-2  sm  dan  bo'lishi  mumkin.  Bunday  o'lchovda  bo'lishiga  sabab,  to'r  darslik  betini  yoki  atlas  varag'ini 
to'la qoplashi lozim.
To'r  atlasga  yoki  darslikka  qo'ilib,  kattalashtiriladigan  rasm  qancha  kvadrat  egallashi  xisoblanadi.  Shuncha 
kvadratga qog'ozni bo'lib chiqamiz. Qog'ozda kvadratlarni chizib, kvadratdan-kvadratga ko'chib, chiza boshlaymiz. Bu 
unchalik qiyin emas, faqat ko'shirishda  aniqlikka  etibor  bering. Qog'ozdagi  kvadratlarni chizish uchun, u oson  bo'lishi 
uchun  raqamlanadi  va  kvadratlarni  yumshoq  qalamni  qattiq  bosmasdan  chizish  lozim.  Kontur  yakunlangash  tekshirib, 
yumshoq  o'chirgish  bilan  o'chiriladi.  Keyin  chizilgan  chiziqlar  ruchka  yoki  tush  bilan  chiziladi,  agar  karta  qog'ozga 
tushirilgan bo'lsa. Kattalashtirilgan kartadan bizga kerak bo'lgan ob'ektlarni topish oson.   Qog'ozdagi devoriy kartalar
Odatta  ko'proq  ishlatiladigan  kartalarnigina  nusxasini  tez  va 
aniq  ko'chirish  maqsadida  kal'ka  qog'ozga  nusxasini 
tushiradilar.  Kattalashtirishni birdagina kal'ka qog'ozda bajarish 
mumkin  emas,  chunki  kal'ka  qog'oz  ancha  yupqa  va  kvadratlar 
chizgan  paytda  yoki  uni  o'chirayotganda  yirtilishi  mumkin. 
Buni yaxshisi yorug'likdan foydalanib oddiy qog'ozga tushirgan 
maqul.  Ya'niy  qog'ozni  toza,  ko'chaga  qaragan  oynaga  tutgan 
xolda nusxa ko'chirish mumkin. Devoriy yozuvsiz karta
Geografiya  fanida  yozuvsiz  karta  muhim  o'rin  tutadi.  Qora 
kontur  karta  yordamida  o'quvchilar  osongina  yangi  materialni 
o'rganishlari  mumkin.  Chunki  unda  shaharlar  nomlari, 
joylashish  nuqtalari,  davlat  shegaralari,  daryolar  o'rni  ancha 
tiniq  va  aniq  ko'rinadi.  Keyinchalik  bu  kartada  qo'shishcha 
topshiriqlarni  ham  bajarish  mumkin.  Masalan  shahar  nomlarini 
yoniga  yanvar  oyi  haroratlarini  yozish  o'simlik  dunyosini 
o'rganayotganida,  unda  faqat  o'simliklarini  taxminan  belgilab 
olmasdan,  balki  sxematik  chizmalar  bilan  chizish  mumkin. 
Yozuvsiz  kartaning  ustinligi  undagi  materialni  tezda  yodlash, 
esga olish oson bo'ladi.
Qirqiladigan rasmlar
Quyosh  sistemasining  Sayyoralari,  Sayyoralar  kattaligi, 
nomlari, Quyosh va erdan qancha uzoqlikda ekanligi bilish juda 
qiziq.  Shuning  uchun  uni  qirqib  olib  ko'rgazmali  qurol  yasash 
mumkin.
Buning uchun esa sayyoralar radiuslarini bilish lozim, shu bilan 
ularni  Quyosh  va  erdan  qanchalik  uzoqdaligini  ham  bilish 
kerak.
Albatta  sayyoralarni  unday  kattalikda  tayyorlab  bo'lmaydi,  shu 
bois  ularni  ma'lum  o'lchamga  qisqartirib,  qirqib  olamiz  va 
ularni adashtirib yubormaslik uchun orqa tomonlariga nomlarini 
yozib quyish lozim. Geografik kenglikni aniqlash va Qutb yulduzi
Geografik  kenglik  tushunchasini  o'rganish  davomida,  nima 
uchun  Qutb  yulduziga  qarab  geografik  kenglikni  aniqlash 
lozimligini bilish kerak.
Bizga  ma'lumki,  Qutb  yulduzining  nurlari  parallel  holda  erga 
tushadi.  Qutb  yulduziga  turli  geografik  kenglikdan  intiladigan 
yo'nalishlarni ko'rsatadigan chizma chizamiz.
erni  chizamiz,  keyinchalik  undan  uncha  katta  bo'lmagan 
dumoloq  qilib  Shimoliy  qutbdagi  ufq  tekisligini,  o'rtacha 
kenglikdagi shimoliy yarim sharni va ekvatorni belgilab olamiz. Modellar va undan foydalanish 
usullari
Yasaladigan  va  grafik  ishlardan  tashqari  harxil  materiallardan  modellar  yasasa  bo'ladi.  Ob'ektlarn  rele'f  bilan 
(qabartma shaklda) tasvir qilish, loydan yasash va modellarni ishlash orografik shakllar to'g'risida yaqqol tasavvur 
to'g'dirishini  maqsad  qilib  oladi.  Kartani  o'qishda  eng  qiyin  narsa  yoyiq  tasvirni  tabiatdagi  shaklini  yoyiq  holga 
keltirishdir.O'quvchi  qancha  yosh  bolsa,  uning  uchun  tasviriy  formalarni  bir-biriga  aylantirish  chuncha  qiyin 
bo'ladi.O'quvchilar  kartadagi  shartli  belgilar  va  ranglar  kartada  tasvirlangan  mamlakatlarning  rele'fini  to'g'ri  tasvir 
qilishni  tushunadilar  deb  ishonib  bo'lmaydi.  Tajribalar  shuni  ko'rsatadiki,  hatto  kartalar  ham,  kartada  tasvirlangan 
yer yuzasining shakllari haqida bazan to'g'ri tasavvurga ega bo'lmaydi.
Bunda  o'rgatish  uchun  ob'ektlarni  loydan  va  boshqa  narsalardan  yasash  kerak.O'quvchilarga  yer  yuzasi 
shakllari  va  ayrim  joylarning  relefi  to'g'risida  tassavur  berish  uchun,  o'qituvchi  rahbarligida  ob'ektlarni  turli 
narsalardan shakllarini yasab ko'rsatishdan yaxshi usul yo'q.
Tepaliklar, tog' cho'qqilarining turli xil shakllari, tog', davon, vodiy, uzun va ko'ndalang vodiylar, suvayirg'ish, 
daryo  sistemasi,  yassitog'lik,  do'ngli  tekislik  va  boshqalarni  yaxshilab  loydan  yasab  ko'rsatsa  bo'ladi.  Loydan 
ob'ektlar  yasalganda  unga  vazelin  qo'shiladi.  Bundan  tashqari  plastilin,  mo'm  va  pape-  mash'e  (  suvda 
yumshatilgan  gazeta  qog'ozi  va  boshqa  qog'ozlarda  bor  aralashtirilgan  birikma)  turli  ob'ektlarni  yasash  uchun 
material bola oladi. Ob'ektlarni yasashda avvaldan tayyorlanib qo'yilgan modelga qarab ham yasash mumkin.   Tog' modeli va gorizontallar
Gorizontallar  chizish  o'quvchilarga  juda  oson  bo'ladi.  Shu  sababli,  o'qituvchi  o'quchilarga  biroz  murakkab  vazifa  bergani  ma'qul. 
O'quvchilarga avvaldan yasalgan tog' modeli ko'rsatiladi.
Qog'ozga  tog'ning  bir  tomonga  qaragan  ko'rinishi  tasvirlanadi.  Kal'ka  qog'ozg'a  tog'ning  gorizontallari  tushiriladi  va  har  bir 
gorizontallar raqamlanadi. Faner olinadi, unga qora qog'oz yordamida kal'ka qog'ozg'a tushirgan gorizontallarimizni tushiramiz. Har bir 
raqamlangan  gorizontallar  fanerdan  alohida  -  alohida  qirqilib  olinadi.  Har  bir  qirqib  olingan  fanerlarimiz  ustma-ust  yopishtiriladi. 
Qirqib  olingan  fanerlar  chizilgan  gorizontal  raqamlar  asosida  yopishtiriladi. Agarda  tog'ni  juda  baland  qilib  yasamoqchi  bo'lsangiz  har 
bir  gorizontaldan  2  -3  tani  qirqib  olish  lozim. Yoki  yirikroq  taxtadan  gorizontallarni  kesib  olish mumkin. Tayyor  bo'lgan modelni  rang 
bilan  bo'yash  mumkin.  Ularning  bittasi  bir  -  biridan  ajratiladigan.  Ikkinchi  yog'och  elim  bilan  elimlanadigan  holda  yasaladi.  Bu 
modellarni darsda o'quchilarga aniq ko'rsatish imkoniyatini beradi.
Asboblardan foydalanish
Modellardan  tashqari,  geografiya  darslarini  yanada  mazmunli  qilish  uchun  turli  xildagi  asboblardan  ham  foydalaniladi.  Ko'z  bilan 
chamalab  plan  olish,  mahalliy  joyda  orientr  olish  va  atrofdagi  tepaliklarning  balandligini  aniqlashda  oddiy  asboblardan  foydalanish 
mumkin.
Kvadrat shaklidagi taxta olinadi, faner yoki karton ham olish mumkin.
Taxtaning yuqori  qismini chap tomondagi burchagiga kompas mahkamlanadi. Kompasning atrofi uchta mix bilan uchburchak shaklida 
mahkamlanadi.  Mahkamlanganda  ip  yoki  igna  yordamida  tikiladi.  Agarda  o'quvchilar  planshetni  kartondan  yasagan  bo'lishsa,  unda 
kompas igna yordamida ip bilan tikiladi. Bu tayyorlangan fanerga chizma uchun oq qog'oz quyiladi. Oq qog'oz planshetga knopka yoki 
mix  yordamida  mahkamalanadi.  Qog'ozning  chap  tomoniga  strelka  qo'yilib  «shimol»  va  «janub»  deb  yoziladi.  Guruhda  ishlash  uchun 
har  3  ta  yoki  5  ta  o'quvchi  uchun  bittadan  planshet  va  kompas  bo'lishi  lozim.  Agarda  maktabda  bitta  kompas  bo'lsa,  unda  o'zimiz 
ignadan kompas tayyorlashimiz mumkin.   Gnomon va Quyosh soati
Agarda  maktab  yonida  ochiq  maydoncha  bo'lsa,  u  erga  soya  tushmasa,  daraxtlar  bo'lmasa,  binolar  bo'lmasa,  unda  bu  erga  gnomon  va  Quyosh  soati  o'rnatish 
mumkin.
Gnomon  haqiqiy  meridianni  aniqlash  uchun  qo'llaniladi.  U  40x30  sm.  kattalikda  taxtachadan  yasaladi  oq  rangga  bo'yaladi.  Taxtaning  qisqa  tomoniga  shimol  va 
janub tomonlar belgilanadi.
Taxtaning  janubiy  tomonining  qoq  o'rtasiga  balandligi  8  sm.  bo'lgan  metall  sterjen  o'rnatiladi.  Janubiy  sektoriga  (sterjen  o'rtada  qoladi)  esa  1  sm.  masofada  yarim 
doirachalar tushiriladi.
Gnomon balandligi 120 sm. bo'lgan ustunga o'rnatiladi. Bu vosita quyoshning sutkalik kulminatsion eng yuqori balandligini, tush chizig'ini, haqiyqiy meridianning 
yo'nalishini, ufqning asosiy va oraliq tomonlarini aniqlashda qo'llaniladi. Gnomondan darsni o'tish jarayonida ham foydalanish mumkin.
Parallellarni chizadigan asbob
V.Popov er sharining kengligini, parallellarni tez chiza oladigan asbobni tavsiya qiladi.
Qora  globus  yoniga  bo'r  bo'lagi  mahkamlangan  shtativ  quyiladi.  Qora  globusga  sharchalarni  parallellar  bo'yicha  quyib  chiqamiz.  Bitta  sharchani  qutbga, 
ikkinchisini  -  tropika,  uchinsini  -  ekvatorga  quyiladi.  Bitta  bo'r  o'rnatilgan  shtativning  bo'rni  sharcha  qo'yilgan  nuqta  yoniga  qo'yamiz,  globusni 
aylantiramiz. Globusda oq chiziqlar hosil bo'ladi.  Agar globusni 360 0
 bo'rilsa, unda o'quvchilar qo'yidagilarning guvohi bo'ladilar:
Globusning har bir nuqtasidan parallel o'tkazish mumkin;
Ekvator aylanasini ham o'tkazish mumkin;
Globusda aylanalar ekvatordan qutblarga tomon kichrayib boradi;
er sharida meridianlar qutblarga tutashgan, ammo ular har xil uzunlikda yotadi.
Aylana diagrammalar bilan ishlash
Yuqori  sinf  o'quvchilariga  statistik  ma'lumotlarni  diagramma  ko'rinishida  berilsa,  ular  yaxshi  eslab,  qolishadi.  Raqamlar  o'quvchilarning  esidan  tez  chiqib  ketadi, 
ammo chizmalar orqali ko'rsatilgan ma'lumotlar xotirada yaxshi qoladi. Diagrammada berilgan raqamlarni foiz hisobida berilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.
Bir necha diagramma ustida ishlash vaqtimizni ko'p oladi. Buni osonlashtirish maqsadida faqat bitta ixchamlashtirilgan diagramma yashash mumkin.
Qattiq  karton  qog'ozdan  diametri  40-50  sm.  bo'lgan  aylana  qirqib  olinadi.  Uning  ustidan  oq  qog'oz  elimlanadi.  Keyin  qirqib  olgan  aylanamizdan  2-3  sm.  kichik 
bo'lgan  bir  necha  aylanalar  qirqib  olinadi.  Birinchi  qirqib  olgan  aylanamizning  ichidan  aylana  chizamiz  va  uni  100  ta  bo'lakka  bo'lib  chiqamiz.  Chizgan 
aylanamizni tush yoki boshqa rangda ko'rinib turadigan tarzda chiziladi. Bu qirqim aylana markazidan chekka aylanagacha radius chizib qirqiladi. Qolgan yasalgan 
aylanalar rangli kog'oz bilan ustidan elimlanadi; qora, qizil, sariq, ko'k, yashil, jigarrang. Tayyor bo'lgan aylanalarni chekka qismidan markazigacha radius bo'yicha 
qirqiladi.  Rangli  diagrammalardan  ko'proq  yasagan  ma'qul,  chunki  ma'lumotlarni  bir-biridan  ajratib  olish  oson  bo'ladi.  Bu  diagrammalar  orqali  okeanlar  haqidagi 
ma'lumotlarni  va  boshqa  ma'lumotlarni  ko'rsatish  mumkin.  Bu  yasalgan  ko'rgazmali  kurol  orqali  bir  darsning  o'zida  bir  necha  xil  diagrammalarni  ko'rsatib 
o'quvchilarga ma'lumotlar berish mumkin Ustun diagrammalar
Fanerni  yuqori  tomonidan  5  yoki  8  qismga  ajratiladi. Ajratilgan  bo'lakchalarni  uzunligi  taxta  bilan  teng  bo'ladi,  ya'ni  50  sm.  Har  bir  bo'laklar  orasiga 
yirikligi 1 sm, eni 2 smli taxta qoqib chiqiladi. Har bir taxtada nozik rel'sga o'xshagan chuqurcha hosil qilinadi. Ularning har birining orasiga oq qog'oz 
joylashtiriladi. Taxta bilan bir-biridan ajratilgan oq yo'l-yo'l bo'lakchalar hosil bo'ladi. Bo'laklarning pastiga fanerga 100 ta bo'lakka bo'lingan raqamlar 
yopishtiriladi.  Bo'laklarning  yo'laklariga  rangli  qog'ozlar  quyiladi.  Rangli  qog'ozlar  qarton  qog'oz  yopishtirib  tayyorlanadi.  Ular  rel'sga  o'xshagan 
chuqurchada  erkin  harakat  qilishi  lozim.  Bundan  tashqari,  ba'zi  ma'lumotlarni  qo'yidagicha  diagramma  asosida  ko'rsatish  mumkin.  Masalan,  bitta 
mamlakat  paxtaning  95%,  yana  bittasi  80  %,  uchinchisi  55%  va  to'rtinchisi  65  %  majburiyatini  bajaradi.  Bunda  mamlakatlar  haqida  ma'lumotlar 
qo'yidagicha aks ettiriladi.
Biz birinchi rangli lentani olamiz va uni harakatga keltirib 95 chi bo'lakda to'xtatamiz. Boshqa bo'laklar oq rang tarzida qoladi. Yana bitta lentani olib 
80  chi  bo'lakda,  uchinchi  lentani  55  chi  bo'lakda  quyamiz,  to'rtinchi  lentani  65  chi  bo'lakda  qo'yamiz.  Ustun  shaklidagi  diagramma  hosil  bo'ladi. 
Harakatli diagrammani qo'yidagi rasmdagidek yasash mumkin.
Sinfda yasaladigan ishlar
O'quvchilar  loydan  yoki  qumdan  turli  xil  narsalarni  yasashni  yaxshi  ko'radi.  Shuning  uchun  geografiyada  yasaladigan  ishlarga  o'quvchilar 
qiziqishadi.  Yasaladigan  ishlarni  4  sinfdan  boshlagan  ma'qul.  Bu  esa  yoshligidan  bolalarni  qiziqishini  orttiradi,  dunyoqarashini  shakllantiradi. 
Metodistlar  e.Yu.Petri  va  B.Nechaevlar  quyi  sinfdan  o'quvchilarni  turli  modellar  yasashga  o'rgatishdan  boshlashni  maslahat  berishadi.  Modellar  loy 
va  qumdan  yasalishi  mumkin.  O'quvchilarga  modellar  yasashni  o'rgatishdan  oldin  ularni  tabiat  quyniga  ekskursiyaga  olib  chiqish  lozim. 
Ekskursiyada  o'qituvchi  va  o'quvchilar  ko'rgan  ob'ektlarini  daftarga  chizadilar.  Rasmlar  sinfga  keltiriladi.  O'qituvchi  o'quvchilar  bilan  chizgan 
rasmlaridan bittasini masalan, tepalik rasmini doskaga chizadi.
Sinfga uzunligi 1 metr, kengligi taxminan 70  santimetr  bo'lgan quti kiritiladi. Qutining devori 2-3 santimetr atrofida bo'ladi, qutini stol ustiga quyib 
o'qituvchi  doskaga  chizgan  tepalik  modelini  loydan  yasay  boshlaydi.  Sinfda  har  bir  o'quvchida  yoki  har  ikkita  o'kuvchida  bitta  faner  va  tepalikni 
yasash  uchun  loy  bo'lishi  lozim.  Ular  o'qituvchi  yasayotgan  tepalikga  qarab  ishni  davom  qildirishadi.  Bunday  ishga  butun  sinf  jalb  qilinadi. 
Yasaladigan  ob'ektni  tanlaganda,  oson  yasaladigan  va  o'quvchilarga  tanish  bo'lgan  ob'ekt  tanlanadi.  Qutining  ustki  qismiga  oyna  ham  quyish 
mumkin,  oynaning  tagini  ko'k  yoki  ochiq  ko'k  rangga  bo'yash  orqali  ishimiz  yanada  sifatli  bo'ladi.  Bunda  faqatgina  tepalik  emas,  daryo,  oriqlarni 
yasash  imkoniyati  ham  to'g'iladi. A.N.Kolokolnikov  modellarni  yasashda  loyni  tanlash  hammayoqni  iflos  qiladi,  shuning  uchun  ho'l  qum  tanlashni 
maslahat beradi.

GEOGRAFIYA O’QITISHDA INNOVATSION TEXNALOGIYALAR Mav zu: Geografi y ani o’qit ish jaray onida didak t ik o’y inli darslardan foy dalanish y o’llari.

R E J A Geografiya ta'limida didaktik o'yinlardan foydalanish ahamiyati Geografiya ta'limida didaktik o'yinlardan foydalanish ahamiyati Geografiya ta'limida didaktik ko'rgazma qurollar tayyorlash Modellar va undan foydalanish usullari

Geografiya ta'limida didaktik o'yinlardan foydalanish ahamiyati Didaktik o'yinlar o'zining asosiy mazmuniga ko'ra ma'naviy-ahloqiy, aqliy rivojlantiruvchi, bilish jarayoniga doir o'yinlar bo'lishi mumkin. Bunday o'yinlarning o'ziga xos xususiyati - guruhiy jipslashish, ijodiy hamkorlik, musobaqadir. Mustaqil hamdo'stlik mamlakatlari va xorijdagi metodist - geograflar uzoq vaqtlardan berli o'yinlar nazariyasi bilan qiziqib keladilar, ular bu nazariyani geografiyani o'qitish jarayonida tadbiq etishga urinib ko'rganlar.O'yinlarni geografiyani o'qitishga kiritish g'oyasi 60-yillarning boshlarida Amerika va Angliyada paydo bo'lgan edi. Hozirgi vaqtda xorijlik hamkasblar tajribasida imtiatsion o'yinlarni, shu jumladan komp'yuter o'yinlarini amalda barcha sinflarda keng tadbiq etish mayli aniq ko'zga tashlanadi. Bundan ko'zda tutilgan asosiy maqsad fanga bo'lgan qiziqishni oshirish, ijodiy tafakkurni rivojlantirishdan iboratdir. Keyingi yillarda geografiya darslarida o'yinlar tadbiq etish to'g'risida L.M.Pancheshnikova, S.N.Proslova, P.Musaev, R.Qurbonniyozov, V.V.Nikolina, G.S.Kulinich, O'.Safarov, A.Hayitov va boshqalarning tadqiqotlari paydo bo'ldi. Bu tadqiqotlarda o'yinlarni tasnif qilish, ularni darslarda va darsdan tashqari vaqtlarda tashkil etish va o'tkazish metodikasi masalalari qarab chiqilgan, lekin tadqiqotchilardan hech kim geografiya darsida o'yinlarni tadbiq etish yordamida ta'lim samaradorligini oshirish muammolarini maxsus ravishda ajratib ko'rsatmagan.

Didaktik o'yinlardan foydalanish usullari Didaktika - ta'lim nazariyasi tushunchasini anglatadi. Ta'lim nazariyasi ta'lim - tarbiya jarayonida amal qilinishi shart bo'lgan tamoyillar, ta'lim usullari, ta'lim-tarbiya shakllari va pedagogikadagi asosiy tushunchalarni o'z ichiga oladi. Demak, didaktika yosh avlodni «nimaga o'qitish?», «nimani o'qitish?», «qanday o'qitish?» kabi savollarga javob beradi. Didaktik o'qitishning umumiy qonun va qonuniyatlarini aniqlab berish bilan birga, har bir o'quv fanining o'qitish usullari uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Didaktika butun pedagogik faliyat uchun, ya'ni ta'lim-tarbiya bilan shug'ullanuvchilarning nazariy va amaliy harakatlari uchun metodologik asos vazifasini o'taydi. Geografik o'yinlarni qo'yidagi guruhlarga bo'lishimiz mumkin: a) geografik mashqli o'yinlar, topishmoqlar, chaynvordlar, krossvordlar, rebuslar, viktorina, loto, domino va boshqalar; b) sayohat o'yinlari: berilgan ma'lum yo'nalish bo'yicha, alohida region bo'yicha kartalar asosida sayohat yoki «Ekspeditsiya» tariqasida olib boriladi; v) musobaqa o'yinlari, sinf o'quvchilari guruhlarga bo'linib, ma'lum topshiriqlar asosida o'zaro musobaqalashadilar, topshiriqlarning tez va aniq topilishi g'olibni aniqlab beradi. g) rolli o'yinlar: o'quvchilar ma'lum muammoni hal qilishda qatnashadilar. O'quvchilar o'yinlar jarayonida o'lka materiallaridan keng foydalanib, mavjud muoammalar: ekologik; iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni ochish, ularni bartaraf qilishning yo'llarini o'rganadilar. Bu esa o'yinlar orqali o'quvchilarni mamlakat miqiyosida sodir bo'layotgan voqealar bilan tanishtirish, Vatanga muhabbat tuyg'usini singdirish, turli kasblar bilan tanishtirish, mehnat ko'nikmalarini egallash imkoniyatlarini yaratishga olib keladi.

Geografiya ta'limida guruhlararo o'yinlarning mazmuni, unga tayyorgarlik bosqichi va uning jarayonini nihoyatda murakkab bo'lsa - da, o'ning uziga hos xususiyatlarini ko'rsatishga harakat qilamiz. Yuqorida aytilganidek, tayyorgarlik bosqichida ko'yidagilar hal etiladi. 1. O'yinning maqsadini belgilash, ya'ni o'yin orqali o'quvchilar o'zlashtirishi lozim bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalar hajmi aniqlanadi. 2. Qo'yidagi talablarga javob beradigan vaziyatni yaratish: a) o'yinning o'quvchilar tayyorgarlik darajalari va yosh hususiyatlariga, o'quv ishlaridagi aniq muammolarga mos bo'lishi; b) o'yin ko'rinishlarini aniq belgilash, ya'ni o'yin tarkibiga kiruvchi xolatlarni ayrim qismlarga ajiratish; 3. o'yin qoidasini ishlab chiqish, har bir ishtirokchiga alohida-alohida vazifalar belgilash, tasodifiy holatlar sodir bo'lganda nimalar qilish kerakligi, o'yinning boshlanishi va tugashi, harakatlar soni ko'zda tutiladi; 4. o'yin tafsilotini yozish. Bunda boshqaruvchi va har bir ishtirokchi harakatlarini tasvirlab, o'yinchilar uchun mahsus ko'rsatma tayyorlanadi. Ikkinchi bosqich - o'yinni tashkil etish. Bunda avvalo o'rganilayotgan bo'limga oid o'yinning boshlanishi haqida o'quvchilarga xabar qilish; o'yinni tayyorlash va o'tkazish uchun boshqaruvchi tanlash va saylash amalga oshiriladi. Boshqaruvchi qilib odatda guruh boshliqlari ko'rsatilib, ular o'yin qoidasini puxta o'rganadilar, o'yin jarayonidagi holatlarini mustaqil ishlab chiqadilar. O'yinning natijalari turlicha bo'lishi mumkinligini oldindan tasavvur qiladilar. Uchinchi bosqich - o'yinni o'tkazish. O'yinni o'tkazish uslubiy qat'iy belgilanmaydi, o'quvchilarga erkinlik beriladi va ularning ijodkorligi rag'batlantiriladi. To'rtinchi bosqich - o'yin natijalarini tahlil qilish. Bu o'rinda o'qituvchi hal qiluvchi mavqega ega bo'ladi: u o'quvchilarning o'yin jarayonida o'zlashtirgan bilimlarini tartibga solish, o'yin ishtirokchilarning fikrlarini aniqlash singari masalalarni hal qiladi. Guruhlararo o'yinlar o'quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini o'stiradi, natijada geografik bilimlari ortib boradi. Demak, har qanday o'yinga tayyorgarlik davrida uning maqsadini aniq belgilash kerak. O'yin qatnashchilariga uning qoidasini tanishtirish lozim. Bu bosqichda vazifalar to'la bajarilishi zarur. O'yin qoidalarini og'zaki tushuntirish bilan chegaralanmagan, aniq ko'rsatmalar berish, estalik tuzib o'larga tarqatish ham foydalidir.