logo

DAQIQIY

Загружено в:

02.12.2024

Скачано:

0

Размер:

714.845703125 KB
DAQIQIY   Daqiqiy  (asl ismi Abu Mansur 
Muhammad ibn Ahmad) (956,  Balx  — 
980,  Buxoro ) —  Somoniylar  davrining 
eng koʻzga koʻringan fors shoirlaridan 
biri edi. U birinchi boʻlib Eron milliy 
dostoni “  Shohnoma ”ni yaratishga 
kirishgan, biroq 977 yilda atigi 1000 
misrani tamomlagandan soʻng 
oʻldirilgan. Uning ijodini zamondoshi 
Firdavsiy davom ettirdi.
SHOHN OMA                                 U  manbalarda  odatda  Daqiqiy  (arab  va  fors 
tillarida  “aniq”  degan  maʼnoni  anglatadi)  taxallusi  bilan 
mashhur.  Daqiqiy  yoshligida  oʻqish  uchun  Buxoroga 
kelgan  va  umrining  oxirigacha  shu  yerda  yashab  qolgan. 
U  somoniy  amirlaridan  Mansur ibn Nuh  (961—76  yillar 
hukmronlik  qilgan)  hamda  Abulqosim Nuh ibn Mansur
 (976—997  yillar  hukmronlik  qilgan)  saroyida  xizmat 
qilgan.  Daqiqiy  sharq  adabiyotida  mavjud  lirikaning
 barcha  janrlarida  sheʼrlar  yozgan.  Eski  manbalarda  
uning  qasida ,  gʻazal ,  ruboiy ,  qitʼa ,  bahoriyot ,  chiston
 singari  janrlardagi  asarlardan  tarkib  topgan  devoni 
borligi  taʼkidlangan.  Lekin  hanuzgacha  shoirning 
qoʻlyozmasi  topilmagan.  Shoir  merosidan  ayrim 
namunalar  tazkira  va  lugʻatlardagina  saqlanib  qolgan.  D. 
qasidagoʻylik  va  gʻazalnavislikda  ustod  sanʼatkor 
darajasiga  koʻtarilgan.  U  oʻz  sheʼrlarida  doʻstlikni, 
muhabbatni,  maʼrifatni  kuylagan;  qasidalarida 
donishmand, odil podsho boshchiligidagi markazlashgan 
davlat uchun kurash gʻoyasini ifodalagan .             Bundan tashqari Daqiqiy Abulqosim 
Nuh ibn Mansur Somoniy topshirigʻi bilan 
qadimgi ajdodlar tarixi haqida  "Shohnoma"
 yozishga kirishadi. Ammo 1000 baytdan 
iborat " Arjasp  va  Gushtasp " dostonini yozib 
tugatgan paytida oʻz gʻulomi tomonidan 
oʻldiriladi. Keyinchalik  Firdavsiy  bu dostonni 
oʻz "Shohnoma"siga kiritgan. Asarda 
Zardushtning  paydo boʻlishi, Gushtasp va 
boshqa ayonlar uning dinini qabul 
qilishlari,  Turon  podshohi Arjaspning bu 
voqeadan noroziligi hamda Gushtasp bilan 
Arjasp oʻrtasidagi urush hikoya qilingan. 
Mazkur jangnoma Eron va Turon xalqlari 
tarixini, jumladan,  zardushtiylik dinining
 paydo boʻlishini oʻrganishda muhim 
manba hisoblanadi.

DAQIQIY

Daqiqiy  (asl ismi Abu Mansur Muhammad ibn Ahmad) (956,  Balx  — 980,  Buxoro ) —  Somoniylar  davrining eng koʻzga koʻringan fors shoirlaridan biri edi. U birinchi boʻlib Eron milliy dostoni “  Shohnoma ”ni yaratishga kirishgan, biroq 977 yilda atigi 1000 misrani tamomlagandan soʻng oʻldirilgan. Uning ijodini zamondoshi Firdavsiy davom ettirdi. SHOHN OMA

  U manbalarda odatda Daqiqiy (arab va fors tillarida “aniq” degan maʼnoni anglatadi) taxallusi bilan mashhur. Daqiqiy yoshligida oʻqish uchun Buxoroga kelgan va umrining oxirigacha shu yerda yashab qolgan. U somoniy amirlaridan  Mansur ibn Nuh  (961—76 yillar hukmronlik qilgan) hamda  Abulqosim Nuh ibn Mansur  (976—997 yillar hukmronlik qilgan) saroyida xizmat qilgan. Daqiqiy sharq adabiyotida mavjud  lirikaning  barcha janrlarida sheʼrlar yozgan. Eski manbalarda uning  qasida ,  gʻazal ,  ruboiy ,  qitʼa ,  bahoriyot ,  chiston  singari janrlardagi asarlardan tarkib topgan devoni borligi taʼkidlangan. Lekin hanuzgacha shoirning qoʻlyozmasi topilmagan. Shoir merosidan ayrim namunalar tazkira va lugʻatlardagina saqlanib qolgan. D. qasidagoʻylik va gʻazalnavislikda ustod sanʼatkor darajasiga koʻtarilgan. U oʻz sheʼrlarida doʻstlikni, muhabbatni, maʼrifatni kuylagan; qasidalarida donishmand, odil podsho boshchiligidagi markazlashgan davlat uchun kurash gʻoyasini ifodalagan .

Bundan tashqari Daqiqiy Abulqosim Nuh ibn Mansur Somoniy topshirigʻi bilan qadimgi ajdodlar tarixi haqida  "Shohnoma"  yozishga kirishadi. Ammo 1000 baytdan iborat " Arjasp  va  Gushtasp " dostonini yozib tugatgan paytida oʻz gʻulomi tomonidan oʻldiriladi. Keyinchalik  Firdavsiy  bu dostonni oʻz "Shohnoma"siga kiritgan. Asarda  Zardushtning  paydo boʻlishi, Gushtasp va boshqa ayonlar uning dinini qabul qilishlari,  Turon  podshohi Arjaspning bu voqeadan noroziligi hamda Gushtasp bilan Arjasp oʻrtasidagi urush hikoya qilingan. Mazkur jangnoma Eron va Turon xalqlari tarixini, jumladan,  zardushtiylik dinining  paydo boʻlishini oʻrganishda muhim manba hisoblanadi.