Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” asaridan “Rustam va Suhrob” dostonini o’rganish.
Mavzu:Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” asaridan “Rustam va Suhrob” dostonini o’rganish.
Abulqosim Firdavsiy ona - Vatan uchun fidoiy yuzlab bahodirlar obrazini yaratgan fors-tojik adabiyotining ulkan shoiridir. U 941-yilda Eronning Tus shahri yaqinidagi Boj qishlog‘ida o‘rtahol dehqon oilasida tug‘ilgan. Bo‘lajak shoirning otasi Tus hokiminint «Firdavs», ya’ni «Jannat» nomli bog‘da bog‘bon bo‘lgan. Firdavsiy dastlab qishlog‘idagi diniy maktabda, so‘ng Tus shahri madrasalarida tahsil oladi.
• Otasi vafotidan so‘ng bog‘bonlik qiladi. Sharq xalqlari tarixini zo‘r zavq bilan o‘rganadi, ko‘hna rivoyatlarni yozib oladi. Aytishlaricha, Xuroson hukmdori Mahmud G’aznaviy shoirga «Shohnoma» (Shohlar haqidagi kitob) yozishni topshiradi va asardagi har bir misra uchun bir dinor oltin tanga berishni va’da qiladi. Hukmdor va’dasidan tonib, shoirga 120 dona kumush tanga beradi. Firdavsiy bundan g‘azablanib, bu tangalarniga bir bo‘lagini hammom xodimiga, bir qismini sharbat sotuvchiga va yana bir bo‘lagini pulni olib kelgan mulozimlarga taqsimlab beradi, Mahmud G’aznaviyni xasislik va pastkashlikda ayblovchi hajviya yozadi. Shoir quvg‘inda yuradi.
• Iroqqa ko‘chib borib, Bag‘dodda «Yusuf va Zulayho» dostonini yozadi. U 1025-yilda o‘z ona qishlog‘ida vafot etadi. Ruhoniylar uning jasadini musulmonlar mozoriga qo‘ydirmaganlaridan so‘ng, uni o‘zining bog‘iga dafn etadilar.
«Shohnoma» asari haqida • Bu asar 30-35-yil mehnat samarasi bo‘lib, 60 ming baytdan iborat. Asar dastlab Abu Mansur Daqiqiy tomonidan «Xudoynoma» («Gushtasb») degan nom bilan yozila boshlagan. Biroq u asarning ming baytchasini yozgan paytda quli tomonidan o‘ldiriladi. Bu ishni Firdavsiy davom ettiradi. Asarda qariyb 4000 yil ichida Eron zaminida hukmronlik kilgan 4 ta sulolaga mansub 50 podshoh hayotiga tegishli voqea-hodisalar o‘z aksini topgan.