Ilmiy mavzudagi asarlar sharhi (Miriyning «RUSTAM VA SUHROB» dostoni badiiyati)
Ilmiy mavzudagi asarlar sharhi (Miriyning «RUSTAM VA SUHROB» dostoni badiiyati)
Reja: • Miriyshunoslik tarixi • Miriy lirikasi va dostonlari • «Rustam va Suhrob» dostonining yaratilish sabablari • Obraz yaratishdagi mahorat • «Rustam va Suhrob» dostonining kompozitsion xususiyatlari
Muhammad Ochildimurod Ne‘matulla o‘g‘li Miriy (1841-1899)
Ochildimurod Miriy hayoti va adabiy merosini o‘rganish bundan 87 yil muqaddam adabiyotshunos Abdulhamid Majidiy (1904-1934) ning «Shoir Miriy» va «Miriyning boshqa asarlar to‘g‘risida» nomli ikki maqolsa bilan boshlanga edi.Birinchi maqolada Miriyning tarjimayi holi,o‘zbek va tojik tillaridagi lirikasi, A. Navoiyning Miriy ijodiga ta‘siri haqida ma‘lumotlar berilgan.Bunda adabiyotshunos shoirning «chig‘toycha-o‘zbekcha» va «forsiycha- tojikcha» ikki devoniga asaslanadi (Bugungi kunda bu ikki devonning taqdiri no‘malum).
Shundan so‘ng 1945 yil Ozod Sharafiddinov nashrga tayyorlagan «O‘zbek adabiyoti tarixi xrestomatiyasi» kitobiga Miriy lirikasidan namunalar kiritildi. Bu esa adabiyot muxlislari uchun muhim ahamiyat kasb etdi. 1959 yilda nashr etilgan «O‘zbek adabiyoti» kitobining III tomida Miriy hayoti va ijodi haqida qisqacha ma‘lumot va shoirning 9 ta g‘azali e‘lon qilindi. 1961 yilda Miriy hayoti va ijodi haqida ketma-ket ikkita maqola e‘lon qilindi. Bulardan biri M. Salohiddinov va S. Sirojiddinovlarning «Shoir Miriy haqida» maqolasidir. Ikkinchi, miriyshunos olim M. Mahmudovning « Shoir Miriy» maqolasi hisoblanadi. Adabiyotshunos M. Mahmudovning ma‘lumotiga ko‘ra shoir Miriyning to‘luq ismi « Muhammad Ochildimurod Ne‘matulla o‘g‘li bo‘lib, Kattaqo‘rg‘on va uning atrofida mulla Ochildi, Ochildi mahdum va keyinyoq Qozi Ochildi nomlari bilan mashhur bo‘lgan». 1965 yilda Miriy «Tanlangan asarlar» ining nashr etilishi muhim hodisa bo‘ldi. To‘plamga M. Mahmudovning « Ochildi Miriy» nomli so‘zboshi, Miriy g‘azali, muxammaslari kiritildi.