Delphi da matematik masalalarni yechish ilovalarini yaratish.
Delphi da matematik masalalarni yechish ilovalarini yaratish.
Re ja: • 1. Delphi da chiziqli algoritmlarga doir dasturlar tuzish. • 2.Chiziqli misollar yechish. • 3.Foydalanilgan adabiyotlar.
Delphi da chiziqli dasturga misol sifatida arifmetik amallarni hisoblash dasturini ko’rib chiqamiz. Bu dasturni tuzish uchun yangi formada kiritiladigan ikkita son uchun aloxida «oyna» ochamiz. Buning uchun komponentalar ro’yxatidan Edit tanlanadi. Edit da kiritiladigan ma’lumotlar matnli ma’lumot bo’ladi, shuning uchun biz kiritgan matn shaklidagi sonlarni haqiqiy songa aylantirish kerak. Buning uchun Delphi da strtofloat(edit1.text) funkstiyasi ishlatiladi. Bunda strtofloat funkstiya nomi edit1.text esa argumenti. Biz hosil qilgan formaning ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:
Bu formadagi birinchi son, ikkinchi son, Natija yozuvlari komponentalar ro’yxatidan Label ni tanlash bilan hosil qilingan. Odatda formada Label ishlatilsa, uning ishlatilish soniga qarab Label1, Label2 va hakazo shaklda chiqadi, buni o’zgartirish uchun Caption da Label1, Label2 va hakozolarni o’chirib o’rniga dasturga mos matn kiritiladi. Formada qo’shish, ayrish, ko’paytirish, bo’lish amallariga standart tugmalardan Button komponentasi tanlangan. Bunda ham Caption da Button lar o’rniga mos ravishda qo’shish, ayrish, ko’paytirish, bo’lish deb o’zgartirilgan.
Delphi da tuzilgan dasturdan normal holda chiqib ketish uchun standart x tugmasidan tashqari yana boshqa tugma ishltiladi. Buning uchun komponentalar menyu satridan Additional bandi tanlanadi va uning ichidan BitBtn komponentasi tanlanadi. Agar Caption da &Close deb o’zgartirila, Kind da Bkclose deb yozib qo’ysak, u holda yopish tugmasida tagiga chizilgan Close yozuvi hosil bo’ladi.