Dengiz va okeanlarning bionomik mintaqalari, quruqlikda o`simlik va hayvonlarni yashash sharoitlari.
Dengiz va okeanlarning bionomik mintaqalari, quruqlikda o`simlik va hayvonlarni yashash sharoitlari.
Reja : 01 DENGIZ VA OKEANLARNING BIONOMIK MINTAQALARI, QURUQLIKDA O`SIMLIK VA HAYVONLARNI YASHASH SHAROITLARI. 02 ORGANIZMLARNING YASHASH SHAROITLARI VA KO`MILISHI, SHAKLI VA QANDAY SAQLANGANLIGI, TOG` JINSI HOSIL QILISHDAGI ROLI. 03 PALEONTOLOGIYADA KLASSIFIKATSIYA, SISTEMATIKA VA NOMENKLATURA.
. Dunyo okeanining asosiy boyligi dengiz suvidir. U 75 ta kimyoviy elementni o'z ichiga oladi, ular orasida uran, kaliy, brom, magniy kabi muhim elementlar mavjud. Okeandagi resurslar eng ko'p tarqalgan hududlar bu okeanlarning shelf qismi hisoblanadi.Dunyo okeani oʻzining tabiiy resurslari bilan taʼminlanish darajasiga koʻra eng yuqori desak adashmaymiz. Endi baʼzi hududlar bor resurslar kam taʼminlangan lekin shunday joylar borki neft, gaz biologik resurslar va boshqa tabiiy resurslar juda katta zahiraga ega. Maqolada dunyo okeani tabiiy resurslaridan foydalanish boʻyicha maʼlumotlar berilgan.
Togʻ hosil boʻlishi - Yerning rivojlanishi bilan bogʻliq juda murakkab geodinamik jarayon. Unga bir tomondan sayyoralararo boʻladigan gravitatsion va rotatsion kuchlar variatsiyasi taʼsir etsa, ikkinchi tomondan zamin ostidagi radioaktiv issiklik hisobiga geologik jinslarning erishi bilan bogʻliq boʻlgan magmatik harakat, metamorfizmga uchragan qatlamlarning oʻzgarib turishi, endogen va ekzogen jarayonlarning kuchayishi paytida denudatsiya va akkumulyatsiyaning faollanishi kabilar katta taʼsir koʻrsatadi.
Qotib qolgan Yer poʻstidagi qatlamlar, togʻ jinslari orasidan har xil gazlar, gidrodinamik eritmalar va magmalar otilib chiqishi va yer ustida sovishi geologik davrlarda, turli xil balandlikdagi togʻlarni hosil qilgan. oʻz navbatida koʻtarilma va choʻkmalarni, yaʼni kattakichik antiklinal va sinklinal strukturalarni paydo qilgan. Yer taraqqiyoti tarixida bir qancha geologik davrlarda Togʻ hosil boʻlishib. davom etgan geologik plitalarning bir-biri bilan toʻqnashishi natijasida yosh togʻlar paydo boʻldi. Bular sharqdangʻarbga choʻzilgan Oʻrta dengiz Alp togʻlari tizmasi va Amerika qitasidagi jan.dan shim.gacha choʻzilgan And togʻlari va bir qancha togʻ tizmalaridir.Yer poʻstidagi choʻkindi togʻ jinslaridan iborat boʻlgan qatlamlarda goh vertikal, goh gorizontal tektonik harakatlarning namoyon boʻlishi hisobiga togʻlar shakllanadi Bu jarayonda qatlamlar siqiladi, burmalanish, sinish holatlariga uchrab, yer yoriqlari boʻylab magmatik jinslar harakatga keladi. Antiklinal va sinklinal burmalanish orasidagi uzilmalarning bir-biriga nisbatan siljishi kuchli zilzilalarga sabab boʻladi 1 2 3 4 5