logo

“Devoni hikmat” va “Hibat ul-haqoyiq” asarlaridan tanlangan to’rtliklarning shakli va mazmunini qiyoslash

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

253.6826171875 KB
MUSTAQIL ISH MAVZUSI: “Devoni 
hikmat” va “Hibat ul-haqoyiq” 
asarlaridan tanlangan to’rtliklarning 
shakli va mazmunini qiyoslash.
REJA:
1.”Devoni hikmat” asari va muallifi 
haqida
2.”Hibat ul-haqoyiq” asari va muallifi 
haqida
3.Asarlardagi tanlangan 
to’rtliklarning ma’zmuni va qiyosi Markaziy Osiyoning ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy va madaniy 
hayotida muhim mavqeyga ega 
bo’lgan.Hozirgi Turkiston, oldingi 
Yassi yaqinidagi Sayram shahrida 
tavallud topgan. Yassaviyning 
tavalllud sanasi ma’lum emas. 
Ayrim tadqiqotchilar uni 63 yil 
yashagan deyishsa, ayrimlari 73 yil 
yoki 85 yil yashagan, degan 
qarorga kelishgan. Atoqli 
yassaviyshunos Muhammad Fuod 
kuprilizodaning aytishicha, 
Yassaviy 120 yil yashab, hayotdan 
ko’z yumgan. Rus olimi 
V.A.Gordlevskiy by raqamni yana 5 
yilga ko’paytirib, Yassaviy 125 yil 
yashagan, deydi. Xo’ja Ahmad Yassaviy  Devoni   hikmat
"DEVONI HIKMAT" - Ahmad Yassaviyning she rlarini o z ichiga ʼ ʻ
olgan majmua. Asl nusxasi saqlanmagan. 19-asrdan 
boshlab Toshkent, Buxoro, Kogon, Qozon, Istanbu 
shaharlarida bir necha bor nashr etilgan. Mavjud qo lyozma 	
ʻ
va bosma nusxalar bir-biridan farq qiladi. Ahmad 
Yassaviy "Devoni hikmat" ni shu nom bilan kitob tarzida tartib 
bermagan. Uni Yassaviyning murid va izdoshlari tuzishgan. 
Ya ni ustozlarining hikmatlarini bir joyga jamlab, unga " 	
ʼ
Devoni hikmat " nomini berishgan. Yassaviylik tariqatiga 
kirganlar uchun " Devoni hikmat "dagi she rlarni o qib yod 	
ʼ ʻ
olish, hatto qobiliyati yetadiganlar uchun shunday shaklda 
she rlar yozish tariqatning daxlsiz talablaridan hisoblangan. 	
ʼ  Tasavvufda  muridning  tilagi  haqqa  yetmoq,  Alloh  vasliga  erishmoqdir. 
Buning uchun solik, ya'ni tariqatning yo`liga kirgan kishi, boshqacha aytganda, 
faqir muayyan bosqichlarni bosib o`tishi kerak. Bular: shariat, tariqat, ma'rifat, 
haqiqat.  Yassaviy  „Faqrnoma"sida  keltirishicha,  ularning  har  birida  o`ntadan, 
jami  qirq  maqom  bor.  Bu  maqomlarning  birinchisi  musulmonlikning  birinchi 
shartidan  „haq  taolo"ning  birligiga,  borligiga  va  zotiga  imon  keltirmoqdan 
boshlanib,  qirqinchisi  „hazrati  rabbil  izzatni  topish"  -  Alloh  visoliga  yetishish 
bilan yakun topadi. „Faqrnoma"da shular haqida gap ketadi. 
„Devoni  hikmat"  atamasidagi  „hikmat"  so`zi  ham  teran  ichki  ma'noga 
ega  bo`lib,  muayyan  talqinni  talab  etadi.  Ilohiyotchi  mutaxassislarning 
aniqlashicha, „hikmat" Qur'oni karim oyatlarida payg´ambarimizning haq yo`lni 
ko`rsatuvchi  va'zlariga  nisbatan  qo`llanilgan  ekan.  Lug´atlarda  esa,  hikmat  ilm 
va adolatni o`z ichiga oluvchi, borliq haqiqatini anglatuvchi ma'rifiy so`z, odat va 
axloqqa xos kalima, sirli sabab kabi ma'nolarni anglatishi aytiladi. Shulardan kelib 
chiqib, ayrimlar uni „diniy-tasavvufiy o`ziga xos so`z" deb ta'rif qiladilar. 
Xalq jonli tilida ham bu so`z juda ko`p uchraydi. Aksariyat hollarda tajribadan kelib 
chiqqan ibratli so`z  ma'nosini anglatadi. Yassaviy hikmatlari islom g´oyalarini, 
birinchi  navbatda  shariatni  targ´ib  va  tashviq  qiluvchi  she'riyatdir.  Shariat  esa 
Qur'onga,  hadisga  tayanadi.  Demak,  bu  she'rlar  Qur'on  va  hadislarning  o`ziga 
xos sharhlaridir. Tasavvufning  eng  yuqori  bosqichi  –  haqiqat.  Shariat -   shu  yo`lning 
birinchi bosqichi. Tariqat undan keyin keladi. Shariatsiz tariqatga – Alloh tomon 
yo`l  izlashga  o`tib  bo`lmaydi. Undan  keyin  ma'rifat  –  Allohni  tanish  bosqichi 
keladi.  Nihoyat,  orif  inson  haqiqatga  erishishi,  ya'ni  Yaratganning  jamoliga 
yetishishi  mumkin.  Falonchi  haqqa  yetgan  deyilsa,  tariqatning  oliy  bosqichiga 
erishgan,  demoqchi  bo`ladi. Yassaviylik tariqati ko plab shoirlarni yetishtirib chiqarishda o ziga xos ʻ ʻ
maktab vazifasini bajargan. “Devoni hikmat"dagi hamma she rlar ham 	
ʼ
Yassaviyga mansub emas. Unda Yassaviy izdoshlarining ijod namunalari 
ham kiritilgan. Asar poetik jihatdan xalq qushiklariga yaqin. Shu bois u 
xalq ommasi orasida keng tarqalgan. Natijada Yassaviy hikmatlari 
og izdan-og izga kuchib, kitobdan-kitobga o tib, o z asl tilini va uslubini 	
ʻ ʻ ʻ ʻ
o zgartirgan, ammo ularning asosiy g oyaviy mazmuni saqlanib 	
ʻ ʻ
qolgan."Devoni hikmat" islom dini asoslaridan bahs etuvchi, 
shariatning ahkomi va ahli sunnatning aqidalaridan saboq beruvchi, 
tasavvuf sirlari va tariqatning odobu arkoni yoritilgan qomusiy 
harakterdagi asardir. Unda ilohiy ishq g oyasi va didaktik mazmun 	
ʻ
yo nalishi yetakchilik qiladi. "Devoni hikmat"da munojot, qasida, 	
ʻ
munozara janri talablariga muvofiq keladigan she rlar bilan bir 	
ʼ
qatorda, "Me rojnoma" (Hazrat Muhammad alayhissalom madh etilgan 	
ʼ
manzuma) ham o rin olgan.	
ʻ Yassaviy tariqati turli davrlarda va turli 
joylarda Ahmad Yassaviyning ko plab ʻ
shogirdlari va muxlislari tomonidan davom 
ettirilgan. Sulaymon Boqirg oniy, Bobo 	
ʻ
Mochin, Shamsiddin O zgandiy Xudoydod, 	
ʻ
Qul Nasimiy, Ubaydiy va b. tasavvuf 
shoirlar "D.h." ta sirida bir qator asarlar 	
ʼ
yozgan. Shu bois "D.h." faqat Yassaviyniki 
bo lmay, Yassaviy tariqatining bir necha 	
ʻ
asrlik umumiy bir adabiy yodgorligi 
hisoblanadi. She'r  hazaj  bahrida  bitilgan.  Hikmatlarning  ayrimlari  g´azal  yo`lida 
yozilgan.  Ya'ni:  she'rning  birinchi  baytidagi  satrlar  o`zaro  (aa)  qofiyalanadi. 
Undan keyingi toq misralar ochiq qolib, juft misralar qofiyalanib keladi (ba, va, 
ga  kabi).  Oxirgi  baytda  taxallus  keladi.  Ta'kidlash  kerakki,  hikmatlarning 
hammasida taxallus bor. To`rtliklardan  tarkib  topgan  hikmatlarning  adadi  ham  har 
 xil:  besh 
banddan  yigirma  besh  bandgacha  boradi.  G´azal  hikmatlarning  hajmi  olti 
baytdan o`n  uch baytgacha.  Hikmatlar  orasida bayt misralari o`zaro (aa, bb, vv, 
gg tarzida) qofiyalanuvchi masnaviy hikmatlar ham bor. Ular ham, tabiiyki, aruz 
vaznida.  Masnaviy  hikmatlarning  vazni  „Munojotnoma"ni  esga  soladi.  G´azal 
hikmatlarniki esa har xil. Masalan, hazaj vaznining solim (to’la) shakllari ham 
uchraydi.  
Lekin  „Devoni  hikmaf'da  bu  vazn  talablariga  hamisha  ham  rioya 
qilinavermaydi.  Och  qofiyalar,  qofiyasiz  ochiq  satrlar,  fe'l  qofiyalar  ko`p 
uchraydi. Bu hol  hikmatlarning  she'riyatdagi  martabasini bir qadar pasaytiradi, 
albatta.  Lekin  undagi  muqaddas  g´oyalar  bu  kamchiliklami  ko`pincha 
bildiravermaydi. 
„Devoni  hikmat"da  badiiy  jihatdan  bir  qadar  zaifliklar  borligini 
mutaxassislar  undagi  she'rlarning  Yassaviy  tomonidan  emas,  ko`proq  uning 
izdosh  darveshlari  tomonidan  yozilgan  bo`lishi  mumkinligi  ehtimoli  bilan 
izohlashga  urinadilar.  Bu  da'volarga  eng  katta  dalil  sifatida  shu  paytgacha  „ 
Devon"ning  XVII  asrdan  oldingi  qo’lyozma  nusxasi  topilmaganligini keltiradilar .  To`g
´ri, uning eski nusxalari qo`limizda yo`q. Lekin qo`lyozmalari 
yo`qolib,  mazmuni  xalq  qalbida  saqlanib  qolgan  buyuk  san'atkor-lar  jahon 
adabiyotida  ko`plab  topiladi. 2.Bir  qator  shoirlarimiz  o`z  asarlarida  Yassaviy  shaxsiga  tez-  tez 
murojaat  qiladilar,  she'rlar  bag´ishlaydilar,  hikmatlaridan  iqtiboslar  oladilar, 
ayrim  tashbih-u  tamsillarini  sharhlaydilar.  Bu  hol,  ayniqsa,  XIX  asrning 
ikkinchi yarmi XX asr boshlari adabiyotida ko`zga yaqqol tashlanadi. Masalan, 
Yusuf Saryomiy buyuk yurtdoshi Yassaviy haqida shunday yozadi: 
Ey, koshifi haqoyiq asrori sodiqin,  
Vey, voqifi daqoyiq, mushkbo`yi xoriqin.  
Rushd tariqi, hodiyi irshod tolibin,  
Ey, qulzumi hidoyat, burhoni oshiqin,  
Keldim g´ubon dargahinga surgali jabin,  
Ey, maxzani karomat-u sultonil orifin. 
(Ey,  eng  ishonchli  sirlar  haqiqatini  bizga  ochib  berguvchi.  Vey,  butun 
vujudidan  mushk  hidi  taralib  turgan,  eng  nozik  ma'nolardan  xabardor. 
Toliblarni  t o ` g ´ r i   yo’lga  boshlagan  yo`lboshchi.  Ey,  hidoyat  (to`g´rilik) 
dengizi, oshiqlar suyanchig´i. Dargohing tuprog´iga peshonamni surmoq uchun 
keldim, Ey, karomatlar xazinasi, oriflar sultoni). 
3. Yassaviydagi so`fiyona tamsil va ifodalar keyingi ijodkorlarda yangi jilo va 
ohang  topdi.  Yassaviy  turkiy  adabiyotdagi  ilk  mutasavvif  bo`lganligidan,timsollar 
bir qadar sodda, ifodalar goho notekis, ohanglarda ham saktaliklar uchrab qolar 
edi.  Lekin  bu  sodda  timsollar  ko`p  o`tmay  adabiyotimizda  shoirning  munosib 
izdoshlari tomonidan yuksak maqomga ko`tarildi.  Ahmad Yugnakiy
Yugnakiy , Ahmad Yugnakiy (12-asr oxiri, Samarqand, 
Yugnak qishlog i — 13-asr 1-yarmi) — turkiy shoir, ʻ
mutafakkir.Adib Ahmad binni Mahmud Yugnakiy, yirik 
adib, hadisshunos va ta limiy didaktik adabiyot 	
ʼ
namoyandasi. Boshqa taxminlarga qaraganda Farg ona 	
ʻ
vodiysining Yug noq qishlog ida tug ilgan, «Hibatul-	
ʻ ʻ ʻ
haqoyiq» («Haqiqat sovg alari») 	
ʻ
asari Farg ona hukmdori Dod Sipohsolor 	
ʻ
bekka bag ishlangan.Navoiyning ta riflashicha, tug ma ko r 	
ʻ ʼ ʻ ʻ
bo lgan. Asarning arab va uyg ur yozuvidagi qo lyozma 	
ʻ ʻ ʻ
nusxalari (XV asrda ko chirilgan) Istanbulda saqlanadi. 	
ʻ
Asar 14 bobni tashkil 
qilgan Qur on va Hadis hikmatlarining badiiy 	
ʼ
sharhidir.Ta limiy doston janriga mansub bu asarda 	
ʼ
ijtimoiy, siyosiy masalalar bayon qilingan, bilim foydasi va 
til odobi kabi axloqiy muammolar talqini berilgan. Adib 
Ahmad yashagan davri va joyi haqida adabiyotshunoslikda 
turli qarashlar mavjud. Asarining to la matni (izoh va 	
ʻ
nasriy bayon) e lon qilingan, rus olimlari S.Malov, 	
ʼ
E.Bertels, N.Baskakov, I.Stebleva; turk olimlari F.Ko prulu, 	
ʻ
N.Osimbek, R.R.Arat, T.Takin va o zbek olimlari Fitrat, 	
ʻ
Q.Mahmudov, I.Haqqulov, M.Imomnazarov, 
H.Boltaboevning tadqiqot va maqolalari bor. "Hibat ulhaqoyiq" 14 bob, 512 misradan iborat. Dostonning 1bobi Allohga 
hamd, 2bobi Muhammad (sav) na ti va choryorlar ta rifiga, 3bobi Dod ʼ ʼ
Sipohsolorbek madhiga bag ishlangan. 4bobda kitobning yozilish sabablari 	
ʻ
bayon qilingan. Dastlabki 4 muqaddima bobdan so ng asosiy qismga o tiladi. 	
ʻ ʻ
5bob — ma rifatning foydasiyu jaholatning zarari, bbob — til odobi, 7bob — 	
ʼ
dunyoning o tkinchiligi, 8 bob — saxiylik va baxillik, 9 va 10boblar turli 	
ʻ
masalalarga bag ishlangan bo lib, 11bob — kitobning xotimasi (asarning 1480 	
ʻ ʻ
yil Istanbulda Abdurazzoq Baxshi tomonidan ko chirilgan nusxasida 11 bob 	
ʻ
mavjud — 3 bob yo tushib qolgan, yo boshqalariga qo shilib ketgan).	
ʻ
Yugnakiy o zini shoir emas, balki adab muallimi, deb hisoblagan. O ziga xos 	
ʻ ʻ
axloq kitobi bo lgan bu asarga Qur oni karim va Hadisi sharif ma nolari 	
ʻ ʼ ʼ
singdirilgan. U islom dini axloqini tashviq qilish, komil insonni tarbiyalab 
yetishtirish maqsadi bilan yozilgan.
"Hibat ulhaqoyiq" ilk bor uyg ur yozuvida bitilgan. Uning nusxalari ko p 	
ʻ ʻ
bo lib, ularda asar hajmi turlicha. Hozircha ma lum qo lyozmalardan 3 tasi 	
ʻ ʼ ʻ
(biri uyg ur yozuvi, ikkinchisi arab va uyg ur yozuvi, uchinchisi esa arab 	
ʻ ʻ
yozuvi bilan bitilgan) to liq, qolganlari parchalardan iborat. 1444 yil 	
ʻ
Samarqandda Zaynulobidin baxshi, 1480 yil Istanbulda Abdurazzoq baxshi 
va Turkiyaning To pqopi kutubxonasidagi noma lum kotib tomonidan 	
ʻ ʼ
ko chirilgan qo lyozmalar e tiborli nusxalar hisoblanadi	
ʻ ʻ ʼ "Hibat ul-haqoyiq" - Ahmad Yugnakiy tomonidan yozilgan asar. O ziga ʻ
xos axloq kitobi bo lgan bu asarga Qur oni karim va Hadisi sharif 	
ʻ ʼ
ma nolari singdirilgan. U islom dini axloqini tashviq qilish, komil 	
ʼ
insonni tarbiyalab yetishtirish maqsadi bilan yozilgan.
"Hibat ul-haqoyiq" yozma manbaining to'liq nusxalaridan biri 
Hirotda, XV asrda qadimgi uyg'ur yozuvi asosida ko'chirilgan, 
asarning ikkinchi to'liq nusxasi 1480-yilda Istanbulda Abdurazzoq 
Baxshi tomonidan arab yozuvi bilan ko'chirilgan. Dostonning arab 
yozuvi bilan ko'chirilgan uchinchi nusxasi XVI asr boshlariga mansub. 
"Hibat ul-haqoyiq"ning asosiy nusxalari Turkiya kutubxonalarida, 
ayrim parchalardan iborat bir nusxasi Berlinda saqlanmoqda. Asar 
256 bayt, ya'ni 512 misradan iborat. G'azal va to'rtliklar she'r 
shaklida yozilgan. Adib Ahmad Yugnakiy ham boshqa o'tgan buyuklar 
kabi Allohni madh etish bilan boshlaydi.
1972-yilda filologiya fanlari doktori, qadimshunos, turkolog olim 
Qozoqboy Mahmudov "Hibat ul-haqoyiq"ning akademik nashrini chop 
ettirdi. Unda olim dostonning asli, nasriy bayoni, tahliliy matn, 
izohli lug'at hamda grammatik va fonetik tahlilni amalga oshirgan. 
Shu paytgacha "Hibat ul-haqoyiq" dostoni bugungi o'zbek tiliga she'riy 
tarjima qilinmagan edi. Hibat ul-haqoyiq Ahmad 
Yugnakiy. 
“Hibat ul-
haqoyiq” 
asari Yaldo kechani sham'i shabiston etgon,  
Bir lahzada olamni guliston etgon,  
Bir mushkul ishim tushubdur, oson etgil,  
Ey, barchani mushkulin oson etgon 
satrlarini yetmish marta yoddan o`qigan ekan. 
Turkiy she’riyatda hikmat janrining shakllanishi.  
Buyuk  mutasavvif  Ahmad  Yassaviy  turkiy  xalqlar  orasidan  yetishib chiqqan birinc
hi 
so`fiy, tasavvufning buyuk vakilidir. „Yassaviya" tariqatining asoschisidir.  Tasavvuf  e
s a Sharq  olamining  keng  tarqalgan  falsafasidir. 
Tasavvufning  asosida  Allohni  anglamoq  yotadi.  Alloh  haqdir,  haqiqatdir.  Uni oddi
y odamning jo`n aqli bilan anglash mumkin emas. Buning uchun ustoz, pir kerak. Chu
nki bu dunyoda o`z holingcha to`g´ri yo`lni topish g´oyat qiyin. Bu boradagi  birdan -
bir  t o `g
´ri  yo`l  tariqatdir.  Tariqat  deganining  o`zi  ham  „yo`l", „usul" degan ma'nolarni 
bildiradi. „Devoni hikmat”da o`qiymiz: 
Tariqatga siyosatlig´ murshid kerak,  
Ul murshidga e'tiqodlig´ murid kerak,  
Xizmat qilib pir rizosin topmoq kerak,  
Mundog´ oshiq haqdin ulush olur ermish.  Tariqat  shariatning  davomidir.  Yassaviy  aytmoqchi,  shariat  imonning po`sti  bo`lsa,
tariqat  uning  mag
´zidir.  Shariat  uning  zohiri  bo`lsa,  tariqat botinidir.  Birini ikkinchisisiz  tasavvur  qil
ib  bo`lmaydi.  Shariat  islomda  rioya qilinishi  lozim  bo`lgan  diniy  qoidalar  yig
´indisidir.  Tariqat  shularni  anglamoq yo`lidir. Ahmad Yassaviy turkiy xalqar orasidan c
hiqqan birinchi mutasavvifgina  emas,  yangi  bir  tariqatning  asoschisi 
  hamdir.  Bu  tariqat  lining nomibilan „Yassaviya" deb ataladi.Pir (shayx) ham  o`z  nav
batida  shunga  munosib  bo`lishi  kerak.  „Piri turkistoniy"ning  „Faqrnoma"  asarida  b
u  boradagi  shunday  fikrlariga  duch kelamiz:  
„ Shayx  uldurkim, niyoz (tortiq)  olsa,  mustahiq  (muhtoj)larg´a,  g´arib bechorag´a  
bergaylar.  
Agar  olib,  o`zi  yesa,  murdor  (harom)  et  yemishdek 
bo`lg´ay.
  Agar to`n qilib kiysa, ul to`n to`zg´uncha haq taolo namoz, ro`zasini 
qabul qilmag´ay va agar olg´an niyozidin non qilib yesa, 
haq taolo oni do`zaxda turluk azobg´a giriftor qilg´ay. 
Va agar andog´ shayxga har kishi e'tiqod qilsa, 
kofir  bo`lg´ay.  
Andog´  shayxlar  mal'un  turur. 
  Oning  fitnasi  Dajjoldin  badtar, 
shariatda,  tariqatda,  haqiqatda,  ma'rifatda  murtad  (dindan  qaytishlik)  turur. 
  Ey tolib, agar haqni talab qilib topay desang, andog´ pirga qo`l bergilkim, shariatda 
orifi billoh (Allohni tanuvchi) bo`lsa, tariqatda voqifi asror (sirlardan xabardor) 
bo`lsa, haqiqatda komil-u mukammal bo`lsa, ma'rifatda daryoyi ummon bo`lsa, 
saodat bo`lg´ay".  Yassaviy  mutasavvif  –  pir  sifatida  ilm-fanga  alohida  e'tibor  qildi.  Prof. 
E. Rustamovning ma'lumot berishicha, Yassaviy o`z masjidi tepasiga „Talabul 
ilm  farizatun  ala  kulli      muslimin  va  muslimatin"  („Ilm  talab  qilish  har  bir 
musulmon erkak va ayol uchun farzdir") degan hadisni yozdirib qo`ygan ekan. 
Tarixchi olimlar bu mashhur hadisni XV asrda Mirzo Ulug´bek ham Buxoroda 
qurdirgan madrasasi peshtoqiga yozdirganligini xabar beradilar. 
„Yassaviya"  tariqatining  ikkinchi  nomi  „jahriya"dir.  ,,Jahr"  –  oshkor 
qilmoq,  baland  ovoz  bilan  o`qimoq  degani.  „Devoni  hikmaf'da  shunday 
satrlarga duch kelamiz: 
Mani hikmatlarim ko`plarg´a ayting,  
Duo-takbir qilib, rahmatga boting,  
Agar hikmat o`qusa ayuhannos,  
Erur farzand manga ul tolibi xos. 
Muallif  „duo-takbir"ga,  „hikmatlarni  ayuhannos  o`qish"ga  e'tibor 
qaratadi.  Boshqacha  aytganda,  darveshlikni,  qalandarlikni  Allohni  tanishdagi 
asosiy  vosita  deb  biladi.  Turkistondagi  darveshlik  -  qalandarlik  tarixi  Ahmad 
Yassaviy  nomi  bilan  bogianadi.  Ular  islom  g´oyalari  bilan  sug´orilgan 
hikmatlarni  dunyoning  to`rt  tomoniga  yoydilar.  Turkiyalik  mutaxassislar 
Onado`li sarhadlarida turk islom davlatining maydonga kelishida, umuman, bu 
o`lkaning  musulmonlashuvida  qalandarlarning  xizmatlari  katta  bo`lgan, 
deydilar. Hazrati  Muhammad  tilidan  aytilgan  bir  gap  bor:  „Al-faqru  faxri"  (Faqirlik 
faxrimdir). Rivoyat qiladilarki, payg´ambarimiz me'rojga chiqqanlarida(Islomda 
hazrati  Muhammad  payg´ambarning  Buroq  nomli  ot  minib  arshi  a'loga  Alloh 
huzuriga  ko`tarilishlari  voqeasi  bor.  Shunga  me'roj  deyiladi.),  Alloh  taolo  u 
kishiga  faqir  qiyofasida  ko`ringan  emish.  Faqirlikning  bunday  ulug´lanishida 
chuqur  ma'no  bor.  Mol-dunyoga  hirs  qo`yish,  avvalo,  uni  harom-halol, 
qonuniy-qonunsiz  yig´ishga  yo`l ochadi.  Bunda  kimningdir  haqqiga  xiyonatga, 
zulm-zo`ravonlikka  imkon  qoladi.  Ikkinchidan,  bu  mol-dunyo  egasini  kibr-
u havoga, manmanlikka   boshlaydi 
Shu sababli, faqirlikka mumtoz adabiyotimizda alohida mavqe‘ -
martaba berilgan. Bunda, shubhasiz, hadislarning  ta'siri  katta  bo`lgan.  Adabiyot  ko
`proq  buboradagihadislarni sharhlash  yo`lidan  borgan.  Mana  bu  boradagi  ayrim  h
adislar:  „Har  ummat uchun bir fitna sababi bor. Ummatimning fitnasi mol-
dunyodir", „Faqirlar bilan 
birga  o`tirib-turish  kamtarlik  va  ustun  bir  fazilatdir",  „Allohim,  meni  faqir 
o’laroq  yashat  va  faqir  o`laroq  o’ldir"  va  hokazo.  Xullas,  „faqir"  tasavvufda 
mol-dunyoga  o`ch  bo`lmaslik,  zohiran  yo`qsil  hayot  kechirish,  Allohga 
yetishish  uchun  qilinadigan  xatti-harakat  va  bosib  o`tiladigan  maqomlarni 
ifodalovchi  atama  bo`lib  qoldi.  „Faqrnoma"  esa,  mana  shu  maqomlarni  o`zida 
aks ettiradi.  Bu  bosqichlar  o`zaro  chambarchas  bogiiqdir. 
Shariat hali din, xolos. Unda talab qilingan narsalar ko`p emas: Allohni tanish, 
unga imon keltirish, namoz, ro`za, zakot, haj, amri ma'ruf (shariat buyurgani)ni 
bajarish,  nahyi  munkar  (taqiqlaganidan  tiyilish),  hilm  (muloyimlik),  ilm  olish. 
Tasavvuf  tariqatdan  boshlanadi.  Tariqat  deganining  o`zi  yo`l  degani.  Bu  Allohni 
anglashning, uni qalb ko`zi bilan tanishning boshlanishidir. Bu tavba, pirga qo`l 
berish,  xavf  (qo`rquv),  rajo  (umid),  tajrid  (ortiqcha  narsalardan  xoli  bo`lish), 
tafrid  (uzlatga  chekinish)  kabilar  orqali  amalga  oshadi.  Hikmatlardan  birida 
shunday deyiladi: 
 
Tariqatga shariatsiz kirgonlarni,  
Shayton kelib imonini olur ermish,  
Ushbu yo`lni pirsiz da'vo qilg´onlarni,  
Sarson qilib aro yo`lda qo`yar ermish. 
 
Dunyoning  adolati  bor.  Adolatli  tosh-u  tarozisi  bor.  Halollik  bilan 
kelmagan  mol-davlat  vafo  qilmaydi.  Qanday  kelgan  bo`lsa,  shunday  ketadi. 
Harom,  yolg´on  jazosiz  qolmaydi.  Shu  bois,  vijdon  bilan  halol  yashash  kerak. 
Dunyo moliga hirs qo`yib, boylik yig´gan kishi o`limtik bilan kun kechiradigan 
qushga o`xshashi poetik timsol orqali beriladi: 
 
Dunyo mening deganlar, jahon molin olg´onlar,  
Karkas qushdek bo`lubon ul haromga botmishlar.  Shariatni  o`z  manfaati  yo`lida  xizmat  qildirmoqchi  bo`lgan  din  ahli, 
garchi  ularning  og´zidan  Alloh  nomi  tushmasa-da,  o`zlariga  do`zaxdan  joy 
tayyorlaydilar:  
Mullo, mufti bo`lg´onlar, yolg´on da'vo qilg´onlar,  
Oqni qaro qilg´onlar, ul tamug´ga kirmishlar.  
Yassaviy  jamiyatning  boshqaruvchi,  o`zgalarning  taqdiriga  ta'sir 
ko`rsatuvchi odamlarning  halolligi, to`g´riligi o`ta  muhim  ekanligini, adolatsiz 
hukmdoriarjazosiz  qolmasligini  g´azal  shaklida  bitilgan  hikmatida  birma-bir 
ko`rsatib beradi: 
Hazrati  Yassaviy  kishini  fikrlashga,  insofga  chorlaydi.  Insofga  kelmoq, 
vijdonga muvofiq yashamoq uchun o`ylab ko`rish, haq yo’lni nohaqdan ajratib 
olish  lozimligini  uqtiradi.  Buning  uchun  odam  juda  bo`lmasa,  o`z  yaqinlari 
taqdiriga nazar tashlashi, ulardan xulosa chiqarishi lozim: 
 Oto-ono, qarindosh, qayon ketti, fikr qil,  
To`rt ayog´lig´ cho`bin ot bir kun sanga yetaro. 
Valiy  shoir  o`z  qarashlarini  bayon  etibgina  qolmay,  balki  fikrlarining 
esdan  chiqmaydigan,  xotiraga  mixlanib  qoladigan,  kutilmaganda  yodga 
tushadigan  shaklda  ifodalanishiga  ham  e'tibor  qiladi.  Buning  uchun  g´oyat 
musiqiy  tarzda  tugallanuvchi  qofiya,  to`rt  oyoqlik  yog´och  ot  singari  she'riy 
unsurlardan ustalik bilan  foydalanadi. Shoir odamlarga  mohiyatni izlash,  unga 
yetishishga urinish lozimligini ta'kidlaydi: 
Dunyo uchun g´am yema, haqdin o`zgani dema.  
Kishi molini yema, sirot uzra tutaro.  So`fiylikda  inson  fe'lining  eng  katta  qusurlaridan  biri  —  kibr-u  havo, 
manmanlik  deb  qaraladi.  Takabburlik,  kekkayish,  ko`pincha,  mol-dunyo,  nasl-
nasabdan. Shu sababli, pir ishni tariqatga kirgan muriddagi kibrni yo`qotishdan 
boshlaydi. Buning uchun unga eng tuban ishlarni (masalan, hojatxona tozalash 
kabi)  buyuriladi.  Xokisorlik,  siniqlik,  kichik  fe'llik  tariqat  ahlining  turmush 
tarzi edi. Bu barcha so`fiylar uchun qoida darajasida bo`lgan. Shu sababli ularning 
hikmatlarda aks etishi tabiiy edi. 
Hikmatlarning  badiiyati.  „Devon"dagi  ayrim  she’rlarda  tasvir  emas, 
ta'lim,  so`fiyona  aqidalarni  o`rgatish  maqsad  qilib  olinganligi  sababli,  badiiylik 
darajasi  hamisha  ham  yuqori  emas.  San'atkorlik  yaqqol  ko`rinib  turmaydigan 
satrlar  ham  yo`q  emas.  Chunki  hazrati  Yassaviy  uchun  she'r  faqat  vosita 
ekanligini  hisobga  olish  kerak.Shunday  bo`lsa-da,  to`q,  serma'no  va  serohang 
qofiyalar, esda uzoq saqlanib qoladigan nozik qochiriqlar, go`zal o`xshatishlar, 
ingichka  ifodalar  yo`q  emas.  Hikmatlardagi  ifodaning  soddaligi,  samimiyat, 
jo`shqinlik ularga joziba bag´ishlaydi va o`quvchini o`ziga tortadi. Quyidagi satrlar 
shu fikrimizga yaqqol misol bo`ladi: 
Ko`zim namlik, dilim g´amlik, jon alamlik,  
Nechuk iloj etorimni bilmam, do`stlar.  
Bu hasratda, nadomatda yoshim oqib,  
Qayu taraf ketorimni bilmam, do`stlar. 
Hikmatlarning  ko`pchilik  qismi  qadim  an'anaviy  to`rtlik  usulida  bitilgan. 
To`rtliklar dastlab xalq og´zaki ijodi namunalarida uchragan. Qo`shiqlar, termalar, 
laparlar,  ko`pincha,  to`rtlik  shaklida  yaratilgan. .  So`ng  she'rlarni  bu  turda 
bandlashtirish  yozma  adabiyotga  o`tgan.  Aksariyat  hikmatlar  barmoq  vaznida 
yozilgan.  Bu  vazn  ham  eski  turkiy  she'r  vaznidir.  Jumladan,  yuqoridagi  she'r  hijoning o`n ikki (4-4-4)lik vaznida. Ya'ni: ko`-zim nam-lik (4), di-lim-g´am-lik 
(4), jon-a-lam-lik (4). Hikmatlarning 14 (7-7), hatto 16 (8-8) hijoli ko`rinishlari 
ham  uchraydi. 
Ahmad  Yassaviy  she'riyatidagi timsollar  tuzilishi  ham  tasavvuf  ta'limoti 
bilan,  ham  og´zaki  ijod  an'analari  bilan  chambarchas  bog´lanib  ketgan. 
Masalan, she'rlarda uchrovchi pir, darvesh, oshiq, obid, oqil, zohid, ishq, tolib, 
ummat,  rasul,  shayton, iymon kabi timsollar bevosita tasavvuf bilan bog´lansa, 
yo`l,  rabot,  karvon,  o`q  kabilar  og´zaki  ijod  an'analari  bilan  aloqador  holda 
yuzaga kelgan. 
“Devoni  hikmat”dan  „Munojotnoma"  ham  joy  olgan.  Munojot  asli 
she'rning  bir  turi.  Lug´aviy  ma'nosi  „najot",  ya'niyordam  so`rashdan  olingan. 
Ko`pincha,  Allohdan  qilinadigan  iltijolarga  munojot  deyilgan.  Lekin  bu  yerda 
gap  hikmatlar  haqida  boradi.  Muallif  hikmatlarining  xalq  orasiga  yoyilishini 
istab,  Allohga  munojot  qiladi.  Bu  bilan  mazkur  hikmatlarning  „ma'niyi 
Qur'on",  „koni  hadis"  ekanligini,  Alloh  kalomi  va  payg´ambar  sunnatining 
sharhi ekanligini ta'kidlamoqchi bo`ladi. She'r aruz vaznida yozilgan. Chunonchi: 
Ma-ni hik-mat-la-rim far-mo-ni sub-hon, 
V   —   —     —   V   —     —    --   V      --     -- 
Ma-fo-iy-lun     ma-fo-iy-lun    fa-uv-lun 
O`-qub uq-sang ha-ma ma'-ni-yi Qur'-on. 
V    —   —     —    V   —     —    --  V     --     -- 
Ma-fo-iy-lun    ma-fo-iy-lun    fa-uv-lun  E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT

MUSTAQIL ISH MAVZUSI: “Devoni hikmat” va “Hibat ul-haqoyiq” asarlaridan tanlangan to’rtliklarning shakli va mazmunini qiyoslash. REJA: 1.”Devoni hikmat” asari va muallifi haqida 2.”Hibat ul-haqoyiq” asari va muallifi haqida 3.Asarlardagi tanlangan to’rtliklarning ma’zmuni va qiyosi

Markaziy Osiyoning ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida muhim mavqeyga ega bo’lgan.Hozirgi Turkiston, oldingi Yassi yaqinidagi Sayram shahrida tavallud topgan. Yassaviyning tavalllud sanasi ma’lum emas. Ayrim tadqiqotchilar uni 63 yil yashagan deyishsa, ayrimlari 73 yil yoki 85 yil yashagan, degan qarorga kelishgan. Atoqli yassaviyshunos Muhammad Fuod kuprilizodaning aytishicha, Yassaviy 120 yil yashab, hayotdan ko’z yumgan. Rus olimi V.A.Gordlevskiy by raqamni yana 5 yilga ko’paytirib, Yassaviy 125 yil yashagan, deydi. Xo’ja Ahmad Yassaviy

Devoni hikmat "DEVONI HIKMAT" - Ahmad Yassaviyning she rlarini o z ichiga ʼ ʻ olgan majmua. Asl nusxasi saqlanmagan. 19-asrdan boshlab Toshkent, Buxoro, Kogon, Qozon, Istanbu shaharlarida bir necha bor nashr etilgan. Mavjud qo lyozma ʻ va bosma nusxalar bir-biridan farq qiladi. Ahmad Yassaviy "Devoni hikmat" ni shu nom bilan kitob tarzida tartib bermagan. Uni Yassaviyning murid va izdoshlari tuzishgan. Ya ni ustozlarining hikmatlarini bir joyga jamlab, unga " ʼ Devoni hikmat " nomini berishgan. Yassaviylik tariqatiga kirganlar uchun " Devoni hikmat "dagi she rlarni o qib yod ʼ ʻ olish, hatto qobiliyati yetadiganlar uchun shunday shaklda she rlar yozish tariqatning daxlsiz talablaridan hisoblangan.  ʼ

Tasavvufda  muridning  tilagi  haqqa  yetmoq,  Alloh  vasliga  erishmoqdir.  Buning uchun solik, ya'ni tariqatning yo`liga kirgan kishi, boshqacha aytganda,  faqir muayyan bosqichlarni bosib o`tishi kerak. Bular: shariat, tariqat, ma'rifat,  haqiqat.  Yassaviy  „Faqrnoma"sida  keltirishicha,  ularning  har  birida  o`ntadan,  jami  qirq  maqom  bor.  Bu  maqomlarning  birinchisi  musulmonlikning  birinchi  shartidan  „haq  taolo"ning  birligiga,  borligiga  va  zotiga  imon  keltirmoqdan  boshlanib,  qirqinchisi  „hazrati  rabbil  izzatni  topish"  -  Alloh  visoliga  yetishish  bilan yakun topadi. „Faqrnoma"da shular haqida gap ketadi.  „Devoni  hikmat"  atamasidagi  „hikmat"  so`zi  ham  teran  ichki  ma'noga  ega  bo`lib,  muayyan  talqinni  talab  etadi.  Ilohiyotchi  mutaxassislarning  aniqlashicha, „hikmat" Qur'oni karim oyatlarida payg´ambarimizning haq yo`lni  ko`rsatuvchi  va'zlariga  nisbatan  qo`llanilgan  ekan.  Lug´atlarda  esa,  hikmat  ilm  va adolatni o`z ichiga oluvchi, borliq haqiqatini anglatuvchi ma'rifiy so`z, odat va  axloqqa xos kalima, sirli sabab kabi ma'nolarni anglatishi aytiladi. Shulardan kelib  chiqib, ayrimlar uni „diniy-tasavvufiy o`ziga xos so`z" deb ta'rif qiladilar.  Xalq jonli tilida ham bu so`z juda ko`p uchraydi. Aksariyat hollarda tajribadan kelib  chiqqan ibratli so`z  ma'nosini anglatadi. Yassaviy hikmatlari islom g´oyalarini,  birinchi  navbatda  shariatni  targ´ib  va  tashviq  qiluvchi  she'riyatdir.  Shariat  esa  Qur'onga,  hadisga  tayanadi.  Demak,  bu  she'rlar  Qur'on  va  hadislarning  o`ziga  xos sharhlaridir. Tasavvufning  eng  yuqori  bosqichi  –  haqiqat.  Shariat - shu  yo`lning  birinchi bosqichi. Tariqat undan keyin keladi. Shariatsiz tariqatga – Alloh tomon  yo`l  izlashga  o`tib  bo`lmaydi. Undan  keyin  ma'rifat  –  Allohni  tanish  bosqichi  keladi.  Nihoyat,  orif  inson  haqiqatga  erishishi,  ya'ni  Yaratganning  jamoliga  yetishishi  mumkin.  Falonchi  haqqa  yetgan  deyilsa,  tariqatning  oliy  bosqichiga  erishgan,  demoqchi  bo`ladi.

Yassaviylik tariqati ko plab shoirlarni yetishtirib chiqarishda o ziga xos ʻ ʻ maktab vazifasini bajargan. “Devoni hikmat"dagi hamma she rlar ham ʼ Yassaviyga mansub emas. Unda Yassaviy izdoshlarining ijod namunalari ham kiritilgan. Asar poetik jihatdan xalq qushiklariga yaqin. Shu bois u xalq ommasi orasida keng tarqalgan. Natijada Yassaviy hikmatlari og izdan-og izga kuchib, kitobdan-kitobga o tib, o z asl tilini va uslubini ʻ ʻ ʻ ʻ o zgartirgan, ammo ularning asosiy g oyaviy mazmuni saqlanib ʻ ʻ qolgan."Devoni hikmat" islom dini asoslaridan bahs etuvchi, shariatning ahkomi va ahli sunnatning aqidalaridan saboq beruvchi, tasavvuf sirlari va tariqatning odobu arkoni yoritilgan qomusiy harakterdagi asardir. Unda ilohiy ishq g oyasi va didaktik mazmun ʻ yo nalishi yetakchilik qiladi. "Devoni hikmat"da munojot, qasida, ʻ munozara janri talablariga muvofiq keladigan she rlar bilan bir ʼ qatorda, "Me rojnoma" (Hazrat Muhammad alayhissalom madh etilgan ʼ manzuma) ham o rin olgan. ʻ